Authors

  • Eshmurodova Dildor Normuratovna
  • Mamadiyeva Marjona Baxtiyor qizi

Author Biographies

  • Eshmurodova Dildor Normuratovna

    Pedagogika kafedrasining o’qituvchisi. Ilmiy rahbar.

  • Mamadiyeva Marjona Baxtiyor qizi

    SHahrisabz Davlat Pedagogika instituti “Pedagogika” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116849

Keywords:

Gospital pedagogika uning maqsadi vazifalari inklyuziv ta’lim hamda maqsad va vazifalari inklyuziv ta’limning tamoyillari gospital pedagogika va inklyuziv ta’limning bog’liqligi farqlari.

Abstract

Mazkur maqolada gospital pedagogikaning mazmuni, maqsadi, vazifalari shuningdek inklyuziv ta’limning maqsadi, vazifasi hamda bir biri bilan bog’liqligi, jamiyat uchun muhimligi keltirib o’tilgan. Gospital pedagogika inson salomatligi bilan bog’liq muammolar sababli uzoq muddat davolanishga muhtoj bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va shakllantirish jarayonini tashkil etishning muhim yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

125

GOSPITAL PEDAGOGIKA-INKLYUZIV TA’LIMNING AJRALMAS

QISMI SIFATIDA

Eshmurodova Dildor Normuratovna

Pedagogika kafedrasining o’qituvchisi. Ilmiy rahbar.

Mamadiyeva Marjona Baxtiyor qizi

SHahrisabz Davlat Pedagogika instituti “Pedagogika” yo’nalishi 2-bosqich

talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada gospital pedagogikaning mazmuni, maqsadi,

vazifalari shuningdek inklyuziv ta’limning maqsadi, vazifasi hamda bir biri bilan

bog’liqligi, jamiyat uchun muhimligi keltirib o’tilgan. Gospital pedagogika inson

salomatligi bilan bog’liq muammolar sababli uzoq muddat davolanishga muhtoj

bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va shakllantirish jarayonini tashkil etishning

muhim yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi.

Kalit so’zlar: Gospital pedagogika, uning maqsadi, vazifalari, inklyuziv

ta’lim hamda maqsad va vazifalari, inklyuziv ta’limning tamoyillari, gospital

pedagogika va inklyuziv ta’limning bog’liqligi, farqlari.

Аннотация: В этой статье перечислены содержание, цель, задачи

госпитальной педагогики, а также цель, задача и взаимосвязь инклюзивного

образования, его важность для общества. Хосписная педагогика признается

важным направлением организации процесса обучения, воспитания и

формирования детей, нуждающихся в длительном лечении в связи с

проблемами со здоровьем человека.

Ключевые слова: Госпитальная педагогика, ее цель, задачи, цели и

задачи инклюзивного образования, принципы инклюзивного образования,

взаимосвязь, различия госпитальной педагогики и инклюзивного образования.

Gospital pedagogika — bu sog‘liqni saqlash muassasalarida, ya’ni

shifoxonalarda, sanatoriyalarda hamda reabilitatsiya markazlarida davolanayotgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

126

bolalar va o‘smirlar bilan pedagogik ish olib borishga ixtisoslashgan pedagogika

sohasi hisoblanadi. U maxsus pedagogikaning yo’nalishlaridan biri. Gospital

pedagogikaning asosiy maqsadlari quyidagilar: Ta’limiy vazifa: Kasalxona sharoitida

bo‘lgan bolalarga o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim berish, ularning bilim olish

jarayonini uzluksiz davom ettirish. Tarbiyaviy vazifa: Bolalarda ijobiy qarash, umid

va motivatsiyani shakllantirish, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat muhiti

yaratish. Ijtimoiylashtirish vazifasi: Bolani jamiyatdan ajralib qolishdan saqlash,

ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga

tayyorlash. Psixologik-emosional qo‘llab-quvvatlash. Kasallik tufayli yuzaga kelgan

stress, qo‘rquv, tushkunlik holatlarini yengib o‘tishga yordam berish. Reabilitatsion

vazifa: ta’lim orqali bolaning sog‘lig‘i tiklanishiga va normal hayotga qaytishiga

hissa qo‘shish. Individual yondashuvni amalga oshirish: har bir bolaning sog‘lig‘i,

rivojlanish darajasi va psixologik holatidan kelib chiqib, maxsus yondashuv asosida

ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish. Bu vazifalar orqali gospital pedagogika nafaqat

ta’lim, balki bolalarning umuman hayotiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

kompleks yondashuvni ta’minlaydi. Shuningdek sog‘liq tufayli uzoq muddat

maktabdan uzoqda qolgan bolalarni ta’limdan uzib qo‘ymaslik; Bolaning psixologik,

ruhiy holatini yengillashtirish, davolanishga ijobiy munosabatni shakllantirish;

Ijtimoiylashuv va shaxsiy rivojlanishni shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash. Oilasi,

tibbiyot xodimlari, psixologlar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda faoliyat

olib borish. Gospital pedagogining faoliyatiga quyidagilar kiradi: O‘quv dasturlarini

moslashtirish; Moslashuvchan o‘quv shakllari (masalan, qisqa darslar, qiziqarli

interfaol o‘yinlar); Emotsional-ruhiy yordam ko‘rsatish; Bolaning sog‘lig‘i, yoshi,

ruhiyati va holatiga qarab yondashuv. Bu soha egasi nafaqat pedagogik, balki tibbiy-

psixologik bilim, malaka va ko‘nikmalarni o’zida shakllantirgan bo’lishi kerak.

Gospital pedagogika orqali davolanish jarayonida bola o‘zini jamiyatning bir bo’lagi

sifatida his qiladi va ijtimoiy izolyatsiyadan saqlanadi. Gospital pedagogikaning

xususiyatlariga quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Bolalarning sog‘lig‘i

yomonlashgan holatda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Davolanish vaqtida

ularning o‘qish jarayonidan ortda qolmasligini ta’minlaydi. Psixologik, pedagogik va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

127

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ham o‘z ichiga oladi. Har bir bolaning

individual ehtiyoj va qiziqishlariga moslashtirilgan darslar olib boriladi. Tibbiyot

xodimlari, o‘qituvchilar va psixologlar o‘zaro hamkorlikda, kelishilgan holda

ishlaydi.

Inklyuzivlik-inglizcha soʻz boʻlib, inclusif- qoʻshish, birlashtirish ma’nolarini

anglatadi. Ushbu atama alohida ehtiyojga ega boʻlgan oʻquvchilarni umumta’lim

maktablarida sogʻlom bolalar bilan birgalikda qoʻshib oʻqitish jarayonini nazarda

tutadi. Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, qiziqishlari, individual-

psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda

tashkil etiladigan ta’lim jarayoni. Hamda inkluziv ta’lim davlat siyosati boʻlib,

nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi turli muammoli vaziyatlarni bartaraf etish,

inklyuziv ta’limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy

qiyinchiliklaridan qat’i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan

umumta’lim jarayoniga qoʻshishni ta’minlovchi ta’lim tizimi hisoblanadi.

Shuningdek inklyuziv ta’limning tamoyillari ham mavjud bo’lib bular

quyidagilardan iborat: Jumladan, 1. Inson qadri uning layoqatlari va yutuqlariga

bogʻliq emasligi prinsipi; 2. Har bir shaxsning his qilish va oʻylash layoqatiga egaligi

prinsipi; 3. Har bir shaxsning muloqot qilish va tinglash huquqiga egaligi prinsipi; 4.

Har bir shaxsning bir-biriga kerakliligi prinsipi; 5. SHaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim

jarayonining aniq hamkorlik asosida amalga oshirilishi prinsipi; 6. Har bir

oʻquvchining oʻz tengdoshlarining qoʻllab-quvvatlovi va doʻstona munosabatlariga

ehtiyojmandligi prinsipi; 7. Turli-tumanlik oʻquvchi hayotining barcha jabhalarini

rivojlantirishni ta’minlashi zarurligi prinsipi kabilar.

Inklyuziv ta’limning maqsadi - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar

uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni

jalb etgan holda qulay moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga

samarali moslashuvi hamda toʻlaqonli uygʻunlashuviga xizmat qiladigan sifatli ta’lim

berishni ta’minlashdan iborat. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:

rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun har qanday

kamsitilishni mustasno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda boʻlishni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

128

ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; jamoatchilik hamda

ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan

oʻquvchilar muammolariga nisbatan bagʻrikenglik munosabatini shakllantirish;

ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan

bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini; barcha oʻquvchilar uchun davlat ta’lim

standartlariga asoslangan holda maktabgacha, umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy

ta’lim dasturlarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratish; oʻquvchilarning har

tomonlama shakllanishi, emotsional-irodaviy sohasi, bilish faoliyatini rivojlantirish,

ijtimoiy koʻnikma va qobiliyatini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga maslahat

yordami berish hamda ota-onalarni farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, pedagogik

texnologiyalar, ta’lim-tarbiya vositalarini qoʻllashda ularning salohiyatini oshirish,

ularni psixologik pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Inklyuziv ta’lim jarayonida

alohida ta’lim ehtiyojiga ega boʻlgan oʻquvchilar sogʻlom bolalar bilan birga bir

maktabda, sinfda oʻqitiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar maktabga kelganidan

boshlab alohida e’tibor va qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻladilar. Bunday qoʻllab-

quvvatlash ularning butun hayotlari davomida muhim hisoblanadi. SHu sababli ham

maktab ta’limining dastlabki qadamidan boshlab, bunday oʻquvchilarning ijtimoiy

rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talab etiladi. Imkoniyati cheklangan

oʻquvchilar bilan tashkil etiladigan ta’lim inklyuziv ta’lim shakllarini aniqlash va uni

umumiy ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashni talab etmoqda. Inklyuziv ta’lim davr

talabi sifatida. «Inklyuziv» va «integrasiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil

ma’noda ishlatiladi. Biroq shunga qaramasdan falsafada ushbu tushunchalar orasida

juda katta farq bor. Maxsus tarbiyaga muhtoj bolani oddiy sharoitga joylashtirish

integrasiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadam. Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat

markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli

bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo

sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud: A) Jismoniy

integrasiya. Integrasiyaning bu shakli maxsus tarbiyaga muhtoj va maxsus tarbiyaga

muhtoj bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

129

Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda maxsus tarbiyaga muhtoj bolalar uchun maxsus

bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin. B) Funksional integrasiya. Bu shakl maxsus

tarbiyaga muhtoj va maxsus tarbiyaga muhtoj bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi

funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan. V) Ijtimoiy integrasiya.

Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u

maxsus tarbiyaga muhtoj hamda maxsus tarbiyaga muhtoj bo‘lmagan bolalar

o‘rtasidagi aloqani qo‘llab – quvvatlaydi. G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar.

Integrasilashgan talim tizimining quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud:

Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati

bo‘lmaydi. Umumta’lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli

imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta’lim

maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo‘lmaydi.

Sinfda o‘quvchilar soni 25 tadan-35 tagagacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga

ko‘p vaqt ajrata olmaydi. Umumta’lim maktablarda o‘quvchilarda maxsus malaka,

bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bo‘lmaganligi tufayli,

imkoniyat topish qiyin. Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan

foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integrasilashgan ta’lim

tizimidan uzinig mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan

farqlanadi. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o‘quv

rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil

sharoitda o‘qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan

e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning

ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur

tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob

beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo‘llab–quvvatlash. «Moslashtirish»

deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu

qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o‘quv rejasining mavjudligidir. Maktab

muxiti moslashuvchan bo‘lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin

qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. Gospital

pedagogika va inklyuziv ta’lim o‘rtasida bog‘liqliklar mavjud, chunki ikkala tizim


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

130

ham maxsus ehtiyojga ega bolalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, qobiliyatlarini

shakllantirish, ularni jamiyatdan ajralib qolmasligi uchun yordam berishga qaratilgan.

Ularning asosiy bog‘liqliklari: Maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalarga qaratilganligi.

Differensial va individual yondashuv: Har ikki tizimda ham har bir bolaning

rivojlanish darajasi, qiziqishi, qobiliyati, sog‘lig‘i, psixologik holatiga qarab

individual reja asosida ishlanadi. Bu yondashuv ularga o‘z imkoniyatlariga qarab

rivojlanish imkonini beradi. Psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Ikkala tizimda

ham bolalarning ruhiy holatini barqarorlashtirish, motivatsiya va ijtimoiy

moslashuvga erishish muhim hisoblanadi. Shu sababli psixolog, defektolog, logoped,

ijtimoiy pedagog kabi mutaxassislar faol hamda hamkorlikda ishtirok etadi.

Integratsiyalashuv va ijtimoiylashuv: Gospital pedagogika bolani davolanish

jarayonida jamiyatdan uzilmaslikka yordam beradi. Inklyuziv ta’lim esa ularni

tengdoshlari bilan birga o‘qish orqali jamiyatga qo‘shilishga yordam beradi. Huquqiy

va pedagogik asoslar birdamligi: Har ikkisi ham inson huquqlari, ta’lim olishga

bo‘lgan teng imkoniyatlar, diskriminatsiyaga qarshi tamoyillarga asoslanadi.Gospital

pedagogika va inklyuziv ta’lim o‘rtasida o‘xshashliklar bo‘lishi bilan bir qatorda

muhim farqlari ham mavjud. Bular quyidagilar: 1. Amalga oshiriladigan joy:

Gospital pedagogika — asosan shifoxonalarda, tibbiy muassasalarda yoki uy

sharoitida amalga oshiriladi. Inklyuziv ta’lim — umumta’lim maktablarida yoki

bog‘chalarda sog‘lom bolalar bilan birga maxsus ehtiyojli bolalar uchun tashkil

etiladi. 2. Maqsadli guruh: Gospital pedagogika — davolanish jarayonida bo‘lgan

bolalar (masalan, saraton, yurak kasalligi, operatsiyadan keyingi davr va h.k.).

Inklyuziv ta’lim — nogironligi, rivojlanishida nuqsoni yoki boshqa maxsus ehtiyoji

bo‘lgan bolalar (masalan, eshitish, ko‘rish, aqliy rivojlanishida cheklov bo‘lganlar).

3. Davomiylik: Gospital pedagogika — vaqtinchalik (bola davolanayotgan davrda)

bo’lsa inklyuziv ta’lim esa doimiy (butun o‘quv yili yoki butun ta’lim bosqichida)

faoliyat ko’rsatadi. 4. Ta’lim muhiti: Gospital pedagogika — tibbiy muhitda,

sog‘liqni saqlash tizimi bilan uzviy bog‘liq. Inklyuziv ta’lim — umumiy ta’lim tizimi

doirasida, barcha bolalar uchun moslashtirilgan. 5. Pedagogik yondashuv: Gospital

pedagogika — pedagogik faoliyat sog‘liqni tiklash jarayoni bilan uyg‘unlashtiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

131

Inklyuziv ta’lim — har bir bolaning imkoniyatlari, qiziqish hamda qobiliyatlarini

hisobga olgan holda maktabdagi moslashtirilgan o‘qitish usullaridan foydalanadi. 6.

Mutaxassislar bilan hamkorlik: Gospital pedagogika — ko‘proq shifokorlar,

psixologlar va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boriladi. Inklyuziv

ta’lim — defektolog, logoped, psixolog va ijtimoiy pedagog ishtirokida amalga

oshiriladi.

Xulosa qilib aytganda gospital pedagogika — bu kasal bolalarning

vaqtinchalik ta’limi, sog‘ligini tiklashga yo‘naltirilgan. Inklyuziv ta’lim — bu har

qanday imkoniyati cheklangan bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda teng

ta’lim olishini ta’minlaydi. Gospital pedagogika — inklyuziv ta’limni to‘ldiruvchi,

lekin alohida maqsad va sharoitlarda qo‘llaniladigan ta’lim shakli. Gospital

pedagogika — bu inklyuziv ta’limning muhim bir bo‘lagi yoki shakli sifatida talqin

etiladi. U sog‘lig‘i sababli maktabga bora olmaydigan bolalarni ta’lim jarayonidan

chetda qoldirmaslik orqali inklyuzivlikni amalda ta’minlaydi. Xullas bu ikkalasi bir-

birini to‘ldiradi va umumiy maqsad sari — barcha bolaga teng va sifatli ta’lim

berishni nazarda tutadi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика

и психология инклюзивного образования: учебное пособие . – Казань, 2013.

2. D.S.Qaxarova “ Inklyuziv ta’lim texnologiyasi” o‘quv va metodik qo‘llanma 2014-

yil

3. R.Sh. Shomaxmudova ,, Maxsus va inklyuziv ta’lim xalqaro va milliy tajribalar’’-

o‘quv uslubiy qo‘lanma.Toshkent 2011.

4. “Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish”

mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-2002 yil.

5. Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopyediya. T., 1995

6. R. Sh. Shomaxmudova, T. V. Tolmaskaya, M. V. Saipova 2008 y.

7. R. Shomaxmudova, D. Tulaganova, A. Berdiyeva, ― Jismoniy rivojlanishida

muammolari bulgan bolalar bilan inklyuziv ta’limi tizimida olib boriladigan

korreksion pedagogik ishlar. 2007 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

132

8. L. R. Muminova, R. Shomaxmudova ― Imkoniyati cheklangan bolalarni

individual korreksion / rivojlantirish dasturining metodik asoslari uslubiy

tavsiyanoma 2007y.

9. D.S.Qaxarova ―Inklyuziv ta‘lim texnologiyasi Toshkent. 2014

10. Р.Шомахмудова, Д.Тулаганова, А.Бердиэва. Жисмоний ривожланишида

муаммолари бўлган болалар билан инклюзив ва махсус таълим тизимида олиб

бориладиган коррекцион педагогик ишлар. Тошкент: 2007 й.

Most read articles by the same author(s)