MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
253
“AZIZM” ROMANIDA AXLOQIY INQIROZ VA SHAXSIY
MANFAAT TO’QNASHUVI
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti
Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti
Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili)
ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi
Jalilova Shohida Ravshan qizi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Mopassaning “Azizim” romanidagi
bosh qahramon – Jorj Dyuaro obrozining shakillanish jarayoni tahlil qilinadi.
Muallif asarda XIX asr oxiri Fransiya jamiyatidagi axloqiy inqiroz, ijtimoiy
adolatsizlik va matbuat alamidagi karrupsiyani fosh etadi. Maqolada roman sujeti,
personojlar pisihologiyasi hamda Moppassaning realistik uslubi asosida yozuvchi
jamyatidagi
ikkiyuzlamachilik va martaba ortirish yo’llarini qanday
ko’rsatganiyoritiladi.
Asarda erkak va ayol munosabatlari, kuchli pisxologik porttiritlar orqali
insoniy qadriyatlar haqida chuqur mushohida yuritiladi. Shuningdek yozuvchining
realistik uslubi, jurnalistika olamining ichki ziddiyatlari va ayollar bilan
munosabatlaridagi ulitan yondashuv tahlil markazida turadi. Maqola Mupasson
ijodining mazkur asar orqali ifodalangan tanqidiy – realistik yo’nalishini ochib
berishga xizmat qiladi
KALIT SO’ZLAR: Mopasson, Jorj Dyuaro, realizm, ayol obrazi, sevgi va
manfaat, psixologik tahlil, XIX asr Fransiya
KRISH
Biror inson hayoti to’g’ri yo’ldan emas, aylanma yo’ldan yuksaladi. Ba’zan
esa bu yo’l – yuksalish emas, qadriyatlar yemirilishiga yetaklaydi. Mopassonning
“Azizm” romani ana shunday murakkab yo’llar, ichki va tashqi kurashlar, niqoblar
va niyatlar to’qnashgan dunyo haqida hikoya qiladi. Asar qahramoni Jorj Dyuaro –
go’yoki jozibali, o’ziga ishongan, ammo chuqurroq qaralganda maqsad yo’lida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
254
vijdonini qurbon qilishga tayyor odam obrazdir. U muhabbatni vosita, ayollarni
zinapoya sifatida ko’radi, jamiyat esa unga bu o’yin uchun maydon bo’lib xizmat
qiladi.
“Azizm” bu bir insonning hayoti orqaligina emas, balki axloqiy inqirozga
yuz tutgan bir davrning badiiy ko’zgusidir. Har bir sahifasi insonni oy’ylantiradi,
muvaffaqqiyat uchun nima berishga tayyormiz, qalbimizmi yoki haqiqayatning o’zi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mopassan Gi dening “Azizin” romani frnsuz adabiyotining realizm
yo’nalishida yozilgan eng yorqin namunalaridan biridir.
Asar XIX asr oxiridagi Fransiya jamiyatidagi ijtimoiy tengsizlik, axloqiy
burilish va ommaviy axborot vositalaridagi korrupsiyani ochib berishga qaratilgan.
Asarning bosh qahramoni – Jorj Dyuaro o’z hayotini oddiy askarlikdan boshlagan,
lekin o’zining jozibasi, ayollar bilan munosabat qilishda hiyla va ayyorlik orqali
jamiyatning yuqori qatlamiga ko’tarilgan shaxsdir. U halollik, mehnat yoki iste’dod
evaziga emas, balki odamlarni aldash, ayollarni qo’lga kiritish orqali mashhurlikka
erishadi. Bu jihatlar orqali yozuvchi jamiyatdagi axloqiy inqiroz va
martabaparastlikni keskin tanqid qiladi. Asarda realistik uslub, kuchli hayotiy
voqealar, ijtimoiy muhit va odamlar munosabati tabiiy tasvirlangan. Mopassan
o’ziga xos ravishda jamiyatdagi nohaqlikni ochib berar ekan, syujetni sodda va
ta’sirchan tarzda quradi. Qahramonlar murakkab psixologik holatlarda tasvirlanadi,
ayniqsa Jorjning o’zgarishlari uning ichki olamidagi ziddiyatlarni ochib beradi.
Ayol obrazlar ham asarda ma’lum o’rin tutadi. Ular jamiyatda ikkilamchi
mavqeyga ega bo’lishsada, roman davomida Dyuaroning muvaffaqqiyatida hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Mopasson ayollar orqali erkaklar jamiyatidagi kuch va
zaiflikni ko’rsatadi. Bu romanda yozuvchi o’z davri jamiyatiga tanqidiy nigoh bilan
qaraydi, insoniy qadriyatlar qadrsizlanyotgan muhitda shaxsiy manfaat ustuvor
bo’lib borayotganini fosh etadi.
MUHOKAMA
“Azizm” romani o’qir eksnmiz, insoniyat jamiyati qanchalik taraqqiy
etmasin ba’zi illatlar – mansabparastlik, ikkiyuzlamachilik, manfaatni do’stlikdan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
255
ustun qo’yish hamisha mavjud bo’lanini anglaymiz. Mopasson ushbu asar orqali
oddiy inson qanday qilib jamiyat ierorxiyasida yuqoriga ko’rsatadi, lekin bu yo’l
halollikdan emas, imkonni egallay olganlardan o’tadi. Jorj Dyuaro shunchaki bitta
odam emas, u bir davr timsoli. Uning obrazi orqali yozuvchi ko’p narsa aytmoqchi
bo’ladi. U kambag’allikdan qutulishni istagan, lekin buning uchun halol mehnatni
emas, boshqalarni qulay vosita deb bilgan odamdir. Eng achinarlisi, jamiyat bunday
odamlarni qoralash o’rniga ularga yo’l ochib beradi. Dyuaroning har bir bosqichi
yangi bir ijtimoiy fojia. Romanning yana bir muhim jihati ayollar obrazidir. Dyuaro
ayollarni ko’tarilish vositasi deb biladi, ular orqali maqomga erishadi. Biroq bu
ayollar o’zlari ham ijtimoiy bosim ostida yashaydi. Bu holat bizga jamiyatdagi
gender tengsizligi va ayollarning jamiyatdagi o’rnini ham o’ylashga majbur qiladi.
“Azizm” bugungi zamon uchun ham dolzarb. Asarda matbuotdagi sotqinlik,
soxta obro’, pul va kuch orqali obro’ toposh – hozirgi axborot asrida ham ko’p
uchraydi. Yozuvchi qalamida jamiyatning eng og’riqli nuqtalari ifodalangan.
Odamlar qanday qilib shon-shuhrat ortidan yurib, o’z “men”ini yo’qotadi, qanday
qilib axloqni, vijdonni qurbon qiladi.
Shunday qilib, “Azizim” – bu faqat bir insonning hayoti emas, balki
jamiyat muommolarining ko’zgusidir. Mopasson bu roman orqali o’quvchini
ogohlikka, hushyorlikka, o’z tanlovlariga ma’suliyat bilan yondashishga undaydi.
Kitobni o’qib chiqqach har bir o’quvchi o’zidan so’rashi mumkin: “Men shunday
odatlarni qo’llayapmanmi? Men o’zim uchun kim bo’lib qolayapman”.
XULOSA
Mopassonning “Azizm” romani – bu ko’rinishda silliq, ammo ich-ichidan
chirigan jamiyatning aniq va tanqidiy portretti. Asar insonni faqar syujet orqali
emas, balki tub ma’nodagi savollar bilan hayratda qoldiradi. Shon-shuhrat, aslida
nimaga tayanadi? Haqiqat va yolg’onning chizigi qo’yiladi. Jorj Dyuaro obrazi – bu
yuksalishga – ijtimoiy muvaffaqqiyat emas, axloqiy inqiroz namunasi. Roman orqali
Mopasson bizga shuni ko’rsatadiki, jamiyatda haqiqat emas, ko’rinish, halollik
emas, imkoniyatlar qadrlansa, bunday “aziz’ lar ko’payib boraverdi. Asarni yakunlar
ekanmiz, shunday xulosaga kelamiz, odam o’z tamoyillariga sodiq qolmasa, qanday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
256
cho’qqiga chiqmasin ichki tubida bo’sh qoladi. “Azizim” – bu faqat bir davr tanqidi
emas, balki har qanday jamiyat uchun saboq bo’la oladigan adabiy haqiardir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Mopasson Gyuy de. Azizim(Bel-Ami). Toshkent.: G’afur G’ulom nomidagi
nashriyot.
2.
Olimova N. Fransuz realizmi va XIX asr adabiyoti. – Toshkent: O’zbekiston
Milliy Universiteti nashriyoti 2010
3.
Jo’rayeva M. “Adabiyot nazariyasi asoslari”. Toshkent 2020
4.
Karimov N. “Adabiyotshunoslikka kirish”. Toshkent 2008
5.
Sayfiyev H. “Realizm va jamiyat”: Fransuz romanchiligi tahlili.
Toshkent:Akademnashr 2015
6.
Goston Bachelard. Til poltics of spacl.