MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
226
INGLIZ TILNI O’QITISHDA MADANIYAT, ADABIYOT VA
ZAMONAVIY METODLARNING AHAMIYATI
Egamberdiyeva Durdonaxon Ziyodbek qizi
Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi
E-mail: @egamberdiyevadurdona08gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarini o’qitishning zamonaviy
metodlari va adabiyotning tillarni o’rganishdagi o’rni tahlil qilinadi va an’anaviy
metodlarga qo’shimcha ravishda zamonaviy o’qitish usullarining o’quvchilarning
til ko’nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi.Shuningdek, S.Krashen,
J.Jalolov va boshqa olimlarning chet tillarini o’qitishga doir interaktiv metodlari,
ilmiy nazariyalari haqida ma’lumot beriladi.
Kalit so’zlar: kommunikativ-didaktik, innovatsion, metodlar, til
o’rganuvchilar, onlayn platformalar.
Abstract: This article analyzes modern methods of teaching foreign
languages and the role of literature in language learning. In addition to traditional
methods, the importance of modern teaching approaches in developing students'
language skills is highlighted. Furthermore, interactive methods and scientific
theories related to foreign language teaching proposed by researchers such as S.
Krashen and J. Jalolov are discussed.
Keywords: communicative-didactic, innovative, methods, language
learners, online platforms.
Аннотация: В данной статье анализируются современные методы
обучения иностранным языкам и роль литературы в изучении языков. Помимо
традиционных методов, подчеркивается важность современных подходов к
обучению
для
развития
языковых
навыков
учащихся.
Также
рассматриваются интерактивные методы и научные теории, предложенные
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
227
такими исследователями, как С. Крашен и Дж. Жалолов, в области
преподавания иностранных языков.
Ключевые слова: коммуникативно-дидактический, инновационный,
методы, изучающие язык, онлайн-платформы.
Bugungi kunda chet tillarini o’qitish dunyo bo’ylab dolzarb masalalardan
biri bo’lib, bu mavzu doirasida ko’plab olimlar, lingvistlar izlanishlar olib
bormoqdalar. Shuningdek, o’quvchilarning ma’lum bir til doirasidagi lingvistik
bilimlarini oshirish maqsadida o’qitish jarayonida an’anaviy metodlarga qo’shimcha
tarzda
zamonaviy
texnologiyalar
va
interaktiv
yondashuvlardan
ham
foydalanilmoqda. Ayniqsa, biror xorijiy tilni o’qitishda o’sha til adabiyotidan
foydalanish o’quvchilarning til va nutq ko’nikmalarini yanada rivojlantirishda
samarali usul bo’la oladi.Tadqiqotlarga ko’ra , insonning til o’rganish qobiliyati
o’sha tilda tabiiy ravishda tushunarli ma’lumot olish bilan bog’liq, ya’ni
S.Krashenning “Input hypothesis” nazariyasiga ko’ra , til o’rganish uchun shu tilda
ko’p o’qish va eshitish muhim ahamiyatga kasb etadi.
1
Inson tilni samarali
o’zlashtirishi uchun tushunarli ma’lumot olishi kerak. Bu borada S.Krashen til
o’rganuvchilar uchun i+1 modelini taklif qiladi, unga asosan o’rganuvchilar hozirgi
bilim darajasidan biroz yuqoriroq darajadagi ma’lumotni tushunib, tahlil qilsa,
ularning til o’rganish jarayoni yanada samaraliroq bo’ladi.
2
Bu usuldan pedagog
xodim ham tilni o’qitish jarayonida foydalanishi mumkin, ya’ni u o’z
o’quvchilariga biroz murakkabroq bo’lgan matn yoki audioni berish orqali
o’rganuvchilar darajasini asta-sekin oshirishi mumkin. Shuningdek, S. Krashen chet
tillarini o’rganish jarayoniga psixologik yondashib, unga o’quvchining kayfiyati
yoki o’rganishga bo’lgan xohishi ham ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi.
3
O’zbek lingvistlaridan biri J.Jalolov ham chet tillarini o’qitish bo’yicha bir
qancha prinsiplarni sanab o’tadi. Chet tillarini o’qitish metodikasi pedagogik
yondashuvlarga asoslanadi. Xorijiy tilarni o’qitishda millatlararo muloqot,
1
Krashen S. Principles and practice in second language acquisition. – Pergamon press, 1982
2
Krashen S. D. Principles and practice //Learning. – 1982. – Т. 46. – №. 2. – С. 327-69.
3
Krashen S. The input hypothesis: An update //Linguistics and language pedagogy: The state of the art. – 1992. – С.
409-431.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
228
kommunikativ yondashuv va mashq texnologiyasi eng yaxshi usullar sifatida
qaraladi.Uning nazriyasiga ko’ra , chet tilini o’qitishning asosiy maqsadi
o’quvchilarning muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishdan iborat va u muloqotni
shakllantirishda bir qancha metodlarni keng qo’llaydi.
4
1.
Kommunikativ
didaktika
metodi
. Bu metodni qo’llashdan asosiy
ko’zlangan maqsadlar o’quvchilarni guruh bo’lib ishlashga o’rgatish , suhbatlashish
va guruh bo’lib ishlashga urg’u berish, o’quvchilarni shu tilda erkin fikr bildirishga
o’rgatish va asosan ,og’zaki nutqni rivojlantirishdir.
2.
Madaniyatlararo
muloqot
yondashuvi
.Bunda xorijiy tilni faqat
linvistik bilim sifatida emas, balki madaniy konteksda ham o’rganishga e’tibor
qaratiladi. O’rganilayotgan til mamlakatining madaniyati va urf-odatlari bilan
tanishiladi. Bu esa tilni yanada tezroq va samaraliroq o’rganishga yordam beradi.
3.
Mashq texnologiyasi
bilan yangi o’rganilgan materiallarni interaktiv
vositalar orqali mustahkamlash mumkin .
Bu metodlar tilni o’qitishning samarali usuli sifatida ko’p yillar qo’llanib
kelindi, biroq hayotimizga zamonaviy texnika-texnologiyalar kirib kelishi bilan
kompyuter va elektron qurilmalar bilan integratsiyalashgan zamonaviy
texnologiyalar va yangi metodlarni ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo’ldi.Hozirgi
vaqtda tilni samarali o’rgatish uchun onlayn platformalar va mobil ilovalardan
keng foydalanilmoqda. Bu esa dastur asosida o’qitish ya’ni kompyuter
texnologiyalari asosida o’qitish metodining shakllanishiga olib keldi. Masalan,
o’quvchilar yangi o’rgangan so’z va iboralarini yoki grammatik shakllarini
Kahoot.it yoki Quizizz kabi platformalarida savollar va testlar bilan yanada
mustahkamlab olishi mumkin. Bundan tashqari Duolingo, Babbel yoki Memrise
ham o’qitish jarayonini qiziqarli va interfaol tarzda olib borishga yordam beradi.
Mobil ilovalar, jumladan, Hello talk, Duolingo yoki Quizlet ilovalari o’rganuvchilar
uchun ajoyib imkoniyat bo’la oladi.
O’quvchilarni darsga yanada qiziqtirish va ularning til ko’nikmalarini
oshirib borish maqsadida ko’plab zamonaviy metodlar ishlab chiqildi. Bular
4
Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent – 2012.C 85-90
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
229
“Flipped Classroom” (aks o’qitish) hamda fan va tilni integratsiyalashtirish asosida
o’qitish usullaridir. “Teskari o’qitish” (Flip teaching) usuli hozirda o’qitishning eng
zamonaviy metodlaridan biri bo’lib, unda o’qituvchilar darsni an’anaviy tarzda
tushuntirib berishmaydi, balki yangi materiallarni o’quvchilar uyda mustaqil
internet yoki berilgan videolar orqali o’rganib darsda muhokama qilish uchun
tayyorlanishadi.
5
Dars jarayonida esa o’quvchilar mavzuni tushuntirib berishadi. Bu
til o’rganishda va muloqotni rivojlantirishda yaxshi imkoniyat bo’ladi. “Chet
tillarini o’rganishda fan va xorijiy tilni uyg’unlashtirish nafaqat til o’rganish, balki
boshqa fanlarni o’zlashtirish uchun ham foydali bo’ladi”, -deydi David Marsh
6
.Bu
metodda o’quvchilar tilni boshqa fanlar ,xususan, matematika, tarix yoki geografiya
orqali o’rganadilar.Masalan, ingliz tilida biologiya yoki geografiya kabi fanlarga oid
tushunchalar o’tiladi , bu esa o’rganuvchilar uchun tilni chuqurroq o’zlashtirish
imkoniyatini yaratadi .
Shuningdek, bu metod bilan o’sha til adabiyotini ham o’rgatish mumkin.
Bunda adabiyotlar o’rganuvchilar yoshi va dunyoqarashiga qarab tanlanishi
maqsadga muvofiq bo’ladi. J.Jalolov badiiy adabiyotdan foydalanishning bir necha
muhim jihatlarini ajratib ko’rsatadi:
Lug’at boyligini oshirish – badiiy adabiyot orqali o’quvchilar turli xil
tasviriy ifodalarni va iboralarni, shuningdek, ularni qo’llash usullarini o’rganadi.
Grammatikani mustahkamlash – matnlarni o’qish bilan grammatik
qoidalar tabiiy ravishda o’zlashtiriladi.
Talaffuz va intonatsiyani yaxshilash – audiokitoblarni eshitish va badiiy
asarlarni mutolaa qilish o’quvchilar talaffuzi va intonatsiyasini yaxshilashga yordam
beradi.
7
Xulosa qilib aytganda,chet tilarini samarali o’qitish uchun an’anaviy
yondashuvlar bilan bir qatorda zamonaviy metodlardan ham foydalanish kerak.
Krashenning nazariyasiga ko’ra, tilni tushunish grammatik qoidalarni yodlashdan
5
Bishop J., Verleger M. A. The flipped classroom: A survey of the research //2013 ASEE annual conference &
exposition. – 2013. – С. 23.1200. 1-23.1200. 18.
6
Marsh D. Content Language Integrated Learning (CLIL). A Development Trajectory. – 2013.
7
Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent - 2012
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
230
ko’ra eshitish va o’qish orqali yaxshiroq shakllanadi.Ammo bu mustaqil ravishda
yetarli bo’lmay, muloqot yordami bilan samaraliroq bo’ladi. Shuningdek, chet
tillarini o’qitishda adabiyotning ham o’rni katta bo’lib, bu o’quvchilarda tilni
o’rganish jarayonini yanada tezlashtiradi.Shunday ekan, o’qitish jarayonini
zamonaviy metodlar va adabiyot bilan integratsiyalashtirish bolalarning darsga
qiziqishini oshiradi hamda bilim va ko’nikmalarini rivojlantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
Beatty, K. (2013) “Teaching and Researching Computer-Assisted Language
Learning”. roudledge.com
2.
Bergmann J. Flip your classroom: Reach every student in every class every
day //International Society for Technology in Education. – 2012.
3.
Bishop J., Verleger M. A. The flipped classroom: A survey of the research
//2013 ASEE annual conference & exposition. – 2013. – С. 23.1200. 1-23.1200.
18
4.
Coyle D. et al. CLIL: Content and language integrated learning. – Cambridge:
Cambridge university press, 2010. – Т. 9. – С. 1-10.
5.
Ибрагимова З. Chet tillarni o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishning samarali usullari //Зарубежная лингвистика и лингводидактика.
– 2024. – Т. 2. – №. 5/S. – С. 341-344.
6.
Inogamova N. A. et al. XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNING O’RNI //MASTERS. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 22-
23.
7.
Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, Toshkent – 2012.
8.
Krashen S. Principles and practice in second language acquisition. –
Pergamon press, 1982.
9.
Krashen S. D. Principles and practice //Learning. – 1982. – Т. 46. – №. 2. – С.
327-69
.
10.
Krashen S. The input hypothesis: An update //Linguistics and language
pedagogy: The state of the art. – 1992. – С. 409-431.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-28
Часть–1_Июнь –2025
231
11.
Marsh D. Content Language Integrated Learning (CLIL). A Development
Trajectory. – 2013.
12.
Met M. Learning language through content: Learning content through
language //Foreign language annals. – 1991. – Т. 24. – №. 4. – С. 281.
13.
Nurilla o’g’li I. Q. et al. CHET TILI KOMPETENSIYALARINI
O‘QITISHDA
XORIJIY
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARNI
AMALIYOTGA
SAMARALI
JORIY
ETISHNING
AHAMIYATI
//BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2022. – С. 30-33.