“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
173
SIL KASALLIGINING QANDLI DIABET KASALLIGI BILAN
BOG`LIKLIGI
Batirova Barchinoy Tadjimuxammadovna
Аndijon Davlat Tibbiyot instituti
ftiziatriya va pulmonologiya mikrobiologiya kafedrasi assistent
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sil kasalligi (tuberkulyoz) va qandli diabet
(diabet) o'rtasidagi bog'lanishlar tahlil qilinadi. Diabet kasalligi organizmning
immun tizimini zaiflashtirishi, natijada odamlarni sil kabi infeksiyalarga moyil
qilishi mumkin. Shuningdek, yuqori qon shakar darajasi yallig'lanishni kuchaytirib,
infektsiyalarga qarshi kurashni qiyinlashtiradi. Diabetli bemorlarda sil kasalligining
simptomlari noaniq yoki yengil bo'lishi mumkin, bu esa uning erta bosqichda
aniqlanishini qiyinlashtiradi. Maqolada diabet va sil kasalligiga chalingan
bemorlarni davolashda zarur ehtiyotkorliklar hamda ikki kasallik o'rtasidagi o'zaro
ta'sirlar haqida muhim tavsiyalar berilgan.
Kalit so`zlar:
Sil kasalligi, Qandli diabet, Immun tizimi, Infektsiyalar,
Yallig'lanish, Diabet va sil o'rtasidagi bog'lanish, Diabetda infektsiya xavfi, Shakar
darajasi, Davolash usullari, Klinik belgilari.
СВЯЗЬ МЕЖДУ ТУБЕРКУЛЕЗОМ И ДИАБЕТОМ
БАТИРОВА БАРЧИНОЙ ТАДЖИМУХАММАДОВНА
Андижанский государственный медицинский институт
Ассистент кафедры микробиологии фтизиатрии и пульмонологии
Аннотация:
В статье анализируется связь между туберкулезом (ТБ) и
сахарным диабетом (СД). Диабет может ослабить иммунную систему
организма, делая людей более восприимчивыми к таким инфекциям, как
туберкулез. Высокий уровень сахара в крови также усиливает воспаление,
затрудняя борьбу с инфекциями. Симптомы туберкулеза у больных диабетом
могут быть неопределенными или слабо выраженными, что затрудняет его
выявление на ранних стадиях. В статье даны важные рекомендации по
необходимым мерам предосторожности при лечении больных сахарным
диабетом и туберкулезом, а также по взаимодействию этих двух заболеваний.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
174
Ключевые слова:
Туберкулез, Диабет, Иммунная система, Инфекции,
Воспаление, Связь между диабетом и туберкулезом, Риск заражения при
диабете, Уровень сахара в крови, Методы лечения, Клинические признаки.
RELATIONSHIP OF TUBERCULOSIS WITH DIABETES
Batirova Barchinoy Tadzhimukhammadovna
Andijan State Medical Institute
Assistant, Department of Phthisiology and Pulmonology, Microbiology
Annotation:
This article analyzes the links between tuberculosis (tuberculosis)
and diabetes mellitus (diabetes). Diabetes can weaken the div's immune system,
making people susceptible to infections such as tuberculosis. Also, high blood sugar
levels increase inflammation, making it difficult to fight infections. Symptoms of
tuberculosis in patients with diabetes may be vague or mild, which makes it difficult
to detect it at an early stage. The article provides important recommendations on the
necessary precautions in the treatment of patients with diabetes and tuberculosis, as
well as the interaction between the two diseases.
Keywords:
Tuberculosis, Diabetes, Immune system, Infections, Inflammation,
Link between diabetes and tuberculosis, Risk of infection in diabetes, Sugar level,
Treatment methods, Clinical signs.
Sil
, tuberkulyoz – turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar
roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik turi hisoblanadi.
Odamlarda uchraydigan Silni ftiziatriya oʻrganadi. Nemis mikrobiologi Robert
Kox (1882-yil) sil qoʻzgʻatuvchisini aniqladi (bu qoʻzgʻatuvchi uning sharafiga Kox
tayoqchasi deb nomlandi). Sil kasalligi qadimdan maʼlum. Kasallik belgilari
Gippokrat, Ibn Sino asarlarida ham taʼriflangan.
Sil kasali oxiri oʻlim bilan tugaydi degan xato ma'lumot, sababi bugungi kunda
bu davosi bor kasallik.
Sil bilan odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy parrandalari
(tovuq, kurka) kasallanadi.
Odamlarda kasallikning asosiy manbai oʻpka sili bilan ogʻrib, mikobakteriyalar
aralash balgʻam tashlab yuradigan bemorlardir. Sil hammadan koʻp havotomchi
yoʻli bilan tarqaladi: yoʻtalganda, aksirganda mikobakteriyali balgʻam va shilliq
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
175
zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. Sil mikobakteriyasi, asosan,
nafas yoʻllari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli
taʼsirlariga juda chidamli boʻlib, oʻzining yashash va koʻpayish xususiyatlarini uzoq
muddat davomida saqlab qoladi. Quruq holdagi Sil mikrobakteriyasiga 36°
haroratda taʼsir etilsa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar
suvlarda 150 kun, koʻcha changida 10 kun ichida hayot kechirish va koʻpayish
xususiyatlarini yoʻqotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax yerlarda uzoq
muddat saqlanib qoladi. Sil mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi
Sil kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, oʻrinkoʻrpa va boshqa orqali yuqish
ehtimolini tugʻdiradi. Silning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. Silning ochiq
shaklida bemor balgʻamida Sil mikobakteriyalari topiladi; bemor gigiyena
qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi boʻlib qolishi mumkin.
Silning yashirin shaklida mikobakteriyalar balgʻamda topilmaydi, bunday bemorlar
atrofidagilar uchun yuqumli boʻlmaydi. Sil bilan ogʻrigan bemor barcha gigiyena
qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli boʻlmaydi. Sil
mikobakteriyalari faqat oʻpkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa
boʻgʻimlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va boshqa aʼzolarni zararlaydi. Sil
kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan
boʻladi), balogʻatga yetish davridagi oʻsmirlar (nervendokrin boshqaruvining
beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infeksiyaga chidami susaygan yoshi
katta odamlar chalinadi. Oʻpka siliga xos belgilar kasallik shakliga, yoshga va
boshqalarga bogʻliq.
Birlamchi Silda kasallik alomatlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Biroq teri
ostiga tuberkulin yuborib oʻtkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda
kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi,
tez toliqish, gavda haroratining koʻtarilishi, tunda terlash) paydo boʻlsa, busilin
toksikatsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalarga qaraganda ogʻirroq oʻtadi, aksari asoratlar kuzatiladi. Sil
intoksikatsiyasi bolalarda roʻyrost namoyon boʻladi; bolaning rangi siniqadi, injiq
boʻlib qoladi, ishtahasi yoʻqolib, teztez shamollab turadi. Vrachga oʻz vaqtida borib,
bolani toʻgʻri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sogʻayib ketadi.
Ikkilamchi Sil – oʻpka silining hammadan koʻp uchraydigan shakli. U oʻpkada
va limfa tugunlarida sakdanib qolgan infeksiya „qoʻri“dan kelib chiqadi; noxush
sharoitlarda Sil qoʻzgʻatuvchisi faollashib, jarayonni zoʻraytiradi (faol shakli). S
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
176
mikobakteriyasi bor bemor bilan uzoq vaqt muloqotda boʻlganda Sil qaytalanishi
ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, sifatsiz ovqatlanish, stresslar, zararli
odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, oʻpkaning
nospetsifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, meʼdaichak yaralari, SPID,
shuningdek, homiladorlik va gugʻruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining
kamayishi va boshqa sabab boʻladi. Odatda, ikkilamchi Sil yoshlikda va oʻrta yoshda
paydo boʻladi, oʻz vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin toʻxtamay
rivojlanadi. Aksari oʻpkaning yuqori boʻlaklarida mayda oʻchoqlar paydo boʻladi
(Sil ning oʻchoqli shakli), baʼzan yiringli infiltratlar (Silning yalligʻlangan shakli)
kuzatiladi.
Kasallik baʼzan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, oʻpka
sili rivojlanganda, yaʼni Sil mikobakteriyalari koʻpayishi boshlanganda organizmda
zaharlanish alomatlari paydo boʻladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib
kegish va boshqa, borabora bemorda yoʻtal zoʻrayadi, hansiraydi, nimjon boʻlib
qoladi. Zoʻr berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini oladi. Oʻpkadan
tashqaridagi Sil (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, boʻgʻim va boshqalar) oʻpka
siliga karaganda ancha kam uchraydi. Silni barvaqt aniklash kasallikni toʻlatoʻkis
davolash imkonini beradi.
Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi.
Ammo xozirgi kunda davolanishni uyda olib borish imkoniyati ham bor, dorilar
faqat tabletkalardan iborat bo'lishi ham mumkin. Dorilar shifokor tarafidan
buyuriladi va silga qarshi dorilar mutlaqo bepul beriladi.
Silga qarshi
ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallikning turi va ogʻirengilligiga
qarab tayinlanadi. Odatda, davolanish olti oy davom etadi, og'irroq holatlarda,
o'pkadan tashqari sil kasalligida davolanish uzoq davom etishi mumkin 18 oydan 24
oygacha. Hozirda Keng qamrovli dorilarga chidamli sil (MDR TB) kasalligi o'pkada
aniqlansa olti oy faqat tabletkalar qabul qilish orqali, uyda yoki shifoxonada qabul
qilinishi mumkin. Insonlar ijtimoiy hayotdan uzilmagan holda dorilarni qabul qilishi
mumkin. Shuningdek dorilarni qabul qilishni videoga olib yuborish orqali har kuni
poliklinikalarga borish shart emas. Silning davosi bor va dorilarni o'z vaqtida qabul
qilish, shifokor ko'rsatmalariga to'liq amal qilish orqali bu kasallikdan foriq bo'lish
mumkin.
Silni davolashda foydalaniladigan kimyoterapevtik dorilar maʼlum bir
guruxlarga boʻlinadi: izoniazid va uning analoglari, rifampitsin; etambutol,
protionamid (etionamid, tizamid (pirazinamid), streptomitsin, kanamitsin,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
177
amikatsin, Bedakvilin, Linezolid, Klofazimin, Delamanid, Protionamid, Imipenem
va boshqalar.
Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni oʻz ichiga
oladi. Aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirish moddiy hayot sharoitini
yaxshilash, aholining umumiy madaniyatini oshirish va sanitariya bilimlarini targʻib
qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach
buyurgan kun tartibiga amal qilish, toʻlatoʻkis ovqatlanish, iloji boricha ochiq
havoda boʻlish, xonani botbot shamollatib turish lozim. Sil bilan ogʻrigan
bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy
tekshirish, yaʼni flyuorografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) oʻtkazish
ijobiy natija beradi. Sil ni bolalarda barvaqt aniklash uchun bolalar poliklinikalarida,
bogʻchalarida, maktablarda tuberkulin sinamasi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda barcha
yangi tugʻilgan chaqaloqlar vrachning moneligi boʻlmasa, Silga qarshi vaksinatsiya
qilinadi; vaqtvaqti bilan (7,12 yoshda) revaksinatsiya oʻtkaziladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Hojiev, Qayim; SHoymatov, Boboqul (2023-02-01). „ENERGETIKA
SOHASIDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH
KO'SATKICHLARI“. Eurasian Journal of Academic Research. 03-jild, № 02. 188–
194-bet. doi:10.37547/ejar-v03-i02-p2-78. ISSN 2181-2020.
2.
„Tuberculosis- Key facts“ (29-oktyabr 2024-yil).
3.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
