“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
397
Hindistonda XIX asrda epidemiyalar tarixi va mustamlaka hukumatining
chora tadbirlari
Maxmudov Temirxon Toxirjon o‘g‘li
.
Toshkent Davlat Shrqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari tarixi va
antropologiyasi kafedrasi tayanch doktoranti.
Kalit so‘zlar
: holera, tropik kasalliklar, John Snow, Robert Kox, holera toksini,
regidratlangan suv, chechak, emlash, vabo isyoni, pullik vaksinalar.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XIX asrda Hindistonda paydo bo‘lgan turli tropik
kasalliklar va ularning keng miqyosli epidemiyalarga aylanishi sabablari , ushbu
kasallik va epidemiyalarga qarshi kurashish va oldini olishda mahalliy hind tibbiyoti
va mustamlakachi Britaniya hukumatining ko‘rgan chora tadbirlari o‘rganilgan.
Shuningdek epidemiyalarga qarshi kurashishda inglizlarning zamonaviy yevropa
tibbiyotidan foydalanishi va aholini emlash siyosati o‘rganilgan.
Abstract.
This article describes the various tropical diseases that emerged in India in the
19th century and the reasons for their development into large-scale epidemics, the
measures taken by local Indian medicine and the colonial British government to
combat and prevent these diseases and epidemics. It also examines the use of modern
European medicine by the British to combat epidemics and the policy of vaccination
of the population.
Абстракт.
В статье рассматриваются различные тропические болезни, возникшие
в Индии в XIX веке, причины, по которым они стали широко
распространенными эпидемиями, а также меры, принимаемые местной
индийской медициной и колониальным британским правительством для
борьбы с этими болезнями и эпидемиями и их профилактики. Также изучалось
использование британцами современной европейской медицины и их
политика вакцинации в борьбе с эпидемиями.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
398
Kirish.
XIX asrda Britaniya Hindistonni amalda mustamlaka qilib bo‘lgan edi.
Faqatgina poytaxt Dehli va atrofdagi knyaz va rojalarning ayrim mulklari saqlanib
qolgan edi. Inglizlarning Ost india kompaniyasi 1858-yilgacha, kompaniya
tugatilganidan so‘ng mustamlaka hukumati tomonidan boshqarilgan. Bu vaqtda
Hindistonga ingliz askarlari bilan bir qatorda yevropalik savdogarlar, sayyoxlar,
yuqori tabaqali amaldorlar tez tez tashrif buyurar edi. Ularning aksariyati tez orada
Hindistonda katta mulkarga, zavod va fabrikalarga egalik qila boshladi.
Lekin bu masalaning boshqa tomoni ham bor edi. Asosiy muammo shunda ediki
Hndistonda tropik va epidemiologik kasalliklar 2500 yildan beri mavjud edi.
Hindistonga kelgan yevropaliklarda esa ushbu kasalliklar notanish va halokatli edi.
Yevropadan hindistonga kelish uchun juda uzoq masofa bosib o‘tilar edi. Masalan
Londondan Hindistonning Mumbay shahriga agar okeanlar orqali Afrikani aylanib
o‘tilsa 19 ming kilometrdan ortiq masofa eng kam masofa Suvaysh kanali orqali
o‘tilsa ham 11 ming 600 kilometr yo‘lni suzib o‘tish kerak edi. Quruqlik orqali o‘tish
esa deyarli imkonsiz edi. Agar quruqlik orqali kelmoqchi bo‘lsalar 7500 kilometr
masofani bosib o‘tish kerak edi. Lekin bu hududlar orqali o‘tadiganyo‘llar ham
Britaniyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar orqali o‘tar edi. Shunday sharoitda
Yevropaliklarni Hindistonga kelishu juda urakkab jarayonga aylandi. Hindistonda
doimiy isyonlar, inglizlarning mustamlakachilik yrishlari albatta yevropaliklar
sonini kamayishiga sabab bo‘ldi. Lekin asosiy muammo bu Hindistondagi
epidemiyalar edi. Hindistong kelgan mustamlakachilar mahalliy aholini boshqarish
uchun ular bilan muloqot qilishga majbur edi. Hindlar ichidan ingliz tilini biladigan
boshqaruvchilar tayinlangan edi. Shu bilan birga armiyada ham mahalliy aholi
vakillari anchagina edi. Dastlab bengaliyalik jangchilar hizmatga yollandi, ulardan
so‘ng 1776-yilda Kalkuttada yollanma jangchilar qabul qila boshlandi, Shundan
so‘ng Madras, Bombay shaharlarida ham Ost india kompaniyasiga yollanma
jangchilar qabul qilindi. 1857-yil sipohiylar qo‘zg‘aloni vaqtida allaqachon 300
ming yollanma yerli aholi vakillari bor edi. Ularni boshqarish uchun 50 ming
yevropadan kelgan zobitlar mavjud edi. Ya‘ni bu 50 ming askar doimo sipohiylar
blan birga edi. Ushbu zobitlar esa boshqa ingliz fuqarolari bilan birga yashar edi.
Shu sabab oddiy yuqumli kasallik ham tezda yevropaliklarga tarqalib ketayotgan
edi. Yana bir omil mahalliy hindlarning inglizlar qo‘lidagi zavod fabrikalarda va
plantatsiyalarda ishlashi edi. 1880-yillarga kelib 1 million 600 ming mahalliy aholi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
399
fabrika va plantatsiyalarda ishlar edi
1
. Kasallik tarqatuvchi yana bir sabab bu
inglizlar tomonidan Hindistonga transport tizimining olib kirilishi edi. Ost india
kompaniyasi kelganidan so‘ng Hindistonda mahalliy aholi inglizlarning yuk va
yo‘lovchi tashuvchi suv transportidan faol foydalana boshladilar.1837-yildan
boshlab Ost india kompaniyasi aholiga va savdogarlarga dengiz transporti va
pochtasi hizmatini taklif etdi. Suvaysh kanali ochilishi bilan foydalanuvchilar soni
yanada ortdi. 1832-1837-yillarda dastlabki temir yo‘l Madrasga yetib keldi. Temir
yo‘l va dengiz transportidan mahalliy yerli aholining foydalanishi ham ortdi. Shu
sbb epidemiyalar ham globallashib bordi. Birinchi vabo pandemiyasi xuddi shunday
boshlandi, 1817-yilda Jessor shahrida boshlandi. Ba‘zi epidemiologlar va tibbiyot
tarixchilari bu butun dunyo bo‘ylab hindlarning ziyoratgohi, Gang daryosining
yuqori qismidagi Kumbh Mela orqali tarqalishini taxmin qilishdi. Ilgari vabo
epidemiyasi Bihardagi Purniya yaqinida sodir bo‘lgan, ammo olimlar buni mustaqil
hodisalar deb hisoblashadi. 1817-yilda vabo Gang deltasidan tashqarida tarqala
boshladi. 1817-yil sentabriga kelib kasallik Bengal koʻrfazidagi Kalkuttaga yetib
bordi va tez orada Hindistonning qolgan qismlariga tarqaldi. 1818-yilga kelib
kasallik g‘arbiy sohildagi Bombeyda aniqlandi
2
.
Hindistondan tashqariga tarqalgach, birinchi vabo pandemiyasi Osiyoning
boshqa qismlari va Afrika qirg‘oqlariga kuchli ta‘sir qildi. 1820-yil mart oyida
kasallik Siamda aniqlandi. 1820-yil may oyida u Bangkok va Manilagacha tarqaldi;
iyul oyida epidemiya Vetnamni yetib bordi. 1821-yil bahorida u Xitoyning Java,
Ummon va Anxayga yetib bordi; 1822 yilda Yaponiyada, Fors ko‘rfazida,
Bag‘dodda, Suriyada va Zakavkazda topilgan; 1823-yilda vabo Astraxan, Zanzibar
va Mavrikiyga yetib bordi
3
.
1824-yilda kasalliknini tarqalishi tugadi. Ba‘zi tadqiqotchilar bunga 1823-
1824-yillardagi sovuq qish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb hisoblashadi, bu esa
suv ta‘minotidagi bakteriyalarni o‘ldirishi mumkin edi. Birinchi vabo
pandemiyasining tarqalishi urush va savdo bilan chambarchas bog‘liq edi.
Iqtisodiyot tarixi professori Donato Gomes-Diazning soʻzlariga koʻra, “tijorat
almashinuvi va navigatsiya sohasidagi rivojlanish vabo tarqalishiga hissa
1
Ray, Indrajit (2011). Bengal Industries and the British Industrial Revolution (1757–1857). Routledge. pp. 7–
2
Susan R. Holman, Beholden: Religion, Global Health, and Human Rights. p. 37
3
Echenberg, Myron (2011). Africa in the Time of Cholera: A History of Pandemics from 1817 to the Present.
Cambridge University Press.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
400
qoʻshgan
4
”. Dengiz floti va savdo kemalari kasallikka chalingan odamlarni Hind
okeani qirgʻoqlariga, Afrikadan Indoneziyaga, shimoldan esa Xitoy va Yaponiyaga
olib borgan.1821–1823-yillardagi Usmonli va Forslar urushi paytida vabo hozirgi
Armaniston hududidagi ikkala armiyaga ham ta‘sir ko‘rsatdi. Hind ziyoratchilari
vaboni ilgari ko‘p marta sodir bo‘lganidek, subkontinentda tarqatishgan va Britaniya
kuchlari uni quruqlik orqali Nepal va Afg‘onistonga olib ketishgan. 1821 yilda
Britaniya harbiy kuchlari Hindistonda vaboni yuqtirganidan so‘ng Ummonga olib
bordi
5
. Turli davlatlardagi vaboning yetkazgan talofatlari ham turlicha
endi.Yo‘qotishlar 30 mingdan 8 milliongacha edi. 1826-1837-yillarda ikkichi vabo
epidemiyasi boshlandi. Bu safar qamrov kengroq edi. Birinchi epidemiya
Armanistongacha yetib borgan bo‘lsa, ikkinchi pandemiya butun sharq, Vengriya,
Avstriya, Prussiya, London va Snakt-Peterburgga qadar yetib bordi. Ushbu
pandemiyadan vafot etganlarning aniq soni ma‘lum emas. 1831-yilda Polshaga
borgan rus askarlari yevropaga yetkazuvchi vazifani bajardilar. Talofatlar birgina
ruslarda 100 mingdan ortiq edi. Yevropa davlatlari ruslarga chegarada to‘siqlar
qo‘ydi. Lekin epidemiya jilovlanmadi. Vabo 1832-34-yillarda Shimoliy
Amerikagacha yetib bordi. Lekin bu vaboning tugashi emas edi.1863-1875, 1898-
1923-yillarda yana ikkita vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. 1881-1896-yillardagi vabo
epidemiyasi ham jiddiy oqibatlarga olib keldi. Ushbu epidemiya hattoki rus
mustamlakasi bo‘lgan Turkistonni ham qamrab oldi. Natijada 1892-yilda
Toshkentda “Vabo isyoni” yoki “ toshotar” voqeasi sodir bo‘ldi
6
. Turkistonga vabo
Afg‘oniston orqali kirib kelgan edi
7
. 1854-yilda Filipp Pacini tomonidan
vibroholeraga qarshi dastlabki vaksina ishlab chiildi. 1880-yilda Robert Kox
tomonidan vaboga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalar sekinlik biln tarqaldi. Shundan
so‘ng Britaniya hukuati aholini emlash siyosatini qo‘llay boshladi.Bundan tashqari
Hindistonda bezgak, chechak kasalliklari ham katta oqibatlarga olib kelar edi. 1802-
yilda Mumbaydagi 3 yoshli qiz chechakka qarshi vaktsina oldi va u Hindistonda
birinchi bo‘lib vaksina oldi. Lekin vaziyat murakkab edi, chunki Britaniya Rajining
4
Gómez-Diaz, Donato (2008). Cholera Pandemics, 1816–1861. Greenwood Press
.
5
Echenberg, Myron (2011). Africa in the Time of Cholera: A History of Pandemics from 1817 to the Present.
Cambridge University Press
.
6
Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Karimov Sh.,
Shamsutdinov R., Turkiston Rusiya bosqini davrida, Andijon, 1995.
7
Ryazantsev S, Smirnov A, Ryazantsev N (1 December 2023). "The Demographic, Social, and Economic
Aftermath of the Cholera Epidemic in Astrakhan in 1892".
Bylye Gody
. (4): 1982–1997 – via Cherkas Global
University Press.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
401
ularni joriy qilish uchun mahalliy xalqda tibbiy bilimlar yetishmasligi, turli diniy
e’tiqodlar, mahalliy tibbiyotga ishonish kabi muammolar sabab bu jarayon biroz
sekin kechdi.Shunday bo‘lsada 1860-70-yillardan boshlab chechak, polimelit, vabo
va boshqa kasalliklarga qarshi emlash ancha jadallashdi. Ushbu emlash jarayoni
1920-yillarga kelganida o‘z samaraini berdi. Hindistonga chechakka qarshi vaktsina
limfasining birinchi dozalari 1802-yilning may oyida yetib keldi. Bombaylik
(hozirgi Mumbay) uch yoshli bola Anna Dastall 18026-yil 14-iyun kuni Hindistonda
chechakka qarshi vaktsina olgan birinchi odam bo‘ldi
8
. Chechakka qarshi
emlashning isbotlangan foydalari shu qadar ta‘sir ko‘rsatdiki, ko‘plab Evropa
mamlakatlarida, shuningdek, Hindistonning ba‘zi provinsiyalarida 1804-yildayoq
samara bera boshladi. Bir necha sabablarga ko‘ra, emlash uchun kichik to‘lov to‘lash
zarurati, emlash amaliyotiga ishonish va kasallik ma‘budining g‘azabi va boshqa
ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar tufayli keng jamoatchilikka qabul qilish past edi.
Yana bir muhim omil, ilgari “Tikadaarlar” (tibbiyot bilan shug‘ullangan shaxslar)
o‘z ishlarini yo‘qotishidan qo‘rqib, chechakka qarshi emlashga qarshi yolg‘on
malumotlar tarqatdilar. Dastlabki yillarda emlash uchun zarur bo‘lgan barcha
vaksinalar Angliyadan kelgan va keyinchalik Hindistondaishlb chiqarila boshladi.
1850 yilga kelib, vaktsinalar qamrovi ortgan sari, emlashdan keyingi ba‘zi o‘limlar,
operatsiyadan
keyingi
asoratlar
va
muvaffaqiyatsiz
vaktsina
dasturiy
qiyinchiliklarni keltirib chiqardi
9
. Muqaddas hayvon hisoblangan sigirdan emlash
bahonasida ba‘zi hindularning qarshilik ko‘rsatishi bu holatni murakkablashtirdi.
Emlash bir joydan ikkinchi joyga sayohat qiladigan va ko‘pincha "sayohat qiluvchi
vaktsinatorlar" deb ataladigan cheklangan miqdordagi “o‘qitilgan vaktsinatorlar”
tomonidan o‘tkazildi. Ushbu vaktsinatorlar emlashni o‘tkazish uchun litsenziyaga
ega bo‘lgan (shuningdek “Litsenziyalangan vaktsinatorlar” deb ham ataladi) va
hukumat tomonidan to‘lanmagan, shuning uchun emlash uchun kichik to‘lov olinar
edi. Bu to‘lov qishloq joylarda va kam ta‘minlangan aholi tomonidan kam
ta‘minlanganligining asosiy sababi bo‘ldi. Keyinchalik, ushbu muammoni hal qilish
uchun “pullik vaktsinatorlar” tushunchasi paydo bo‘ldi, ular qishloq joylarda
emlashni amalga oshirish uchun viloyat hukumatlari tomonidan maoshli xodimlar
8
Foege WH (2011). House on Fire: The Fight to Eradicate Smallpox. University of California Press.
p. 92. ISBN 978-0-520-26836-4.
9
Maxmudov.T. Hindistonda britaniya mustamlakachiligi davrida zamonaviy shifoxonalarning paydo bo’lishi.
(2023).
Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari
,
1
(6), 7-
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
402
sifatida yollangan va hukumat tomonidan to‘langan. «Pullik emlashlar» tizimi XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab hukumatdan oylik maolsh ola boshladilar. XIX
asrda emlash "emlash va sanitariya bo‘limlari" orqali amalga oshirildi va sanitariya
komissarlari bu harakatlar uchun mas’ul edilar. Biroq, har bir viloyatda qabul
qilingan tuzilma va yondashuvlar biroz farq qildi. Emlash shaharlardagi
“dispanserlar” orqali taklif qilinadi, 1827- yilda boshlangan Bombey emlash tizimi
asosan emlash doiralari yoki bo‘linmalari uchun mas’ul bo‘lgan sayyor
vaktsinatorlariga bog‘liq edi. Keyinchalik, Bombay tizimi Hindistonning boshqa
provinsiyalarida eng keng tarqalgan yondashuvga aylandi. Vaktsinatsiyaning deyarli
uchdan ikki qismi ilgari vaktsinatorlarning sayohati va Hindistondagi dispanser
tizimida dam olish orqali amalga oshirilar edi. Shundan so‘ng hukumat emlash
siyosatiga jiddiy yondasha boshladi. 1892-yilda majburiy emlash uchun qaror qabul
qilindi
10
.
Majburiy emlash to‘g‘risidagi qonun 1892-yilda Hindistonda chechak
kasaliga qarshi ko‘proq qamrab olishni ta‘minlash va epidemiyani kamaytirish
uchun qabul qilingan. “akt” asosan epidemiyalar davridan tashqari qog‘ozlarda
qoldi. Ma‘lumotlarga ko‘ra qonun 1938-yilda Britaniya Hindistonidagi
tumanlarning taxminan 80 foizida amal qilgan.Hindistonda vaktsinalarning
mavjudligi va ishlab chiqarilishi davri 1802-1899-yillarda juda faol amalga
oshirildi.
Hindistonda 1850- yilgacha vaktsina Buyuk Britaniyadan olib kelingan. Biroq
vaktsinani Hindistonga tashishda haqiqiy logistika muammolari mavjud edi.
Keyingi yillarda ortib borayotgan talab mamlakatda vaktsina yoki limfa tanqisligiga
olib keldi va Hindiston hukumatiga doimiy vaksina ta‘minotini ko‘paytirish uchun
alternativalarni topishni talab qildi. 1832-yilda Bombayda (Mumbay) bir nechta
tadqiqot ishlari qayd etilgan va hayvonlarda limfa uchun tajribalar 1879-yilda
Madrasda (hozirgi Chennay) boshlangan va muvaffaqiyatga erishgan. XIX asrning
oxirlarida, vaktsina materiallari bilan ta‘minlanganligi sababli, tadqiqot e’tibori
vaktsina materiallarini qishloq va borish qiyin bo‘lgan joylarga tashishni ta‘minlash
uchun samarali saqlash texnikasiga o‘tdi. 1895 yilda Hindistonda glitserin vaktsina
materialini glitserinlangan limfa pastasi sifatida samarali tashish uchun ishlatilgan.
10
Bennett M (2016). The War Against Smallpox: Edward Jenner and the Global Spread of Vaccination. Cambridge
University Press. ISBN 9780521765671.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
403
Lanolin va vazelin Hindistonda ishlatiladigan boshqa konservantlar edi. Samarali
bo‘lgan borik kislotasi bilan emlash, 1925-yildagina ishlab chiqilgan. Bu davrning
yana bir muhim voqeasi Bengaliya va Hindistonning boshqa qismlarida vabo
epidemiyasi edi. Britaniya hukumati tavsiyasidan so‘ng Hindiston hukumati doktor
Xaffkinning Hindistonga kelib vaksinani sinovdan o‘tkazish haqidagi iltimosini
qabul qildi. 1893 yilda doktor Xaffkin Uttar-Pradesh shtatining Agra shahrida
vaktsina sinovlarini o‘tkazdi va kasallikni samarali nazorat qilishda o‘z
vaktsinasining samaradorligini ko‘rsatdi. Haffkine vaboga qarshi emlashni ishlab
chiqish jarayonini bilgan bo‘lsada, u Hindistonda uning samaradorligini isbotladi.
1896-yilda Hindistonda vabo epidemiyasi boshlandi (bu 1896 yilgi epidemiya
qonunining qabul qilinishiga olib keldi, bu mamlakatda hali ham amal qiladi)
11
.
Hindiston hukumati undan vaboga qarshi vaktsinani yaratish ustida ishlashni so‘radi
va o‘zining laboratoriyasini tashkil qilish uchun Mumbaydagi Grant tibbiyot
kollejida ikki xonali to‘plamni taqdim etdi. Doktor Xaffkin 1897-yilda vaboga
qarshi vaktsinani ishlab chiqdi va bu Hindistonda ishlab chiqilgan birinchi
vaktsinadir. Bu laboratoriya 1899-yildan vabo laboratoriyasi deb atalgan, 1905-yilda
Bombey bakteriologik laboratoriyasi deb oʻzgartirilgan va nihoyat 1925-yilda
Haffkine instituti nomini olgan. Shu tariqa Hindistonda aholini ommaviy emlash
siyosati amalga oshirilishiga zamin yaratildi.
Xulosa,
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki Britaniya mustamlakachiligi arafasida va
mustamlakachiligi davrida inglizlar turli sabablarga ko‘ra Hindistonda zamonaviy
tibbiyotni olib kirdilar:
A)
Yevropadan kelaytgan fuqarolar sog‘ligini saqlash uchun
B)
Mahalliy yerli xalq arzon ishchi kuchi edi.Ularning qirilib ketishi yevropadan
kelgan kapitalistlarga qimmatga Tushar edi.
C)
Inglizlar armiyasida hindlar va musulmonlar soni anchagina edi.Shu sabab
yo‘qotishlarni oldini olishga harakat qilindi.
D)
Mustamlaka ma‘muriyati yerli aholini boshqarish uchun ular bilan muloqot
qilishga majbur edi. Bu o‘rinda savdo, soliq yig‘ish, mahalliy va markaziy
boshqaruv, saylov va boshqa siyosiy kompaniyalar mavjud edi.
11
Brunton D (2008). The Politics of Vaccination: Practice and Policy in England, Wales, Ireland, and Scotland,
1800-1874. University Rochester Press. ISBN 9781580460361
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 02, 2025. FEBRUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
404
E)
Epidemiyalar xalqaro savdoga jiddiy putur yetkazmoqda edi.
Shu va boshqa sabablar yuzasidan ingliz mustamlakachilari Hindistond
zamonaviy tibbiyotni qo‘llab quvvatladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Ray, Indrajit (2011). Bengal Industries and the British Industrial Revolution
(1757–1857). Routledge. pp. 7–10. ISBN 978-1-136-82552-1.
2.Susan R. Holman, Beholden: Religion, Global Health, and Human Rights. p. 37
3.Echenberg, Myron (2011). Africa in the Time of Cholera: A History of Pandemics
from 1817 to the Present. Cambridge University Press.
4.Gómez-Diaz, Donato (2008). Cholera Pandemics, 1816–1861. Greenwood Press.
5.Echenberg, Myron (2011). Africa in the Time of Cholera: A History of Pandemics
from 1817 to the Present. Cambridge University Press.
6.Ryazantsev S, Smirnov A, Ryazantsev N (1 December 2023). "The Demographic,
Social, and Economic Aftermath of the Cholera Epidemic in Astrakhan in
1892".
Bylye Gody
. (4): 1982–1997 – via Cherkas Global University Press.
7.Foege WH (2011). House on Fire: The Fight to Eradicate Smallpox. University of
California Press. p. 92. ISBN 978-0-520-26836-4.
8.Bennett M (2016). The War Against Smallpox: Edward Jenner and the Global
Spread of Vaccination. Cambridge University Press. ISBN 9780521765671.
9.Brunton D (2008). The Politics of Vaccination: Practice and Policy in England,
Wales,
Ireland,
and
Scotland,
1800-1874.
University
Rochester
Press. ISBN 9781580460361.
10.
Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi
mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Karimov Sh., Shamsutdinov R., Turkiston
Rusiya bosqini davrida, Andijon, 1995.
11. Maxmudov.T. Hindistonda britaniya mustamlakachiligi davrida zamonaviy
shifoxonalarning paydo bo’lishi. (2023).
Barqaror taraqqiyot va rivojlanish
tamoyillari
,
1
(6), 7-11. https://uzresearchers.com/index.php/btrt/article/view/911