Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
50-65
1
0
Поделиться
Умарова, С. (2024). Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 50–65. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2024-pp50-65
Сохиба Умарова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Философия, доктор философии, доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitida ijod etgan shahzoda shoirlardan Sultoniy, Sa'diy, G'oziylar devonlaridagi she’rlar tahlil etiladi. Shahzoda shoirlar ustozlar maktabi-dan oziqlangan, fors-tojik, turkiy tillarda yozilgan mumtoz she'riyatni o'zlashtirgan holda ularga naziralar bog'lashgan. Maqolada shahzoda shoirlar lirikasi timsollar takomili, badiiy tasvir vositalarining o'rni, badiiy ta’sir kuchini oshiruvchi ma’naviy va lafziy san'atlardan foydalanish mahorati ko'rsatib berilgan. Shuningdek, shahzoda shoirlar devonlaridan joy olgan lirik she’rlarda tashbeh, tazod, tajnis, nido, talmeh, kitobat kabi badiiy san'atlar asosida poetik ifodalarning yaratilishi tahlil etiladi.

Похожие статьи


background image

50

Uzbekistan: Language and Culture 2024/2(2)

ISSN 2181-922X 50

65

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

Sohiba Umarova

1

Abstrakt

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlari Xorazm adabiy

muhitida ijod etgan shahzoda shoirlardan Sultoniy, Sa’diy, G‘oziylar

devonlaridagi she’rlar tahlil etiladi. Shahzoda shoirlar ustozlar maktabi-

dan oziqlangan, fors-tojik, turkiy tillarda yozilgan mumtoz she’riyatni

o‘zlashtirgan holda ularga naziralar bog‘lashgan.

Maqolada shahzoda shoirlar lirikasi timsollar takomili, badiiy

tasvir vositalarining o‘rni, badiiy ta’sir kuchini oshiruvchi ma’naviy va

lafziy san’atlardan foydalanish mahorati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek,

shahzoda shoirlar devonlaridan joy olgan lirik she’rlarda tashbeh, tazod,

tajnis, nido, talmeh, kitobat kabi badiiy san’atlar asosida poetik ifodalarning

yaratilishi tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar:

Xorazm, shahzoda shoirlar, poetika, nazira, badiiy

san’atlar, tasviriy vosita, obraz, bayt, tazod, talmeh, kitobat, tashbeh.

Kirish

XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Xorazmda mumtoz

an’analar Hirot adabiy muhitiga monand davom ettirildi. Muhammad

Rahimxon II Feruz shoh va shoir sifatida ko‘plab devonlarga tartib

berilishi, qo‘lyozma, toshbosma nusxalarda ko‘paytirishiga homiylik

qildi hamda she’r yozishda har jihatdan o‘zi o‘rnak bo‘ldi. Feruz

lirikasi va uning she’rlaridagi badiiylik xususida shunday fikrlar

bildiriladi: “Feruz nazmi mazmun va shakl xususiyatlarining

mutanosibligi, badiiy qurilma yеtukligi bilan dilbar she’riyatdir.

Sharq mumtoz she’riyatidagi badiiy san’atlar Feruz nazmida ham

muhim badiiy xizmatni bajargan” [Rahim, Matrasul, Jo‘maxo‘ja 1995.

55]. Feruz she’riyatiga ergashib, uning yaqinlari, qarindoshlari ham

ijod bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Bu haqida Komil Xorazmiy (Komil

Jumaniyozov)ning “Feruznoma”sida shunday yoziladi:

Podshohga qaragay a’yon, fuqaro,

Neni ma’qul ko‘rsa – ma’qul el aro.

1

Umarova Sohiba Zakirovna

– falsafa fanlari doktori PhD, dotsent, Alisher

Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

sohibaumar@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-8733-8973

Iqtibos uchun:

Umarova, S. 2024. “

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

”.

O'zbekiston: til va madaniyat

2(2): 50

65.


background image

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

51

Ma’qul ko‘radilar shohning didini,

Chekkaga irg‘itib g‘idi-biddini.

She’r yozsa – demakki, shoir qadr topar,

She’r yozar qorovul, hattoki chopar.

Yurtning og‘asiga qilarkan taqlid,

Ko‘pi shoir bo‘ldi yurtda shu taxlit [Komil Xorazmiy 2016,

104].

Adabiy kechalarda shoirlar o‘zlarining yangi she’rlarini

o‘qib, boshqalar e’tiboriga havola etish asnosida, avvalo, she’rning

mazmuni, keyin esa badiiy tasvir vositalarning qay darajada o‘rinli

ishlatilgani, tasvirda yangi topilmalarning mavjudligi kabi holatlar

xususida mushohadalarni olishgan.

Aynan Alisher Navoiy davrida ham bunday adabiy kechalar

tashkil etilgan. “Majolis un-nafois”ning sakkizinchi majlisi Xilvat

qismida keltirilgan ikki lavha Hirot adabiy muhitida kechadigan

adabiy majlislar haqida xabar berish bilan birga, bu davrda yaratilgan

yangi she’rlar tahlili va badiyat masalalari haqida ham bizga tasavvur

beradi. Navoiy shuning uchun ham Xilvat qismi boshida shunday

yozadi: “Olam ahlig‘a andog‘ki, majlis bo‘lur, majlis ahli hasratidin

tab’g‘a kalol va zehng‘a malol yuzlangandan so‘ngra har toifa o‘z

xurdi holig‘a ko‘ra maxsuslari bila xilvat ixtiyor qilurlar” [Navoiy

1996. 206 ].

Xorazm adabiy muhitida ko‘plab ijodkorlar yеtishib chi-

qishiga keng imkoniyat yaratildi va buning natijasida tarjimachilik,

tazkiranavislik kabilar bir qatorda devonchilik ham rivoj topdi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning o‘rtalarida Xivada yuzga

yaqin shoir devon tartib bergan, albatta, bularning ichida shoh va

shoirning o‘zi ham bor.

Devon matnini ko‘chirish yoki nusxa ko‘paytirishning

maxsus talablari mavjud. Devon ko‘chirishda Sharq kitobat san’atida

mavjud qat’iy prinsiplarga amal qilinadi [Sirojiddinov Sh. Umarova

S. 2015. 11]. Xorazm devonlarida g‘azal, mustahzod, muxammas,

musaddas, qasida kabi janrlarga keng o‘rin berilgan. Yuqorida aytil-

ganidek, devon tartib berganlarning hammasi ham shoirlikdan

tanilgan shaxslar bo‘lmasdan, Xiva adabiy maktabi ta’sirida shakl-

lanib, she’riyatga kirib kelgan kishilar ham bo‘lishgan.

Asosiy qism

Sayyid Muhammad Nosir to‘ra bin Sayyid Muhammadyor

to‘ra bin Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxoni Soniy XIX

asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan Xorazm adabiy-madaniy


background image

Sohiba UMAROVA

52

muhiti vakillaridan biri, shahzoda shoir edi. Uning lirik she’rlari

jamlangan va “Devoni Sultoniy” nomi bilan tartib berilgan. Shahzoda

shoirlarning ichida eng ko‘p she’rlari kitobat qilingani Sultoniy

ijodi bo‘ladi. Bayoz, majmualarda Sultoniy she’rlaridan namunalar

ko‘p uchraydi. Tazkiralarda ham Sultoniy hayoti va ijodi qaydlari

berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan

Tabibiyning “

Majmuai si shuaroi payravi Feruzshohiy

” tazkirasining

1152 raqamli nusxasida shahzoda shoirlarning Feruz g‘azallariga

bitgan payravlari jamlangan. Debochadan so‘ng masnaviy, “G‘azali

Feruzshohiy” ushbu matla’ bilan boshlanadi:

Zihi bordur zuhuringg‘a azad birla abad paydo,

Aql aylabon zoting ayta olmas hadu paydo.
G‘azalning to‘liq shakli berilgandan so‘ng Sultoniy ijodi

haqidagi uch baytli masnaviy, keyin 2-raqam bilan Sultoniyning

yuqoridagi Feruz g‘azaliga yozgan payrav g‘azali beriladi. Tabibiy

tazkirasida boshqa shahzodalarga qaraganda Sultoniyga alohida

baho bergan, unda shunday yoziladi:

...Suxandonlar a’losi Sultoniydur,

Oning nazmi ma’ni durrin konidur.

Pisarzodayi shohi jamjoh erur,

Zamiri ulumu fan ogoh erur.

Sayyid Nosir o‘lmishdurur nom anga,

Mudom ilm tahsilidur kom anga.
Muhammad Rahim Bahodirxoni Soniyning yana bir nabirasi

Sa’dulloh to‘ra Sa’diy Xivaning so‘nggi xoni Said Abdullaxon

(1918-1920-yillar Xiva xoni)ning o‘g‘li bo‘lib, bobosi saroyida o‘sib,

ulg‘aygan. Sayyid Sa’dulloh to‘ra Sa’diyning lirik she’rlari jamlanib,

devon tuzilgan.

Devon tartib bergan shahzodalardan yana biri Sayyid G‘oziy

to‘ra Muhammad Rahimxon soniy – Feruzning inisi Otajon to‘raning

ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, uning tug‘ilgan va vafot etgan yili turli manbalarda

turlicha ko‘rsatilgan. Xususan, Xiva davlat hujjatlarida Sayyid G‘oziy

to‘ra 1871-yil may oyida Xivaning Deshon qal’asi O‘r mavzesida

tug‘ilgan deyilsa, “Muhammad Rahimxon II – Feruz kutubxonasi

fehristi”ida taxminan G‘oziy 1860-1920-yillarda yashaganligi qayd

etiladi [Erkinov, Polvonov, Aminov. 2000. 94].

Sayyid G‘oziy to‘raning adabiy muhit ta’sirida adabiyotga

bo‘lgan qiziqishi ortadi, 25 yoshidan boshlab g‘azallar yoza boshlaydi.

Bobojon Tarroh – Xodimning “Xorazm shoir va navozandalari”


background image

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

53

kitobida yozilishicha, shoirning adabiy nomi o‘z nomi bo‘lgan. Sayyid

G‘oziy to‘ra she’rlariga G‘oziy taxallusini qo‘yib, bobosi Feruzga

taqdim etadi va xonga bu ma’qul bo‘ladi [Xodim 2011, 54-55]. Sayyid

G‘oziy to‘raning lirik she’rlari “Devoni G‘oziy”ga jamlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 909-IV

raqamli nusxada bir nechta devon bitta kitobga jildlangan. Kitobga

avval “Devoni Sultoniy”, “Devoni Sa’diy”, “Devoni Sodiq”, “Devoni

G‘oziy”, “Devoni Asad”lar kiritilgan. Kitobning oxirida kolofon

keltirilmagan, ammo “Devoni Sodiq”ning oxirida “kotib mulla

Bobojon Tarroh ibn Abduaziz maxdum” deb yozilgan. Kitobdagi

devonlarning yozuvi bir xilligiga asoslanib, “Devoni G‘oziy”ning kotibi

ham Muhammad Rahimxon II Feruzning saroy kotiblaridan Bobojon

Tarroh – Xodim deb bilamiz. Kitobning 239-281-varoqlarida yangi

1-sahifadan 53-sahifagacha “Devoni G‘oziy”idagi turli xil janrdagi

she’rlar keltiriladi.

Haqiqatan, Sharq mumtoz poetikasida nimani aytish bilan

birga, uni qanday tasvirlash badiiy san’atni yuzaga keltiradi.

Adabiyotshunos Yo.Is’hoqov “san’at nomini olgan badiiylik vositalari

faqatgina she’r bezagi emas, balki shoir niyatini o‘quvchiga

yetkazuvchi vosita, muallifning rangin tuyg‘ular olami haqida

tasavvur beruvchi manba yoki shoir ko‘nglini kitobxon didi va zavqi

bilan bog‘lovchi ma’naviy rishta” ham ekanligini yozadi [Is’hoqov

2014. 3]. Shu jihatdan, devonlarga kiritilgan mumtoz she’rlardagi

kutilmagan o‘xshatish, qiyoslash yoki hayotiy misol keltirish kabi

tasviriy vositalar shoir mahoratini namoyon etadi hamda kitobxonni

hayrat va hayajonga soladi.

Shahzoda shoirlar devonlaridagi she’rlar xususida

to‘xtaladigan bo‘lsak, ularni quyidagicha turlarga ajratish mumkin:

1.

An’anaviylikni saqlash, mumtoz shoirlar ijodidagi tasvir

vositalariga murojaat etish asosida yaratilgan she’rlar.

2.

Alisher Navoiy, Ogahiy kabi shoirlarning g‘azallariga tatabbu’

yoki taxmis bog‘lash.

3.

Feruzga ergashish, ko‘proq Feruz g‘azallariga monand she’rlar

yozish.

Shu kabi jihatlarni kuzatish maqsadida shahzoda shoirlar

she’rlaridan namunalar keltirib, ularni tahlilga tortmoqchimiz.

Ma’lumki, she’riy san’atlar ichida qarama-qarshi qo‘yilgan

so‘zlar asosida shoir yaratgan badiiy obrazlar xarakterini yanada

ochishga yordam beruvchi tazod alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun

ham shoirlar bu san’atdan doimo unimli foydalanishadi. Jumladan,


background image

Sohiba UMAROVA

54

Sa’diyning ushbu g‘azalida tazod shunday yaratilgan:

Bilmadim bu g‘amg‘a ne erkan sabab,

Kim chekarman ranju mehnat ro‘zu shab.

[Devoni Sa’diy 1327 h.q. 12-13].

Shoir “Ro‘zu shab” ya’ni kunduz va kecha so‘zlarda ifodalangan

ma’nolarni zidlash orqali badiiy lavha yaratgan va shoir bu ma’noviy

qarama-qarshilik orqali oshiq qalbidagi ichki holatni yuzaga

chiqarishga erishadi.

Albatta, mumtoz she’riyat poetikasi vazn va qofiya bilan bir

qatorda, badiiy tasvir vositalari uyg‘unligida shakllanadi.

Shahzoda

shoirlar devonlaridagi she’rlar tashbeh, talmeh, mubolag‘a kabi

ma’naviy san’atlar va tazod, tajnis, tardu aks kabi lafziy san’atlar faol

ishlatilgani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, Sultoniy devonidagi she’rlarda

tashbeh va uning turlari ko‘plab qo‘llangan:

Yurub sur’at bila kabki daridek bazm aro kirdi,

Araqlar qatrasini gul yuzida durri nob aylab.
Demak, birinchi misrada Sultoniy yorning kirib kelishini kabki

dari, ya’ni xushovoz qush, kaklikka qiyoslayapdi, bu yerda “-dek”

o‘xshatish vositasi qo‘llanganidan tashbehi sarehdan foydalanilgan.

Ikkinchi misra bevosita birinchi misra mazmuni bilan bog‘lanadi, tez

sur’atlar bilan bazmga kirib kelgan yorning yuzi gulga, yuzidagi ter

marjondek tizilgan durga o‘xshatilmoqda. Bu yerda shoir tashbehi

mo‘kadni chiroyli ishlatgan.

Sultoniy, Sa’diy, G‘oziy devonlaridagi she’rlarda tashbeh

asosida yaratilgan baytlarga misollarni juda ko‘plab keltirish

mumkin. Chunki tashbeh shoir o‘z fikrining badiiy ifodasini

o‘xshatishlar orqali bayon etishi uchun eng yaxshi imkoniyat beradi.

Jumladan, Sa’diyning ushbu baytida:

Har sori aylab nigohu o‘q mujgonin otib,

Olam ahlinin dilin afgori vayron ayladi.

[Devoni Sa’diy 1327 h.q. 68].

Bayt mazmunini badiiy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, oshiq

yorning kiprigini o‘qqa o‘xshatadi va bu o‘q oshiqlarning yuragini

yaralashi ifodalanmoqda. Kiprikning ko‘rinishi bilan yoydan otiladi-

gan o‘qning o‘zaro tashqi jihatdan o‘xshashligi shoirga bu qiyoslash

imkonini bergan.

Tashbeh san’atida vositalarsiz qiyoslash bo‘lishi mumkin.

Bunday tashbehlar ham Sultoniy, Sa’diy, G‘oziylar ijodida uchraydi.

Jumladan, Sa’diyning ushbu baytida shunday beriladi:


background image

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

55

Jamoling mehri ey dilbar sening shami’ gulistondur,

Muattar aylagan olamning zulfi anbar afshondur.

[Devoni Sa’diy 1327 h.q. 23].

Yorning jamoli mehri shunchalik issiqki, u guliston, ya’ni

olamdagi quyosh nuridek insonlarga taft, issiq harorat beradi, yorn-

ing shochlari esa atrofga muattar yoqimli hidini taratuvchi afshon

ya’ni sochuvchidir.

Navoiyning lirik asarlarida iqtibos nihoyatda chiroyli

san’atkorlik bilan qo‘llangan. Devonlarda iqtibosning darj

ko‘rinishi matnning bezagi, ziynati bo‘lish bilan birga muallif fikrini

quvvatlovchi, ko‘chaytiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. “Devoniy

Sa’diy”da iqtibosga ko‘plab murojaat etilgan. Jumladan, Sultoniyning

ushbu baytida mushtarak san’at turlaridan biri iqtibos va tarix

san’ati yashiringan:

Lillahil-hamd shohima aylab karam beintiho,

Anbiyolar xotami yoshig‘a yetkurdi Xudo.
“Yaratuvchiga hamd” bo‘lsinki, cheksiz karamlar aylab sho-

himizni payg‘ambarlar oxirgisi Muhammad Mustafo s.a.v.ning yoshi

– 63 yoshga yetkazdi. Bundan ushbu she’rning 1907-yili, ya’ni Feruz

63 yoshga yetganda yozilgani ma’lum bo‘ladi. Shu o‘rinda avliyolar

xotami iborasining Navoiyning “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi

6-g‘azalning ushbu mat’lasini eslatib o‘tish o‘rinlidir:

Ey, nubuvvat xaylig‘a xotam baniy Odam aro,

Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro.
(Ey payg‘ambarlar xayli - to‘dasiga bani Odam orasida

oxirgisi bo‘lgan zot. Agar ular uzuk – xotam bo‘lsa, sen shu uzukning

ko‘zisan). Bundan ko‘rinadiki, bu davr shoirlari Navoiydan bu joyda

ham o‘rnak olishgan.

Bundan tashqari payg‘ambarlar, tarixiy yoki afsonaviy

shaxslar nomi, mashhur tarixiy joylarni keltirish orqali talmeh san’ati

yaratilar ekan, shahzoda shoirlar devonlarida bu san’atga murojaat

etilgan she’rlar ko‘plab uchraydi. Jumladan, Sultoniyning quyidagi

baytida Jamshid jomi, ya’ni afsonalarga ko‘ra mayi tuganmas jom

tilga olinadi:

Mayi gulgun ila pur aylabon Jamshid jomni,

Ki qo‘ymushtur ulus ichra sani oliy maqom aylab.

[Devoni Sultoniy. 1327 h.q. 11].

Bu bilan shoir xalq ichida oliy maqom topgan ma’shuqa

afsonaviy podshoh Jamshid jomini ham qizil mayi ya’ni ishqi bilan


background image

56

Sohiba UMAROVA

to‘ldirishi aytilmoqda. Farhod, Vomiq, Majnun ishqiga ishora

qilishning an’anaviy holati ham devonlarda ko‘p uchraydi. Jumladan,

Sultoniyning ushbu baytidagi kabi:

Tinmayin vaslingda man bo‘ldim parishon oqibat,

Vomiqu Farhoddek man zoru giryon oqibat.

[Devoni Sultoniy 1327 h.q. 13-14].

“Devoni G‘oziy”da ham talmeh asosida tuzilagan baytlar an-

chagina, masalan:

Gar surating ko‘rsa sani Farhod Shirin izlamas,

Majnun Laylidin kechar ko‘rganda zebo surating.

[Devoni G‘oziy 1327 h.q. 29-30].

Ma’lumki, arab alifbosidagi harflar ko‘proq to‘g‘ri, egri,

yoysimon, doirasimon shakllar bilan yoziladi. Sharqda shoirlar

arab harflariga ijodiy yondashib, muhim badiiy-estetik va falsafiy-

axloqiy g‘oyalarni ifodalashga harakat qilishgan. Shahzoda shoirlar

devonlaridagi turli janrdagi she’rlarda bu san’atga murojaat etilgan.

Bilamizki, ko‘proq hijron azobida qaddi bukilgan oshiqning ko‘rinishi

“dol”ga o‘xshatiladi. Sa’diyning ushbu baytida esa oshiqning

hijrondan qaddi bukilgangina emas, “nun” shaklidek oshiqning

qaddi g‘ujanak shaklida tiklab bo‘lmas holatga kelgani aytilmoqda:

G‘aming ostida qaddim nun bo‘lubdur,

G‘amu dardu alam afzun bo‘lubdur.

[Devoni Sa’diy 1327 h.q. 99].

Harfiy san’atdan bunday foydalanish shoir ijodida o‘ziga

xoslik, orginallikka olib kelgan, deyish mumkin. Sultoniyning ushbu

baytida ham harfiy san’atga shu tarzda murojaat etilgan:

To bo‘libman mubtalosi “ayn”, “shin”u “qof”ingi,

Qolmish ondin biri man zorda oromtob.

[Devoni Sultoniy 1327 h.q. 99].

Shoir bu o‘rinda “ishq” so‘zidagi “ayn”, “shin”, “qof” harflarini

o‘ziga tegishli deb bilmoqda va unga asir bo‘lganligi, oromi

ketganligini bayon etmoqda.

Murojaat, o‘kinish, gina, xayrixohlik ma’nolarini ifodalovichi

poetik vosita nido san’ati ekan, shahzoda shoirlar bu san’atdan

foydalanish orqali she’rlaridagi lirik qahramon qiyofasini yanada

yorqinroq, jonliroq ochishga erishadi. Quyidagi baytda Sultoniy nido

san’atini shunday yaratgan:


background image

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

57

Eshitgil arzi holimni alo, ey xo‘blar shohi,

Yetibdur oshiqi zoringni aflok avjig‘a ohi.

[Devoni Sultoniy 327 h.q. 61].

Shoirning ma’shuqaga nisbatan “ey xo‘blar shohi”, ya’ni

go‘zallar shohi deb murojaatini qo‘llashdan asosiy maqsadi, nido etish

orqali o‘z qalbida kechayotgan ruhiy to‘g‘yonlarni aniq ifodalashdir.

Quyidagi baytda ham nido san’ati “ey mahliqo” birikmasi

orqali shakllangan:

Qilding manga javru jafo, ey mahliqo, ey mahliqo,

Ne jurm etib erdim sango ey mahliqo, ey mahliqo.

[Devoni Sa’diy 327 h.q. 7].

Umuman olganda, nido san’ati orqali lirik qahramonning

ichki kechinmalari, ruhiy dunyosi, his-tuyg‘ulari ifodalanadi.

Sultoniy ushbu baytida esa tanosibning go‘zal namunasi

qo‘llangan:

Furqatda qolib oyu yil, asru zaifu zorman,

No‘shi visolingdin mening dardimga yetkurgin davo.
Ko‘rinadiki, shoir oddiygina “oy”, “yil”, “asr” kabi mutanosib

so‘zlarni ketma-ket keltirish orqali ma’noni kengaytirish va kuchay-

tirishgan erishmoqda.

Feruz davrida yaratilgan devonlarning aksariyati o‘zbek tilida

bo‘lgan. Shu bilan birga, bu davrda yashab, ijod etgan shoirlarning

ayrimlari zullisonayn bo‘lishib, o‘zlarining o‘zbekcha va forscha

devonlariga tartib berishgan. Shahzoda shoirlar devonlari esa o‘zbek-

cha g‘azallar bilan birga fors-tojik tilidagi g‘azallar ham beriladi.

Biz “Devoni Sultoniy”ning 7095 raqamli qo‘lyozma nusxasida 30 ta

g‘azal shunday tarzda yozilganini aniqladik. Masalan, Sultoniyning

ushbu 7 baytli g‘azali mulamma’ ya’ni, shiru shakar usulida yozilgan:

Tushdi boshim ichra shavqi diydani ro‘yi sho‘mo,

Vah ne xush kundur, ki boshad maskanam ko‘yi sho‘mo.

Jannatul-ma’vo manga ko‘bdur haqiqat ko‘yi o‘,

Bas mening bog‘i bahorim gulshani ko‘yi sho‘mo.

Har sahar minnat chekar doyim az bodi sabo,

To mashomimg‘a yeturgay bo‘yi gisuyi sho‘mo.

Ko‘zlarim ravshan bo‘lur, ey Yusufi gulpirahan,

Gar yetursa qosid bodi sabo bo‘yi sho‘mo.

Qumridek har sarvning boshida afg‘on mekunam,

Asru mushtoq qildi bizni qaddi diljo‘yi sho‘mo.

Qomatingdin dahr bo‘stonida sarve tar no‘xost,


background image

58

Sohiba UMAROVA

Gulda yo‘qdur rangu bo‘ hamchun guli ro‘yi sho‘mo.

Lutf ila qilg‘il nazar Sultoniyg‘a ey koni jud,

Ul erur doyim sanoxoni, duogo‘yi sho‘mo.

Sultoniy ushbu “Sho‘mo” radifli she’rida o‘zbekcha va tojikcha

so‘zlarni yonma-yon ravishda qo‘llar ekan, ularning mazmunini

shunday bog‘laydiki, natijada shoirning yoriga aytmoqchi bo‘lgan

so‘zlari serjilo, go‘zal va mantiqan boy holatda o‘z ifodasini topadi.

Sultoniyning “Yuzingdur bir guli jannat, ne jannat jannatul-

ma’vo, Labingdur, ey pari g‘uncha, ne g‘uncha g‘unchai humro” bayti

bilan boshlanuvchi g‘azali ham an’anaviy tus oladi. Shoir yorning

yuzini avval jannat guliga, keyin esa jannat maskaniga, labini avval

g‘unchaga, bundan qaytib, undan-da, yangi qiyos, ya’ni kuchliroq

bayonni tanlaydi. Bu kabi ruju’ asosida yaratilgan g‘azallar aslida

fors-tojik she’riyatida, aynan, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy

kabi shoirlar ijodida uchraydi. Masalan, Tabibiyning forsiy devonida-

gi muxammaslaridan biri, ya’ni “12 muxammasi Tabibiy bar g‘azali

Jomiy”da shunday baytlar keladi:

Hamon dilbar, ki andozad mudomo bar saram savdo,

Na’qatat mekunad man xastaro andar jahon shekibo,

Jafovu zulm doim bar zamiri u buvad paydo,

Shudam bar surati oshiq, ki bar man mekunad g‘avg‘o,

Chi surat surati dilbar, chi dilbar dilbari barno.
E’tibor berilsa, o‘rta asrlardan shoirlar ijodida keng o‘rin olgan

va yetuk shoirlar shunday o‘ynoqi misralardan foydalanishgan.

Navoiy g‘azallariga tazmin yoki tatabbu’ bog‘lash Ogahiy,

Feruz, Munis, Ahmad Tabibiy hamda ularga ergashgan holda

shahzoda shoirlar Sultoniy, Sa’diy, G‘oziy, Asadlar ijodida ham ko‘plab

uchraydi. Jumladan, “Devoni Sultoniy”da keltirilgan 339 raqamli

g‘azal Alisher Navoiyning

“Sahar xovar shahikim charx uza xayli

hasham chekdi, Shioyi xat bila ko‘xsor uza oltun alam chekti”

bayti

bilan boshlanuvchi g‘azaliga tatabbu’ tarzda yaratilgan. Navoiyning

ushbu g‘azali “Xazoyin ul-ma’oniy”ning “Navodir ush-shabob”

devoni tarkibida 606-g‘azal bo‘lib kelgan. Navoiy ushbu g‘azalini

Hofiz Sheroziyning “Sahar chun xusravi xovar alam bar ko‘hsoron

zad...” misrasi bilan boshlanadigan g‘azaliga hamohang tarzda ijodiy

davom ettirgan.

Adabiyotshunos Y. Is’hoqov bu holatni shunday izohlaydi:

“Navoiyning Hofiz g‘azaliga ijodiy munosabati ikki xil ko‘rinishda

yuzaga kelgan. Birinchi bosqich – bu tatabbu’ tarzda ko‘rinadi.

Navoiy Hofizning mazkur g‘azaliga fors tilida tatabbu qiladi” va


background image

59

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

ikkinchi bosqichda “Hofizdagi istioraviy poetik tasvir Navoiy

uchun turtki bo‘lgan. Navoiy vazn va radifni (“chekti” – “zad”ning

o‘zbekchasi, lekin mazmunan keng) saqlagan holda, ham mazmu-

nan, ham kompozitsiya jihatidan o‘ziga xos bo‘lgan yangi tipdagi

g‘azal yaratgan” [Is’hoqov 1983, 116].

“Navodir ush-shabob”ning dastlabki nashrlarida “Sa-

xar xovar shahikim charx uza xayli hasham chekdi...” misrasi bi-

lan boshlangan shoir g‘azali o‘n bayt etib beriladi [Navoiy 1959.

610]. Yo.Is’hoqov ham g‘azalning 10 baytli shaklini tahlilga tortgan

[Is’hoqov 1983, 116]. Aslida esa Hofizning “Sahar chun xusravi Xo

-

var alam bar ko‘hsoron zad...” misrasi bilan boshlangan g‘azali 13

baytdan iborat [Hofiz Sheroziy 1995, 142-143]. Navoiy tatabbu’si

ham 13 baytli bo‘lib, F.Sulaymonova tahriri ostida nashrga tayyor-

langan Alisher Navoiyning 20 jildlik “Mukammal asarlar to‘plami”

(1989-yil)da mazkur noqislik bartaraf etilgan va g‘azal 13 bayt

shaklida berilgan, keyingi nashrlarda ham bu kamchilik tuzatilgan

[Navoiy 2011. 609-610].

Yuqorida aytilganidek, Alisher Navoiyning “Sahar xovar

shahikim charx uza xayli hasham chekdi, Shioyi xat bila ko‘xsor uza

oltun alam chekti” bayti bilan boshlanuvchi ushbu g‘azali Xorazm

adabiy muhitidagi shoirlar ijodiga katta ta’sir qilgan. Jumladan,

Ogahiy ijodida ushbu muxammas yaratigan:

Shahi zarrin kulah chun subh dam tiyg‘i dudam chekti,

Siyohi nur olmoqqa jahonni yak qalam chekti,

Adam mulkiga zulmat lashkari turmay qadam chekti,

Sahar xovar shahi charx uzrakim xayli hasham chekti,

Shuo‘i xat bila ko‘hsor uza oltun alam chekti [Ogahiy 1972.

221].

Shahzoda shoirlarning deyarli barchasi Navoiy g‘azallari-

ga yo tatabbu’, yo muxammas bog‘lagani ma’lum bo‘ladi. “Devoni

Sa’diy”ning 80-81-betlaridagi “Zihi sariri risolat uzra erursan shoh”

deb boshlanuvchi 9-muxammasga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,

muxammas matni shunday beriladi:

Zihi sariri risolat uzra erursan shoh,

Karam bila sanga Haq berdi oncha izzatu joh.

Shariating bila tuz yo‘l topar bori gumroh,

Yuz ko‘zingda muayyan kamoli sun’i Iloh

Ne yuzdurur bu, ne ko‘z, laa ilaaha illalloh.
Ma’lum bo‘ladiki, Sa’diy muxammasi Alisher Navoiyning

“G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi “Yuzu ko‘zungda muayyan kamoli


background image

60

Sohiba UMAROVA

sun’i Iloh” deb boshlanuvchi na’t g‘azaliga yozilgan. Sa’diy muxam-

masi ham payg‘ambarimizning ta’rifu tavsiflari, Muhammad s.a.v.ning

Xudoyi Taoloning sharafiga muyassar bo‘lgani va barcha musulmon

ahli uchun payg‘ambar xulq-atvori asosiy mezon ekanligini taran-

num etadi.

Shabe sango qilibon lutfni Xudo shomil,

Karam birla sani dargohig‘a qilib vosil.

Qilib u dam bori maqsudlaringni Haq hosil.

Jamoling oyinayi “Vash-shams” surasi nozil,

Ko‘zing qarosig‘a “mo zog‘” surmasi hamroh.
Shu o‘rinda aytish kerakki, Sa’diy muxammasida Navoiy

g‘azali baytlaridagi ba’zi so‘zlar o‘zgargani ma’lum bo‘ladi.

Jumladan, biz muxammasnig 2-bandi 4-misrasida Navoiy g‘azalidagi

“ko‘zgusi” so‘zi o‘rniga “surasi” so‘zi yozilgan. Ya’ni, Alisher Navoiy

g‘azalida “Jamoling oyina va-sh-shamsi ko‘zgusi nozil” bo‘lsa,

qo‘lyozmada “Jamoling oyinai va-sh-shamsi surasi nozil” yozilgan.

Yoki muxammasning 5-bandi 5-misrasida Navoiy g‘azalidagi

“hasratingdin” so‘zi o‘rniga “furqatingdin” so‘zi tanlangan. G‘azalda

“Emaski charx chekar kecha hasratingdin oh” bo‘lsa, qo‘lyozmada

“Emaski charx chekar furqatingdin o‘ylaki oh” tarzida bitiladi.

Muxammasning oxirgi bandi shunday yakunlanadi:

Bu Sa’diy ummatingiz xaylidin qavm o‘lg‘ay,

Shafoating mayin ichmak onga rusum o‘lg‘ay.

Kuroming bila ul sohib ulum o‘lg‘ay,

Navoiy gulshanini nargisi nujum o‘lg‘oy,

Ko‘z uchidin onga qilsang hisob vaqti nigoh.
Shahzoda shoirlar devonlaridagi she’rlarning yana ko‘pi

zamona shoh va shoiri Feruz she’riyatiga monand yozilgan. Sultoniy

devonidagi taxmislarning 12 tasi Feruz g‘azaliga bog‘langan. Xusu-

san, Sultoniy “Devon”i 140-141-sahifalarida berilgan 2-muxammasi

shunday boshlanadi:

Niqob olib yuzingdin, kelki mushtoqi uzoringman,

Hamisha g‘am bila hamxona bo‘lg‘on dilfigoringman.

Jafo qil gar vafo qil bandayi beixtiyoringman,

Tarahhum aylagil, ey sho‘x, kim ishq ichra zoringman,

Giriftor kamandi tori zulfi mushkboringman –
bandi bilan boshlanuvchi hasbi hol shaklidagi muxammasi

bog‘langan Feruzning “Tarahhum aylagil, ey sho‘x, kim ishq ichra

zoringman” deb boshlanuvchi 9 baytli g‘azali uning “Devon”idan


background image

61

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

o‘rin olgan [Feruz 1994. 74].

Feruzning ushbu g‘azali Alloh muruvvatini istagan bandaning

holatini ifodalovchi g‘azal bo‘lib, dargohingdan mahrum aylama,

sening yaqining bo‘lish muruvvatdir, der ekan, bu Allohga murojaat

ekani ochiq ko‘rinadi. Oshiq holini bayon etar ekan, jafo toshini urib,

ya’ni hayotda ko‘p qiyinchilik ko‘rsatib, boshimni majruh etmasligini

so‘raydi, oshiq o‘zini yoriga vafo bobida meva beradigan daraxtga,

zoru hayronlikda yorni gul, o‘zini tikanga o‘xshatadi. Feruz g‘azalining

sakkizinchi baytida: “Manga aylab labolab dambadam sog‘ar tut, ey

soqiy, Qo‘lingdin boda ichmay, muddatedurkim, xumoringman”, -

derkan, shoirning g‘azaldagi maqsadi to‘la ochilgandek bo‘ladi.

Feruzning badiiy mahoratdagi komronlig‘i xususida so‘z

ketarkan mualliflar shunday yozishadi: “Feruz g‘azaliyotining ajoyib

xususiyatlaridan biri shuki, unda “savolu javobi oshiq va ma’shuq”

uslubidagi g‘azallar ko‘p. Bu uslubdagi g‘azallar Xiva adabiy muhitida

Muhammadrizo Ogahiy devonida asosiy o‘rin tutar edi. Feruz ushbu

uslubni ustozi Ogahiyga muhabbatdan orttirdi” [Rahim D., Matrasul

Sh., Jo‘maxo‘ja N. 1995. 54]. Savol-javob tarzida yozilgan g‘azallar

shahzoda shoirlar devonlarining deyarli barchasida uchraydi.

Jumladan, Sultoniyda:

Dedim: munavvar qil ko‘zum o‘tlug‘ uzoring ko‘rsatib,

Dedi: netarsan bu hazin joning ul o‘tg‘a o‘rtatib.

Dedim: labingni sharbati shirinmudur chun salsabil,

Dedi: bilurmusan oni to ko‘rmasang la’lim totib.

Dedim: hazin ko‘nglimni qil xursand chehrang ko‘rsatib,

Dedi: seni qatl aylagum hijron o‘tig‘a g‘urtatib.

Dedim: manga kamroq qil, ey nozanin, javru sitam,

Dedi: jarohat qilg‘omen senga ne noz o‘qin otib.

Toza jon topg‘usidur Sultoniy ar ey, nozanin,

Kulbasig‘a kel oning bazmi visolingni ko‘rub.
Ko‘rinadiki, Feruz ijodi shahzoda shoir tomonidan ijodiy

rivojlantirilgan, g‘azallariga xos bo‘lgan holatlar kengaytirilgan.

Xulosa

Xiva adabiy muhitida shoh va shoir Sayyid Muhammad

Rahimxon Soniyning tashabbusi va taxti nazari ostida shahzoda

shoirlar ijodida juda katta badiiyat namoyon bo‘lgan. Talabchan

shoh har bir ijod vakilining she’riyatiga alohida e’tibor qaratgani

tazkiralardagi xotiralarda eslab o‘tiladi. Feruz o‘z saroyida o‘rta

asr adabiy muhiti vakillarining san’atkorligini ko‘rishni xohlagan.

Ayniqsa, Feruz “Ajab zamone hukmdori” (“Boburnoma”dan) bo‘lgan


background image

62

Sohiba UMAROVA

Husayn Boyqaro davridagi adabiy muhit Xivada namoyon bo‘lishini

istagan. Shu sababdan ham Tabibiy o‘z vaqtida saroy shoirlari haqida

gapirganda “bularga Navoiy ijodi xuddi mayoqdek, ular shunga

intiladilar, lekin hech biri Navoiy badiiyatiga yetisha olmaydi” deygan

ta’rifini eslash kifoya bo‘ladi (B.Qosimov va A.Erkinovlar ishlarida

bunga kengroq to‘xtashgan). O‘z asarlari badiiyatini kuchaytirishga

intilgan shahzodalar ham devonlarida an’anaviylikni saqlagan holda

lafziy va ma’naviy san’atlardan foydalanishga intilishgan. Shahzoda

shoirlar ma’lum bir pog‘onaga erishgandan so‘ng shoh Feruz o‘z

g‘azallariga tatabbu’ yozishlariga buyurgan, shohning mahrami

va shoirlar yetakchisi Ahmad Tabibiy esa payravlar majmuasini

tuzgan. Xorazm adabiy muhitida boshqa jarayonlar kabi devonchilik

kuchaygan, har bir ijodkor shoir o‘z oldiga devon yaratishni maqsad

qilishgan. Shu ma’noda shahzoda shoirlar ijodining, xususan,

devonlarining tartib berilishi ularning targ‘ibotchisi va homiysi

Feruz ijodi bilan bog‘liqdir. Shahzoda shoirlar Xiva adabiy muhitini

davom ettiruvchilari sifatida bu jarayonda ildam bo‘lishlari shart

edi. Ana shuni nazarda tutgan Feruz kezi kelganda adabiy muhitni

siyosati bilan ushlab turishga qattiq harakat qilgan va bunga to‘la

ma’noda erishgan.

Adabiyotlar

Алишер Навоий. 1996. Мажолис ун-нафоис. – T.: “Фан”.

Алишер Навоий. 1959. Хазойинул маоний. Наводир уш-шабоб. –Т.:

Ўзбекистон Фанлар академияси нашриёти.

Алишер Навоий. 1989. Наводир уш-шабоб. – Т.: “Фан”.

Алишер Навоий. 2011. Хазойин ул-маоний. Наводир уш-шабоб. –Т.:

“Tamaddun”.

Бобожон Тарроҳ. 1994. Хоразм навозандалари. – Т.: Ғафур Ғулом

номидаги Адабиёт ва сан’ат нашриёти.

Девони Хожа Шамсиддин Муҳаммад Ҳофизи Шерозий. 1374/1995. –

Теҳрон, Нашри жумҳурий.

Жумахўжа Н., Адизова И. 1995. Сўздин бақолироқ ёдгор йўқдур. – Т.:

“Фан”.

Исҳоқов Ё. 2014. Сўз санъати сўзлиги. –Т.: “Ўзбекистон”.

Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси (Хазойин ул-маоний асосида). – Т.:

“Фан”, 1983. – Б. 116.

Комил Хоразмий. 2016. Ферузнома. – T.: “TURON-IQBOL”.

Огаҳий. Асарлар. II жилд. Девон. 1972. – Т.: Адабиёт ва санъат

нашриёти.

Раҳим Д., Матрасул Ш., Жумахўжа Н. 1995. Феруз. – Т. “Ўзбекистон”.

Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги к̨ирралари. – Т.:

Akademnashr, 2015.

Умарова, С. 2023. Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот


background image

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

63

усуллари ва мезонлари. Каталог монографий, 1(4), 3–90.

Феруз. Элга шоҳу ишққа қул. Девон. 1994. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги

Адабиёт ва санъат нашриёти.

Эркинов А., Полвонов Н., Аминов H. 2000. Муҳаммад Раҳимхон II –

Феруз кутубхонаси феҳристи. – Т.: “Янги аср авлоди”.

O‘zR Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Qo‘lyozma

inv.raqami: 909-IV.

ناوید یدعس

Qo‘lyozma. Inv.raqami: AP7092-.

ناوید یناطلس

Мajmua. Qo‘lyozma. Inv.raqami: P N.909-V.

Jabborov, N. (2021). “Firdavs ul-iqbol”–Ogahiyning badiiytarixiy nasrdagi

ilk tajribasi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Jabborov, N. (2019). Ogahiy “Zubdatu-t-tavorix” asarining qo ‘lyozmalari

va adabiy manba sifatidagi qimmati. Oltin bitiglar–Golden

Scripts, 3(3).

Мадиримова, С. (2022). Мутриб хонахароб ва унинг адабий

мероси.

Каталог монографий

,

2

(2), 3-137.

Madirimova, S. (2021). “Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzsho-

hiy” to ‘plamida Mutrib she’rlari. Oltin bitiglar–Golden

Scripts, 1(1).

Мадиримова, С. (2020). Text edition issue of mutrib poems. in

Library, 20(2), 1262-1274.

Мадиримова, С. (2020). Gazelles of Mutlib Khonakharob copied into Bayaz

manuscript. in Library, 20(2), 1-4.

Amonov, S. (2020). SCIENTIFIC DESCRIPTION OF THE MANUSCRIPTS OF

SOURCES DIVANS AKHMADA TABIBI. Theoretical & Applied

Science, (1), 316-319.

Amonov, S. (2021). Sources of ahmad tabibi’s creation. ACADEMICIA:

AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH

JOURNAL, 11(1), 90-95.

Amonov, S. (2023). Tabibiy debochalari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 2(2).


background image

64

Sohiba UMAROVA

“Traditionalism in the works of prince poets”

Sohiba Umarova

1

Abstract

This article analyzes poems in the Devas of Sultani, Saadi, Ghazis

from the princely poets who created in the Khwarezmian literary envi-

ronment of the late 19th – early 20th centuries. Prince poets fed from the

school of teachers, attached Nazira to the UAS, mastering classical poetry

written in Persian-Tajik, Turkic languages. The article shows the lyrics of

Prince poets the evolution of icons, the role of the means of artistic rep-

resentation, the skill of using spiritual and lifesian Arts, which increase

the power of artistic influence. Also, the lyrical poems, which take place

from the devons of Prince poets, analyze the creation of poetic expressions

based on fine arts such as tashbeh, tazod, tajnis, nido, talmeh, Kitabat.

Key words:

Khorezm, Prince poets, poetics, nazira, fine arts, visual

medium, image, bayt, tazad, talmeh, kitabat, tashbeh.

References

Alisher Navoiy. 1996. Majolis un-nafois. – T.: “Fan”.

Alisher Navoiy. 1959. Xazoyinul maoniy. Navodir ush-shabob. –T.:

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti.

Alisher Navoiy. 1989. Navodir ush-shabob. – T.: “Fan”.

Alisher Navoiy. 2011. Xazoyin ul-maoniy. Navodir ush-shabob. –T.: “Tamad-

dun”.

Bobojon Tarroh. 1994. Xorazm navozandalari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti.

Devoni Xoja Shamsiddin Muhammad Hofizi Sheroziy. 1374/1995. –Tehron,

Nashri jumhuriy.

Jumaxo‘ja N., Adizova I. 1995. So‘zdin baqoliroq yodgor yo‘qdur. – T.: “Fan”.

Is’hoqov Yo. 2014. So‘z san’ati so‘zligi. –T.: “O‘zbekiston”.

Is’hoqov Yo. Navoiy poetikasi (Xazoyin ul-maoniy asosida). – T.: “Fan”,

1983. – B. 116.

Komil Xorazmiy. 2016. Feruznoma. – T.: “TURON-IQBOL”.

Ogahiy. Asarlar. II jild. Devon. 1972. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti.

Rahim D., Matrasul Sh., Jumaxo‘ja N. 1995. Feruz. – T. “O‘zbekiston”.

Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T.:

Akademnashr, 2015.

1

Umarova Sokhiba Zakirovna

– doctor of philosophy PhD, Uzbek Language and

literature University named after Alisher Navoi.

E-mail:

sohibaumar@gmail.com

ORCID ID:

0000-0002-8733-8973

For citation:

Umarova, S. Z. 2024. “Traditionalism in the works of prince poets”.

U

zbekistan: Language and Culture 2(2)

:

50-65.


background image

65

Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik

Umarova, S. 2023. Suyima G‘anieva ilmiy-adabiy merosi: tadqiqot usullari

va mezonlari. Katalog monografiy, 1(4), 3–90.

Feruz. Elga shohu ishqqa qul. Devon. 1994. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti.

Erkinov A., Polvonov N., Aminov H. 2000. Muhammad Rahimxon II – Feruz

kutubxonasi fehristi. – T.: “Yangi asr avlodi”.

O‘zR Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. Qo‘lyozma

inv.raqami: 909-IV.

ناوید یدعس

Inv.№ AP

7092-.

ناوید یناطلس

Inv.№ P N.

-909V.

Jabborov, N. (2021). “Firdavs ul-iqbol”–Ogahiyning badiiytarixiy nasrdagi

ilk tajribasi. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 3(3).

Jabborov, N. (2019). Ogahiy “Zubdatu-t-tavorix” asarining qo ‘lyozmalari

va adabiy manba sifatidagi qimmati. Oltin bitiglar–

Golden Scripts, 3(3).

Мадиримова, С. (2022). Мутриб хонахароб ва унинг адабий

мероси. Каталог монографий, 2(2), 3-137.

Madirimova, S. (2021). “Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi

Feruzshohiy” to ‘plamida Mutrib she’rlari. Oltin bitiglar–

Golden Scripts, 1(1).

Мадиримова, С. (2020). Text edition issue of mutrib poems. in

Library, 20(2), 1262-1274.

Мадиримова, С. (2020). Gazelles of Mutlib Khonakharob copied into Bayaz

manuscript. in Library, 20(2), 1-4.

Amonov, S. (2020). SCIENTIFIC DESCRIPTION OF THE MANUSCRIPTS OF

SOURCES DIVANS AKHMADA TABIBI. Theoretical & Applied

Science, (1), 316-319.

Amonov, S. (2021). Sources of ahmad tabibi’s creation. ACADEMICIA:

AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH

JOURNAL, 11(1), 90-95.

Amonov, S. (2023). Tabibiy debochalari. Oltin bitiglar–Golden Scripts, 2(2).

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. 1996. Мажолисун-нафоис. - Т.: "Фан".

Алишер Навоий. 1959. Хазойинул маоний. Наводир уш-шабоб. -Т.: Узбекистон Фанлар академияси нашриёти.

Алишер Навоий. 1989. Наводир уш-шабоб. - Т.: "Фан".

Алишер Навоий. 2011. Хазойин ул-маоний. Наводир уш-шабоб. -Т: "Tamaddun".

Бобожон Тарроҳ. 1994. Хоразм навозандалари. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва сан’ат нашриёти.

Девони Хожа Шамсиддин Муҳаммад Ҳофизи Шерозий. 1374/1995. -Теҳрон, Нашри жумҳурий.

Жумахўжа Н., Адизова И. 1995. Сўздин бақолироқ ёдгор йўқдур. - Т.: "Фан”.

Исҳоқов Ё. 2014. Сўз санъати сўзлиги. -Т.: "Ўзбекистон”.

Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси (Хазойин ул-маоний асосида). - Т.: "Фан", 1983. - Б. 116.

Комил Хоразмий. 2016. Ферузнома. - Т.: "TURON-IQBOL”.

Огаҳий. Асарлар. II жилд. Девон. 1972. - Т: Адабиёт ва санъат нашриёти.

Раҳим Д., Матрасул Ш., Жумахўжа Н. 1995. Феруз. - Т. "Ўзбекистон".

Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги қирралари. - Т.: Akademnashr, 2015.

Умарова, С. 2023. Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот усуллари ва мезонлари. Каталог монографий, 1(4), 3-90.

Феруз. Элга шоҳу ишққа қул. Девон. 1994. - Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти.

Эркинов А., Полвонов Н., Аминов Н. 2000. Муҳаммад Раҳимхон II -Феруз кутубхонаси феҳристи. - Т.: "Янги аср авлоди".

O'zR Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institute Qo'lyozma inv.raqami: 909-IV.

jljjj Qo'lyozma. Inv.raqami: AP7092-.

Majmua. Qo'lyozma. Inv.raqami: P N.909-V.

Jabborov, N. (2021). "Firdavs ul-iqbol"-Ogahiyning badiiytarixiy nasrdagi ilk tajribasi. Oltin bitiglar-Golden Scripts, 3(3).

Jabborov, N. (2019). Ogahiy "Zubdatu-t-tavorix” asarining qo 'lyozmalari va adabiy manba sifatidagi qimmati. Oltin bitiglar-Golden Scripts, 3(3).

Мадиримова, C. (2022). Мутриб хонахароб ва унинг адабий мероси. Каталог люнографий, 2(2), 3-137.

Madirimova, S. (2021). "Majmuayi muxammasoti ash-shuaroyi Feruzsho-hiy” to 'plamida Mutrib she’rlari. Oltin bitiglar-Golden Scripts, 1(1).

Мадиримова, С. (2020). Text edition issue of mutrib poems, in Library, 20(2), 1262-1274.

Мадиримова, C. (2020). Gazelles of Mutlib Khonakharob copied into Bayaz manuscript, in Library, 20(2), 1-4.

Amonov, S. (2020). SCIENTIFIC DESCRIPTION OF THE MANUSCRIPTS OF SOURCES DIVANS AKHMADA TABIBI. Theoretical & Applied Science, (1), 316-319.

Amonov, S. (2021). Sources of ahmad tabibi’s creation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 90-95.

Amonov, S. (2023). Tabibiy debochalari. Oltin bitiglar-Golden Scripts, 2(2).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов