Authors

  • Norova Mavluda Sayfiddinovna

Author Biography

  • Norova Mavluda Sayfiddinovna

    Buxoro davlat texika universiteti

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.102889

Keywords:

asbob-uskunalar avtomatlashtirish kuydiriladigan pechlar maydalash agregatlari transportyor

Abstract

Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-uskuna, ilg'or texnoiogiya va ishlab chiqarishning potok-konveyer usullari, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan foyda-lanishga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan sanoat tarmog'iga aylanmoqda. Natijada qurilish materiallari sanoatining hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya'ni sement, yig'ma temir-beton, asbosement ishlab chiqarish vujudga keldi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

260

ILMIY-TEXNIKA TARAQQIYOTINING SEMENT SANOATIDAGI

SAMARADORLIGI

Norova Mavluda Sayfiddinovna

Buxoro davlat texika universiteti

Annotasiya: Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-

uskuna, ilg'or texnoiogiya va ishlab chiqarishning potok-konveyer usullari,

avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan foyda-lanishga asoslangan, yuqori

darajada rivojlangan sanoat tarmog'iga aylanmoqda. Natijada qurilish materiallari

sanoatining hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya'ni sement, yig'ma temir-beton,

asbosement ishlab chiqarish vujudga keldi.

Kalit so`zlar : asbob-uskunalar, avtomatlashtirish, kuydiriladigan pechlar ,

maydalash agregatlari, transportyor

Eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri - sement qurilish «noni»dir.

Yuqorida qayd qilib o'tilgan murakkab vazifa - sement sanoatini texnik jihatdan qayta

qurollantirish va shu yo'l bilan texnologik jarayonlarning yuqori samaradorligiga

erishish, bu sohaning jadallik bilan rivojlanishiga olib keladi.

Ushbu tarmoqning texnikaviy bazasini quyidagi muhim omillar bo'yicha

yanada rivojlantirish mumkin:

Yangi va yanada unumli pechlar, tegirmonlar, shuningdek, boshqa turdagi

asbob-uskunalar (agregatlar, mashina, mexanizm va apparatlar)ni joriy etish va

o'zlashtirish.

Mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangi texnologik

jarayonlarni joriy qilish.Ishlab chiqarishdagi og'ir va sermehnat ishlarni

mexanizatsiyalashtirish hamda kompleks avtomatlashtirish.

Ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etish.

Materiallar va yonilg'ilarning yangi turlarini ishlatish, asosiy hamda

yordamchi materiallar xomashyosining sifatini yaxshilash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

261

Sement sanoati korxonalarining texnik darajasini oshirishning asosiy

yo'nalishlaridan biri yangi, ko'p quvvatli asbob-uskunalar yaratish va o'zlashtirishdir.

Shuni aytish kerakki, sement ishlab chiqarish hajmi faqat yangi zavodlar qurish

hisobiga emas, balki klinker kuydiriladigan pechlar va maydalash agregatlarining

yangi turlarini joriy qilish bilan ham oshiriladi. Hozirgi vaqtda qo'l-lanilayotgan

uzunligi 150-185 m, diametri 4-5 m bo'lgan aylanuvchi pechlar o'rniga yaqin

vaqtiarda dunyoda eng yirik pechlar - uzunligi 230 m va diametri 7 m bo'lgan, soatiga

125 tonna yoki yiliga 1 million tonna klinker ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan

pechlar, shuningdek, diametri 7 m, uzunligi 95 m va siklon issiqlik almashtiruvchisi

bo'lgan pechlar qo'llaniladi. Yangi pechlar 150 metrli pechlarga nisbatan 5 marta, 185

metrli pechlarga nisbatan esa 1,7 marta unumli. Tonna quvvat hisobidagi solishtirma

kapital sarflar 40-15%, klinker kuydirish tannarxi 20-10% kam. Mamlakatimizda

Navoiy shahridagi zavodda ikkita shunday liniya mavjud.

Yuqori unumli asbob-uskunalar qoilashning katta iqtisodiy samara berishiga

Ohangaron sement kombinatida ishga tushirilgan 7 kilometr uzunlikdagi lentali

transportyor yaqqol misol bo`ladi. U maydalash fabrikasidan ohaktosh yetkazib

beradi. O'n yillar mobaynida bu transportyor nuqsonsiz ishlamoqda. Lentaning

tutashadigan qismlari uzilib qolsa, vulkanizatsiya usulida biriktiriladi. O'n yillar

mobaynida umumiy uzunligi 14000 metrlik lentaning 700 metri yoki 5 foizi

almashtirildi. Uch smenali ishda transportyorga 26 kishi xizmat qiladi. Avtomobil

transportiga qaraganda transportyorda tashilganda xomashyoning tannarxi ancha

kamaymoqda.

Texnika yutuqlarini joriy etishning yana bir yo'li asosiy texnoiogiya asbob-

uskunalarini modemizatsiyalash bo'yicha kompleks ishlar olib borishdir. Masalan,

Ohangaron sement zavodida pech muzlatkichlari va yuritmalarini o'zlashtirish orqali

aylanuvchi pechlardan foydalanish ancha yaxshilandi, natijada ulardan foydalanish

koeffitsiyenti 1-1,5% ortdi. Bekobod sement kombinatida aylanuvchi pech qayta

ta'mirlandi (diametri 3 metrdan 3,6 metrgacha kattalashtirildi). Natijada mehnat

unumdorligi ortdi. Hozirgi kunda boshqa pechlar ham qayta ta'mirlanmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

262

Hozirgi vaqtda 5x185 metr o'lchamli yirik pechlarni modernizatsiya

qilishning eng samarali usullari izlanyapti.

Quvasoy sement kombinatida eski, ish unumi past aylanuvchi pechlarni

unumi yuqori pechlar bilan almashtirilishi natijasida unumdorlik oshadi. Shuningdek,

texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish asosida ham

sement ishlab chqarish ko`paymoqda. Chunonchi, 5x185 metr o`lchamdagi pechlar

bilan zamonaviy texnologik liniyalar ishga tushirish, texnologik asbob-uskinalari,

og`irligini 3,6x3x3,6x150 metr o`lchamli pechga nisbatan (bir soatdagi

unumdorlikning 1 tonnasi hisobida) 15% ga, qurilish kubaturasini 30% ga, kapital

mablag`larni 12% ga, mehnat sarfini 2,5 % ga, kuydirish tannarxini 15% ga

kamaytirish imkonini beradi.

To`rtta texnologik liniyasi bo`lgan 5x185 metr o`lchamli pechlar bilan

jihozlangan sement zavodlari yiliga 2,4 million tonna mahsulot ishlab chqarish

quvvatiga ega. Ikkita shunday texnologik liniyali zavodlarning ishlab chqarish

quvvati esa 1,2 million tonna sementni tashkil qiladi.

Hozir mamlakatimizda barcha sementning 50 % ga yaqini ho`l usulda ishlab

chqarilmoqda. Lekin yangi texnologiya negizida qayta vujudga kelgan va ancha

tejamli hisoblangan “quruq” usulining istiqboli porloq.

Navoiyda ishga tushrilgan sement zavodining 7x6,4x95 metr o`lchamli

aylanuvchi pechga ega bo`lgan uchta texnologik liniyasi bo`lib, har biri soatiga 125

tonna klinker yetkazib beryapti. Zavodning yillik semet ishlab chqarish loyihaviy

quvvati 1990-yili 3400 tonnaga yetkazildi. Ikkinchi bosqichda belgilanishiga ko`ra,

alohida texnologik jarayonlar istiqboli hal etilishiini hisobga olib, zavodlarning yillik

quvvati 4,6 million tonna bo`lishi ko`zda tutilgan. Loyihada keltirishicha, 3-4 liniyani

qurish va barcha texnologik jarayonlarda katta quvvatga ega bo`lgan asosiy hamda

yordamchi asbob-uskunalar ishlatish, xomashyo aralashmasi tayyorlash, uni

maydalash va quritish, klinkerni kuydirish hamda sovitish, sementni kukunlash va

tayyor mahsulotni ortish operasiyalarini o`z ichiga olgan ishlab chiqarish

jarayonlarini optimallashni ta`minlovchi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini

tatbiq etish mo'ljallangan. Bundan tashqari, changli gazni va havoni tozalash, ish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–3_Июнь –2025

263

jarayonida chang chiqaruvchi barcha asosiy hamda yordamchi texnologik jarayonlar

aspiratsiyasining samarali chizmalarini ishlatish ko'zda tutilgan.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan sementning sifat tarkibi yanada

yaxshilanib, sement xillari ham ko'payadi. Sementning tez qotadigan, o'ta

mustahkam, kengayuvchi, plastifikatsiyalanuvchi, gidrofob, manzarali (oq va har xil

rangli) va boshqa qimmatli energiya tejovchi texnologiya bo'yicha maxsus xillarini

ishlab chiqarish hajmi ancha ortadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Исматов, Суннатулло Шамсуллоевич, Мавлуда Сайфуллаевна Норова, and

Собир Ахрор Угли Ниёзов. "Технология рафинации. Отбелка хлопкового масла

с местными адсорбентами."

Вопросы науки и образования

2 (3) (2017): 27-28.

2.Умаров, Бобурбек Носир Угли, Азиза Муродиллаевна Нарзуллаева, and

Мавлуда Сайфиддиновна Норова. "СОРБЕНТЫ, МОДИФИЦИРОВАННЫЕ

ХИТОЗАНОМ ДЛЯ ОЧИСТКИ СТОЧНЫХ ВОД ТЕКСТИЛЬНЫХ

ПРЕДПРИЯТИЙ."

Universum: технические науки

7.2 (119) (2024): 9-14.

3.

Niyazova Ra'no Nazhmiddinovna. "Ecological and operational properties of

concrete skins based on synthetic fatty acids." Science and Education 2.12 (2021):

347-352.

4. Niyazova Rano Nazhmiddinovna. "Fattening of collagen fibers of skin tissue."

Editor-in-Chief: Akhmetov Sayranbek Makhsutovich, Doctor of Technical Sciences;

Deputy Editor-in-Chief: Akhmednabiyev Rasul Magomedovich, Candidate of

Technical Sciences; Members of the Editorial Board (2021): 28. 4. 5.Ниязова Р. Н.

"Взаимодействие жирующих веществ с коллагеном." International Journal of

Advanced Technology and Natural Sciences 2.2 (2021):

55-59.