Authors

  • Egamberdiyeva Durdonaxon Ziyodbek qizi

Author Biography

  • Egamberdiyeva Durdonaxon Ziyodbek qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti

    Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

    E.mail: egamberdiyevadurdona08@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116510

Keywords:

Sintaksis grammatik xususiyatlar ega va kesim bosh bo‘laklar ikkinchi darajali bo‘laklar teng va tobe bog‘lanish moslashuv bitishuv boshqaruv.

Abstract

Sintaksis tilshunoslikning muhim bo‘limlaridan biri sanalib, gap qurilishi, gapdagi bog‘lanishlar, so‘z birikmasi va uning turlarini, gap bo‘laklarini o‘rganadi. Ushbu maqolada sintaksisning ahamiyati , ingliz, nemis va o‘zbek tillarida sintaksisning asosiy , boshlang‘ich tuzilmalari qiyosiy tahlil qilinadi. Ular o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar va farqlari yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

80

YEVROPA VA O’ZBEK TILLARIDA BOSHLANG’ICH SINTAKTIK

TUZILMALAR TAHLILI

Egamberdiyeva Durdonaxon Ziyodbek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi

E.mail: egamberdiyevadurdona08@gmail.com

Annotatsiya:

Sintaksis tilshunoslikning muhim bo‘limlaridan biri sanalib,

gap

qurilishi, gapdagi bog‘lanishlar, so‘z birikmasi va uning turlarini, gap

bo‘laklarini o‘rganadi. Ushbu maqolada sintaksisning ahamiyati , ingliz, nemis va

o‘zbek tillarida sintaksisning asosiy , boshlang‘ich tuzilmalari qiyosiy tahlil qilinadi.

Ular o‘rtasidagi o‘xshash jihatlar va farqlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Sintaksis, grammatik xususiyatlar, ega va kesim, bosh bo‘laklar,

ikkinchi darajali bo‘laklar, teng va tobe bog‘lanish, moslashuv, bitishuv, boshqaruv.

Abstract: Syntax is considered one of the important branches of linguistics. It

studies sentence structure, the connections within a sentence, types of word

combinations, and sentence elements. This article presents a comparative analysis of

the fundamental and basic syntactic structures in English, German, and Uzbek.

Similarities and differences among them are highlighted.

Keywords: Syntax, grammatical features, subject and predicate, main parts

of the sentence, secondary parts of the sentence, coordination and subordination,

agreement, adjacency, government.

Аннотация: Синтаксис считается одним из важных разделов

лингвистики. Он изучает структуру предложения, связи в предложении,

словосочетания и их виды, члены предложения. В данной статье проводится

сравнительный анализ основных, начальных синтаксических структур в

английском, немецком и узбекском языках. Освещаются их сходства и

различия.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

81

Ключевые

слова:

Синтаксис,

грамматические

особенности,

подлежащее и сказуемое, главные члены предложения, второстепенные члены

предложения, сочинение и подчинение, согласование, примыкание, управление.

“Sintaksis” so‘zi - yunonchadan “tuzilish”, “tarkib” deb tarjima qilinib, ikki

xil ma’noda qo‘llanadi: 1)tining sintaktik qurilishi; 2)grammatikaning so‘z

birikmalari hosil bo‘lishini, ularning gapdagi ishtiroki, gaplarning tuzilishi va

turlarini, sodda va qo‘shma gaplarning o‘zaro farqi va aloqalarini va gapda

so‘zlarning birikishini ya’ni shu tilning sintaktik qurilishini o‘rganuvchi bo‘limi.

Sintaksis grammatikaning muhim qismi hisoblanib,til va nutqning sintaktik

strukturasi haqidagi fan deb ham qaraladi. Tilning asosiy vazifasi fikr almashishdir.

Ma’lumki, insonlar so‘z va so‘z birikmalari bilangina emas,balki gaplar bilan fikr

almashadilar.Shunday ekan , tilning asosiy kommunikativ birligi bo‘lgan gap

sintaksisning asosiy o‘rganilish obyekti sanaladi.

1

Garchi bu sohaning o‘rganilishi

boy tarixga ega bo ‘lsa-da, hali hamon uning asosiy chegaralari va predmeti haqida

bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Sintaksis haqida tilshunoslarning fikrlari turlicha:

ba’zilari sintaksisning predmeti faqat gap desa, boshqalari gap so ‘zlar va so‘z

birikmalaridan tuziladi , shunday ekan , uning predmetini so ‘z birikmalari va so‘z

ham tashkil etadi, deb fikr bildiradilar. Biroq so‘z birikmalari gapning asosiy

elementlari hisoblanadi va gap haidagi ta’limotga o‘z -o‘zidan birikadi, shuning

uchun sintaksisning asosiy obyekti gap va gapning elementlar so‘z birikmasi va so‘z

degan fikrga to‘xtalishimiz mumkin.

Sintaksis tilshunoslikning boshqa bo‘limlari( fonetika , leksikologiya ,

frazeologiyava ayniqsa, morfologiya) bilan chambarchas bog‘liq. Sintaksisning

leksikologiya bilan bog’liqligi shundaki, sintaksisda leksik birliklar ya’ni so‘zlar

muhim ahamiyat kasb etib, ular gap qurilishining asosi hisoblanadi. Sintaksisni leksik

birliklarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Masalan, “xat yozmoq” birikmasini tuzish

uchun “xat” va “yozmoq” so‘zlarining ma’nosini tushunish kerak. Aks holda,

birliklarda mantiqsizlik kelib chiqishi mumkin.

1

Sodiqov A. et al. Tilshunoslikka kirish. – Ŭqituvchi, 1981.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

82

Frazeologiya bilan bog‘liqligi esa ko‘proq gap bo‘laklariga ta’sir qiladi.

Bunga misol sifatida “do‘ppisini osmonga otmoq” iborasini olishimiz mumkin. Bu

mavzuda yangilar iboralarni ajratishda qiynalishadi va ko‘p hollarda , ularga bitta

birlik sifatida emas, bir nechta so‘zlar yig‘indisi sifatida qarab tahlil qilishadi.Bu ,

albatta, xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun sintaksisda

frazeologik birliklarni bilish va ularga so‘z birikmasi emas, turg ‘un birlik sifatida

qarash muhim hisoblanadi.

Sintaksis morfologiya bilan ham bog‘langan. Sintaksisda, xuddi

morfologiyada boʻlgani singari, soʻz muhim hisoblanadi, lekin u shakl yasalishi

jihatidan emas, balki soʻz shakllarining soʻz birikmasi va gaplarni tuzishdagi

ishtiroki jihatidan oʻrganiladi.

2

Masalan, “olma” so ‘zi morfologiyada qaysi

turkumga xosligi, son shakllariga ko‘ra o‘rganilsa, sintaksisda uning gapda qaysi so‘z

turkumlari bilan bog‘lana olishi va qanday gap bo‘lagi bo‘lib kelishiga ko‘ra

o‘rganiladi.

So‘z turkumi

So‘z

O‘rganilishi

Sintaksis

Olma

Sifat bilan birikadi: yashil

olma;

Fe’l bilan birikadi: olmani

yema;

Son bilan birikadi: beshta

olma;

Olmosh bilan birikadi : bu

olma.

Gapda

ega

,

kesim,

to‘ldiruvchi bo‘lib keladi.

Morfologiya

Olma

Ot turkumida

Birlik sonda

2

Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis,

T., 2005.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

83

Ingliz tilidagi so‘zlar bilan ham bu qatorni davom ettirishimiz

mumkin.Xususan, “live” so ‘zi. Avvalo, uning leksik ma’nosini aniqlab olish kerak.

“Live” fe’l bo‘lganda “yashamoq” yoki sifat bo‘lganda “jonli’ ma’nolarini beradi.

Hozir biz so‘zning faqatgina fe’l bo’lib kelgan holatidagi ma’nosini olsak, uning

sintaksisdagi o‘rganilishi kesim sifatida kelishi bo‘ladi.

I live in Andijan

. U fe’l

sifatida gapda boshqa so‘zlar bilan birikadi.

So‘zlar , gaplar va undan katta birliklar bir-biri bilan bir necha usullarda

bog‘lanishi mumkin.

Sintaktik bog‘lanishlar asosan teng va tobe bog‘lanishlarga bo‘linadi. Teng

bog‘lanish(coordinative)da ikki tomon ham teng munosabatga kirishadi va asosan,

teng bog‘lovchilar va intonatsiya orqali bog‘lanadi.Masalan,

-

o‘zbek tilida: ota

va

ona, aka

bilan

uka , daftar

hamda

kitob; dars tugadi

va

o‘quvchilar uylariga ketishdi.

-

ingliz tilida : brother

or

sister, boys

and

girls , teacher

and

student; She

tried hard,

but

she failed.

-

nemis tilida: Bruder

und

Schwester, Vater

und

Mutter, Kafee

oder

Tee;

Ich esse Brot

und

trinke Tee.

Tobe bog‘lanish(subordinative)da esa hokim tobe munosabati aks

etadi.Bunda ma’nosi aniqlashririb kelinayotgan bo‘lak hokim, hokim bo‘lakning

ma’nosini to‘ldirib ,aniqlashtirib kelayotgan bo‘lak tobe hisoblanadi. O ‘zbek tilida

ularni farqlashning oson usuli bor: birinchi kelayotgan bo ‘lak tobe, keyngi

kelayotgan bo’lak hokim hisoblanadi.Bu usul faqat o’zbek so‘z birikmalari uchun

foyda beradi, boshqa tillarda bunday aniqlash doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.Misollar:

-

o‘zbek tilida:

ozod vatan, maktabga bordim; darslarimni tayyorlab

bo‘ldim,shuning uchun onamga yordamlashdim

;

-

ingliz tilida :

We could not go anywhere because of the rain

.

-

nemis tilida:

Ich bleibe zu Hause, weil ich bin krank .

Ba’zi tillarda sintaktik munosabatning teng va tobe munosabatdan boshqa

turlari ham mavjud.Bular moslashuv, bitishuv va boshqaruv usullaridir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

84

Moslashuvda

qaratqich va qaralmish munosabati aks etadi: mening kitobim,

ukamning maktabi kabi. Bu holatni hind-yevropa tillari oilasida ham ko‘rishimiz

mumkin.

Ingliz tilida: my book, her apple,our room; Nemis tilida : meine Mutter,

deine Freundin.

Boshqaruvda

tobe bo ‘lak hokim bo ‘lak talab qilgan shaklda bo’ladi:

maktabga bordim, kitobni o‘qidim, onam uchun oldim

. Bu usulda asosan kelishik va

ko’makchilar ishtirok etadi.

Bitishuvda

so ‘zlar ohang yordamida birikadilar.

Masalan, go‘zal o‘lka, ozod

vatan, yaxshi o‘quvchi. Ingliz tilida: a beautiful coast, smart person. Nemis tilida :

das schon Haus, die alt Bucher.

Tillarning qiyosiy tahlili yana bir qancha guruhlarda davom etishi mumkin.

Bilamizki, har bir tilling o‘ziga xos sintaktik xususiyatlari mavjud. bu sintaktik

xususiyatlarning kesishgan nuqtalarini ularni qiyoslash va taqqoslash orqali

aniqlaymiz. Aynan bugungi tahlildan ko‘rdikki, o‘zbek va yevropa tillarining ham

o‘xshash va farqli tomonlari mavjud. Ushbu farqlarni va o‘xshashliklarni anglash til

o‘rganishda sintaktik bilimlarni chuqurlashtirish va tarjima jarayonida xatolarga yo‘l

qo‘ymaslik uchun zarurdir. Maqolada keltirilgan nazariy hamda amaliy misollar

orqali o‘quvchi tillar sintaksisini mukammal tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.

Akramova A. TILSHUNOSLIKDA SINTAKTIK BIRLIKALAR VA

ULARNING DERIVATSIYASI //Общественные науки в современном мире:

теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4. – №. 10. – С. 116-

117.

2.

Azizov O. Tilshunoslikka kirish. – 1996.

3.

Burаnоv J. Ingliz vаО`zbеk tillаri qiyоsiy grаmmаtikаsi. Tоshkеnt, 2013

4.

Bushuy T., Sаfаrоv Sh. Til qurilishi: tаhlil mеtоdlаri vаmеtоdоlоgiyаsi.

Tоshkеnt, 2017.

5.

Erkaboyeva N. Q. O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami. – Akademnashr, 2012.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

85

6.

Kaxarovna X. M. et al. INGLIZ VA RUS TILLARI TUZILMASINING

QIYOSIY TAHLILI: SINTAKSIS VA SO ‘Z TARTIBIGA E’TIBOR //Лучшие

интеллектуальные исследования. – 2025. – Т. 44. – №. 5. – С. 492-498.

7.

Nilufar, U. (2025). INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SODDA GAP

SINTAKSISI

8.

Oʻzbek tili grammatikasi, 2j., T., 1975; Mahmudov N., Nurmonov A., Oʻzbek

tilining nazariy fammatikasi. Sintaksis, T., 2005.

9.

SAYFULLAYEVA R. Y., ABUZALOVA D. M. M., NS Y. D. N.

TILSHUNOSLIKKA KIRISH. – GlobeEdit, 2020.

10.

Sodiqov A. et al. Tilshunoslikka kirish. – Ŭqituvchi, 1981