Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
14-25
50
39
Поделиться
Умарова, С. . (2023). Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 14–25. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp14-25
Сахиба Умарова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

доктор филологических наук (PhD), доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Muhammad
Rahimxon II Feruz asos solgan Xorazm adabiy muhiti devonchilik an’anasining o’ziga xos shakllari, shahzoda shoirlardan Sultoniy va Sa’diy ijodi va ular tomonidan tartib berilgan devonlar, devonlardagi ba’zi she’rlar, xususan, g’azal, mustazod, muxammaslaridan numunalar keltiriladi, qo‘lyozmalardagi she’rlar matni O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan manbalar asosida tahlil etiladi. Xorazm devonchilik an’analarini o‘rganish, shahzoda shoirlar, xususan, Sultoniy, Sa’diy, G’oziy, Asadlar tomonidan tartib berilgan devonlar qo‘lyozmalarining o‘zaro matniy-qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o‘zbek adabiyoti tarixini to‘ldiradi hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini o‘rganish muhim manba bo‘ladi.


background image

ISSN 2181-922X

14

25

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi

Sohiba Umarova

1

Abstrakt

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Muhammad

Rahimxon II Feruz asos solgan Xorazm adabiy muhiti devonchilik
an’anasining o’ziga xos shakllari, shahzoda shoirlardan Sultoniy va
Sa’diy ijodi va ular tomonidan tartib berilgan devonlar, devonlardagi
ba’zi she’rlar, xususan, g’azal, mustazod, muxammaslaridan numunalar
keltiriladi, qo‘lyozmalardagi she’rlar matni O‘zbekiston Respublikasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar
fondida saqlanayotgan manbalar asosida tahlil etiladi. Xorazm devonchilik
an’analarini o‘rganish, shahzoda shoirlar, xususan, Sultoniy, Sa’diy, G’oziy,
Asadlar tomonidan tartib berilgan devonlar qo‘lyozmalarining o‘zaro
matniy-qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o‘zbek adabiyoti tarixini
to‘ldiradi hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini o‘rganish
muhim manba bo‘ladi.

Kalit so’zlar:

Xorazm adabiy muhiti, devonchilik, devon,

qo‘lyozma, majmua, shahzoda, shoir, Sultoniy, Sa’diy, G’oziy, Asad, g‘azal,
muxammas.

Kirish

XIX asr oxiri – XX asr boshlari Xorazmda an’analarni davom

ettirish, ustozlarga munosib izdosh bo’lish hamda yangilikka intilish
maqsadida yurtdagi barca ijodkorlarni jalb etgan yirik adabiy-
madaniy muhit vujudga keldi. Xiva hukmdori Muhammad Rahimxon
II Feruz qalam ahlini tazkira tuzish, majmua yozish, tarjima etish,
bayozlar tuzish, devonlar tartib berishga rag‘batlantiradi, hatto
bu jarayonga qarindoshlari, shahzodalar va saroydagi ko‘plab
mansabdor kishilarni ham jalb etib, muntazam ijodiy kechalar tashkil
etadi. Albatta, shoh va shoir qoshidagi bunday anjumanlar shunchaki
she’rxonlik bilan kifoyalanmay, balki shorlarning ijod mahsuli o’qib,
eshittirilgandan so’ng ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan,
xususan, xon oila a’zolari tomonidan aytilgan har bir bayt, undagi

1

Umarova Sohiba Zakirovna

– filologiya fanlari bo'icha falsafa doktori (PhD),

dotsent, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta: s

ohibahon@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-8733-8973

Iqtibos uchun:

Umarova, S. 2022. "

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi"

.

O'zbekiston: til va madaniyat

2(2): 14-25.

14

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)


background image

mazmun, badiiyat va vazn uyg‘unligiga yig‘ilganlar tomonidan
alohida e’tibor qaratilgan. Shubhasiz, bunday vaziyatlarda Feruzning
fikr-mulohazalari birinchi o‘rinda turgan va xon anjumanlardan
tashqari vaqtlarda ham o‘z yaqinlarining ijodiga qiziqqan, shahzoda
shoirlarning tarbiyasi, ta’lim olishi uchun ustozlar tayinlagan,
ijodkorlarning taxallus tanlashi, she’rlarini devon holiga keltirish
va ko‘chirilishiga rahnamolik qilgan. Bu haqida Laffasiyning
“Tazkirayi shuaro”, Bayoniyning “Haft shuaro”, Bobojon Tarrohning
“Xorazm navozandalari” kabi asarlarda ko‘plab ma’lumotlar beriladi.
Rus sharqshunosi A.N.Samoylovich 1908-yili Xivaga qilgan ilmiy
ekspeditsiyasi haqida yozgan tadqiqot ishlaridan birida shoir
Tabibiy va uning «Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy» tazkirasiga
e’tibor qaratarkan, asarda Feruz oilasi vakillari borligini ham yozadi

[Самойлович 1909, 200]. “Majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy”ga

kiritilgan ijodkorlarning 10 ga yaqini xonzodalar bo‘lib, ularning
g’azallari tazkiraning asosiy qismida beriladi. Feruz topshirig‘i bilan
shahzoda shoirlar she’rlaridan majmualar ham tuzilgan. Shulardan
biri “Haft shuaro” deb nomlanadi. “Haft shuaro”ga xonning buyrug’i
bilan Bayoniy tartib bergan va unda Murodiy, Sultoniy, Sa’diy, Oqil,
Farrux, Sodiq va Bayoniy o’zining ijodidan namunalar kiritadi.
“XX asr xorazm adabiy muhitida “Haft shuaro” majmuasi alohida
o‘rin tutadi. U o‘sha davrdagi madaniy ko‘tarilish, ma’rifat tarqatish
va kitobxonlikni kengaytirish zaruriyati tufayli san’atsevar shoh
Feruz topshirig‘i va rahnomoligida maydonga keldi hamda shahzoda
shoirlar she’rlarini qamrab oldi. U an’anaviy bayoz va to‘plamlardan
farqli o‘laroq, sulolaviy tamoyil bo‘yicha tuzilib, asosan majmua,
qisman tazkira xususiyatlarini mujassamlashtirgan manbadir”

[Hajiyeva 2008, 21].

Shahzoda shoirlar hayoti va ijodiy merosiga doir ba’zi fikrlar

bildirilgan, maqolalar e’lon qilingan [Abdullayev 1982, 7]. So‘nggi

yillarda Xorazm adabiy muhiti, xon oilasi vakillari ijodi maxsus

tadqiqotlar doirasida ham o’rganilmoqda [Jo’rayev 2012]. “Feruz

gulshani” nomli kitobda esa Feruz oilasidagi she’riyat muhiti
vakillaridan Bayoniy, Xusrav, Murodiy, Komyob, Farrux, Oqil, Sultoniy,
Asad, G‘oziy, Sa’diy, Sodiq va ayol ijodkorlardan Kishjonbikalarning
she’rlari tazkira, bayoz, majmualardagi matni asosida tuzib chiqilgan.
Nashrga tayyorlovchilar tomonidan qayd etilganidek, “ushbu nashr
imkoni darajasida qalamkashlarning turli mavzu, janr va she’riy
san’atlar asosida yozilgan asarlaridan namunalar”ni jamlaydi [Feruz

gulshani 2016, 7].

15

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi


background image

Asosiy qism

O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida P.N.909-V inventar
raqamli “Devoni Sultoniy. Devoni Sa’diy. Devoni Sodiq. Devoni G‘oziy.
Devoni Asad” kabi devonlardan tashkil topgan she’riy majmua
saqlanadi. Majmua “Haft shuaro” singari alohida nomlanmagan.
Qo‘lyozma o‘lchovi 17,5/22 shaklida, Qo‘qon fabrika silliq qog‘ozida
nasta’liq xatida qora siyoh bilan yozilgan. Kotibning xati aniq,
qatorlari tekis tushgan. Ba’zi o‘rinlar, asosan, sarlavhalar, she’rlar
soni qizil siyoh bilan ajratib berilgan. Majmua qattiq qog‘oz bilan
muqovalangan, dastlabki varoq ochiq qolgan. She’riy to‘plamdan
joy olgan birinchi devon muallifi “Sayyid Muhammad Nosir
to‘ra (zoyyidahu umrohu) al-mutaxallos ba Sultoniy ibn Sayid
Muhammadyor To‘ra ibn Sulaymoniy nishon Sayyid Muhammad
Rahim Bahodirxoni Soniy doma davlatahu va shavkatahu” [Inv.

raqami: P.N.909-V, 1], deb ko’rsatiladi va shoir Sultoniy she’rlari

matni beriladi. Bobojon Tarroh Xodimning “Xorazm shoir va
navozandalari” kitobidan ma’lum bo‘ladiki, shoir Sultoniyning asli
ismi Nosir to‘ra bo‘lib, Muhammadyor to‘raning o‘g‘li, Muhammadyor
to‘ra Muhammad Rahimxon Feruzning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan [Xodim

2011, 40]. Sultoniy eski maktabni bitirgan, shoirlikda asosan

Bayoniydan darslar olgan. Sultoniy devon tartib bergan, devonida
g‘azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’,
musamman, tarje’band, masnaviy, ruboiy, muammo va qasida kabi
janrlar jamlangan.

Biz matni bilan tanishib chiqqan, ushbu she’riy majmuadagi

“Devoni Sultoniy”da va hech bir shoir devonida maxsus debocha
ajratilmagani sabab ularni “Terma devon”lar deb nomlasak, to‘g‘ri
bo‘ladi. Aslida devon – biron shoirning lirik janrga mansub barcha
she’rlarini o‘z ichiga olgan she’riy to‘plam ekan, o‘zbek adabiyoti
tarixida eng mukammal devon Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-
maoniy” kulliyoti bo‘ladi. “Shoirning she’rlaridan saralab tuzilgan
majmua “Terma devon” deb ataladi. Mukammal devonda debocha

bo‘lishi mumkin [Is’hoqov 2014, 35-37].

Majmuadagi birinchi “Terma devon”da Sultoniy she’rlari

mumtoz devonchilik an’anasini saqlagan holda “Zihi qodirki sun’i-
din qilib arzu samo paydo...” deb boshlanuvchi hamd g‘azal bilan
ochiladi, keyin “Ahli olam faxri – sensan ey, habibi kibriyo...” misrasi
bilan davom etgan na’t g‘azal keladi. Devon ichida yana hamd va na’t
g’azallar uchraydi.

Devondagi Sultoniy g‘azallarining aksariyati ishq-muhabbat

16

Sohiba UMAROVA


background image

mavzusida yozilgan. Shoirning oshiqona g‘azallaridagi obrazlar
an’anaviy bo‘lib, ular: oshiq, mahbuba va ag‘yor(raqib)dir. Ular
talqinida esa shoirning ijodiy salohiyati aks etadi. Jumladan:

Yuzingdur bir guli jannat, ne jannat jannatul-ma’vo,
Labingdur ey pari g‘uncha ne g‘uncha g‘unchai humro.
Ikki qoshing chu mohi nav, ne mohi nav hiloli iyd,
Ikki ko‘zingdur ro‘zi nargis, ne nargis nargisi shahlo.

Erur zulfing saning sunbul, ne sunbul sunbuli rayhon,

Ko‘zingdur zulmgar kofir, ne kofir kofiri tarso.

Erursan xush ajab manzar, ne manzar manzari xubiy,
Qadingdur rashki chun sarvi, ne sarvi, sarviyi zebo.
Ko‘zing mujgonlari xanjar, ne xanjar xanjari xunrez,
Soching bo‘yi erur anbar, ne anbar anbari soro.
Xati la’ling erur axzar, ne axzar axzari rizvon,
Tishingdur po‘rsamin gavhar, ne gavhar gavhari yakto.

Sango Sultoniydur banda, ne banda bandai farmon,

Erur diydoringga oshiq, ne oshiq oshiqi shaydo.

Sultoniyning ushbu oshiqona g’azalida ma’shuqa obrazini

yaratish, uni tasvirlash va unga murojaat etishda an’anaviy badiiy
tasvir vositalaridan mohirona qo’llash barobarida o’ziga xoslikka
ham erishilgan. G’azalda tashbeh, ruju’ san’atlaridan unumli foyda-
lanilgan.

Sultoniy yana bir g’azalida lirik qahramonini ishq dardiga

mubtalo oshiq o‘z sevgilisini ko‘rgach, yorining suhbatiga musharraf
bo‘lishga umid qiladi, ma’shuqasining nozu karashmasi esa oshiqni
yanada o‘rtashini shunday yozadi:

Umidi lutf etarman ul mahliqoni ko‘rgach,

Ul qilgusi sitamlar man mubtaloni ko‘rgach.
Qolgaymu sabr-toqat, ahli jahonda ahbob,
Ul sho‘xi mahliqodin nozu iboni ko‘rgach...

Sultoniyning ushbu misralarida “mahluqo”, “mubtalo”, “nozu

ibo” singari qofiyadosh so‘zlar tanlanishi she’rning musiqiyligiga
o‘zgacha ritm bergan va oshiqning holati go’zal bayon etilishiga olib
kelgan. Sultoniy g’azallari ohangdor, tasviriy-ifodaviy bo’yoqlarga
boy va shaklan rang-barangligi bilan ajraladi.

“Terma devon”dagi Sultoniy g‘azallarining umumiy soni 297,

hoshiyada yana g‘azallar keladi. Kitobning 121-sahifasi 61a varag‘ida

g‘azaldan keyin bitta mustazod berilgan. Sultoniy mustazodidan
parcha keltirsak, shunday boshlanadi:

17

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi


background image

Bog‘ ichra fido qomatig‘a ey shohi xubon,

shamshod ila arar,

Bazmimni yuzing mehridin et, ey guli xandon,

bir kecha munavvar.

Hajring tunida qo‘yma, meni visolingga yetkur,

rahm aylabon ey gul,

Jallodi ko‘zing ko‘rib bir nazor, ey yori vafodor,

bo‘ldim base shaydo.

Zulfingni isidin aylagil, bu kecha jonon,

bir nasimni muattar,

Hajr oqshomining shomini dur etma, huvaydo,

man zoru horingga.

Sultoniy mustazodidagi oshiq husnu jamol ichra tengi yo’q,

talat shohi bo’lmish yorining bog’dagi qadi qomati shamshod,
sarvdek, yuzining nuri munavvar, ko’zlari jallod ekanligini aytish
bilan birga undan e’tibor, iltifot va vafo qilishini so’raydi.

“Terma devon” matnidan Sultoniy muxammaslari asosan

Feruz, Ogahiy, Fuzuliy va Alisher Navoiy g‘azallariga hamda mustaqil
(bar g‘azali xud) yozilganligi ma’lum bo‘ladi. Jumladan, to‘plamn-
ing 135-sahifasida Sultoniyning 10-muxammasi Alisher Navoiyning
“Ko‘nglim o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa...” deb boshlanuv-
chi 10 baytli g‘azaliga bitilgan. Muxammasi Sultoniy shunday bosh-
lanadi:

O‘tga kuysun jonu dil sandin tabarro aylasa,
Ya’ni sandin o‘zga bir dilbar tamanno aylasa,

Bulsun ovora xirad ishqingni ifsho aylasa,

Ko‘nglum o‘rtansin agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,
Har ko‘ngul hamkim sening shavqingni paydo aylasa.

Sayri gulni do‘stlar sarvi xiromonni netay,

Gul yuzi yodida afg‘onim falakka teguray,

Men nechuk huru parini vuslatidin dam uray,
O‘zgalar vaslin tamanno aylasa navmid o’lay,
Har kishi ham sening vasling tamanno aylasa.

Sultoniy nazira bog’lashni niyat qilgan Alisher Navoiyning

oshiqona-orifona mazmundagi ushbu g‘azalida oshiqning ma’-
shuqasini boshqalardan qizg‘onishi, ag‘yorlardan asrashi ifoda
etiladi. Professor N.Komilov yozganidek, ushbu g‘azaldagi “oshiq-
ning o’z ma’shuqsiga ishqi shunchalik kuchliki, u hech kimni unga
yaqinlashtirgisi kelmaydi, iloji bo’lsa-yu, mahbubasini barcha g’ayr

18

Sohiba UMAROVA


background image

va begona kishilardan yashirsa, hech kim u haqda gapirmasa, hatto
nomini tilga olmasa. Shu bois har bir bayt bir iltijoli qasamday
jaranglaydi, ya’ni oshiqning o’zi ham yordan o’zgaga boqmaslikka

ont ichadi” [Komilov 2012, 38]. Sultoniy muxammasi misralarida

ko‘proq oshiqona hissiyotlar, holatlar ifoda etiladi, Navoiy g‘azalida
esa oshiqona she’rga orifona fikrlar ham singdirgan.

Shu o’rinda aytish kerakki, Sultoniy muxammasida Navoiy

g’azalining ba’zi baytlari tushib qoldirilgani ma’lum bo’ladi. Jumladan,
biz muxammas matnida g’azalning 3-bayti, ya’ni, “Har kishi vaslin
tamanno aylasam, navmid o’lay, Har kishi hamkim sening vasling
tamanno aylasa” misralarini uchratmadik. Taxminimizcha, Sultoniy
ko’rgan qo’lyozmada Navoiy g’azalidagi ushbu bayt bo’lmagan,
yoki muxammas ko’chirilishida kotib tomonidan chalkashlikka
yo’l qo’yilgan. Bunga aniqlik kiritish “Devoniy Sultoniy”ning alohi-
da ko’chirilgan nusxalariga murojaat etish bilan amalga oshiriladi.
Navoiyning ushbu g’azalining to’liq matnida esa bu misralar mavjud

[Navoiy 1987, 66]. Sultoniy muxammasi 3-bandi shunday davom

etadi:

Maskan aylab ul parivash hajrida tog‘ tuzum,

Hajr za’fidin bo‘lubdur guhar yanglig‘ nurum,

Gar ishonmassan sanga ravshan qilay oyg‘on so‘zim,
O‘zgalar husnun tomosho aylasa, chiqsun yuzum,
O‘zga ko‘zga ham seni husnung tomosha aylasa

[Majmua,

1325 h.q., 135].

G‘azalning 4-baytidagi “ko‘zum” so‘zi o‘rniga “yuzum”, “bir

ko‘z hamki” o‘rniga “ko‘zga ham”, “husnungni” o‘rniga “husnung” kabi
holatlar biroz chalkash yozilgani uchun ma’noda noaniqlik seziladi.
G‘azal aslida:

O‘zgalar husnin tamosho aylasam, chiqsun ko‘zum,
O‘zga bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa,

- tarzida

yozilgan [Navoiy 1987, 66].

Sultoniy “Terma devon”ida g’azal, mustazod, muxammaslar

bilan birga murabba’, masnaviy, ruboiy, muammo, ta’rix, qit’a, qasida
kabi janrdagi she’rlaridan ham namunalar beriladi. Majmuaning
172-sahifasida kolofoni “Zihi Subhonholifatur-rahmon boisi amnul-
amon ya’ni Sayyid Muhammad Rahim Bahodirhoni doma davlati huva
shavkata huning farmoni vojib iz’onlari bila ushbu Devoni Sultoniy
bir ming uch yuz dog‘i yigirma beshinchi. Domulla Bobojon Tarro
ibn Abdulaziz maxdum marhumiyning qo‘lida itmomi sarhadig‘a
yetdi”, - deb berilgan. She’riy majmuadagi “Devoni Sa’diy”, “Devoni

19

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi


background image

Sodiq”, “Devoni G‘oziy”, “Devoni Asad”larda ham shoirlar ijodidan
she’riy namunalar jamlangan. Umuman, ushbu she’riy majmuadagi
“Terma devon” lar matni bilan boshqa qo’lyozma nusxalarni
solishtish, shahzoda shorlar ijodi o’rganish va nashrga tayyorlashda
muhim manba vazifasini bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida shahzoda shoirlar-
ning she’rlari alohida devon shaklida kitob qilingan manbalari ham
saqlanadi. Shulardan biri A.P-7092 inventar raqamli “Devoni Sa’diy”
qo’lyozma asardir.

Qo’lyozma 106 bet, 53 sahifadan iborat bo‘lib, kitob to’q

ko’k rangli qatiq qog‘oz bilan muqovalangan, dastlabki varoq ochiq
qolgan. Qo‘qon fabrika nisbatan dag’alroq qog‘ozida nasta’liq xatida
qora siyoh bilan yozilgan. Ba’zi o‘rinlar, asosan, sarlavhalar, sonlar
qizil siyoh bilan ajratib berilgan. Qo’lyozmaning ba’zi varoqlari cheti
bukilib, uringan. Kotibning xati aniq, qatorlari tekis tushgan.

Sa’dulloh to‘ra Sa’diy Xivaning so‘nggi xoni Said Abdullaxon

(1918-1920-yillar Xiva xoni)ning o‘g‘li bo‘lib, bobosi Muhammad
Rahimxon II Feruz saroyida o‘sib, ulg‘aygan. Sa’dulloh to‘ra Sa’diy
yoshligidan adabiyotga qiziqqan, sharq mumtoz ijodkorlarining
asarlarini o‘qib chiqqan. Sa’dulloh to‘ra Sa’diy taniqli muarrix va shoir
Bayoniyga shogird tushgan, 20 yoshligidan she’r mashq qila bosh-
lagan. Sa’dulloh to‘ra Sa’diy arab, fors tillarini bilgan. Sa’dulloh to‘ra
Sa’diy haqida Bobojon Tarroh – Xodim shunday yozadi: “Sa’dulloh
to‘ra podshozoda oilasidan chiqqan. U juda zehni o’tkir odam edi.
Bir ko’rgan narsasini, xoh arabiy bo’lsin, xoh forsiy bo’lsin, darrov

yodlab olar edi” [Tarroh 1994, 35].

Sa’dulloh to‘ra Sa’diyning “Devon”idan tashqari boshqa asar-

lari ham ma’lum. Sa’diy fors adabiyoti ta’sirida turkiy tildagi “Mufarrixi
qulub” deb nomlangan asarida inson hayotida tarbiyaning o’rni,
inson xulq-atvori va insoniylik fazilatlarini ulug’lashga ahamiyat
qaratadi. “Mufarrixi qulub” nazmda yozilgan bo’lib, 10 bobdan ibo-
rat, har bir bob o’z nomiga ega, asardagi hikoyatlar, sarguzashtlar

muallifning fikr-mulohazalarini yanada aniqroq bayon etish uchun

xizmat qilgan. Ushbu asarning qo’lyozma nusxalari mavjud.

“Devoni Sa’diy” haqida gapiradigan bo’lsak, devon an’anaga

muvofiq avval hamd, keyin na’t g‘azallar beriladi. Devonda Sa’diy
qalamiga mansub g’azal, mustazod, muxammas, qasida kabi janrlarga
keng o’rin berilgan.

Biz yuqoridagi Sultoniy muxammasi tahlilini davom etirgan

holda, Sa’diyning Alisher Navoiy g‘azaliga yozgan muxammasini

20

Sohiba UMAROVA


background image

keltirishni lozim topamiz. Muxammas Navoiyning “Muvofiq kiydilar,
bo‘lmish magar navro‘z ila bayram” deb boshlanuvchi g‘azaliga
bitilgan. Muxammasi Sa’diy shunday boshlanadi:

Zihi altofi Haq bo‘lmish man bechorag‘a hamdam,

Ki tiyra majlisimg‘a ul pariro‘yim kelib bu dam,

Maning holimg‘a afzun aylamish lutfu karam har dam,

Muvofiq keldilar kiymish magar Navro‘z ila bayram,

Chaman sarvi yoshil xil’at maning sarvi ravonim ham

[Devoni

Sa’diy. 1327 h.q., 79-81].

Ya’ni, Sa’diy muxammasidagi oshiqning “Ajabo, Haq

Taoloning lutfu marhamati mendek bechoraga yo’ldosh bo’lib, g’amli
kunlarimda yorim suhbatimga keldi, lutfu karamini ziyoda qildi”,
degan holatini Navoiyning g’azalidagi oshiqning “Navro’z bayrami-
ga mos yashil kiygan sarvi ravon” yoriga murojaati bilan o’zining
fikrini uyg’unlashtirishga erishadi.

G’azal matnidagi ba’zi so’zlarga e’tibor qiladigan bo‘lsak,

Navoiy g‘azalining birinchi misrasidagi “muvofiq kiydilar, bo‘lmish”
so‘zi o‘rniga “muvofiq keldilar kiymish” birikmasi olingan. G‘azalning
birinchi misrasini tahlil etadigan bo‘lsak, Navoiy aytmoqchiki, agar
Navro‘z bilan bayram bo‘lganida muvofiq tarzida kiyindilar”. Sa’diy
muxammasidagi Navoiy g‘azalining birinchi misrasidan: “agar
Navro‘z bilan bayramda kiyganlari muvofiq keldi”, degan mazmunni
tushunishimiz mumkin bo‘ladi. Bularning qaysi aniqroq degan
savolga albatta, baytning ikkinchi misrasidagi ma’no tashuvchi so‘zlar
aniqlik kiritadi. “Chaman sarvi yoshil xil’at maning sarvi ravonim
ham”, ya’ni: chamandagi sarv ham yashil, mening qaddi qomati tik
yorim ham yashil kiyingan. Demak, baytda gap kishinish, yasanish
haqida ketayotgan bo’lsa, “muvofiq kiydilar” birikmasi to’g’ri bo’ladi.

Biz Sa’diy devonidagi she’rlardan biri matni bilan o’quvchini

tanishtish maqsadida muxammasning keyingi bandlarini quyida
keltiramiz:

Chu bo‘lsa sayr uchun jonon agarchi ozimi bo‘ston,

Chiqorg‘oy ul ko‘zi fatton bori el jonidin afg‘on,

G‘alat dedimki afg‘on balki qilg‘oy yer bila yakson,

Chaman sarvi qolib hayron maning sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon munga shaydo bori olam.

Jamolin garchi ul sarvar qilur bo‘ston aro mazhar,
Guli ra’noni zor aylar g‘amida ul yuzi anvar,
Yuzini sham’idin gullar bo‘lur po‘r zarra xokistar,

21

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi


background image

Chaman sarvi qolib bebar mening sarvim bo‘lub dilbar,
Oni yil aylabon muztar bu yeldek sekretib adham.

Agarchi ul pari xushdil parishon aylasa kokil,
Bo‘lur oshiq gulu sunbul onga o‘zni aylar qul,
Bo‘lurman-mu debon qobil o‘zini qilmoqg‘a maqbul,
Qo‘nub ul gul uza bulbul chekib gul shavqida g‘ul-g‘ul,
Bu sarv uzra chekib gul terdin tushub shabnam.

Na qilmishman sanga oyo ki qilmassan karam aslo,
Firoq o‘tig‘a ey barno kul etmishsan mani go‘yo,

Mani jonimg‘a ey yakto jafolar aylading paydo,

Qilib ohim sori sarvo buyon mayl etmading qat’an,
Sabodin ey qadi ra’no bo‘lur ham sarv ham ko‘k xam.

Chu yetsa ko‘yi tufroqi qilurda surma ushshoqi,

Tasalliy xotir o‘lmoqi olarning bo‘ldi behroqi,
Ko‘nguldin g‘amni chiqmoqi qo‘lungdin boda olmoqi,
Bu bog‘ ichra mayi soqiy ki borman asru mushtoqi,
Ki onda sarv ham boqiy emas gul ahdi muhkam.

Bo‘lursan Sa’d yo Oqil esang yor ollida maqbul,
Ko‘nguldin g‘am bo‘lub zoyil bo‘lur rohat manga shomil,
Esa sidqing saning komil bo‘lur oson bori mushkul,
Navoiy ko‘yin et manzil yuzu qaddig‘a bo‘l moyil,
Ki bog‘ etmas sani xushdil gul sarv aylamas xurram

[Devoni Sa’diy, 1327 h.q., 79-81].

Aytish kerakki, shahzoda shoirlar ijodida nazira, tatabbu

bitish an’anasi ko’p uchraydi. Sa’diy juda o‘rinli g‘azalning ohangi,
mazmunidan foydalangan, o’zining fikrini tasviriy vositalar orqali
Navoiy baytlari bilan asoslagan. Shu bilan birga shoir muxammasida
yangi tafsilotlar, tashbehlar beriladiki, bu shoirning qanchalik daraja
ijodiy salohiyatga ega bo’lgani, mumtoz asarlar poetikasini tushuna
olganligini ko’rsatadi.

“Devoni Sa’diy” Feruzga bag’ishlangan qasida bilan tu-

gatilgan. Devonning kolofoni mavjud. Yani: “Alhamdulillahi valg‘
minnahu: ushbu devoni Sa’diyni, kim bo amri Sultonuz zamon
va nodir ud davron, a’ni Abul Muzaffar val mansur Abulg‘oziy
Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxoni soniy doma davlatahu va
shavkatahuning farmoni oliylari bila sanai 1327 lanji yili mohi
shavvolning o‘nlanjisi, chahorshanba kuni erdikim, Mullo Boltaniyoz

22

Sohiba UMAROVA


background image

al Mutaxallas bin Nadimiy valadi Usto Qurbonniyoz yozib itmomig‘a
yetkurdi. Tammatul kitob bi avni Maklikul Vahhob” [Devoni Sa’diy,

1327 h.q. 106].

Xulosa

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhi-

tining Munis, Ogahiy, Bayoniy, Avaz O‘tar, Komyob, Mutrib
kabi namoyandalari hayoti va ijodini tadqiq etish yuzasidan
adabiyotshunoslikda muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da,
ular bilan zamondosh, bir adabiy muhitda faoliyat olib borgan
Sultoniy, Sa’diy, G‘oziy, Asad, Murodiy, Sodiq, Farrux, Oqil kabi xon
oilasidan yetishib chiqqan ijodkorlar devonlari qo‘lyozmalari
hanuzgacha o‘rganilmagan. Bugungi kunda shahzoda shoirlarning
devonlari O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida, Xorazm Ichan
qal’a qo’lyozma fondida va Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar
akademiyasi Sharqshunoslik fondida saqlanmoqda.

Xorazm devonchilik an’analarini o‘rganish, shahzoda shoirlar

tomonidan tartib berilgan devonlar qo‘lyozmalarining o‘zaro matniy-
qiyosiy tadqiqi va tahlilini amalga oshirish o‘zbek adabiyoti tarixini
to‘ldiradi hamda bu davrning tarixiy, madaniy, adabiy muhitini
o‘rganadigan tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘ladi.

Adabiyotlar

Абдуллаев

, В

оҳид

. 1982.

Сайланма.

Тошкент:

Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти.

Алишер

,

Навоий.

1987.

Бадойиъ ул-бидо

ya.

Мукаммал асарлар т

ўплами.

20 томлик. Биринчи том. Т.: Фан.

Бобожон

,

Тарроҳ. 1994.

Хоразм навозандалари.

Т.: Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти.

Бобожон Тарроҳ – Ходим. 2011.

Хоразм шоир ва навозандалари.

Т.:

Tafakkur qanoti.

ناوید یدعس

Qo‘lyozma. Inv.raqami: A.P-7092.

ناوید یناطلس М

ajmua. Qo‘lyozma. Inv.raqami: P.N.909-V.

Исҳоқов

, Ё

қубжон

. 2014.

С

ўз санъати сўзлиги.

Т.

Жўраев

, Ж

амолиддин

. 2012.

Комёб ҳаёти ва ижодий мероси манбалари

тадқиқи

.

Филол.

фан. номз. дисс..

. a

втореф. Тошкент

.

Комилов

, Н

ажмиддин

. 2012.

Маънолар оламига сафар.

Т.: Tamaddun.

Самойлович

, Александр Николаевич. 1909.

Записки Восточного

отделения Императорского

Русского археологического

общество.

Т.

XIX.

С. Петербург

.

Феруз гулшани.

2016. Нашрга тайёрловчилар: Ж.Жўраев, С.Дўстова. Т.:

MUMTOZ SO'Z.

Хажиева

, И

рода

. 2008. “

Ҳ

афт шуаро” мажмуасининг Хоразм адабий

23

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi


background image

муҳитидаги

ўрни.

Филол. фан. номз. дисс...

a

втореф

.

Тошкент.

The tradion of devanism in the Khorezm

literary environment

Sohiba Umarova

1

Abstract

In this article, in the late 19

th

-early 20

th

century Khorezm, Muham-

mad Rahim Khan II Feruz, the unique forms of the devanism tradition, the
works of prince poets Sultani and Saadi, and the devans ordered by them,
some poems in the devans, in particular, examples of ghazal, mustazod,
mukhammas are presented, the text of poems in manuscripts is analyzed.
Based on the sources stored in the manuscript fund of the Institute of Ori-
ental Studies named after Abu Rayhon Beruni of the Republic of Uzbekistan
will be analyzed. The study of the Devonian traditions of Khorezm, the
implementation of a cross-textual comparative study and analysis of De-
vonian manuscripts ordered by princely poets, in particular Sultani, Saadi,
Ghazi, Asads, complement the history of Uzbek literature, and an import-
ant source of study of the historical, cultural, literary environment of this
period.

Key words:

Khorezm literary environment, poetry collection, man-

uscript, complex, the prince, a poet, Sultani, Saadi, Ghazi, Asad, ghazal, mu-
hammas.

References

Abdullayev, Vohid. 1982.

Saylanma.

T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot

va san’at nashriyoti.

Alisher, Navoiy. 1987.

Badoyi’ ul-bidoya.

Mukammal asarlar to‘plami.

Birinchi tom. T.: Fan.

Bobojon, Tarroh. 1994.

Xorazm navozandalari.

T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti.

Bobojon Tarroh – Xodim. 2011.

Xorazm shoir va navozandalari.

T.: Tafakkur

qanoti.

ناوید یدعس

Manuscript inv. № A.P-7092.

سلطانی

دیوان

Manuscript inv. № P.N.909-V.

1

Umarova Sokhiba Zakirovna

– doctor of philosophy PhD, Uzbek Language and lit-

erature University named after Alisher Navoi.

E-pochta:

sohibahon@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-8733-8973

For citation:

Umarova, S. Z. 2022. “

The tradion of devanism in the Khorezm liter-

ary environment

”.

Uzbekistan: Language and Culture

2(2): 14-25.

24

Sohiba UMAROVA


background image

Is’hoqov, Yoqubjon. 2014.

So‘z san’ati so‘zligi.

T.

Jo‘rayev, Jamoliddin.

Komyob hayoti va ijodiy merosi manbalari tadqiqi.

Filol. fan. nomz. avtoref. Toshkent, 2012.

Komilov, Najmiddin. 2012.

Ma’nolar olamiga safar.

T.: Tamaddun.

Samoylovich, Aleksandr Nikolayevich. 1909.

Zapiski Vostochnogo otdeleni-

ya Imperatorskogo Russkogo arxeologicheskogo obshestvo.

T.

XIX. S.Peterburg.

Feruz gulshani.

2016. Nashrga tayyorlovchilar: J.Jo‘rayev, J.Jo‘rayev,

S.Do‘stova. T.: MUMTOZ SO’Z.

Xajiyeva, Iroda. 2008.

“Haft shuaro” majmuasining Xorazm adabiy

muhitidagi o‘rni

. Filol. fan. nomz. avtoref. Toshkent.

25

Xorazm adabiy muhitida devonchilik an’anasi

Библиографические ссылки

Абдуллаев , В оҳид. 1982. Сайланма. Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Алишер, Навоий. 1987. Бадойиъ ул-бидоya. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. Биринчи том. Т.: Фан.

Бобожон, Тарроҳ. 1994. Хоразм навозандалари. Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Бобожон Тарроҳ – Ходим. 2011. Хоразм шоир ва навозандалари. Т.: Tafakkur qanoti.

ناوید یدعس Qo‘lyozma. Inv.raqami: A.P-7092.

ناوید یناطلس Мajmua. Qo‘lyozma. Inv.raqami: P.N.909-V.

Исҳоқов , Ё қубжон. 2014. Сўз санъати сўзлиги. Т.

Жўраев , Ж амолиддин. 2012. Комёб ҳаёти ва ижодий мероси манбалари тадқиқи.Филол. фан. номз. дисс...aвтореф. Тошкент.

Комилов , Н ажмиддин. 2012. Маънолар оламига сафар. Т.: Tamaddun.

Самойлович , Александр Николаевич.1909. Записки Восточного отделения Императорского Русского археологического общество. Т. XIX. С. Петербург.

Феруз гулшани. 2016. Нашрга тайёрловчилар: Ж.Жўраев, С.Дўстова. Т.: MUMTOZ SO'Z.

Хажиева , И рода. 2008. “Ҳафт шуаро” мажмуасининг Хоразм адабий муҳитидаги ўрни. Филол. фан. номз. дисс... aвтореф. Тошкент.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов