She’riyatda Me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
85-94
35
6
Поделиться
Авазова, Д. . (2023). She’riyatda Me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida). Узбекистан: язык и культура, 1(2), 85–94. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss2-y2022-pp85-94
Дильфуза Авазова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои

базовый докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Me’roj kechasining she’riyatda aks etishi muhokama qilinadi. Me’roj kechasini tasvirlashda Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripovning ijodidan misollar keltirib, tahlil qilinadi va bu uchijodkor she’rlaridagi mavzuning mushtarak va farqli jihatlari o‘rganiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ga na’t yanglig‘ yaratilgan asarlarda me’roj kechasining tasviri alohida o‘rin tutishi, bu kechaning musulmon sharq adabiyotida o‘ziga xos obraz darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek, Isro va Me’roj kechalarining farqi xususida mulohazalar bayon etilgan. Bu tasvirlar mumtoz shoirlarimizda yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligi va A.Oripovda sokin va bosiq holatda yoritilganligi badiiy asarlardan keltirilgan misollar yordamida dalillanadi. Me’roj kechasidagi voqea- hodisalar ketma-ketligi har uchala ijodkorning she’riy asari misolida ko‘rib chiqiladi va shular asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.


background image

Uzbekistan: Language and Culture 2022/2(2)

85

ISSN 2181-922X 85—94

She’riyatda Me’roj kechasi tasviri

(Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

Dilfuza Avazova

1

Abstrakt

Ushbu maqolada Me’roj kechasining she’riyatda aks etishi

muhokama qilinadi. Me’roj kechasini tasvirlashda Alisher Navoiy, Furqat
va Abdulla Oripovning ijodidan misollar keltirib, tahlil qilinadi va bu uch
ijodkor she’rlaridagi mavzuning mushtarak va farqli jihatlari o‘rganiladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ga na’t yanglig‘ yaratilgan asarlarda
me’roj kechasining tasviri alohida o‘rin tutishi, bu kechaning musulmon
sharq adabiyotida o‘ziga xos obraz darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek,
Isro va Me’roj kechalarining farqi xususida mulohazalar bayon etilgan.
Bu tasvirlar mumtoz shoirlarimizda yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligi
va A.Oripovda sokin va bosiq holatda yoritilganligi badiiy asarlardan
keltirilgan misollar yordamida dalillanadi. Me’roj kechasidagi voqea-
hodisalar ketma-ketligi har uchala ijodkorning she’riy asari misolida ko‘rib
chiqiladi va shular asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.

Kalit so‘zlar:

Me’roj kechasi, isro kechasi, Muhammad (s. a. v), Bu

-

roq, Rafraf, shafoat, ummat, tasvir.

Kirish

So‘z faqat muloqot vositasigina emas, odamzod tafakkuri-

ning, ruhiyatining namoyon bo‘lish usuli hamdir. Inson qalbi, uning
o‘y-xayollari va tuyg‘ulari she’rda yana ham ta’sirliroq ifodalanadi.
Mumtoz o‘zbek adabiyotining asosiy mavzusi bo‘lgan ishqning
mohiyatini Alloh taolo va uning Rasuliga bo‘lgan muhabbat tashkil
etadi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodida Haq taologa
hamd bilan birga Rasululloh alayhissalom vasfi yetakchi o‘rin tutadi.
Ulug‘ shoir asarlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) obrazi yuksak fasohat
va balog‘at bilan tasvirlangan. Alisher Navoiy she’riyati, bu jihatdan,
undan keyingi barcha shoiru adiblar ijodi uchun o‘ziga xos poetik
mezon vazifasini o‘tagani ayon.

Payg‘ambarimiz (s. a. v.) tasviri bor o‘rinda, albatta, Me’roj

1

Avazova Dilfuza Ravshanovna

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek

tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti.

E-mail:

dilfuzaavazova2206@mail.ru

Iqtibos uchun

: Avazova D. 2022. "She’riyatda me’roj kechasi tasviri (A.Navoiy,

Furqat va A.Oripov ijodi misolida)".

O‘zbekiston: til va madaniyat

2(2):

85-94.


background image

86

Dilfuza

AVAZOVA

tuni ham madh etiladi. Me’roj Hazrat Payg‘ambarimizga berilgan
ulug‘ mo‘jizalardan biridir. Boshqa biror payg‘ambarga bunday
ulug‘ maqom berilmagan. Me’roj voqeasiga insonning aqli yetmaydi.
Uning zamon, makon va masofa kabi tushunchalarni anglatishga har
qanday qalam ojiz. Shunday bo‘lsa-da, shoirlar bu voqelikni u yoki
bu darajada o‘z badiiy asarlarida namoyon qilishga harakat qilganlar.

Adabiyot tarixida Me’roj voqeasiga bag‘ishlangan alohida

asarlar yaratilgan. Shu bilan birga, muayyan badiiy asar tarkibida
bu ilohiy hodisani yorituvchi boblar yoki qismlar keltirilgan. “Navoiy
asarlarining izohli lug‘ati”da “me’roj” so‘zining birinchi ma’nosi
“shoti”, “narvon”, ikkinchi ma’nosi “yuqoriga (ko‘kka) ko‘tarilish”,
uchinchi ma’nosi Muhammad payg‘ambarning Makkadan Quddusga

borishi va Quddusdan ko‘kka chiqishi, deb izoh berilgan [1, 432].

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Nubuvvat va risolat
kitobi”da Me’roj va Isro hodisasi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni
keltiradi: “Muhaddislar rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz
sollallohu vasallam xufton namozidan so‘ng Ummu Honi’ binti Abu
Tolibning uyida uxlab yotganlarida Isro hodisasi boshlandi. O‘sha
kechada Baytul Maqdisga Buroq nomli hayvonga minib bordilar.
So‘ngra u yerdagi katta xarsangtosh ustida turganlarida Me’rojga

ko‘tarildilar” [7; 176]. Ma’lum bo‘ladiki, izohli lug‘atda me’rojning

istilohiy ma’nosini ta’riflashda Isro hodisasi ham qo‘shib yuborilgan.
Isro bilan me’rojni bir-biridan farqlash lozim. Isro – bu Muhammad
(a.s.) ning Makkadan Qudsga – Aqso masjidiga borishlari. Me’roj
Aqsodan osmonga ko‘tarilib samoviy sayr qilib qaytganlaridir. Shu
me’roj kechasida musulmonlar zimmasiga besh vaqt namoz o‘qish
farz qilingan. Isro va me’roj kechasi har yili rajab oyining 27-kechasi
diniy bayram sifatida nishonlanadi.

Bu hodisa “Qisasi Rabg‘uziy”da quyidagicha tasvirlangan:

Me’roj kechasi voqealari beriladi. Bu kechada Muhammadning
(sollallohu alayhi va sallam) ko‘ksini farishtalar yorib, yuragini
imon va hikmat to‘la oltin idishda yuvib, joyiga qo‘yadilar. Buroqqa
mindirib, Makkadan Baytul Maqdisga olib chiqadilar. Hazrati
Jabroil bilan birinchi osmonda Odamni (alayhissalom), ikkinchi
osmonda Iso va Yahyoni (alayhimussalom), uchinchi osmonda
Yusufni (alayhissalom), to‘rtinchi osmonda Idrisni (alayhissalom),
beshinchi osmonda Horunni (alayhissalom), oltinchi osmonda
Musoni (alayhissalom), yettinchi osmonda Ibrohimni (alayhissalom)
ko‘radilar.

Alloh Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ummatlari

uchun bir kunda 50 marta namoz o‘qishni buyurdi. Muhammad


background image

She’riyatda me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

87

(sollallohu alayhi va sallam) rozi bo‘lib tushayotganda, Muso
(alayhissalom): «Ummatlaring bir kunda 50 marta namoz o‘qishni
uddalay olmaydilar, qaytib chiqib, uni kamaytirgin», deb maslahat
beradi. Muhammadning (sollallohu alayhi va sallam) qayta-qayta
so‘rovidan so‘ng ummatlarga bir kunda besh vaqt namoz farz
qilingan. Yana uqtirildiki, ikki rakat namozdan so‘ng «Attahiyyot...»ni
o‘qish savobi yetti qavat osmondagi barcha farishtalarning bir kungi
ibodati savobiga teng bo‘lur.

Muhammadni (sollallohu alayhi va sallam) jannatga olib

kirdilar. Jannat ajoyibotlarini ko‘radi. Jannatda Idris (alayhissalom)
bilan uchrashdilar. Idris (alayhissalom): «Ey Muhammad, qani endi
men sening ummating bo‘lsam edi», deb orzu qiladi.

Asosiy qism

Me’roj haqida yozish har bir shoirda uchraydigan an’anaviy

mavzu bo‘lgani haqida M.Muhiddinov yozadi: “Qayd etamizki,
Payg‘ambar me’roji haqida shoirlar ko‘p yozganlar, bu voqea o‘zining
xayolot va tasavvurotlariga boyligi, sufiyona karomatu tavajjuh
va ishqu oshiqlik tushunchalari bilan yaqinligi balki bunga sabab
bo‘lgandir. Me’roj kechasi haqida qasida va g‘azallar ham yozilgan.
Aftidan, bu an’anaviy mavzulardan hisoblanib, har bir shoir bunda

ham kuchini sinab ko‘rgan” [3; 50].

Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida 5 bob

me’roj kechasiga bag‘ishlangan. Me’roj xabari keltirilishi Navoiyda
quyidagicha tasvirlangan:

«Ki yetsun olam ahlidin nihoni,

Muhib sarvaqtig‘a mahbubi joni».
Bu so‘z mahbub eshitgach lol bo‘ldi,

Navidi vasldin behol bo‘ldi [4; 18].

Bu yerda olam ahlidan yashirin holatda sevgan huzuriga

sevimli keltirilsin, degan fikrni eshitgach, Payg‘ambarimiz (s. a. v.)
ning holatlari ham tasvirlangan: Bu so‘zni eshitgan sevimli hayron
bo‘ldi, vasl xushxabarini eshitib beholga aylandi. Navoiy mana shu
tarzda o‘quvchini Me’roj voqeasiga tayyorlab boradi.

Furqatning “Hajnoma”sida ham me’roj talqini mavjud.

To‘rtinchi tarji’ ayni voqelik tasviriga bag‘ishlangan. Tarji’ quyidagi
baytlar bilan boshlanadi:

Risolat tojdori shohi “Lav lak”,
Nubuvvat bahrida bir gavhari pok.
Baytda “Lav laka lama xolaqtu-l-aflak” - (Ey Muhammad,)


background image

88

Dilfuza

AVAZOVA

agar sen bo‘lmasang edi, men bu falaklarni yaratmagan bo‘lardim”)
mazmunidagi hadisi qudsiydan qisman iqtibos olingani haqida
professor N.Jabborov dissertatsiyasida ma’lumot uchraydi [2;

100]. Aksar ilmiy asarlarda, jumladan, “Qisasi Rabg‘uziy”da bayon

qilinishicha, payg‘ambar alayhissalom me’rojga chiqqanida xuddi
shu mazmundagi hadisi qudsiy nozil bo‘lgan. Furqat xuddi shunga
ishora qilmoqda. Demak, mazkur baytdagi “Lav lak” ham iqtibos
san’ati namunasidir. Furqat Payg‘ambarimiz (s.a.v)ni “Lav lak”
hadisining shohi bo‘lgan zot, nabiylik dengizining pok gavhari deb
ta’riflaydi.

Shoirning yozishicha, nabiy alayhissalom shunday bir

maqomga ko‘tarildiki, hilol ul zot mingan ot-Buroqning oyog‘iga taqa
bo‘ldi:

Hilol erdi Buroqi summig‘a na’l,
O‘shal oqshomki, qildi sayri aflok.

Bu o‘rinda tashbeh, mubolag‘a kabi she’riy san’atlar orqali

butun borliq Allohning izni bilan Muhammad (s. a. v.)ning ko‘kka
chiqishi uchun xizmat qilgani tasvirlanadi.

Bu kabi tasvirlar Alisher Navoiyda ham bor. “Farhod va

Shirin”da keltirilgan me’roj tasvirida butun koinot bu tashrifdan
mamnunligi ochib beriladi:

Qamarg‘a chun xiromi tavsan aylab,
Yuzi xurshedi oni ravshan aylab.
Atorud bodroyidin bo‘lub shod,
Berib avroqu ajzosini barbod.
Yeturgach Zuhraga davlat rikobi,
Dafin yirtib qudumi ehtisobi.
Quyoshqa chun surub gardun xiromin,
Uyotdin yer quyi aylab maqomin.
Chopib Bahromg‘a raxshin chu yaksar,
Bo‘lub ul nahsi ag‘sar Sa’di Akbar.
Tushub chun Mushtariy sori mururi,
Quyoshni yoshurub har lam’a nuri.

Navoiy shu tariqa Oy, Venera, Yupiter, Merkuriy, Mars

kabi sayyoralarni sanab o‘tar ekan, ularning har birini o‘z
xususiyatidan kelib chiqqan holda tasvirlaydi. Ularni umumiy bir
jihat: payg‘ambarimiz (s. a. v.) tashrifidan xursandlik birlashtirib
turadi. Shu sababli ham Oyning nuri Nabiy(s. a. v.)ning yuzidan
qaytgan nur tufayli ravshan bo‘lishi, Atorud (Yupiter, kotib sifatida
tasvirlanadigan sayyora) qog‘oz qalamlarini unutishi, Marsning baxt


background image

89

She’riyatda me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

yulduziga aylanishi Muhammad (s. a. v.)ning ko‘kka parvozi bilan
bog‘liq holda tasvirlanadi.

Alisher Navoiyda Buroq timsoli quyidagicha tasvirlangan:

Chu Kursi to‘ridin piroya topib,
Biyik Lavhu Qalamdek poya topib.
Yuqorroq ko‘rguzub chun raxshi novard,
Chiqorib lomakon maydonidin gard.
Tushub andin biyik chun ittifoqi,
Borib andoqki tebranmay Buroqi.
Samandin tashlagach ul ma’naviy ganj,
Samandidek tutub paykin dog‘i ranj.
Quvonib roybo‘si birla Rafraf,
Maloyik yer O‘pub ollida saf-saf.

Payg‘ambar (s. a. v.)ni ko‘kka, Lavhul Mahfuzga chiqargan

ot – Buroq Muhib va mahbubni xoli qoldirishi, shundan so‘nggina
uning oldida saf-saf bo‘lib yer o‘pgan maloikalar paydo bo‘lishi
tasvirlangan.

Furqat ijodida bu holat quyidagicha:

Buroqu, Jabroilu qoldi Rafraf,
Yetushdi o‘zi Haq qurbig‘a cholok.

Hamma sheriklardan xoli bo‘lgan holatda Haqqa yetishdi

degan fikr yuqoridagi baytda badiiy istifodasini topgan. Ya’ni Alloh
va Muhammad (s. a. v.) o‘rtasida hech bir vosita, aloqa qolmagandan
keyin ular bir-biriga yetishdi. Buni qaysidir ma’noda dunyoga doir
hech bir ehtiyoj qolmaganda Haqqa yetishish mumkin, deb talqin
qilsak ham bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rganimiz Alisher Navoiy hamda Furqat asarlarida

me’roj kechasi batafsil tasvirlangan bo‘lsa, Abdulla Oripovning “Haj
daftari”da 3 bandli she’r orqali bayon etilgan. She’rning birinchi
bandi quyidagicha:

Arshning suluv oti – nurqanot Buroq,
Eltdi Muhammadni oliy dargohga.
Tasviri joizmas bu holni, biroq
Visol nasib etdi Rasulullohga.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, A.Oripov tasvirida qisqalik va

aniqlik ustuvor. Shoir bir baytning o‘zidayoq Buroq orqali Arshi
a’loga ko‘tarilgan Muhammad (s.a.v)ning holatlarini so‘z bilan bayon
etarkan, bu holning tasviri joiz emas, degan fikrni ilgari suradi. Bu
bilan shoir ikki holatni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Birinchidan,


background image

90

Dilfuza

AVAZOVA

ruh bilan bog‘liq sirlar ta’qiqlangan ilmlar sirasiga kirishi islom
olamida ma’lum va mashhur. Me’roj kechasi ham ayni ruhoniyat bilan
bog‘liq jarayon bo‘lganligi tufayli ham shoir joiz emas, deb yozgan
bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, Yaratganning vasliga, Oliy Jamolga
yetgan bandaning holatini, undagi hayrat va sururni qaysi so‘z bilan
tasvirlash mumkinligini bilmaganligi uchun ham tasviri joizmas bu
holni, deb yozgandir. Har ikki holatda ham ifoda go‘zal, tasvir aniq.

Visol holati Navoiyda quyidagicha:

Chiqorib o‘zlugi tufrog‘idin gard,
Ne o‘zlukkim, o‘zidin ham bo‘lub fard.
Makoni bo‘lmayin juz bemakonliq,
Nishoni qolmayin juz benishonliq.
Chu qolmay ne nishoni, ne makoni,
Topib maqsad makonidin nishoni.
... Inoyat ilgi olamdin nihoni,
Harimi vahdat ichra chekti oni.

Muhammad (s. a. v.) ning Haq bilan yuzlashuvi tasvirida ul

zotning o‘zlik tuprog‘idan ajralgani, lomakonlik, ya’ni makondan
tashqarilik, nishonsizlik, ya’ni jismning ma’lum bo‘lmasligi, vahdat
ichida mavjud bo‘lishi kabi holatlar yuksak pafos bilfn sug‘orilganini
kuzatish mumkin.

Furqatning “Hajnoma”sida Haq bilan yuzlashish quyidagicha:

Dedi Tangri: “Habibim, yo Muhammad,
Tila mandin bu dam “Inno a’toynak”.

Shuni e’tiborga olish lozimki, Furqat ushbu asarida hadis va

qur’on oyatlaridan o‘rinli foydalangan. Iqtibos she’riy san’atining
go‘zal namunalarini yaratgan. Yuqoridagi baytda ham “Kavsar”
surasining birinchi oyatidan parcha keltirmoqda va bu bayt
mazmuniga ham, tarji’bandning umumiy qofiyasiga ham mos
tushgan. Alisher Navoiyda ham oyatlarga ishora qilingan o‘rinlar
anchagina. Chunonchi:

Sururgach «Motag‘o» tufrog‘in ul bog‘,
Chekildi nargisiga kuhli «mo zog‘».

Baytidagi “Motag‘o”, “mo zog‘” kabi so‘zlar Muhammad (s. a. v.)

madh qilingan oyatdan olingan so‘zlar sirasiga kiradi. Bu o‘rinda
Navoiy ham iqtibos san’atidan foydalangan.

Furqat va Alisher Navoiyda iqtibos asosidagi oyat va

hadislarni keltirish holati ko‘p uchraydi. Ammo bu holat Abdulla
Oripovning “Haj daftari”da uchramaydi. Lekin mazkur to‘rhplamda


background image

She’riyatda me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

91

hadislar mazmuni she’riy shaklda sharhlangan. Istiqlolning dastlabki
yillaridayoq yaratilgan bu badiiy obida adabiyotga irfon, ilohiyot kabi
mavzularning qayta jonlanishi uchun debocha vazifasini bajargani
aniq.

Alisher Navoiy Muhammad (s. a. v.)ning ummatlari gunohini

Fllohdan so‘rab olishini quyidagicha ifodalagan:

O‘zin Kim aylabon, lekin topib Haq,
Ko‘runmay kimsa Haqdin ayru mutlaq.
Vujudi ko‘rmadi juz Haq vujudi,
Tuzuldi Haq kalomidin surudi.
Surudi nag‘mau lahni kamohi,
Shafoat aylamak ummat gunohi.
Chu aylab Haq tilidin ul shafoat,
Bo‘lub ham Haq javobidin ijobat.

Ulug‘ shoir Payg‘ambarimizning vasldagi holatini Haqdan

boshqani mutlaq ko‘rmasdi, degan ifoda bilan nihoyatda aniq
tasvirlar ekan, Haqning so‘zlaridan o‘ziga kelganini ta’kidlaydi.
Shuningdek, “tila tilagingni”, degan xitobga javoban ummat gunohini
shafoat aylamoqni so‘rashi Muhammad (s. a. v.) ning naqadar
jonkuyar, ummatlariga mehribon zot bo‘lganini ko‘rsatadi.

Shafoat tilash Furqatda quyidagicha tasvirlangan:
Shoir nabiylar sarvarining faqat ummatlari g‘amini o‘ylagan

mehribon zot bo‘lganligini ummatlarning osiyu saffoku bebok kabi
sifatlarini ketma-ket keltirish orqali tansiqu-s-sifat san’ati vositasida
shunday ifodalaydi:

Dedikim: “Ummatimni mag‘firat qil,
Erurlar osiyu saffoku bebok”.
Abdulla Oripovda bu holat quyidagicha:
Ne-ne payg‘ambarlar jam bo‘lib biryon
Rasulni o‘zlarin qavmi deb bildi.
Minnatdor Muhammad shod bo‘lib chunon
Allohdan shafqatni iltimos qildi.

Sodda, ravon holatda payg‘ambarimizning ummatlari uchun

shafqat so‘ragani bayon etilgan.

Keyingi baytlarda shoir Haq taolo tilidan payg‘ambar

alayhissalomning “Shafi’ ul-muznibdin” (Hadisdan olingan. Ma’nosi:
gunohlarni shafoat qiluvchi), “rahmatan lil-olamin” kabi sifatlarini
zikr qiladi:

Dedi Haqkim: “Shafi’ ul-muznibinsan,


background image

92

Dilfuza

AVAZOVA

Gunahdin ummati osiyg‘a ne bok?
Vujuding rahmatan lil-olamindur,
O‘lursan, yo habibim, nega g‘amnok?”

Ushbu misralardagi umidbaxshlik, Yaratganning cheksiz

marhamatidan umidvorlik Navoiydagi

Kimki ulus ichra gunahkarroq,

Afvu muruvvatga sazovorroq

baytini yodga soladi.

Abdulla Oripovda afv etish holati quyidagicha tasvirlangan:

Arshdan javob keldi: — Ayo, Muhammad,

Avval bir gapimni fahm etib ko‘rgil.
Do‘stlikda iltimos bo‘lmagay minba’d,
Men ham buyurgayman, sen ham buyurgil.

Bu o‘rinda Muhammad (s. a. v.)ning Habib (do‘st) sifatiga

urg‘u berilgan. Shu sababli ham do‘stlar bir-biriga iltimosgina emas,
balki buyrkq berishi ham mumkinligi aytilgan she’rda.

Navoiyda:
Taolallo, ne Hayyu Qodiri pok,
Ki, Aqli Kull anga deb: «Mo arafnok».

Furqatda:
Zihi zotiki, avsofida xoma,
Hurufi yozmadi juz “Mo arafnok”.

Har ikki shoir ham “Seni keragicha bilmaganmiz...” so‘zlari

bilan boshlanuvchi oyatga ishora qilmoqda va ikkala o‘rinda ham
Yaratgan nazarda tutilgan. Ayni shu o‘rinlarda tazarru, nadomat kabi
tuyg‘ular o‘quvchiga ham yuqadi. She’rning, umuman, adabiyotning
ruhni tozartiruvchi kuchi, ehtimol, shundadir.

Furqatning “Hajnoma” tarji’bandidagi me’roj kechasiga

bag‘ishlangan to‘rtinchi tarji’ quyidagi misralar bilan tugaydi:

Hamisha ravzasida yastanib xok,
Ki yetmish ming malakdir posboni.

Xulosa

Yuqoridagi mulohazalarimiz asosida quyidagicha xulosalar-

ga kelish mumkin:

1. Me’roj kechasi va Isro tuni ayni bir tushunchani

ifodalamaydi.

2. Me’roj kechasi adabiyotda Payg‘ambarimiz Muhammad

(s. a. v.)ga na’t yanglig‘ bitilgan bitiklarda ham, alohida dostonning
boblarida ham uchraydi.

3. Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodida me’roj


background image

She’riyatda me’roj kechasi tasviri (Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripov ijodi misolida)

93

kechasi o‘ziga xos tarzda o‘zaro mushtarak holatda tasvirlangan.

4. Iqtibos san’ati (oyat va hadislardan she’rda misol

keltirish) Navoiy va Furqatda ko‘p uchragani holda, A.Oripovda
deyarli uchramaydi. “Haj daftari” muallifi oyat va hadislarni aynan
keltirmasdan, mazmunini saqlagan holatda berishga harakat qilgan.

5. Me’roj voqeasi tasviri Navoiy va Furqatda yuksak pafos

bilan tasvirlangan bo‘lsa, A.Oripovda bir qadar bosiqlik va sokinlik
bilan yoritilgan.

Adabiyotlar

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати.

1984. Эргаш

Фозилов таҳрири остида. 3-том. Тошкент: Фан.

Жабборов, Нурбой. 2004.

Фурқатнинг хориждаги ҳаёти ва ижодий

мероси: манбалари, матний тадқиқи, поэтикаси.

Филол.

фан.докт.дисс. Тошкент.

Муҳиддинов, Муслиҳиддин. 2015.

Комил инсон – адабиёт идеали

.

Тошкент. Маънавият.

Алишер, Навоий. 1991. МАТ. 8 жилд. Тошкент: Фан.

Орипов, Абдулла. 1993.

Ҳикмат садолари.

Тошкент. Фан.

Насуриддин, Рабғузий. 1991.

Қисаси Рабғузий.

Тошкент: Ёзувчи.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. 2006.

Нубувват ва рисолат

китоби.

Тошкент. Мовароуннаҳр.

Жабборов, Нурбой. 26.07.2019. Ҳаж маърифати.

Ўзбекистон адабиёти

ва санъати

. №30.

The image of the night of miroj in poetry

(Example of the works of A. Navoiy, Furkat and A. Oripov)

Dilfuza Avazova

1

Abstract

This article discusses the reflection of Miraj night in poetry. In the

description of the Miraj night, examples from the works of Alisher Navoi,
Furqat and Abdulla Oripov are analyzed and the common and different as-
pects of the theme in the poems of these three authors are studied. The
description of the Night of Miraj occupies a special place in the works ded-
icated to our Prophet Muhammad (blessings to him and his relatives), the

1

Avazova Dilfuza Ravshanovna

– a doctoral student of Tashkent State University

of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

dilfuzaavazova2206@mail.ru

For citation:

Avazova, D.R. 2022. “The Image of the Night of Miroj in Poetry (Ex-

ample of the Works of A.Navoiy, Furkat and A.Oripov)”.

Uzbekistna: language and

culture

2(2): 85-94.


background image

94

Dilfuza

AVAZOVA

fact that this night has risen to the level of a unique image in the literature
of the Muslim East, as well as comments on the difference between the
nights of Isra and Miraj. It is proved with the help of examples from artis-
tic works that these images are expressed with high pathos in our classic
poets and in A.Oripov in a calm and subdued state. The sequence of events
on the night of Miraj is considered as an example of the poetic works of all

three artists, and scientific conclusions are drawn based on them.

Key words:

Miraj night, Isra night, Muhammad (blessings to him

and his relatives), Buraq, Rafraf, intercession, ummah, image.

References

Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati.

1984. Ergash Fozilov tahriri

ostida. 3-tom. Toshkent: Fan.

Jabborov, Nurboy. 2004.

Furqatning xorijdagi hayoti va ijodiy merosi:

manbalari, matniy tadqiqi, poetikasi.

Filol. fan. dokt. diss.

Toshkent.

Muhiddinov, Muslihiddin. 2015.

Komil inson – adabiyot ideali.

Toshkent:

Ma’naviyat.

Alisher, Navoiy. 1991.

MAT.

8 jild. Toshkent: Fan.

Oripov, Abdulla. 1993.

Hikmat sadolari.

Toshkent: Fan.

Nasuriddin, Rabg‘uziy. 1991.

Qisasi Rabg‘uziy.

Toshkent. Yozuvchi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 2006.

Nubuvvat va risolat

kitobi.

Toshkent: Movarounnahr.

Jabborov, Nurboy. 26.07.2019.

Haj ma’rifati.

O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati. №30.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 1984. Эргаш Фозилов таҳрири остида. 3-том. Тошкент: Фан.

Жабборов, Нурбой. 2004. Фурқатнинг хориждаги ҳаёти ва ижодий мероси: манбалари, матний тадқиқи, поэтикаси. Филол. фан.докт.дисс. Тошкент.

Муҳиддинов, Муслиҳиддин. 2015. Комил инсон – адабиёт идеали. Тошкент. Маънавият.

Алишер, Навоий. 1991. МАТ. 8 жилд. Тошкент: Фан.

Орипов, Абдулла. 1993. Ҳикмат садолари. Тошкент. Фан.

Насуриддин, Рабғузий. 1991. Қисаси Рабғузий. Тошкент: Ёзувчи.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. 2006. Нубувват ва рисолат китоби. Тошкент. Мовароуннаҳр.

Жабборов, Нурбой. 26.07.2019. Ҳаж маърифати. Ўзбекистон адабиёти ва санъати . №30.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов