Authors

  • N.I.Irnazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93638

Keywords:

Kalit so‘zlar: azot fosfor kaliy ozuqa nav intensiv o‘g‘it shudgor ang‘iz faza bardoshli biologik uglivod xasva zang

Abstract

Annotatsiya.Bu yil kuz va qish oylarining ancha  seryog‘in va iliq kelishi  kuzgi boshoqli don ekinlarida xususan g‘allada tinim davrida ham rivojlanishdan to‘xtamasdan kech muddatda ekilgan g‘allalarga ham yetishib olish imkonini berdi. Shunday ekan yanada g‘allaning baravj rivojlanib, ko‘proq tuplanishi uchun mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni talab etadi. Kuzgi boshoqli don ekinlari o‘zlarining dastlabki o‘sish va rivojlanish bosqichida, ayniqsa tuproqda o‘simlik o‘zlashtira oladigan shakldagi azotli va fosforli ozuqa moddalarining yetarli bo‘lishini talab qiladi. Bu 1 sentner don va tegishlicha somon yetishtirish uchun bug‘doy o‘simligi o‘rtacha 3-3,2 kg azot, 1,2-1,4 kg fosfor va 2,3 kg kaliy moddalarini o‘zlashtiradi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

55

55

KUZGI BUG‘DOYNI BOXORDA OZIQLANTIRISH

TADBIRLARINI ILMIY ASOSLARI

QDTU dotsenti

- N.I.Irnazarova

Annotatsiya.

Bu yil kuz va qish oylarining ancha seryog‘in va iliq kelishi kuzgi

boshoqli don ekinlarida xususan g‘allada tinim davrida ham rivojlanishdan
to‘xtamasdan kech muddatda ekilgan g‘allalarga ham yetishib olish imkonini berdi.
Shunday ekan yanada g‘allaning baravj rivojlanib, ko‘proq tuplanishi uchun mineral
o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni talab etadi. Kuzgi boshoqli don ekinlari o‘zlarining
dastlabki o‘sish va rivojlanish bosqichida, ayniqsa tuproqda o‘simlik o‘zlashtira
oladigan shakldagi azotli va fosforli ozuqa moddalarining yetarli bo‘lishini talab qiladi.
Bu 1 sentner don va tegishlicha somon yetishtirish uchun bug‘doy o‘simligi o‘rtacha
3-3,2 kg azot, 1,2-1,4 kg fosfor va 2,3 kg kaliy moddalarini o‘zlashtiradi.

Kalit so‘zlar:

azot, fosfor, kaliy, ozuqa, nav, intensiv, o‘g‘it, shudgor, ang‘iz,

faza, bardoshli, biologik, uglivod, xasva, zang

НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ МЕРОПРИЯТИЙ ПО ПИТАНИЮ

ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ ВЕСНОЙ

Доцент КГУ Н.И.Ирназарова

В этом году осенние и зимние месяцы были относительно дождливыми и

теплыми, что позволило озимым зерновым культурам, особенно зерновым,
дожить до поздних посевов, не останавливаясь в период покоя. Поэтому для
дальнейшего развития и накопления зерна требуется подкормка минеральными
удобрениями. Озимые зерновые культуры в начальный период своего роста и
развития, особенно в почве, требуют достаточного количества усвояемых
растениями азотных и фосфорных питательных веществ. Для производства 1
центнера зерна и, соответственно, соломы, пшеница усваивает в среднем 3-3,2 кг
азота, 1,2-1,4 кг фосфора и 2,3 кг калия.

Ключевые слова:

азот, фосфор, калий, корм, сорт, интенсивный,

удобрение, вспашка, стерня, фаза, устойчивый, биологический, углевод,
черепаха, ржавчина

SCIENTIFIC FOUNDATIONS OF FERTILIZATION MEASURES

FOR WINTER WHEAT IN BAKHARA

Associate Professor of KSU N.I. Irnazarova

The relatively rainy and warm autumn and winter months this year made it


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

56

56

possible for winter grain crops, especially grain crops, to catch up with late-sown grains
without stopping their development even during dormancy. Therefore, fertilization
with mineral fertilizers is necessary for the further development and accumulation of
grain. Winter cereal crops require sufficient nitrogen and phosphorus nutrients in their
initial growth and development period, especially in the soil, in forms that plants can
assimilate. To produce 1 centner of grain and, accordingly, straw, wheat plants absorb
an average of 3-3.2 kg of nitrogen, 1.2-1.4 kg of phosphorus, and 2.3 kg of potassium.

Key words:

nitrogen, phosphorus, potassium, feed, variety, intensive, fertilizer,

plowing, stubble, phase, resistant, biological, carbohydrate, weed, rust


Shunga ko‘ra gektaridan 50-60 s/ga don yetishtirish uchun gektariga sof holda

150-200 kg azot, 90-100 kg fosfor va 50-60 kg kaliy berish tavsiya etiladi. Intensiv
tipdagi navlar uchun yuqorida qayd etilgan me’yor 15-20 foiz ko‘paytirilishi maqsadga
muvofiqdir.Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar to‘liq yerni shudgor qilishdan oldin beriladi.
Azotli o‘g‘itlar miqdorining 40 foizi tuplash fazasida, ya’ni erta bahorda, 40 foizi
o‘simliklar naychalash fazasida, qolgan 20 foizi boshoqlash fazasida berilishi
maqsadga muvofiqdir.

Kuzgi g‘alla ekinlarini oziqlantirishda azot elementi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Azot o‘simlikning biologik massa to‘plashida, boshoqlar va ulardagi donning yiriq
bo‘lishiga, don tarkibida oqsil va kleykovina miqdorining ko‘payishida asosiy rol
o‘ynaydi.

Fosforli va kaliy elementlari esa bug‘doy ildiz tizimining kuchli rivojlanishiga,

o‘simlik poyasining baquvvat bo‘lib o‘sishiga yordam beradi. Bu moddalar tuproqda
yetarli miqdorda bo‘lganda o‘simlik tarkibida uglevodlarning yetarlicha to‘planishiga
imkon beradi. Bu esa yosh maysalarning sovuqqa bardoshliligini oshiradi. Shu bilan
birga azotli o‘g‘itlar bilan bir tomonlama ortiqcha oziqlantirish o‘simlikning sovuqqa
bardoshlilik xususiyatini keskin pasaytirib yuboradi.

Barg orqali oziqlantirish.

Barg orqali oziqlantirishni o‘simlikni vegetatsiya

davomida oziqa elementlar bilan ta’minlab turuvchi qo‘shimcha oziqa deb qarash
lozim.

Barg orqali oziqlantirish ayniqsa g‘allachilikda, xususan kuzgi bug‘doy

yetishtirishda katta ahamiyatga ega. Sug‘oriladigan sharoitda kuzgi bug‘doyni azotli
oziqlantirishda bu usulni qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishishni ta’minlaydi.

Kuzgi bug‘doyni azotga bo‘lgan ehtiyoji butun o‘suv davri davomida yuqori

bo‘ladi. Bug‘doy o‘simligida 75-80 % azot boshoqlash fazasiga qadar o‘simlikning
barg va poyasida to‘planadi. Ana shu to‘plangan azot hisobidan don tarkibidagi
oqsilning asosiy qismi hosil bo‘ladi. Hosildorlik yuqori (65-70 s/ga) bo‘lganda
o‘simlikning bargi va poyasida to‘plangan azot miqdori donda oqsil moddasini yetarli
miqdorda bo‘lishini ta’minlay olmaydi. Ayniqsa azot tanqisligi kuzgi bug‘doyda hosil


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

57

57

elementlari shakllanayotgan vaqtda, ya’ni rivojlanishning boshoqlash, gullash va sut
pishish fazalarida kuzatiladi. Biroq, bu fazada kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda bir qator
muammolar mavjud. Masalan, boshoqlash, gullash fazalarida o‘simlik o‘sib ketganligi,
yog‘ingarchilikni kam bo‘lishi yoki suvning yetishmasligi sababli tuproq orqali
oziqlantirishda bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu sababdan kuzgi bug‘doy
boshoqlaganda tuproq tarkibida o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi oson bo‘lgan azot
miqdori yetishmaydi. Bu o‘z navbatida bug‘doyning don hosili va sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.

Shuning uchun kuzgi bug‘doy yetishtirishda o‘simlikni ildizdan tashqari

bargdan oziqlantirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kuzgi bug‘doy
yetishtirishda, hatto don hosildorligi yuqori bo‘lgan sharoitda ham bargdan
oziqlantirish samarali xisoblanadi.

Bargdan oziqlantirish uchun azotli o‘g‘itlardan biri bo‘lgan mochevinadan

foydalanish maqsadga muvofiq. Mochevinadagi amid shaklidagi azot bargdan
oziqlantirilganda ammiakli selitraga nisbatan kam energiya sarflagan holda
metobolizmga kirishadi, bunda asparagin va glutamin singari dastlab ammiakka
aylanmasdan bevosita azot almashinish jarayonini o‘taydi. Mochevina suvda yaxshi
eriydi. Shuningdek bu o‘g‘itning molekulalari o‘simlik barglari tomonidan yaxshi
o‘zlashtiriladi.

Mochevina eritmasining reaksiyasi neytral bo‘lib, o‘simlikka hech qanday salbiy

ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, mochevina tarkibidagi ta’sir etuvchi modda eng
yuqori (46%) hisoblanadi.

Mochevina eritmasi sepilgandan qeyin kechqurunga kelib, havo namligi ortadi va

bug‘doy barglarida shudring tomchilari paydo bo‘ladi. Tadqiqotlarda barg orqali
oziqlantirilganda donning sifat ko‘rsatkichlari sezilarli ortishi kuzatiladi.

Olib borilgan tajriba natijalariga ko‘ra, kuzgi bug‘doyni boshoqlash davrida 10-

15 % karbamid eritmasi bilan oziqlantirilganda don tarkibidagi oqsil miqdori 1,0-1,5
% ga, kleykovina miqdori 2-3% ga ortadi. Shuningdek, o‘simlik to‘qimalarida
xo‘jayra shirasining biokimyoviy tarkibi o‘zgarishi natijasida o‘simlikning kasallik va
zararkunandalarga chidamliligi ortadi.

O‘g‘itni suspenziya tariqasida naychalash fazasida 7-8 kg, boshoqlash fazasida

8-10 kg hisobida purkash.

Suspenziya purkashda faqat karbamidli o‘g‘itni qo‘llash.

Suspenziya bilan aralash holda kaliy va fosforli o‘g‘itlarni, gerbitsid, fungitsid va

insektitsidlarni qo‘llab birgalikda ishlatishni tashkil etish zarur.

Tajribalardan ma’lumki, yilning seryog‘in kelishi g‘alla zararkunandalari (zararli

xasva, shilimshiq qurt, g‘alla shiralari, g‘alla arrakashi, gessen pashshasi va boshqa
turdagi zararkunandalar) urchishi va zarar keltirishi kuzatiladi. Bundan tashqari havo
haroratining nisbatan past bo‘lishi, yog‘ingarchilik va havoning nisbiy namligi g‘alla


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

58

58

maydonlarida zamburug‘li (sariq va qo‘ng‘ir zang, markaziy viloyatlarda un shudringi
va boshqa) kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu yilgi mavsumda ham kasalliklarning
vujudga kelishi ehtimoli bor.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, suspenziya berishda o‘simliklarni himoya

qilishga jiddiy e’tibor qaratish uta muhim tadbir hisoblanadi.

Begona o‘tlarga qarshi kurash:

Hozirgi kunda g‘allakorlarimizning oldida

turgan dolzarb muammolardan biri g‘alla maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga
qarshi kurashni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish, g‘alla ekinlarida yuqori xosil olishda
alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘simliklarni himoya qilish ishlarini tizimli olib borish uchun birinchi navbatda

erta bahorda ya’ni g‘allaning tuplash davrida bir yillik efemer hamda boshoqli begona
o‘tlar hamda kechroq unib chiqadigan sho‘ra, qo‘ytikan, ko‘p yillik va g‘allasimon
begona o‘tlar turi va miqdorini (1m2 maydonda) aniqlab, xaritaga tushirish lozim.
Keyin shu asosda kimyoviy ishlov berish grafigini tuzish zarur.

Sho‘ra, qo‘ytikon, bundan tashqari ko‘p yillik va g‘allasimon begona o‘tlarning

rivojlanish fazasi o‘rganilmasdan gerbitsid qo‘llash samarasiz bo‘lib, g‘alla o‘rimi
davrida 1 gektar maydondan 5 – 18 sentnergacha don hosilining to‘kilib ketishiga
sabab bo‘lmoqda.

G‘alla maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi kurash quyidagicha

tabaqalashgan holda o‘tkaziladi:

Erta bahorda g‘allaning tuplash fazasida birinchi navbatda unib chiqadigan

efemer va g‘allasimon begona o‘tlarning botanik tarkibi o‘rganilib 100% kimyoviy
ishlov berish zarur.

Kechroq unib chiqadigan ko‘p yillik va bir yillik (pechak) hamda bahorda unib

chiqqan g‘allasimon (yovvoyi suli) begona o‘tlarga kechroq ishlov o‘tkazish kerak.

Bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga Granstar, Biostar, Dalstar, Granstar plyus

kabi tizimli ta’sir etadigan gerbitsidlarni 15-20 gramm/ga hisobidan, g‘alla
maydonlarida kechroq muddatlarda unib chiqadigan begona o‘tlarga qarshi Grantstar
plyus 15 – 20 gr/ga, Starane va Atlantas - 0.25-0.3 l/ga me’yorida ishlatiladi.

Zararkunanda va kasalliklar.

Sug‘oriladigan maydonlarning kengayishi bilan

g‘alla zararkunandalarining ham yildan yilga ko‘payishi kuzatilmoqda. Don ekinlarini
zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy kurashni tashkil qilish va o‘z vaqtida
o‘tkazish yaxshi samara beradi. Don ekinlariga katta zarar keltiruvchi so‘ruvchi
hashoratlardan shira, trips, zararli xasva, shilimshiq qurt hisoblanadi. Bularga qarshi
kurashda Buldok 2.5 foiz e.k. 0.5 l/ga, Karate 5 foizli 0.15-0.20 l/ga, Summi – Alfa 20
foizli e.k 0.07 l/ga, Atilla 0.2-0.3 l/ga, Superfos 55 foizli e.k 0.5 l/ga ishlatiladi.

Yuqorida keltirilgan zararkunanda va hashoratlardan eng ko‘p zarar

keltirayotgani zararli xasvadir. Xasva bug‘doy va arpa poyalari boshog‘ining shirasini
so‘rishi natijasida hosil ancha kamayib ketadi. Xasva poyani kechroq zararlasa uning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

59

59

ichidagi don puch va oqsil miqdori kamayadi va natijada bunday dondan tayyorlangan
non sifatsiz, xamiri yopishqoq bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham zararli xasvaga qarshi kurash ishlari tizimli olib borish

lozim. Buning uchun zararli xasvaning erta bahorda qishlov joyi aniqlanib (chunki
zararli xasva imogalari to‘p – to‘p bo‘lib qishlaydi) agrotexnik va mexanik usulda
qarshi kurashiladi.

Qishlovdan chiqqan xasva imogalari, bahorda uyg‘onishi bilan eng yaqin

masofadagi bug‘doy dalasiga yetib kelib, dala chetidan boshlab, dala ichiga 25 –
30 m masofagacha kirib boradi. Ayni shu davrda imogalarga qarshi kimyoviy kurash
ishlari boshlanadi.

Xasva bilan zararlangan maydonlardan olingan urug‘lik donning unib chiqishi 50

foizgacha kamayadi. Bitta urg‘ochi xasva 100-180 va hatto 300 donagacha
tuxum qo‘yadi, 14 – 15 kundan so‘ng lichinkalari paydo bo‘ladi. Lekin lichinkalar 2
yoshdan 3 yoshga o‘tgandan so‘ngina kimyoviy kurashni boshlash kerak. Bunda
kimyoviy kurashning samarasi yuqori bo‘ladi. Agar dalada bir m

2

maydonda xasvadan

ikki dona, shilimshiq qurtning lichinkasi beshtagacha uchrasa, kimyoviy kurashni
albatta o‘tkazish lozim. Bunda xasvaning imoga holida yoki 2-3 yosh lichinkasi
davrida kimyoviy ishlov berishda kimyoviy dorilarni suspenziyaga aralashtirib berish
mumkin.

Boshoqli don ekinlarida bir qator kasalliklar uchraydi. Ularning asosiylariga

qorakuyalar, un-shudring, zang va dog‘lanish kasalliklarini kiritish mumkin. Shulardan
bugungi kunda g‘alla ekinlari uchun sariq zang kasalligi o‘ta xavfli hisoblanadi. Sariq
zang hatto don to‘lish fazasida uchraganda ham 30-35 foizgacha hosil nobud bo‘ladi.
Kasallik ekinlarda erta boshlangan bo‘lsa, misol uchun boshoq chiqarish arafasida
sariq zang kasalligining rivojlanish darajasi o‘rtacha 50-60 foizga yetsa hosilning 34-
40 foizi yo‘qotiladi.

Zang kasalliklariga chidamli bo‘lgan G‘ozg‘on, Hisorak, Hazrati Beshir, Yaksart,

Yesovul, Jayxun, Bunyodkor, Farovon kabi kuzgi bug‘doy navlarini ekish maqsadga
muvofiqdir.

Zang kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashish ishlari bug‘doy o‘simligi kasallik

bilan 5% zararlanganda boshlanadi. Zaxkash va oldindan zang bilan kasalanishga
moyil xududlarda esa zangga qarshi profilaktik kimyoviy kurash o‘tkaziladi. Kimyoviy
kurashda zang kasalligiga qarshi fungitsidlardan Folikur BT 0.3-0.5 l/ga, Kolasal 0.3-
0.5 l/ga, Folkon 0.3-0.5 l/ga, Impakt 0.3-0.5 l/ga, Alto-super 33 foizli e.k 0.3 l/ga
qo‘llash yaxshi natija beradi.




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

60

60

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая
амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2
(125). -С.35-39
2.Дала тажрибаларини ўтказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б.
3.Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy
o‘simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta'siri ” “Science and innovation”
International scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.
4.Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarda qo‘llashning kuzgi
bug‘doy hosildorligiga ta'siri ”. “Agro kimyu ximoya va o‘simlik karantini ” ilmiy
amaliy jurnali, 2022, №4 41-42 b.
6.Irnazarov Sh.I., Xolmurodova A. “Angizli maydonlarda oq jo‘xori ekinidan yashil
massa yetishtirish agrotexnologiya”.O‘zbekiston qishloq va suv ho‘jaligi” jo‘rnali,
2022, №11 33-34 b.
7.FAO (2020). “Fertilizer Use by Crop in Uzbekistan”. Food and Agriculture


References

Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39

Дала тажрибаларини ўтказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б.

Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarini kuzgi bug‘doy o‘simliklarinig fotosintetik faoliyatiga ta'siri ” “Science and innovation”

International scientific journal, 2022, №1 (6) 286-287 b.

Irnazarov Sh.I. “Mineral o‘g‘itlarni turli me'yor va nisbatlarda qo‘llashning kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta'siri ”. “Agro kimyu ximoya va o‘simlik karantini ” ilmiy amaliy jurnali, 2022, №4 41-42 b.

Irnazarov Sh.I., Xolmurodova A. “Angizli maydonlarda oq jo‘xori ekinidan yashil massa yetishtirish agrotexnologiya”.O‘zbekiston qishloq va suv ho‘jaligi” jo‘rnali, 2022, №11 33-34 b.

FAO (2020). “Fertilizer Use by Crop in Uzbekistan”. Food and Agriculture