MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
421
SULFAT KISLOTA VA UNI ISHLAB CHIQARISH
XOMASHYOLARI TAVSIFI
Norova Mavluda Sayfiddinovna
Buxoro davlat texnika universiteti
Annotasiya: Sulfat
kislota
–
kimyo
sanoatining
asosiy
mahsulotlaridan birihisoblanadi. U mineral o‘g‘itlar, turli xildagi mineral tuzlar
va kislotalar, organik mahsulotlar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar va boshqalar
ishlab chiqarishda keng miqyosda ishlatiladi. Sulfat kislota ishlatilmaydigan yirik
zamonaviy sanoat korxonalari mavjudligini tasavvur etish qiyindir. Sulfat
kislotadan neftni qayta ishlash, metallurgiya, metallarni qayta ishlash,
to‘qimachilik, charm va boshqa sanoatlarda suvsizlantiruvchi va qurituvchi modda
sifatida, neytrallash jarayonida, metallarni tozalashda va boshqa bir qancha
maqsadlarda foydalaniladi.
Kalit so`zlar: kamera, kamerali usul, minorali usuli, kontaktli usuli,
kuporos moyi
Sulfat kislota qadimdan ma’lum bo‘lgan moddadir. Fors alximigi Abu Bakr
Alrases asarlarida (940-yil) ham u haqida ma’lumotlar berilgan.
Sulfat kislota dastlab temir kuporosini quruq haydash orqali olingan
(shuning uchun sulfat kislotani uzoq vaqt
kuporos moyi
deb ham atab kelingan).
Bu usul bilan 1526-yilda oz miqdordagi tutovchi sulfat kislota olingan. XV asrning
ikkinchi yarmida ichki qismi suv bilan namlangan katta hajmdagi idishlarda
oltingugurt va selitrani yondirish orqali tibbi- yot maqsadlari uchun sulfat kislota
olish yo‘lga qo‘yilgan edi.
Birinchi sulfat kislota ishlab chiqarish zavodi 1740-yilda Angliyada
qurilgan. Bunda oltingugurt va selitra aralashmasi metall idishlarda qizdirilgan,
buning natijasida hosil bo‘ladigan gazlar aralashmasi shisha jihozlarda suvga
yuttirilgan. 1746-yilda bu maqsad uchun qo‘rg‘oshinli kamera ishlatilgan, shundan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
422
so‘ng sulfat kislota ishlab chiqarishning ushbu usuli
kamerali usul
deb atala
boshlangan. Boshlang‘ich aralash- mani yondirish natijasid hosil bo‘ladigan sulfit
angidrid va azot oksidlari kamera tubiga quyilgan suvda erishi natijasida sulfat
kislota hosil qiladi.Kameradagi gaz qoldiqlari yo‘qotilgandan so‘ng unda
navbatdagi aralashma yondiriladi va shu yo‘l bilan kerakli konsentratsiyadagi
kislota olinadi. Keyinchalik kamerada suv bug‘i ishlatishni va jarayonni uzluksiz
amalga oshirishni taklif etildi.
XIX
asr boshlarida oltingugurtni alohida pechlarda yondirish, azot
oksidlarni esa selitrani sulfat kislota bilan parchalash orqali olish yo‘lga
qo‘yildi.Sulfat kislota ishlab chiqarish usuli yildan-yilga takomillashib bordi,
buning natijasida mahsulot tannarhi kamaytirildi, ayniqsa 1837-yildan
boshlang‘ich xomashyo sifatida oltingugurt o‘rniga oltingugurt kolchedani ishlatila
boshlandi.Qo‘rg‘oshinli kameralar o‘rniga to‘ldirgichli minoralarning olishi va
azot oksidlari qo‘llash orqali sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirish ishlab chiqarish samaradorligini bir necha marta oshirishni ta’minladi.Bu
usul sulfat kislota ishlab chiqarishning
minorali usuli
deb ataldi.
Sulfat kislot ishlab chiqarishning
kontaktli usuli
1831-yilda P.Filips
(Angliya) tomonidan sulfit angidridni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorod bilan qizdirilgan
platinali katalizatorlar ustidan o‘tkazish orqali oksidlash usuli taklif etilgandan
so‘ng yo‘lga qo‘yila boshlandi. Keyinchalik sulfit angidridni sulfat angidridga
oksidlash jarayonining katalizatori vazifasini ko‘pgina metallar (masalan, temir,
mis, xrom va b.), oksidlar (masalan, vanadiy oksid va b.), shuningdek chinni,
keramika, tuproq va ko‘pgina boshqa moddalar bajarishi aniqlandi.Sulfat kislota
ishlab chiqarishning kontaktli usuli yaratilgandan keyin yuqori konsentratsiyali
sulfat kislota va oleum olish imkoniyati yaratildi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakli usuli uzoq vaqt ishlatilmadi.
Chunki o‘sha paytda platinali katalizatorning aktivligi pasayib borishi –
zaharlanishining sababi aniqlanmagan edi. XX asrning boshlarida R.Knitch
(Germaniya) tomonidan sanoat sharoitida katalizator aktivligining pasayish
sabablari aniqlangandan va sulfitli gazlarni zararli qo‘shimchalardan tozalash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
423
usullari ishlab chiqilgandan so‘ng kontakli sulfat kislota ishlab chiqarish rivojlanib
ketdi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishda sulfit angidridning kislorod ishtirokidagi
oksidlanishi muhim bosqich hisoblanadi. Bu oksidlanish jarayoni katalizator
ishtirokida (sulfat kislota ishlab chiqarishning kontakt usulida) yoki kislorod
uzatuvchilarni qo‘llash orqali (sulfat kislota ishlab chiqarishning nitroza usulida)
amalga oshiriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Исматов, Суннатулло Шамсуллоевич, Мавлуда Сайфуллаевна Норова, and
Собир Ахрор Угли Ниёзов. "Технология рафинации. Отбелка хлопкового масла
с местными адсорбентами."
Вопросы науки и образования
2 (3) (2017): 27-28.
2.Умаров, Бобурбек Носир Угли, Азиза Муродиллаевна Нарзуллаева, and
Мавлуда Сайфиддиновна Норова. "СОРБЕНТЫ, МОДИФИЦИРОВАННЫЕ
ХИТОЗАНОМ ДЛЯ ОЧИСТКИ СТОЧНЫХ ВОД ТЕКСТИЛЬНЫХ
ПРЕДПРИЯТИЙ."
Universum: технические науки
7.2 (119) (2024): 9-14.
3.
Niyazova Ra'no Nazhmiddinovna. "Ecological and operational properties of
concrete skins based on synthetic fatty acids." Science and Education 2.12 (2021):
347-352.
4. Niyazova Rano Nazhmiddinovna. "Fattening of collagen fibers of skin tissue."
Editor-in-Chief: Akhmetov Sayranbek Makhsutovich, Doctor of Technical Sciences;
Deputy Editor-in-Chief: Akhmednabiyev Rasul Magomedovich, Candidate of
Technical Sciences; Members of the Editorial Board (2021): 28. 4. 5.Ниязова Р. Н.
"Взаимодействие жирующих веществ с коллагеном." International Journal of
Advanced Technology and Natural Sciences 2.2 (2021):
55-59.