“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
41
Yoshlarda deviant xulq to’g`risidagi tasavvurlarni o’rganishning o’ziga
xos xususiyatlari.
Urganch RANCH Tehnologiyalar Universiteti
Psixologiya yo’nalishi magistri
1-
kurs Atajonova Hurjon Pirnazar qizi
Annotatsiya:
Yoshlarda deviant xulq to’g’risidagi tasavvurlarni o’rganish
zamonaviy psixologiya va sotsiologiyaning muhim yo’nalishlaridan biri
hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda deviant xulq, ya'ni normadan chetga chiqish,
yoshlarning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida qanday rol o’ynashi, ularning
shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlariga ta’siri o’rganiladi.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy psixologik tashxis, anketa, xulq og`ishganlik, deviant
xulq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-sonli “ Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish
to’g’risida
- Q
arori mamlakatimizninig barcha oliygohlarida talabalar tarbiyaviy
jarayoniga yangicha yondashuvlarni izlashga undadi. Hozirgi kunda oliygoh
psixologlari bu borada qator tadbirlarni izchil ravishda amalga oshirib kelmoqdalar.
Oliy o’quv yurti hayotida hozir yuz berayotgan voqeliklar ta’lim sohasida
tarbiya masalalari yangicha mazmun kasb etayotganligidan dalolat beradi. Bunday
vaziyatlarda tarbiyaviy jarayonlar asosan pedagoglar, ustoz - murabbiylarning
xohish - irodasi va mahoratiga, muayyan o’quv yurti ma’muriyatining
tashabbuskorligiga xamda muassasadagi an’analarga bog’liq. O’quv guruhida
mo’tadil ma’naviy-psixologik muhitning yaratilishi - talabalarning o’qishga, ilmiy
ishga, ijtimoiy foydali faoliyatga yondashuviga, ularning jipsligi va jamoachilik
xususiyatlariga, shuningdek, talabalarning ma’naviy yetukligiga chambarchas
bog’liq.
Talabalarning ma’naviy qiyofasi, uni o’rganish va shakllantirish masalalari
mamlakatimiz yetakchi psixolog olimlari tomonidan tahlil qilingan. Jumladan,
M.G.Davletshin, E.G’.G’oziev, N.S.Safaev, V.M.Karimova, F.A.Akramova, B.Yu.
Xodiev, M.R. Boltabaev va boshqalar mazkur masala yuzasidan qimmatli fikrlarni
bildirganlar.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
42
Yuqorida keltirilgan mutaxasislar talaba yoshlarning ma’naviy tarbiyasi
muammosini o’ziga xos yechimlarini taklif etar ekanlar, barchasi tarbiyaviy
jarayonni muhim tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy psixologik tashxis jarayonini
ko’rsatganlar. Tashxis talabalarni hozirgi davrdagi holatini aniqlash va baxolash
imkoniyatini beradi
1
.
Ijtimoiy psixologik tashxis
–
bu maxsus diagnostik vositalar yordamida
o’rganilayotgan masala yuzasidan birlamchi ma’lumotlarni to’plash.
Anketa–so’rovlar tashxis usullaridan biri bo’lib, tadqiqotning asosiy vazifasi
bilan mantiqan bog’liq bo’lgan savollar to’plamidan iboratdir
2
.
Har bir inson dunyoga kelar ekan, ehtiyojlarni qondirishning insoniyat
tomonidan ungacha o’zlashtirilgan ijtimoiy-tarixiy me’yoriga duch keladi.
Muayyan rivojlanish davriga xos tarzda sub’ektning o’z ehtiyojlarini qondirish
uchun ma’lum usul, vosita va mezonlarni o’zlashtirishi esa uning tarbiyasini
belgilaydi. Xulq og’ish holati esa ijtimoiy normalarga mos bo’lmagan xatti
xarakatlarni namoyon bo’lishi xisoblanadi
3
. Bunday xulqning ham o’ziga xos
shakllari mavjud.
Delinkvent axloq - shaxs deviant axloqining shakli sifatida qator
xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu shaxs og’ishgan xulqining kamroq ma’lum
bo’lgan turlaridan biri. Masalan, jinoiy deb tan olingan harakatlar doirasi turli
davlatlar, turli vaqt uchun turlichadir. Qonunlarning o’zi bir xil emas, ularning
takomillashishi kuchida katta yoshdagi aholining katta qismi “jinoyatchilar-
kategoriyasiga kiritish mumkin bo’lib qoladi. Masalan, soliq to’lashdan qochish
yoki kimgadir jismoniy og’riq yetkazish. Shunga o’xshash yana bir misol, hammaga
ma`lumki, aldash mumkin emas. Biroq haqiqatni hech bir sharoitga qaramay har
doim va hamma joyda gapiradigan odam joyida yolg’on gapiradiganlarga
qaraganda ancha noadekvat bo’lib ko’rinadi.
Xulqi-og’ish shakllari sifatida deviant va delinkvent xulq shakllarini ko’rsatish
mumkin. Adabiy ma’lumotlarni yig’ib, delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi
1
Oliy o’quv yurtidagi tarbiyaviy ishlarga psixologik yondashuvlar.// Xodiev B.Yu., Boltaboev M.R., Xoshimova
M.K., Akramova F.A., Ergasheva D.D.
–
Toshkent: 2008
.
B
-
16
2
Xaydarov F.L., Xalilova N.L. Umumiy psixologiya.Darslik.- Toshkent: Fan va texnologiyalar Marikazning
bosmaxonasi , 2010 . B. 56
3
Королев
В.В.
Психические отклонения
в
подростков-правонарушителей. – Москва: ВЛАДОС-ПРЕСС, 1992.
С 69.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
43
mikroijtimoiy omillarni sanab o’tish mumkin: bolalarning g’amxo’rlik va ota-
onalari tomonidan mehribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o’ta qattiqqo’l ota
yoki yetarlicha g’amxo’r bo’lmagan ona), o’z navbatida, bolada erta jarohatli
kechinmalarni uyg’otadi; oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik yoki kuch
kulti (masalan, jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo’llanilishi); ma’naviy
ongning me’yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta’sirining yetishmasligi
(masalan, uning yo’qligi); jarohatli sharoitlarni qayd qilish bilan ruxiy travma olish
(kasallik, ota-onaning o’limi, zo’ravonlik, ajrashish); bolani uning xohishlarini
bajarish, erkalatish; bolani o’ta rag’batlantirish; ota-onalar tomonidan bolaga
nisbatan talablarning muvofiqlashmaganligi oqibatida unda axloqning aniq
tushunchasi paydo bo’lmaydi; ota-onalar (vasiylar) ning almashinuvi; ota-onalar
o’rtasidagi surunkali aniq ko’zga ko’ringan nizolar; ota-onalarning istalmagan
shaxsiy xislatlari (masalan, talabchan bo’lmagan ota va erkalatuvchi onaning
uyg’unligi); bolaning o’rganish orqali oilada yoki guruhda delinkvent qadriyatlarni
(ochiq yoki yashirin) o’zlashtirishi
4
.
Nazariy ma’lumotlar bilan cheklanib qolmagan xolatda biz ham oliygohda
so’rovlar o’tkazdik. So’rovlar Urganch davlat universiteti talabalari o’rtasida olib
borildi, so’rovlarda 1-2-3-4 kurs talabalari qatnashdilar.
1. Siz qanday xulq-atvor shakllarini me’yordan og’ish deb hisoblaysiz degan
savolga aksariyati
74 % - talabalar
o’quv muassasidagi xulq-atvor qoidalarini buzish
(darslarni qoldirish, darslardan qochish, topshiriqlarni bajarishdan bo’yin tovlash) ,
Universitet «Odob-axloq» qoidalari, ichki tartib-intizom qoidalariga bo’ysunmaslik,
“jalb etuvchi- kiyimlar kiyish, soch turmaklash, taqinchoqlar taqish kabi xulq atvor
shakllarini me’yordan og’ish sifatida xisoblashi ijobiy xolat bo’lib, talabalar
dunyoqarashiga ta’lim muassasasi ichki xulq- atvor normalarini qisman bo’lsada kirib
borganligini bildiradi.
Xulqi o’gishganlikni alkogol ichimlik iste’mol qilish, betartib, pala-partish
jinsiy hayot , narkotik iste’mol qilish , tanni jarohatlovchi janjal qilish kabi qo’pol
ko’rinishlarni - 90 % talaba belgilagan. Bu xolat talabalarda bitta muassasa
chegaralari bilan cheklanib qolmay , jamiyatda belgilangan ijtimoiy me’yor va
talablarni anglashini bildiradi.
4
Komilova N.F. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi. O`quv qo`llanma. Toshkent : RBIMM, 2008
. B. 176
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
44
Chekish , bezorilik, qo’pollik kabi xolatlarni talabalarni 32% odatiy xol sifatida
qabul qilishi kuzatildi. Bularda shunday xulq-atvor ko’rinishlari kuzatilishi
ehtimoldan xoli emas. Demak, talabalarning mazkur qismi qo’shimcha tushuntirish
ishlariga muxtoj .
2.
So’rovnomadagi
Ushbu xulq-atvor shakllaridan qaysilari Sizning
tengdoshlaringizda mavjud ,
degan savolga
respondentlarning
-
94 %
tengdoshlarida o’quv muassasidagi xulq-atvor qoidalarini buzish (darslarni qoldirish,
darslardan qochish, topshiriqlarni bajarishdan bo’yin tovlash) ni va Universitet
«Odob-axloq» qoidalari, ichki tartib-intizom qoidalariga bo’ysunmaslikni
ko’rsatganlar.Bu xolat talabalarda axloqiy “rasmiyatchilik - kabi belgining
kuzatilishining belgisidir.
Talabalarning 65 % i tengdoshlarida - “Jalb etuvchi- kiyimlar kiyish, soch
turmaklash, taqinchoqlar taqish, tungi klublarga borish, chekish xolatlarini
kuzatilishini ta’kidlagan. Bu xolat talabalarda tanqidiy tafakkur xususiyatlari etarli
darajada shakllanganligini ko’rsatadi.
3. Xulqi og’ishganlikni shakllarini aniqlash va namoyon bo’lish xolatlari
to’g’risidagi talabalarning tasavvur va fikrlari nimaga ko’proq asoslangan
xolatda shakllanganligini
aniqlashtirganimizda
-
99% talaba
shaxsiy kuzatishlarga
tayanganligini ko’rsatgan.
Bu ijobiy xolat bo’lib, barcha respondentlar ko’rgan kechirgan voqealarni mustaqil
tahlil qila olish va fikrlay bilishi imkoniyati shakllanganligini bildiradi.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlari, ota-onalarning fikrlariga asoslangan
xolatda shakllanganligini 22 % talaba belgilagan. Bu xolat talabalarni ma’naviy-
ahloqiy tushunchalarini shakllantirishda OAV ta’siri ancha kattaligini bildiradi.
O’qituvchilarning fikrlariga, do’stlaringizga asoslangan xolatda shakllanganligini
8 % talaba belgilagan. Bu xolat talabalarda yoshiga xos bo’lgan mustaqillik,
vaziyatlarni tahlil qila olish va yetarli darajada ma’suliyatni zimmasiga ola bilish
sifatini shakllanganligini bildiradi.
4.
Salbiy xulq ko’rinishlariga munosabatingiz
degan savolga ko’rsatilgan
javoblar :
–
Bunday xulq
–
atvor shakllarini qabul qilish va oqlash mumkin degan javob 44%
talaba tomonidan tanlangan, bu salbiy xolat bo’lib, talabalarni bu qismi aniq
pozitsiyaga ega emasligini bildiradi. Yani bunday munosabat yoshlarning voqelikka
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
45
to’g’ri baho berolmasliklarining belgisidir.
–
8 % talaba xech qanday fikr bildirmagan, albatta, bu tashvishli xoldir. Chunki
talabalarni yoshi va mavqei bu borada aniq fikrga ega bo’lishlarini talab qiladi.
–
48% talabalar xulqi og’ish xolatlarini qoralashlarini bildirganlar, bir tomondan
bu ijobiy xolat bo’lsa, ikkinchi tomondan mazkur guruh talabalarida salbiy xulq atvor
ko’rsatgan odamlarni faqat qoralash emas, balki to’g’ri yo’lga tushishlariga ko’mak
berish kerakligini uqtirish lozim. Bunday munosabat oliygohning jahon tillari va
tabiatshunoslik fakulteti talabalari tomonidan ko’p tanlangan . Bu savol bo’yicha
quyidagini tavsiya qildik:
Talaba yoshlarda jamiyatdagi insonlarni o’zaro bog’liqligi va doimo bir - biriga
ta’sir qilishi mumkinligi, insonparvarlik g’oyalarining boqiyligi haqida mulohaza
yuritishga undash kerak.
5.
Og’ir vaziyatga tushgan talabalarga yordam ko’rsatish uchun qanday yo’l
tutish kerak
degan savolga quyidagicha javoblar oldik:
– Psixologik xuquqiy maslahatxona tashkil qilish javobini 78% talaba ko’rsatgan,
bu talabalar xuquqiy ongining oshganligini belgisidir. Bu javobni barcha fakultet
talabalari tanlaganligini inobatga olib, oliygohning o’zida psixologik maslahatxona
ochildi.
–
Xotin qizlar ko’mitasiga murojaat qilish mumkin, degan javobni kamroq
(11%) talaba tanlagan, vaxolanki, bizning oliygoh talabalarining ko’pchiligi
qizlar(55%), ammo talabalar aksariyat holda xotin
–
qizlar ko’mitasini faoliyatining
talabalarga yordam berish kabi yo’nalishi bilan yaqindan tanish emasligini
ko’rsatadi. Xotin - qizlar ko’mitasi juda faol bo’lib, asosan tashkiliy ishlar bilan
band . Shu sababdan ko’mita faoliyatining bu qirrasini psixologik maslahatxona
bilan hamkorlikda kuchaytirish mumkin.
So’rovnoma yordamida olingan ma’lumotlar fakultetlar, kafedralar va
guruhlar kesimida aloxida o’rganildi, taxlil qilindi va murabbiylarga yetkazib
berildi. Xar bir murabbiy natijalar asosida o’z guruhi uchun individual tarbiyaviy
tadbirlar rejasini tuzdi. Anketa anonim tarzda o’tkazilganligi natijalarni ob’ektivligi
ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda , yuqorida tavsiflangan so’rovnoma qator vazifalarni
yechish imkonini beradi:
-
Mazkur so’rovnoma talabalarni ma’naviy qiyofasini,hulqi og’ish holatlariga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
46
bo’lgan munosabati, talabalarni ijtimoiy psixologik muammolarni yechimi xaqidagi
tasavvurlarini o’rganish vositasi sifatida xizmat qiladi.
-
Tyuter va rahbariyatga tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda, tadbirlarni
saralashda maqsadli va asosli yondoshish imkonini beradi.
-
Ta`lim muassasasida Xotin
-
qizlar ko’mitasi, Psixologik markaz va
monitoring bo’limlarining hamkorlikda tizimli faoliyat yuritishi
-
hulqi og’ish
holatlarini oldini oilish profilaktikasini olib borishda muhim rol tutadi.