Authors

  • N.I.Irnazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93637

Keywords:

Kalit so’zlar: nav biologik agrotexnologiya tannarx iqlim muddat ozuqa kasallik zararkunanda sifat

Abstract

Annotatsiya. Cug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror, mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda sug‘orish, oziqlantirish tartiblarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan jadal texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish, g‘allachilikda hosildorlikni va don sifatini oshirish muhim omillardan biridir.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

61

61

MAXALLIY KUZGI BUG‘DOY NAVLARINING MINERAL O‘G‘ITLAR

BILAN TA’MINLANIShINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI

QDTU dotsenti

- N.I.Irnazarova

Annotatsiya.

Cug‘oriladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlaridan barqaror,

mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda sug‘orish, oziqlantirish tartiblarini optimallashtirish
asosida takomillashtirilgan jadal texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish,
g‘allachilikda hosildorlikni va don sifatini oshirish muhim omillardan biridir.

Kalit so’zlar:

nav, biologik, agrotexnologiya, tannarx, iqlim, muddat, ozuqa,

kasallik, zararkunanda, sifat

ВЛИЯНИЕ ОБЕСПЕЧЕННОСТИ МИНЕРАЛЬНЫМИ УДОБРЕНИЯМИ

МЕСТНЫХ СОРТОВ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ НА УРОЖАЙНОСТЬ

Доцент КГТУ Н.И.Ирназарова

Аннотация.

Широкое внедрение в производство усовершенствованных

интенсивных технологий на основе оптимизации режимов орошения и
подкормки для получения стабильного, обильного и качественного урожая
озимых зерновых культур на орошаемых землях, повышение урожайности и
качества зерна в зерноводстве является одним из важных факторов.

Ключевые

слова:

сорт,

биологический,

агротехнология,

себестоимость, климат, срок, корм, болезнь, вредитель, качество

INFLUENCE OF MINERAL FERTILIZERS PROVISION OF LOCAL

WINTER WHEAT VARIETIES ON HARVEST

Associate Professor of KSTU N.I.Irnazarova

Abstract

. The widespread introduction of improved intensive technologies

based on optimizing irrigation and feeding regimes for obtaining a stable, abundant,
and high-quality harvest of winter grain crops on irrigated lands, increasing grain
yield and quality in grain farming, is one of the important factors.

Key words:

variety, biological, agrotechnology, cost, climate, timing, feed,

disease, pest, quality


Respublikamizda asosiy oziq-ovqat ekini hisoblangan bug‘doy hosildorligiga

ta’sir etuvchi omillarni mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti va navlarning biologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish g‘allachilikdagi dolzarb muammolardan
biri hisoblanadi. Yangi yaratilgan bug‘doy navlarining mintaqa-tuproq-iqlim sharoiti


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

62

62

va navlarning biologik xususiyatlariga mos agrotexnologiyalarini ishlab chiqish
navlarning potensial hosildorligidan to‘la foydalanishga va hosildorlikni va don sifatini
oshirishga, yetishtirilgan don tannarxini kamaytirishga imkon beradi.

Boshoqli don ekinlari hosilining shaklllanishiga navning biologik xususiyatlari,

mintaqa tabiiy iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, o‘tmishdoshlar, ekish usuli, muddati
va me’yori, oziqa moddalar me’yori va qo‘llash muddatlari, nam bilan ta’minlanganlik,
o‘simlikni kasallik, zararkunandalar bilan zararlanishi, ekinzorni begona o‘tlar bilan
ifloslanishi, barcha agrotexnik tadbirlarni optimal muddatda va sifatli o‘tkazilishi,
hosilni qisqa davrda nobudgarchiliksiz o‘rib-yanchib olinishiga sezilarli darajada ta’sir
ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Shuning uchun ham agrotexnik usullar orasida sug‘oriladigan dehqonchilik

sharoitida kuzgi bug‘doy rivojlanishining jadal yoki sust bo‘lishi, hosilning mo‘l yoki
sifatli aksincha past va sifatsiz bo‘lishi asosiy oziqa elementlari, azot, fosfor va kaliy
(NPK) ning yetarli miqdorda yoki aksincha yetishmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun biz, janubiy dexqonchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan yangi yumshoq
bug‘doy navlarining o‘g‘itlashga ta’sirchanligini o‘rganish borasida tajribalar olib
borildi.

Dala tajribalari Qashqadaryo viloyati uchun xos bo‘lgan Qarshi tumanidagi Don

va dukakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tajriba dalasida
o‘tkazildi. Tajriba dalasining tuprog‘i och tusli bo‘z tuproq, mexanik tarkibi o‘rta soz,
kam sho‘rlangan sizot suvlar 2-2,5 metr chuqurlikda joylashgan, kam
minerallashgan (2,5-3g/l ) iborat. O‘tmishdosh g‘o‘za. O‘suv davrida tuproqdagi
namlik tuproq cheklangan dala nam sig‘imining 70% dan kam bo‘lmagan holda ushlab
turildi.

Tajriba maydoni tuprog‘i tarkibida gumus miqdori 0-30sm qatlamda 0,918% ni,

30-60 sm da 0,660% , tuproq tarkibidagi yalpi azot muvofiq holda 0,018%; va 0,055
% , yalpi fosforning miqdori 0,105%; 0,065% va yalpi kaliy miqdori 1,90;1,83% ni,
harakatchan azot miqdori 4,6 va 2,3mg/kg, harakatchan fosfor mos ravishda 43,0 va
30,0 mg/kg, almashinuvchi kaliy miqdori 118,0; 113,0 mg/kg ni tashkil qildi.

Tajribada, andoza sifatida Davlat reestriga kiritilgan Krasnodar-99

navi standart qilib olindi. Tadqiqotlarimizda, yumshoq bug‘doyning istiqbolli navlari
G‘ozg‘on, Elomon, Yaksart, Hisorak, Bunyodkor, Farovon va Barhayot navlari
qo‘yidagi variantlarda 1)Nazorat (o‘g‘itsiz); 2)N

90

P

60

K

30

3) N

135

P

75

K

45

4) N

180

P

90

K

60

kg\ga joylashtirildi.

O‘simlikning bo‘yi uning yotib qolishga chidamliligi bilan bevosita bog‘liq

ko‘rsatkich hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha nazorat
(o‘g‘itsiz) variantda barcha navlarda o‘simlik bo‘yi nisbatan past bo‘lishi kuzatildi.
Standart nav Krasnodar-99 ga nisbatan faqat Hisorak navining bo‘yi 0,2 sm ga past
bo‘ldi. Qolgan barcha navlarning bo‘yi standart Krasnodar-99 ga nisbatan 7,0 sm dan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

63

63

16,9 sm gacha yuqori bo‘ldi.

Ma’dan o‘g‘itlarning qo‘llanilishi bilan o‘simlik bo‘yining oshganligi kuzatildi.

N

90

P

60

K

30

kg/ga qo‘llanilganda nazorat variantiga nisbatan barcha navlar bo‘yicha

o‘simlikning bo‘yi standart nav Krasnodar-99 da 60,8 sm dan 53,2 sm ga Barhayot
navida 81,8 sm ga gacha oshganligi kuzatildi. Boshqa navlarda ham nazoratga nisbatan
o‘simlikning bo‘yi oshib bordi. Tajribamizda eng baland o‘simliklar N

180

P

60

K

30

kg/ga

o‘g‘it berilgan variantda yuqori bo‘lganligi kuzatildi va navlarga bog‘liq holda 95,6
sm dan 108,3 sm gacha o‘zgarib bordi.

Tajribamizda navlarga va qo‘llanilgan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq

holda boshoqning uzunligi, 1 ta boshoqdagi don vazni va donlar soni ham o‘zgarib
bordi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki ma’dan o‘g‘it me’yorlarining oshib borishi bilan
boshoq uzunligi, 1 ta boshoqdagi don soni va vazni ko‘paydi.

Ma’dan o‘g‘it me’yorlarining oshib borishi bilan barcha navlarda

hosildorlikning

oshib

borganligi

aniqlandi.

N

90

P

60

K

30

kg/ga

qo‘llanilgan

paykalchalarda navlar bo‘yicha hosildorlik (Krasnodar-99)da 53,7 s/ga , (Hisorak) da
64,7 s/ga bo‘lganligi yoki bu nazorat variantidagiga nisbatan 30,6; 36,6 s/gacha
oshganligi aniqlandi.

Jadval-1

Ma’dan o‘g‘itlarning bug‘doy navlari hosil strukturasi

va hosildorligiga ta’siri

Variantlar

Navlar

O‘simlik

bo‘yi,

sm

Bosh boshoq o‘lchamlari

Don

hosildor-

ligi,

s/ga

uzunligi,

sm

1 ta

boshoqdagi

don vazni, g

don

soni,
dona

1

Nazorat

(o‘g‘itsiz)

Krasnodar-99

60,8

9,0

1,1

35

23,1

2

G‘ozg‘on

75,6

8.5

1,6

43

23,4

3

Elomon

75,1

7,5

1,4

45

22,3

4

Yaksart

67,8

9,5

1,8

43

27,7

5

Hisorak

60,6

9,4

1,5

39

29,9

6

Bunyodkor

69,9

9,0

1,8

44

25,6

7

Farovon

71,5

8,7

1,6

42

24,8

8

Barhayot

77,7

8,9

1,9

45

28,1

9

N

90

P

60

K

30

Krosnadar-99

65,7

9,5

1,5

50

53,2

10

G‘ozg‘on

71,3

10,0

2,0

55

61,5


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

64

64

11

Elomon

83,6

9,5

1,7

52

56,7

12

Yaksart

90,3

10,1

2,0

57

59,4

13

Hisorak

81,5

10,0

1,9

54

58,9

14

Bunyodkor

91,5

9,8

1,9

56

64,6

15

Farovon

89,7

10,3

2,0

58

61,3

16

Barhayot

81,8

9,8

2,0

56

64,7

17

N

135

P

75

K

45

Krosnadar-99

73,1

10,0

2,2

60

59,4

18

G‘ozg‘on

89,3

11,0

2,4

58

63,2

19

Elomon

98,7

10,2

2,1

54

62,2

20

Yaksart

99,6

10,5

2,3

60

71,8

21

Hisorak

88.9

10,2

2,1

64

69,8,

22

Bunyodkor

96.5

10,5

2,4

60

72,8

23

Farovon

97,4

11,2

2,3

62

67,1

24

Barhayot

92,4

10,0

2,6

60

68,3

25

N

180

P

90

K

60

Krosnadar-99

95,6

10,3

2,5

61

61,9

26

G‘ozg‘on

101.5

11,5

2,8

65

74,8

27

Elomon

115.2

12,1

3,0

67

65,6

28

Yaksart

105.1

12,0

2,9

65

73,2

29

Hisorak

108.3

11,5

2,6

68

70,1

30

Bunyodkor

101,6

12,1

3,1

66

78,2

31

Farovon

103,1

12,5

3,0

64

76,3

32

Barhayot

101,4

13,0

3,5

67

73,2


Ma’dan o‘g‘itlar N

180

P

90

K

60

kg/ga qo‘llanilganda N

135

P

60

K

30

kg/ga nisbatan

standart Krasnodar-99 navida hosildorlik 2,5 s/ga, G‘ozg‘on navida 11,6 s/ga, Elomon
navida 3,4 s/ga, Bunyodkor navida 5,4 s/ga, Farovon navida 9,2 s/ga, Barhayot navida
4,9 s/gacha oshganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha o‘rganilgan
yangi navlar azotli o‘g‘itlarga standart Krasnodar-99 naviga nisbatan ta’sirchanroq
ekanligi namoyon bo‘ldi.

Xulosalar.

O‘rganilgan natijalardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish

mumkinki, yangi yumshoq bug‘doy navlari Qashqadaryo viloyatining issiq, quruq


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

65

65

iqlim sharoitida ma’dan o‘g‘itlarga ta’sirchanligining oshib borganligi ma’dan
o‘g‘itlar N

180

P

90

K

60

kg/ga qo‘llanilganda hosildorlikning oshib borishi bilan

boshoqdagi don soni va vazni yuqori bo‘lishligi, kuzgi bug‘doyning qishlash
darajasiga ijobiy ta’siri, boshqa variantlarga nisbatan mahsuldor poyalar sonining ko‘p
bo‘lishi va o‘simlikning o‘sib rivojlanishining yuqori bo‘lishligiga erishildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Xalilov.N Bobomirzaev P.X.Kuzgi bug‘doyni sug‘orish va o‘g‘itlashning ilmiy
asoslari. Toshkent :Fan, 2009.-200 b.
2.Xalilov.N Bobomirzaev P.X. Bug‘doy. Samarqand, 2011.-295 b.
3.Oripov R.Xalilov N.O‘simlikshunoslik.Toshkent: 2007.-384 b.
4.Lavronov G.A.O‘zbekiston bug‘doylari- Toshkent 1974—336 b .
5.Irnazarov Sh.I. “Mineral o’g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy
o’simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta'siri ” “Science and innovation”
International scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.
6.Irnazarov Sh.I. “Mineral o’g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarda qo’llashning kuzgi
bug‘doy hosildorligiga ta'siri ”. “Agro kimyо ximoya va o’simlik karantini ” ilmiy
amaliy jurnali, 2022, №4 41-42 b.
7.Irnazarov.Sh.I.“Dehqonchilikda o‘g‘itlar oziq moddalari yo‘qotilishi muammolari va
ilmiy-amaliy yechimlari”. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, 2018, 2 (72), 14-16 b.
8.Irnazarov Sh.I., Irnazarov

I. “Agrokimyo xizmatining hozirgi zamon

agrotechnologiyalari”. “Agro kimyo ximoya va o‘simliklar karantini” jurnali, 2017,
№1 (1), 34-35 b.
9.Ирназаров Ш.И.“Влияние минеральных удобрений в разных нормах и
пропорциях на экономическую эффективность озимой пщеницы”.“Science and
innovation” International scientific journal, 2025, №5 (1) 133-135 б.
10.Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me’yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy
o‘simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta’siri”.“Science and innovation” International
scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.


References

Xalilov.N Bobomirzaev P.X.Kuzgi bug‘doyni sug‘orish va o‘g‘itlashning ilmiy asoslari. Toshkent :Fan, 2009.-200 b.

Xalilov.N Bobomirzaev P.X. Bug‘doy. Samarqand, 2011.-295 b.

Oripov R.Xalilov N.O‘simlikshunoslik.Toshkent: 2007.-384 b.

Lavronov G.A.O‘zbekiston bug‘doylari- Toshkent 1974—336 b .

Irnazarov Sh.I. “Mineral o’g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy o’simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta'siri ” “Science and innovation”

International scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.

Irnazarov Sh.I. “Mineral o’g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarda qo’llashning kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta'siri ”. “Agro kimyо ximoya va o’simlik karantini ” ilmiy amaliy jurnali, 2022, №4 41-42 b.

Irnazarov.Sh.I.“Dehqonchilikda o‘g‘itlar oziq moddalari yo‘qotilishi muammolari va ilmiy-amaliy yechimlari”. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, 2018, 2 (72), 14-16 b.

Irnazarov Sh.I., Irnazarov I. “Agrokimyo xizmatining hozirgi zamon agrotechnologiyalari”. “Agro kimyo ximoya va o‘simliklar karantini” jurnali, 2017, №1 (1), 34-35 b.

Ирназаров Ш.И.“Влияние минеральных удобрений в разных нормах и пропорциях на экономическую эффективность озимой пщеницы”.“Science and innovation” International scientific journal, 2025, №5 (1) 133-135 б.

Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me’yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy o‘simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta’siri”.“Science and innovation” International scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.