MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
245
STENDALNING “QIZIL VA QORA” ASARIDA SIYOSIY ZIDDIYATLAR
VA SHAXSIY ORZULAR TO’QNASHUVI
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universeteti
Pedagogika va Ijtimoiy gumanitar fanlar
fakulteti (o’zbek tili yo’nalishi) 3-bosqich
talabasi Jalilova Shohida Ravshan qizi
ANNOTATSIYA: “Qizil va Qora” faransuz yozuvchisi Stendalning eng
mashhur romanlaridan biri hisoblanlanadi. Asarning bosh qahramoni Julien va
Sorel – kambag’al bo’lib, u o’z iste’dodi va ma’lumotga chanqoqligi orqali yuqori
doiralarga kirib boradi. Sevgisi va jamiyatdagi ikkiyuzlamachilik bilan to’qnashuvi
uni fojiaga olib boradi. Roman insoniy xulq, ijtimoiy nohaqliklarga to’la.
KALIT SO”ZLAR: Stendal, “Qizil va Qora’’, Julien, Sorel, Fransiya
jamiyati, jamiyatdagi tabaqalashinish, XIX asr adabiyoti, psixologik roman, ijtimoiy
tanqid.
KIRISH
Fransuz adabiyotining XIX asrning yetuk namunalaridan biri – Stendalning
“Qizil va Qora” romani inson ruhiyatini, jamiyatdagi tabaqalanish va shaxsiy
erkinlik uchun kurash masalalarini chuqur yoritgan asarlardan biridir. 1830-yillarda
yozilgan bu roman, inqilobdan keyingi Fransiya jamiyatning murakkab ijtimoiy-
siyosiy muhitini tasvirlab, bosh qahramon Jyulen Sorel obrazi orqali yosh avlodning
orzu-umidlari, ichki ziddiyatlari va jamiyat bilan to’qnashuvi kabi muommolarni
ko’taradi.
“Qizil” kamtarlik, “Qora” esa ruhoniylik ramzi sifatida, roman ichidagi
ramziy ma’noni chuqurlashtirib,insonni insoniy qadriyatlar ustidan o’ylashga
undaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Stendalning “Qizil va Qora” romanida asosiy g’oya – insonning jamiyatdagi
o’z o’rnini topish yo’lidagi kurashi va axloqiy qarama-qarshiliklaridir. Muallif XIX
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
246
asr boshlaridagi Fransiya jamiyatining ikkiyuzlamachiligi, tabaqaviy bo’linishlari,
mansabparastkik va soxta dindorlikni keskin tanqid qiladi. Asarda shaxsiy orzu bilan
ijtimoiy to’siqlar o’rtasidagi ziddiyatlar chuqur ochib berilgan.
Julien – iste’dodli, bilimga chanqoq, lekin o’zini jamiyatda namoyon
eta olmayotgan yosh yigit. U kamtorona oiladan chiqqan bo’lsada, hayotda ko’proq
narsa qilishni istaydi. Uning harbiy yoki ruhoniy yo’ldan borishi – bu Fransiya
jamiyatida muvaffaqqiyatga erishish yo’llarining timsolidir. (“Qizil” harbiylar,
“Qora” ruhoniylar rangi). Julien ichki kechinmalari, g’ururi, orzulari va ularga
erishish yo’lida qilgan xatolari – insoniy murakkabliklarning yaqqol ifodasidir. U
nafaqat tarixiy sharoit, balki o’z nafsining qurboni hamdir. Madom de Renel –
Julienning birinchi sevgisi, mehribon va halol ayol. U mehr va pokiza tuyg’ularni
anglatadi. Matilda de la Mole – yuqori tabaqadan chiqqan, mag’rur vamurakkab
xarakterli ayol. U Julien uchun ijtimoiy zinapoyadagi ayollarning o’rni, sevgi va
ehtiroslar o’rtasidagi ziddiyatlarni ko’rsatadi.
Stendal realizm uslubida yotadi. U inson ruhiy holatlarini chuqur tahlil
qiladi, siyosiy va ijtimoiy masalalarga real yondashadi. Roman ko’plab ichki
manologiyalar, psixologik tafsilotlar va o’tkir ijtimoiy tahlilar bilan boyitilgan.
Garchi asar XIX asrda yozilgan bo’lsada, undagi mavzular – adolat
izlash, murtaba va orzular yo’lida kurashish, jamiyatdagi nohaqlik – hozirgi kun
uchun ham dolzab.
Julien Sorel timosilida har bir inson o’z hayot yo’lini topishga urinishini
ko’rish mumkin.
MUHOKAMA
“Qizil va Qora” – bu oddiy bir insonning yuqori jamiyatga ko’tarilish
orzusi,ichki qarama-qarshiliklari va hayotdagi sinovlari haqida hikoya.Asarda bosh
qahramon Julian Sorel har tomonlama idealistik bilimdon va fidokor yigit sifatida
gavdalanadi.Lekin u jamiyatdagi parastlik ,ikkiyuzlamachilik ,axloqiy buzuqlik kabi
muammolar bilan to’qnashadi va o’zining asl yuzini ko’rsata boshlaydi.Julianning
hayotga bo’lgan intilishi – qadrlashga loyiq .U ilm orqali jamiyatda o’z o’rnini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–5_Июнь –2025
247
topmoqchi bo’ladi.Biroq bu yo’ldagi hiyla,yolg’on va maqsad yo’lida barcha
vositalarni oqlash tamoyili uni halokat sari yetaklaydi.
Roman bugungi kunda ham dolzarb.Hozirgi yoshlar ham ko’pincha o’z
hayotlarida Julian Sorel kabi muammolarga duch keladilar:orzu va manfaat
to’qnashuvi .Shu bois asar nafaqat tarixiy,balki ma’naviy ilm axloqiy jihatdan ham
muhim hisoblanadi.Boshqa tomondan ,Stendal jamiyatdagi tabaqalanish va
adolatsizlikni tanqid qiladi.
XULOSA
“Qizil va Qora’’ – inson ruhiyatining chuqur tahlili,ijtimoiy muammolar va
shaxsiy fojealarni o’zida mujaasam etgan buyuk asar. Bu asar nafaqat faransuz
adabiyotining balki butun jahon adabiyotining durdonalaridan biri. Stentdal bu asari
orqali insonning ruhiy kechinmalari, ijtimoiy bosimlari va hayotiy tanlovlari haqida
chuqur fikr yuritish mumkin.
Muallif asari bejiz “Qizil va Qora” deb nomlanmagan. “Qizil” bu shijoatli
yoshlik, “Qora” – maqsadga yetish uchun hiyla, nayrang bilan erishiladigan cho’qqi.
Asar mutoalasi davomi hammamiz shu ikki yo’ldan birini tanlaymiz. Bu esa kelgusi
hayotimizga daxl qilmay qolmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Rlizov B.G. “Stendal badiiy ijodi”. “Badiiy adabiyot”.L.1978-yil
2.
Stendal “Qizil va Qora”. “Haqiqat”. M. 1959-yil
3.
Timasheva O.V. Stendal. M.1983 yil
4.
Frid J. “Stendal: hayot va ishning konturi”. “Badiiy adabiyot” M.1967-yil
5.
Esanbayeva R.M. Stendal va Dostoevskiy “Qizil va Qora”, “Jinoyat va jazo”
romanlarining tipologiyasi. 1991-yil