Authors

  • Tursunov Ozodbek Badalovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.97647

Keywords:

Kalit so‘zlar: transport tizimi infratuzilma logistik injiniring murakkab tashkiliy-texnik ob’ekt raqamli logistika

Abstract

Annotasiya: mazkur maqolada transport xizmatlarini boshqarishning zamonaviy usullari transporti faoliyati va transport tizimini samarali boshqarish, ushbu jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika ko‘rsatkichlari indeksi, transport infratuzilmasini boshqarishda zamonaviy usullarni tahlil qilish, qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar berilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

8

8

MODERNIZATSIYALASHGAN TRANSPORT XIZMATLARINING

BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Tursunov Ozodbek Badalovich

Farg‘ona davlat universiteti, “Aniq va tabiiy fanlar”

kafedrasi o‘qituvchisi

ozodbektursunov198812@gmail.com +998939736042

orcid id/0000-0002-4446-2544

Annotasiya:

mazkur maqolada transport xizmatlarini boshqarishning

zamonaviy usullari transporti faoliyati va transport tizimini samarali boshqarish,
ushbu jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning
logistika ko‘rsatkichlari indeksi, transport infratuzilmasini boshqarishda zamonaviy
usullarni tahlil qilish, qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini
rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

transport tizimi, infratuzilma, logistik injiniring, murakkab

tashkiliy-texnik ob’ekt, raqamli logistika

Kirish

So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari

sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash,
transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali
mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va amalga
oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda
transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan
yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning
zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga
ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarida transport infratuzilmasining

ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mazkur soha faoliyatini takomillashtirish vazifalari
Jahon transport va logistika tizimi (The global transport and logistic system)
tomonidan amalga oshiriladi. Jahon banki guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon
transport xizmatlarining YaIM tarkibidagi miqdori 4,2 trln. AQSh dollari (6,8%)
hajmida baholanib, yiliga 110 mlrd. tonna yuk va 1 trln. dan ortiq yo‘lovchilar
tashilgan, transport infratuzilmasida band bo‘lgan xodimlar soni 100 mln. kishini
tashkil etadi.

O‘zbekiston va xorijiy bozorlarga mahsulotlarning erkin kirishini ta’minlovchi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

9

9

transport markazlari (TLM) va komplekslaridan iborat zamonaviy transport
infratuzilmasining yaratilish va amal qilish masalalari O‘zbekiston transport
kompleksi, avvalo, temir yo‘l kompleksining zamonaviy rivojlanish bosqichi uchun
muhim masalalarga aylanmoqda.

Ushbu iqtisodiy islohotlar mamlakatimizda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi”ning uchinchi, “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor yo‘nalishlari” bandida tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sifatida qayd etilgan.

XXI asrda davlat innovatsiya tizimini shakllantirish va ulardan foydalanish

modellari moslashuvchan axborot texnologiyalari va korxonalarning yuqori samarali
yetkazib berish zanjirlari asosida birlashishiga mo‘ljallangan murakkab tashkiliy-
texnik ob’ektlar sifatida rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston transport
tizimi, uning infratuzilmasi, multimodal tashuvlar tizimi oldida boshqaruv
samaradorligini oshirish va uning barqaror faoliyatini ta’minlash qismida
iqtisodiyotning turli tarmoqlari bilan o‘zaro ta’sir masalasi dolzarb hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Transport infratuzilmasini samarali boshqarish, uning mazmuni va

iqtisodiyotning boshqa sohalariga ta’sirini o‘rgangan bir qator olimlar transport
infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha turli xil fikrlarni bildirganlar.

D.Bauersoksning fikricha, an’anaviy usullarga nisbatan yuk tashuvlarini tashkil

etishning afzalligi va iqtisodiy samaradorligi masalalarini kiritgan holda multimodal
va intermodal yuk tashuvlarini tashkil etish muammolariga alohida e’tibor qaratgan.
Shu bilan birga muallif, transport tarmoqlari, transport vositalari va transport
kompaniyalari o‘z ichiga olgan transport infratuzilmasini alohida qayd etadi

1

.

A.L.Nosovning tadqiqotlarida xalqaro transport tizimlarining tashkil etilishi va

maqbul faoliyat yuritishi muammolari tadqiq etiladi. Xalqaro qatnovlarda aralash
tashqi savdo tashuvlarini tashkil etishni takomillashtirish yo‘nalishlarini ko‘rsatgan
holda aralash yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari alohida ta’kidlaydi

2

.

S. M. Rezer tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda esa o‘zgarishlar sharoitida

mintaqaviy transport tizimlarini boshqarish modellari va muammolari ko‘rib
chiqilgan. Mamlakat ishlab chiqarish-transport tizimida transport turlarining o‘zaro
ta’sir usullari, transport ishlari bozorini prognozlash metodologiyasi va magistral yo‘l
transportida yuklash ishlarini rejalashtirish prinsiplari to‘liq tahlil etgan

3

.

1

Бауэрсокс Д. Логистика. Интегрированная цепь поставок. — М.: илим- Бизнес, 2001.

2

Носов А.Л. Региональная логистика. — М.: Альфа-Пресс, 2007.

3

Резер, С. М. Логистика. Словарь терминов [Текст] / С. М. Резер, А. Н. Родников. – М.: ВИНИТИ РАН, 2007. –

412 с.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

10

10

Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, transport infratuzilmasini

rivojlantirish ehtiyojlarini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy-texnologik
imkoniyatini baholash muammolarini ko‘rib chiqish, transport faoliyatini
boshqarishdagi nazariy jihatlar va boshqaruv samaradorligini oshirishda zamonaviy
boshqaruv usullarni qo‘llash orqali infratuzilmani rivojlantirish mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi

Mamlakatimizda transport tizimini samarali boshqarish, ushbu jarayondagi

muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika
ko‘rsatkichlari indeksi, transport infratuzilmasini boshqarishda zamonaviy usullarni
tahlil qildik, qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini rivojlantirish
yo‘nalishlarini keltirilgan.

Tahlil va natijalar

Yuklarni yetkazib berish bo‘yicha multimodal va intermodal tizimlar logistika

xizmatlarini rivojlantirish va yuklarni transportda jo‘natishning turli ishtirokchilarini
birlashtirish uchun yangi imkoniyatlar shakllantiradi. Yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul
qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha logistika texnologiyalari va yuqori tezlikdagi
transport tizimlariga ehtiyoj global transport tizimlarida asosiy harakatga keltiruvchi
kuchga aylanmoqda. Bu albatta, tashkiliy-texnik ob’ektlarning murakkablik
darajasini oshiradi. Shuningdek, integratsiya jarayonlari logistika jarayonlarining
amal qilish darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu iste’molchilarga xizmat
ko‘rsatish darajasini yaxshilash, umumiy sarf- xarajatlar va tizimli xatarlarni
kamaytirishda aks etadi. Logistik injiniring prinsiplarini qo‘llash integratsiyali
yetkazib berish zanjirlari faoliyati samaradorligini oshirish uchun muhim
sharoitlardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi.

Yirik transport bog‘lamlari va yirik sanoat klasterlariga kirishda multimodal

TLM tarmog‘ini shakllantirish qo‘shimcha yuk oqimlarini jalb etish, yuklarni temir
yo‘l va boshqa transport turlarida tashish raqobatbardoshligini oshirish, kompleks
logistika sohasida yuqori daromadli xizmatlarni rivojlantirish imkonini beradi. Bu
yo‘nalishlar milliy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda O‘zbekistonning
jahon transport tizimiga qo‘shilishiga ko‘maklashadi.

Transportda yuk va yo‘lovchilar manzilga yetkazilgan holda unda xizmatlar

ko‘rsatish hayot davri jarayonlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Turli-tuman
transport vositalari, ishlab chiqarish va taqsimot tizimlari o‘zaro yetarlicha
birlashmagan, bu transport xizmatlari samaradorligi, sifati va ishonchliligi
kamayishiga sabab bo‘ladi, bu holat ayniqsa yetkazib berish zanjirlari, shu jumladan
ularning infratuzilmalari faoliyatida aks etadi. Masalan, so‘nggi yillarda temir yo‘l
transportida tashuvlar hajmi oshgani kuzatilmoqda, shu bilan birga ishlab chiqarish
aktivlaridan (harakatdagi tarkib, konteynerlardan) foydalanishdan yo‘qotishlar xavfi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

11

11

ham mavjud.

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasida 2019-2023 yillarda transport

turlari bo‘yicha yuk aylanmasi va yuk tashish

4

Ko‘rsatkichlar

2019

2020

2021

2022

2023

Tashilgan yuklar,

mln.t

1319,8

1366,7

1420,2

1420,9

1455,7

temir yo‘l

70,1

70,6

72

73,4

73,7

avtomobil *

1177,7

1238,2

1282

1284,1

1322

quvur yo‘li

72

57,9

66,2

63,5

60

havo yo‘li, ming

82,6

38,0

37,7

40,0

30,0

Yuk aylanmasi,

mlrd. t-km

72,6

66,9

74,8

75,5

77,6

temir yo‘li

23,4

23,6

24,6

25

27,1

avtomobil *

15879,3

16233,4

19062,3

20509,8

22290,7

quvur yo‘li

33,2

26,8

30,8

29,7

28

havo yo‘li, mln. t-km

119

219

303,5

322,8

226,3

1-jadvalda tahlil qilingan yuk tashuvlari hajmi dinamikasiga ko‘ra, 2017- 2021

yillarda mamlakat transport tizimi umumiy yuk aylanmasida temir yo‘l transportining
ulushi 23-24 % darajasida barqaror saqlangan.

Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida, 2021 yilda yuk tashish hajmi o‘tgan

yilga nisbatan 4,0 %ga, shu jumladan avtomobil transporti bo‘yicha 3,5 %ga va
havo transporti bo‘yicha 58,2 %ga o‘sdi. Yuk tashish aylanmasining hajmi 74800
mln.tonna-km.ni tashkil etib, yuk tashish aylanmasining umumiy hajmida eng yuqori
ulush quvur transporti (41,1 %), avtomobil transporti (25,5 %) va temir yo‘l transporti
(32,8 %) ga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini baholash va boshqa

transport turlarining rivojlanishini hisobga olgan holda ko‘zda tutiladiki, temir yo‘l
transporti bo‘yicha o‘sish har yili o‘rtacha 5 yoki umuman 3,4 foizni tashkil etadi,
2021 yildagi 1420,2 mln. tonnadan 2030 yilda 1867.5 mln. tonnagacha o‘sadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, transport sektoriga kiritilayotgan sarmoyalarning 1

foizga oshirilishi yuk tashish hajmining 0,94 foizga ortishni ta’minlaydi. Xizmatlar
sifatini oshirish hamda tashish uchun transport yo‘nalishlarining yanada
diversifikatsiyalanishini ta’minlash bilan birgalikda iste’molchiga yo‘naltirilgan

4

O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

12

12

transport logistika tizimi boshqaruvini yanada maqbullashtirishga qaratilgan bo‘lishi
kerak.

Mahsulot tannarxidagi transport xarajatlari ulushini kamaytirish eng muhim

vazifalardan biridir, chunki sanoat mahsulotining tannarxida transport xarajatlarining
oshishi mamlakatimiz tovarlarining raqobatbardoshligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatmoqda. Mamlakat ichkarisida yuk tashish xizmatlarining qiymati xalqaro
tashish xizmatlarining (shu jumladan tranzit xizmatlarining) qiymati kabi
ko‘rsatkichlar nisbatan yuqoriligicha qolmoqda va oxirgi yillarda katta sur’atlarda
oshib bormoqda. Yuk tashishning yuqori narxlari temir yo‘l sektoriga ham xosdir.
Jumladan, narxlarning qiyosiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekistonda ishlab
chiqaruvchilar 500 kilometrlik masofaga 1 ta standart vagonda yukni (60 tonna
to‘qimachilik mahsulotini) 1 kilometrga tashish uchun temir yo‘lchilarga 5,15 dollar
to‘lamoqdalar. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 0,93 AQSh dollarini, Qirg‘izistonda
2,65 AQSh dollarini, Tojikistonda 6,83 AQSh dollarini, Turkmanistonda 2,65 AQSh
dollarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 500 kilometrdan 1000 kilometrgacha
masofaga tashish uchun yuk jo‘natuvchilar 2,51 AQSh dollari, Qozog‘istonda 0,68
AQSh dollari, Turkmanistonda 2,60 AQSh dollari to‘laydilar[7].

Logistika tizimiga yetkazib berish zanjirining tarqoqligi, yetkazib beruvchidan

qabul qiluvchigacha tovarlarni ortish va tushirish bo‘g‘inlarining ortiqchaligi xosdir,
bu esa ishlab chiqaruvchilarning transport xizmatlariga bo‘lgan xarajatlarning
oshishiga olib kelmoqda. Bu transport- logistika kompaniyalari va tegishli
infratuzilmaning sust darajada rivojlanganligi bilan bog‘liq. Mamlakatdagi transport
operatsiyalarining asosiy qismi 1PL va 2PL formatida yuz bermoqda, ayrim
kompaniyalargina 3PL formatida cheklangan xizmatlarni ko‘rsatmoqda. Avtomobil,
temir yo‘l va aviatsiyada tashish o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga
qodir yirik operatorlar yetishmayapti.

Yuklarni tashish hajmlarini oshirishdagi asosiy

cheklovlar quyidagilar

hisoblanadi:

-

transport tizimining yetarlicha rivojlanmaganligi;

-

yo‘l tarmog‘i rivojlanish sur’atlarining jamiyatni avtomobillash- tirish

sur’atlaridan sezilarlicha ortda qolishi;

-

eksportga

oid

transport

infratuzilmasining

(chegaradagi

o‘tish shoxobchalarining) yetarlicha rivojlanmaganligi;

-

temir yo‘l kompaniyalarining cheklangan o‘tkazish va tashish qobiliyati

mavjudligi;

-

aviatsiya yonilg‘isining o‘zini oqlamagan yuqori qiymati.

Yirik transport bog‘lamlarida O‘zbekiston temir yo‘llari tarmog‘i bo‘yicha

multimodal terminal logistika markazlari (TLM) tarmog‘ining sust rivojlangani
kuzatilmoqda. Natijada xususan, konteynerlar aylanmasi tezligi, shuningdek, ko‘plab


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

13

13

yuk tashuvlari aloqasi va xilma-xil transport turlari transport infratuzilmasida yuk
oqimlari taqsimotini oshirishni ta’minlashning iloji yo‘q.

Bunday yetkazib berish zanjiri texnologik yaxlitlik talablariga to‘liq javob

beradi, bu transport faoliyatga xos jarayonlarning zanjir oxirida yuzaga keluvchi
natijaga ta’sirini belgilash uchun juda muhim. Texnologik yaxlitlikka oraliq
bo‘g‘inlarni shu tariqa birlashtirish hisobiga erishiladiki, bunda mahsulotni bir
bo‘g‘indan “chiqishi” transportda jo‘natishga oqilona vaqt sarflanishida boshqasiga
bir vaqtning o‘zida “chiqishi” bo‘ladi.

Transport bu holatda konveyer vazifasini bajarib, u uzluksiz texnologiya

jarayonini yakunlaydi hamda hamma yetkazib berish zanjirlariga xizmat ko‘rsatishni
ta’minlaydi. Lekin bunday yondashuv yaxlit transport jarayonini baholash imkonini
beruvchi zamonaviy axborot, matematika va dasturiy ta’minotni talab etadi. Yuk
jo‘natish, yuk qabul qilish, TLM va yuk tashish jarayonlariga yondash axborot
almashinuvi chizmasi, boshqaruv, savdo va transportda elektron ma’lumot
almashinuvi standartiga asoslanib, u “raqamli logistika”da ko‘chuvchi texnologiya
ko‘prigi sifatida ko‘rib chiqiladi.

Zamonaviy iqtisodiy sharoitda ishlab chiqarish, omborlar, iste’molchilarni

joylashtirish va sarf-xarajatlar va buyurtmani bajarish muddatlarini maqbullashtirish
maqsadida yetkazib berish zanjirini modellashtiruvchi an’anaviy (funksional)
logistika jarayonlarini moslashuvchan usullarga almashtirishni talab etadi. Nafaqat
yetkazib berish zanjiri, balki intellektual va internet-texnologiyalarda (“ashyolar
interneti” singari) integratsiyalashgan boshqaruvning logistika mexanizmiga
asoslangan alohida korxonada ham yangi qat’iy yondashuv talab etiladi.

Hozirgi kunda transport tizimiga integratsiyalanmagan xalqaro korporatsiya va

xoldinglar tarkibiga kiruvchi, hududlar bo‘ylab taqsimlangan zamonaviy ishlab
chiqarish va servis tizimlarini tasavvur etish mushkul. Foydalanilayotgan tizimlar,
vosita va komplekslar ko‘pincha ko‘pjabhalilik, amal qilishdagi noaniqlik, ierarxiya,
element va aloqalarning ortiqchaligi, vazifa va jarayonlarni bajarishdagi ko‘p
variantlilik hamda komponentlar jamligi singari xususiyatlarga ega.

Hozirgi sharoitda hayot davri infratuzilmasi robotlarga mo‘ljallangan yuklash-

transport asbob-uskunalari va zamonaviy samarali texnologik yechimlar, shu
jumladan xalqaro injiniring va transportli qurilish sohasida talabni shakllantirgan
holda innovatsion rivojlanish uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashishi mumkin.
Masalan, temir yo‘l transportida omborxona faoliyati, tijoratli foydalanish sohasida
logistika injiniringi texnologiyalaridan foydalanmay, tizimli yondashuv prinsipini
amalga oshirishni tasavvur etish mushkul.

Yodda tutish kerakki, (sub’ektiv va ob’ektiv ko‘rinishdagi turli prinsiplardan

kelib chiqqan) resurslar tanqisligi tufayli nosozlik, avariya va hatto halokatlar yuzaga
kelishi sharoitida qo‘llashga mo‘ljallanishi lozim bo‘lgan zamonaviy tashkiliy-texnik


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

14

14

ob’ektlarni ishlash qobiliyatining talab etiluvchi darajasini saqlab turishning imkoni
bo‘lmaydi, shuning uchun ular yashovchanlik (kengroq ma’noda halokatga
bardoshlilik) xususiyati bilan ta’minlangan.

Buning uchun proaktiv (ogohlantiruvchi) boshqaruvning yangi jarayonlarini

tavsiya etish mumkin, ular tashkiliy-texnik ob’ektlarning tuzilmasi shaklini
o‘zgartirish bo‘yicha maqsadli tartibotlar bilan kechadi va katta miqyosdagi elektron
ma’lumotlar asosida tizim faoliyatining kompleks prognozi va uning ishlash
qobiliyati darajasini oshirishni ta’minlaydi.

Tashkiliy-texnik

ob’ektlar

infratuzilmasini

proaktiv

(ogohlantiruvchi) boshqarish amaliyotida an’anaviy ravishda foydalanilayotgan
tezkor ta’sir va keyinchalik noxush hodisalarga yo‘l qo‘ymaslikka mo‘ljallangan
reaktiv boshqaruvdan farqli o‘laroq tegishli monitoring va boshqaruv tizimida tizimli
(kompleks) modellashtirish konsepsiyasi asosida boshqaruv ta’sirlarini shakllantirish
va amalga oshirishda eng yangi prognozlovchi va ogohlantiruvchi imkoniyatlarni
yaratish hisobiga noxush hodisalar yuzaga kelishining oldini olishni ko‘zda tutadi.

Hozirgi kunda proaktiv monitoring va tashkiliy-texnik ob’ektlar boshqaruvini

tashkil etishning turli variantlari, shu jumladan, qayd etilgan ob’ektlarning tuzilmaviy
dinamikasini proaktiv boshqarish texnologiyalari mavjud. Ushbu texnologiyalar
orasida quyidagilar: Murakkab tashkiliy- texnik ob’ektlar faoliyati usullari,
maqsadlari, uning mazmuni, turli sharoitlarda bajarish izchilligini o‘zgartirish;
Murakkab tashkiliy-texnik ob’ektlarning ayrim element va kichik tizimlari muhitida
joylashish; Tashkiliy-texnik ob’ektlar darajalari o‘rtasida axborot oqimlari,
boshqaruv vazifalari, masalalari, algoritmlarini qayta taqsimlash va markazdan
chiqarish; ularning inqirozida murakkab tashkiliy-texnik ob’ektlar tuzilmalari
konfiguratsiyasini o‘zgartirishni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Murakkab tashkiliy-texnik ob’ektlarning proaktiv (ogohlantiruvchi) boshqaruv

va monitoring texnologiyasini ko‘p tuzilmali tizimlar (logistika ob’ektlari) uchun
murakkablikni boshqarish bo‘yicha istiqbolli texnologiyalar sifatida ko‘rib chiqish
mumkin bo‘lib, ular tufayli yuzaga kelgan (prognozlanuvchi) vaziyatda ob’ektlar talab
etiluvchi barqarorlik darajasiga ega belgilangan vazifalarni bajara oladi.

Xulosa va takliflar

Xulosa qilib aytganda, yangi avlod transport infratuzilmasi shakllanishi va

rivojlanishi uchun kengaytirilgan logistika injiniringi modeli va hayot davrini
boshqarish modelini moslashtirish talab etiladi, bu XXI asrda barqaror rivojlanish
innovatsiyali boshqaruv modelidan foydalanishga sabab bo‘ladi. Bunday rivojlanish
adashish vaziyatlari sharoitida yetkazib berish zanjirlari faoliyati va noaniqligi
muammosini bartaraf etish uchun korxonalarni birlashtirish va moslashtirish
prinsipiga mo‘ljallangan murakkab tashkiliy-texnik ob’ektlar konsepsiyasi asosida
amalga oshirilishi lozim.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–77_Issue-2_May-2025

15

15

Yangi prinsiplarga asoslangan yuk yetkazib berish bo‘yicha multimodal va

intermodal prinsiplar yangi avlod logistika infratuzilmasini rivojlantirishning o‘ziga
xos lokomotivi hisoblanadi va tovar harakati ishtirokchilarini samarali birlashtirish
uchun yangi imkoniyatlarni shakllantiradi.

“Raqamli logistika” sharoitida infratuzilmani boshqarish uchun elektron

ma’lumotlar oqimining ortib boruvchi hajmini hisobga olgan holda adashish
vaziyatlari yuzaga kelganda murakkab tashkiliy-texnik ob’ektlarning prognoz
darajasini oshirish imkoniyati va logistika infratuzilmasining faoliyat o‘lchamlarini
kompleks baholash asosida proaktiv (ogohlantiruvchi) boshqarish tizimlariga o‘tish
o‘ta muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston transport bozorida innovatsiyali logistika
texnologiyalarining multimodal va intermodal tashuvlarni rivojlantirish barqarorligi
va samaradorligiga ta’sir darajasini oshirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Badalovich, T. O. (2022). Legal and institutional basis of development of

transport services and transport infrastructure during the coronavirus pandemic. Asia
pacific journal of marketing & management review issn: 2319-2836 Impact Factor:
7.603, 11(09), 55-61.

2.

Badalovich, T. O. (2022). Indicators representing the level of provision of

transport services and infrastructure of the region. International journal of social
science & interdisciplinary research issn: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(09), 123-
127.

3.

Турсунов, О. Б. (2022). Иқтисодиётни эркинлаштириш даврида транспорт

хизматлари ва инфратузилмасининг ривожланиш тенденциялари ва ҳудудий
хусусиятлари. Ta’lim fidoyilari, 8, 196-204.

4.

Турсунов, О. (2022). Транспорт хизматлари ва инфратузилмасини

ривожлантиришнинг хорижий мамлакатлар тажрибаси. Eurasian Journal of
Academic Research, 2(13), 4-9.

5.

Турсунов,

О.

(2022).

ТРАНСПОРТ

ХИЗМАТЛАРИ

ВА

ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ

ХОРИЖИЙ

МАМЛАКАТЛАР ТАЖРИБАСИ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 4-


References

Badalovich, T. O. (2022). Legal and institutional basis of development of transport services and transport infrastructure during the coronavirus pandemic. Asia pacific journal of marketing & management review issn: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(09), 55-61.

Badalovich, T. O. (2022). Indicators representing the level of provision of transport services and infrastructure of the region. International journal of social science & interdisciplinary research issn: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(09), 123-127.

Турсунов, О. Б. (2022). Иқтисодиётни эркинлаштириш даврида транспорт хизматлари ва инфратузилмасининг ривожланиш тенденциялари ва ҳудудий хусусиятлари. Ta’lim fidoyilari, 8, 196-204.

Турсунов, О. (2022). Транспорт хизматлари ва инфратузилмасини ривожлантиришнинг хорижий мамлакатлар тажрибаси. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 4-9.

Турсунов, О. (2022). ТРАНСПОРТ ХИЗМАТЛАРИ ВА ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ТАЖРИБАСИ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(13), 4-