MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
283
BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIGA ANVAR OBIDJON
ASARLARINI O’RGATISH TEXNOLOGIYASI
Jamilova Norjon Abduxoliq qizi
Ozbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
Shodiyev Faxriddin Teshayevich
Ozbekiston-Finlandiya pedagogika instituti professori v.b., Boshlang‘ich
ta’lim kafedrasi mudiri, Ilmiy rahbar
Annotatsiya: Mazkur maqolada bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi
Anvar Obidjon ijodini boshlangʻich sinf oʻquvchilariga o‘rgatish texnologiyasi ilmiy-
metodik nuqtai nazardan yoritilgan. Asar tanlash mezonlari, o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari, dars jarayonida innovatsion metodlardan foydalanish yo‘llari,
shuningdek, Anvar Obidjon she’riyati orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish
imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, o‘qitish texnologiyasi, bolalar adabiyoti,
innovatsion metodlar, tafakkur, didaktika.
Boshlang‘ich ta’lim – insonning umrbod bilim olish yo‘lida qo‘yilgan
birinchi muhim odimlaridandir. Bu bosqichda o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotining
mo‘tabar vakillari ijodini tanishtirish, estetik didini shakllantirish va fikrlash
madaniyatini rivojlantirish muhim burch maqomidadir. Ayniqsa, bolalar dunyosiga
yaqin, ularning tafakkuriga mos, obrazlar orqali tarbiyaviy g‘oyalarni singdira
oladigan Anvar Obidjon asarlari bu borada ibrat ko‘zgusidir.
O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri – Anvar Obidjondir.
U o‘zining bolalar idrokiga, fikr olamiga mos asarlari bilan bolalar adabiyotining
rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan. Anvar Obidjon hikoyalari bolalarning
dunyoqarashlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib yozilgan. “Anvar Obidjon poetik
olami” monografiyasining muallifi Y. Solijonovning ta’biri bilan aytganda,
ijodkorning nasriy asarlari lirik asarlaridan aslo kam emas. Shu sababli Anvar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
284
Obidjon barcha bolalar qalbiga yo‘l topa oladi. Anvar Obidjon hikoyalarini o‘qigan
ota-onalar, katta yoshli insonlar ham o‘zlarini bolalar olamiga kirib qolgandek his
qilishadi. Anvar Obidjon hikoyalarida bolani tarbiyalaydigan, zukkolikka
chorlaydigan jihatlari nihoyatda ko‘p. Ayniqsa, "Topqir bolajon" nomli hikoya
keltirilgan. Anvar Obidjonning “Topqir bolajon” hikoyasi bolalar tafakkurini
o‘stirish, ularning topqirlik, mantiqiy fikrlash va analitik yondashuvlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu hikoya aqlni charxlashga yo‘naltirilganligi bilan
boshqa hiyoyalardan ajralib turadi.
Hikoya qahramoni Diyorbek oddiy matematik masalani noodatiy tarzda
tahlil qilib, sinfdagi tengdoshlari orasidan ajralib chiqadi. Ustoz tomonidan berilgan
savol bola miyasini harakatga keltiradigan, mantiqiy xulosa chiqarishga undaydigan
bo‘lib, bu Anvar Obidjon uslubining o‘ziga xos xususiyatidir. Asarda muallif
murakkablikni emas, balki o‘quvchiga yaqin va tanish hayotiy misollar orqali
fikrlashga chorlaydi.
-Pedagogik jihatdan, bu hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida: mustaqil
fikrlash, matematik mantiqni rivojlantirish, isbotlash va tushuntirish ko‘nikmalarini
shakllantirish, o‘z fikrini asoslash va to‘g‘ri bayon qilish kabi kompetensiyalarni
rivojlantiradi.
-Estetik jihatdan, bolalarga quvnoq ohangda taqdim etilgan kichik masala
orqali bilim olish jarayoni zerikarli emas, balki maroqli va zavqli kechishi mumkinligi
ko‘rsatib beriladi.
“Topqir bolajon” hikoyasi Anvar Obidjon ijodining eng samarali
namunalaridan biri bo‘lib, u nafaqat adabiy, balki metodik vosita sifatida ham
o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida keng foydalanilishi mumkin bo‘lgan asardir.
Hikoyada zukkolik, diqqat va tafakkur, o‘ziga ishonch, aql-zakovat va bilimga
intilish, mehnatsevarlik va izlanish kabi hislatlar ochib berilgan. Shu bilan birga
hikoyalarining so‘ngida bolalarning fikrini bilish uchun savollar ham keltirilgan. Shu
savollar orqali bolalarning aqlini charxlash ko‘zda tutilgan. Savollarning har biri
bolalarning fikrlashlarini yaxshilash uchun, dunyoqarashlarini kengaytirish uchun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
285
nihoyatda mukammal va mulohaza qilish uchun ajoyib savollarga to‘p puxtalik bilan
qo‘yilgan.
Asar tanlash mezonlari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Anvar Obidjon asarlarini tanlashda
quyidagi mezonlarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
- Yoshga mosligi – murakkab syujet va til vositalaridan holi bo‘lishi;
- Tarbiya beruvchi g‘oya – har bir asarda axloqiy, estetik va vatanparvarlik ruhidagi
fikrlar mavjud bo‘lishi;
- Qiziqarli syujet – o‘quvchining e’tiborini tortuvchi, hayotiy voqealar asosida
yozilgan bo‘lishi;
- Obrazlarning yorqinligi – bolalar ongida jonli tasavvur uyg‘otadigan obrazlar
bo‘lishi.
Dars jarayonida o‘qitish texnologiyasi
- Kichik guruhlar bilan ishlash – asarni o‘rganish davomida guruhli
muhokama, rollarga bo‘lib o‘qish;
- Klash texnologiyasi (insert) – o‘quvchi asarni o‘qib, nimalarni bilgan, nimalarni
bilmaydi Anvar Obidjon asarlarini o‘rgatishda quyidagi zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:
- Konseptual xaritalar tuzish – asar qahramonlari, voqealar ketma-ketligi, asosiy
g‘oya xaritada aks ettiriladi;
- Venn diagrammasi – turli obrazlar yoki voqealarni taqqoslash orqali farq va
o‘xshashliklarni aniqlash;
- Rolga kirish (dramatizatsiya) – o‘quvchilar asar qahramonlarini rollar orqali
jonlantiradi.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishda ijodiy yondashuv
Anvar Obidjon asarlarini o‘rganish jarayonida quyidagi ijodiy mashg‘ulotlar
orqali o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish mumkin:
- She’r yozish – muallif uslubida kichik she’rlar yaratish;
- Asarga davom yozish – syujet davomida boshqa yakunni tasavvur qilish;
- Rasm chizish – obrazlar yoki voqealarni tasvirlash;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
286
- Savol-javob o‘yinlari – asar mazmuniga oid viktorinalar o‘tkazish;
- Dramatik sahna tayyorlash – qisqa sahnalarni sinf oldida namoyish qilish.
Tarbiyaviy ahamiyati
Anvar Obidjon asarlarining har biri muayyan tarbiyaviy g‘oyani ilgari suradi.
Masalan, "Qaldirg‘och" she’rida sadoqat, "Bo‘rilar maktabi"da do‘stlik va haqiqat,
"Oltin baliq"da halollik va mehr-oqibat singari fazilatlar bolalarga obrazlar orqali
yetkaziladi. Bu jihatlar yosh bolalarning axloqiy tafakkurini shakllantirishda beqiyos
ahamiyatga ega.
“Topqir bolajon” hikoyani o‘rgatishda qo‘llaniladigan pedagogik
texnologiyalar:
1.Muammoli ta’lim texnologiyasi. O‘quvchilarga savol yoki topshiriq orqali
muammo qo‘yiladi va bu o‘quvchilarni muammoni mustaqil hal qilishga undaydi.
Qo‘llanilishi:
– Omon bobo savoliga o‘xshash masala o‘quvchilarga muammoli vazifa
sifatida taqdim etiladi.
– O‘quvchilar mustaqil fikrlaydi, yechim izlaydi.
Natija: Mustaqil fikrlash, analitik yondashuv, mantiqiy xulosa chiqarish
rivojlanadi.
2. “Insert” texnologiyasi (bilaman – bilmoqchiman – o‘rgandim). O‘quvchilar
matnni o‘qishdan avval, davomida va keyin bilimlarini tahlil qiladi.
Qo‘llanilishi:
– Hikoyani o‘qishdan avval: “Topqir bola haqida nimalarni bilasan?”
– O‘qish jarayonida: “Yangi nimalarni bilding?”
– O‘qib bo‘lgach: “Endi nimani o‘rganding?”
Natija: O‘quvchi bilimini tahlil qiladi, yangi ma’lumotni mavjud bilimiga
bog‘laydi.
3. Klaster usuli (mavzulashtirish texnologiyasi). Ma’lumotlar atrofida
g‘oyalar uyumi yaratiladi, asosiy tushunchalar tarmoqlanadi.
Qo‘llanilishi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
287
– “Topqir bola qanday bo‘ladi?” degan markaziy tushunchadan fikrlar ajratib
yoziladi.
Natija: O‘quvchilarning izchil va tizimli fikrlashi shakllanadi.
4. “Aqliy hujum” texnologiyasi. O‘quvchilar berilgan muammoga bog‘liq
holda tez va erkin fikr bildiradilar.
Qo‘llanilishi:
– Dars boshlanishida: “Zukkolik nima?”, “Topqir bola qanday bo‘ladi?” kabi
savollar.
Natija: Erkin fikrlash, o‘z fikrini qo‘rqmasdan ayta olish ko‘nikmasi
shakllanadi.
5. Rolga kirish (dramatizatsiya) texnologiyasi. Hikoya personajlari
o‘quvchilar tomonidan jonlantiriladi.
Qo‘llanilishi:
– O‘quvchilar Diyorbek, Omon bobo, sinfdoshlar rolini ijro etadi.
– Hikoyani sahna ko‘rinishiga aylantirish orqali dars interfaollashadi.
Natija: Nutq rivojlanadi, personaj tahlili, ifodali o‘qish va aktyorlik
qobiliyatlari o‘sadi.
6. “Fikrlar charxi” texnologiyasi. O‘quvchilar kichik guruhlarda fikr yuritib,
o‘z qarashlarini almashadi.
Qo‘llanilishi:
– Hikoya asosida guruhlar “Topqirlikka olib boradigan fazilatlar” haqida fikr
almashadi.
Natija: Hamkorlikda ishlash, ijtimoiy faollik, fikrni baholash shakllanadi.
“Topqir bolajon” hikoyasini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish: Darsni qiziqarli va interfaol qiladi, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi, tarbiyaviy va metodik maqsadlar amalga oshishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan asarlarini
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatish — ta’lim jarayonining
samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, topqirlik, ifodali nutq,
badiiy-estetik did kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bunday yondashuv orqali bolalar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–3_Июнь –2025
288
faqatgina asarni o‘qib chiqish bilan cheklanmay, uning mazmunini chuqur anglaydi,
tahlil qiladi va real hayot bilan bog‘lay oladi. Eng asosiysi, ular Anvar Obidjon
ijodidagi insonparvarlik, mehr-oqibat, zukkolik kabi ijobiy xislatlarni qalbiga
singdirib, yaxshi inson bo‘lib voyaga yetadi. O‘qituvchi dars jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llagan taqdirda, ta’lim va tarbiyada yuqori
natijalarga erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Anvar Obidjon. “Topqir bolajon”. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 2018.
2. Anvar Obidjon. “G‘amxo‘r bola”, “Yaxshi bola bo‘lish osonmi?” – Toshkent:
Sharq, 2020.
3. Rasulov Sh. va boshqalar. Boshlang‘ich ta’limda adabiy o‘qish metodikasi. –
Toshkent: TDPU, 2021.
4. Yoqubov M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2019.
5. Jo‘rayeva G‘. Adabiy o‘qish darslarida interfaol metodlar. // “Boshlang‘ich ta’lim”
jurnali, 2022, №2.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Boshlang‘ich ta’lim standarti va
o‘quv dasturi. – Toshkent: 2021.
7. Yusupova N. Zamonaviy dars: texnologiya va innovatsiyalar. – Toshkent: Ilm ziyo,
2020.
8. Qurbonova M. Bolalar adabiyotining o‘qitish metodikasi. – Samarqand: SamDU
nashriyoti, 2022.
9. Solijonov Y. Anvar Obidjonning poetik olami. Monografiya. –Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2022.
10. Internet manbalari:
– www.kitob.uz (Anvar Obidjon asarlari to‘plami)
– www.ziyonet.uz (pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar)