Authors

  • Olimjonova Oynura Otabek qizi
  • Anvarbekova Oydinoy Zafarbek qizi

Author Biographies

  • Olimjonova Oynura Otabek qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti

                Ingliz tili va adabiyoti              

                                              1-bosqich talabasi

    olimjonovaoynura5@gmail.com

  • Anvarbekova Oydinoy Zafarbek qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti

    PhD mustaqil izlanuvchi

    anvarbekovaoydin92@gmail.com

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116509

Keywords:

Ommaviy madaniyat madaniy globalizatsiya axborot texnologiyalari ijtimoiy tarmoqlar yoshlar ongiga ta’siri madaniyat va ong.

Abstract

Ushbu maqolada ommaviy madaniyat tushunchasi,uning shakllanishi va zamonaviy axborot texnologiyalari orqali yoshlar ongiga ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Ommaviy madaniyatning ijobiy va salbiy jihatlari , yoshlarning  dunyoqarashi , qadriyatlari va axloqiy pozitsiyalariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek , ijtimoiy tarmoqlar, kino, reklama, va musiqa vositalari orqali shakllanuvchi ommaviy  madaniyat  namunalarining yosh avlodga ta’sir mexanizmlari ko’rib chiqilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

86

OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI

Olimjonova Oynura Otabek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti

Ingliz tili va adabiyoti

1-bosqich talabasi

olimjonovaoynura5@gmail.com

Anvarbekova Oydinoy Zafarbek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti

PhD mustaqil izlanuvchi

anvarbekovaoydin92@gmail.com

Annotatsiya:Ushbu maqolada ommaviy madaniyat tushunchasi,uning

shakllanishi va zamonaviy axborot texnologiyalari orqali yoshlar ongiga

ko’rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Ommaviy madaniyatning ijobiy va salbiy

jihatlari , yoshlarning dunyoqarashi , qadriyatlari va axloqiy pozitsiyalariga ta’siri

yoritilgan. Shuningdek , ijtimoiy tarmoqlar, kino, reklama, va musiqa vositalari

orqali shakllanuvchi ommaviy madaniyat namunalarining yosh avlodga ta’sir

mexanizmlari ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:Ommaviy madaniyat ,madaniy globalizatsiya, axborot

texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar ongiga ta’siri, madaniyat va ong.

Abstract: This is article analyzes the concept of mass culture, its formation,

and its influence on youth consciousness through modern information technologies.

It explores both the positive and negative aspects of mass culture and its impact on

the worldview, values, and moral positions of young people. The mechanisms by

which mass culture shaped through social networks, cinema, advertising, and music

affects the younger generation are also examined.

Key words: Mass culture, cultural globalization, information technologies,

social networks,influence on youth consciousness, culture and mindset.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

87

Аннотатсия: В данной статье проанализированы понятие массовой

культуры, её формирование и влияние на сознание молодежи через

современные информационные технологии. В статье всесторонне освещены

как положительные, так и отрицательные стороны массовой культуры, а

также её воздействие на мировоззрение, ценности и нравственные позиции

молодого поколения. Кроме того, рассмотрены механизмы влияния образцов

массовой культуры, формирующихся через социальные сети, кино, рекламу и

музыку, на молодёжь.

Ключевые слова: Массовая култура,молодежъ, културная глоболизация

,информационные технологии,социалные сети, моралные ценности.

Bugungi globallashuv, raqamli inqilob va informatsion portlash davrida

inson hayoti bilan bog‘liq barcha sohalar ommaviy madaniyat ta’sirida

shakllanmoqda. Ayniqsa, yoshlar ommaviy axborot vositalari, internet, ijtimoiy

tarmoqlar, kino, musiqa va reklama vositalari orqali uzatilayotgan madaniy oqimlarga

bevosita duch keladilar. Bu holat yoshlarning dunyoqarashi, qadriyatlari, hayotga

bo‘lgan munosabatlari, axloqiy pozitsiyalari va o‘zlikni anglash jarayoniga sezilarli

darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ommaviy madaniyat deganda keng ommaga mo‘ljallangan, tijorat

maqsadida yaratilgan va asosan ko‘ngilochar xarakterga ega bo‘lgan madaniy

mahsulotlar tushuniladi. U XX asrda ommaviy axborot vositalari, xususan

televideniye, radio va matbuot orqali shakllana boshladi. XXI asrga kelib esa

internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy madaniyatning tarqalish tezligi

keskin ortdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa mobil qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlar

vositasida yoshlar har kuni yuzlab madaniy xabarlar, videolar, suratlar va kontentlar

bilan to‘qnash keladi. Ular orasida o‘z milliy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan g‘oyalar,

turmush tarzi, modalar va til unsurlari ham mavjud. Bu esa yoshlarning o‘zlik

identiteti, milliy ong va ruhiy holatiga tahdid solishi mumkin. Ommaviy madaniyat

– bu zamonaviy jamiyatda axborot vositalari orqali tarqaladigan, keng omma

tomonidan iste’mol qilinadigan madaniy mahsulotlar yig‘indisidir. Bu madaniyatning

yoshlar ongiga ko‘rsatadigan kuchli ta’siri bor: u ularning dunyoqarashi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

88

qadriyatlari, axloqiy pozitsiyasi, hatto kiyinish va o‘ylash tarzini shakllantiradi.

Ammo bu ta’sir har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi. Salbiy ta’sirlar yoshlarni milliy

qadriyatlardan uzoqlashtiradi, iste’molchilik ongini shakllantiradi, axloqiy va ruhiy

buzuqliklarga olib keladi.Shu sababli ommaviy madaniyatning salbiy oqibatlaridan

himoyalanish va yoshlar ongini sog‘lom, ma’naviy boy yo‘nalishda shakllantirish

uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Yoshlarni axborotlarni

tanlab, tahlil qilib qabul qilishga o‘rgatish, mahalliy madaniy tadbirlar, festivallar,

an’anaviy bayramlarni yoshlar ishtirokida o‘tkazish, ma’rifatli, bilimli, jamiyatga

foyda keltiruvchi shaxslarni ommaviy qahramon sifatida targ‘ib qilish, voyaga

yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati ota-ona tomonidan kuzatib

borilishi, – ularni ommaviy madaniyat manipulyatsiyasidan himoya qilishning eng

samarali yo‘lidir.

Ijobiy jihatlari:

Dunyoviy madaniyat bilan tanishtiradi;

Estetik didni shakllantirishga yordam beradi;

Yangi texnologiyalar va yangiliklar haqida tezkor axborot beradi;

Axborotga bo‘lgan ochiqlikni kuchaytiradi.

Salbiy jihatlari:

Madaniyatsizlikni targ‘ib qiluvchi kontentlar ko‘p;

Haddan tashqari iste’molchilikni targ‘ib qiladi;

Milliy qadriyatlarga nisbatan befarqlik uyg‘otadi;

Zo‘ravonlik, axloqsizlik, ataylab yaratilgan mashhurlik (shou-biznes) targ‘ib

qilinadi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar, mashhur shaxslar,“trend”lar

orqali ommaviy madaniyat namunalarining yoshlar ongiga ta’siri kuchaymoqda.

Masalan: TikTok yoki Instagram orqali tarqalgan qisqa videolar ma’lum bir obraz

yoki xatti-harakatni ommalashtiradi;

Filmlar va seriallar g‘arbona hayot tarzini ideal sifatida ko‘rsatadi;

Musiqa kliplari va reklama vositalari orqali modalar, brendlar, hayotga

nisbatan yengil qarash targ‘ib qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

89

Bu holatlarning barchasi yosh avlodning tafakkuri, estetik qarashlari va

ijtimoiy xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Yosh avlod, ayniqsa 12–25 yosh oralig‘idagi guruh, psixologik va ijtimoiy

shakllanish bosqichida bo‘lganliklari sababli, ommaviy madaniyatning eng asosiy

auditoriyasi hisoblanadi. Ular o'z shaxsiyligini shakllantirmoqda,yetakchilarga (idol,

influencer) ergashishga moyil, ommabop bo‘lishni xohlaydi, g‘arb madaniyatiga

qiziqadi. Natijada, ular tez-tez ommaviy madaniyatning moda, til, xulq-atvor, urf-

odat va hatto dunyoqarash darajasidagi ta’sirlariga ochiq bo‘lishadi. Ommaviy

madaniyat yoshlarning hayotga, jamiyatga va dunyodagi hodisalarga bo‘lgan

qarashlariga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir ko‘pincha quyidagi ko‘rinishlarda

namoyon bo‘ladi:

G‘arb madaniyatini ideal deb bilish (masalan, amerikaliklar yashash tarzini

orzu qilish);

Real hayot muammolaridan ko‘ra virtual “go‘zal hayot”ga ishonish;

Yengil fikrlash, yuzaki yondashuv kuchayishi.

Natijada, yoshlar milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’anaviy madaniyatga

nisbatan befarq bo’lib qoladi. Ular ommaviy madaniyatning turli xil ko’rinishlariga

taqlid qila boshlaydilar. Bu esa o’zlari bilmagan holda ularga ko’r-ko’rona ergashib,

real hayotdan ajrab qolayotganlarini sezmay qoladilar.

Xulosa qilib aytganda, ommaviy madaniyat – bu zamonaviy hayotning

ajralmas qismidir. Ommaviy madaniyat zamonaviy yoshlar ongiga ko‘plab

yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi. U ijobiy imkoniyatlar (axborotga ochiqlik, ijodkorlik,

global fikrlash) bilan bir qatorda, salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Uning

butkul rad etilishi mumkin emas, lekin uni tanqidiy tahlil qilgan holda, yoshlar ongiga

salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. Ota-onalar,

o‘qituvchilar va jamiyat vakillari yoshlarni milliy qadriyatlar, sog‘lom dunyoqarash

va axloqiy me’yorlar asosida tarbiyalashga e’tibor qaratishlari muhimdir. Ommaviy

madaniyatning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirib, salbiy ta’siridan himoyalanish esa

yoshlarning madaniy ong darajasiga bog‘liq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–1_Июнь –2025

90

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Raxmatullayeva

O.

GLOBALLASHUV

DAVRIDA

OMMAVIY

MADANIYATNING YOSHLAR TA’LIM-TARBIYASIGA TA’SIRI //Наука и

инновация. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 117-120.

2.S hohsanam U., Muslimaxon A., Sharifaxon M. OMMAVIY MADANIYAT VA

QADRIYATLAR

INQIROZI

//INNOVATIVE

DEVELOPMENTS

AND

RESEARCH IN EDUCATION. – 2025. – Т. 4. – №. 39. – С. 334-340.

3.Mamasidiq T., Bozorboeyva O. GLOBALLASHUV JARAYONIDA OMMAVIY

MADANIYATNING TA’SIRI //Tadqiqotlar. – 2025. – Т. 62. – №. 2. – С. 26-28.

4. Macdonald D. A theory of mass culture //Diogenes. – 1953. – Т. 1. – №. 3. – С. 1-

17.

5.J umayeva S. S., qizi Sodiqova S. S. YOSHLARNI OMMAVIY MADANIYAT

TA’SIRIDAN HIMOYA QILISHNING ASOSIY VOSITALARI //GOLDEN

BRAIN. – 2024. – Т. 2. – №. 23. – С. 55-61

6. Ibragimov S. “OMMAVIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI VA UNING

YOSHLAR TARBIYASIGA TAHDIDI //Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 11. – С. 102-109.

7. Ivy M. Formations of mass culture //Postwar Japan as history. – 1993. – С. 239-

258.

Most read articles by the same author(s)