MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
12
AVTOBUSLARNING LINIYADAGI ISHINI TO‘G‘RI TASHKIL
ETISH
Xoshimov O‘tkirjon Xakimjon o‘g‘li
Tel: +998889571904
: hoshimovotkirbek133@gmail.com
Ergashov G‘olibjon Mo‘minjon o‘g‘li
Tel: +998913456728
Annotatsiya: Maqolada avtobuslar harakat tezliklari va ularni me’yorlash,
haydovchilar va chiptachilar mehnatini tashkil etish, avtobuslar harakat jadvali va
ularni tuzish usullari, avtobuslar harakati “tig‘iz” vaqtlarda shahar ichi
yo‘nalishlarida tashishni tashkil etish, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro
yo‘nalishlarda tashishni tashkil etish haqida ma’lumotlar keltrilgan.
Abstract: In the article, the speed of buses and their regulation, the
organization of the work of drivers and ticket takers, the timetable of buses and the
methods of their creation, the organization of transportation of buses in "peak" times
in city routes, suburban, intercity and international routes. information on the
organization of transportation in the directions is given.
Абстрактный: В статье рассмотрены скорость движения автобусов
и ее регулирование, организация работы водителей и билетных кассиров,
расписание движения автобусов и методы его создания, организация перевозок
автобусов в «пиковое» время на городских маршрутах, пригородных
маршрутах. , междугородних и международных маршрутах. Дана информация
по организации перевозок по направлениям.
Kalit so‘zlar: Avtobus texnik holati, muntazamlik, haydovchiga qo‘yilgan
talablar, yo‘nalish jadvali, bekatlar oraliq masofasi.
Avtobuslarning ish unumdorligiga va aholiga transport xizmati ko‘rsatish
sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri harakat tezligidir. Avtobuslarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
13
qatnov va aylanma qatnov vaqtlari tezlikka bog‘liq bo‘lib, tezlik qancha katta bo‘lsa,
ular shunchalik kichik, demak qatnovlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida ish unumdorligini, yani tashilgan yo’lovchilar xajmini va yo’lovchilar
oborotining ortishiga, yo’lovchilarni manzillariga qisqaroq vaqt sarflab etib olishiga
olib keladi. Tezlikni oshirish yo’lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobus
sonining ham kamayishiga olib keladi.
Real yo‘l sharoitida boshqa transport turlari kabi avtobuslarning tezliklari ham
uning texnik tasnifida ko‘rsatilgan (ayniqsa Shahar ichi va Shahar atrofidagi
yo‘nalishlarda) tezlikdan ancha kichik bo‘ladi.
Avtotransport korxonalari avtobuslarning tezliklarini meyorlash davrida
harakat xavfsizligini ta’minlash va boshqa ko‘pgina omillarni ham hisobga olishlari
kerak. Chunonchi, rejalashtirilgan tezlik real yo‘l sharoiti imkon beradigan tezlikdan
kichik bo‘lsa, haydovchilar rejadagi qatnov vaqtidan qisqa vaqtda oxirgi bekatga etib
boradilar. Bu esa harakat muntazamligining buzilishiga olib keladi. Agar rejadagi
tezlik real yo‘l sharoitida harakatlanish mumkin bo‘lgan xavfsiz tezlikdan katta
bo‘lsa, haydovchilar harakat jadvaliga rioya qila olmaydilar yoki tezlikni oshirish
oqibatida xavfli yoki avariya vaziyatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladilar.
SHuning uchun tasarruf xizmati xodimlari harakat xavfsizligi xizmati bilan
birgalikda har bir yo‘nalish uchun real yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda tezlikni
meyorlashlari kerak.
Avtomobil yo‘llarida real yo‘l sharoitini ob’ektiv baholovchi ko‘rsatkich
sifatida harakat tezligini butun yo‘nalish bo‘ylab o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafik
hisoblanadi. Bunday tezlikni butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘zgarish grafigini
faqat maxsus “Avtomobil-laboratoriya” yordamida qurish mumkin. O‘zR VM 2003
yil 4 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo’lovchilar va
bagaj tashish qoidalari hamda avtobuslarda yo’lovchilar tashish xavfsizligini
taminlashga doir talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-qaroriga ko‘ra barcha
avtobuslar taxograflar bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak. Ammo bunday
imkoniyatga hozirgi kunda ko‘pgina avtokorxonalar ega emas, qolaversa
avtobuslarning yo‘nalishlardagi tezligini me’yorlash uchun bunday aniqlik amalda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
14
talab etilmaydi.
Ma’lumki, Shahar ichi yo‘nalishlarida bekatlar orasidagi masofa 300-700 m,
Shahar atrofi yo‘nalishlarida 700-1500 m atrofida bo‘ladi.
Avtokorxonalarning
texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini rejalashtirish uchun birinchi galda avtobuslarni har
bir yo‘nalishdagi tezliklarini aniqlash va meyorlash zarur bo‘ladi. Buning uchun
yo‘nalishlarda avtobuslarning harakat tezliklarini kuzatish va olingan ma’lumotlarni
matematik-statistika usullari yordamida qayta ishlash kerak.
Harakat tezliklarini kuzatishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib,
ularning asosiylariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Mexanik kontaktli o‘lchash usuli. Bu usulda tezlik pnevmatik, elektron
kontaktli yoki boshqa turdagi datchiklar yordamida amalga oshiriladi.
2. Avtomobillarni nurlash usuli. Bu usulda tezlik infraqizil nurli, ultra -
tovushli yoki radiolokasion datchiklar yordamida amalga oshiriladi.
3. Fotoelektrik usul. Bu usul harakatni suratga yoki kinoga olish orqali
amalga oshiriladi.
4. Maxsus harakatlanuvchi avtomobil-laboratoriyadan foydalanish usuli. Bu
usulda avtomobil-laboratoriya tezlikni o‘lchovchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi.
5. “Beshinchi g‘ildirak” yordamida tezlikni aniqlash usuli. Bu usulda
avtomobilga taxometr o‘rnatilgan beshinchi g‘ildirak biriktiriladi. Avtomobil
harakatlanganda dinamik kuchlar tasirida g‘ildiraklarning radiuslari o‘zgarib turadi
va o‘lchash ishlariga xatoliklarni kirgizadi. Beshinchi qo‘shimcha g‘ildirakka
dinamik kuchlar tasir etmaganligi uchun undan foydalanganda o‘lchash ishlari aniq
bo‘ladi. Taxometr har ondagi tezlikni ko‘rsatib boradi va bu tezlik biron bir turdagi
asbob vositasida o‘zi yozar asbob, taxograf yordamida yozib olinadi.
6. Sekundomer yordamida tezlikni aniqlash va meyorlash usuli. Bu
usulda maxsus kuzatuvchi har bir bekat oralig‘ini avtobus qancha vaqtda bosib
o‘tganini, uni oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini maxsus jadvalga qayd qilib
boradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan 1-6-usullar yordamida avtomobillarning oniy
tezliklari aniqlansa, qolgan 5- va 6-usul yordamida butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
15
o‘rtacha tezlik aniqlanadi.
5-usuldan foydalanilganda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofa
avtomatik ravishda aniqlanib boriladi. Bu usuldan foydalanish chog‘ida kuzatish
uchun tajribali haydovchilarni tanlash va ularga yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda
maksimal xavfsiz tezlikda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish kifoya qiladi.
6-usulda esa tajribalarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalish va bekatlar
orasidagi masofani eng ko‘pi bilan 10% gacha xatolik bilan aniqlash, aks holda esa
kuzatuv natijalari qoniqarsiz deb hisoblanadi. Masofalarni o‘lchash uchun bugungi
kunda maxsus asbob “Kurvimetr” ishlab chiqilgan bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi har
1000 m ga 10 sm dan ortmaydi, yani o‘lchash xatoligi 1% dan ham kichik.
Xronometraj usuli eng sodda usul bo‘lgani uchun yo‘nalishlarda
tezliklarni meyorlashda keng qo‘llanilib kelayapti.
Tezliklarni me’yorlash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Birinchi galda xronometraj natijalarini qayd etish uchun maxsus varaqa
tayyorlanadi. Varaqaning shakli ixtiyoriy bo‘lib, kuzatishlar qanday maqsadlar uchun
o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi:
− faqat avtomobillarning texnik tezliklarini aniqlash uchun;
− texnik va aloqa tezliklarini aniqlash uchun;
− texnik, aloqa va tasarruf tezliklarini aniqlash uchun;
− tezliklardan tashqari yo’lovchilar oqimini o‘rganish uchun (bu maqsad
uchun kuzatuvchilar soni avtobusning eshiklari soniga teng qilib olinadi).
T/R
Be
ka
t
ra
q
am
i
Be
ka
tl
ar ora
si
d
agi
m
as
ofa
Vaqt, soat-min.
Tezlik, km/soat
Qatnov vaqti
Q
o‘z
g‘a
li
sh
Y
et
ib
ke
li
sh
H
ara
ka
t
O
ra
li
q be
ka
tda
to‘xt
as
h
O
ra
li
q be
ka
tda
to‘xt
as
h
Z
arura
ts
iz
to‘xt
as
h
T
exni
k
A
loqa
E
ks
pl
ua
ta
ts
ion
T
o‘g‘ri
yo‘na
lis
hda
T
es
ka
ri
yo‘na
li
shda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1
1
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
16
2
2
3
3
.
.
Jami
lm
∑tx ∑tob
∑t
ox
∑tz
VT Va
Ve
tqt
tq.or
Jadvaldagi ma’lumotlar yordamida yo‘nalish uzunligi bo‘yicha tezliklar
quyidagicha aniqlanadi:
1. Texnik tezlik:
soat
km
t
l
V
х
m
Т
;
,
km/soat;
2. Aloqa tezligi:
t
t
l
V
ob
х
m
а
, km/soat;
3. Ekspluatatsion tezlik:
t
t
t
l
V
ox
ob
х
m
e
, km/soat.
Avtobuslarning harakat jadvalini tuzish uchun o‘lchovlar bir necha marta
qaytariladi va ularning o‘rtacha arifmetik qiymatlari amaliyot uchun yetarli deb
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksinining 150- moddasiga ko‘ra
haydovchilarning ish vaqti xaftasiga 40 soatdan, (haftada olti kun ishlovchi
haydovchilar uchun kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib
ketmasligi kerak).
Yo’lovchi tashuvchi transportda ish kuni yiliga 365 kun (shanba va
yakshanbasiz, bayram kunlarisiz) bo‘lgani uchun ularning ish vaqtini rejalashtirish
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki,
haydovchilar va chiptachilar uchun bayram oldi va dam olish kunlaridan oldingi ish
kunlarini 1 soatga kamaytirish degan qonunlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Haydovchilar ish kunining kundalik hisobini (meyoriy nuqtai-nazardan) olib
borish ham ancha mushkul masaladir. SHuning uchun yo’lovchi tashuvchi
transportlarda haydovchilarning oylik ish kunlarini hisobga olib borish qabul
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
17
qilingan. Bunday hisobga olish usulida haydovchilarning ish kuni 10 soatdan
ortmasligi va faqat istisno tariqasida kasaba uyushmalarining markaziy qo‘mitasi
bilan kelishilgan holda ish kunini 12,0 soatga oshirish ruxsat etiladi. Lekin bunda ham
boshqa ishchilarning ish kunlari kabi haydovchilar uchun kunlik va haftalik dam olish
kunlari qat’iy belgilangan bo‘lishi kerak. Kunlik dam olish soati oldingi ish kunidan
ikki marta katta bo‘lishi, istisno tariqasida bazi haydovchilar uchun eng kam
bo‘lganda 12 soat bo‘lishi, hafta oxiridagi dam olish soat esa 42 soat va 29 soatdan
kam bo‘lmasligi kerak. Tungi ish soatlari (22
00
dan 6
00
gacha) alohida hisobga olinib,
bu davr uchun ish soati meyorida belgilangandan bir soatga kamaytirishi kerak.
Harakat xavfsizligi va mehnat muxofazasi nuqtai nazaridan har bir
haydovchiga 3-4 soat ishlaganidan keyin qisqa muddatli dam olish uchun 15-20 minut
va tushlik qilish uchun 4-5 soatdan keyin 0,5-2,0 soat vaqt rejalashtirilgan bo‘lishi
kerak.
Haydovchilarning bir oylik ish vaqti fondi (bir oylik ish balansi) quyidagicha
aniqlanadi:
B
oy =
[
K
k
– (K
d
+K
b
) T
ish v
]
– K
db
,
soat;
bu erda:
K
k
-bir oydagi kalendar kunlar soni, kun;
K
d
- bir oy ichidagi dam olish kunlari soni, kun;
K
b
– bir oy ichidagi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmagan bayram kunlari soni,
kun;
T
ish v
- bir kunlik ish vaqti, soat;
K
db
- dam olish va bayram oldi kunlaridan oldin ish vaqti qisqartirilgan kunlar
soni, kun.
Shahar ichi yo‘nalishlarining boshqa yo‘nalishlardan keskin farq qiladigan
belgilaridan biri - bu yo’lovchilar oqimining kunning soatlari va yo‘nalish uzunligi
bo‘yicha notekis taqsimlanishi koeffitsientining kattaligidir.
“Tig‘iz” soatlarda yo‘nalishdagi mavjud avtobuslar sonining zarur
bo‘lgan miqdoridan kamligi, avtobuslar sig‘imidan foydalanish koeffitsientining
birdan ortib ketishi sababli, avtobusga chiqish va tushishda hamda unda
harakatlanishda juda ko‘p noqulayliklar tug‘diradi. Bazi yo’lovchilar boshqa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
18
transportlardan foydalanishga majbur bo‘ladilar.
Agar yo‘nalishlarda yo’lovchi tashish uchun mavjud bo‘lgan avtobuslar
sonining cheklanganligini va “tig‘iz” soatlarda zarur bo‘lgan qo‘shimcha
avtobuslarning yo‘qligini hisobga olsak, ko‘rinib turibdiki, yo’lovchilarga yuqori
sifatli transport xizmatini ko‘rsatish uchun harakatni tashkil etishning eng samarali
usullarini ishlab chiqsh va qo‘llash zarur bo‘ladi.
“Tig‘iz” soatlarda yo’lovchilar tashishni tashkil etishning ilg‘or
usullariga birinchi galda quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Tezkor harakatni tashkil etish.
2. Ekspress harakatni tashkil etish.
3. Qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish.
4.Oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini qisqartirish hisobiga ekspluatatsion
tezlikni, demak, harakat intervalini kamaytirish va harakat chastotasini oshirish.
5. Kombinasiyalashgan usulda harakatni tashkil etish.
“Tig‘iz” soatlarda harakatni tashkil etishning bazi bir usullarini ko‘rib
chiqaylik.
Misol. Avtobusning sig‘imi q
n
= 50 yo’lovchi, oddiy yo‘nalishda
aylanma qatnov vaqti t
ayl
= 100 min, oraliq bekatlarda To‘xtash vaqti t
ob
=1 min va
oxirgi bekatda To‘xtash vaqti t
ox
= 5 min. “Tig‘iz” soatlardagi yo’lovchilar oqimining
maksimal qiymati Q
max
=375 yo’lovchi/soat bo‘lsin
1. Oddiy yo‘nalishda yo’lovchilarni tashish uchun zarur bo‘lgan avtobuslar
soni va harakat intervali quyidagicha topiladi:
.
12
60
50
100
375
)
5
(
max
avv
q
t
Q
А
n
аyl
оddiy
м
;
.
min
3
,
8
12
100
m
А
t
I
2. Tezkor yo‘nalish tashkil etilishi hisobiga oraliqdagi 5ta bekatda avtobus
to‘xtamay o‘tsin. U holda:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
19
аvt
А
tezkor
m
11
60
50
90
375
;
.
min
2
,
8
11
90
м
aйй
А
t
I
3. Ekspress yo‘nalish tashkil etilganda:
аvt
А
eks
m
10
60
50
80
375
;
.
min
8
10
80
м
айл
А
t
I
4. Qisqartirilgan yo‘nalish tashkil etilganda, qancha yo’lovchi
qisqartirilgan yo‘nalishda, qanchasi oddiy yo‘nalishda tashilishi, hamda qisqartirilgan
yo‘nalishda avtobuslarning aylanma qatnov vaqtlarini aniqlash kerak bo‘ladi.
Masalan, yo‘nalish bo‘yicha bir soatda Q
max
=375 yo’lovchi tashilayotgan
bo‘lsin, ulardan Q
qisq
=255 yo’lovchi qisqartirilgan yo‘nalishda tashilsin.
Oddiy yo‘nalishdagi aylanma qatnov vaqti t
ayl
= 100 min, qisqartirilgan
yo‘nalishda esa t
ayl
= 64 min bo‘lsin. U holda oddiy yo‘nalishda kerak bo‘lgan
avtobuslar soni:
аvt
А
оddiy
m
4
60
50
100
120
.
Qisqartirilgan yo‘nalishdagi avtobuslar soni:
аvt
А
qisq
m
5
60
50
64
255
.
Hisoblardan ko‘rinib turibdiki, yo’lovchilarni tashish uchun oddiy
yo‘nalishga qaraganda 3 ta kam avtobus zurur bo‘lar ekan. Misoldan ko‘rinib
turibdiki, “tig‘iz” soatlarda qisqartirilgan yo‘nalishlarni tashkil etish juda katta
samara berar ekan. Lekin bu usulning bazi kamchiliklari ham bor. Ularga
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Harakat intervalining ortib ketishi :
a) oddiy yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslarning harakat intervali:
min
5
,
12
8
100
m
ayl
оddiy
А
t
I
,
b) qisqartirilgan yo‘nalishdagi harakat intervali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
20
min
16
4
64
m
аyl
qsq
А
t
I
Bulardan ko‘rinib turibdiki, qisqartirilgan yo‘nalish bo‘yicha
yo’lovchilar tashini tashkil etish harakat intervalini oshishiga olib kelar ekan.
Shaharda tavsiya etilgan harakat intervalining maksimal qiymati 20 min. ekanligini
hisobga olinsa, Shahar ichi yo‘nalishlarida bu usuldan foydalanish mumkin ekan.
Oxirgi bekatlardagi to‘xtash vaqtini 3 minutga kamaytirilganda zarur
bo‘lgan avtobuslar soni:
аvt
А
ох
m
10
60
55
94
375
SHunday qilib yuqorida ko‘rib o‘tilgan harakatni tashkil etish
usullarining barchasi ham ma’lum darajada samara berar ekan. Agar ularni bir paytda
kombinasiyalarini qo‘llansa, yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin. Masalan, bir
paytda tezkor yo‘nalish tashkil etilib va shu paytda oxirgi bekatdagi to‘xtash vaqti
qisqartirish va hokazo.
“Tig‘iz” soatlarda harakatni tashkil etishning yana quyidagi usullarini
ham amalga joriy etish mumkin:
1. “Tig‘iz” soatga to‘g‘ri kelmagan boshqa yo‘nalishlardan avtobuslarni olib
yo‘nalishga berish.
2. Zahirada turgan avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish.
3. Tamirlashdan chiqqan avtobuslarni yo‘nalishga chiqarish.
4. Avtobuslarga tirkamalar ulash.
5. Boshqa turdagi yo’lovchi tashuvchi transportlarning ishini tashkil etish.
6. Yo‘nalish o‘tgan tarmoq yaqinidagi barcha korxona va muassasalarni ish
tartibini muvofiqlashtirish.
7. “Tig‘iz” soatlarda avtobuslar uchun alohida harakat bo‘laklarini ajratish.
8. “Tig‘iz” soatlar uchun yo‘nalish chizmasiga alohida o‘zgartirishlar
kiritish.
Avtobuslarda xalqaro tashish muntazam, muntazam bo‘lmagan, mayatnik va
mulkiy turlarga bo‘ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
21
Muntazam
xalqaro yo‘naliishda yo’lovchilar tashish avvaldan belgilangan
yo‘nalish, harakat jadvali va tariflar asosida amalga oshiriladi. Harakat jadvalida
yo‘nalishda yo’lovchilarning avtobusga chiqish va tushish bekatlari ham ko‘rsatiladi.
Muntazam bo‘lmagan
xalqararo avtobus yo‘nalishida har bir tashish uchun
ayrim kelishuv shartnomasi tuziladi. Bunday tashishlar ko‘proq ekskursiyalar,
ziyoratlar uyushtirilganida yoki sport musobaqalari tashkil etilganida amalga oshiriladi.
Mayatnik
turida bir davlatdan ikkinchi davlatga dastlabki harakatlanish
boshlangan davlatga qaytarib olib kelish sharti bilan bir guruh yo’lovchilarni tashish
tashkil qilinadi.
Mulkiy
xalqaro yo’lovchilar tashishda yo’lovchilarni tashish tadbirkorlik
maqsadida emas, balki tashkilotlarning ishchi va xizmatchilarini olib borib qo‘yish
maqsadida amalaga oshiriladi. Bunda korxonalar o‘z avtobuslaridan yoki boshqa
tashkilotlardan ijaraga olingan avtobusardan foydalanadilar.
Xulosa
Xalqaro yo‘nalishlarni ochish O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti
agentligining boshlig‘i boshchilik qiladigan va O‘zR IIV Yo‘l harakati xavfsizligi
bosh boshqarmasi,” O‘zavtoyo‘l “ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi”, O‘zbekiston
temir yo‘llari davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va tasarrufida temir yo‘llar bo‘lgan
boshqa tuzilmalarning rahbarlarini hamda yo‘nalish o‘tishi mo‘ljallanayotgan
davlatning vakolatli organining ana shunday vakillarini o‘z ichiga oladigan
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va hududidan yo‘nalish o‘tishi
mo‘ljallanayotgan davlatning vakolatli organining qarori asosida tashkil etiladigan
komissiyalar tomonidan bajariladi.
Xalqaro yo‘naliishda yo’lovchilar tashishda yo’lovchilarni bir davlat hududida
avtobusga chiqarish va shu davlat hududida tushirish ta’qiqlanadi.
Avtobusda ketayotgan har bir yo’lovchida yo‘nalish o‘tgan davlat hududiga
kirish uchun ruxsatnomasi bo‘lishi kerak.
1997yili MDH vakillari Bishkek shahrida MDH hududida Xalqaro
yo‘nalishlarda yo’lovchilar va bagajni tashish bo‘yicha Konvensiya (KMAPP -
.
Konvensiya o mejdunarodnix avtomobilnix perevozkax yo’lovchiov i bagaja
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
22
stran SNG
) qabul qildilar va uni tasdiqladilar.Hozirgi kunda bizning mamlakatimiz
bilan qo‘shni hamdo‘stlik davlatlari: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston bilan
xalqaro yo‘nalishlar tashkil qilinib yo’lovchilar tashilmoqda.
REFERENCES
1. K M Nissen. How does weather affect the use of public transport in Berlin? (2020) 2.
Markus Hofmann, Margaret O’Mahony The Impact of Adverse Weather Conditions on
Urban Bus Performance Measures – an Analysis Using ITS Technology (2005) 3. Sui
Tao, Jonathan Corcoran, Francisco Rowe, Mark Hickman, (2018), To travel or not to
travel: ‘Weather’ is the question. Modelling the effect of local weather conditions on
bus
ridership,
Transportation
Research
Part
C
journal
homepage:
www.elsevier.com/locate/trc. 4. Botir Abdullaev, Davron Yuldoshev, Tolqin Muminov,
and Dilmurod Axmedov. Improving the method of assessing road safety at intersections
of single-level highways E3S Web of Conferences 264, 05027 (2021).
CONMEChYDRO – 2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405027