“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
138-151
1
0
Поделиться
Рузметов, Ш. (2024). “Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 138–151. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp138-151
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega bo'lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o'rin egallaydi. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar - Alisher Navoiy va Lamii Chalabiylarning "Farhod va Shirin" dostonlari qiyoslanilgan. Farhod obrazining genezisi, navoiyshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqot-lar borasida olimlarning fikrlari o'rganilib, tahlil qilingan. Shakl jihatidan Navoiy masnaviysidan farq qiluvchi Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy-ning "Farhod va Shirin” dostonidagi lirik janrlar xususida so'z yuritilib, vazn va shakl nuqtayi nazaridan farqli o'rinlar tahlilga tortilgan. Qiyoslar natijasida dostonlarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar tasviri, voqealar ifodasida she’r navlarining o'ziga xosligi masalalari ochib berilgan. Har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o'xshash va farqli tomonlari aniqlanilgan. Badiiy mahorat masalasi, asar arxitektonikasi hamda hajm nuqtayi nazaridan ijodkorlar ijodi qiyosiy o'rganilib, ilmiy xu-losalar chiqarilgan.


background image

138

ISSN 2181-922X 138

151

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar

takomili

Ruzmetov Shahzodbek

1

Abstrakt

Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega

bo‘lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o‘rin egallaydi.

Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikki yirik asar – Alisher Navoiy

va Lamii Chalabiylarning “Farhod va Shirin” dostonlari qiyoslanilgan. Far-

hod obrazining genezisi, navoiyshunoslikda amalga oshirilgan tadqiqot-

lar borasida olimlarning fikrlari o‘rganilib, tahlil qilingan. Shakl jihatidan

Navoiy masnaviysidan farq qiluvchi Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy-

ning “Farhod va Shirin” dostonidagi lirik janrlar xususida so‘z yuritilib,

vazn va shakl nuqtayi nazaridan farqli o‘rinlar tahlilga tortilgan. Qiyoslar

natijasida dostonlarning kompozitsiyasiga xos xususiyatlar, qahramonlar

tasviri, voqealar ifodasida she’r navlarining o‘ziga xosligi masalalari ochib

berilgan. Har ikki ijodkorning mavzuga yondashishdagi o‘xshash va farq-

li tomonlari aniqlanilgan. Badiiy mahorat masalasi, asar arxitektonikasi

hamda hajm nuqtayi nazaridan ijodkorlar ijodi qiyosiy o‘rganilib, ilmiy xu-

losalar chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

poetika, vazn, genezis, syujet, obraz, lirik janr, kom-

pozitsiya, ramal, hazaj, mujtass, muzori, hasbi hol, qasida, g‘azal, tarji’band,

tarkibband.

Kirish

Sharq mumtoz poetik tahlilida adabiy tur va janrlar aso-

siy obyekt bo‘lib, nazm va nasr yo‘nalishida yaratilgan badiiy asar-

lar, ulardagi janrlar takomili masalasi shoirlarning poetik mahor-

atidan darak beruvchi belgi sifatida ahamiyatlidir. Xususan, ishqiy

mavzudagi dostonlarda mavzu va ritm, janrlar masalasi, sayyor syu-

jet va g‘oyalarning ifodalanishi mavzu doirasiga ko‘ra salmoqli o‘rin

egallab, bu turkumga kiruvchi “Farhod va Shirin” dostonini sharq

adabiyotida mavjud Farhod qissalari bilan qiyosiy o‘rganish komil

inson sifatida gavdalanuvchi Farhod obrazining rivojlanish tadriji-

1

Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich

– Toshkent iqtisodiyot va pedagogika

instituti

E-mail:

Shahruzmetov@gmail.com

ORCID ID:

0009-0009-1277-7283

Iqtibos uchun:

Ruzmetov, Sh. 2024. “Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar ta-

komili. O‘zbekiston: til va madaniyat”. 1(2): 138-151.

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)


background image

139

ni kuzatish nuqtayi nazaridan, ayniqsa, muhimdir. H. Arasli o‘zbek

va ozarbayjon adabiy aloqalari mavzusida olib borgan tadqiqot ish-

larida shu masalaga alohida ahamiyat beradi. H. Arasli “Farhod va

Shirin” haqida fikr yuritib, Navoiy dostoniga asos bo‘lgan manbalar

qatorida XIV asr ozarbayjon shoiri Orif Ardabiliy yaratgan “Farhod-

noma” asarini ham sanab o‘tadi. Shuningdek, “Xusrav va Shirin” tar-

ixini o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardan yana biri sifatida

chex sharqshunosi G.Duda tomonidan yaratilgan kattagina mono-

grafiyani ko‘rsatish mumkin. Said Nafisiy, Ali Asg‘ar Hikmat kabi

Eron adabiyotshunoslarining asarlarida ham “Farhod va Shirin” qis-

sasi va uning tarixi haqidagi fikrlar mavjud. Chet el sharqshunos

-

ligida “Farhod va Shirin” yoki “Xusrav va Shirin” to‘g‘risidagi qayd va

mulohazalar to‘g‘risida so‘z borar ekan, dastlab turk adabiyotshuno-

si Ogah Sirri Levendning Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganishga

bag‘ishlangan ishlarini nazarga olish lozim. Milliy navoiyshunos-

ligimizda esa “Farhod va Shirin” dostoni bo‘yicha professor Sodirx-

on Erkinov tadqiqot olib borgan bo‘lsalar, u kishi o‘z tadqiqotlari-

da aynan Lamii Chalabiyning asarini topa olmagani va Ogah Sirri

Levendning katologidagi manbalardan foydalanganligini aytadi.

Usmonli turk adabiyoti va bugungi kun navoiyshunosligi nuqtayi

nazridan bu ikkala dostonni tahlilga tortish, undagi lirik janrlarga

munosabat bildirish fanning yangi qirralarini kashf etish uchun asos

vazifasini bajaradi.

Asosiy qism

Lamii Chalabiyning “Farhod va Shirin” dostoni shoir ijodining

cho‘qqisi bo‘lib, u haqida qardosh olimlar tomonidan ko‘plab

tadqiqotlar amalga oshirilgan. Biroq mazkur ilmiy ishlarda Alisher

Navoiy va Lamii Chalabiyning “Farhod va Shirin” dostonlari qiyosiy

tahlil etilgan emas. Usmonli turk shoiri Lamii Chalabiy Navoiydan

“Farhod va Shirin” dostonini tarjima qilar ekan, unda an’anaviy

mavzu, syujetni saqlab qolgan holatda kompozitsiyaga o‘zgartirishlar

kiritgan. Shoir dastlab asarni Navoiy darajasida yoza olmasligini

aytgan, biroq shoir 16 oy davomida Anado‘li turkchasida “Ferhad ile

Shirin” masnaviysini yozib tugatgan. Asar Navoiydan tarjima shaklida

bitilgan bo‘lsa ham kompozitsiya, janr va vaznda individuallik

holatlarining mavjud ekanligiga guvoh bo‘ldik. Misol uchun, Alisher

Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hazaji musaddasi mahzuf

(ruknlari va taqti’: mafoiylun mafoiylun fauvlun

V — — — /V — — —/

V — —)

vaznida yozilgan, 54 bob, 5782 baytdan iborat. [Sirojiddinov,

2018, 103] Lamiyning dostoni Navoiynikidan baytlar hajmiga ko‘ra

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

140

2365 bayt ko‘proq bo‘lib, umumiy 54 bob, 8157 baytni tashkil qiladi.

Navoiydan farqli ravishda Lamii Chalabiyda doston vaznlari aralash

holatda kelgan. Hazaj, ramal, muzori’ va mujtass bahrlari barobar

qo‘llanilgan. Dostonda qasida, g‘azal, tarji’band, tarkibband janrlarini

kuzatish mumkin. Asar garchand hazaj bahrida yozilgan bo‘lsa ham

ichidagi lirik janrlarda ramali musammani mahzuf (ruknlari va

taqti’: foilotun, foilotun, foilotun, foilun

— V— —/—V — —/—V—

—/—V —)

, mujtassi musammani maxbuni mahzuf (ruknlari va

taqti’: mafoilun failotun mafoilun failun

V—V—/VV— —/ V—V—/

VV— ),

muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf (

— —V/—V—V

/ V— —V—/V—

), muzoriyi musammmani axrab (

— —V/—V— —

/ — —V/—V— —

)

vaznlarida bitilgan. Asar shaklan musaddas

ko‘rinishda ifodalansa-da, shoir o‘z ijodida individuallikka intilib,

asarda musamman shaklidan ham foydalangan, bu qasida, g‘azal

janrlarida namoyon bo‘ladi.

Doston tarkibida uchrovchi qasida janri Sharq adabiyotida

dastlab paydo bo‘lgan she’r shakllaridan biri bo‘lib, u arabcha

“maqsad”, “niyat” ma’nolarini bildiradi. Qasida biror tarixiy shaxs,

hukmdor yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi

hisoblanib, qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha

bo‘lishi mumkin. Qasida janridan g‘azal janri o‘sib chiqqanligi tufayli

ularning qofiyalanishi bir xil bo‘lib, g‘azal singari a-a, b-a, d-a, e-a …

tarzidadir. Ayrim hollarda masnaviy ko‘rinishida ham qofiyalanishi

mumkin. Qasida tuzilishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:

1. Qasidai tom (to‘liq qasida) – bunda qasida to‘rt qismdan

tarkib topadi:

a) nasib – lirik kirish (tabiat tasviri);

b) gurizgoh – nasib bilan madhni bog‘lovchi, 4-5 baytdan

tashkil topuvchi qism;

s) madh – asosiy qism;

d) qasd – mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istak-

lar bildirilagan qism.

2. Qasidai mujarrada (chala qasida) – bunda faqat madh

keltiriladi.

Qasidalar mavzusiga ko‘ra vasf, madh, hajv, marsiya, muno-

jot va falsafiy qasidalarga bo‘linadi. Turkiy adabiyotdagi ilk qasida

“Devonu lug‘otit turk”da “qo‘nug‘” shaklida uchraydi. [Sirojiddinov,

2018, 317]

Dostonda keltirilgan dastlabki qasida I bobda keltirilganligi

uchun hamd xarakteriga ega. 26 bayt, 52 misrani tashkil qiluvchi

qasida tuzilishiga ko‘ra qasidai mujarrada shaklida. Qofiyalanishi

Shahzodbek RUZMETOV


background image

141

a-a, a-a, a-a, a-b, d-a, e-a …. ko‘rinishida bo‘lib, ramali musammani

mahzuf vaznida yozilgan.

Ey kemâl-i sun‘ına eşkâl-i ‘

âlem

‘ayn-ı dâl

— V— —/—V — —/—V — —/—V —

Hatt-i dest-i kudretüŋden nakş-ı

âdem

bir misâl

— V— —/ —V — —/ —V — —/—V —

Midhatungde andalib-i natika mebhuti lal

— V— —/ —V — —/ —V — —/—V —

Fikretungde Shah-baz-i akile bi perr u bal

— V— —/ —V — —/ —V — —/—V —

Dostonning ikkinchi bobida keltirilgan keyingi 29 bayt, 58

misrani tashkil qiluvchi qasida ham qasidai mujarrada shaklida

bo‘lib, hamd xarakteriga ega. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu qa-

sidaning so‘nggiga qadar shoir qofiyalanib keluvchi ikkinchi misra

-

da “Kalimayi shahodat”ni qo‘llaydi. Qasida g‘azal kabi a-a, b-a, d-a

… ko‘rinishida qofiyalanib, mujtass bahrining mujtassi musammani

maxbuni mahzuf vaznida yozilgan.

Cihân u câna pür oldı ol iy göŋül

âgâh

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Nidâ-yı eşhedü en lâ-ilâhe ille’llâh

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Dostonning VI bobi payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)

madhiga bag‘ishlangan bo‘lib, undan so‘ng 76 bayt, 152 misrani

tashkil qiluvchi qasidai tom keltirilgan. Qasidaning dastlabki 4 bay-

ti arabiy so‘zlardan iborat bo‘lib, keyingi baytlar turkiyda keltiriladi.

Qasida mulamma san’ati asosiga qurilgan, nafaqat dastlabki 8 mis-

ra, balki qasidaning keyingi o‘rinlarida ham arabiy so‘zlarga duch

kelishimiz mumkin. Qasida a-a, b-a, d-a … ko‘rinishida qofiyalanib,

muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida yozilgan.

Mihmân-ı sadr-ı suffe -imi‘râc

Rûh-ı

— —V/—V—V / V— —V—/V—

Kuds Sultân

-ı çâr

- bâliş –i eyvân

kibriyâ

— —V/—V—V / V— —V—/V—

Namuŋla buldı cümle cih

ân

‘izzet ü

şeref

— —V/—V—V / V— —V—/V—

Ahmed ü Muhammed ü Mahmûd u Mustafâ

— —V/—V—V / V— —V—/V—

Lamii asaridagi keyingi qasida IX bobdan o‘rin olgan bo‘lib,

hukmdor Yovuz Sulton Selim I ga bag‘ishlangan. Qasida 60 bayt, 120

misrani tashkil qiladi. Qasidai tom xarakteriga ega ushbu qasida mu-

zoriyi musammmani axrab vaznida yozilgan.

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

142

Medhüŋ iderken iy

şâh

bu

şi‘r

-i hûb u dil – hâh

— —V/—V— — / — —V/—V— —

Hâtifden oldı nâgâh

âşufte

göŋle mülhem

— —V/—V— — / — —V/—V— —

Doston tarkibida keluvchi keying janr bu g‘azal janridir.

Lamiining dostoni tarkibida 10 ta g‘azalga duch kelamiz.

Ma’lumki, g‘azal arabchadan olingan bo‘lib, “ayollarga oshiqo-

na so‘z”, “ishq izhor qilish” ma’nolarini bildirib, a-a, b-a, d-a, e-a… tar-

zida qofiyalanuvchi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo‘lgan baytli

she’r shaklidir. Adabiyotshunoslikda g‘azal janri haqida ilk ma’lu-

mot Shams Qays Roziyning “Al-Mo‘jam” asarida (XIII asr) keltirilgan.

Olim bunda g‘azalning asosiy lug‘aviy ma’nosi ayollarga muhabbat

qo‘yish bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratadi. O‘zbek adabiyotida

5-10 baytli g‘azallar ko‘p uchraydi.

“G‘azalning birinchi bayti matla’ yoki mabda’, oxirgi bayti esa

maqta’ deb ataladi va maqta’da shoir taxallusi qo‘llaniladi. Agar ik-

kinchi bayt ham matla’ singari qofiyalansa, ya’ni g‘azal qo‘sh mat

-

la’ga ega bo‘lsa, “husni matla’” yoki “zebi matla’”li g‘azal deb ataladi.

G‘azalning dastlabki namunalari VIII–IX asrlarda arab adabiyotida

paydo bo‘lgan, fors-tojik adabiyotida ilk g‘azal yozgan shoir sifati-

da Ro‘dakiy tilga olinadi. O‘zbek adabiyotida esa dastlabki g‘azal

Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida (XIV asr) uchraydi. G‘azal-

ning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor Xorazmiyning “Muhabbat-

noma”sidan (1353–1354) boshlanadi. G‘azallarni mavzusiga ko‘ra

shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:

1. Hаmd g‘azallar.

2. Nа’t g‘azallar.

3. Оshiqоna yoki ishqiy mavzudagi g‘azallar.

4. Orifona yoki tasavvufiy-falsafiy mavzudagi g‘azallar.

5. Аxloqiy-ta’limiу mаvzudagi g‘azallar.

6. Ijtimоiy mavzudagi g‘azallar.

7. Rindоna g‘azаllar.

8. Tаbiat tasviri аks etgan g‘azallar.

9. Наjviy mavzudagi g‘azallar.

Aslida, bunday tasnif nisbiy bo‘lib, ba’zan Alisher Navoiyning

ishqiy mavzudagi g‘azallari tarkibida (ko‘pincha maqta’dan oldingi

baytda) ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq baytlar, tabiat tasviri aks et-

gan g‘azallarida yor tasviri va h.k. mazmunidagi baytlarni ham kuza-

tish mumkin”. [Sirojiddinov, 2018, 293]

Lamii dostonining XXVII bobi Farhodning ishq o‘tini yashira

olmagani haqida bo‘lib, mavzu Navoiy bilan bir xil, lekin turk shoiri

Shahzodbek RUZMETOV


background image

143

bu o‘rinda 7 baytli musamman ko‘rinishida g‘azal keltirgan. Ushbu

g‘azal muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf (

— —V/—V—V

/ V— —V—/—V—

) vaznida yozilgan. Shoir garchand hazaj bahridan

chekingan bo‘lsa ham shunisi ahamiyatliki, muzori bahri hazajni es-

latadi, ya’ni birinchi va uchinchi ruknda hazaj vazni rukni, ikkinchi

va to‘rtinchi juft misralarda ramal bahri vaznlari ko‘zga tashlanadi.

G‘azal “do‘st” radifi bilan keladi.

Kıldı tecellî cânuma bir kez cemâl dûst

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Yıllar durur gözümde uçar uş hayâl-i dust…

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Virmez kimesne gerçi o cândan nişâne hîç

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Gitmez velî göŋülden

ümîz-i

visâl-i dust

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Ushbu lirik parcha masnaviy tarkibida g‘azal sifatida kelsa

ham yuqorida ko‘rganingizdek maqta’da shoir taxallusi keltirilmay-

di.

Doston tarkibidagi keying g‘azal XXIX bobda keltirilgan. Far-

hodning Yaman yurtiga borgani va Shopur bilan do‘st tutingani tas-

viriga bag‘ishlangan bo‘lib, 14 misra, 7 baytni tashkil qiluvchi ushbu

g‘azal ramali musammani maxbuni mahzuf (

V V — —/ V V — — / V

V — —/ V V — )

vaznida yozilgan.

Tutalum mey göŋül açar leb-i dilber yirine,

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Bize cân mı virür ol bûse-i

şekker

yirine…

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Dil-i zârum gibi ger badiye-i gamda kalam,

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Döşenem hâr-ı mugaylânuŋı pister yirine.

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Yetti baytni tashkil qilgan bu g‘azal masnaviy tarkibida g‘azal

sifatida uchrasa-da yuqorida ko‘rganingizdek maqta’da shoir taxal-

lusi keltirilmaydi. Shoir g‘azalga taxallussiz yakun yasab, g‘azal shak-

lini ham o‘zgartirgan.

Doston tarkibida keluvchi keyingi g‘azal XXXI bobda bo‘lib,

ushbu bob Farhodning tog‘dagi toshlarni yakson qilishi, Shirin bi-

lan uchrashuv va hushdan ayrilish voqeasiga bag‘ishlanadi. Shoir

bu o‘rinda ham 14 misra, 7 baytlik “Yitar” radifli g‘azalini keltirgan

bo‘lib, muzoriyi musammani axrabi makfufi mahzuf (

—V/—V—V / V— —V—/—V—

) vaznidan foydalangan.

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

144

İy

mâh-ı hüsn cânuma mihrüŋ ziyâ yiter

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Hâküm zer itmege nazaruŋ kîmiyâ yiter

— —V/—V—V / V— —V—/—V—

Bu g‘azal ham yuqoridagilari kabi maqta’siz keltirlgan.

XXXIV bobda keltirilgan keyingi g‘azal ham 7 baytni tashkil

qiluvchi “Gelur” radifli g‘azalidir. Bu bob “Bahr un-najot” hovuziga

suv ochilgani, Farhod Shirin va uning otini ko‘tarib ariqdan o‘tka-

zib qo‘ygani bayoni haqida bo‘lib, undagi g‘azal ramali musammani

maxbuni mahzuf (

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —)

vaznida

yozilgan.

Yine açıldı cihân

şol

gül-i ra‘nâ mı gelür

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Segrişür gözlerüm ol nerges-i

şehlâ

mı gelür

V V — —/ V V — — / V V — —/ V V —

Bu g‘azal vazni ham boshqalari singari qaytalanuvchi xarak-

terda bo‘lib, maqta’da taxallus keltirilmagan.

Lamii dostonida keltirilgan beshinchi g‘azal masnaviyning

XXXV bobidan joy olgan, bu bob Mehinbonuning Farhod sharafiga

ziyofat bergani, Shirin qo‘lidan may ichgan Farhodning hushdan

ayrilishi bayoniga bag‘ishlangan. Bu bobda boshqalaridan farqli o‘la-

roq ikkita g‘azal o‘rin egallagan bo‘lib, dastlabki g‘azal 7 baytni tash-

kil etib, bu hazaji musammani solim (

V — — —/ V— — — / V — —

—/ V — — —)

vaznida yozilgan.

Sunaldan sâkî-i ‘

ışkuŋ

baŋa câm-ı gam-efzâyı

V — — —/ V— — — / V — — —/ V — — —

Bugün bezm-i cihân içre benem

şeydâ

vü rüsvâyî

V — — —/ V— — — / V — — —/ V — — —

G‘azal uchun ishqiy mavzudagi dostonlarga mo‘ljallangan

hazaj bahrining musammani solim shaklidan foydalanilgan. Lekin

avvalgilari singari bu g‘azalda ham maqta’da taxallusiga duch kel-

maymiz.

O‘ttiz beshinchi bobda keltirilgan ikkinchi g‘azal ramal

bahrining ramali musammani mahzuf vaznida (

— V — —/— V — —

/— V — —/— V — —)

yozilgan bo‘lib, shoir “egler beni” so‘zini radif

sifatida qo‘llaydi.

Sâkıyâ sanma

şarâb

-ı hoş-güvâr egler beni,

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Bezm-i ‘

ışk

içre hayâl-i la‘l-i yâr egler beni…

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Lâmi‘î ser-menzil-i fülk-i fenâdur maksadum,

Shahzodbek RUZMETOV


background image

145

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Vâh kim pâ-bend oldı kayd u kâr egler beni.

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

G‘azal 8 bayt, 16 misrani tashkil etib, boshqa g‘azallardan

farqli ravishda bu g‘azalning maqta’ qismida Lamii o‘z taxallusini

qo‘llaydi.

Doston tarkibida keluvchi yеttinchi g‘azal masnaviyning XLIII

bobidan o‘rin egallagan bo‘lib, bu bob Farhodning Salosil g‘oridagi

qiyinchiliklari, Shirinning hajrida ozor chekib nola qilgani zikriga

bag‘ishlangan bo‘lib, shoir bu bobda qahramonning lirik kechinma-

larini ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan 7 baytli “ag‘lar

bana” radifli g‘azalida tasvirlaydi.

İy

perî kan yaşüm içün ins ü cân aglar baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Acıyup deryâ gibi

çeşm-i

cihân aglar baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Ne ola cânum zahmına rahm eyleseŋ bir gün diyüp

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Ki ol garîb

üftâde

hâlin her zemân aglar baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Masnaviy tarkibidan o‘rin egallagan sakkizinchi g‘azal ramali

musammani mahzuf (

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —)

vaznida bo‘lib, 5 baytni tashkil qiladi. XLIV bobdan olingan bu g‘azal-

da Farhodning hayot ekanligidan xabar topgan Shirinning unga

jo‘natgan maktubiga Farhodning javobi lirik ko‘rinishda aks etgan.

Nâme ki ol cândan gelür menşûr-ı ikbâlümdür ol

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Mihr-i mühri levh-i dilde nakş-ı

âmâlümdür

ol

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Kur‘a-i devlet gibi tûmârı

üzre

yazılan

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Hatır-ı dil-bestemi açmag içün fâlümdür ol…

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

İy

sabâ gül gibi aç bu nâfe-i ser-besteyi

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Kim ezelden dilde ‘ukdem cânda eşkâlümdür ol

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Yuqoridagi bobdan so‘ng shakl saqlangan holatda, ya’ni ra-

mali musammani mahzuf (

— V — —/— V — — /— V — —/— V

— —)

ko‘rinishida 7 baytli yana bir g‘azal keltirilgan bo‘lib,

u dostondagi sakkizinchi g‘azal hisoblanadi. Unda Shirinning xatini

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

146

o‘qigan oshiqning hushdan ayrilishi, Farhodning javob xati xususida

so‘z boradi. G‘azal hasbi hol ko‘rinishda bo‘lib unda oshiqning holati

o‘z tilidan keltirilgan.

Gün yüzüŋ hicriyle mâhum gicedür gündüz baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Veh niçe bî-tâli‘am açmaz sitârem yüz baŋa…

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

İşidüp

ben bülbülüŋ feryâdını

şeb-tâ-seher

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Gül kulag olmış durur bâg içre nerges göz baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Hasretüŋden iy saçı ve’l-leyli yüzi ve’d-duhâ

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Âh

kim oldı berâber gice vü gündüz baŋa

— V — —/— V — — /— V — —/— V — —

Lamii ijodidan o‘rin egallagan so‘nggi o‘ninchi g‘azal doston-

ning XLVI bobidan o‘rin egallagan bo‘lib, unda Farhodning maktubi-

ni o‘qigan Shirinning iztiroblari haqida so‘z boradi. G‘azal mujtassi

musammani maxbuni mahzuf (ruknlari va taqti’: mafoilun failotun

mafoilun failun

V—V—/VV— —/ V—V—/VV— )

vaznida yozilgan

bo‘lib, 9 bayt 18 misrani tashkil etadi. Bu g‘azal o‘zidan avvalgi ak-

sariyat g‘azallardan maqta’ qismida shoirning taxallusi qo‘llanilgani

bilan farq qiladi.

Gam-ı diyârı mı yâ derd-i yârı mı diyelüm

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Firâk u hasret-i rûy-ı nigârı mı diyelüm

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Gözüŋ ki tâk-ı kaşuŋdan düşürdi câm-ı dili

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Cefâ taşından iren inkisârı mı diyelüm…

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Cefâ-yı zülf ü ruhından sorarsa Lâmi‘î yâr

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Firâk-ı genci mi yâ zehr-i mârı mı diyelüm

V—V—/VV— —/ V—V—/VV—

Ushbu g‘azal bilan Lamii Chalabiy ijodidagi g‘azal janriga oid

lirik parchalar o‘z nihoyasiga yеtadi. Biz quyida shoir ijodida uchrov

-

chi tarji’band janridagi lirik parchalar tahlili va ularda qo‘llanilgan

vazinlar xususida so‘z yuritamiz.

Tarji’band bandli she’r shakllaridan biri hisoblanib, arabcha

“takrorlab bog‘lamoq” ma’nosini anglatadi. Adabiy istiloh sifatida

Shahzodbek RUZMETOV


background image

147

esa bir necha banddan iborat, g‘azal kabi qofiyalanadigan, birinchi

bandning maqta’si qolgan bandlarning so‘ngida ham takrorlanadi-

gan she’r turi hisoblanadi. Bandlar so‘ngidagi o‘zaro qofiyalanuvchi

bayt barcha tarji’xonalarni o‘zaro bog‘laydi va vosila bayt deb yu-

ritiladi. Odatda, tarji’bandlar har biri 5-12 baytdan iborat bir necha

banddan tashkil topadigan janr bo‘lib, b

andlar takrorlanuvchi bayt

— tarjiʼ vositasida oʻzaro bogʻlanishi sababli tarji’band deb yuriti

-

ladi. Keltirilgan barcha bandlarning so‘ngida o‘zaro takrorlanadigan

bayt bilan mazmun jihatidan uzviy bog‘lanib keladi. Tarji’banddagi

ushbu takrorlanadigan bayt bayt boshi deb yuritiladi. “Shayx Ah-

mad ibn Xudoydod Taroziy “Funun ul-balogʻa” asarida tarji’bandni

5 turga ajratadi:

1) har bandning qofiyasi boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori

saqlanadi;

2) barcha bandlar bir qofiyada aytilib, tarjiʼ bayti takrorlan

-

maydi, balki har bandning oxirida boshqa bir bayt keladi;

3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ baytlar ham bir qofiyada

yoziladi;

4) har bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ baytlar ham gʻazal

kabi qofiyalanadi (1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni jam etsa,

yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi;

5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning ham qofiyasi alohi

-

da-alohida

boʻladi”.

Turkiy adabiyotimizda tarji’bandning dastlabki namunasi

atoqli shoirimiz, Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning lirik devoni

-

ga 3 ta tarji’band kiritilgan. Biz quyida Lamii ijodidan o‘rin egallagan

1 ta tarji’band va tarkibband xususida so‘z yuritamiz.

Dostondagi tarji’band masnaviyning XXXV bobidan joy ol-

gan bo‘lib, bu bob Mehinbonuning Farhod sharafiga ziyofat bergani,

Shirin qo‘lidan may ichgan Farhodning hushdan ayrilishi bayoniga

bag‘ishlangan. Bu bobda yuqorida tilga olganimizdek, ikkita g‘azal,

masnaviy ko‘rinishidagi matndan so‘ng hazaji musaddasi axrabi

maqbuzi mahzuf (

— — V / V— V — / V — — )

vaznida yozilgan

bir tarji’band o‘rin egallagan. Ushbu tarji’band musaddas shaklida

bo‘lib, 9 band, 91 bayt, 182 misrani tashkil etadi.

Yârab bu ne câm-ı pür-safâdur

— — V / V— V — / V — —

Kim

âyine-i

Huzâ-nümâdur

— — V / V— V — / V — —

Bir cür‘ası biŋ hayât-ı ‘

âlem

— — V / V— V — / V — —

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

148

Bilsem bu ne

çeşme-i

bekâdur

— — V / V— V — / V — —

Yanında güneş serâb-ı bî-nem

— — V / V— V — / V — —

Sâkî bu ne od sıfatlu mâdur

— — V / V— V — / V — —

Encüm nazarında zerreden kem

— — V / V— V — / V — —

Her pertevi

Şemsi

Ve’dduhâdur…

— — V / V— V — / V — —

İy

gûşe-be-gûşe isteyen var

— — V / V— V — / V — —

Cân dîdesin aç senüŋledür yâr

— — V / V— V — / V — —

Lamii dostonidan o‘rin egallagan tarkibband LII bobdan o‘rin

egallagan. Bu bobda Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni bil-

gan Mehinbonuning hayotdan ko‘z yumishi bilan bog‘liq tasvirlar

keltirilgan bo‘lib, ushbu tarji’band marsiya xarakteriga ega. Muzoriyi

musammani axrabi makfufi mahzuf (

— — V / — V— V / V — —

V /— V—)

vaznida yozilgan ushbu tarji’band 144 misra, 72 baytni

tashkil qiladi. Bu tarji’band 9 bandni o‘zida mujassam etgan.

Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy o‘zining “Funun ul-ba-

log‘a” asarida tarji’band xususida so‘z yuritar ekan, uning bir nech-

ta turlariga to‘xtaladi, xususan, tarji’bandning to‘rtinchi turi haqida

so‘z yuritib, unda takrorlanib keluvchi baytning mavjud emasligi,

bunday tarji’bandda har band oxirida boshqa-boshqa bayt kelishi va

ularning har birida qofiyaning bir xil kelishi aytilgan. Agar qofiyasi

takrorlanuvchi baytlarni bir etsa, bir band bo‘lishini ta’kidlaydi.

Mülk-i cihân ki hâsılı bâd-ı hevâ-y-imiş

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Seyl-i fenâ yüzinde yapılmış binâ-y-imiş

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Ol

şeh

kanı ki s

âyesi

gerdû n -pen

âh

idi

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Ba htı dira htı ‘

âleme h o ş

tekye - g

âh

idi…

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Bu derd kana boyadı ru h s

ârını

gülü

ŋ

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Bu gamdan irdi göklere fery

âdı

bülbülü

ŋ

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Kanı

şu

verd -i t

âze

ki anı bâg

- b â n -ı

devr

Shahzodbek RUZMETOV


background image

149

— — V / — V— V / V — — V /— V—

n - ı

cigerle bisler idi s

âl

ü m

âh

idi…

— — V / — V— V / V — — V /— V—

Ahamiyatli jihati shundaki, Ahmad Taroziy va Lamii Chalabiy

tarji’band sifatida e’tirof etgan lirik parchani biz bugungi adabiyot-

shunoslikda tarkibband sifatida o‘rganamiz. “Tarkibband “biriktirib

bog‘lamoq” ma’nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va hajmiga ko‘ra

tarji’bandga yaqin turadi. Faqat undan farqli o‘laroq tarkibbandda

har bandning maqta’si o‘zaro qofiyalanuvchi va bir-birini takrorla

-

maydigan mustaqil baytlardan iborat bo‘ladi” [Sirojiddinov, 2018,

300].

Xulosa

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Lamiida Navoiydan

farqli ravishda g‘azal, tarji’band, tarkibband, qasida janrlaridagi lirik

parchalar mavjud. Turk shoiri ijodi-da janrlar takomili va vaznlar xil-

ma-xilligi kuzatilgan. Alisher Navoiyda salaflarga ergashgan holatda

vaznlar an’anaviy ko‘rinishda bo‘lib, o‘zgarishlar va turli vaznlardan

foydalanish o‘rinlari mavjud emas. Masnaviy to‘liq musaddas shaklida

yozilgan. Lamii Chalabiyda esa vaznlar aralash holatda kelgan hazaj,

ramal, mujtass, muzori bahrlari barobar qo‘llanilgan. Qasidalar

kelgan o‘rinlarda vazn va shakl o‘zgargan, ya’ni musamman shaklda

poetik fikr ifodalangan. Dostonning hajmi Navoiy va Lamiiyda bir xil

54 bobni tashkil qiladi, lekin baytlar soni Lamiida 2365 bayt ko‘proq

bo‘lib, asarning kirish qismidagi qasidalar, asosiy qismdagi g‘azal,

tarji’band, tarkibband hisobiga hajm ortgan. Turkiy dunyoning ikki

zabardast vakili mumtoz adabiyotning “Xamsa” asarini yaratar ekan

salaflarga ergashadi, Navoiy syujetda Xusravni Farhodga almashtirib,

voqealar rivojida tub burilishlar yasasa, Lamii Chalabiy janrlarda

o‘ziga xos shakllardan foydalanadi. Bu xamsanavislikning tadriji va

yangi ko‘rinishi sifatida fanning dolzarb va qiziqarli tomonlarini

ochishda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tahlillar, qiyosiy

yondashuvlar zamonaviy navoiyshunoslikning rivojiga o‘z hissasini

qo‘shadi.

Adabiyotlar

Farhod va Shirin. 2020. Doston. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashri-

yot-manba ijodiy uyi.

Hasan Ali Esir, Lâmiî Çelebi. 2017 Ferhâd ile Şîrîn. Ankara

Agâh Sırrı Levend (1965). “Lamiî’nin Ferhâd u Şîrîn’i”. Türk Dili Araştırma

YıllığıBelleten (1964’ten Ayrıbasım): Ankara: Türk Tarih Kuru

-

mu Basımevi.

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili


background image

150

Sirojiddinov Sh, Yusupova D. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent, Tamaddun.

T.C. Kültür ve Turizm Bakanlığı Kütüphaneler ve Yayımlar Genel Müdürlüğü.

2017. Ferhâd ile Şîrîn. Ankar.

“Bursalı Lâmiî Çelebi›nin Ferhâd u Şîrîn›inin Ali Şîr Nevaî’nin Ferhâd u

Şîrîn›i ile Mukayesesi». İstanbul Üniversitesi edebiyat Fakülte

-

si Türk Dili ve edebiyatı Dergisi (Prof. Dr. Kemâl YaVUZ Özel

Sayısı) 50: 39-64.

Эркинов С. 1986. “Хамса” анъаналари//Алишер Навоий “Хамса”си.

Тадқиқотлар // Тошкент, Фан.

Юсупова Д. 2011. Алишер Навоий “Хамса”сида мазмун ва ритмнинг

бадиий уйғунлиги. Тошкент, “MUMTOZ SO‘Z”.

Эркинов Содирхон. 1971. Навоий “Фарҳод ва Ширин”и ва унинг

қиёсий таҳлили”. Тoshkent, “Фан”.

Қаюмов А. 2014. Ўзбек хамсашунослигининг адабий илдизлари //

Ўзбек адабиётшунослигида талқин ва таҳлил муаммолари.

Илмий-назарий анжуман материаллари. Тoшкент. – Б.10-

12.

Yusupova, D. (2022). « Xamsa» dostonlarini o ‘qitishda zamonaviy

texnologiyalar va metodlardan foydalanish (“Farhod va Shirin”

misolida).

Uzbekistan: Language and Culture

,

1

(1).

ATAMAN, Kemal Yavuz, and Dilnavoz YUSUPOVA. “GLOBAL/KÜRESEL

ŞAHSİYET OLARAK ALİ ŞİR NEVÂYÎ.”

Alisher Navo’i and 21 st

century

1.1 (2024).

Юсупова, Д. (2016). Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти.

Алишер

Навоий даври). Т:“Тамаддун”-2016

.

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuvvat Idea in Alisher

Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

Genre Evolution in the Epics of “Farkhod and

Shirin”

Ruzmetov Shahzodbek

1

Abstract

In our classical literature, the science of poetics acquires special

importance and occupies a significant place as the main object of analysis

and interpretation. This article compares two major works of Turkic liter-

ature – the epics “Farhad and Shirin” by Alisher Navoi and Lamia Chalabi.

The opinions of scientists, who have worked on the genesis of Farhad’s im-

age and research conducted in Navoi science, were studied and analyzed.

1

Ruzmetov Shakhzodbek Ulugbekovich

– Tashkent economical and pedagogical in-

stitute.

E-mail:

Shahruzmetov@gmail.com

ORCID ID:

0009-0009-1277-7283

For citation:

Ruzmetov, Sh. 2024.

“Genre Evolution in the Epics of “Farkhad and

Shirin”

.

U

zbekistan: Language and Culture.

1(2):

138-151.

Shahzodbek RUZMETOV


background image

151

Lyrical genres in the epic “Farhad and Shirin” the Ottoman Turkish poet

Lamia Chalabi that differs in form from Masnavi’s of Navoi, is considered

in terms of poetic weight and shape, while analyzing different places. As a

result of the comparisons, the peculiarities of the composition of epics, the

images of heroes, the questions of the originality of the varieties of poetry

in the expression of events are revealed. The similarities and differences in

the approach of both authors to the topic are showed. The issues of artistic

craftsmanship, the architectonics of the work, as well as the creativity of

the creators in terms of volume, have been studied comparatively, and sci-

entific conclusions have been concluded.

Key words:

poetics, poetic weight, Genesis, plot, image, lyrical genre,

composition, Ramal, khazaj, mujtass, muzori, Hasbi khol, qasida, Gazelle, tar-
ji’band, tarikhband.

References

Farhod va Shirin. 2020. Doston. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashri-

yot-manba ijodiy uyi.

Hasan Ali Esir, Lâmiî Çelebi. 2017 Ferhâd ile Şîrîn. Ankara

Agâh Sırrı Levend (1965). “Lamiî’nin Ferhâd u Şîrîn’i”. Türk Dili Araştırma

YıllığıBelleten (1964’ten Ayrıbasım): Ankara: Türk Tarih Kuru

-

mu Basımevi.

Sirojiddinov Sh, Yusupova D. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent, Tamaddun.

T.C. Kültür ve Turizm Bakanlığı Kütüphaneler ve Yayımlar Genel Müdürlüğü.

2017. Ferhâd ile Şîrîn. Ankar.

“Bursalı Lâmiî Çelebi›nin Ferhâd u Şîrîn›inin Ali Şîr Nevaî’nin Ferhâd u

Şîrîn›i ile Mukayesesi». İstanbul Üniversitesi edebiyat Fakülte

-

si Türk Dili ve edebiyatı Dergisi (Prof. Dr. Kemâl YaVUZ Özel

Sayısı) 50: 39-64.

Erkinov S. 1986. “Xamsa” an’analari//Alisher Navoiy “Xamsa”si. Tadqiqotlar

// Toshkent, Fan.

Yusupova D. 2011. Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy

uyg‘unligi. Toshkent, “MUMTOZ SO‘Z”.

Erkinov Sodirxon. 1971. Navoiy “Farhod va Shirin”i va uning qiyosiy tahlili”.

Toshkent, “Fan”.

Qayumov A. 2014. O‘zbek xamsashunosligining adabiy ildizlari // O‘zbek

adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari. Ilmiy-

nazariy anjuman materiallari. Toshkent. – B.10-12.

Yusupova, D. (2022). “ Xamsa” dostonlarini o ‘qitishda zamonaviy tex-

nologiyalar va metodlardan foydalanish (“Farhod va Shirin”

misolida).

Uzbekistan: Language and Culture

,

1

(1).

ATAMAN, Kemal Yavuz, and Dilnavoz YUSUPOVA. “GLOBAL/KÜRESEL

ŞAHSİYET OLARAK ALİ ŞİR NEVÂYÎ.”

Alisher Navo’i and 21 st

century

1.1 (2024).

Юсупова, Д. (2016). Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти.

Алишер

Навоий даври). Т:“Тамаддун”-2016

.

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuvvat Idea in Alisher

Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili

Библиографические ссылки

Farhod va Shirin. 2020. Doston. Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi nashri-yot-manba ijodiy uyi.

Hasan Ali Esir, Lamh £elebi. 2017 Ferhad ile $irin. Ankara

Agah Sim Levend (1965). "Lamit’nin Ferhad u §lnn’i". Tiirk Dili Arajtirma YilhgiBelleten (1964’ten Aynbasim): Ankara: Tiirk Tarih Kuru-mu Basimevi.

Sirojiddinov Sh, Yusupova D. 2018. Navoiyshunoslik. Toshkent, Tamaddun. T.C. KiiltiirveTurizm Bakanhgi Kiitiiphanelerve YayimlarGenel Miidiirliigii. 2017. Ferhad ile Sirin. Ankar.

"Bursah Lamii £elebi>nin Ferhad u §irin>inin Ali §ir Nevai’nin Ferhad u §irin>i ile Mukayesesi». Istanbul Universitesi edebiyat Fakiilte-si Tiirk Dili ve edebiyati Dergisi (Prof. Dr. Kemal YaVUZ Ozel Sayisi) 50: 39-64.

Эркинов C. 1986. "Хамса" анъаналари//Алишер Навоий "Хамса"си. Тадқиқотлар // Тошкент, Фан.

Юсупова Д. 2011. Алишер Навоий "Хамса"сида мазмун ва ритмнинг бадиий уйғунлиги. Тошкент, "MUMTOZ SO'Z”.

Эркинов Содирхон. 1971. Навоий "Фарҳод ва Ширин”и ва унинг қиёсий тахдили". Toshkent, "Фан".

Қаюмов А. 2014. Ўзбек хамсашунослигининг адабий илдизлари // Ўзбекадабиётшунослигидаталқинватахдилмуаммолари. Илмий-назарий анжуман материаллари. Тошкент. - Б.10-12.

Yusupova, D. (2022). « Xamsa» dostonlarini o 'qitishda zamonaviy texnologiyalar va metodlardan foydalanish ("Farhod va Shirin" misolida). Uzbekistan: Language and Culture, 1(1).

ATAMAN, Kemal Yavuz, and Dilnavoz YUSUPOVA. "GLOBAL/KURESEL SAHSIYET OLARAK ALI SIR NEVAYL” Alisher Navo’i and 21 st century 1.1 (2024).

Юсупова,Д. (2016).Ўзбекмумтозвамиллийуйғонишадабиёти.Алишер Навоий даври). Т:"Тамаддун"-2016.

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuwat Idea in Alisher Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов