MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
367
TRANSPORT VOSITALARI KUZOVI VA KABINASIGA TEXNIK
XIZMAT KO`RSATISH VA TA’MIRLASH ISHLARI TЕXNOLOGIYASI
Yuldashev Akmaljon Rashid o‘g‘li
Tel: +998200029907
Email:
Xoshimov O‘tkirjon Xakimjon o‘g‘li
Tel: +998889571904
Email:
Ne’matullayev Anvarjon Mo‘minjon o‘g‘li
Tel: +998770529002
Email:
nematullayevanvar769@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada avtomobil transporting kuzovi va kabinasiga texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, undagi uchraydigan muammolar va bu
muammolarni yechish ijobiy va salbiy tomonlari haqida ma’lumotlar keltrilgan.
Abstract: The article provides information about the maintenance and repair
work of the vehicle div and cabin, the problems encountered in it, and the positive
and negative aspects of solving these problems.
Аннатацияса: В статье представлена информация о работах по
техническому обслуживанию и ремонту кузова и кабины автомобиля,
возникающих при этом проблемах, а также положительных и отрицательных
сторонах решения этих проблем.
Kalit so‘zlar: Kuzov, kabina, TXK ishlari, elektr changso'rgich, moybenzintutgich.
Avtomobillardan turli maqsadlarda, turli yo'l va iqlim sharoitlarida
foydalanish, ularning turli xil ifloslanishiga olib
keladi. Yuk avtomobil va traktori kuzovlarining
ifloslanishi tashiladigan yuk turiga bog'liq bo'lib, ular
qum, tuproq, ko'mir, qurilish materiallari va iste'mol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
368
mollari bo'lishi mumkin. Tashqi muhit, ya'ni harorat, yog'ingarchilik va kuzovga
yopishib qolgan iflosliklar ta'sirida bo'lgan joylardagi bo'yoqning ximik va fizik
xususiyatlari o'zgarib, yuza asta sekin eskiradi. Bularni oldini olish va TXK ishlarini
sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari olib boriladi.
Tashqi tozalash ishlariga mo'ljallangan KSM 750 B XL turidagi supirish
mashinasi(5 o.k. ga ega bo'lgan Honda dvigatelli, ish unumi 4000 m2
soat, o'tish
kengligi 100 mm, konteyneri 40 litr, ishchi tezligi 4 km
soat, tashqi o'lchamlari
1240x690x1150 mm, massasi 80kg). Avtomobil va traktor kuzovini tozalash:
tozalash ishlaridan maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig'ishtirish, yuk
Avtomobillarning kabinalari, avtobus va yengil avtomobil va traktor salonlarini
changdan tozalashdan iborat. Kir va changdan tozalashda junli cho'tkalardan,
qirg'ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr changso'rgichlardan
foydalaniladi. Ular qo'lda ko'tarib yuruvchi va qo'zg'almas bo'lishi mumkin. Elektr
changso'rgich uchida konussimon kallak va cho'tkali egiluvchan ichak(shlang)lardan
iborat. Havo so'rish bosimi 11
12 Pa oraliqda bo'ladi.
Yirik ATK va avtobus saroylarida qo'zg'almas chang so'rgichlardan
foydalanish katta samara beradi. 2. Avtomobillarni yuvish: avtomobil va traktor
tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan (25-30
S) foydalaniladi va
uning harorati yuviladigan sirtning haroratidan 18-20
S dan oshmasligi, aks holda
bo'yalgan yuzalarga salbiy ta'sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo'li bilan
avtomobil va traktor yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun shyotka, gubka kabi
materiallardan foydalaniladi. Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini
kamaytirish suv bosimiga, purkagich teshigi diametriga, purkash burchagiga bog'liq.
Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: F - purkagich teshigi yuzasi, mm2
V -purkagichdan suvning chiqish tezligi, m
s
d -purkagich teshigi diametri, mm
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
369
Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo'lish va suv sarfini kamaytirish uchun
uning bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur. Bu bilan suvning
sarfini kamaytirish mumkin. Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun
maxsus sintetik yuvish vositalaridan foydalaniladi (progress, avtoshampun,
avtoemulsiya va h.k).
Ular o'z navbatida yuzadagi kirlarni yumshatadi moy izlarini eritadi va
yuvishni yengillash- tiradi. Misol uchun yengil Avtomobillarni kuzovini yuvishda 40-
50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik poroshokning 7-8 grammi 1 litr,
harorati 35-45
suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi. Suv
sarfini kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo'llaniladi.
Avtomobillarni
yuvish,
uni
bajarish
turiga
qarab
qo'l
bilan,
mexanizatsiyalashgan va maxsus bo'lishi mumkin. qo'l bilan: shlanga va sepkich
yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli (1-2.5MPA) bo'lishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan Avtomobillarni yuvish turi maxsus jihozlar yordamida
bajariladi va tuzilishiga qarab zarrachali, shetkali va zarracha-shetkali bo'ladi.
Joylashishiga qarab, qo'zg'almas (avtomobil va traktor harakatlanadi), qo'zg'aluvchan
(avtomobil va traktor joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo'l bilan boshqariluvchi
va avtomat ravishda boshqariluvchi bo'ladi.
Zarrachali yuvish jihozida ishchi a'zo sifatida purkagich va forsunkalardan
foydalaniladi, hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi. Shetkali yuvish
jihozlarida, silindrsimon ustiga shetka o'rnatilgan barabanlar aylanadi va suv sepadi.
Ular yengil avtomobil va traktor va avtobuslar uchun qo'llaniladi. Zarra-shyotkali -
bunda purkagichlardan suv sepiladi va shyotka aylanadi (avtobus, yengil avtomobil
va traktor va yuk Avtomobillari uchun). qo'zg'almas-yuvish jihozi fundamentga
yuvish postida o'rnatilgan bo'ladi.
Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil va traktor shossesiga o'rnatilgan
bo'lib, Avtomobillarni ATK dan tashqarida yuvish uchun ishlatiladi. qo'l bilan
boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo'l yordamida harakatga keltiriladi. Avtomat ravishda
boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil va traktor yuvish postiga kirgandan so'ng,
fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi. Ko'p sifatli jihoz yordamida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
370
avtomobil va traktorning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi. Avtomobillarni yuvish
ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo'l bilan 10-20 min vaqt sarflanadi.
Mexanizatsiyani qo'llash natijasida harajatlar yuk Avtomobillari va avtobuslarda 1-3
%, yengil Avtomobillarda 25-30 % kamayadi. Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli
2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobil va traktorning tashqi o'lchamlaridan 1.25-1.5
m kengroq bo'lishi kerak.
Avtomobil va traktor yuvish postlarida konveyer yordamida harakatlanadi.
Avtomobillarni qo'l bilan yuvish posti - maxsus trubalar bilan jihozlangan bo'lib
(vodoprovod, suv bosimi 0.2-0.4MPa) suv bosimini oshirish uchun maxsus nasos va
qurilmalardan foydalanadi.(Shlangada qo'l bilan yuvish moslamasi(M107)dagi suv
bosimi 2.2MPa ni tashkil etadi.
SKB-1100 turidagi GARO moslamasining ishlab chiqarish qobiliyati 35-40
l
min ni tashkil etib, vodoprovod suvini 10 m balandlikka chiqara oladi).
Yengil va yuk Avtomobillari yuqori bosim ostida yuvishda suv sarfi 150-200
l ni, avtobuslar uchun 300-400 l ni tashkil etadi.
Past bosim ostida yuvishda suv sarfi 200-300 % ga oshadi. Avtomobillarni
mexanizatsiyalashgan purkab yuvish jihozlari Yuk Avtomobillarni yuvish jihozi
(SKB-1152 GARO) trubali ramkalardan, harakatlanuvchan yon va tag
kollektorlaridan, suv bosimini oshirish nasosi va elektr dvigateldan tashkil topgan
bo'ladi.
Bunday moslamalar yengil Avtomobillar va avtobuslar uchun juda kam
qo'llaniladi. Shyotkali yuvish jihozlari - yengil Avtomobillar va avtobuslar uchun
ishlatiladi. Ular shyotkali barabanlar bilan bir qatorda, avtomobil va traktor
g'ildiragini va tagini yuvish uchun purkagichlar bilan ham qurollangan bo'ladi.
SKB1126 GARO jihozining barabanlari silindirining diametri 0.7-1.0 m, aylanishlar
soni n=150-200 ayl
min, elektr dvigatelining quvvati 1.5-1.7 kVt, suvning bosimi 0.2-
0.6mPa, ishlab chiqarish qobiliyati 30-40 avt
s, suv sarfi 400-500 l
avtobus, konveyer
tezligi 6-9 m
min tashkil etadi. 3. ATK da Avtomobillarni yuvishda va ustaxonalarda
ishlatilgan suvni toshalash, undan qayta foydalanish va sanitariya talablariga rioya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
371
qilgan holda kanalizatsiya tizimiga oqizish muhim rol o'ynaydi. Ishlatilgan suv
kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va atrof muhitni ifloslantirmasligi uchun ATK
larda loy tindirgich va moybenzintutgich-lardan foydalaniladi. Loytindirgichning
oddiy turi quyidagi 1-rasmda ko'rsatilgan
2-rasm. Loytindirgich
Avtomobillarni yuvish postidagi 3-quvur orqali suv, 2-maxsus idishga oqib
tushadi. qattiq va og'ir zarrachalar loytindirgichga tushib, tezligini yo'qotadi va
tindirgich tubida to'planadi. Tindirilgan suv 5-quvur orqali 6-moybenzintutgichga
oqib tushadi. Loytindirgichda to'plangan loyqa siqilgan havo yordamida tozalab
tashlanadi. Loytindirgichning tubida to'plangan loyqa elektromexanik uzatmali 9-
qopqoq ochilib, 7-idishga tushadi. Shundan so'ng, qopqoq berkilib, 1-quvur orqali
(suyuq loyqa hosil qilish uchun) idishga suv beriladi. So'ngra 8-quvur orqali 0,4MPa
dan kam bo'lmagan bosim bilan siqilgan havo yuboriladi. Idishda to'plangan loy, 4-
quvur(
150 mm)dan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo'natish uchun) tushiriladi.
Loytindirgichda to'planadigan loyqani vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun
ATFragmali nasosdan foydalaniladi. Bu loyni haydovchi nasos, injektorli yoki
pnevmatik turda bo'lishi mumkin.
3-rasm. Moybenzintutgich: a) ishlash shakli; b)moybenzin aralashmasini
ajratish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
372
3-rasmda keltirilgan moybenzintutgichga tindirilgan suv loytindirgichdan 1-
quvur orqali 2-qalpoq ostiga quyilib, 3-quduqni to'ldiradi (bu jarayon 4-suv
to'kkichning yuqori qirrasigacha suv to'lguncha amalga oshiriladi). Suv to'kkichdan
suv toshib chiqqandan so'ng, 5-quvur orqali (kanalizatsiya) chiqindi tarmog'iga oqib
tushadi. Moy va benzinning solishtirma og'irligi (aralashma uchun o'rtacha 0,85)
kichik bo'lgani uchun, aralashma 2-qopqoqning ustki qismiga to'planib, quduqdagi
suv satxidan toshib chiqadi. qopqoq kallagida to'plangan moy va benzin aralashmasi,
6-quvur orqali, 7-idishga quyiladi.
Agar ATK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta'minlanmagan bo'lsa,
tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobil va traktorni yuvishdan chiqqan
suvni tozalab, qayta foydalanish mumkin. Buning uchun suv oqib tushadigan
havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi o'rnatiladi.
Avtomobillarni
yuvishda
qaytadan
foydalanadigan
(zarrachalardan
tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib, to'zitib) tozalanadi. Bunday qurilma
chiqindi suvini sifatli tozalashni ta'minlamaydi, ammo o'rnatish uchun katta maydon
talab qiladi. Shuning uchun bundan samaraliroq hisoblangan "KRISTALL"
qurilmasidan foydalanilgan ma'qul. Bu qurilma ishlatilgan suvni turli zarrachalardan,
ya'ni qum va neft mahsulotlarinidan tozalashga mo'ljallangan bo'lib, u filtrlash
jarayonini tebranuvchi filtr hisobiga bajaradi. "KRISTALL" qurilmasining asosiy
ATFzalliklari chiqindi suvlarini sifatli tozalashi, tozalash qurilmalarini ihchamligi va
ish unumi bo'yicha ularning turli xillari mavjudligidir.
Avtomobillarni yuvishdan so'ng mexanizatsiya yoki qo'l kuchi bilan quritish-
artish ishlari bajariladi. Masalan, yengil Avtomobillar sovuq (kam hollarda, iliq) havo
purkovchi qurilma yordamida quritiladi. Bunda havo havotaqsimlovchi quvurlar
orqali diffuzorga so'riladi, u kuzovning ko'ndalang qismi teksligiga nisbatan 65 grad.
qiyalikda joylashgan bo'ladi. Diffuzor havo oqimini yelpig'ichsumon purkab turadi.
qurilmaga vaqt relesi o'rnatilgan bo'lib, u shabadalatgichni o'chirib-yoqib turish uchun
xizmat qiladi. qurilma ish unumi 30-40 avt
soat bo'lib, elektromotorning quvvati 22.5
kvt.ni tashkil etadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
373
Zanglash, Avtomobillar sirtiga havodan nam tushib qolishi, kuzovning
ko'rinmas bo'shliqlarida tomchilar paydo bo'lishi va ularning yig'ilishi natijasida hosil
bo'ladi. qish paytlarida sirpanchiqqa qarshi harakat xavfsizligini ta'minlash
maqsadida sepiladigan tuzlar kuzovning zanglash va chirish jarayonini tezlashtiradi.
Kuzov tubi va qanot ostlari iflosliklardan tozalanib va yuvilib zanglashga qarshi
ishlov beriladi. Zanglashga qarshi ishlov berishning bir necha turi bo'lib ular zanglash
jarayonini sekinlashtiruvchilar va zanglashga qarshi qoplam hosil qiluvchilar kabi
turlarga bo'linadilar.
Avtomobillarni kabina va tayanchlarini asosiy nosozliklari: qiyshayish,
pachoqlanish, uzilish, zanglash, chirish, boltli va parchinmixli brikmalarni bo'shashib
ketishidan iborat. Ta'mirlash quyidagilardan iborat: zanglash mahsulotlaridan
tozalash, payvandlash, tekslash va yuzalarni silliqlash, qo'shimcha detallar qo'yish,
himoya qatlamlarini tiklash. Zanglash mahsulotlari metall shyotka yoki erituvchi
yordamida tozalanadi. Payvandlashda ko'p hollarda gazli payvandlash turidan
foydalaniladi. U qo'l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi. Yoriqlar payvandlanib,
yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo'shimcha qoplam qo'yiladi va bu qoplam
yirtilgan yerdan 20-24 mm chiqib turishi zarur. Pachoqlangan yerlar va qiyshayishlar
sovuq yoki qizdirilgan (600-650
S gaz gorelkasi yordamida) holda to'g'rilanadi.
qizdirib to'g'rilash metall qavat-qavat bo'lib qolganda yoki sovuq holda to'g'rilab
bo'lmay qolganda bajariladi. Pachoq ikki harakatda to'g'rilanadi.
Avvalambor pachoq bo'lgan joy urib chiqariladi. Chiqarilgan qism markazdan
sirtga qarab ustiga mahsus ushlagich qo'yib to'g'rilanadi. To'g'rilashdan qolgan
chuqurliklar temirdan yasalgan formani tagiga qo'yib yog'och yoki rezina bolg'achalar
bilan silliqlanadi. qattiq pachoq bo'lgan va tekis bo'lmay qolgan yuzalar kesilib olib
tashlanadi va payvandlanadi. qiyshiqliklar va egilishlar mahsus mexanik
kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to'g'rilanadi. g'adir-budur bo'lib qolgan
yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar (PFN-12, TPF-37), epoksid
kleylari yoki yumshoq kovshanlash bilan silliqlanadi. Yuza tekislab bo'lmas holatda
bo'lsa, ayrim bo'laklari kesib tashlanadi va o'rniga metall listlardan tayyorlangan
bo'laklar payvandlanadi. Yangi qism shablon yordamida tayyorlanadi. Yengil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
374
Avtomobillar va avtobuslarning kuzovlari yaroqsiz holatiga kelishi, zanglash
oqibatida yuzaga keladi. Kuzov detallarining uzoq ishlashi avtomobil va traktorning
yurgan yo'li va yoshiga bog'liq bo'lib, ular 2 guruhga bo'linadi:
- 1-guruh detallari chirishi va ishdan chiqishi avtomobil va traktorning
ko'rinishinigina yo'qotadi, lekin baquvvatliligini susaytirmaydi. Bunga oldingi va
orqa qanotlar, orqa g'ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari kiradi;
- 2-guruh detallarini zanglashi va chirishi avtomobil va traktor
baquvvatliligini susaytiradi (oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon
pollari). Birinchi guruh detallari ishdan chiqqanida, ikkinchi guruh detallari esa hali
baquvvat bo'lishi, kerak bo'lsa birlamchi detallarni almashtirib avtomobil va
traktorning tashqi ko'rinishini tiklash mumkin.
Xulosa
Avariyaga uchragan kuzovlarni to'g'rilash uchun mahsus moslamalardan
foydalaniladi, ular kuzov profili bo'yicha, geometrik o'lchamlariga rioya qilgan holda
tortish yo'li bilan o'z holatiga keltiriladi. Payvandlash ishlarida qalin list metallar
uchun elektr yoyli payvandlash qo'llanilsa, yupqa listlar uchun esa kemping va gazli
payvandlash qo'llaniladi. Kuzov ishlari bo'yoqchilik ishlari bilan chambarchas
bog'liqdir.
ATK da bo'yoqlash ishlari mahsus jihozlar yordamida bajariladi. Eng ko'p
tarqalgani bosim ostida bo'yoq sepish (0.3-0.7MPa) bo'lib, u mahsus jihozlar talab
qilmaydi. Buning uchun bo'yoq suyuq bo'lishi zarur. Shuning uchun ko'proq eritgich
qo'shilishi natijasida yuza silliq chiqmaydi. Hozirda yangi usul, ya'ni bo'yoqni 50-70
S da isitib 0.15MPa bosim ostida sepish qo'llaniladi.
Bu bo'yoqni yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq
chiqadi. Kam bo'yoq sarf bo'ladi, ammo bo'yoqni issiq suv bilan isitish zarur bo'lib,
isitish anjomi bo'yash kamerasida bo'lishi kerak emas.
Hozirda yana bir usul, bo'yoqni mahsus jihozlar yordamida 10-30MPa bosm
ostida, 0.17-1.0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham
foydalaniladi. Uning kamchiligi, yuza silliq chiqmaydi, chunki bu usulda plunjerli
nasoslardan foydalaniladi. Bo'yash ishlarining texnologik jarayoni quyidagicha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–4_ Январь –2025
375
bajariladi: metall yuzani bo'yashga tayyorlash (zangdan, eski bo'yoqdan yuzani
tozalash), shpatlevka surtish (yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish (GF-
021 surtib, 1.5-2.0 soat quritiladi), bo'yash (ML-12, ML-197, ML-110 turidagi
bo'yoqlar sepilib, yuza 130- 140
S da 20 soat davomida, shundan 2 soat changga, 6
soat yopishqoqlikka, 12 soat mustahkamlikka quritiladi).
Avtomobillarni rangi har xil bo'lganligi uchun,kerakli rangdagi bo'yoqni
topish mushkul, shuning uchun kerakli rangdagi bo'yoq tayyorlanadi. Buning uchun
rangli xalqadan foydalaniladi. Uch xil rang, ya'ni qizil, sariq va havo rang boshqa
ranglarni hosil qila oladi. Ishlab chiqarishda mahsus bo'yoq aralashtirgich
qurilmalardan foydalaniladi va ranglar spektor analiz yordamida bo'yoq tanlanadi.
REFERENCES
1.Hurmamatov A. M., Hametov Z. M. Results of preparation of oil slime for primary
processing //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. –
2020. – Т. 10. – №. 5. – С. 1826-1832. 2. Маматов, Ф. М., Файзуллаев, Х.,
Эргашев, И. Т., & Мирзаев, Б. С. (2012). Определение тягового сопротивления
почвоуглубителя с наклонной стойкой. Международная агроинженерия, 42.
3.Imamovich, B. B., Nematjonovich, A. R., Khaydarali, F., Zokirjonovich, O. O., &
Ibragimovich, O. N. (2021). Performance Indicators of a Passenger Car with a Spark
Ignition Engine Functioning With Different Engine Fuels. Annals of the Romanian
Society for Cell Biology, 6254-6262. 4. Рузибаев, А. Н., Обидов, Н. Г., Отабоев,
Н. И., & Тожибаев, Ф. О. (2020). ОБЪЕМНОЕ УПРОЧНЕНИЕ ЗУБЬЕВ
КОВШЕЙ ЭКСКАВАТОРОВ. Universum: технические науки, (7-1 (76)).