Социально-экономическое значение приватизации земельных участков

  • Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»,Бухарский институт природопользования
CC BY f
101-108
5
10
Поделиться
Эгамова, Д. (2023). Социально-экономическое значение приватизации земельных участков. Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения, 1(1), 101–108. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/land-reform/article/view/16747
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье анализируется сущность приватизации, информация об определении и расширении категорий земель, которые могут быть приватизированы. Сделаны предложения и рекомендации по введению земельных участков, расположенных на землях несельскохозяйственного назначения и пересмотру налога на имущество, созданию научно-методической базы рынка земли на основе приватизации


background image

101

YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISHNING IJTIMOIY-

IQTISODIY AHAMIYATI

Egamova Dilchehra Adizovna – “TIQXMMI” MTU

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish

instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

xususiylashtirishning

mohiyati,

xususiylashtirilishi mumkin bo’lgan yerlar toifalarini belgilash va kengaytirish

bo’yicha ma’lumotlar tahlil qilingan. Noqishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik

yerlarda joylashgan yer uchastkalarini joriy etish va mol-mulk solig’ini qayta

ko’rib chiqish, xususiylashtirish asosida yer bozorini ilmiy-metodologik

asoslarini yaratish bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan

Kalit so’zlar:

Xususiylashtirish, yer uchastkasi, yer bozori, yer kadastri

ma’lumotlari, yer uchastkasining bahosi, ko’chmas mulk, xususiylashtirish

shakllari, bozor iqtisodiyoti, yer resurslari, yer qonunchiligi.

Аннотация:

В данной статье анализируется сущность приватизации,

информация об определении и расширении категорий земель, которые

могут быть приватизированы. Сделаны предложения и рекомендации по

введению

земельных

участков,

расположенных

на

землях

несельскохозяйственного назначения и пересмотру налога на имущество,

созданию научно-методической базы рынка земли на основе приватизации.

Ключевые слова:

приватизация, земельный участок, рынок земли,

земельно-кадастровая информация, цена земли, недвижимость, формы

приватизации, рыночная экономика, земельные ресурсы, земельное

законодательство

Abstract:

This article analyzes the essence of privatization, information on

the definition and expansion of land categories that can be privatized. Proposals

and recommendations were made on the introduction of land plots located on non-


background image

102

agricultural land and the revision of the property tax, the creation of a scientific

and methodological framework for the land market on the basis of privatization.

Keywords

: Privatization, land plot, land market, land cadastre information,

land plot price, real estate, forms of privatization, market economy, land

resources, land legislation

Kirish.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo

etishda mulkdorlarning o‘rni nihoyatda katta. Zero, ular jamiyatdagi

o‘zgarishlarga bevosita daxldor qatlamdir. Xususiy mulkka munosabat esa

jamiyat taqdirini hal qiluvchi omillardan biri.

Yerdan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlash hamda rag‘batlantirishni

ta’minlash uchun uning doimiy va to‘xtovsiz qayta taqsimlanishi kuzatiladi.

Bunday qayta taqsimlash asosan yer uchastkalarini xarid qilish-sotish orqali

bo‘ladi Bugungi kunda O‘zbekistonda yer bozori shakllanmoqda va yer bilan

bog‘liq bitimlar soni ko‘payib bormoqda va bunda yirik shaharlarda ko‘chmas

mulkning narx-navosi o‘sib borishi ham muhim rol o‘ynamoqda. Hozirgacha

mablag‘larni qo‘yishning eng daromadli soxasi uy-joy ko‘chmas mulkini xarid

qilish va uni keyinchalik sotish bo‘lsa, endi esa mablag‘ni yer uchastkasini xarid

qilishga qo‘yish aksariyat jihatdan foydaliroq hisoblanmoqda.

Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga

bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni,

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish

to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni, O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini

xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga

oshirish

chora-tadbirlari

haqida

2022-yil

14-fevraldagi

71-sonli qarori va shunga o‘xshash me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan

vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqolaning dolzarbligini ifodalaydi.


background image

103

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar yerga bo’lgan

mulkchilik, ya’ni ma’lum darajada yer bozorini shakllantirish va joriy etishga olib

keldi Yer bozorini respublika va mintaqalar darajasida shakllantirish va tashkil

etishning ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanmaganligi va uning aholini iqtisodiy-

ijtimoiy sharoitlariga ta’siri o’rganilmaganligi ham muammoning o’tkirligidan

dalolat beradi. Yer bozorini mintaqaviy shakllantirish bo’yicha ilmiy-uslubiy

yondashuv hamda amaliy yechimlar, yer fondining tejamkor taqsimot uslublari,

qulay yer solig’i tizimini joriy etish, yerdan foydalanishdan olinadigan davlat

byudjet daromadlari, yer ijarasi va qulay yer solig’i tizimini joriy etish

mamlakatimiz yer resurslaridan yanada samarali foydalanish yo’nalishlarini

belgilab beradi.

Yer uchastkasini xususiylashtirishda jahon iqtisodiyoti tajribasi boy tajriba

bo’lib, yer bozorini tartibga solish borasida, usul va ilg’or texnologiylarni qo’llash

darajasiga erishilgani ma’lum. Demak, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti

sharoitida amalga oshirilayotgan agrar islohotlarni hayotga tatbig’i, iqtisodiyot

tarmoqlarining istiqboldagi ravnaqi, yer tanqisligi muammolarining keskinligi,

yer uchastkalarini xususiylashtirishni investitsiyalash zaruriyatlari ham

muammoning dolzarbligini belgilaydi.

Bunda: xususiylashtirishning mohiyati va iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini

asoslash;

iqtisodiyot tarmoqlarida islohotlarni yanada erkinlashtirish sharoitida yer

uchastklarini xususiylashtirishning mintaqaviy shakllanishi hamda uning

iqtisodiy rivojlanishining nazariy asoslarini tadqiq etish;

yer uchastkalarini xususiylashtirishda rivojlangan davlatlar tajribasini

o’rganish;

yerlarni xususiylashtirish va yer bozori jarayonini tahlil qilish ;

yer uchastkalarni xususiylashtirishning vujudga kelishi, shakllanishi va joriy

etilish qonuniyatlarini tadqiq etish, iqtisodiy mohiyatini va o’ziga xos xususiyatini

aniqlash;


background image

104

yer bozorini mintaqaviy shakllantirish konsepsiyasi va uning asosiy

tamoyillarini ishlab chiqish;

yerning bozor qiymatini aniqlashda yer kadastri ma’lumotlaridan

foydalanish uslublarini takomillashtirish;

yer kadastri ma’lumotlari yer uchastkalarini xususiylashtirishda asos

ekanligini asoslash;

mintaqaviy sharoitlarda yer uchastkasining me’yoriy bahosi va bozor

qiymatini aniqlash uslubini takomillashtirish;

yer uchastkasining me’yoriy (iqtisodiy) bahosini aniqlash uslubini

takomillashtirish;

yer bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishda innovatsion taraqqiyot

yutuqlarini qo’llash kabi vazifalarni hal qilish lozim. Ushbu vazifalarni bevosita

yer bozori shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’zida to’liq aks

ettirishini ta’kidlagan holda, tadqiqotimizda yuqorida keltirilgan vazifalarni

qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish nuqtai

nazaridan tahlillarni amalga oshirilishi ham yerdan foydalanishning bozor

tamoyillariga mos mexanizmini joriy etish uchun asosiy manba bo’lib xizmat

qiladi.

Bugungi kunda fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari,

meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik

faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy obyektlarining yer uchastkalariga

doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Ya’ni bino o‘zingizga tegishli bo‘lsa ham,

uning yeri sizga tegishli emas edi. Mana shu yer uchastkalarini xususiylashtirish

uchun endi jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga

yoki Yagona davlat interaktiv portali (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilishi

mumkin. Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Kadastr

bo‘limlari o‘z navbatida ushbu yer uchastkasi ariza bergan fuqaroning nomiga

rasmiylashtirilganmi yoki yo‘qmi, ya’ni ro‘yxatdan o‘tkazilganini tekshiradi.

O‘sha yer uchastkasi o‘zgarmagani, yer uchastkasi bugungi kunda ham reyestrda

mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi, taqiq va cheklovlar mavjud


background image

105

emasligi – xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirib

chiqiladi.

Ikkinchi tomondan, qurilish bo‘limlari yer uchastkasi hududi shaharsozlik

me’yorlariga mos kelishi, xususiylashtirish uchun mumkinligini o‘rganadi.

Barcha tekshiruvlardan o‘tgandan keyin fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, ya’ni

xususiylashtirish

haqida

xabarnoma

yuboriladi.

Xabarnoma

orqali

xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi.

Barchamiz yer uchastkasiga yer solig‘i to‘laymiz. Mulkdorlar, yerdan

foydalanuvchilar uchun xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer uchastkasi uchun

hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan. Mana shu to‘lov

amalga oshirilgandan keyin ma’lumotlar billing tizimida hisobga olinib, davlat

organlari tomonidan o‘sha yer uchastkasiga bo‘lgan

davlat orderi

beriladi.

Mazkur order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini

davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Har bir jismoniy va yuridik shaxs o‘ziga tegishli

bo‘lgan yer uchastkasini faqat o‘zi sotib olishi mumkin. Bu auksionga

qo‘yilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga o‘tib ketishi

mumkin emas. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer uchastkalari

esa auksion savdolari orqali shaffof tarzda sotib olinadi.

Yer uchastkasini xususiylashtirish mutlaqo ixtiyoriy bunda :

yerga bo‘lgan mulk huquqiga ega bo‘lish;

yerni davlat olib qo‘ya olmaydi, faqat sotib olishi mumkin;

yerni erkin qo‘shish, taqsimlash va ajratish huquqiga ega bo‘lish;

yerdan garov sifatida foydalanish imkoniyati

yuzaga

keladi.

Endilikda xususiylashtirish mumkin bo‘lgan yerlar haqida ma’umotlarni

tahlil qildik va quyidagilar bilan tanishamiz :

yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish

uchun berilgan yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-

joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini

amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;


background image

106

xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obektlari

joylashgan yer uchastkalari;

bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan

davlat mulki obektlari joylashgan yer uchastkalari;

tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va

tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer

uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va

transport infratuzilmasi obektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va

shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor

ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan

yer uchastkalari;

qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga

taqdim etilgan yer uchastkalari – maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan

davrda;

ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash

yer uchastkalari;

davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi

kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek

yuridik shaxslarga davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish

mumkin:

yerga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda;

yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma

roziligi bilan);


background image

107

yer musodara qilinganda;

yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan

tartibda o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut)

huquqi belgilanishi mumkin.

Xulosa.

Yuqorida o’rganilgan masalalar yuzasidan quyidagi xulosaga

kelindi. Bugungi kunda

mamlakatimizda yer resusrslaridan foydalanish va ularni

muhofaza qilish yuzasidan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, avvalambor,

uning huquqiy jihatdan asoslanishi va mustahkamlanishi hamda huquqiy

asoslarini yanada erkinlashtirishni taqozo qiladi;

Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yer uchastkalari va

boshqa ko’chmas mulklar to’g’risidagi axbarotlar bazasini yaratish, shuningdek

axbarotlar va ma’lumotlar bazsini himoyalashni tashkil etish tadbirlarini amalga

oshirish lozim;

Yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish bozor

qiymatidan kelib chiqib qo’llaniladigan texnologiya jarayonlari, qurilish norma

va qoidalarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish

uchun zarur miqdorlarda amalga oshirilishi lozim. Bunda amaliyotda barcha yer

resurslaridan foydalanuvchilarni yer bilan to’liq ta’minlash har qanday jamiyatda

ham hal qilib bo’lmaydigan vazifa hisoblanishini e’tiborga olish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan

huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni, PF-6243 8.06.2021

2.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish

to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 15.11.2021

3.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish

to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-


background image

108

tadbirlari haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining

qarori, 2022-yil 14-fevral № 71

4.

Altiyev A.S Yer resurslaridan foydalanish tizimini tartibga solish

muammolari. Monografiya. T.: “Fan ”2018-145b

5.

Egamova Dilchehra Adizovna, Bobojonov Said Utkirovich, &

Mukhamadov Kamariddin Mukhtarovich. (2021). IMPROVEMENT OF

SOIL RECLAMATION (ON THE EXAMPLE OF BUKHARA

REGION). Euro-Asia Conferences, 5(1), 285–286.

6.

Egamova, D. A., Azimova, S. J., Muxamadov, Q. M., & Bobojonov, S.

(2021). LABOR RELATIONS ON THE FARM.

Актуальные научные

исследования в современном мире

, (6-2), 23-26.

7.

SB Adizov, AB Obidovich, MM Maxmudov - Academic Journal of Digital

Economics and Stability, 2021 Rights and Responsibilities of the Spouses

8.

Karimov E.Q. (2020). Improvement Effectiveness of Soil Quality Index

Assessment in Irrigated Areas. Int. J. Adv. Res. Sci. Eng. Technol., 7(3),

13145-13150

9.

Modern Geographic Information Systems in Land Resource Management

JJ Pirimov, FS Khudoyberdiyev, KM Muhamadov, SF Axtamov Academic

Journal of Digital Economics and Stability 8, 66-69 2021

10.

Egamova, D.A, Shukurova N.O, Ahmadov B.O (2020). EFFICIENT AND

RATIONAL USE OF LAND RESOURCES IS A REQUIREMENT OF

THE TIME. In Эффективность применения инновационных

технологий и техники в сельском и водном хозяйстве (pp. 327-328).

REGULATION OF DIVERSIFICATION OF THE USE OF THE FUND

ON THE DISTRICT SCALE

A Altiev

1*

, M Mahsudov

1

Библиографические ссылки

“Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-6243 8.06.2021

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 15.11.2021

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori, 2022-yil 14-fevral № 71

Altiyev A.S Yer resurslaridan foydalanish tizimini tartibga solish muammolari. Monografiya. T.: “Fan ”2018-145b

Egamova Dilchehra Adizovna, Bobojonov Said Utkirovich, & Mukhamadov Kamariddin Mukhtarovich. (2021). IMPROVEMENT OF SOIL RECLAMATION (ON THE EXAMPLE OF BUKHARA REGION). Euro-Asia Conferences, 5(1), 285–286.

Egamova, D. A., Azimova, S. J., Muxamadov, Q. M., & Bobojonov, S. (2021). LABOR RELATIONS ON THE FARM. Актуальные научные исследования в современном мире, (6-2), 23-26.

SB Adizov, AB Obidovich, MM Maxmudov - Academic Journal of Digital Economics and Stability, 2021 Rights and Responsibilities of the Spouses

Karimov E.Q. (2020). Improvement Effectiveness of Soil Quality Index Assessment in Irrigated Areas. Int. J. Adv. Res. Sci. Eng. Technol., 7(3), 13145-13150

Modern Geographic Information Systems in Land Resource Management JJ Pirimov, FS Khudoyberdiyev, KM Muhamadov, SF Axtamov Academic Journal of Digital Economics and Stability 8, 66-69 2021

Egamova, D.A, Shukurova N.O, Ahmadov B.O (2020). EFFICIENT AND RATIONAL USE OF LAND RESOURCES IS A REQUIREMENT OF THE TIME. In Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве (pp. 327-328).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов