Badiiy asarda xarakter

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
46-58
0
0
Поделиться
Турдиева, Ю. (2024). Badiiy asarda xarakter. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 46–58. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp46-58
Юлдуз Турдиева, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
докторант-стажер
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada badiiy asardagi xarakter tushunchasi haqida atroflicha fikr yuritilib, uning ilmiy va nazariy ta'riflari tahlilga tortiladi. "Xarakter"ga xos jihatlar, mezonlar asosan, Luqmon Bo'rixonning "Jazira-madagi odamlar" romani asosida ko'rib chiqilib, yozuvchining xarakter yaratishdagi individual uslubiga ham e'tibor qaratiladi. Bu o'rinda qiyo-siy-tahliliy metod asosida Ulug'bek Hamdamning "Ota" romanidan ham unumli foydalanilib, xarakter yaratishda ishtirok etuvchi vositalarning qay tarzda qo'llanilish darajasi bu ikki romandan keltirilgan parchalar orqali qiyosiy solishtirilib baholanadi.

Похожие статьи


background image

46

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)

ISSN 2181-922X 46

58

Badiiy asarda xarakter

Yulduz Turdiyeva

1

Abstrakt

Mazkur maqolada badiiy asardagi xarakter tushunchasi haqida

atroflicha fikr yuritilib, uning ilmiy va nazariy ta’riflari tahlilga tortiladi.

“Xarakter”ga xos jihatlar, mezonlar asosan, Luqmon Bo‘rixonning “Jazira-

madagi odamlar” romani asosida ko‘rib chiqilib, yozuvchining xarakter

yaratishdagi individual uslubiga ham e’tibor qaratiladi. Bu o‘rinda qiyo-

siy-tahliliy metod asosida Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanidan ham

unumli foydalanilib, xarakter yaratishda ishtirok etuvchi vositalarning

qay tarzda qo‘llanilish darajasi bu ikki romandan keltirilgan parchalar

orqali qiyosiy solishtirilib baholanadi.

Kalit so‘zlar:

xarakter,

xususiyat, maqsad, o

ziga xoslik, reallik, ma-

horat, individual uslub, syujet, kompozitsiya, dialog,monolog, ekspozitsiya,
kulminatsiya, portret, til, muallif nutqi, personaj nutqi, obyektiv, subyektiv.

Kirish

Asarda kitobxonga qahramonlarni yaqindan tanishtiruvchi,

ular haqidagi ma’lum xulosa, tasavvurning hosil bo‘lishiga sabab

bo‘luvchi hodisalardan biri xarakterdir. Umuman olganda, xarakter

deyilganda, kishilarga xos xususiyatlar, ularning individualligini

ko‘rsatib turuvchi jihatlar nazarda tutiladi va dunyoda bir xil barmoq

iziga ega odamlar bo‘lmaganidek, bir xil xarakterli kishilar ham

mavjud emas, faqatgina o‘xshash xarakterli insonlar bo‘lishi mumkin.

Umumiy psixologiyada xarakterga “shaxsdagi shunday psixologik,

sub’yektiv munosabatlar majmuyiki, ular uning borliqqa, odamlarga,

predmetli faoliyatga hamda o‘z-o‘ziga munosabatini ifodalaydi” deya

ta’rif beriladi. Demak, xarakter, asosan, munosabatlarda namoyon

bo‘ladigan holatdir. Adabiyotshunoslik lug‘atida esa xarakterga

quyidagicha ilmiy ta’rif beriladi: “Xarakter (y. character – iz, belgi,

farqlovchi xususiyat) – badiiy xarakter; muayyan davr va muhit

kishilariga xos eng muhim umumiy xususiyatlar bilan alohida

shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida uyg‘un mujassam etgan

1

Turdiyeva Yulduz Zayniddin qizi

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o’zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti.

E-pochta:

y.turdiyeva@yandex.com

ORCID ID:

0009-0007-0401-7749

Iqtibos uchun:

Turdiyeva, Y. 2024. “Badiiy asarda xarakter”.

O‘zbekiston: til va

madaniyat 1(2)

: 46-58.


background image

Badiiy asarda xarakter

47

inson obrazi” [ Қуронов 2013, 354].

Asosiy qism

Badiiy adabiyotda xarakterga turli talablar qo‘yiladi, g‘oyaviy

vazifalar yuklatiladi. Xarakterga bo‘lgan munosabat qadimgi davr

adabiyotida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va buning isboti

sifatida Arastuning “Poetika” asarida xarakter mavzusiga alohida

to‘xtalib, uning to‘rt maqsadi batafsil tushuntirib berilganini

ko‘rishimiz mumkin. Arastu xarakterning eng birinchi va asosiy

maqsadi – bu uning oliyjanobligidir deydi. Bunda faylasuf shaxsning

har bir gapi va harakatida ma’lum maqsad yotgan bo‘lsa, bu xarakter

bo‘la olishini ta’kidlaydi: “Agar shaxs yaxshi maqsadlarni ko‘zlasa,

xarakteri ham yaxshi bo‘ladi. Bu har bir odamda mavjud bo‘lishi

mumkin: ayol ham, hatto qul ham yaxshi bo‘lishi ehtimol, birinchisi

(erkakdan) yomonroq, qul esa undan ham yomonroq bo‘lishi ham

mumkin” [Арасту 2011, 40]. Albatta, yozuvchi asarga kiritayotgan

har bir qahramoniga u xoh bosh, xoh epizodik obraz bo‘lsin, ma’lum

ma’naviy g‘oya yuklaydi, o‘z o‘rnida bu g‘oyani yuzaga chiqishi

uchun unga mos xarakter tasvirini yaratadi, Arastu yozganidek,

xarakter – bu maqsad demakdir. Darhaqiqat, xarakter insonning

ichki dunyosi mahsuli, uning maqsadlari yo‘lidagi harakatlarida

o‘zligini namoyon qiladigan jarayondir. O‘z o‘rnida, yozuvchi ham

qahramoni yaxshi yoki yomon inson obrazini gavdalantirishiga

ko‘ra, salbiy yoxud ijobiy jihatlardan birini ko‘proq miqdorda uning

xarakteriga singdiradi, asar g‘oyasini ifodalashga xizmat qiladigan

turli toifadagi personajlarni shu tariqa yaratadi. Shu kabi Luqmon

Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida qishloqdagi bir

marosimga taklif etilgan beva kampir asarda biror muhim gapni

aytib yoki bo‘lmasa, ahamiyatga ega bo‘lgan bir muhim ishni

bajarmasa-da, uning bir zumga asar voqealarida paydo bo‘lishi,

tashqi ko‘rinishining qarimsiq tasviri, romanning asosiy g‘oyasini

ochib berishga xizmat qilib ketadi. Ya’ni, yosh beva Lolaxon bu kampir

timsolida o‘z kelajagini ko‘rgandek bo‘ladi, shunchalar ardoqda,

shon-u shuhratda yashayotgan kampirning qalbida baribir kemtik

borligi, mehrga, suyanadigan insonga muhtojligi Lolaxonga achchiq

haqiqatni oshkor qiladi, u ham qishloqdoshlari, yaqinlari tomonidan

qanchalar e’zozlanmasin, qadrlanmasin qalban yolg‘iz, mehrga

tashna. Asrlar oshsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan xarakterning

bu jihati, qahramonga yuklatilgan vazifani ado etishda samarali usul

hisoblanadi.

Xarakterning ikkinchi maqsadi, ya’ni xususiyati bu uning


background image

48

Yulduz TURDIYEVA

o‘ziga xosligi deya belgilanadi: “Ikkinchidan, xarakterlar o‘ziga

xos bo‘lishi kerak: xarakter mardona bo‘lishi mumkin, ammo ayol

kishiga mardlik bilan kuchlilik yarashmaydi” [Арасту 2011, 40].

Albatta, shoh bilan oddiy avomni farqlashda ularning yurish-turishi,

kiyinishidan tashqari, fikrlashi, dunyoqarashi, gap-so‘zlari asosiy

farqlovchi vosita ekan, xuddi shu kabi asarlardagi bir maqomda

tasvirlangan ayollar obrazi o‘rtasidagi farqlar ularning xarakter

qirralarida o‘z aksini topadi. O‘ziga xoslik xarakterning eng asosiy

mezonlaridan biri bo‘lib, yozuvchidan ulkan mahorat ham talab

qiladi. Zero, yozuvchi asarida birgina kurash tushuvchi polvon

yoki chavandoz obrazini yaratishi uchun ularga xos xarakter

xususiyatlarini, ularning fikrlash tarzini chuqur o‘rganmog‘i va to‘gri

qo‘llay olmog‘i lozim. Xususan, Luqmon Bo‘rixon “Jaziramadagi

odamlar” romanida asar voqealarini bolakay Samad tilidan hikoya

qilar ekan, ularni Samadning xarakteriga, dunyoqarashiga monand

beg‘ubor, sodda, kulguli tarzda tasvirlaydi, asar voqealari bayonini

uning xarakteriga moslab gapirib beradi. Bu o‘rinda, Samadning

xarakteri uning boshqa tengdoshlari To‘lqin yoki Durbeknikidan

farqli, o‘ziga xos bo‘lib, Luqmon Bo‘rixon Samad yoshidagi bollar

dunyosi chuqur tahlil etgani va ulardagi ham bolalarni ham

kattalarni yodga soladigan jihatlarni uyg‘unlashtirganini ko‘ramiz.

Yoki Shabnam bilan Lolaxon ikkalasi ham balog‘atga yetgan, sevgan,

sevilgan qizlar lekin ularning sevgiga bo‘lgan munosabati ularning

xarakterida o‘z aksini turlicha topgan, ya’ni xarakterdagi o‘ziga xoslik

Shabnamni bir tomonga, Lolaxonni boshqa tomonga qo‘yib qo‘yadi.

“Uchinchidan, xarakterlar (hayotiy) haqqoniy bo‘lishi kerak:

bu yuqorida aytilgandan mutlaq boshqacha bo‘lib, ularni yaxshi yoki

yarashiqli qilib tasvirlash kerak degan gap emas” [Арасту 2011, 40].

Umuman olganda, ijodkor qahramonini yaratayotganda, hayotdagi

turli xarakterli insonlarning u yoki bu jihatlarini umumlashtirib

tasvirlaydi, bu jarayonda obrazning hayotiyligini ta’minlashda,

albatta, uni kamchiliklardan, qusurlardan holi tasvirlay olmaydi,

yo‘qsa hayotda mutloq yaxshi yoki yomon odam bo‘lmaganidek,

asardagi benuqson qahramon ham o‘zining soxtaligini fosh qilib

qo‘yadi, kitobxon ishonchini qozonolmaydi, shu boisdan ham

Arastu xarakter yaratishda bu jihatni ham inobatga olish lozimligini

keltirib o‘tadi. Xuddi shunday, agar romanda Shunqor Hobilning

kundaligidan keltirilgan parchada Lolaxonni ham baxtga tashna

yosh beva ekanligiga ishora qiluvchi jumlalar berilmaganda, o‘quvchi

Lolaxonni “ehtiyojlarsiz yashuvchi ma’buda” timsolida ko‘rar,

hayotda esa bunday insonlar bo‘lmasligiga, ular faqat ertaklarda


background image

Badiiy asarda xarakter

49

mavjudligiga ishonar bu esa asarning muvaffaqiyatiga soya solishi

mumkin edi. Xarakterning to‘rtinchi maqsadi yoxud xususiyati

esa uning izchilligidadir deyiladi. Aslini olganda, badiiy asarda

xarakterga ulkan vazifa yuklatiladi, zero, qahramonning xarakteri,

nafaqat, bir shaxsga xos xarakter va jihatlarni, shuningek, asar

g‘oyasini, muallif niyatini ifodalashga xizmat qiluvchi, qahramon

yashayotgan jamiyat, davr, ijtimoiy borliqning nafasini berib

turuvchi xususiyatiyatlarni-da, o‘zida mujassam etmog‘i lozim.

“Darhaqiqat, xarakter badiiy asarning asosidir, Barcha harakatlar,

tasvirlar xarakterning mohiyatini ochib berishga qaratiladi” [Қаю-

мов 2018, 60]. Shu boisdan, xarakter yaratish yozuvchidan nozik

sezgirlik, kuzatuvchanlik va mahorat talab qiladi. U qahramonining

kasbiga, yoshiga, asarda egallagan o‘rniga, vazifasiga mutanosib

ravishda unga mos xarakter qirralarini yaratishi yoxud tanlab olishi

lozim. Vaholanki, o‘rniga kelganda, oddiy chavandozga xos xarakter

bilan raisga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlarining o‘ziyoq ularning

darajasini namoyon qilib qo‘yishi lozimdir (L.Bo‘rixon “Jaziramadagi

odamlar”).

Shuning uchun ham, “Xarakter badiiy ijodning juda ko‘p

unsurlari (syujet, kompozitsiya, til kabi)ni o‘zida jamlaydi, to‘g‘risi

o‘ziga “ishlashga” majbur qiladi. Ya’ni xarakter asar mazmuniga

nisbatan shakl bo‘lsa, xarakterga nisbatan syujet, kompozitsiya, til

(uslubning butun hiyla-nayranglari) shakldir” [Umurov 2004, 48].

Darhaqiqat, peronaj xarakteri asar voqealari rivojida, ekspozit-

siyada, kulminatsiyada, konfliktda, muallif yoki hikoyachi nutqida,

portret, dialog, monolog kabi tasviriy vositalarda ochilib boraveradi.

Xususan, Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanida asar voqealari

Oychechak opaning gapi bilan boshlanadi, avvaliga bu ayolning

kimligini anglamagan kitobxon, keyingi keltirilgan ta’rif, tushuntirish

(ekspozitsiya)dan ham bu oiladagi sharoit haqida, ham oz bo‘lsa-

da Oychechak opaning xarakteri haqida ma’lumotga ega bo‘ladi:

“Har galgidek, butun oilani bir o‘zi “gah desa qo‘liga qo‘ndirgan”,

o‘ziga xon, ko‘lankasi maydon”, “Buni yaxshi biladigan Oychechak

opa o‘g‘lining bo‘ynini qayriladigan joyidan tutdi: uni kelinposhsha

orqali “tog‘ri” yo‘lga soldi” [Hamdam 2022, 5] kabi ekspozitsiya

ichidagi, muallif tilidan berilgan ta’riflarda muallif mashhur xalq

iboralaridan unumli foydalanib, bu personaj xarakteri haqida

atroflicha tasavvur beradi, kitobxon Oychechak opaning bir so‘zli,

gapidan qaytmaydigan, tadbirli, hammaga so‘zini o‘tkazadigan opa

ekanligini darrov tushunib yetadi, keyingi voqealar rivojida esa, bu

xarakter xususiyatlari yanada yorqinlashib boradi. Shu kabi Luqmon


background image

50

Yulduz TURDIYEVA

Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida o‘z qishlog‘ini

kitobxonga tanishtirayotgan Samad (asardagi hikoyachi bola)

romandagi qahramonlar haqida birma-bir ma’lumot berarkan, bu

qahramonlarga xos xarakter xususiyatlarni o‘z tilidan hikoya qilar,

gohida bu ma’lumotlarni asardagi boshqa bir personajlar tomonidan

ham to‘ldirib ketadi. Masalan, asar voqealari Samadning otasi unga

yozgan maktubdan, ya’ni Ashurning qamoqdan chiqqanligi haqidagi

xabar- tugundan boshlanarkan, shu o‘rinda Samad otasi Ergash

akaning maktub yozish odatini tasvirlab: “Odatda u salom-alik,

uch-to‘rt og‘iz nasihatdan nari o‘tmas, men bu bitiklarni talabalar

yotoqxonasining ikkinchi qavatidagi hujramga kirib borguncha o‘qib

bitqazar, hatto xatjild-qog‘ozga, otamning behafsala husnixatiga

ko‘z yugurtirib, maktubning qay bir sharoitda, qay bir kayfiyatda

yozilganini o‘zimcha tusmollab ulgurar edim” [Бўрихон 2012, 5];

ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatni ochiqlar, Ergash akaning jiddiy,

og‘ir-vazmin, hissiyotlarga berilavermaydigan shaxs ekanligiga

ishora qilardi. Keyingi o‘rinlarda otasining porteritini chizar ekan,

Samad shu bilan birga uning xarakteriga ham biroz to‘xtaladi, ammo

asosiy ta’riflarni onasi va qishloq raisi Chinor Moyliyevga qoldiradi.

“Gaplaringiz qursin, - deb nolib qoladi onam ba’zan. – Eshitsang asal

yutasan, ma’nisini chaqsang zahar qusasan…”, “Qichitqi o‘t silliqqina,

silagan qo‘lga xush yoqadi, birozdan so‘ng qichitib zorillatadi.

Ergashboy, sening gaplaring shu alafga o‘xshaydi” [Бўрихон

2012, 11] (rais Chinor Moyliyev). Yozuvchi o‘zigagina xos uslubiga

ko‘ra, bu ta’riflarda xalq maqoli bilan birga, kinoyaga, satiraga boy

o‘xshatishdan unumli foydalanadi, bu tasvirlar kitobxonda yengil

kulgu ham uyg‘otadi.

Personajlar xarakterini ochib beradigan vositalardan yana

biri bu dialoglardir. Ikki kishi o‘rtasidagi suhbat, ayniqsa bu aniq va

oshkora bo‘lsa, ularning ichki dunyosini namoyon qilib qo‘yuvchi bir

ko‘zgu misolidir. “Jaziramadagi odamlar” romanidagi yaqin do‘stlar

Ergash suvchi va Chinor raisning qisqa dialogini olaylik, yuqoridagi

ta’riflarda Ergash aka haqida bir muncha ma’lumot berilganligiga

qaramasdan, rais Chinorning hayot yo‘li haqidagi hikoyani

aytmaganda, uning xarakteri, dunyoqarashi haqida na muallif

tomonidan, na hikoyachi bola Samad tilidan ma’lum izoh keltiril-

maydi, lekin mana shu ikki do‘st o‘rtasidagi suhbat, kitobxonning

“rais”lar haqidagi xulosasini bir muncha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

G‘alamislar tomonidan chaqirilgan tekshiruvchilar hujumidan

muvaffaqiyatli qutilib chiqishsa-da chiroyi yorishmayotgan raisdan

buni sababini so‘ragan Ergashga Chinor “Sho‘rlab ketayapmiz… cho‘l


background image

Badiiy asarda xarakter

51

qarshilik ko‘rsatyapti…tag‘in, uch-to‘rt yildan so‘ng hosil olish nari

tursin, urug‘ ham unmay qoladi” [Бўрихон 2012, 21], deya bolalarga,

keyingi avlodga nima qoldiryapmiz deb qayg‘uradi, o‘sha davrdagi

aksariyat raislar kabi faqat o‘zining shon-shuhrati, obro‘yi yoki

nafsini o‘ylab ish qilmaydi, uning tilidan keltirilgan bu dardli fikrlar

raisning sofdil, jonkuyar, halol va vijdonli inson ekanligini ko‘rsatib

turibdi. Bu o‘rinda Luqmon Bo‘rixon jamiyatdagi ayrim qusurlar,

kamchiliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qalamga olmasdan “teskari” usulda

kitobxonga havola qiladi, ya’ni muallif o‘zi aytganidek: “narsaning bir

tomonini ko‘rsatib boshqa tomoniga ishora qiladi”. Yozuvchi hamma

borgan yo‘ldan bormaydi, hech kimni, hech narsani qoralamaydi,

oshkora fosh qilmaydi, shunchaki, Chinorning xarakteridagi kelajak

avlod, ularning keyingi hayotini, bu avlodan ularga nima meros bo‘lib

qolayotganini tahlil qilish jihati – uyg‘oq vijdon - o‘sha davr, jamiyat

uchun aktual, zarur ekanligiga ishora qiladi. Shuningdek, “Ota”

romanida Ulug‘bek Hamdam, ba’zi bir kishilarga xos buzuqfe’llilik,

xudbinlik, bemehrlik, vijdonsizlik kabi xarakter xusuiyatlarni

toshkentlik azayimxonga navbatda turgan Po‘lat va tug‘ishgan ukasi

bilan uy talashayotgan, shu sababli ukasini o‘z ixtiyori bilan uydan voz

kechishiga azayimxonga o‘qitishga kelgan barzangi yigit o‘rtasidagi

dialogda ochib tashlaydi. Bunda yozuvchi nafaqat odamlardagi

salbiy xarakter jihatlarini, meros sabab o‘z jigaridan voz kechayotgan

oqibatsiz aka-uka, opa-singillarning ham haqiqiy yuzini barzangi

yigit qiyofasida namoyon qiladi, shuningdek, qahramoni Po‘latning

dunyoqarashini, uning qanchalik oriyatli, vijdonli inson ekanligini

ham ko‘rsatib beradi. Yozuvchi bu dialogni personajlar o‘rtasidagi

bir nechta savol-javoblar zamiriga quradi, ammo bir qarashda,

navbatda turib zerikkan odamlarning shunchaki oddiy suhbatidek

ko‘ringan bu dialog o‘zida chuqur ma’no ifodalaydi.

Asardagi kulminatsion nuqtalar, nafaqat asar voqealarining

cho‘qqiga yetgan joyi, shuningdek, qahramonlar xarakteri namoyon

bo‘lishining ham cho‘qqi nuqtasidir. Zero, kulminatsion nuqtalar,

asosan keskin, ziddiyatli, hayajonga boy daqiqalarda ro‘y berar

ekan, shaxs xarakterining yashirin, ochilmagan, o‘tkir qirralari

aynan shu fursatlarda fosh bo‘ladi. Ulug‘bek Hamdamning “Ota”

romaniga yana bir bor murojaat qiladigan bo‘lsak, asar kulminatsion

nuqtalaridan – Toshdomlaning Oychechak opaning belidagi grijasini

davolash uchun o‘qib qo‘yaman deya, ayolni boshidan tortib,

ko‘zini televizordan uzmagan holda to‘g‘ri kelgan joyiga arqon

bilan savalashi, Qur’on qiroati bilan televizorda ovozi baland qilib

qo‘yilgan partiya majlisining xunuk ovozining qorishib ketishi -


background image

Yulduz TURDIYEVA

52

bularning barchasi Po‘latni jumbo‘shga keltiradi, g‘azabini qo‘zg‘aydi,

bu firibgar domlaning o‘zini soqolidan tutib, shu arqon bilan savalab

tashlashidan otasining imoli qarashi zo‘rg‘a to‘xtatadi. Aqlli-hushli

insonlarning mana shu tovlamachiga “ma’bud”dek ishonib e’tiqod

qilishi, o‘zlarini har ko‘yga solishga tayyor ekanliklari nafaqat asar,

balki haqiqiy hayot kulminatsiyasidir. Bu jarayonda Oychechak

opaning shu yoshiga qaramay, domlaning qamchisiga turib berib,

o‘lar holatga kelib qolsa-da, bundan norozi emasligi, uning qanchalik

ma’nan qashshoq ayol ekanligini, bid’atlarga bo‘lgan yuqori ixlosini,

ilmsizligini namoyon etsa, domlaning harakatlari, o‘zining tutishi esa

uning uchun faqat pul qiziqligi, odamlarning dardi, tashvishi uning

uchun umuman ahamiyatga ega emasligi, takabbur va ochko‘zligini

ko‘rsatib turibdi. Bu aslida birgina toshkentlik azayimxonga xos

jihatlar emas, balki barcha firibgar folbin-u, soxta domlalarning

haqiqiy yuzlari edi. Kulminatsion vaziyatlar murakkab ruhiy

holatlarni, tuyg‘ular jo‘mbo‘shini hosil qilar, hislarni titratar ekan,

bunday voqeliklar ba’zan kishilarning irodasini sinar, kimlarningdir

asl dunyosini namoyon etardi, ko‘pincha bunday vaziyatlarda kishi

o‘zini nazorat qila olmas, aksincha, kimlardir vaziyatdan foydalanib

qolishardi. “Jaziramadagi odamlar”da ko‘pgina qahramonlarga

hikoyachi Samad tilidan batafsil ta’riflar berib o‘tilsa-da, ba’zi

qahramonlarning kimligini ularning turli vaziyatdagi holatlari,

harakatlari fosh qiladi.

Xususan, asarda asosiy voqealar rivojiga hadeb arala-

shavermasa-da, o‘ziga xos mavqega ega qahramon – Abdulla aka

obrazi boshqa personajlar tomonidan “shaharlik buqa” deya

kamsitilib, anchagina qoralandi, ammo na muallif va na hikoyachi

bu fiklarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbotlashga harakat

qilmaydi. O‘z ishi bilan ovora, boshqalarga deyarli qo‘shilmaydigan,

odamoviroq, sovuqqonroq bo‘lib ko‘ringan Abdulla aka xarakteri

asar kulminatsiyalaridan biri – O‘roqning halok bo‘lishi voqealarida

anchagina ravshanlashadi. Akasining o‘g‘li – O‘roqning harbiy

xizmatdan tirik qaytmagani asardagi tomoshabinlar-u, asardan

tashqaridagi “tomoshabinlar”ga marosimlarda boshqalar kabi

yolchitib dod-voy solmagan Abdulla akaning muz qalbini go‘yoki

eritolmagandek ko‘rinadi. Darhaqiqat, akasining uyiga – azali uyga

kelgan Abdulla aka darvoza yonida xiyla begonadek uyga kirish

– kirmasligini o‘ylanib turadi, paypaslanib uyga kirgach akasini

shunchaki bag‘riga bosib, yig‘isini ichiga yutadi, boshqalar kutgan-

dek, judolikdan ay-u hannos solib hushidan ketmaydi va tezgina

yugurib chiqib ketadi. Ayniqsa, uning bu harakatlari “Odamgarchiligi


background image

Badiiy asarda xarakter

53

zo‘r anovi” deya ta’riflangan Lolaxonning tog‘asi bilan parallel

ravishda tasvirlanar ekan, Abdulla akanining qoralanayotgan nomi

yanada qoraga bo‘yalardi. Janozada marhumning yaqinlari ahvolidan

ko‘ra, ta’sirliroq berilgan bu tasvirlar Abdulla akani kitobxonga

bir muncha yaqinlashtiradi, ayniqsa atrofdagilar tomonidan

“odamgarchiligi yo‘q” deyilgan bu insonning asl ichki dunyosi

asardagi boshqa bir bolakay tilidan, ochib beriladi. To‘lqinning

Abdulla aka haqidagi o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan haqiqatlari, hikoyachi

bola tilidan ham tasdiqlanmay shubha ostiga olingan bo‘lsa-da,

o‘quvchiga uning asl inson ekanligini bir karra isbotlab beradi, go‘yo

shu bilan bu qishloq odamlarining Abdulla akani yomonlashlari

ham ahamiyatsiz, bekorchi gap-so‘zlar ekaniligiga ishontiradi. Zero,

boshqalar kabi soxta munosabatlarga berilmagan, o‘zini yolg‘on,

omonat yaqinliklardan olib qochgan Abdulla aka, chin inson

ekanligi, uning dardi ichida, aslida haqiqiy dardli inson bu narsani

boshqalarga ko‘rsata olmasligi, chin tuyg‘ular ko‘z-ko‘z qilinmasligini

o‘z xarakterida jo qiladi. Luqmon Bo‘rixon voqealar tasvirida

tarafkashlikka yo‘l qo‘ymaydi, asar davomida biror marta Abdulla

akani yonini olib, u haqida samimiy, iliq fikr qoldirmaydi, ammo

asarda marosimdan chiqib, uyiga kirar-kirmas o‘kirib yig‘lagan,

kelinlari suyashida uyiga kirib olgan bu qahramonining kimligini,

asliyatini mahorat bilan birgina vaziyat asnosida o‘quvchiga ko‘rsa-

tib qo‘yadi.

Badiiy asarlarda personaj xarakterini ochib berishga xizmat

qiluvchi vositalardan yana biri - bu asar tilidir. Obrazning qanday

shaxs ekanligi, asosan, hikoyachi nutqi va muallif nutqida ko‘proq

namoyon bo‘ladi, lekin “Jaziramadagi odamlar” romanida hikoyachi

va muallif nutq bir butun bo‘lib ketganligini ko‘ramiz. Yozuvchi

qahramonlariga hikoyachi bola – Samad tilidan ta’rif beradi va

bunda, albatta, bolaning yoshi, beg‘ubor olamini hisobga olgan

holda, tavsiflar samimiy, sodda, shuningdek bolalarcha rostgo‘ylikka

yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Asarda muallif nutqi ko‘zga tashlanmaydi, shu

bois muallif o‘z fikrlarini ham Samad nutqida ifoda etadi, go‘yo.

Yuqorida asardan keltirilgan bir nechta misollardan ham ko‘rdikki,

qahramonlarga berilgan ta’rif-tavsif, ya’ni ilmiy tilda aytilganda

xarakteristika Samad nutqida keladi. Uning bolalarcha to‘gri

so‘zligi qahramonlar ta’rifida xolislikni ta’minlaydi, ham roman

voqea-hodisalari Samad nigohida kuzatilib, asar tili va uslubi

individuallashtiriladi. Albatta, personajning xarakterini to‘liq

namoyon etishda, uning o‘z tili asosiy o‘rin egallaydi. Personaj nutqi

– bu asardagi qahramonlar tili bo‘lib, yozuvchi har bir qahramoni


background image

Yulduz TURDIYEVA

54

uchun ularga xos va mos nutq uslubini yaratadi, albatta, buning uchun

muallif turli yoshdagi, kasbdagi, darajadagi, turli jihatdagi odamlar

tilini tahlil qiladi, o‘rganadi, ularning eng kerakliklarini tanlab oladi

va personaji nutqiga singdiradi, bu o‘rinda nutq personaj ichki

dunyosiga, dunyoqarashiga mos tushmog‘i, qahramon xarakterini

namoyish qilishi lozim. “Odatda, qahramonning individual tili uning

o‘z hayot tajribasi, dunyoqarashi, fahm-idroki, xulq-atvori, madaniy

saviyasi, psixologiyasi va kasb-korini ravshan xarakterlab beradi.

Qahramonning nutqi orqali uning qanday odam ekanligini payqab

olish mumkin. Har bir qahramonning tili o‘ziga xos xususiyatga ega

bo‘ladi. Yozuvchi personaj nutqini uning asarda tasvirlangan vo-

qealardagi o‘rniga, individual xarakter-xususiyatlariga qarab ishlab

chiqadi” [Бобоев 2001, 168]. Darhaqiqat, Safarmurod chavandoz

tilidagi ot, uloq kabi so‘zlar, balandparvoz gaplari, kichik voqeani

ham oshirib-toshirib hikoya qilishi, yetmagan joyiga o‘zidanda

qo‘shib-chatib gapirishi uning shaxsiyatini, guppi, jaydari, hovliqma,

laqma obraz xarakterini ochiqlab beradi. Yoxud, romanda qisqagina

portreti chizilgan, hikoyachi tilidan xarakteristika berilmagan Chinor

Moyliyevning ayoli Maysara yanga personaji, asarning faqatgina

uch o‘rnida asar boshlanmasida rais Chinor o‘tmishini yorituvchi

hikoyada, O‘roq va Lolaxonning to‘yida toshkentlik mehmon ayollar

davraga chiqqanda va rasining xiyonatidan xabar topib, tamoman

ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olganidagina sahnaga chiqadi va mana

shu uch o‘rinda kelgan bu personajning nutqi uning qanday ayol

ekanligidan, xarakter jihatlaridan xabar beradi. Ergashboyning

u haqidagi masxaralariga (filga o‘xshatishi) bergan o‘tkir javobi:

“Hay, man fildan ham kalonman. – Shunchalar kalonmanki, butimga

hazor Ergashboylarning bo‘yi yetmaydi…”, to‘yda raisning ayoli deya

xushomad qilishsa-da to‘rga o‘tmay, hamsoyalari bilan chetdan

o‘rin olishi, hammaga qarshi chiqib, turmushga chiqqan erining

xiyonatiga-da, ko‘z yumishi Maysara yanganing so‘zga o‘tkir, jaydari

ammo, ko‘nglida kiri yo‘q, jaydari, hokisor, sodda, kamtarin, fidokor

va sadoqatli ayol ekaligini ko‘rsatib beradi. Umuman olganda,

romanda yozuvchi ayollar obraziga keng ta’rif yoki xarakteristika

deyarli bermaydi, bosh qahramonlardan Lolaxon obrazining

voqealar rivoji davomida turli portertlari chizib borilganini inobatga

olmaganda, asarda kelgan boshqa ayol qahramonlar: Zumrad yanga,

Toshbibi checha, Qunduz muallim, Xosiyat xolalar xarakteri deyarli

yoritilmaydi.

Bundan tashqari, ilmiy adabiyotlarda xarakterning mazmunini

aniqlaydigan ikki xususiyati keltiriladi. “Birinchisi, bu bir shaxsni


background image

Badiiy asarda xarakter

55

ikkinchi bir shaxsdan ajratib turadigan axloqiy va psixologik belgilar

majmuasidan iboratdir. Hayotda shunday kishilarni uchratish

mumkin: qilayotgan ishiga hamohang qilib biror harakatni odat qilib

olgan bo‘ladi: gapirayotganda burnining uchini qashib qo‘yadi yo

o‘ylayotganda barmoqlari bilan sochini taraydi va hokazo. Psixologik

jihatdan esa har bir shaxsning biror xususiyati bo‘rtgan bo‘ladi: o‘jar

yo tajang, og‘ir yo yengil, kamgap yo ko‘p gapiradigan va hokazo”

[Umurov 2004, 48]. H.Umurov xarakterning bu xususiyati haqida

ma’lumot berar ekan, bu belgilar obrazni “individuallashtirish”

uchun zarur ekanligini ta’kidlab o‘tadilar. Haqiqatdan ham, bir

personajni boshqalardan ajratib turuvchi jihatlardan biri ham

shu alohida odatlari va xarakter xususiyatlaridir. Shu boisdanmi,

O‘roqning “pismiqlarcha yuvvoshligi”, kamgapligi uning jahldor,

urushqoq, qo‘pol va shuhratparast tug‘ishgan ukasidan - Ashurdan

tamoman ajratib turar, bir ota-onaning farzandlari bo‘lgan opa-

singillar Shabnam va Shahinaning sevgi deb atalmish beg‘ubor

tuyg‘uga bo‘lgan ikki xil munosabatlari: Shabnamning “sevgini

saqichdek alishtirib”, eskirsa yangisini olib chaynashi va singlisi

Shahinaning o‘zidek o‘ta kamsuqum bo‘lgan muhabbatiga sadoqati

ularning o‘ziga xos psixologik jihatlari birining kalandimog‘ligi,

o‘ziga bino qo‘yganli-yu boshqasining o‘ta kamtar, qanoatli va

sabrliligida namoyon bo‘lardi. Mulla Mirzaning esa eski tuzumdan

qolgan odati: marosimlarda bosh kiyimini bir pasga qo‘lga olib

qayta kiyishga o‘rganib qolgani va buning uchun qishloqdoshlaridan

naqd balolarga, ta’na-dashnomlarga qolib, keyingi safar ham shu

xatosini qilib qo‘ymaslik uchun bosh kiyimini boshidan olmay

ushlab, ushlab qo‘yishi undagi tobe’lik, o‘ziga bo‘lgan ishonchning

pastligi, qo‘rqoqlik, jur’atsizlik kabi xususiyatlarini fosh qiladi. Yoxud

nuqul bostirib papiros chekishni odat qilgan Shunqor Hobilning bu

axloqiy belgisi uning shoirlarga xos xarakter jihatlaridan: mudom

ichki bir dard bilan yurishiga, ko‘rgan, eshitgan har bir narsani qalb

prizmalaridan o‘tkazishiga, yurak tubidagi ruhiy kechinmalariga

ishora qiladi. “Ikkinchisi, bu individual belgilarni ham o‘z ichiga olgan

holda ma’lum bir ijtimoiy sharoitda paydo bo‘lgan, ijtimoiy ma’no

kasb qilgan shaxs iroda yo‘nalishi va bu iroda yo‘nalishining asardagi

badiiy ifodasidan iboratdir” [Umurov 2004, 48]. Ijtimoiy sharoit

asnosida paydo bo‘lgan shaxs xarakteri asarning asosiy g‘oyasini

ifodalashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunga misol

sifatida adabiyotshunos olim ijtimoiy muhit ta’sirida shakllangan va

o‘zgarib borgan Yo‘lchi xarakterini keltirib o‘tadilar. “Jaziramadagi

odamlar” romanida qahramonlar xaraketrini keskin o‘zgartirib


background image

56

Yulduz TURDIYEVA

yuboradigan, ularni qayta shakllantiradigan keskin va shiddatli

voqea-hodisalarga boy ijtimoiy muhit mavjud bo‘lmasa-da, qishloq

ahli yaratgan muhit, jamiyat qonun-qoidalari ba’zi qahramonlarning

xarakter qirralarini o‘zgarishiga turtki bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz.

Xususan, asardagi shoir Shunqor Hobil ilk bora Lolaxonni ko‘rganida

uning chiroyiga mahliyo bo‘lib, unga xushomadlar qilishni boshlaydi,

uning yarimta ko‘ngli bilan ko‘ngilxushlik qilishga harakat qiladi,

bir qarashda ko‘zimizga “xulqi buzuq” shaxs bo‘lib ko‘ringan shoir

biroz o‘tib o‘z harakatlaridan pushaymon bo‘ladi, qishloqdoshlari

tomonidan “sadoqat timsoli”ga aylangan bu bevaga qilgan muomala-

sidan uyaladi, ha Lolaxon o‘rab turgan, uni e’zozlagan jamiyat

Shunqor Hobilning qarashlarini o‘zgartiradi, uni ko‘zlarini ochib

qo‘yadi: “Naqadar or-nomusli xalq! Inson qadr-qimmatini, sha’nini

ko‘z qorachig‘idek asrovchi xalq! Ular qahramon o‘g‘lonining pok

xotirasini, unga yurak rishtalarini bog‘lab shu cho‘l-u biyobonlar

bag‘riga kelib qolgan, qattol qismatning qattol ko‘rguliklariga

bo‘ysunmay, hanuz sevikli yoridan yurak rishtalarini uzmagan

ayol sha’nini menga xo‘rlatib, toptatib qo‘yarmidi?! Yo‘q, also! Men

buyuk elning xohish-irodasiga bo‘ysunaman! Qon tomirimning uchi

shu xalq bilan bog‘liqligidan faxrlanaman. Men bilib-bilmay ular-

ning muqaddas tuyg‘ularini tahqirladim, shekilli?! Ularga munosib

farzand sifatida o‘z qilmishlarim uchun g‘oyibona kechirim so‘ray-

man…” [Бўрихон 2012, 268].

“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da xarakter haqidagi ta’rif bilan

birga uning ob’yektiv va sub’yektiv jihatlari haqida ham ma’lumot

beriladi. Unga ko‘ra, “Inson hayotining ijtimoiy-psixologik realligi

(bu o‘rinda xarakterning real asosi, ya’ni uning hayotiy kuzatish-

lar yoki muayyan prototip asosida yaratilgani nazarda tutiladi)

badiiy xarakterning ob’yektiv tomoni bo‘lsa, uning ijodkor tomoni-

dan hissiy idrok etilishi va g‘oyaviy-hissiy baholanishi sub’yektiv

tomonidir” [Қуронов 2013, 352] deya izohlanadi. Xarakterning

obyektiv tomoni xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, asarlardagi barcha

qahramonlar ular xoh kichik, xoh bosh bo‘lsin, mualliflarning uzoq

kuzatishlari natijasidir, yozuvchi hatto kichik personajni ham asari-

ga kiritar ekan, unga ma’lum badiiy g‘oya yuklaydi va o‘z o‘rnida bu

g‘oyani uning xarakteriga singdiradi shunday ekan, bu personajning

yaratilishi uchun chuqur izlanadi; hayotdan uning prototipini topadi

yoxud kishilardagi unga xos jihatlarni yig‘ib, uni o‘zi yaratadi. “Jazira-

madagi odamlar” romanida ham shu kabi Lolaxon o‘n gulidan bir guli

ochilmay beva bo‘lib qolgan, ayniqsa urush davrlarida 19 yoshidayoq

judolik azobini tortgan ayollarning umumlashma obrazi bo‘lib, uning


background image

Badiiy asarda xarakter

57

timsolida, xarakterida osha “tirik ma’budalar”ning kechinmalari, or-

zu-istaklari, qo‘rquvlari, armonlari, beg‘ubor qalblari aks etgandir.

Yoxud Xosiyat xola obrazini oladigan bo‘lsak, farzand dog‘ini ko‘rgan

onalarning dardi, faryodi, alami shu ayol siymosida gavdalanganiga

guvoh bo‘lamiz. Xarakterning sub’yektiv tomonini adabiyotshunos

olim Dilmurod Quronov quyidagicha baholaydi, ya’ni: “bir tomon-

dan, uning ijodkor tomonidan yaratilgan badiiy mavjudlik, badiiyat

hodisasi bo‘lishini; ikkinchi tomondan, uning konseptual funksiyaga

xoslanishini ta’min etadi” [Қуронов 2013, 352].

Xulosa

Umuman olib qaraganda, yuqoridagi tahlil, mushohadalardan

ko‘rinib turibdiki, xarakterning asardagi vazifasi juda ulkan va qah-

ramon, personaj xarakterini yaratish, uni ochib berish muallifdan

katta mahorat, tajriba va oziga xos yondashuv talab qiladi. Xarak-

terning yuqorida keltirilgan 4 mezoni yoxud qoidasi: uning maqsad-

li, o‘ziga xos, hayotiy va izchil bo‘lishi xarakterning mukammalligini

ta’minlab berishiga Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar”

va Ulug‘bek Hamdamning “Ota” romanlaridan olingdan parchalar-

ni tahlil qilish asnosida amin bo‘ldik. Shuningdek, bu tahlillar jara-

yonida Luqmon Bo‘rixonning xarakter yaratish mahorati va o‘ziga

xos uslubi ham qiyosiy tahlil jarayonida o‘z aksini topdi.

Adabiyotlar

Қуронов Д. 2013. Адабиётшунослик луғати / Д. Қуронов, З.Мамажонов,

М.Шералиева. - Тошкент: Академнашр.

Арасту. 2011. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Т.: “Янги аср авлоди”.

Қаюмов А.А. 2018. Ҳозирги ўзбек насрида миллий характер ва бадиий

маҳорат. Филол.фан.бўй.фалс.док. (PhD) дисс. – Фарғона.

Umurov H. 2004. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o

quv yurtlari

uchun darslik/Mas’ul muharrir: B. Valixo

jayev. – T.: A.Qodiriy

nomidagi xalq merosi nashriyoti.

Ulug

bek Hamdam. 2022. Ota: Roman. – Toshkent: Yoshlar matbuoti.

Луқмон Бўрихон. 2012. “Жазирамадаги одамлар”: Роман. – Т.: Ғафур

Ғулом номидаги нашриёт – матбаа ижодий уйи.

Тўхта Бобоев. 2001. Адабиётшунослик асослари. Т.: “Ўзбекистон”.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of

Research in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge.

Asian Journal of

Multidimensional Research

,

10

(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020). NOVELTIES IN POETICS OF TALES.

Theoretical &

Жабборов, Н. (2021). Концепция творчества двух великих

историков. in Library, 21(2), 192-200.Applied Science

, (1),

220-224.


background image

58

Yulduz TURDIYEVA

Character in a work of art

Yulduz Turdiyeva

1

Abstract

In this article, the concept of character in a work of art is discussed

in detail, and its scientific and theoretical definitions are analyzed. Aspects

and criteria specific to «character» are considered mainly based on Luqman

Borikhan’s novel «People in the Heat», and attention is also paid to the

writer’s individual style of character creation. Based on the comparative-

analytical method, the novel «Father» by Ulugbek Hamdam is also used

effectively, and the degree of use of the tools involved in character creation

is compared and evaluated through excerpts from these two novels.

Key words:

character, feature, purpose, originality, reality, skill,

individual style, plot, composition, dialogue, monologue, exposition, climax,

portrait, language, author’s speech, character’s speech, objective, sub ‘jective.

References

Kuronov D. 2013. Dictionary of literary studies / D. Kuronov, Z. Mamajonov,

M. Sheraliyeva. – Tashkent: Akademnashr.

Aristotle. 2011. Poetics. His morals are great. Rhetoric. - T.: “Generation of

the New Century”.

Kayumov A.A. 2018. National character and artistic skill in contemporary

Uzbek prose. Ph.D. in Philology. (PhD) diss. – Ferghana.

Umurov H. 2004. Theory of Literary Studies: Textbook for Higher

Education Institutions/Responsible Editor: B. Valikhojhayev. -

T.: Publishing house of folk heritage named after A. Qadiri.

Hamdam Ulugbek. 2022. Father: Roman. - Tashkent: Youth Press.

Borikhan Luqman. 2012. “People in the Heat”: Novel. - T.: Publishing house

named after Gafur Ghulam - printing creative house.

Toxta Boboyev. 2001. Foundations of Literary Studies. T.: “Uzbekistan”.

Ulug’ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov.

Asian Journal of

Research in Social Sciences and Humanities

,

11

(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge.

Asian Journal of

Multidimensional Research

,

10

(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020). NOVELTIES IN POETICS OF TALES.

Theoretical &

Applied Science

, (1), 220-224.

Жабборов, Н. (2021). Концепция творчества двух великих историков.

В библиотеке, 21(2), 192-200.

1

Turdiyeva, Yulduz

, is a doctoral student at Tashkent State University of Uzbek

Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

y.turdiyeva@yandex.com

ORCID ID:

0009-0007-0401-7749

For citation:

Turdiyeva, Y. 2024. “Character in a work of art”.

U

zbekistan: Language

and Culture. 1(

2):

46-58.

Библиографические ссылки

ҚуроновД. 2013.Адабиётшуносликлуғати/Д.Қуронов,З.Мамажонов, М.Шералиева. - Тошкент: Академнашр.

Арасту. 2011. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика.-Т.: "Янги асравлоди".

Қаюмов А.А. 2018. Ҳозирги ўзбек насрида миллий характер ва бадиий маҳорат. Филол.фан.бўй.фалс.док. (PhD) дисс. - Фарғона.

Umurov Н. 2004. Adabiyotshunoslik nazariyasi: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik/Mas’ul muharrir: B. Valixo'jayev. - T: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.

Ulug'bek Hamdam. 2022. Ota: Roman. - Toshkent: Yoshlar matbuoti.

Луқмон Бўрихон. 2012. "Жазирамадаги одамлар": Роман. - Т: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт - матбаа ижодий уйи.

Тўхта Бобоев. 2001. Адабиётшунослик асослари. Т.: "Ўзбекистон".

Ulug'ov, A. (2021). Stories of khayriddin sultanov. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(12), 295-305.

Rasulova, U. (2021). Devotees of knowledge. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1270-1274.

Rasulova, U. (2020). NOVELTIES IN POETICS OF TALES. Theoretical & Жабборов, H. (2021). Концепция творчества двух великих историков. in Library, 21(2), 192-200.Applied Science, (1), 220-224.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов