MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
191
YORUG’LIK VA HARORAT DATCHIKLARINING ASOSIY
PARAMETRLARI
M.Atajanov.
Andijon davlat texnika instituti,
Elektr va energetika muhandisligi fakulteti
Muqobil energiya manbalari” kafedrasi dotsenti.
To’ranazarov Xayrullo Abduhamid o’g’li
Andijon davlat texnika instituti
Energiya tejamkorligi va energiya audit yo‘nalishi,
4-kurs talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yorug‘lik va harorat datchiklariningasosiy
parametrlari tahlil qilingan. Yorug‘lik va harorat datchiklarining to‘g‘ri tanlanishi
ularning ishlash samaradorligini ta'minlaydi hamda tizimning umumiy ish faoliyatini
yaxshilaydi. Ushbu maqolada keltirilgan parametrlarga e’tibor berish orqali
foydalanuvchilar o‘z ehtiyojlariga mos keladigan eng yaxshi yechimlarni topa
olishadi.
Kalit so
‘
zlar: spektral javob berish diapazoni, kuchlanish istemoli, yorug‘lik
oqimi, monoxramatik nurlanish, spektraskopiya, spektral sezgirlik.
Yorug‘lik va harorat datchiklari zamonaviy texnologiyalar va ilm-fanda muhim
rol o‘ynaydi. Ushbu datchiklar, asosan, muhit sharoitlarini monitoring qilish,
avtomatlashtirish tizimlarini boshqarish va energiya samaradorligini oshirish uchun
qo‘llaniladi.
Yorug‘lik datchiklari, fotodiodlar yoki fototransistorlar yordamida atrof-
muhitdagi yorug‘lik darajasini o‘lchaydi. Ular asosan quyidagi asosiy parametrlar
bilan tavsiflanadi: sezgirlik, javob berish tezligi, spektral javob berish diapazoni va
kuchlanish istemoli. Ushbu parametrlar datchikning ishlash samaradorligi va uning
turli sohalarda qo‘llanilishi uchun muhimdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
192
Fotodatchiklarning integral sezgirligi
(S)
deb – tok yoki kuchlanish birligidagi
elektr signali kattaligini uning kirishiga berilayotgan yorug‘lik oqimining lumenlarda
ifodalangan kattaligiga nisbatiga aytiladi. Biroq spektraskopiyada energiya
birliklarida ifodalangan monoxramatik nurlanishga bog‘liq bo‘lgan spektral sezgirlik
S
λ
ko‘proq ma’lumot beradi. Integral sezgirlik S va spektral sezgirlik S
λ
o‘zaro
quyidagi munosabat orqali bog‘langan:
'
0
0
680
( )
ГР
m
S
S P d
S
Ф
P d
(1.11)
bu yerda : S
λm
energiya birligida
W
,
V
W
A
, ifodalangan maksimal spektral
sezgirlik,
m
S
S
S
'
-nisbiy spetral sezgirlik, P – sezgirlikni o‘lchashda
ishlatiladigan T = 2850 K li standart manbadan chiqayotgan nurlanish quvvatining
spektral zichligi,
ГР
- datchik sezgirligining uzun to‘lqin soxadagi chegarasi,
Ф
- ko‘rinish egriligi. Formula maxrajidagi sonli koeffitsiyent ko‘zning maksimal
sezgirligi λ = 0.555 mkm ga mos keluvchi 680Lm/W
ga teng nurlanishning fotometrik
ekvivalenti [1-2].
1-rasm. Shovqin signali kuchlanishi vaqt bo‘yicha (a) va uni chastotaga
bog‘liq o‘rtacha kvadratik qiymatini o‘zgarishi (b).
Chegaraviy sezgirlik datchik chiqishidagi xususiy shovqindan ajratsa
bo‘ladigan minimal signal bilan tavsiflanadi. Chiqishdagi shovqinning oddiy
ko‘rinishi kuchlanish
U
m
va vaqtga bog‘liqlik funksiyasi ko‘rinishida 1–rasmda
tasvirlangan. Xaotik o‘zgaruvchan signalni turli xil
(f)
chastotali, amplitudali va fazali
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
193
garmonik signallar yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Kichik chastota
soxasida shovqin kuchlanishning o‘rtacha kvadratik spektral zichligi chastotaga
teskari bog‘lanish orqali ko‘tariladi.
Agar datchikka optik signal vaqt bo‘yicha o‘zgarmasdan tushayotgan bo‘lsa
xamda datchik chiqishiga o‘tkazish soxasi f = 0 dan f = f
1
gacha (1-rasm) bo‘lgan
keng soxali kuchaytirgich ulangan bo‘lsa, u xolda soxaga mos keladigan barcha
shovqin foydali signalga qo‘shilgan bo‘ladi. Bu xolatda signalning kuzatilishida
signal-shovqin munosabati katta emas. Signal shovqin munosabat qiymatini oshirish
uchun datchikka tushayotgan nurlanish modulyatsiyalanadi va ∆f kenglikdagi qisqa
soxali kuchaytirgich tizimi o‘z ichiga chastotaviy modulyatsiya f
mod
ni ham oladi. U
xolda butun kuchaytiriladigan signalning ∆f soxasidagi shovqin kam bo‘lgan qismi
kuchaytiriladi. Modulyatsiya chastotasini past chastotali sohadan uzoqroqdn tanlagan
qulayroq, chunki inersionlik sababli ko‘pchilik qabul qilgichlarda modulyatsiya 5-
100 Gts chastotada amalga oshiriladi. [1-5]
Sezgirlik chegarasini kriteriysi deb chiqish signalini kuchlanishi deb faraz
qilinadi U
chiq
uning chastotasi optik signalni modulyatsiya chastotasi
f
mod
va shovqinni
U
ш
o‘rta kvadratik kuchlanishi
∆f=1Gts
polasaga kirgan va markazi
f= f
mod
bo‘lgan
bilan mos keladi. Sezgirlik chegarasi P
por
qabul qilgichni kirishidagi optik signalni
shunday qiymatiga mos keladiki, shunda uning chiqishidagi signal – shovqin
kuchlanishi nisbati
∆f=1Gts
polasada qayta hisoblanganda birga teng bo‘ladi.
P
por
kattalik ma’lum haroratdagi qora jismni nurlanishini qabul qilgichni
yoritishi bilan aniqlanadi. Shuning uchun P
por
ni son qiymati kattaligi bir vaqtni o‘zida
qora jism harorati modulyatsiya chastotasi kengligini ko‘rsatishi kerak. Masalan,
P
por
= (500K, 10, 1) yozuv shuni bildiradiki
P
por
T=500K haroratda
f
mod
=10Hz va ∆f=1Hz
da o‘lchangan.
Tanib olish (detektorlash) hususiyati D
qabul qilgichni kattaligi deb P
por
:D=1/
P
por
ga teskari kattalikka aytiladi. P
por
kattalik qabul qilgichni yuzasiga A
pr
ga bog‘liq
va tahminan
pr
A
proporsional. Turli o‘lchamdagi qabul qilgichlarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
194
hususiyatlarini solishtirish uchun solishtirma topib olish hususiyati degan kattalikka
aytiladi, u yuzaga bog‘liq bo‘lmaydi:
por
pr
P
A
D
*
(1.12)
Kompensatsiyalangan kremniy asosida kuzatilgan avtotebranishlarni har
tomonlama o‘rganish asosida nafaqat qattiq jism generatorlarini yaratish mumkinligi,
balki tashqi fizik kattaliklarning o‘zgarishiga o‘ta sezgir bo‘lgan yangi turdagi
funksional datchiklarni ham yaratish mumkinligi ko‘rsatib berildi [5-6].
Kompensatsiyalangan kremniydagi avtotebranish parametrlariga (amplituda,
chastota) magnit maydon kuchlanganligining ta’siri o‘rganilganda, parametrlarning
magnit maydon kuchlanganligini o‘zgarishiga o‘ta sezgirligi aniqlandi. Tajriba
natijalari asosida magnit maydon kuchlanganligining qiymati H=0÷25 kEr oralig‘ida
o‘zgarganida avtotebranish amplitudasi 18 marta, chastota 180 % ga o‘zgarishi
aniqlandi. Bunda, magnit maydon kuchlanganligining yo‘nalishi materialdan
o‘tayotgan tok oqimining yo‘nalishiga parallel va perpendikulyar qilib olinganda ham
avtotebranish parametrlarining magnit sezgirligi deyarli bir xil bo‘ldi.
Avtotebranishlar asosida yaratilishi mumkin bo‘lgan yana bir funksional
datchik bir o‘qli bosimni sezuvchi tenzodatchik bo‘lib, bunda ham bir o‘qli bosim
qiymatini o‘zgarishi avtotebranish amplitudasi va chastotasini qiymatiga kuchli ta’sir
etishi aniqlangan edi. Bunday tenzodatchiklarni yana bir ahamiyati shundaki,
kompensatsiyalangan kremniy materialining o‘stirilgan kristall o‘qiga bog‘liq
tenzosezgirlik ham turlicha bo‘lar ekan. Bunday datchiklarda ma’lumotlar amplituda
– chastotali signal chiqishiga ega bo‘lib, ulardan axborotlarni uzoq masofalarga
uzatishda yoki hotira qurilmalarida saqlashda bu usuldan samarali foydalanish
mumkin bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Carlo Jacoboni. «Theory of Electron Transport in Semiconductors». Berlin:
Springer-Verlag Berlin Heidelberg. 1st ed. 2010. P. 590.
2. Пул-мл.Ч., Оуэнс Ф. «Нанотехнологии». Учебное пособие. – М.: Техносфера,
2010. – 336 с.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–1_Июнь –2025
195
3. Bahodirxonov М.К., Qurbonova O‘. H, Isayev F.M., Muradagayeva М.V.
«Nanoelektronikaning fizik tushunchalari bo‘yicha izohli lug‘at». – T.: Meriyus,
2010. – 136 b.
4. Z.M.Soxibova. Yarimo‘tkazgich materiallar tuzilishi va ularning xossalari.
NamMTI ilmiy-texnika jurnali, volume 9, Issue 2, 2024, 813-821 bet
5. S. Zaynabidinov, Z.M.Soxibova, M. Nosirov. A method for determining the
thermal conductivity of granulated silicon in which alkali metal atoms are included.
// The Way of Science International scientific journal, 2022. № 3 (97), (Global Impact
Factor 0.543, Австралия). - P. 15-17
6. С.З.Зайнабидинов, З.М.Сохибова, Б.М.Абдурахманов, Х.Б.Ашуров,
М.М.Адилов.
Зависимость
электропроводности
гранулированнқх
полупроводников от размер гранул. // Scientific Bulletin. Physical and
Mathematical Research. 2021. Vol. 3, Issue 2. – C. 13-18. (01.00.00, №13)
7.
Qosimov, O. A., & Sh, S. (2024). RK-4 RUSUMLI SILKITUVCHI
MASHINALARNING
TEHNIKAVIY
TAVFSIFLARI.
Лучшие
интеллектуальные исследования, 14 (2), 206–211.
2.
Shuhratbek o'g'li, M. Q. Sharobiddinov Saydullo O'ktamjon o'g'li Andijan
machine building institute.(2023). OBTAINING SENSITIVE MATERIALS THAT
SENSE LIGHT AND TEMPERATURE. Zenodo.