Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
42-53
13
42
Поделиться
Якубова , С. (2023). Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri. Узбекистан: язык и культура, 1(2), 42–53. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp42-53
Севинчой Якубова , Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb masalalardan biri peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazning jadid she’riyatida qo‘llanilishi, badiiy estetik vazifalari tahlil etilgan. Unda mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazlar tadqiq etilib, jadid shoirlari ijodida mazkur obrazlarga yangi ma’no va mazmun yuklanganligi yoritib berilgan. Bu esa maqola muallifiga jadid she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy mohiyatini chuqurroq anglash va tushunishga imkon yaratgan.
Maqolada Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy she’rlari misolida peyzaj bilan bog‘liq obrazlarning XX asr boshlari o‘zbek she’riyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadid shoirlari ijodida ko‘p uchraydigan “quyosh, “oy” , “yulduz”, “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”, “binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlarning zohiriy va botiniy qirralari kuzatilib, muayyan umumlashmalar chiqarilgan.


background image

42

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)

ISSN 2181-922X 42—53

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik

obrazlar tasviri

Yoqubova Sevinchoy

1

Abstrakt

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb

masalalardan biri peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazning jadid she’riyatida
qo‘llanilishi, badiiy-estetik vazifalari tahlil etilgan. Unda mumtoz
adabiyotimizda keng qo‘llanilgan peyzaj bilan bog‘liq badiiy obrazlar
tadqiq etilib, jadid shoirlari ijodida mazkur obrazlarga yangi ma’no va
mazmun yuklanganligi yoritib berilgan. Bu esa maqola muallifiga jadid
she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy mohiyatini chuqurroq anglash va
tushunishga imkon yaratgan.

Maqolada Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy

she’rlari misolida peyzaj bilan bog‘liq obrazlarning XX asr boshlari o‘zbek
she’riyatidagi o‘rni o‘rganilgan. Jadid shoirlari ijodida ko‘p uchraydigan
“quyosh, “oy” , “yulduz”, “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”,
“binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlarning zohiriy va botiniy
qirralari kuzatilib, muayyan umumlashmalar chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

She’riy asar, adabiy janr, tuyg‘u va kechinma, lirik

qahramon, badiiylik, tasvir, ifoda, obrazlilik, ramz, o‘ziga xoslik.

Kirish

Istiqlol yillarida xalqimizning ma’naviy yuksalish yo‘lidagi

imkoniyatlarini kengaytirish, XX asr boshlarida yashab o‘tgan
ma’rifatparvar ijodkorlar adabiy merosini holisona o‘rganishga
e’tibor kuchaytirildi.

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoevning: “Ulug‘ ajdodlarimizning

aql-zakovati va badiiy dahosi bilan yaratilgan noyob asarlar,
xususan, matematika, mineralogiya, astronomiya, kimyo, tibbiyot,
farmatsevtika, me’morlik, tarix, adabiyot, san’at, ilohiyot, falsafa
va boshqa sohalarga oid manbalar nafaqat bizning xalqimiz, balki,

jahon ahlining bebaho boyligi hisoblanadi” [Mirziyoyev 2018, 18],

- degan so‘zlari milliy ma’naviyatimiz, xususan, adabiy merosimiz

1

Yoqubova Sevinchoy Islomjonovna -

tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-pochta:

sevinchoy.yakubova@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-4299-0730

Iqtibos uchun:

Yoqubova, S.I. 2022. "Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik

obrazlar tasviri".

O'zbekiston: til va madaniyat

2(2): 42-53.


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

43

namunalarini o‘rganishda o‘ziga xos yo‘l-yo‘riq vazifasini bajaradi.
Shu ma’noda o‘zbek va jahon xalqlarining noyob adabiy merosi
hisoblangan jadid adabiyotini, xususan, she’riyatini turli nuqtai
nazardan tadqiq etish alohida ahamiyatga molikdir.

XX asrning 20-yillariga kelib real hayotga yaqinlashgan

badiiy adabiyot millatning ruhini uyg‘otishga qaratilgan edi.
Adabiyotshunos B.Qosimov Abdulla Avloniyning “Tanlangan
asarlar”iga yozgan so‘zboshisida shoir ijodini kuzatib, jadid
she’riyatiga xos muhim va o‘ziga xos yangilanishlarni keltirib o‘tadi.
Bular: vaznning yangilanishi; poetik janrlarning yangilanishi; poetik
obrazlarning yangilanishi; she’rlarning sarlavhalanishi; an’anaviy

“hamd” va “na’t”lar mazmunining o‘zgarishidir [Avloniy 2020, 61].

Ustoz adabiyotshunos tomonidan tasniflangan ushbu xususiyatlar
nafaqat, Abdulla Avloniy, balki o‘sha paytda yashab ijod etgan
ko‘pgina jadid shoirlari she’riyati uchun xosdir.

Bu davrda jadid she’riyatining shakli va mazmuni bilan

bir qatorda obrazlar olamida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbek
mumtoz she’riyatida asrlar osha qo‘llanilib kelinayotgan an’anaviy
obrazlar doirasida XX asr boshlariga kelib, evrilish va yangilanishlar
yuz bera boshladi. Uzoq yillar davomida ilohiy ishq, inson ma’naviy
kamoloti bilan bog‘liq tuyg‘u-kechinmalarni ifodalashga xizmat qilib
kelgan bir qator poetik obrazlar jadid shoirlari she’riyatida ijtimoiy
hayot bilan bog‘liq muammolarni ifodalashga yo‘naltirildi.

Jajji bir tadqiqot doirasida jadid shoirlari she’riyatidagi poetik

obrazlarni to‘la holda tahlil qilish imkoniga ega bo‘lmaganligimiz
sababli ushbu maqolada peyzaj bilan bog‘liq obrazlarni o‘rganib,
muayyan umumlashmalarimizni ifodalashga harakat qildik.

Asosiy qism

Adabiyotshunos N.Afoqova aytganidek: “Jadid adabiyoti

- an’ana va yangilik kesishgan chorrahada maydonga kelgan
adabiyotdir... Ammo eskilik va yangilik aynan jadid adiblari ijodida

– she’riyatda ro‘baro‘ keldi” [Afoqova N. 2006, 9]. Buni biz poetik

obrazlar misolida yanada aniqroq tasavvur qilishimiz mumkin.

Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy,

Hamza Hakimzoda Niyoziy singari shoirlar ijodida peyzaj bilan
bog‘liq poetik obrazlar o‘ziga xos tarzda qo‘llanilgan. Ular she’rlarida
bu poetik obrazlarning yangilanishi ko‘zga tashlanadi.

Peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar Abdulhamid Cho‘lpon

she’riyatida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bunga shoirning “Somon
parcha”, “Yorug‘ yulduzga”, “Ko‘klam qayg‘usi”, “Po‘rtana”, “Binafsha”,


background image

44

Sevinchoy YOQUBOVA

“Kuz”, “Tun” va boshqa bir qator she’rlarini misol qilishimiz mum-
kin. Shoirning peyzaj lirikasida o‘zbek jadid she’riyatiga xos “quyosh,
“oy” , “yulduz” , “bulut”, “barg” , “gul”, “yo‘l” , “tong yeli”, “shamol”,
“binafsha”, “qish”, “ko‘klam” singari ko‘plab obrazlar ramziy ma’noda
qo‘llaniladi. Bunday obrazlar mohiyatiga shoirning ijtimoiy-siyosiy
qarashlari mohirona singdirilgan.

Cho‘lpon “Sharq nuri” nomli she’rida shunday deydi:

Kun ham Sharqdan, oy ham Sharqdan chiqadir,
Biroq bir sen G‘arbda chiqding va botding;
Shuning uchun mening sharqlik ruhimda.
Ajib mudhish, qo‘rqinch tuyg‘u uyg‘otding

.

Sharqning kuni kirsa bulut ostiga,
Sening so‘nuk kunlaringni o‘ylayman.
Botib borgan oyga qarab: “Ay yo‘qsul,
U ulug‘ nur senmasmu?” - deb so‘rayman

[Cho‘lpon 1991, 378].

Avvalo, she’rni o‘qir ekanmiz, kunning va oyning qaerdan

chiqib, qaerda botishi, uning shoir ruhiyatida mudhish, qo‘rqinch
tuyg‘ularni uyg‘otishi sababi nimada ekanligi kishini o‘yga toldiradi.
Biz ushbu misralarni botiniga e’tibor bersak, unda ifoda etilgan
ramziylikni tushunishimiz biroz osonlashadi.

She’r 1918-yilda yozilgan bo‘lib, unda inqilobdan umidvor

shoirning millatni ozod va erkin ko‘rish haqidagi orzulari sarobga
aylangani badiiy tasvirlangan. Ilm-ma’rifatning azaliy maskani
Sharq deb bilgan, o‘zini shu o‘lkaga daxldorigidan faxr etgan shoir
ushbu she’rida millat, uning kelajagi uchun iztirob chekayotgan,

XX asrning taloto‘mlaridan tashvishga tushgan lirik qahramon
dard-kechinmalarini shoirona tasvir etgan. Ushbu she’rda Cho‘lpon
Misrdan Chin-mochingacha bo‘lgan hududlarni tilga oladi. Shoir
talmeh san’ati vositasida Umar Xayyom, Bedil singari ulug‘ shoirlarni
esga olib o‘zining Sharq she’riyatining maftuni ekanligini badiiy
ifodalaydi.

Cho‘lpon bulut, nur, oy kabi an’anaviy ramziy obrazlar

vositasida millat boshiga kelgan qora kunlardan chuqur iztirob
chekadi. She’rda yurtining qayg‘uli kunlari botayotgan kunga, ya’ni,
quyoshga, bulut to‘la osmonga qiyoslanadi. Sharqli inson sifatida fikr
yuritayotgan shoir nafaqat o‘zbek millati, balki butun Sharq xalqi
uchun qayg‘uradi. Nido san’ati vositasida tuyg‘u va kechinmalar
ta’sirchan yoritilgan.

She’rning lirik qahramoni taqdir oldida taslim bo‘lishni

istamay “ulug‘ nur”dan, ya’ni vatanining yorug‘ kunlaridan umidvorlik


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

45

tuyg‘usini hamisha his qilib yashaydi.

To‘g‘rilik quyoshi chiqqanda bo‘shalib,
O‘z uchmohimga o‘zim kirayin!...

[Cho‘lpon 1991, 381].

“Mening tovushim” she’ridan olingan ushbu misralarda esa

shoir quyosh ramzidan foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. O‘zini
xalqdan ajratmay, uning bir zarrasi deb bilgan shoir lirik “men”i
qachonlardir, to‘g‘rilik quyoshi chiqishini, millat o‘z orzusidagi
hayotga erishishini chin yurakdan tilaydi va anashu kunlar
kelganda o‘zini jannatdagidek his qilishiga ishonadi. Ushbu misralar
mohiyatiga kelajakka umidvorlik tuyg‘ulari mohirona singdirilgan.

Cho‘lponning tabiat tasviriga bag‘ishlangan she’rlarining

botinida erk haqidagi orzularini ko‘rishimiz mumkin:

Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri,

Bu yerdan ko‘klarga uchgil

[Cho‘lpon 1991, 452].

Cho‘lpon tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlik va

hamohanglik zarurligini, bu jamiyat va insoniyat uchun tabiiy ehtiyoj
ekanligini kuyunib yozadi.

“Somon parcha” she’rida ham shu holat yaqqol namoyon

bo‘ladi:

Muhit girdobida bir somon parcha,
Bir poxol cho‘pidek oqib boraman
Har amal, har ishni “haq” deb boraman,
Vazminim qolmadi bir uzuq qilcha

[Cho‘lpon 1991, 481].

Shoirning ushbu she’rida tushkunlik kayfiyati ustunlik qiladi.

Unda lirik qahramon ruhiyatida umidsizlik va ilojsizlik tufayli paydo
bo‘lgan iztiroblar namayon bo‘ladi. Ammo bu uniig yo‘lidagi oxirgi
nuqta, so‘nggi to‘siq emas. She’rdagi “muhit girdobi” obrazi XX
asrning birinchi yarmidagi ko‘pgina odamlarning umri zavoli, gunohu
adashuvlari, armonlari, afsus-nadomatlarini ifodalashga qaratilgan.
O‘zini bir somon parcha deb bilgan lirik qahramon ham endilikda o‘z
davri-muhitining girdobida bir poxol cho‘pdek oqib boradi. U endi

«

har amal, har ishni «haq

»

deb

»

yashamoqqa mahkumdir. Chunki

kurashlardan charchab, o‘zini muhit erkiga topshirgan.

Shoir “Barg” she’rida esa shunday yozadi:

Ariqda suvlarning o‘ynoqi qo‘shig‘i
Shoxlarda uxlagan barglarni uyg‘otdi,
Ayniqsa, shamolning u yumshoq sho‘xligi
Shoxlarda barglarni titratdi, o‘ynatdi...


background image

46

Sevinchoy YOQUBOVA

O‘pmayman shu chog‘da farishta malakni,

O‘paman butoqda titragan bir bargni

[Cho‘lpon 1991,

436].

Tabiat sirlarini tushunish insonga hayot hodisalarining

mohiyatini anglashda ham katta yordam berishini yaxshi tushungan
shoir o‘z she’rlarida xilma-xil betakror tabiat lavhalarini yaratadi.

Cho‘lponning ushbu she’rida ko‘tarinki kayfiyat, hayot-

sevarlik, kelajakka umidvorlik ruhi ustivordir. U bahor paytida
tabiatning uyg‘onishidan ajib go‘zallikni his qila oladi. Ariqlarda
suvlarning shildirab oqishi lrik qahramon qalbiga o‘ynoqi qo‘shiqdek
ta’sir ko‘rsatadi. Uning ohangi esa shoxlardagi barglarni uyg‘otadi,
shamolning sho‘xligi esa barnglarni titratib, o‘ynatib yuboradi.
Bunda shoir tashxis san’ati vositasida tabiatdagi ro‘y bergan
o‘zgarishlarni nozik tasvirlaydi. She’rning oxirgi misralarida shoir
go‘zallikda tengsiz farishta malaklardan ko‘ra butoqda titrab turgan
bargni afzal ko‘radi.

Ko‘rinadiki, she’rdagi barg - tiriklik, yasharish faslining,

umrning eng go‘zal payti ramzidir. Shoir u orqali hayotni qariga
yetish, uning go‘zalligidan bahra olish haqida fikr yuritadi.

Cho‘lpon she’riyatining o‘ziga xosligi shundaki, uning lirik

qahramoni barngning shitirlashidan ham musiqiy ohangdorlikni
tuya oladi.

Yo‘llaringda “shitir ”etsa so‘lgan barg,
Qulog‘imga musiqalar keltirur;
Qachon sening musiqali ovozing,
Sening meni “suyganingni” bildirur?...

[Cho‘lpon 2016, 3]

.

Shoir yorni go‘zallarning malikasi, samoviy chiroyga ega qiyo-

fada tasvirlaydi. Mashuqa qadam tashlagan yo‘llardagi so‘lgan bargn-
ing shitirlashi ham oshiqqa musiqaday eshitiladi. Zotan, shoirning
lirik qahramoni – umidvor va vijdoni pok oshiq. U so‘nggi umidlariga
ishonib, ishqining asl manbai – ilohiy qudratdan, ko‘ngil tilaklaridan
kuch oladi.

Cho‘lponning peyzaj lirikasida “Ko‘klam qayg‘usi” she’ri

alohida ajralib turadi. Qish xayolidan endigina qutila boshlagan lirik
qahramon ko‘klam payti uqubatli uzun qish kechalarini eslashniyam
xohlamaydi. Ammo orziqib kutgan ko‘klam ham unchalik quvonchli
emas. Shoir bu holatni “Ko‘klam chog‘i … Sayroq bulbul sayramas,
Na uchunkim, tanburimning tili yo‘q” – deya tasvirlaydi. She’rning
keyingi misralari nafaqat g‘oyaviy yo‘nalishi, balki obraz va ifodalar-
ga boyligi bilan ham e’tiborga molikdir.


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

47

Yolg‘iz menmi ko‘klam chog‘i yig‘lagan?
Yolg‘iz menmi har umidda aldangan?
Yolg‘iz menmi ko‘kragimni tig‘lagan?
Yolg‘iz menmi sevinch bilan bo‘lmagan?
Ey ko‘klamning ko‘z tortg‘uvchi kelini,
Nima uchun yig‘latasan bir meni? …

[Cho‘lpon 1991, 451].

She’rda ko‘klam paytidagi tushkun holat bilan bahorning

betakror go‘zalligi o‘zaro parallel holda tasvirlangan. Iztirob, yig‘i,
aldanish singari tuyg‘ular lirik qahramon qalbiga azob beradi.
Ko‘klamdan katta umidlar kutgan lirik qahramon o‘z maqsadiga
erisha olmaydi. Uning orzusi xalqini erkin va ozod ko‘rishdir. Mazkur
o‘rinda ko‘klam, qish singari poetik obrazlar ramziy ma’noda kelgan
bo‘lib, ular orqali shoir o‘z qarashlarini shoirona ifoda etgan. Ushbu
misralarda tTajohilu orif va anafora mahorat bilan qo‘llanilgan.

Jadid shoirlarining peyzaj lirikasida yil fasllari tasviriga ham

alohida ahamiyat berilgan.

Mumtoz she’riyatda uzoq asrlar davom etib kelgan yil fasllari

tasviri bilan bog‘liq an’analar mavjud bo‘lib, shoirlarimiz ijodida
bahor, yoz, kuz, qish tasviriga maxsus she’rlar yaratilgan. Yil fasllari
shoirlarimiz uchun tabiat ko‘rki-jamolini tasvirlash bilan bir qatorda
inson ruhiy olamini yoritish, muayyan ijtimoiy muammoni aks
ettirishda vosita rolini o‘tagan. Bunday o‘rinlarda adabiyotshunos
Yo.Is’hoqov ta’kidlaganlaridek: “...peyzaj tasviri falsafiy, didaktik yoki
ijtimoiy ruhdagi biror g‘oya, maqsadni ifoda etish uchun o‘ziga xos

vosita rolini o‘taydi” …[Is’hoqov 1983, 22].

Nafaqat lirik she’riyat, balki katta ko‘lamdagi asarlarda ham

tabiat tasviriga keng murojaat etilgan. Bunga Alisher Navoiyning
“Xamsa” dostonlaridan misollar keltirish mumkin. Alisher Navoiy
Farhod, Layli, Majnun, Bahrom, Iskandar kabi qahramonlarining
ruhiyatini ochishda peyzajdan mohirona foydalangan.

XIX asr Xorazm adabiy muhitining yetuk vakili Ogahiy ham

peyzaj yaratish an’anasini mahorat bilan davom ettiradi, ayniqsa,
uning fasllar vasfiga bag‘ishlangan she’rlari e’tiborga molikdir:

“Navbahor ayyomi bo‘lsa har kim aysh-u bog‘siz,
Loladek bir lahza g‘amdin ko‘ngli ermas dog‘siz.

Kimsa bo‘lsa bog‘-u bo‘stonsiz, agar fasli bahor,

O‘yla nahlidurki bo‘lg‘oy shohau yafrog‘siz

[Ogahiy 1971, 220].

Ogahiyning bahor tasviriga bag‘ishlangan mazkur g‘azalida

g‘amginlik ruhi mujassamdir. Undagi navbahor, lola, bog‘, bo‘ston,


background image

48

Sevinchoy YAKUBOVA

shox, yaproq so‘z-tushunchalar orqali g‘amginlik, mahzunlik, shun-
ingdek muayyan darajada norozilik tuyg‘ulari ham ifodalanadi.
She’rda tabiatning bahor ayyomidagi go‘zal manzarasiyu, jamiyat-
dagi iqtisodiy nochor insonlar bir-biriga qarshi qo‘yiladi. Tabiat
manzarasi va inson taqdiri bog‘liqlikda aks ettiriladi [Matyoqubova

2010, 130].

XX boshlari o‘zbek she’riyatida asosan, inson dardini tabiat

voqea-hodisalariga bog‘lab tasvirlagan ko‘plab she’rlarni uchratam-
iz. Bu an’analar jadid shoirlarining ko‘pchiligi she’riyatida ham ijodiy
davom ettirildi.

Avloniy she’riy merosida yil fasllariga bag‘ishlangan alohida

turkum she’rlar mavjud. Ularning har biri yuksak e’tirofga loyiqdir.
Jumladan, “Bahor” she’rida shoir mehnat va harakatda bo‘lishning
foydalari haqida so‘z yuritadi:

Har kim nima eksa, albat, shuni o‘rodur,
Ekmag‘anlar o‘zgalarg‘a muhtoj bo‘lodur.
Keling, biz ham ekinimiz boshlab ekamiz,
Imtihonda ekg‘animiz o‘rib yig‘amiz.
Har kim avval bahorini o‘tkarsa bekor,
Yoz kelganda Hijron bo‘lur, ul Tangri bezor

[Avloniy

2006, 201].

Ma’rifatparvarlik ruhi yetakchilik qilgan ushbu she’rda-

gi bahor va yoz obrazlari shubhasiz, ijtimoiy hayot bilan bog‘liq
ma’no-mazmun ifodalaydi. Xalq maqollaridan unumli foydala-
na olishi ham shoirning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Shoir
“Har kim ekkanini o‘radi” maqoli vositasida fikrni ta’sirchan ifoda
etgan. She’rdagi bahor – mehnat, ilm egallash, o‘qib-o‘rganish, yoz
– imtihon, sarhisob ramzini ifodalab kelgan. Shoir ushbu obrazlar
orqali bolalarni bilimlarni chuqur egallashga, ma’rifatga da’vat etadi.

Avloniyning “Yoz” nomli she’r esa yuqoridagi she’rning

mantiqiy davomidek tuyuladi:

G‘ayratlilar g‘amini er vaqtinda,
Tirtishub ishlaydur g‘animat kunda.
Ishyoqmaslar yozda yurar guldurab,
Qish kelganda qolgay ko‘zi mo‘ltirab

[Avloniy 2006, 201].

Shoir ushbu she’rida mehnatsevarlik ruhi ustuvorlik

qilib, tinimsiz mehnat qilib, ter to‘kkan inson albatta, shodlikka
erishishini, zahmatkash inson undan rohat topishlari haqida fikr
yuritadi. G‘ayratli va ishyoqmas bir biriga zid qo‘yilib, tazod san’ati


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

49

qo‘llanilgan.

“Kuz” nomli she’rida ham Avloniy purma’no fikrlarini davom

ettiradi:

Kuz kuni ko‘zlara yamon ko‘rinur,

Yafrog‘i misli za’faron ko‘rinur.

Meva o‘rniga bog‘ – u bo‘stonda,
Shaldirab qaqshagan xazon ko‘rinur.
Gullar o‘rnida xor ila xashak.
Bulbul o‘rnida zag‘izg‘on ko‘rinur.
Ketgay Odam Atoni jannatidek,
Jo‘ylari bir sovur yilon ko‘rinur.
Yozni ko‘rding, kuzni ham ko‘rasan,

Shodlig‘ ortidan fig‘on ko‘rinur

[Avloniy 2006, 202].

Kuz fasliga bag‘ishlangan bu she’r orqali shoir bahor va yozda

nafsga berilib, vaqtini behuda o‘tkazgan, mehnat qilmay dangasali-
kni kasb qilganlarni tanqid ostiga oladi. Nafsga qul bo‘lishda davom
etsalar, hademay boshga qilich ko‘tarib qahraton qish ham kirib ke-
lishi mumkinligidan ogohlantiradi. She’rdagi yoz – mehnat, zahmat
chekish, kuz-hazon, yig‘im-terim, qish – mashaqqat, qiyinchilik fasli
sifatida beriladi. Didaktik ruhdagi ushbu she’r mohiyatiga “qish
g‘amini yozda ko‘r” maqoli mazmuni singdirilgan.

Shoir “Qish” she’rida shunday yozadi:

Kelsa qish, bo‘lsa sovuq, har kimg‘a me’yorincha vor:
Yo‘qg‘a – yo‘xcha , borlara – borincha vor.
Boylar yog‘liq palovni tanchada g‘amsiz emas,
Kambag‘allar och-yalang‘och chekg‘on ozorincha vor.
Yerlara tushgan qirovlar ham daraxtda bulduruq,
Yozni yashnab o‘sadurgon sabza gulzorincha vor.
Qish kuninda ho‘l o‘tinning achchig‘i,
Yoz kunining mushki totorincha vor

[Avloniy 2006, 202].

Abdulla Avloniyning ushbu she’rida qishning inson hayoti-

dagi o‘rni o‘ziga xos tarzda tasvirlangan. Shoir “bor-boricha, yo‘q
holicha” maqoli mazmunini she’r mohiyatiga singdirib, qishning
sovuq va izg‘irinli kunlari kishilar uchun mashaqqat ekanligiga urg‘u
beradi.

She’rda qishning ijtimoiy hayot bilan bog‘liq jihatlarini

tasvirlash bilan bir qatorda bu faslning o‘ziga xos, betakror
qirralarini ham yoritiladi. “Yerlara tushgan qirovlar ham daraxtda
bulduruq, Yozni yashnab o‘sadurgon sabza gulzorincha vor”. Bunda
yerga tushgan qirovlar, daraxtlardagi bulduruqlar yozdagi sabza


background image

50

Sevinchoy YAKUBOVA

gulzorlardan kam emasligi ifodasi orqali qishning o‘ziga xosligiga
e’tibor qaratiladi.

Umuman, Abdulla Avloniyning yil fasllariga bag‘ishlangan

she’rlari nafaqat real hayot voqeligini nazarda tutuvchi, ramziy
ma’noda esa inson umriga ham ishora qiluvchi ijod namunalaridri.
Ularda umrimizning bahorini ya’ni yoshlik yillarimizni behuda
o‘tkazmay, doimo harakat va izlanishda bo‘lsakgina baxt-u saodatga
erishishimiz mumkinligi targ‘ib etilgan.

Abdulla Avloniy ijodida “gul” obrazi ham o‘ziga xos o‘rin

tutadi:

Xor alindan bag‘ri qon o‘lmish, bo‘yanmish qona gul,

G‘uncha bag‘rin chok etub, afg‘on qilur afsona gul…

Yuzdagi holi emas, zolim tikonning yorasi,
Kecha – kunduz zahmi g‘am birlan butun o‘rtona gul…

Subhidamda yuzlarindan mavj uran shabnam emas,
Xor zulmindan to‘kar ko‘z yoshini durdona gul

[Avloniy

2006, 205].

Bu she’rdagi obrazlar ma’shuqa go‘zalligiyu, oshiq iztiroblari-

ni ifoda etmaydi. “Gul” obraziga chuqur ijtimoiy mazmun yuklangan
bo‘lib, gulning qizilligi xordan chekkan iztiroblari, g‘unchaning gulga
aylanishi barini choq qilishi, yuzidagi hol emas, zolim tikanning
yarasi, subhidamdagi tomchilar esa shabnam emas, gulning ko‘z
yoshlaridir. Bunday tasvirlar mustamlakachilik istibdodidan bag‘ri
qon bo‘lgan xalqning ramziy ifodasidir.

Hamza she’riyatidan ham yil fasllari vasfiga bag‘ishlangan

ko‘plab misollarni keltirish mumkin:

Bu Nihon qon yig‘layur millat uchun laylu nahor,
Yoz o‘tub, qish keldi holo, bizga bo‘lgan yo‘q bahor,

Sarsari bodi jaholat qilmak istar tor-u mor,
Chora shul: maktab ochaylik, shoyad o‘lsun sabzalar,

Ey musulmonlar, qachon bir darda darmon istariz?
Millata shavkat, taraqqiy, sha’nu davron istariz?

[Hamza 1988,

14].

Adabiyotshunos T.Matyoqubovaning ta’kidlashicha: "Mumtoz

shoirlar ijodida ko‘pincha qish baxtsizlik va musibat, kulfat, bahor
yoshlik va go‘zallik, mehnat va farog‘at ramzi sifatida ifodalansa,kuz-


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

51

hazon fasli sifatida tushkun bir kayfiyatning bo‘lajak fojeaning

darakchisi tarzida tasvirlanadi” [Matyoqubova 2010, 90].

Hamzaning yuqoridagi misralarini shu nuqtai nazardan

tahlil qilsak, yoz, qish, bahor ramziy ma’noda qo‘llanilgan. Millat
uchun qon yig‘layotgan lirik qahramon yaxshi kunlar o‘tib, qayg‘u-
li, musibatli kunlar boshlanganini yoz va qish ramzlari orqali ifoda
etadi. Farog‘atli kunlarni bahor ramzi orqali ifodalayotgan shoir
uchun millat dardiga davo bu maktab ochib ma’rifatga erishishdir.
Bu esa xalqni taraqqiyotga boshlaydi.

Ushbu she’rda millat va xalq kelajagi uchun iztirob

chekayotgan lirik “men”ning ichki kechinmalari shoirona ifoda
etilgan. Unda shoir fikr qarashlari turli obrazli ifoda va ramzlar
orqali tasvirlangan.

Xulosa

O‘zbek adabiyoti tarixida jadid she’riyatining o‘rni katta

bo‘lib, u nafaqat g‘oyaviy yo‘nalishi, balki badiiy o‘ziga xosligi bilan
ham yangi taraqqiyot pog‘anasiga ko‘tarilgan.

XX asrning boshlarida jadid she’riyatining shakli va mazmuni,

obrazlar olamida yangilanishlar yuz bera boshladi. Asrlar osha
ishq va u bilan bog‘liq tuyg‘u-kechinmalarni yoritishga qaratilgan
bir qator an’anaviy obrazlar jadid shoirlari ijodida davr, zamon va
ijtimoiy hayot bilan bog‘liq muammolarni ifodalashga yo‘naltirilgan.

Peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlarning jadid she’riyatida

qo‘llanilishi o‘ziga xos bo‘lib, u orqali shoirlarimiz olam, odam,
jamiyat, tabiat va inson haqidagi badiiy qarashlarini tasvir etishgan.
Peyzaj bilan bog‘liq obrazlar jadid she’riyatining dunyoviy va ijtimoiy
mohiyatini yanada chuqurlashtirgan.

Cho‘lpon, Avloniy, Hamza singari shoirlar ijodida yil fasllari,

tabiatning turfa xil manzaralari lirik qahramon ruhiy olami bilan
bog‘liqlikda tasvirlanadi. Bunda tabiatning ma’lum bir lavhasi yoki
manzarasi ijodkor qalamida poetik obraz shakliga kiradi va uning
badiiy maqsadi yo‘lida xizmat qiladi.

Jadid shoirlari ijodida millatparvar lirik qahramon siymosini

chizishda, erk, ozodlik, hurlik haqidagi qarashlarini ifodalashda,

she’riyatning botiniy mazmunini yanada kuchaytirishda peyzaj bilan
bog‘liq poetik obrazlar muhim vosita rolini o‘tagan.

Adabiyotlar

Мирзиёев, Шавкат. 2018, 18 май.

Ўзбекистон адабиёти ва санъати.

Тошкент.

Авлоний, Абдулла. 1998.

Танланган асарлар.

2 жилдлик. 1-жилд. Т.:


background image

Sevinchoy YAKUBOVA

52

Маънавият.

Афоқова, Нодира. 2006.

Ўзбек жадид адабиётида шеърий шакллар

тараққиёти тамойиллари.

Филол. фан. докт. дисс... авто

-

реф. Тошкент.

Йўлдошев, Нормат. 1994.

Чўлпон шеъриятида пейзаж.

Филол. фан.

номз. дисс. автореф. Тошкент.

Матёқубова, Тозагул. 2010.

Поэтик идрок ва маҳорат.

Тошкент: Фан

ва технология.

Чўлпон. 1991.

Яна олдим созимни.

Т.: Адабиёт ва санъат.

Чўлпон. 2016.

Асарлар.

4 -жилдлик. 1-жилд. Т.: Академнашр.

Қуронов, Дилмурод. 1998. “Йўл эсдалиги”да тагмаъно қатламига

доир.

Шарқ юлдузи.

1: 162. Тошкент.

Ҳамза, Ҳакимзода Ниёзий. 1988.

Тўла асарлар тўплами.

5 томлик.

2-том. Т.: Фан.

Description of poetic images related to

landscape in Jadid poetry

Yakubova Sevinchoy

1

Abstract

This article analyzes the use of the artistic image related to the

landscape, which is one of the topical issues in literary studies, in modern
poetry, and its artistic and aesthetic functions. It analyzes the artistic
images related to the landscape widely used in our classical literature, and
it is explained that new meaning and meaning are given to these images in
the works of modern poets.

This allowed the author of the article to gain a deeper understanding

of the worldly and social nature of modern poetry. The article examines the
role of images related to the landscape in Uzbek poetry of the beginning of
the 20th century on the example of the poems of Cholpon, Abdulla Avloni,
Hamza Hakimzada Niyazi. «sun», «moon», «star», «cloud», «leaf», «flower»,
«road», «morning», «wind», «purple», «winter», which are often found
in the works of Jadid poets. the external and internal aspects of many
images such as «koklam» were observed and certain generalizations were
made. Keywords Image, modern poetry, tradition, originality, poem, verse,
artistry, inner content.

Key words:

poetic work, literary genre, emotions and experiences,

1

Sevinchoy Yakubova

, applicant for PhD researcher of Tashkent State University of

Uzbek Language and Literature.

E-pochta:

sevinchoy.yakubova@mail.ru

ORCID ID:

0000-0002-4299-0730

For citation:

Yakubova S. 2022. "Description of poetic images related to landscape

in Jadid poetry".

Uzbekistan: Language and Culture

2(2): 42-53.


background image

Jadid she’riyatida peyzaj bilan bog‘liq poetik obrazlar tasviri

53

lyrical hero, art, image, expression, imagery, symbol, originality.

References

Mirziyoyev, Shavkat. 2018, 18 - may. O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.

Toshkent.

Avloniy, Abdulla. 1998.

Tanlangan asarlar.

2 jildlik. 1-jild. Toshkent:

Ma’naviyat

Afoqova, Nodira. 2006.

O‘zbek jadid adabiyotida she’riy shakllar taraqqiyoti

tamoyillari.

Filol. fan. dokt. diss… avtoref. Toshkent.

Yo‘ldoshev, Normat. 1994.

Cho‘lpon she’riyatida peyzaj.

Filol. Fan. nomz.

diss… avtoref. Toshkent.

Matyoqubova, Tozagul. 2010.

Poetik idrok va mahorat.

T.: Fan va

texnologiya.

Cho‘lpon. 1991.

Yana oldim sozimni.

T.: Adabiyot va san’at nashriyoti.

Cho‘lpon. 2016.

Asarlar.

4 –jildlik. 1-jild. T.: Akademnashr.

Quronov, Dilmurod. 1998. “Yo‘l esdaligi”da tagma’no qatlamiga doir.

Sharq

yulduzi

1:162. Toshkent.

Hamza, Hakimzoda Niyoziy. 1988.

To‘la asarlar to‘plami.

5 tomlik. 2-tom.

T.: Fan.

Библиографические ссылки

Мирзиёев, Шавкат. 2018, 18 май. Ўзбекистон адабиёти ва санъати. Тошкент.

Авлоний, Абдулла. 1998. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 1-жилд. Т.Маънавият.

Афоқова, Нодира. 2006. Ўзбек жадид адабиётида шеърий шакллар тараққиёти тамойиллари. Филол. фан. докт. дисс... авто - реф. Тошкент.

Йўлдошев, Нормат. 1994. Чўлпон шеъриятида пейзаж. Филол. фан. номз. дисс. автореф. Тошкент.

Матёқубова, Тозагул. 2010. Поэтик идрок ва маҳорат. Тошкент: Фан ва технология.

Чўлпон. 1991. Яна олдим созимни. Т.: Адабиёт ва санъат.

Чўлпон. 2016. Асарлар. 4 -жилдлик. 1-жилд. Т.: Академнашр.

Қуронов, Дилмурод. 1998. “Йўл эсдалиги”да тагмаъно қатламига доир. Шарқ юлдузи. 1: 162. Тошкент.

Ҳамза, Ҳакимзода Ниёзий. 1988. Тўла асарлар тўплами. 5 томлик. 2-том. Т.: Фан.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов