JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
194
194
4-SINF “O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLIGIDAGI
HIKOYALARNI 4K MODELI YORDAMIDA O‘QITISH
Gulira’no Isaboyeva Bahtiyorjon qizi
Qo‘qon DU Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
Akbarova Munira Shavkatovna
Qo‘qon DU assisent o‘qituvchisi, PhD
Annotatsiya.
Mazkur maqolada 4K modeli asosida boshlang‘ich sinf o’qish
savodxonligidagi hikoya o‘qitish darslarini tashkil qilish haqida yoritilgan.
Boshlang‘ich sinflar uchun ushbu zamonaviy darsliklar o‘quvchilarni har taraflama
rivojlantirish, nafaqat bilim, balki zamonaviy jamiyatga oson moslashish uchun
zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Oʼqitishning zamonaviy
usullaridan foydalanish oʼqitish jarayonida yuqori samaradorlikka olib keladi.
Kalit so’zlar:
“4K modeli”, kreativlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, muloqot.
Abstract.
This article discusses the organization of storytelling lessons in primary
school reading literacy based on the 4K model. These modern textbooks for primary
school are aimed at the comprehensive development of students, not only knowledge,
but also the formation of skills necessary for easy adaptation to modern society. The
use of modern teaching methods leads to high efficiency in the teaching process.
Keywords:
“4K model”, creativity, critical thinking, cooperation,
communication
Ta’lim sifatini oshirish tushunchasi bu ko‘proq o`rganib, ma`lumotga ega
bo‘lishgina emas, balki tafakkurni oshirish, katta axborot oqimidan muhimlarini tezda
tanlay olish, yo‘nalishni belgilash, vaziyatni to`g`ri baholash, nostandart muammolarni
yechish ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iboratdir. Zamonaviy o`qituvchi
bugungi kunda raqobatbardosh ta`lim bozorida o‘z mavqeyiga ega bo`lishi topishi
yangicha yondashuv asosida ta`lim jarayonini tashkillashi lozim. Ta’lim sifati, birinchi
navbatda, ta’lim jarayonining asosiy bo‘g‘ini, uning ham ob’yekti, ham sub’yekti
sifatida o‘quv materialini egallash darajasiga bog‘liqdir. Aynan, 4K modeli bugungi
kunda ta`lim sifatini oshirishda juda muhim katolizatorlik vazifasini bajaradi. 4K
tushunchasi odatda kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy va hissiy sohalardagi
kompetensiyalarni tasvirlashda qo`llaniladi. “4K” modeli, ya’ni tanqidiy fikrlash
(critical thinking), hamkorlik (collaboration), kommunikatsiya (communication) va
ijodkorlik (creativity) modelidir. Ushbu model o‘quvchilarning faolligini va
qiziqishini oshirish, ularning muammolarni hal qilish, har tomonlama fiklash
qobiliyatini rivojlantirish va haqiqiy hayotdagi voqea-hodisalarga tayyorlashga
qaratilgan. “4K” modeliga asoslangan ta’limda muammoni yechish usullari
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
195
195
o‘quvchilarning ushbu ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llashlariga yaqindan yordam
beradi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko`pincha
kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan
ortiqroq hayotiydir".
Hikoya ma`no jihatidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda ham mos
janr sanaladi. Boshlang`ich sinf yoshidagi o‘quvchilarni asosan qahramonlarning
harakteri, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar
qiziqtiradi. Shuning uchun hikoya bilan tanishtirish bilan o`quvchilarga uning
sujetini tushuntirish bog‘lab olib boriladi. To`rtinchi sinf “O`qish savodxonligi”
darsligidagi hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida 4K modeli
asosida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, salbiy va ijobiy holatlar haqida kritik
fikrlashga o`rgatish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar
asosiy ish turlaridan hisoblanadi.
Hikoya mazmuni ochish uchun odatda savollar yordamida tahlil qilinadi.
So‘roqlardan ikki maqsadda:
-
hikoya mazmunini tushuntirish va tahlil qilish ;
-
dalillar, mulohazalar, voqealarni taqqoslash, hodisalar, xatti- harakat
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va xulosalarni umumlashtirish uchun
foydalaniladi.
Hikoyani 4K modeli asosida o‘qitishda uning mazmunini tahlil qilish va shu
asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish, oʼz fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga,
suhbatdoshini tinglashga va tushunishga, maʼlumotni yetkazishda til vositalaridan
unumli foydalanishga o`rgatish asosiy o`rinda turadi. Hikoya o‘qib bo‘lingach,
o‘quvchilar o‘ylashi, fikrlashi va o 'z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga
vaqt beriladi. O`rganilgan asar yuzasidan beriladigan birinchi savollardan
ko`zlangan maqsad hikoya bolalarga maqul kelgan yoki maqul emasligi, undagi qaysi
qahramonning xatti-harakati bolaga ta’sir qilganini bilishdan iborat. Shundan so`ng
hikoya sujeti, voqeaning rivojini ochishga, personajlar xarakterini o`rganishga,
nihoyat, asarning yetakchi g‘oyasini tushunish uchun kreativ fikrlashga yordam
beradigan savollardan foydalaniladi. Masalan, 4-sinf „O'qish savodxonligi“ da
“Sayroqi qushcha” (Zamira Ibrohimova) “Marvarid” (Meri Joslin), “Toshbag`ir”
(Jabbor Razzoqov), “Qanot qoqqan orzular” (Hilola Hamdomova), “Yetti hazinaning
biri” (Hilola Hamdomova), “Hunarli mingni yengar” (Obiddin Mahmudov) va boshqa
qiziqarli hikoyalar berilgan. Ushbu hikoyalar mavzu jihatdan xilma-xil bo 'lib,
qahramonlarining xarakter-xususiyatlari va umumiy xulosalari bilan ham farq qiladi.
Masalan, “Marvarid” hikoyasida Joshning sadoqatli, sahiy do`stligiga havas
hissi uyg`otilsa, Rubenninng xatti-harakati, boshdan kechirganlari misolida ona
Vatanga mehr- muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri misolida o‘z Vatanini qadrlash
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
196
196
tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi,
qahramonlarini o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib
boriladi. Bunda o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi
kengayadi.
Xulosa
“4K” modeliga asoslangan ta’limda interaktiv metodlar va zamonaviy
texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quvchilar uchun o‘qish jarayonini yanada jozibador
qiladi. Interaktiv metodlar – bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqani
ta’minlaydigan, muloqotni rag‘batlantiradigan va o‘quvchilarning faol ishtirokini
oshiradigan ta’lim usullaridir. Bu usullar orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini amaliyotda
qo‘llash, guruhda ishlash va o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘qituvchilar uchun esa ushbu metodlar darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazish
imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-
sentyabr. O‘RQ-637-son. Xalq so‘zi. – Toshkent, 2020-yil 24-sentabr. No202
(7704).
https://lex.uz/ru/docs/-5013007
2. Asaqarova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish va matnni
tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish. – Namangan, 2020. – 137 b.
3. Aminova F. O‘quvchilarni muloqot matni yaratishga o‘rgatishning didaktik
asoslari.– Toshkent, 2007. – 130 b.
4. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: „ O ‘qituvchi", 1980. 245-bet
5. Homidiy H. va boshq. Adabiyotshunoslik terminlari lug 'ati. — Т.: „ O 'q
ituvchi" , 1967. 92-bet.
6. Pohl S. Longitudinal Multistage Testing. JEM. International Study Center,
Lynch School of Education. – Boston College, Chestnut Hill, 2014. – p. 193.
7. Shavkatovna, A. M. (2023, November). BOSHLANG'ICH SINFLARDA
ERTAKLARNING TURLARI BILAN ISHLASH. In
Proceedings of International
Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
(Vol. 2, No. 12, pp.
34-39).
8. Shavkatovna, A. M. (2023, November). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA
ERTAKLARNING TUTGAN O‘RNI. In
Proceedings of International Conference on
Educational Discoveries and Humanities
(Vol. 2, No. 12, pp. 158-162).
9. Shavkatovna, A. M. (2023, November). BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINI ERTAK JANRI BILAN TANISHTIRISH. In
Proceedings of
International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
(Vol.
2, No. 12, pp. 29-33).
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–77_Issue-2_May-2025
197
197
10. Shavkatovna, A. M. (2023). UNUSUAL COMPOUNDS AS A FACTOR
INCREASING
THE
LINGUOPOETIC
VALUE
OF
THE
LITERARY
TEXT.
JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal
,
9
(5), 311-315.
11. Shavkatovna, A. M. (2023). Unusual Compounds: Oxymoron and
Occasionalism.
Open Access Repository
,
9
(7), 148-150.
12. Shavkatovna, A. M. (2023, November). OKSYUMORON–BADIIY,
LINGVOPOETIK VOSITA. In
Proceedings of International Conference on
Educational Discoveries and Humanities
(Vol. 2, No. 12, pp. 153-157).
13. Shavkatovna, A. M. (2023, November). G‘AYRIODATIY BIRIKMALAR
VA ULARNING BADIIY MATNDA QO‘LLANILISHI. In
Proceedings of
International Conference on Educational Discoveries and Humanities
(Vol. 2, No. 12,
pp. 163-167).
14. Shavkatovna, A. M. (2023). UNUSUAL COMBINATIONS IN THE
INTERPRETATION OF PROFESSOR NIZOMIDDIN MAHMUDOV.
Open Access
Repository
,
9
(11), 137-140.
15. Shavkatovna, A. M. (2023, November). SINESTETIK METAFORA VA
GAYRIODATIY BIRIKMALAR. In
Proceedings of International Conference on
Scientific Research in Natural and Social Sciences
(Vol. 2, No. 12, pp. 40-44).
16.
Shavkatovna,
A.
M.
(2023,
November).
SINESTEZIYA
VA
GAYRIODATIY BIRIKMALAR. In
Proceedings of International Conference on
Educational Discoveries and Humanities
(Vol. 2, No. 12, pp. 148-152).
G‘ayriodatiy birikmalar badiiy matnning lingvopoetik
qiymatini oshiruvchi omil sifatida
. Муаллим ҳам узликсиз билимлендириў.
Илимий-методикалық журнал, 28-32