MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
475
MADANIY O’ZIGA XOSLIKNI SHAKLLANTIRSHDA TILNING
AHAMIYATI
Eshmurodova Dildor Normuratovna
Pedagogika kafedrasinng o’qituvchisi. Ilmiy rahbar.
Mamadiyeva Marjona Baxtiyor qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti “Pedagogika” yo’nalishi 2-bosqich
talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada madaniyat, madaniy o’ziga xoslik, madaniy
o’ziga xoslikni shakllantirishda tilning ahamiyati, bir-biri bilan uzviy bog’liqligi
hamda roli qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi haqida boradi. Madaniyat
insonning o’ziga xosligini belgilovchi xususiyat bo’lib, u o’zini va ular bilan tanishgan
jamoani qanday ifodalashiga hissa qo’shadi. Madaniyatni keng ma’noda bir guruh
odamlar tomonidan yaratilgan, ajdoddan-avlodga o’tadigan turmush tarzi yig’indisi
sifatida ko’rish mumkin. Til madaniyatning ajralmas qismidir. Qadriyatlar, e’toqodlar
va urf-odatlarni yetkazish yordamchisi sifatida til katta ahamiyatga ega. Tilni
yo’qotish madaniyat va o’zlikni yo’qotish bilan tengdir.
Kalit so’zlar: madaniyat, madaniy o’ziga xoslik, til va madaniyat, tilning o’rni,
Alisher Navoiy, “til-millat ko’zgusi”.
Аннотация: В этой статье речь пойдет о культуре, культурной
идентичности, важности языка в формировании культурной идентичности,
его взаимосвязи и роли. Культура-это определяющая черта личности человека,
которая способствует тому, как он представляет себя и сообщество, с
которым он идентифицирует себя. Культуру в широком смысле можно
рассматривать как совокупность образов жизни, созданных группой людей,
передаваемых от предка к потомку. Язык-неотъемлемая часть культуры. Язык
имеет большое значение как помощник в передаче ценностей, убеждений и
традиций. Потеря языка приравнивается к потере культуры и идентичности.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
476
Ключевые слова: культура, культурная самобытность, язык и культура,
роль языка, Алишер Навои, “язык-зеркало нации”.
Madaniyat bilan madaniy o’ziga xoslik tushunchalari bir-biri bilan uzviy
bog’liq. Xususan “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr, jamiyat, elat va
millat shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xosligini izohlash uchun
qo’llaniladi. Madaniyat odamlarning fikr mulohazalari o’zgarishi, o’z dunyoqarashi
shakllanishi, o’ziga xosliklarni yaratish, o’z e’tiqodlari an’analari, urf-odat va
qadriyatlarini ifodalaydigan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Yoki nemis sotsiologi Georg
Simmelning fikricha madaniyat “tarix davomida ob’ektivlashtirilgan tashqi shakllar
orqali insonning shakllanishini”anglatadi. Shunday qilib, madaniyat juda keng talqin
qilinadi. Madaniyat arab tilidan olingan bo’lib, madina (shahar) degan ma’noni
anglatadi. Arablar kishilar hayotini 2 turga: birinchisi badaviy yoki sahroiy turmush,
ikkinchisini esa madaniy turmush deb atashgan. Badaviylik –ko’chmanchi tarzda
dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga nisbatan, madaniy turmush esa shaharda o’troq
tarzda yashab, o’z turmush tarziga ega bo’lgan xalqlar nazarda tutilgan. O’rta asr
madaniyatining buyuk namoyondalari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Sino va boshqa
mutafakkirlar shahar turmush tarzini jamoaning yetukligi sifatida fikr yuritganlar.
Masalan: Abu Nasr Farobiy fikricha, har bir inson o’z tabiatiga ko’ra “oliy darajadagi
yetuklikka erishish uchun intiladi” bunday yetuklikka esa faqatgina shahar jamoasi
orqali erishiladi. Farobiyning ta’kidlashicha, madaniy jamiyat va madaniy shahar
shunday bo’ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-hunar ozod, hamma tengdir,
insonlar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi xohlagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan
shug’ullanadi. XIX-asrning ikkinchi yarmida ma’rifatning cho’qqisiga chiqqan
ma’rifatparvarlik harakitining namoyondalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Ahmad
Donish, Avaz O’tar va boshqa bobokalonlarimiz xalqni madaniyatli qilishning omili
ilm ma’rifatni egallashda deb bildilar. Masalan, Furqat fikricha ilm fan bir mash’al
bo’lib, insoniyatning baxt saodat yo’lini yoritib turishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida bo’lganidek, madaniyat sohasida ham bir qancha islohotlar olib borildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
477
Shaklan ham, mazmunan ham madaniyatning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar
yaratildi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash,
rivojlantirish sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda madaniyatni
shakllantirish uchun ham alohida e’tibor berilmoqda. Xalqimizning ma’naviy
qadriyatlariga, an’analarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni asrab-avaylash va
rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy, ma’anviy
merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “O’ziga xoslik” tushunchasi
psixologiya, madaniy va ijtimoiy antropologiya kabi fanlarda keng qo’llaniladi.
Madaniy o’ziga xoslik bu shaxsning ijtimoiy-madaniy makonda o’z o’rnini aniqlash,
anglash va o’zini tevarak atrofdagi dunyoda erkin yo’naltirish imkonini beradigan
ijtimoiy guruhga mansubligini anglashidir. Shaxsning boshqa shaxsga bo’lgan ehtiyoji
har bir inson o’z hayotiy faoliyatida ma’lum bir tartibga muhtojligidan kelib chiqadi, u
bunga faqat boshqa odamlar jamoasida erisha oladi. Buning u shu jamiyatda hukmron
bo’lgan ma’naviy elementlari, odatlari, me’yorlari, qadriyatlari va atrofidagi odamlar
tomonidan qabul qilingan boshqa aloqa vositalarini ixtiyoriy ravishda qabul qilishi
kerak. Jamodagi ijtimoiy hayotning barcha ana shu ko’rinishlarini o’zlashtirib olish
inson hayotiga tinchlik, xotirjamlik va tartib beradi, shuningdek uni muayyan
madaniyatga beixtiyor jalb qiladi. Shuning uchun, madaniy o’ziga xoslikning mohiyati
insonning o’ziga xos madaniy me’yorlar va xatti-harakatlar namunalarini, qadriyat
yo’nalishlari va tilini ongli ravishda qabul qilishida, o’zligini ma’lum bir jamiyat va
jamoada o’z o’zidan qabul qilingan madaniy xususiyatalar nuqtai nazaridan
tushunishidir. Shaxsning o’ziga xosligi o’zi tegishli bo’lgan ijtimoiy-madaniy guruhga
nibatan qarashlari va munosabati natijasida vujudga keladi. Lekin inson bir vaqtning
o’zida ko’plab ijtimoiy-madaniy guruhlarning a’zosi bo’lganligi tufayli, u bir vaqtning
o’zida bir nechta xosliklarga ega. Bu uning jinsi, millati, irqi, dini, kasbi va hayotiy
faoliyatida boshqa jihatlarida aks ettiradi. Bu xosliklar bizni boshqa odamlar bilan
bog’laydi, ammo shu bilan birga, har bir insonning tafakkuri, fikrlash qobiliyati va
o’ziga xos tajribasi bizni bir-birimizdan ajratib turadi. Ma’lum darajada
madaniyatlararo
muloqotni
bir-biriga
qarama-qarshi
o’ziga xosliklarning
munosabatlari sifatida ko’rish mumkin, chunonchi suhbatdoshlarning o’ziga xosligi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
478
bir-birini to’ldiradi. Shunday qilib, suhbatdoshning shaxsida noma’lum va notanish
narsa tanish va tushunarli bo’lib qoladi va biz suhbatdoshimizdan bizga mos keladigan
xatti-harakatlar va gap-so’zlarni kuta boshlaymiz. O’ziga xosliklarning o’zaro ta’siri
aloqadagi munosabatlarni muvofiqlashtirishni yengillashtiradi shuningdek, muloqot
davomiyligini ta’minlaydi. Hamda, u yoki bu turdagi madaniy o’ziga xoslik aloqa
uchun to’siqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Suhbatdoshning kimligiga qarab, uning
nutq uslubi, muomala madaniyati, muloqot mavzulari, imo-ishoralari o’rinli yoki
o’rinsiz ko’rinishi mumkin. Shu tarzda madaniyatlararo muloqotning asosiy
prisiplaridan biri bo’lgan madaniy o’ziga xosliklarning xilma-xilligi ayni paytda unga
to’sqinlik qiladi. Madaniyatlararo muloqotda madaniy o’ziga xoslik ikki tomonlama
vazifani bajaradi. Birinchidan, muloqot qiluvchilarga bir-biri haqida ma’lum bir fikrni
shakllantirishga, suhbatdoshlarning xatti-harakati va qarashlarini o’zaro bashorat
qilishga imkon beradi, muloqotni yengillashtirdi. Madaniyatlararo muloqot madaniy
o’ziga xoslikka yordam beruvchi vazifasi hisoblanadi. Ikkinchidan, uning cheklovchi
vazifasi tezda o’zini namoyon qiladi, ya’ni aloqa jarayonida qarama-qaarshiliklar,
kelishmovchilik va nizolar paydo bo’ladi, shu sababli madaniy o’ziga xoslik mumkin
bo’lgan o’zaro tushunish doirasiga tushuriladi va turli xil kelishmovchilik, nizolarga
olib keladigan jihatlar bartaraf etiladi. Turli madaniyat vakillari o’rtasidagi muloqot
jarayonida dunyoning turli madaniy o’ziga xos qarashlari to’qnashadi, bunda
suhbatdoshlarning har biri dastlab bu qarashlardagi farqlarni anglaydilar, har biri o’z
g’oyalarini normal deb hisoblaydi, boshqasining g’oyalarini esa g’ayritabiiy.
Madaniyatlararo aloqalar ko’pincha o’zaro madaniyatlarning bir-biriga kuchli ta’siri
bilan tugaydi. Bunday ta’sir orqali madaniy innovatsiyalar bir madaniyatdan
boshqasiga o’tadi. Har qanday jamiyat uchun bu kabi madaniy aloqalar ijobiy va salbiy
ma’noga ega. Bir tomondan, ular madaniyatlarning o’zaro boyishiga, xalqlarning
yaqinlashishi va shakllanishiga hissa qo’shadi. Boshqa tomondan, bunday ta’sir
muayyan jamoaning madaniy o’ziga xosligini yo’qotish xavfini oshiradi. Bunday
jarayonlarning ko’rinishlaridan biri madaniy o’ziga xoslikdagi o’zgarishlardir.Til va
madaniyat o’rtasida uzviy hamkorlik mavjuddir. Bu borada V.F.Gumbold madaniy
rivojlanish jarayonining natijalari madaniyatning tilga ta’sirini tekshirishdan ko’ra
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
479
ko’proq, tilning madaniytaga ta’sirini tekshirishga bog’liq bo’lishini yozadi. Turli
mamlakatlar olimlari tomonidan til va madaniyat o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan
turli izlanishlar olib borilmoqda. Har bir millatning o’zligini anglatadigan,
ifodalaydigan oynasi bu uning ona tili va adabiyotidir. Ona tili - millatning ruhi,
shukuhi, uning or-nomusi, ma’naviy, madaniy qiyofasi, orzu-umidalarining
namunasidir. Til millatning birligi va birdamligining timsoli. U millatni yagona xalq
sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoni borligini ta’minlaydi. Har bir millatning
o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror tili ham bo’ladi. Inson uchun
uning ona yurti, ota-onasi, oilasi va qarindosh urug’lari qanchalik qadrli bo’lsa, uning
tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki go’dak ham o’z yurtini, ota-
onasini, dunyoni o’z tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzandni tarbiya qilishda
onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayoti davomida o’z o’rnini topishida,
kamolotga erishuvida, komil inson bo’lib yetishishida tilning o’rni katta ahamiyatga
ega. Shu bois tilni onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til insoniyatning eng muhim
ijtimoiy hodisalaridan biri bo’lib, nafaqat aloqa vositasi, balki madaniyatni saqlash va
rivojlantirshning asosiy omillaridan biridir. Har bir xalqning tili, uning tarixiy xotirasi,
milliy o’ziga xosligi va madaniy merosini ifodalaydi. Til orqali millatning
psixologiyasi, urf-odati, fikrlash tarzi, ijodiy ishlash usullari, axloqiy va ma’naviy
holati kabi muhim xususiyatlar paydo bo’ladi. Turklarning buyuk ma’rifatparvar
ijodkori Ismoil Gaspirali aytganidek: “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va
dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug’urib olinsa, bu millat tanazzulga
yuz tutur”. Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi.
Bobokalonlarimiz qadimdan tilni asrab avaylashgan, rivojlantirishga o’z hissalarini
qo’shganlar. Masalan: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va
boshqa bobkalonlarimiz o’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar.
Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon
etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Sababi buyuk adabiyoti bo’lgan xalqning buyuk tili ham
bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebeaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki
millatning tarixi, rivojlanishi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odati va an’analari
unda mujassam bo’ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdig’aniyevich Karimovning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
480
ta’biri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Tilsiz millat
rivojlanmaydi, shakllanmaydi, taraqqiy etmaydi. Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi.
Buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy bobomizga tegishli quyidagi so’zlar
hammamizga tanish: “Ko’ngil qulfi mahzanin qulfi til va ul qulfin kalitin so’z bil”.
inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. Ko’plab adiblarimiz til
haqida o’zlarining hikmatli so’zlarini aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan:
“Til-millat ko’zgusi”, “Til millatning bebaho boyligi” va boshqalar. Til- millatning
ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi balki xalqning madaniyati, urf-odat,
an’ana va uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o’z
navbatida o’zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlab qolishi,
yanada shakllantirish uchun esa bu tillarni qo’llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til
tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni
tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu tufayli ham har bir
xalq o’z tilini saqlab qolish uchun harakat qiladi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-
odatlari, madanaiyati uning tilida o’z ifodasini topadi. Bugungi kunda jahonning
barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari,
sportchilarimiz g’alabalari sharafiga o’zbek tilida madhiyamiz kuylanayotgani
barchamizga ma’lum. Biz o’z ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini
oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga
tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz lozim.
Til va madaniyat o’rtasida uzviy hamkorlik mavjuddir. Bu borada
V.F.Gumbold madaniy rivojlanish jarayonining natijalari madaniyatning tilga ta’sirini
tekshirishdan ko’ra ko’proq, tilning madaniytaga ta’sirini tekshirishga bog’liq
bo’lishini yozadi. Turli mamlakatlar olimlari tomonidan til va madaniyat o’rtasidagi
munosabatlar yuzasidan turli izlanishlar olib borilmoqda.
Til va madaniyat bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, biri ikkinchisini
shakllantiradi va aks ettiradi. Til madaniyatning ajralmas qismi. Til orqali biz madaniy
merosni saqlaymiz va avlodlarga yetkazamiz. Shuningdek, til madaniyatlararo
muloqotda muhim rol o’ynab, boshqa xalqlar madaniyatini tushinish va hurmat qilish,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
481
o’rganishga yordam beradi.Til milliy o’ziga xoslikning tarkibiy qismi bo’lib, u
millatning o’zligini anglash saqlash va shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ona
tilida muloqot qilish huquqiga ega bo’lmaslik, odamlar o’rtasidagi insoniy va tabiiy
munosabatlarni buzish xavfini tug’diradi. Shuningdek, o’z ona tilisini yaxshi bilgan
shaxs boshqa tillarni osonroq o’rganadi va bu tilning madaniy o’ziga xosligini boyitadi.
Til millatning ma’naviy va madaniy ajralmas qismi bo’lib, har bir xalqning o’ziga
xosligini belgilovchi asosiy vositalardan biridir. Til va madaniyatning o’zaro
bog’liqligi quyidagicha: Til xalqning o’zligini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. U
millat vakillarini birlashtirib, o’ziga xos madaniy merosni shakllantirishda yordam
beradi. 2. Til orqali xalqning qadimiy urf-odatlari, an’analari, afsonalari va qadriyatlari
keyingi avlodlarga yetkaziladi. 3. Har bir tilga xos bo’lgan ifoda vositalari, so’zlashuv
shakllari o’ziga xos madaniy tafakkurni shakllantiradi. 4. Til jamiyat ichida aloqa
qilish, madaniyatlararo muloqot olib borish, hamjihatlikni ta’minlash va milliy
birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Tilning madaniy o’ziga xoslikni
shakllantirishdagi roli katta. Masalan: Adabiyot va san’at - har bir xalqning adabiyoti
va san’ati o’z ona tilida yaratilgan asarlar orqali boyitiladi va tarbiyaviy ahamiyat kasb
etadi. Diniy va falsafiy qarashlar - har bir til orqali xalqning diniy qarashlari, fikrlash
va falsafiy tushunchalari shakllanadi va rivojlanadi. Ilm-fan va ta’lim - ona tili orqali
ta’lim olish milliy tafakkurni, ongni shakllantiradi va ilmiy merosni saqlab qolishda
muhim rol o’ynaydi. Til madaniy o’ziga xoslikni shakllantirishda asosiy omil bo’ib, u
millatning tarixi, kelib chiqishi, rivojlanishi, madaniyati va ma’naviyatini yaqqol
namoyon qiladi. Shuningdek, til madaniyatni ifodalashning ajralmas qismi bo’lib,
qadriyatlar, e’tiqodlar va urf-odatlarni yetkazish vositasi sifatida u katta ahamiyatga
ega. Hamda til guruhning o’ziga xosligi va birdamlik tuyg’ularini rivojlantiradi. Til
madaniy an’analarni va umumiy qadriyatlarini yetkazish va saqlash uchun vositadir.
Tilni saqlash va rivojlantirsh orqali biz madaniy merosimizni asrab-avaylaymiz va
kelajak avlodga yetkazamiz.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Abdullayev M. Madaniyatshunoslik asoslari. Farg’ona, 1998.
2. Gulmetov E. Madaniyatshunoslik. T: 2001.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
482
3. Xayrullayev M. M; SHorahmedov D.A., Madaniyat va meros. T: 1973.
4. B.To’xliyev. Adabiyot o’qitish metidikasi. T: 2010.
5. N.N. Azizxodjayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent
2006.
6. С.А.Хайдаров. (2020). Педагог укитувчилара ахборот-коммуникатсия
куникмасини шакллантириш асослари.
7.Хайдаров.С.
(2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик
технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари.