MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
3
TRANSPORT VOSITALARINING TEXNIK HOLATI VA ISHLASH
QOBILIYATINI EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA O`ZGARISHI
Xoshimov O‘tkirjon Xakimjon o‘g‘li
Tel: +998889571904
: hoshimovotkirbek133@gmail.com
Mahmudov Xurshidbek Homidjon o‘g‘li
Tel: +998908401844
Email: mahmudov3104@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada transport vositalarini texnik holati va ishlash
qobilyati, ularni ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi. Transport vositalari texnik
holatini tasnifi, transport vositalarini ishlash qobilyatini Ekspluatatsiya jarayonida
o`zgarish sabablari, texnik holatni ishlash davriga qarab o‘zgarishlar haqida
ma’lumotlar keltrilgan.
Abstract: The article describes the technical condition and performance of
vehicles, their changes during operation. The classification of the technical condition
of vehicles, the reasons for the change in the operational capability of the vehicles,
and the changes in the technical condition depending on the period of operation are
provided.
Абстрактный: В статье описано техническое состояние и
работоспособность автомобилей, их изменения в процессе эксплуатации.
Приведена классификация технического состояния транспортных средств,
причины изменения работоспособности транспортных средств, а также
изменения технического состояния в зависимости от периода эксплуатации.
Kalit so‘zlar: Texnik holat, ishlash qobilyati, texnik holat tasnifi, ishqalanish,
yeyilish tasnifi, yeyilish turlari, yeyilish mexanizmi, texnik holatni ekspluatatsiya
jarayonida o`zgarishi, texnik holatga ta`sir etuvchi omillar, konstruktiv omil,
texnologik omil, ekspluatatsion omil.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
4
Ekspluatatsiya jarayonida tashqi muhitni bir qator omillari (yuklama,
tebranish, namlik, havo oqimi, avtomobilga tushgan chang va iflosliklar, harorat va
boshqa ta`sirlar) avtomobillarga ta`sir ko`rsatadi va uning texnik holatini
yomonlashishiga olib keladi. Bunda detallar yeyiladi va shikastlanadi hamda ular bir
qator xususiyatlari (bikrligi, plastikligi va boshqalar) o`zgaradi. Avtomobillarni
texnik holatini o`zgarishi uning tarmoq va mexanizmlarini ishlash sharoiti, tashqi
muhit ta`siri va avtomobillarni saqlashga hamda tasodifiy omillarga bog`liq.
Tasodifiy omillarga avtomobil detallarini yashirin nuqsonlari konstruktsiyani
toliqishi va boshqalar taalluqlidir. Ekspluatatsiya sharoitida avtomobillarni texnik
holatini o`zgarishiga asosiy sabablardan yeyilish, plastik deformatsiya, charchashdan
shikastlanish, korroziya (zanglash) hamda detal materialini fizik-kimyoviy
o`zgarishidir (eskirishi). Yeyilish-bu detallni shikastlanishi va uning sirtidan
materialni ajralishi va (yoki) ularni ishqalanishida qoldiq deformatsiyani
to`planishidir, bular o`zaro ta`sirlagi detallarni shaklini va o`lchovini doimo
o`zgartirishi bilan namoyon bo`ladi.
Yeyilganlik-bu detal sirti o`lchovini, shaklini va holatini o`zgarishi
ko`rinishida
paydo
bo`luvchi
yeyilish
natijasidir.
yeyilganlik
mkm/km,
mkm/motosoatlarda o`lchanadi. Ishqalanishni uch turi mavjud: quruq, suyuqlik va
aralash muhitda. quruq ishqalanishda ishqalanayotgan sirtlar bir-biri bilan ta`sirda
bo`ladi (misol, tormoz kolodkalarini tormoz barabanlariga ishqalanishi, ilashish
muftasi yetaklovchi diskini maxovika ishqalanishi va hokazo). Bu turdagi ishqal-
anish ishqalanayotgan detal sirtlarini jadal yeyilishi bilan kuzatiladi. Suyuqlik
(gidrodinamik) ishqalanishida ishqalanayotgan detal sirtlari orasida moy qatlami
hosil qilinadi, bu moy qatlami ishqalanayotgan detal sirtlari mikronotekisliklaridan
katta bo`lib, detal sirtlarini kontaktda bo`lishiga yo`l qo`ymaydi (misol, tirsakli val
podshipniklari), bu detallar sirtini yeyilishini kamaytiradi. Amalda avtomobil
mexanizmlari ishlash jarayonida bu ikkita ishqalanish turi almashib turadi va bir-
biriga o`tib aralash ishqalanish turini hosil qiladi.
Abrazivli, okisidlanishdan, charchashdan, eroziyadan yeyilish hamda qotib
qolishdan, freting va freting korroziyadan yeyilish turlari mavjud. Abrazivli yeyilish-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
5
bu ishqalanish sirtidagi qattiq zarrachalarni kesishi yoki tirnashi natijasidir. Bunday
zarrachalar tashqaridan detallarni ishqalanuvchi sirtlari orasiga chang va qum
ko`rinishida (misol, tormoz kolodkasi ustqo`ymasi va barabani orasiga) yoki ochiq
ishqalanuvchi tarmoqlardagi (shkvorenli birikmalar, ressor sharnirlari) moylash
materiallari tarkibiga tushib ularni yeyilishini oshiradi. Abrazivli yeyilish boshqa
yeyilish turi bilan birgalikda avtomobillarni deyarli hamma ishqalanuvchi detallarida
uchraydi. Oksidlanishli yeyilish mexanik yeyilish muhitni agressiv ta`siri natijasida
paydo bo`ladi, bularni ta`sirida ishqalanuvchi detal sirtida mustahkam bo`lmagan
oksid pardasi hosil bo`ladi. Bu oksid parda mexanikaviy ishqalanishda yulib olinadi
va yalang`och bo`lgan sirtda yana oksidlanadi. Bunday yeyilishlar tsilindr porshen
guruhlari, gidrokuchaytirgich, gidrouzatmali tormoz tizimi detallarida va boshqalarda
uchraydi. Charchashdan yeyilish ishqalanish va qaytariluvchi yuklama natijasida
materialni sirtidagi qatlami mo`rtlashadi va yemiriladi, buning natijasida undan
pastda yotgan yumshoqroq va mo`rtroq qatlam yalang`ochlanib qoladi. Bunday
turdagi yeyilish podshipniklarni yugurish yo`lkalarida va shesternya tishlarida
uchrashi mumkin. Eroziyali yeyilish detal sirtiga juda katta tezlikda
harakatlanayotgan, tarkibida abraziv zarrachalari hamda elektr razryadi bo`lgan
suyuqlik va (yoki) gaz oqimi ta`siri natijasida paydo bo`ladi.
Eroziya jarayonini xarakteriga ko‘ra gazli, kavitatsion, elektr va abrazivli
eroziya turlari mavjud. Gazli eroziya gaz molekulasini mexanik va issiqlik ta`sirida
detal materialini shikastlanishida sodir bo`ladi. Gazli eroziya klapanlarda, porshen
halqalarida va tsilindrlarni oynasimon devorlarida hamda chiqindii gazlar chiqarish
tizimi detallarida kuzatiladi. Kavitatsion eroziya suyuqlik oqimini bir tekisligini
buzilishi sodir bo`ladi, bunda suyuqlikda havo pufakchalari paydo bo`lib, detal sirti
oldida yoriladi va suyuqlikni metall sirtida ko‘p sonli gidravlik zarbalariga olib keladi
va metall sirtini shikastlaydi. Bunday shikastlanishlar sovutish suyuqligi bilan
kontaktda bo`lgan dvigatel detallarida, ya`ni blok tsilindrlardagi sovutish tizimi
kopylaklarida, tsilindrlar gilzasi tashqi sirti, sovutish tizimi patrubkalarida uchraydi.
Elektr eroziyali yeyilish elektr toki o`tganda razryadlar ta`siri natijasida detal sirtlari
eroziyali yeyilishida paydo bo`ladi. Misol, yondirish shami elektrodlari hamda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
6
taqsimlagich kontaktlari orasida. Abrazivli eroziya suyuqlik (gidroabrazivli eroziya)
yoki gaz (gazabrazivli eroziya) oqimi tarkibidagi abraziv zarrachalarni detal sirtlariga
mexanik ta`siri natijasida paydo bo`ladi. Avtomobil kuzovini tashqarii qismida
uchraydi.
Qotib qolishdan yeyilish detal materialini chuqur uzib olib bitta sirtdan boshqa
sirtga kopchirishi natijasida detallarni ishchi sirtlarida uyiqlar (zadirlar) paydo
bo`lishiga, qotib qolishiga va shikastlanishiga olib keladi. Misol, dvigatel moylash
tizimi ishini buzilishi natijasida tirsakli valni qotib qolishi va vkladishlarni aylanib
ketishi. Freting yeyilish-bu birikma detallarini tebranma harakatida mikrosiljishlari
natijasida mexanik yeyilishidir. Agar bunda muhit agressiv ta`sir qilsa, freting
korrozion yeyilish sodir bo`ladi. Bunday yeyilish tirsakli val bo`yni vkladishini ularni
yostig`i bilan tegib turgan joylarida podshipniklar qo‘qog`ida sodir bo`ladi. Plastik
deformatsiya va shikastlanish avtomobil detallari materialini oquvchanlik (po`lat
materiallarda) yoki mustahkamlik (cho`yan materiallarda) chegarasiga yetishishiga
yoki oshib ketishiga bog`liq. Bu shikastlanish avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish
qoidalarini buzish natijasidir (ortiqcha yuklama, noto`g`ri boshqarish hamda yo`l-
transport hodisasi). Ba`zan detallarni plastik deformatsiya-lanishiga ularni yeyilishi
natijasida geometrik o`lchamlarini o`zgarishi va mustahkamlik zaxirsaini pasayishi
sabab bo`ladi. Detallarni charchashdan shikastlanishi detal materiali chidamliligi
chegarasidan yuqori siklik yuklamada sodir bo`ladi. Bunda detallarni shikastlanishga
olib keluvchi ma`lum tsikllar sonida doimiy shakllanuvchi va o`suvchi charchashdan
darzl paydo bo`ladi. Charchashdan shikastlanishni ekstremal sharoitlarda
avtomobillarni Ekspluatatsiyasida ressoralar va yarim o`qlarda kuzatish mumkin.
Zanglash (korroziya) detal materialini agressiv atrof-muhit bilan o`zaro ta`sirida
kimyoviy va elektromexanik ta`sir natijasida detal sirtida oksidlanish (zanglash)
paydo bo`ladi, bu detalni mustahkamligini kamayishiga va tashqi ko`rinishini
yomonlashishiga olib keladi. Avtomobil detallarini zanglashiga ko‘proq qishki
mavsumda yo`llarga se‘iladigan tuz hamda ishlatilgan gazlar ta`sir ko`rsatadi.
Metallar sirtida saqlanib qolgan namlik zanglashni keltirib chiqaradi, bunday
zanglash avtomobilni yashirin bo`shliq va taglariga xosdir. Avtomobillarni eskirishi-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
7
bu mexanik, elektrik, issiqlik va boshqa yuklamalar ta`sirida avtomobillarni
Ekspluatatsion xossalarini asta-sekin va doimiy o`zgarish jarayonidir. Bunday
yuklamalarni mavjudligi avtomobillarni ishlash rejimi va Ekspluatatsiya sharoiti
bilan aniqlanadi. Avtmobillarni texnik holatini o`zgarishiga charchash, korroziya,
yeyilishdan tashqari konstruktiv, texnologik va Ekspluatatsion omillar ham ta`sir
ko`rsatadi. Konstruktiv omillar quyidagilar bilan aniqlanadi:detalni shakli va o`lchovi
bilan. Detal sirtiga solishtirma bosim, kuchlanishni to`planishi, metallni zarba va
charchash mustahkamligiga bog`liq; - konstruktsiyani qattiqligi, ya`ni qabul
qilinayotgan yuklama ta`siri ostida bazaviy va asosiy detalni deformatsiyalanish
xossasi; - o`zaro joylashgan sirtlarni va birga ishlayotgan detallar o`qlarini aniqligi; -
birikmani ishonchli ishlashini ta`minlovchi o`tirishni (‗osadkani) to`g`ri tanlash.
Texnologik-
bu detallarni tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallar
sifatiga, ularga mos termik ishlov berish usulini qo`llash va yig`ish ishlariga
(markazlash, o`qdoshlik, tirqishlarni sozlash, qotirish sifati) bog`liq omillar.
Ekspluatatsion omillar yo`l, transport va tabiiy iqlim sharoitiga bog`liq. Ular
avtomobillarni texnik holatiga ko‘proq ta`sir ko`rsatadi. Yo`l sharoiti yo`lning turi,
qoplamani holati va mustahkamligi, ko`ndalang profili va boshqalar bilan
xarakterlanadi. Yo`l qoplamasini yeyilishi va buzilishi avtomobil ishonchliligini 14-
33 foizga qisqartiradi. Avtomobil notekis tu‘roqli yo`lda harakatlanganda tirsakli
valni aylanishlar soni, ilashish muftasini uzib-ulashlar soni, uzatmalar qutisini
qo`shib-ajratishlar va tormozlashlar soni, asfaltli tekis yo`lga nisbatan ortishi yonilg`i
sarfini ko‘payishiga va avtomobil agregat va detallarini yeyilish jadallligini oshishiga
olib keladi. Transport sharoiti Ekspluatatsiya jarayonida avtomobilni ishlash tartibi,
tashish sharoiti, ishlatiladigan yonilg`i-moylash materiallari sifati, haydovchi
malakasi va TXK sifati bilan xarakterlanadi. Ishlash tartibi harakat rejimiga ta`sir
qiluvchi tashqi omillarni xarakterlaydi va bu omillar avtomobil va uning agregatlarini
ish rejimiga ta`sir ko`rsatadi. SHahardagi jadal harakatlanish nisbatan sha-hardan
tashqaridagi yo`llarda (bir xil qoplamali yo`llar) yuk avtomobillarini ish rejimi
quyidagicha farq qiladi: tezlik birinchi holat uchun 50-52 foizga, tirsakli valning
o`rtacha aylanishlar soni 130-136 foizga, uzatmalarni almashtirish 3-3,5 martaga,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
8
tormoz mexanizmlarini ishqalanishini solishtirma ishi 8-8,5 martaga, egri traektoriya
bilan harakatlanishi 3- 3,6 martaga ko‘p. Tashish sharoiti harakat tezligi bilan
birgalikda yukli yurgan yo`li uzunligi, bosib o`tgan yo`lidan foydalanish koeffitsienti,
yuk koptarish qobilyatidan foydalanish, tirkamalardan foydalanish koeffitsienti va
tashilayotgan yuk turi bilan xarakaterlanadi.
Yuk turi ham avtomobillarning texnik holatiga katta ta`sir ko`rsatadi. Tosh,
shag`al, tu‘roq, mineral o`g`itlar, kimyoviy materiallar avtomobillar kuzovi
bo`yoqlarini shikastlanishiga va shu bilan birga zanglashini tezlashiga olib keladi.
Neft mahsulotlari, suv, suyuq kimyoviy materiallarni tashish birinchidan
avtomobillarni turg`unligini kamaytirsa, ikkinchidan avtomobillarni sig`imini
(tsisternyasini) shikastlanishiga ta`sir ko`rsatadi. Avtomobillarning texnik holatini
o`zgarishiga yonilg`i-moylash materiallarini sifati katta ta`sir ko`rsatadi. Yonilg`i-
moylash materiallari va texnik suyuqliklar avtomobillarni ishlatish va tabiiyiqlim
sharoitiga va mexanizmlarni tuzilishiga bog`liq holda tanlab olinadi. YOnilg`i-
moylash materiallarini sifati uning fizikkimyoviy xossalari bilan baholanadi.
Benzinni sifati uning tarkibida mexanik qo`shimchalar borligi, quyqa hosil bo`lish
imkoniyati, korroziya hosil qilishga moyilligi, detonatsiyaga turg`unligi va fraktsion
tarkibi bilan baholanadi. Dizel yonilg`ilarini qovushoqligi, metan soni, mexanik
qo`shimchalar yo`qligi, parafin miqdori bilan baholanadi. Dizel yonilg`ilarini qishki
navlarida parafinli yonilg`ilarni ishlatish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Dvigatel va transmissiyada ishlatiladigan moylarni ko`rsatkichlari qovushoqlik,
uning o`zgarish harorati, ishqalanuvchi sirtlarga moyning kelishi, tarqalishi ta`siridan
ishqalanishni kuchayishi, ishonchlilikni o`zgarishiga sabab bo`ladi. Dvigatel past
haroratlarda ishlaganda moy oksidlanib quyqa hosil qiladi, yuqori haroratlarda
ishlaganda esa porshen va uning xalqalari atrofida lok qoldiqlari hosil qiladi. Buning
natijasida, detallarning issiqlik o`tkazuvchanligi yomonlashib, porshen xalqalari
harorati yo`qolib uyalarida qisilib qolishi sababli moy sarfi ortadi va dvigatel quvvati
pasayadi. Shuning uchun avtomobillarni texnik tavsifnomasida ko`rsatilgan yonig`i
moylash materiallaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
9
Resurs
- bu avtomobilni texnik hujjatlarida ko`rsatilgan chetki xolatigacha
bosib o`tiladigan yo`lidir. Resurslar kafolatli, ta`mirlararo, birinchi mukammal
ta`mirgacha va ruyxatdan chiqarishgacha bo`ladi.
Kafolat resursi
- bu ob`ektni ishlash vaqti bo`lib, iste`molchi Ekspluatatsiya
qilish shu jumladan saqlash va tashish qoidalariga rioya qilish sharti bilan ishlab
chiqaruvchi uni buzilmay ishlashini kafolatlaydi. Yangi avtomobillarga avtomobil
ishlab chiqaruvchi, ta`mirlangan avtomobillarga esa avtota`mir zavodlari tamonidan
kafolat resursi o`rnatiladi.
Konstruktorlik-
texnologik sabablari bo`yicha yoki avtokorxonalarni
ta`mirlash bo`limlari aybi bilan vaqtdan oldin avtomobillar buzilsa, u yoki bu
agregatlarni buzilishga bo`lgan moddiy zararni qoplash uchun o`rnatilgan tartibda
reklamatsiya beriladi.
Ta`mirlararo resurs
- ob`ektni ikkita ketma-ket ta`mirlari oralig`idagi ishlash
vaqti. U avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish tadqiqotlari kom‘leksi va tajribalarni
umumlashtirish asosida tarmoq vazirligi tomonidan ornatiladi. Ro`yxatdan
chiqarishgacha resurs- bu ob`ektni ishlash vaqti yig`indisi bo`lib bunga erishganda
avtomobilni Ekspluatatsiya qilish to`la to`xtatiladi.
Birinchi mukammal ta`mirgacha resurs
- bu ob`ektni ishlash vaqti bo`lib,
bunga erishganda buyum mukammal ta`mirga yuboriladi.
Xizmat muddati
- bu ob`ektni boshlang`ich xolatidan uni chetki xolatiga
kelguncha taqvimiy (kalendarli) Ekspluatatsiya qilish davridir. Kafolatli,
ta`miralararo, birinichi mukammal ta`mirgacha va ruyxatdan chiqarguncha xizmat
muddatlari bo`ladi. Xizmat muddati avtomobillar ishlash jarayonida va tabiat kuchlari
ta`sirid fizik eskiradi hamda texnik rivojlanish natijasida ma`naviy eskiradi. Fizik
eskirishni asosiy sababi avtomobil transportini doimiy Ekspluaiatsiya qilish
jadalligini oshirib borishdir.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak hozirgi kunda avtomobillardan foydalanish
samaradorligi ko‘pgina hollarda qabul qilingan Ekspluatatsiya qilish davomiyligiga
bog`liq. Avtomobillarni tez-tez va murakkab ta`mirlashlar natijasida xizmat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
10
muddatini oshirish transport mahsulotini tannarxini oshishiga va uni rentabelligini
pasayishiga olib keladi. Amortizatsion sarflarni ko‘payishi hisobiga avtomobillarni
muddatidan oldin Ekspluatatsiyadan olish natijasida ham bunday holatlarga tushib
qolishi mumkin. Shuning uchun avtomobillarni xizmat muddatini me`yorlashtirish
xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega. Bu muddatlarga asosan avtomobil saroyini doimiy
yoshartirib borish lozim. Saqlanuvchanlik- bu avtomobillarni saqlash, tashish va
undan keyingi Ekspluatatsiya qilish vaqtida Ekspluatatsion-texnik ko`rsatkichlarini
saqlash xossasidir. Saqlanuvchanlik avtomobillarni saqlash va konservatsiyalashni
hamda ruxsat etilgan masofani (tashish vaqti oralig`i, avtomobilni ta`mirlashsiz
undan keyingi Ekspluatatsiya qilishga sozligi) maqsadga muvofiqligi bilan
aniqlanadi. Saqlanuvchanlikni ko`rsatkichi saqlanuvchanlikni o`rtacha muddati
bo`lishi mumkin. Avtomobillarni saqlanuvchanligi uni tayyorlashdagi sifati,
avtomobillar elementlaridagi eskirish jarayonini jadal o`tishi va tashqi omillarga
(harorat va havo namligi, muhitni zaharliligi, quyosh radiatsiyasi va hokazolar)
bog`liq. Saqlanuvchanlikka saqlash jarayonida konservatsiyalash va texnik xizmat
ko`rsatish sifati katta ta`sir ko`rsatadi. Ta`mirboplik-bu avtomobil konstruktsiyasini
tejamli texnologik jarayonlarni qo`llash bilan hamma turdagi TXK va T ishlarini
bajarishga mosligi xossasidir. Avtomobillarni ta`mirbo‘ligi konstruktorlik-ishlab
chiqarish va Ekspluatatsion omillar bilan aniqlanadi. Konstrutorlik-ishlab chiqarish
omillari avtomobil konstruktsiyasi xossasini aniqlaydi. Ular avtomobillarni
yaratishda hisobga olinadi. Ekspluatatsion omillar konstruktsiya xossasi namoyon
etiladigan muhitni aniqlaydi, bunda ular avtomobilni yaratishda va Ekspluatatsiya
qilishda hisobga olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Хасанов Р.Х. Основы технической эксплуатации автомобилей: Учебное
пособие. - Оренбург: ГОУ ОГУ, 2003. - 193 с. 2. Е.П. Ясенков, Предпосылки для
разработки методики планирования оптимальных режимов технического
обслуживания автомобилей/ Лесной Вестник 6/2006,111 с. 3. Khaled Е., Said A.
Comparison of Reliability Characteristics of Two Systems with Preventive
Maintenance and Different Modes - Information and Management Sciences Volume
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
11
19, Number 1, pp. 107-118, 2008 4. Кузнецов, E.C., А.П. Болдин, В.И. Власов и
др.Техническая эксплуатация автомобилей: Учебник для ву.