Authors

  • Jalilova Shohida Ravshan qizi

Author Biography

  • Jalilova Shohida Ravshan qizi

    Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti

    Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti

    Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili)

    ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.115999

Keywords:

Modernizm ong oqimi ichki monolog falsafiy izlanish Irlandiya jamiyati Leopold Blum Stiven Dedalus Molli Blum Dublin Klassik ’’Odisseya’’ga ishora diniy va milliylik masalali.

Abstract

Jeyms Joysning “Uliss’’ romani XX asr adabiyotining eng muhim va murakkab asarlaridan biridir.Asar 1922-yilda nashr etilgan bo’lib , Irland yozuvchisi Jeyms Joys tomonidan yozilgan.U klassik yunon adabiyotidagi Odyssey dostoning Zamonaviy talqini bo’lib voqealar 1904-yilning 16-iyun kuni Dublin shahrida sodir bo’ladi.

 Asarning bosh qahramoni-Leopold Blum ,uning rafiqasi Molli Blum va yosh talaba Stivin Dedalus.Roman uning kun davomida shaharda boshdan kechirgan ruhiy,jismoniy va falsafiy sayohatlarini aks ettiradi.Har bir bob turli uslub va til orqali yozilgan bo’lib ,uning ichki kechinmalari va tafakkurlari oqimi –“ong oqimi’’uslubida ifodalangan.Roman jamiyat,din,milliylik,shaxsiy izlanish va inson ongining murakkabliklari kabi mavzularni chuqur o’rganadi. “Uliss” modernizmning eng yorqin namunalaridan biri hisoblanadi va bugungi kungacha adabiyotshunoslar, yozuvchilar va o’quvchilar orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo’ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

248

“ULISS’ ROMANIDA MODERNIZM VA ONG OQIMI USLUBI

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universetiti

Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti

Filologiya va tillarni o’qitish(o’zbek tili)

ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi

Jalilova Shohida Ravshan qizi

ANNOTATSIYA: Jeyms Joysning “Uliss’’ romani XX asr adabiyotining

eng muhim va murakkab asarlaridan biridir.Asar 1922-yilda nashr etilgan bo’lib ,

Irland yozuvchisi Jeyms Joys tomonidan yozilgan.U klassik yunon adabiyotidagi

Odyssey dostoning Zamonaviy talqini bo’lib voqealar 1904-yilning 16-iyun kuni

Dublin shahrida sodir bo’ladi.

Asarning bosh qahramoni-Leopold Blum ,uning rafiqasi Molli Blum va yosh

talaba Stivin Dedalus.Roman uning kun davomida shaharda boshdan kechirgan

ruhiy,jismoniy va falsafiy sayohatlarini aks ettiradi.Har bir bob turli uslub va til

orqali yozilgan bo’lib ,uning ichki kechinmalari va tafakkurlari oqimi –“ong

oqimi’’uslubida ifodalangan.Roman jamiyat,din,milliylik,shaxsiy izlanish va inson

ongining

murakkabliklari

kabi

mavzularni chuqur o’rganadi. “Uliss”

modernizmning eng yorqin namunalaridan biri hisoblanadi va bugungi kungacha

adabiyotshunoslar, yozuvchilar va o’quvchilar orasida katta bahs-munozaralarga

sabab bo’ladi.

KALIT

SO’ZLAR:

Modernizm,ong

oqimi,ichki

monolog,falsafiy

izlanish,Irlandiya

jamiyati,Leopold

Blum,Stiven

Dedalus,Molli

Blum,Dublin,Klassik,’’Odisseya’’ga ishora ,diniy va milliylik masalali.

АННОТАЦИЯ: Роман Джеймса Джойса «Улисс» является одним из

самых важных и сложных произведений литературы XX века. Произведение

было опубликовано в 1922 году и было написано ирландским писателем

Джеймсом Джойсом. Это современная интерпретация классического


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

249

греческого эпоса «Одиссея», а события происходят в Дублине 16 июня 1904

года.

Главные герои произведения — Леопольд Блум, его жена Молли Блум и

молодой студент Стивен Дедалус. Роман отражает его духовные,

физические и философские путешествия, которые он переживает в течение

дня в городе. Каждая глава написана в разном стиле и на разном языке, а его

внутренние переживания и мысли выражены в стиле «потока сознания».

Роман глубоко исследует такие темы, как общество, религия,

национальность, личные поиски и сложности человеческого разума. «Улисс»

считается одним из самых ярких примеров модернизма и по сей день

вызывает большие споры среди литературных критиков, писателей и

читателей.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Модернизм, поток сознания, внутренний

монолог, философское исследование, ирландское общество, Леопольд Блум,

Стивен Дедал, Молли Блум, Дублин, Классика, отсылка к «Одиссее»,

религиозные и национальные проблемы.

ANNOTATION: James Joyce's novel "Ulysses" is one of the most important

and complex works of 20th-century literature. The work was published in 1922 and

was written by the Irish writer James Joyce. It is a modern interpretation of the

classic Greek epic Odyssey, and the events take place in Dublin on June 16, 1904.

The main characters of the work are Leopold Bloom, his wife Molly Bloom,

and the young student Stephen Dedalus. The novel reflects his spiritual, physical,

and philosophical journeys that he experiences throughout the day in the city. Each

chapter is written in a different style and language, and his inner experiences and

thoughts are expressed in a "stream of consciousness" style. The novel deeply

explores topics such as society, religion, nationality, personal search, and the

complexities of the human mind. "Ulysses" is considered one of the most striking

examples of modernism and to this day causes great controversy among literary

critics, writers, and readers.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

250

KEYWORDS: Modernism, stream of consciousness, internal monologue,

philosophical inquiry, Irish society, Leopold Bloom, Stephen Dedalus, Molly Bloom,

Dublin, Classic, reference to the "Odyssey", religious and national issues.

KIRISH

Adabiyotda shunday asarlar bo’ladiki ularni o’qish emas asarlarda

yashash kerak. Jeyms Joysning “Uliss” romani ana shunday asarlardan biridir. U

roman emas balki inson ongining cheksiz labiriantiga aylangan bir kunlik

sayohatdir.

Oddiy Dublin shahri, oddiy odamlar, oddiy hayot. Ammo Joys bu

oddiylik ortidan favqulotda oddiylik yaratadi. “Uliss”- bu nafaqat Gomerning

qadimiy eposiga zamonaviy javob, balki inson ruhining, tafakkurining, ehtiros va

iztiroblarining chuqur tahlilidir.

Leopold Blumnimg shaharda kezishi – bu aslida har bir insonning hayot

degan izsiz yo’ldagi ruhiy kezishidir.

Joys o’z asari orqali so’zning chegarasini buzadi, shaklni parchalab,

adabiyotni tubdan yangilaydi. Bu romanni anglas oson emas, ammo his qilish,

mulohaza qilish, o’z ustida ishlashga undovchi bebaho asardir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Romanni modernistik adabiyotining eng yorqin namunasi hisoblanadi.

Joys bu asarda an’anaviy roman tuzilmasidan butunlay voz kechib, o’ziga xos

uslubiy tajribalar orqali ong oqimi texnikasidan foydalanadi. Roman asosan ichki

monologlar, ong oqimi, satira va parodiyalarga boy bo’lib, har bir bobda stilistik

o’zgarishlar mavjud. Roman 18 bodan iborat bo’lib, har bir bobda har xil uslub

qo’llaniladi. Strukturasi Gomerning “Odisseya” asariga asoslanadi.

Joys asarda har bir insonning o’zligini topishga intilishi, diniy, madaniy

va milliy omillar ta’sirida o’zinin anglash jarayoni yotadi. Stilln Dedalus orqali

yoshlikdagi izlanishlar, Leopald Blum orqali esa kattalar dunyosidagi ajralganlik

ko’rsatiladi. Har bir qahramonning fikrlari, his-tuyg’ulari va xotiralari to’g’ridan-

to’g’ri ifodalanadi. Joys ruhiy holatni matnda tabiiy oqim shaklida beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

251

Asarda 1904-yil 16-iyun kuni bir kunlik hayot tasvirlanadi. Bu orqali

Joys oddiy holatni epik darajada yoritadi. Bu kundalik voqealar orqali inson

hayotining ichki murakkabliklari ochiladi.Irlan jamiyati,katolik cherkovining inson

tafakkuriga ta’siri axloqiy me’yorlari haqida tanqidiy munosabat mavjud.

Leopold Blum – yahudiya kelibchiqishiga ega, reklama agenti. Tashqi

dunyodan chetlanib qolgan,ammo ichki olami boy. U “oddiy inson ’’, lekin Joys uni

epik qahramon darajasiga ko’taradi.

Stilen Dedalus – yozuvchilik orzusi bor yosh talaba. U Joysning o’ziga

o’xshash alter – ega siymosidir. Uning diniy,falsafiy izlanishlari romanda asosiy

g’oya hisoblanadi.

Molli Blum – erining sodiqligi va oilaviy munosabatlari haqida murakkab

obraz. Roman oxiridagi monologi ayol ongining chuqur qatlamlarini ochib beradi.

Dublin- bir shahar emas,balki jamiyat,madaniyat va tarix timsoli”. Uills’’romani

modern adabiyotiga tub burilish olib kelgan yozuvchi bu asarida XX asr romanining

chegaralarini kengaytirgan.

MUHOKAMA

Joysning “Uills’’ asari ko’pchilik tomonidan eng murakkab romanlarda biri

deb e’tirof e’tiladi. Uning tili,struktura,o’zgaruvchanligi va ong oqimi uslubi

ba’zilar uchun asarni o’qishni qiyinlashtiradi. Bu murakkablik Joysning adabiy

jasorati va yangillikka intilishi sifatida baholanadi. U inson tafakkurining haqiqiy

jarayonini ifodalashga harakat qilgan. Blum oddiy inson – yahudiy bo’lishi sababli

jamiyatda ajralib turadi. U na jasur,na kuchli ,ammo u mehribon ,bag’rikeng va ichki

dunyosi boy. Joys epik qahramon obrazini oddiy inson timsolida yaratadi. Bu

zamonaviy adabiyotga xos yondashuv. Ba’zilar Leopold Blumda harakat yo’qligi

,faollik yetishasligi tufayli u betaraf va rangsiz obraz deb hisoblaydi.

Roman oxirida Molli Blumning ichki monologi joylashgan bo’lib,u 40

sahifalik bir butun paragrafdir.Bu joyda ayol tafakkuri , istakalari va ehtiroslari

ochiq-oydin ifodalanadi.Bu qism feministik adabiyotda katta o’rin egallaydi. Molli

– o’z tanasi,fikri va hislari ustida hukmron bo’lgan ayol obrazidir.Ayrimlar uni

axloqiy chegarani buzuvchi, haddan ortiq erkin va ochiq tasvir sifatida tanqid qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

252

XULOSA

“Uills’’ romani o’z murakkabligi bilan ajralib tursa-da,u inson tafakkuri,

jamiyatdan ajralganlik,diniy va milliy identet, axloqiy izlanishlar kabi mavzularni

yaratishda beqiyos adabiy yondashuv namunasidir. Joys bu asarida inson ichki

dunyosini tilda qanday ifodalanish mumkinligini amalda isbotlaydi. “Uliss” romani-

bu oddiy hayotning murakkab talqini , zamonaviy insonning ichki olami , fikrlash

jarayoni va ma’naviy izlanishlarining badiiy timsolidir. Joys bu asar bilan nafaqat

XX asr adabiyotiga , balki butun inson tafakkuriga ta’sir ko’rsatgan ulkan

yozuvchidir. “Uliss” - bu kun safar qayta o’qilganda yangi ma’nolar kashf

qilinadigan cheksiz adabiy olamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Yoqubov , “Jahon adabiyoti tarixi’’ Toshkent : O’zbekiston Milliy

Ensklopediyasi , 2005

2.

Karimov B . “Adabiyotshunoslikka kirish’’ Toshkent:2011

3.

Saidahmedova N . “Jahon adabiyoti nazariyasi’’ Toshkent :2017

4.

Ergashev A . “Ingliz adabiyoti tarixi’’ Toshkent:2016

5.

Turdikulov A. “Adabiyot tahlili asoslari ’’ Samarqand :2020