MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
42
STRESSNI BARTARAF ETISHDA KOPING STRATEGIYASINI
QO’LLASH
Qo’qon universiteti 4- kurs talabasi
Toshtemirova Diyoraxon
Loyiha rahbari Eshonqulova Guljahon
Annotatsiya: Bu maqolada o’smirlarda koping xulq – atvorning namoyon
bo’lishi sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to’plangan malumotlar, xorij
psixolg olimlarining bu boradagi psixologik qarashlari yoritib berilgan.
O’smirlarda koping xulq –atvor va stressli vaziyatlarda javob reaksiyasi o’rtasidagi
mutanosiblik bilan bog’liq ijtimoiy psixologik omillarni empirik jihatdan o‘rganish
haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: koping xulq-atvor, yenga olish, koping strategiyasi, stressga
chidamlilik, axloqiy normativlik, negativ dezadaptatsiya, mikroijtimoiylar.
Koping xulq-atvor muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb
muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti,
shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu
jarayonga bog‘liq. Jamiyat a’zolari o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik
imkoniyatlari, yutuq va kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu
ularning hayotda uchraydigan turli qiyinchilikliklarni osonlik bilan yenga olishga,
o‘z imkoniyatlaridan yanada unumli foydalana olishga, o‘zlari haqida yanada
chuqur, ijobiy va o‘ziga xos tasavvurlarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Psixologiyada koping xulq-atvor XX asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Koping
xulq-atvor ingliz tilidan olingan bo‘lib “cope, to cope” - yenga olish, bartaraf qilish
degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu termini birinchi bo‘lib L.Merfi 1962 yil
bolalarda inqiroz davrida muammoni qanday qilib yengishni o‘rganish vaqtida
foydalangan. A.Maslau esa bu terminni fanga kiritgan. Umuman olganda koping
xulq-atvor individning hayotiy muammolarni yechishga tayyorgarligi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
43
xarakterlanadi. U o‘zida muammolarni yenga olish imkoniyatlaridan, vositalaridan
foydalanishni namoyon etadi, bu esa stressli xulq-atvorni bartaraf etish bilan
tavsiflanadi. Ko‘pchilik xorijlik mutaxassislarning fikriga tayanib shuni aytishimiz
mumkinki, koping xulq-atvorning turli-tuman strategiya va uslublari mavjud bo‘lib,
insonlar ulardan hayotiy murakkab vaziyatlarga duch kelganlaridagina
foydalanadilar. Koping xulq-atvorning rang-barang ko‘plab klassifikatsiyalari
mavjud bo‘lib, uni bir necha tadqiqot yo‘nalishlariga ko‘ra taxlil qilinadi. Ulardan
bir nechalarini ko‘rib chiqamiz. Koping uslublarini tadqiq etgan yetakchi
mutaxassislaridan biri R.S.Lazarusning fikricha, koping strategiyalarining ikkita
global tipi mavjud: (stressni bartaraf etish usuli) - muammoga mo‘ljal olmoq,
sub’ektiv mo‘ljal olmoq.
“Koping strategiyasi” tushunchasi jarayon resurslarini boshqarish sifatida
ham keng tahlil qilinadi. Taxminlarga ko‘ra hayotiy murakkabliklarni bartaraf etish
mohiyatan shaxs resurslarini safarbar etish orqali amalga oshiriladi. Koping
strategiya va uning usullari himoya mehanizmlaridan farqlanganda konstruktiv faol
zarurat nazarda tutiladi va vaziyat orqali yoqimsizliklardan chetlashishga harakatdir.
Psixologiyada kopingning predmeti mavjud bo‘lib, u maxsus tadqiqot hududida
insondagi emotsional mexanizm va rasional regulyatsiyani o‘rganishda o‘zining
maqsadli optimal xulq-atvoriga ko‘ra hayotiy holatlarni o‘zining maqsadlariga
muvofiq qayta qurishni amalga oshiradi. Shaxsning stressli vaziyatlardagi koping
xulq-atvori ma’lum darajada stressli vaziyatlarda javob reaksiyasi uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o‘smirlik davrida bu jarayonga jiddiy qarash kerak
bo‘ladi. Shuni hisobga olib o‘smirlarda koping xulq-atvor va stressli vaziyatlarda
javob reaksiyasi o‘rtasidagi mutanosiblik bilan bog‘liq ijtimoiy psixologik omillarni
empirik jihatdan o‘rganish va shartli ravishda qabul qilingan mezonlar asosida uning
natijalarini tahlil qilish ko‘zda tutilgan edi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun
tadqiqot metodikalari tanlandi.
Koping strategiyalari chet el adabiyotlarida- yengish strategiyasi nomi bilan
ataladi ( ing. Coping, yengish strategiyasi ) - bu odamlarni stress va muommoli
vaziyatni yengishga ( ing. COPE with )yordam beradi. Kontseptsiya stressni yengish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
44
uchun ishlatiladigan bilim, hissiy va xulq-atvor strategiyalarini va umuman,
kundalik hayotning psixologik qiyin vaziyatlarini birlashtiradi. Ushbu kontseptsiya
Rossiya psixologik maktabida keng qo'llaniladigan va chuqur rivojlangan tushuncha
sanaladi. Koping strategiyalari uzoq va murakkab tarixga ega keng tushunchadir
(Compas et al. Qiyin hayotiy vaziyatlarga ega bo'lgan shaxsni egallash (koping-
xatti-harakatlar, ingliz tilidan. "tocope" - yengish uchun, biror narsa bilan yengish
uchun). Koping strategiyalari xorijiy va mahalliy psixologiyada XX asrning 50-60
yillarida o'rganila boshlandi. Koping tushunchasi birinchi marta R. Lazarus va S.
Faulkman tomonidan stressning tranzaktsion modeli doirasida kiritildi. Ushbu
modelga ko'ra, stress va his-tuyg'ular atrof-muhit jarayonlari va odamlarning o'zaro
ta'siri natijasidir. Nusxa ko'chirish "insonning o'ziga xos tashqi va ichki talablarini
engib o'tishning doimiy o'zgaruvchan bilim va xulq-atvor usullari" deb tushuniladi
(Lazarus, Folkman, 1984, p. 141) . Hozirgi kunda kopinglarda odatda
o'zboshimchalik va ongli harakatlar tushuniladi (Lazarus, 2006; Folkman va boshq..
1979)1 , garchi yosh psixologiyasidagi ayrim tadqiqotchilar kengroq ta'rifga ega.
Ikkinchidan, kopinglarda hissiy holatni tartibga solishning barcha ko'rinishlari,
jumladan, temperament va odatiy xatti-harakatlardagi farqlar (Compas, 1998) bilan
bog'liq bo'lgan majburiy bo'lmagan jarayonlar mavjud. Umuman olganda, kopinglar
o'zgaruvchan jarayonlardir. Barqaror nusxa ko'chirish naqshlari nusxa ko'chirish
strategiyasini yoki shaxsiy uslublarni (Lazarus, 2006) tashkil qiladi. Faktor
tahlilining natijalariga ko'ra, ikki turdagi koping ajratildi: muammoli (stressning
manbasini engishga qaratilgan) va hissiy yo'naltirilgan (stressor tufayli yuzaga
kelgan hissiyotlarni bartaraf etishga qaratilgan). So'nggi paytlarda har ikkala koping
turi ham hissiy tartibga solish nuqtai nazaridan tez-tez ko'rib chiqiladi.
V.Y. Ribnikov., Y.N. Ashanina, ekstremal kasb mutaxassislarning koping-
hulq psixologik mexanizmlarini ko‘rib chiqib, makroijtimoiy, mikroijtmoiy va
shaxsiy koping manbalarga ajratdilar. Bundan tashqari, makroijtimoiylarni ikki
darajaga bo‘lishadi: birinchi daraja (tashkilotlar, tizimlar) – bu qonunlar, ijtimoiy
normalar, FVV, ichki ishlar vazirligi, ta’lim tarbiya tizimlari, ijtimoiy va tibbiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
45
ta’minot); va ikkinchi daraja – mutaxassislar (masalan, politsiya). Mikroijtimoiylar-
bu qarindoshlar, do‘stlar va hamkasblardir.
Shaxsiylar: ijtimoiy va axloqiy fazilatlar, Men-konsepsiya, motivatsiya,
axloqiy normativlik, o‘z-o‘zini anglash; hissiy va irodaviy fazilatlar: stressga
chidamlilik, hulq-atvorni irodaviy nazorat qilish, psixologik barqarorlik; bilim,
tipologik, tartibga soluvchi fazilatlar, kasbiy tayyorgarlik, tajriba va ko‘nikmalardir.
I.V. Ryabchenko va boshqa tadqiqotchilar, turli negativ dezadaptatsiya xodisalari
(Rossiya ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan sodir bo‘lgan misolida - o‘z joniga
qasd qilish, qonun buzilishi, psixosomatik kasalliklar, o‘zaro ziddiyatlar, post-
travmatik shaxsiyatli ko‘ngilsizliklar, tajovuzkorlik, alkogolizm, va hokazolar.)
koping xulq-atvorning shakllanmagan strategiyalari bilan bog‘liq degan xulosaga
keladilar.
Jahonda bugungi kunda ijtimoiy ta’sirlarning jadal ravishda rivojlanishi, fan
va texnologiyalar taraqqiѐti, axborotlar oqimining ortib borishi, inson omili bilan
bog‘liq fanlar oldiga yangi vazifalar qo‘ymoqda. Ayniqsa, jadal sur’atlar bilan
rivojlangan globallashuv o‘zining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda inosoniyat
ruhiyatida o‘ziga xos ijtimoiy -psixologik tanglik, emotsional beqarorlik kabi
jihatlarni ham yuzaga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Shu bois hozirda
talabalarda koping xulq atvor shakllantirishning psixologik mexanizmlari masalasi
dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda .Bugungi kunda yangi O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlarda psixologiya ilmiga ham alohida e’tibor
qaratilayapti. Mazkur e’tibor zamirida ko‘plab yangi tadqiqotlarni olib borish
imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Jumladan bugungi yangicha qarash va yangicha
tafakkur psixologik tadqiqotlarda ham zamonamiz uchun eng dolzarb mavzularni
tadqiq qilishga motiv berayapti. Shu sababli ham biz mazkur imkoniyatlardan
unumli foydalanib, shaxslarda hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan esktermal
vaziyatlar, emotsional beqaror vaziyatlar, jumladan stress, depressiya, agressiya,
affekt, frusturatsiya kabi vaziyatlarda shaxsning psixologik himoya mexanizmlari
va shaxsning koping xulq -atvorini tadqiq qilishni maqsad qildik.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
46
Zamonaviy psixologiyada koping xulq -atvor stressli vaziyatni bartaraf
etishga yo‘naltirilgan, ratsional xulq –atvor sifatida qaraladi. U asosan ikki omilga
–subyekt va real vaziyatga bog‘liq bo‘ladi,hamda shaxs hayot faoliyatining xulq -
atvor,emotsional va kognitiv darajalarida namoyon bo‘ladi. Stressni yengishning
asosiy fuknsiyalari sifatida inson ichki va tashqi mukammalligini ta’minlash va
qo‘llab -quvvatlash hisoblanadi. Buning uchun stressli vaziyatni va uni samarali
yenga olish usullarini anglash, shuningdek, ularni shaxs o‘z harakatlarida samarali
qo‘llay bilishdir. Qolaversa, koping xulq -atvor psixologik xavf –xatar vaziyatini
bartaraf etishga yo‘naltirilganligi va muhit talablariga mos ravishda ijtimoiy
psixologik zaxiralardan unumli foydalanishga harakat qilishdir.Koping shartli stress
–inson holati, noma’qul ta’surotlarga javob sifatida yuzaga keladigan
fiziologik,psixologik va xulq –atvor darajasidagi noan’anaviy javob reaksiyasidir.
Binobarin,
yengish
stressli
vaziyat
bilan
o‘zaro
ta’sirga
kirishishningindividual usuli bo‘lib, o‘zgaruvchan va uch omilga, ya’ni subyekt
shaxsi, real vaziyat va qo‘llab quvvatlash bilan bog‘liq yengishga yo‘nalgan kuchdir.
Kopingning inson haѐtidagi psixologik ahamiyati shundaki, insonning vaziyat
talablari ga samarali moslashishi uchun, uni egallashi uchun, bu talablarni
zaiflashtirishi ѐki yumshatishi,ulardan qochishi ѐki ularga adaptatsiyaga harakat
qilishi va shu tariqa vaziyatning stressli ta’sirini asta-sekin yo‘qotishi lozim. Koping
– xulq –atvor ikkita funksiyani bajaradi: Muammoli vaziyatda, shaxs va muhit
o‘rtasidagi stressli buzilishda diqqatni to‘plash hamda emotsional distressni
boshqarishga yo‘naltirilgan emotsiyalarda diqqatni jamlash hisoblanadi.Shunday
qilib,kopingning asosiy vazifasi -inson muvaffaqiyatini, jismoniy va ruhiy
salomatligi hamda ijtimoiy munosabatlarini ta’minlash va qo‘llab –quvvatlashdir.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, koping xulq va koping resurslari juda
keng tushunchalardir, lekin ular koping personallashtirish sohasini shaxsning
vakilligi va boshqalarda aks etmaslik qobiliyatini bartaraf etish sifatida tavsiflanadi.
Mahalliy va xorijiy mualliflarning adabiy manbalarini tahlil qilish asosida, biz
psixologik himoya va koping mexanizmlarini bir birini adaptatsion jarayonlar va
shaxsni stressli vaziyatlarga munosabat bildirish bilan to‘ldirib turadigan shakllari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–7_Июнь –2025
47
sifatida o‘rganamiz. Ruhiy noqulaylikning kuchsizlanishi, konstruktivlikka
tayyorgarlik ko‘rish, ongli muammolarni hal qilishda, shaxsni psixologik himoya
qilish tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Koping hulq shaxsiy muammolarni hal
qilishga qaratilgan harakatni namoyon etar ekan. Psixologik himoya shaxsning
rivojlanishiga ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U hayotiy faoliyatning yangi
sharoitlariga moslashishni ta’minlaydi, o‘z-o‘zini baholash va yashash tarzining
barqarorligini saqlaydi va psixologik qulaylik holatini qo‘llab quvvatlaydi. Shunga
qaramay, uzoq muddatli, qattiq, himoyadan haddan tashqari normativ foydalanish
shaxsning ruhiy sog‘lig‘ining buzilishini, infantillik va permanent tashqi-ichki ichki
nizoni qo‘zg‘atishi mumkin. Shunday ekan, konstruktiv va destruktiv psixologik
himoyani farqlash lozimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Maxmudova Z.M., Olimov L.Ya. O`smirlarda ekstremal vaziyatlarda
psixologik himoya mexanizmlarini shakllantirish. Monografiya. “Buxoro viloyat
bosmaxonasi MChJ” nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 160.
2.
Olimov L.Ya. Psixodiagnostika va psixometrika asoslari. Darslik. “Durdona”
nashriyoti. Buxoro. 2021. -B. 747.
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/21860_1_1C41B852570A00B47ACB7E0C
4.
Z.A.Zaripova
“KONFLIKTOLOGIYA”
O‘QUV
QO‘LLANMA
TOSHKENT-2013
5.
M.R.Xalilova “Yosh va pedagogik psixologiya” Navoiy-2005 y
6.
M.X.Xolnazarov, M.Q.Muxliboyev “Yosh va pedagogic psixologiya”
Toshkent-2014L.S.Vigotskiy “Ta’lim psixologiyasi” Pedagogika 2004-yil
7.
Asmolov A. G. “Shaxsiyat psixologiyasi”. 208s.
8.
Gomelauri.M.L “O'smirlik davrida to'qnashuvlar va ijtimoiy taxminlar”.
Sankt-Peterburg: Feniks, 2016. 269 p 12. www.ziyonet.uz
9.
https://azkurs.org/fayzieva-mavluda-xudayarovna-shaxsda-psixologik-
https://ru.wikipedia.org/w/index.php?