Том 1 № 1 (2024)

Том 1 № 1 (2024)
Опубликован: 04-03-2024

Статьи

4-32 1203 290

Adabiy qahramon obrazi

Абдулла Улугов
"Adabiy qahramon" deganda, birinchi navbatda, badiiy asarlardagi inson obrazi nazarda tutiladi. "Adabiy qahramon" esa hamisha adabiyotshunoslikda muhim muammolardan biri sanaladi. Badiiy asarlarda kishilar obrazi hayot voqealari jarayonida, xayol-tasawurdagi olam ichida ko'rsatiladi. Ular fe’l-atvori, xatti-harakatiga ko'ra bir-biridan ajralib turadi. She’riy, nasriy va drama turiga mansub asarlardagi kishilar obrazi o'ziga xos xususiyatlari bilan e’tiborni tortadi.
Adabiy qahramon obrazi badiiy asarning tarkibiy qismini tashkil etuvchi, uning syujeti va kompozitsiyasini belgilovchi juda ko'p omillar bilan bevosita bog'lanib ketadi. Xususan, syujet tizimida voqealarni tahlil qilganda, hodisalar ro'y beradigan zamon va makon to'g'risida so'z yuritilganda, muaiiif maqsadi va asar g'oyasi xususida mulohaza bildirilganida, albatta, hikoya, qissa, roman, drama, komediya, tragediya, doston, afsonadagi adabiy qahramon obraziga e’tibor qaratiladi. Urg'ulanayotgan hayot hodisalari qanday yoritilgani adabiy qahramon obrazi qanaqa gavdalantirilganidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Adib, shoir, dramaturgning ijodkor sifatidagi mahorati ham, asarning badiiylik darajasiga ham unda adabiy qahramon obrazi qanday aks ettirilganiga qarab baho beriladi.
Har bir asarning o'ziga xosligi, o'z-o'zidan ayonki, undagi adabiy qahramon obrazida ko'rinadi. Badiiy asar "sahna"sida bir emas, bir necha adabiy qahramon harakatlanadi. Ular voqealar jarayonidagi ishtiroki darajasi, syujet tizimidagi hodisalarda tutgan o'rniga ko'ra, shartli tarzda, "bosh qahramon", "asosiy qahramon" "ikkinchi darajali qahramon” tarzida ajratiladi. Asarda diqqat markaziga qo'yilgan muammo ularni bir-biri bilan o'zaro bog'lab turadi. Adabiy qahramonlarning har biri o'zining faoliyati bilan diqqat qaratilgan muammoning muayyan jihati, qaysidir qirrasini yoritadi. Ular asosiy adabiy qahramonning xarakteri xususiyatlari namoyon bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi.
Mazkur maqolada badiiy asarlarda inson obrazi qanday aks ettirilishi to'g'risida mulohaza yuritiladi.
33-45 126 90

Insoniyat: asliyat va irsiyatning badiiy talqini

Умида Расулова
Ijodkorlar, so'z sohirlari zamonaviy nasrga yangi tasvir, ifoda olib kirdilar, hayotni turli rakurslardan turib tasvirlay boshladilar. Ular mavzularni to'ldirib, boyitib boradilar. Ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarni ijodiy yondashuv asosida kitobxonga yetkazishga harakat qiladilar. Adiblarning badiiy sohadagi izlanishlari, mumtoz an’analar va folklordan unumli foydalanishi, dunyo adabiyotidan o'rganishlari o'z samarasini bermoqda. Dunyo adabiyotshunosligining ilmiy-nazariy talablariga javob beradigan nasr namunalari o'zbek va qirg'iz adabiyotining yaqin tarixidagi mulkiga aylandi. Bu asarlar poetikasida turli yosh, kasb, dunyoqarashga mansub xarakterlar yaratildi. Ular orasida bolalaru kattalar, ishchi-yu xizmatchilar, tentag-u darveshlar, ismsiz qahramon-u g'ayritabiiy go'daklar ham muayyan funksiyani bajarishga yo'naltirildi. Muhimi, asarda insonning mohiyatini teran anglatish, tiynatidagi fazi-lat-u illatlarni har tomonlama kashf etish tamoyili chuqurlashdi. Roman kompozitsiyasida qahramon ongosti jarayonini isyon-u kufr kontrastida aniq badiiy talqin etishga e'tibor ortdi, tashqi faoliyatdan botindagi dard-u iztirobni his ettirishga rag'bat kuchaydi.
46-58 231 323

Badiiy asarda xarakter

Юлдуз Турдиева
Mazkur maqolada badiiy asardagi xarakter tushunchasi haqida atroflicha fikr yuritilib, uning ilmiy va nazariy ta'riflari tahlilga tortiladi. "Xarakter"ga xos jihatlar, mezonlar asosan, Luqmon Bo'rixonning "Jazira-madagi odamlar" romani asosida ko'rib chiqilib, yozuvchining xarakter yaratishdagi individual uslubiga ham e'tibor qaratiladi. Bu o'rinda qiyo-siy-tahliliy metod asosida Ulug'bek Hamdamning "Ota" romanidan ham unumli foydalanilib, xarakter yaratishda ishtirok etuvchi vositalarning qay tarzda qo'llanilish darajasi bu ikki romandan keltirilgan parchalar orqali qiyosiy solishtirilib baholanadi.
59-67 96 88

Mo‘tabar siymoning samoviy olami

Улжон Бобокулова
Ona siymosi har bir adib ijodiga alohida bir mehr, chinakam ehtirom hosilasi sifatida kirib keladi. Bu ehtirom undagi beqiyos fazilatlar va xislatlarga bo'lgan maslak bilan ifodalanadi. "Ona haqida kimlar nima demagan. Dunyoda Oripov biror bir shoir yoki adib bo'lmasinki, ona haqida qo'shiq to'qimagan, kuylamagan bo'lsa. Ona bor, olam bor; ona bor, odam bor; ona bor, Vatan bor, deyishadi. Chindan ham ona kabi tabarruk va aziz, ona kabi muqaddas va mehridaryo, ona kabi mard va jasur, ona kabi hokisor va kechirimli inson olamda topilmasa kerak. Shundan bo'lsa ajab emaski, ona mavzusi ijodkor uchun navqiron, abadiy tugallanmas ilhom manbayidir",-degan edi adabiyotshunos olim S.Mirvaliyev ona qiyofasi to'g'risidagi mulohazalarida. Ushbu maqola ona obrazining lirik va irfoniy talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she'riyatida misolida o'rganishni ko'zda tutadi.
68-80 108 174

Ayol ruhiyati talqinida mazmunning poetik vazifasi

Насиба Курбонбоева
Adabiyotda shakl va mazmun masalasining muhimligi xususida adabiyotshunos olimlar bir nechta tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu borada turli xil qarashlar mavjud. Jahon adabiyotshunosligida bu masala-ga alohida yondashib, biri ikkinchisini mutlaqo taqozo etmaydi yoki biri ikkinchisisiz mustaqil mavjud bo'la oladi, degan fikrlar ilgari surilgan. Bu fikrlar o'z isbotini topmagan hamda bir guruh olimlar shaklsiz mazmun, mazmunsiz shakl mavjud bo'la olmaydi, degan qarashlarni ilgari suradilar. Shu bilan birga, o'zbek adabiyotshunos olimlari ham bu masalaga chuqur yondashib, o'z fikr-mulohazalarini bayon etadilar. Shulardan kelib chiqqan holda, maqolada o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida shakl va mazmun masalasini o'rganish hamda ijodkor lirik kechinmalarini aniqlash masalasiga e'tibor qaratiladi.
81-97 407 142

Poetik mazmun yangilanishida individual ijodiy tafakkurning o‘rni (Tavallo adabiy merosi misolida)

Дилдора Рахмонова
Ushbu maqolada poetik shakl va mazmun munosabati, individual ijodiy tafakkur haqidagi qarashlar tahlili o'rin olgan. Poetik mazmun tushunchasi har bir ijodkorning o'ziga xosligini belgilab beruvchi asosiy tendensiyalardan ekanligi Tavallo ijodi misolida yoritib beriladi. Tavallo ijodida ham mumtoz poetik obrazlar: gul, bulbul; zamondosh ijodkorlari kabi Vatan, ilm-ma’rifat masalalari badiiylikni ta’minlashga xizmat qilgan bo'lsa ham, individual ijodiy tafakkur orqali ularni yangilay oldi. An’anaviy obrazlarga yangi ma'no yuklash asnosida mazmuniy novatorlikka erishgan Tavallo adabiy merosi muayyan tasniflarga turkumlangan holda maqolada keng tahlil etiladi.
98-119 579 172

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari

Хафиза Абдураимова, Ильёс Исмоилов
Turkiy adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g'azallari, liri-kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat qilinib, uning badiiy tasvir-lari hamda talqinlarining sabablari bir qadar ochib berilgan.
Maqola uchun aynan Xizr obrazining tanlab olinishi tasodif emas. Xizr turkiy xalqlar mifologiyasi, fblklori, adabiyotida juda ham mashhur shaxs hisoblanadi. Shu qadar mashhurligidan maqol va matallarga obraz bo'lib xizmat qilgan. Turkiy adabiyotning ulkan ustuni bo'lgan Alisher Navoiyning ushbu obrazga munosabati, albatta, qiziqarli. Shu sabab ham maqolaga aynan Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazi tasvirlari manba sifatida tanlangan.
Maqolada Xizr obrazi bilan bog'liq ham ilmiy, ham badiiy, ham mifik qarashlarni o'rganib, ularning Alisher Navoiy ijodiga qay daraja-da ta’sir etganligi tadqiq qilingan. Maqolani yozish jarayonida bir necha xorijiy hamda milliy manbalar, diniy adabiyotlarga ham murojaat qilingan.
120-137 346 636

G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi

Зебо Яхшиева
Ushbu maqolada Amir Temur siymosini prototip sifatida olgan, o'rta asrlar ingliz adabiyotida turli davrlarda yaratilgan dramatik, nazmiy va nasriy asarlar tadqiqi borasida so'z yuritildi. Har bir asar o'zbek va boshqa sharq adabiyotida mavjud badiiy ijod namunalari bilan qiyosiy o'rganildi. Olib borilgan tadqiqotlarda keltirilgan nazariy fikrlarga tayangan holda, yozuvchilarning badiiy obrazlarga yuklagan orzu umidlari haqida ilmiy xulosalar berildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari" asari tahlilimizning bosh obyekti sifatiga olingan bo'lib, g'arb yozuvchilari badiiy merosini tadqiq etgan dunyo ilm ahlining Temur badiiy obrazi borasidagi fikrlari yuzasidan ilmiy tahlillar olib borildi. O'zbek adabiyotshunos olimlarining bir qator tadqiqotlari va ilmiy qarashlariga suyangan tarzda Amir Temur tarixiy siymosining badiiy asarlarga ko'chgan obrazi bilan qiyosiy tadqiq etildi. Ayniqsa, ushbu maqolada qiyosiy o'rganilgan ingliz adiblari bosh qahramonida aks etgan o'sha davr ijtimoiy muhiti, oddiy xalqning orzu is-taklari va hukmron qatlam va cherkov ziddiyatlari, asar to'qima obrazlari-ga va voqealariga ko'chgan mifologik unsurlar haqida mulohazalar berildi.
138-151 275 210

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili

Шахзодбек Рузметов
Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega bo'lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o'rin egallaydi. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar - Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning "Farhod va Shirin" dostonlari qiyoslanilgan. Farhod obrazining genezisi, navoiyshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqot-lar borasida olimlarning fikrlari o'rganilib, tahlil qilingan. Shakl jihatidan Navoiy masnaviysidan farq qiluvchi Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy-ning "Farhod va Shirin” dostonidagi lirik janrlar xususida so'z yuritilib, vazn va shakl nuqtayi nazaridan farqli o'rinlar tahlilga tortilgan. Qiyoslar natijasida dostonlarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri, voqealar ifodasida she’r navlarining o'ziga xosligi masalalari ochib berilgan. Har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o'xshash va farqli tomonlari aniqlanilgan. Badiiy mahorat masalasi, asar arxitektonikasi hamda hajm nuqtayi nazaridan ijodkorlar ijodi qiyosiy o'rganilib, ilmiy xu-losalar chiqarilgan.
152-173 966 344

Muhayyir ijodi badiiyati (badiiy san’atlar misolida)

Мухаббатхон Акбарова
Musulmon Sharq adabiyotida badiiyat masalasi har doim she’riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste'dodi haqida so'z borganda, uning tasvir obyekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o'sha obyektyoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma’noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo'lgan badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she'riy asarda qo’llanilgan badiiy san’atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Ushbu maqolada Qo’qon adabiy muhitida yashab ijod qilgan Muhammadqul Muhammadrasul o'g'li Muhayyir ijodidagi turli janrlarga oid she'r shakllarida uchrovchi badiiy san’atlar tahlilga tortilgan. She'riy baytlarda uchrovchi badiiy san’atlarni tahlil qilishda guruhlarga ajratilgan, har bir guruhga kiruvchi badiiy san’atlarning mazmuniga tavsif berilgan va she’riy parchalar orqali misoliar keltirilib, parchalarning mazmuni tushuntirilib berilgan.
174-184 233 184

A literary analysis of the Oriental lyrics of George Gordon Byron

Зиёда Мирусманова
This research paper delves into literary exploration of Oriental poetics in the lyrical works of the renowned Romantic poet, George Gordon Byron, commonly known as Lord Byron. Byron was a leading figure in the Romantic movement and was well-known for his versatility in poetry that ranged from lyric to epic to satirical. G.G.Byron as a romantic poet wanted to show his inner thoughts through his rebellion heroes, in order to do this, he used Orientalism as a main element. When undertaking a literary analysis of George Gordon Byron's works through the lens of Oriental poetics, various elements come into focus, such as: connotative meaning, imagery, metaphor, poetic language, rhyme scheme and simile. Through his work. Western and Eastern literary traditions are brought into conversation, demonstrating how they can be combined to create intricate and nuanced artistic expressions.