RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
187
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI TARJIMADA
BERISHNING
NAZARIY USULLARI
Yunusova Dilorom
Samarqand Davlat Chet Tillar instituti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi
Rustamov Zafar
Samarqand Davlat Chet Tillar institute talabasi
Annotatsiya —
Mazkur maqola tilning leksik birliklariga nisbatan birmuncha murakkab tarkibli lisoniy vositalari bo‘lmish
frazeologik birliklarni tarjimada adekvat talqin etish masalasiga bag‘ishlanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy-
tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy, betaraf bayonidan ko‘ra ko‘proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok
etadilarki, ularning ushbu vazifalarini hisobga olgan holda, ularni tarjimada bejirim talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli
hamda hissiy-tasviriy qiymatini qayta yaratish yo‘lidagi jonbozlik bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tayanch so’zlar
— frazeologik birlik, muvofiqlik, frazeologizmlar, muqobil, mazmun, uslub, kontekstual ma’no, obraz.
1.
KIRISH
Ma’lum bir tilning leksik birliklariga qaraganda birmuncha murakkab strukturali tilga oid bo‘lgan vositalari hisoblangan
frazeologik birliklarni tarjimada adekvat tarzda yaratish tarjima jarayonining o‘ta mushkul va ayni vaqtada, juda mas’uliyatli
muammolaridan sanalanadi. Sababi frazeologik birliklar nutqning badiiy-tasviriy xossalari sifatida fikrning betaraf, oddiy
bayonidan ko‘ra ko‘proq turli-tuman uslubiy vazifalarni ifoda etishda ishtirok etadilarki, ularning mazkur vazifalarini hisobga
olgan holda, ularni tarjimada risoladagidek talqin etishga intilish badiiy asarning obrazli shu bilan birga hissiy-tasviriy ahamiyatini
qayta yaratish yo‘lidagi jonbozlik bilan uzviy bog‘liqdir.
2.
ASOSIY QISM
Frazeologik birliklarni tarjima qilishning ancha qiyin amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga - ularning leksik,
semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligiga bog‘liqdir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu hol
ham tarjimonlar oldiga qator amaliy qiyinchiliklarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
Asl nusxa va tarjima tillari frazeologizmlarining tabiatini qiyosiy o‘rgangan xolda, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy muvofiqlik
holatlarini aniklash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo‘l va imkoniyatlarini belgilash
to‘laqonli tarjima yaratish uchun zamin hozirlaydi.
Tarjima tilida tanlangan muayyan frazeologik birlikning asl nusxa tarkibida uchragan frazeologizmga ma’no va uslubiy vazifa
jihatlaridan mos kelishi yoki kelmasligini ilmiy-matniy tahlil asosidagina aniqlash mumkin.
Leksik birliklar singari frazeologizmlar ham ko‘p ma’noli va ko‘p vazifali ekanliklari tufayli, mazmun jihatidan mos ikki til
birliklari tarjimada har doim ham bir-birlarini almashtiravermaydilar. Muayyan matniy xolatda bir-birlarini almashtira oladigan
frazeologik ekvivalentlar yoki muqobil variantlar o‘zga bir matniy holatda ma’no belgilari yoki uslubiy vazifalari jixatidan bir-
birlaridan farq qilib qolishlari mumkinki, san’atkorning o‘z mas’uliyatiga ilmiy-ijodiy munosabatda bo‘lishigina asl nusxaning
tarjimada noto‘g‘ri talqin etib qo‘yilishi xavfini bartaraf etadi.
Frazeologik birliklarni tarjima qilishda ular asosida mujassamlashgan obrazning doimiyligini oydinlashtirishning ham tarjima tilida
asl nusxadagi lisoniy birliklarga mazmun va uslub jihatlaridan mos til vositalarini tanlashda ahamiyati katta.
Obrazliligi ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan frazeologizmlarning muqobil lisoniy vositalar yordamida o‘girilishi asl nusxa
mazmuniy-uslubiy xususiyatining tarjimada qayta yaratilishini ta’minlaydi, Ammo ba’zan obrazliligi ma’-lum darajada xiralashib
qolgan frazeologizmlarning uzidsk xu-susiyatga ega lisoniy vositalar orkali emas, balki obrazliligi to‘la barhayot barqaror
birikmalar yordamida yoki, aksincha, obrazliligi ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadigan frazeologizmlarning ushbu xususiyati
sunibrok qolgan lisoniy vositalar orkali adskvat talqin etilishining guvoxi bulamizki, bunday lollarda ikki til birliklari urtasidagi
pragmatik muvofiqlik moslash-tiruvchi vositalar kushish nuli bilan vujudga keltiriladi.
Tarjimada asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlik ma’no va uslubiy vazifasini matn taxlili asosida muayyan qilib, tarjimada unga
pragmatik mos lisoniy vosita tanlash ikki til birliklarining kommuiikativ monandligini vujudga keltiradi.
Taniqli tarjimashunos olim M. Rasuliy mazkur tarjima variantlarini qiyosiy tahlil qilar ekan, birinchi tarjimani asliyatdagi birlikka
xos obrazlilikdan xoliligi, ikkinchisini o‘ta adabiyligi, Xolmat nutqiga xos sho‘xlik oxangini o‘zida mujassamlashtirmagani,
uchinchisini esa quvnoqlik bilan yug‘rilgan Xolmatona dag‘al xitobni aynan aks ettiraganini qayd etadi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVISTIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TADQIQI” nomli ilmiy
maqolalar to‘plami May – 2024
188
Ekvivalentni tanlash tarjima jarayonining asosiy mas’uliyatli qismi hisoblanadi:
Poor lamb, he must be as poor as a church mouse [2, 97 b].
Ах ты, ягненочек! Видно, беден, как церковная мышь [1, 101 b].
Kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, ikki til obrazli yoki hissiy-ta’sirchan iboralarini, mazmuniy yakinliklarini hisobga olib,
tarjimada o‘zaro almashtiraverish pragmatik adekvatlikning ta’minlanmay qolishiga olib kelishi mumkin. Iboralarning haqiqiy
ma’no va uslubiy vazifalari chuqur matniy taxdil asosida oydinlashadi. Binobarin, bir matniy xolatda uzaro almashinadigan
birliklar boshqa nutqiy vaziyatda qo‘shimcha ma’no belgilari kasb etib, bir-birlarining o‘rnini qoplayolmasliklari tabiiy hol.
Ingliz va o‘zbek tilida ekvivalentlik maslasida so‘z borar ekan xalq o‘rtasida qo‘llaniladigan quyidagi frazeologizmga e’tiborimizni
qaratsak:
Better late than never.
Hechdan ko‘ra kech yaxshi.
Mazkur holatda ekvivalentlik to‘liq moslikni aks ettirgan deb aytish mumkin.
Bundan tashqari, ko‘pgina frazeologizmlar hamma vaqt ham o‘zlarining an’anaviy ma’no va vazifalarida qo‘llanilavermasdan,
badiiy nutq tarkibida goho shakl va mazmun o‘zgarishlariga uchragan tarzda ishlatiladilarki, bu hol ularga qo‘shimcha uslubiy
vazifa baxsh etib, tarjima jarayonini yanada mushkullashtiradi. Til birliklari kasb etadigan bunday kontekstual ma’no va vazifalarni
to‘laqonli talqin etish mas’uliyati tarjima tilida imkon qadar muqobil nutqiy-obrazli vositalar tanlash zaruratini tug‘diradi.
3.
XULOSA
Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga asosan turt xil yo‘l bilan – asliyat tilidagi birlikka komponentlar tarkibi, grammatik
qurilishi hamda ma’no va uslubiy vazifasi mos ekvivalentlar, boshqa xossalari farq qilgani holda, ma’no va uslubiy vazifasi
o‘xshash muqobil variantlar, kalka usulida va tasviriy yo‘sinda tarjima qilinadilar.
4.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1]
Моэм У.С. Театр: роман / У.С. Моэм; пер. с англ. Г. Островской. — Москва: Рипол Классик, 2002. — 286 с.
[2]
Maugham W.S. The moon and sixpence / W. S. Maugham. — New York, NY: Random House, 1919. — 314 p
[3]
Bakiyev F.J. (2023). Translation strategy as a basic concept of translating subtitles. golden brain, 1(15), 220-223.
[4]
Касимова А.Н. (2022). Translation methods and techniques of publicistic materials. международный журнал искусство
слова, 5 (3).
[5]
Kasimova A. (2023, May). Idioms in oral and written business communication in English. In International Conference on
Research Identity, Value and Ethics (pp. 452-454).
[6]
Kuldoshov U.U. (2023). Translation procedures, models and methods in the translation of converse language units. Вестник
магистратуры, 40.
[7]
Abdirasulov B.A. (2024). The significance of linguaculturological analysis in translation. golden brain, 2 (1), 314-317.
[8]
Abdirasulov B.A. (2022). Numerativ turg‘un birikmalarning stilistik xususiyatlari. Scientific progress, 3(4), 275-280.
[9]
Norqulova S. J. (2024). Mechanisms of increasing listening skills in language teaching. golden brain, 2(7), 156-159.
[10]
Muladjanov Sh. (2022). The linguistic and stylistic comparativeness of languages in linguistic translation. Science and
innovation, 1(JSSR), 169-176.
[11]
Виссон. Л. Синхронный перевод с русского на английский. М.: «Р. Валент». 1999. - 275 c.
[12]
Yusupov, O., & Yusupov, A. (2023). Appropriate Usage of Dictionaries in the Translation of Linguacultural Words. Journal
of Language Pedagogy and Innovative Applied Linguistics, 1(5), 16-20.
https://doi.org/10.1997/66pta698
[13]
Kushbakova, M., Shahram, A., & Zarina, R. INTERULTURAL TRAINING AT EARLIER STAGES–AS AN
INNOVATIONAL PROJECT AT EFL TEACHING.
Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.
, 72.
[14]
Shahram, A., & Zarina, R. MODERN LANGUAGE TEACHERS IN FOREIGN LANGUAGES (US EXPERIENCE).
Zbiór
artykułów naukowych recenzowanych.
, 277.
[15]
Шамахмудова, А. (2022). Pragmatic possibilities of interrogative sentences in a stable form.
Современные
лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания
языков
, (1), 17-19.
[16]
Furkatovna, S. A., Jurabekovna, T. M., & Mamurjonovna, T. P. (1962). Gender aspects of politeness strategy in speech acts.
Linguistics and Culture Review, 5 (S2), 1488-1496.
[17]
Шамахмудова, А. Ф. (2022). ҲУРМАТ ТАМОЙИЛЛАРИНИНГ ГЕНДЕР АСПЕКТЛАРИ.
МЕЖДУНАРОДНЫЙ
ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА
,
5
(3).
