Authors

  • Ne’matjon Mamadjanov
    Farg‘ona Davlat Universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori v.b., pedagogika fanlari nomzodi
  • Abdujalil Tolametov
    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi professori
  • AXMATJON AKBAROV
    O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti, professori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.71874

Keywords:

jismoniy rivojlanganlik antropologik ko‘rsatkich o‘rtacha arifmetik qiymat Styudent taqsimoti.

Abstract

Maqolada talabalarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlarining samaradorligi o‘rganish bo‘yicha pedagogik tajribaning boshlang‘ich bosqichida qayd etilgan natijalar, ularning asosiy statistika xarakteristikalar hamda nazorat va tajriba guruhlari sinaluvchilarining ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalarini solishtirish va ularning muhokamasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari, antropologik ko‘rsatkichlarining tahlili asosida jismoniy tarbiya dasturini ahamiyatligi haqidagi tadqiqot ishlarida yoritilgan. 


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

28




JISMONIY TARBIYA DARSLARI JARAYONIDA TALABALARNING

JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI

(TAJRIBA BOSHIDAGI NATIJALAR)

Ne’matjon Mamadjanov

Farg‘ona Davlat Universiteti “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi”

kafedrasi professori v.b., pedagogika fanlari nomzodi

Tolametov Abdujalil Abdujaparovich

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash

va malakasini oshirish instituti “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-

ilmiy fanlar” kafedrasi professori

e-mail: a.tolametov@sportedu.uz

AKBAROV AXMATJON

O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti, professori

e-mail: akbarov19542089@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada talabalarni jismoniy rivojlanish darajasini oshirishda

jismoniy tarbiya dasturlarining samaradorligi o‘rganish bo‘yicha pedagogik
tajribaning boshlang‘ich bosqichida qayd etilgan natijalar, ularning asosiy statistika
xarakteristikalar hamda nazorat va tajriba guruhlari sinaluvchilarining
ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalarini solishtirish va ularning muhokamasi
bo‘yicha

ma’lumotlar

keltirilgan.

Tadqiqot

natijalari,

antropologik

ko‘rsatkichlarining tahlili asosida jismoniy tarbiya dasturini ahamiyatligi haqidagi
tadqiqot ishlarida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

: jismoniy rivojlanganlik, antropologik ko‘rsatkich, o‘rtacha

arifmetik qiymat, Styudent taqsimoti.

Dolzarbligi

. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali

kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va
xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Barcha sohalarda olib borilgan chuqur islohotlar qatorida jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda [1, 2].

Respublikamiz aholisining moddiy va ma’naviy hayot darajasi oshib

bormoqda, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy–texnik bazasini
mustahkamlash borasidagi sa’y harakatlari amalga oshirilmoqda va yuqori malakali


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

29




pedagog va murabbiy kadrlar mavjud. Ayniqsa, bolalar va ayollar sportini
rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari asosida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi uchun, jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishlari
uchun yoshi, jinsi, kasbi, tayyorgarlik darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar
barcha imkoniyatlar mavjud [3].

Organizmning morfologik va funksional holati, shuningdek, jismoniy

rivojlanishi inson salomatligi uchun muhim ob’ektiv ko‘rsatkichlardir. Talabalik
yoshida tananing o‘sish va kamolot jarayonlari o‘z nihoyasiga yetadi, bu esa
jismoniy rivojlanishning eng yuqori darajasiga muvofiq keladi. Tana uzunligi va
vazni insonning umumiy salomatligini, oziq-ovqat ta’minotini, jismoniy faolligini
va genetik xususiyatlarini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkichlar faqat shaxsiy
rivojlanishni emas, balki jamiyatdagi salomatlik tendensiyalarni ham aks ettiradi [2,
3, 5].

Talabalar jismoniy tarbiyasining maqsadi jismoniy sog‘lomlikni ta’minlash,

jismoniy faollikni oshirish, sportga qiziqishni uyg‘otish va jismoniy tarbiya orqali
sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tana tuzulishining antropometrik
ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, talabalarning psixologik va
emotsional holatini yaxshilash, jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish va
ularning ijtimoiy faolligini oshirishda tana tuzulishida bo‘yi, tana vazni qo‘l oyoq
uzunligi, ko‘krak qafas kengligi, juda muhim omillardan sanaladi.

Ishning dolzarbligi shundan iborat-ki, talabalarni jismoniy rivojlanish

ko‘rsatkichlarini oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi.

Tadqiqotning maqsadi

. Talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari

darajasini oshirishda jismoniy tarbiya dasturlari samaradorligini aniqlash va
ularning talabalarning jismoniy holatlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Tadqiqot vazifalari:

– talabalarni jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshirish uslublarini o‘rganib

chiqish va ilmiy uslubiy adabiyotlarni tahlil etish.

– talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshiruvchi maxsus

mashqlar samaradorligini aniqlash.

Tadqiqot usullari

. Olib borilgan ilmiy izlanishlarimiz davomida quyidagi

tadqiqot usullaridan foydalandik:

– Ilmiy-uslubiy adabiyotlar materiallarini umumlashtirish va tahlil etish;
– Pedagogik kuzatuv;


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

30




– Pedagogik tajriba;
– Matematik-statistik tahlil.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi

. Mavjud ilmiy uslubiy adabiyotlar

materiallarini va tadqiqod natijalarini tahlili shuni ko‘rsatdi-ki, insonlarning 16-17
yoshda jismoniy kamolotga erishish davri va ijtimoiy kamolot bosqichiga to‘g‘ri
keladi, bu davrda inson bolalikdan balog‘atga o‘tadi. Kelajakdagi kasbni tanlash,
oliy o‘quv yurtiga yoki ishga kirishga tayyorlanish jarayoni boshlanadi. Ushbu
davrni jismoniy, psixologik va intellektual stressning yuqori darajada bo‘lishi bilan
belgilash mumkin. Insonning jismoniy o‘sishi, ijtimoiy talablar va yangi
mas’uliyatlarning paydo bo‘lishi, uning emotsional holatiga va rivojlanish
jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.

Jumladan, talabalarning organizmi yosh bo‘lganligi sababli o‘sish va

rivojlanish jarayonida tana a’zolarini o‘sish suratining bir maromda kechadi. Shu
munosabat bilan gavda tuzilishidagi organizmning rivojlanish va jinsiy inndividual
farqlanishi ham aniq nomoyon bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tgani bilan yosh tananing
bo‘yi o‘sishi sekinlashadi va uning hajmi eniga qarab o‘sish davomida
antropometrik ko‘rsatkichlar ham rivojlanib boradi. Bundan kelib chiqib, inson
organizmi rivojlanish jarayonida turli ta’sir etuvchi omillarni (masalan, jismoniy,
psixik, ijtimoiy jihatlari) hisobga olish kerak, chunki ularning har biri o‘sish va
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanuvchilarni jismoniy rivojlanganlik

anotomik-fizologik xususiyatlarini o‘rganishga oid ilmiy uslubiy adabiyotlar va
tadqiqotlarni o‘rganish natijasida shunday xulosa chiqarish imkonini berdiki, ya’ni
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning morfologik xususiyatlari va jismoniy
rivojlanishi yoshga bog‘liqligini ko‘pchilik olimlar muhim rol o‘ynaydi deb e’tirof
etib o‘tishgan.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport insonning jismoniy va psixik sog‘lig‘iga

ta’siri alohida ahamiyatga ega. Ya’ni, yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirish,
ularning sog‘lig‘i va rivojlanishi uchun muhimdir.

Ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda, biz, nazorat guruhiga mansub

bo‘lgan Farg‘ona davlat universiteti birinchi bosqich talabalarining jismoniy
rivojlanish ko‘rsatkichlari darajasini aniqlash maqsadida tadqiqotlar 2023-2024
o‘quv yilining boshida amalga oshirildi. Tadqiqotga jalb qilingan sinaluvchi
talabalarning pedagogik tajribaning boshlanish bosqichida jismoniy rivojlanganlik


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

31




darajasini aniqlash maqsadida ularning gavda uzunligi (sm.), vazni (kg.), qo‘l (o‘ng
va chap) panjalar kuchi, Ko‘krak qafasi kengligi (tinch holat-hda) va bel aylanasi
(sm.) ko‘rsatkichlari aniqlandi. Tadqiqotda olingan natijalar va ularning statistik
xarakteristikalari quyidagi 1- jadvalda keltirilgan.

1- jadval

Nazorat guruhiga mansub bo‘lgan talabalarning o‘quv yili boshida qayd

etilgan jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarni va ularning statistik

xarakteristikalari (n=10)

№ F.I.Sh. Bo‘y

i, sm

Vazn

i, kg

Tana

mas-sasi

indeksi

kg/m

2

O‘ng

qo‘l

kuchi

dinami-
kasi, kg

Chap

qo‘l

kuchi

dinami-
kasi, kg

Ko‘krak

qafasi

kengligi

(tinch

holat-da),

sm

Bel ayla-

nasi, sm

1. A-v. A.

168

62,5

21,69

58,4

54,4

79,4

81,2

2. V-v. S.

172

65,9

21,38

54,5

51,7

82,6

89,5

3. D-v.A.

175

71,4

23,31

59,5

54,2

84,4

88,2

4.

J-v. R.

173

72,1

22,49

57,2

51,1

81,4

83,4

5. K-v. T.

162

59,5

20,85

65,6

59,6

79,8

88,4

6. M-v. F.

168

63,1

22,36

68,8

61,9

84,7

86,7

7.

N-v. I.

175

68,6

21,57

62,4

57,6

83,4

84,2

8. N-v. F.

169

62,2

21,78

67,5

64,7

83,2

83,4

9. S-v. T.

172

64,4

21,77

62,6

53,2

79,1

86,4

1
0

T-v. Z.

169

68,1

23,84

59,2

51,4

81,9

82,3

Х

170,3

0

65,78

22,10

61,57

55,98

81,99

85,37

σ

3,95

4,18

0,91

4,65

4,75

2,03

2,85

V%

2,32

6,35

4,12

7,55

8,49

2,48

3,34

Nazorat guruhi talabalari - sinaluvchilarini o‘quv yili, ya’ni tajriba boshida

qayd etilgan jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini umumlashtirish va
tahlil qilish pedagogik tajriba boshida o‘rganilgan jismoniy rivojlanish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

32




ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalari bo‘yicha quyidagicha manzarani aniqlash
imkonini berdi. Ushbu guruh talabalarining bo‘yi uzunligi 170,30±3,95 sm.ni, tana
vazni 65,78±4,18 kg.ni, tana massasi indeksi 22,10±0,91 kg/m

2

ni tashkil etganligi,

qo‘l kuchi dinamikasi bo‘yicha o‘ng qo‘l kuchi 61,57±4,65 kg. ga teng bo‘lgan
bo‘lsa, chap qo‘l kuchi 55,98±4,75 kg. ga, ko‘krak qafas kengligi (tinch holatda)
81,99±2,03 cm.ga va bel aylanasi 85,37±2,85 sm. ga teng ekanligi aniqlandi.

Tanlangan antropometrik qo‘rsatgichlar bo‘yicha tajriba boshida tajriba

guruhida qayd qayd etilgan natijalar va ularning statistik xarakteristikalari 2-
jadvalda keltirlgan.

2- jadval

Tajriba guruhiga mansub bo‘lgan talabalarning o‘quv yili boshida qayd

etilgan jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlarni va ularning statistik

xarakteristikalari (n=10)

№ F.I.Sh

.

Bo‘yi,

sm

Vazn

i, kg

Tana

mas-

sasi

indek

si

kg/m

2

O‘ng

qo‘l

kuchi

dinami-
kasi, kg

Chap qo‘l

kuchi

dinami-
kasi, kg

Ko‘krak

qafasi

kengligi

(tinch

holat-da),

sm

Bel

aylanasi,

sm

1.

A-v.

A.

169

61,5

21,53

60,2

51,7

80,2

81,9

2.

V-v.

S.

172

64,2

21,7

58,2

50

83,3

91

3.

D-

v.A.

175

69,9

22,82

61,3

54,4

84,9

89,2

4.

J-v.

R.

177

69,5

22,18

59,8

53,1

81,9

84,4

5.

K-v.

T.

168

57,4

20,73

66,9

61,6

81,2

88,4

6.

M-v.

F.

168

64,5

22,85

72,2

64,4

85,8

86,7

7.

N-v.

I.

175

66,4

21,68

66,2

63,6

85,9

85,2


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

33




8.

N-v.

F.

172

65,2

22,04

69,2

63,2

84,8

83,4

9.

S-v.

T.

174

67,4

22,26

65,2

58,2

81,4

86,4

1
0.

T-v.

Z.

175

63,1

20,6

61,3

55,4

82,4

82,3

Х

172,5

0

64,9

1

21,84

64,05

57,56

83,18

85,89

σ

3,24

3,75

0,76

4,59

5,35

2,06

3,02

V%

1,88

5,77

3,49

7,16

9,30

2,47

3,51

Tajriba guruhi talabalarining tajriba boshidagi o‘rtacha bo‘yi uzunligi

172,50±3,24 sm. ni, tana vazni 64,91±3,75 kg.ni, tana massasi indeksi 21,84±0,76
kg/m

2

ni tashkil etganligi, qo‘l kuchi dinamikasi bo‘yicha o‘ng qo‘l kuchi

64,05±4,59 kg. ga teng bo‘lgan bo‘lsa, chap qo‘l kuchi 57,56±5,35 kg. ga, ko‘krak
qafas kengligi (tinch holatda) 83,18±2,06 cm.ga va bel aylanasi 85,89±3,02 sm. ga
teng ekanligi kuzatildi.

Pedagogik tajriba boshida nazorat va tajriba guruhlarida qayd etilgan

antropometrik ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalarini o‘zaro solishtirish hamda
ularning o‘rtacha arifmetik qiymatlari absolyut farqining statistik ishonchliligini
Styudent taqsimoti nazariy kritik qiymatlarini hisoblash asosida baholash bo‘yicha
ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval

Tajriba (n=10) va nazorat (n=10) guruhlari talabalarining tajriba boshida

qayd etilgan antropometrik ko‘rsatkichlari statistik xarakteristikalarini

solishtirish

Antropologik

ko‘rsatkich

Tajriba gurhi

Nazorat gurhi

farqi

%

t

p

Х

σ

V%

Х

σ

V%

1. Bo‘yi, sm

172,50 3,24 1,88 170,30 3,95 2,32 1,28 1,36 >0,1

2. Vazni, kg

64,91 3,75 5,77 65,78 4,18 6,35 1,34 0,49 >0,6

3. Tana massasi

indeksi
kg/m

2

21,84 0,76 3,49 22,10 0,91 4,12 1,21 0,71 >0,4


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

34




4. O‘ng qo‘l

kuchi
dinamikasi,
kg

64,05 4,59 7,16 61,57 4,65 7,55 3,87 1,20 >0,2

5. Chap qo‘l

kuchi
dinamikasi,
kg

57,56 5,35 9,30 55,98 4,75 8,49 2,74 0,70 >0,4

6. Ko‘krak

qafasi
kengligi, sm

83,18 2,06 2,47 81,99 2,03 2,48 1,43 1,30 >0,2

7. Bel aylanasi,

sm

85,89 3,02 3,51 85,37 2,85 3,34 0,61 0,40 >0,6

3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni tahlilidan ko‘rinib turibdi-ki, pedagogik

tajriba boshida tadqiqotda ishtirok etgan nazorat va tajriba guruhlari talabalarining
jismoniy rivojlanishi barcha ko‘rsatkichlari bir-birlariga yaqin bo‘lgan. Chunonchi,
tajriba boshida nazorat va tajriba guruhlari talabalarining bo‘y qo‘rsatkichlari
o‘rtacha arifmetik qiymatlarining nisbiy farqi 1,36 % ni tashkil etgan bo‘lsa,
zrganilgan parametrlar orasida eng kichik nisbiy farq bel aylanasi qo‘rsatkichlarida
(0,61 %) va eng katta nisbiy farq esa chap qo‘l kuchi qo‘rsatkichlarida (3,87 %)
kuzatilgan holda o‘rtacha nisbiy farq 1,78 % ni tashkil etdi (1-rasmda ifodalangan
diagramma).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

35




1-rasm. Tajriba va nazorat guruhlari talabalarining tajriba boshida qayd

etilgan antropometrik ko‘rsatkichlari o‘rtacha arifmetik qiymatlarining

nisbiy farqlari diagrammasi (foizlarda)


Shunday qilib, pedagogik tajriba boshida nazorat va tajriba guruhlarida

o‘rganilgan antropometrik qo‘rsatkichlar asosiy statistik xarakteristikalarini
o‘rganish mazkur guruhlarda qayd etilgan natijalar o‘rtacha arifmetik qiymatlarini
bir-birlariga yaqinligi, ya’ni ularning umumiy o‘rtacha nisbiy farqi 1,78 foizga teng
bo‘lishi bilan birga, ularning absolyut farqlarining hammasi turli yomon va juda
yomon (0,40 va 1,36 qiymatlar oralig‘ida hamda R>0,6 va R>0,1 intervalida
joylashgan) ahamiyatlilik darajalarida statistik ishonchsiz farq qilganligi aniqlandi.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, yuqorida keltirilgan jadvallarda va

rasmda ifodalangan diagrammada berilgan ma’lumotlarning qiyosiy tahlili
pedagogik tajribaga jalb qilingan talabalarnin tajriba boshidagi antropometrik
ko‘rsatkichlarining statistik xarakteristikalari yetarli darajada bir-birlariga yaqinligi
hamda ularning absolyut farqlarini hammasi turli yomon va juda yomon (R>0,6 va
R>0,1) ahamiyatlilik darajalarida statistik ishonchsiz farq qilganligi faktlari
pedagogik tadqiqotni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini tasdig‘i
hisoblanadi va tajribani davom ettirish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatib
turibdi.

1,28

1,34

1,21

3,87

2,74

1,43

0,61

0

0,5

1

1,5

2

2,5

3

3,5

4

4,5

Bo‘yi, sm

Vazni, kg

Tana massasi

indeksi kg/m2

O‘ng qo‘l kuchi

dinamikasi, kg

Chap qo‘l kuchi

dinamikasi, kg

Ko‘krak qafasi
kengligi (tinch

holatda), sm

Bel aylanasi, sm

N

isb

iy

far

q %

Antropometrik ko‘rsatkichlar


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 3, ISSUE 03, 2025. MARCH

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

36




Foydalanilgan manbalar

1.

Akbarov

A.,

Спортда математик таҳлил усуллари. Ўқув

қўлланма/Чирчиқ: УзДЖТСУ, 2020.-228 с.

2.

Tolametov A.A., Mamadjanov N, Sportda jismoniy rivojlanganlik

darajasini o‘lchash [Matn]: Uslubiy qo‘llanma//–Toshkent: «Umid Design», 2024.
– 88 b.

3.

Tolametov A.A., Mamadjanov N., Sport metrologiyasi: O‘quv qo‘llanma/-

T.: Umid Design, 2022. – 252 b.

4.

Баязитов К.Ф. Повышение спортивно педагогического мастерства в

тяжелой атлетике. Т, 2011.

5.

Матвеев, Л.П. Теория и методика физической культуры. Учеб. для

высших спец. физ. учебных заведений/ 3-еизд. – СПб.: Изд-во «Лань», 2003.

6.

Начинская С. В., Спортивная метрология: Учебник для студентов

высшего профессионального образования/-М.: Академия, 2011-240 с.

References

Akbarov A., Спортда математик таҳлил усуллари. Ўқув қўлланма/Чирчиқ: УзДЖТСУ, 2020.-228 с.

Tolametov A.A., Mamadjanov N, Sportda jismoniy rivojlanganlik darajasini o‘lchash [Matn]: Uslubiy qo‘llanma//–Toshkent: «Umid Design», 2024. – 88 b.

Tolametov A.A., Mamadjanov N., Sport metrologiyasi: O‘quv qo‘llanma/- T.: Umid Design, 2022. – 252 b.

Баязитов К.Ф. Повышение спортивно педагогического мастерства в тяжелой атлетике. Т, 2011.

Матвеев, Л.П. Теория и методика физической культуры. Учеб. для высших спец. физ. учебных заведений/ 3-еизд. – СПб.: Изд-во «Лань», 2003.

Начинская С. В., Спортивная метрология: Учебник для студентов высшего профессионального образования/-М.: Академия, 2011-240 с.

Most read articles by the same author(s)

AXMATJON AKBAROV, NE’MATJON MAMADJANOV, ABDUJALIL TOLAMETOV , MOHIGUL YO‘LDOSHEVA , MOHIGUL YO‘LDOSHEVA , AXMATJON AKBAROV, XOTIN – QIZLARNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT MASHG‘ULOTLARIGA JALB QILISHNNG AFZALLIKLARI , Journal of science-innovative research in Uzbekistan: Vol. 3 No. 4 (2025)