Authors

  • Obidova Ruxshona Vohid qizi
  • I.B. Xudoynazarov

Author Biographies

  • Obidova Ruxshona Vohid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

    Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Turkiya tarixi yo‘nalishi

    Turk-ingliz guruhi 2-bosqich talabasi

    Obidovaruxshona56@gmail.com

  • I.B. Xudoynazarov

    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117004

Keywords:

Boburiylar Usmoniylar Shoh Jahon Shoh Jahongir Sarı Abdulloh Efendi Düsturu’l-İnşâ diplomatik maktublar Safaviylar sunniy ittifoq Kandahor mojarosi musulmon imperiyalari XVII asr diplomatiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada XVII asrda Boburiylar va Usmoniylar o‘rtasida shakllangan diplomatik aloqalar tarixiy manbalar asosida, xususan Sarı Abdullohning “Düsturu’l-İnşâ” ( “Munshaot”) nomli asari doirasida tahlil etiladi. Maqolada Shoh Jahon  davrida yuzaga kelgan tashqi siyosiy muhit, ayniqsa Safaviylar tahdidiga qarshi tuzilgan sunniy ittifoq g‘oyasi va bu yo‘ldagi diplomatik muloqotlar o‘rganiladi. Boburiy hukmdorlarining Usmoniy sultonlariga yuborgan maktublari, ularning mazmuni, uslubi va siyosiy maqsadlari asosida ikki imperiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murakkab, ammo strategik xarakteri yoritib beriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

393

BOBURIYLAR VA USMONIYLAR IMPERIYASI O‘RTASIDAGI

DIPLOMATIK MUNOSABATLARNI SARI ABDULLOHNING

“MUNSHAOT” ASARI ASOSIDA TAHLILI

Obidova Ruxshona Vohid qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Turkiya tarixi yo‘nalishi

Turk-ingliz guruhi 2-bosqich talabasi

Obidovaruxshona56@gmail.com

Ilmiy rahbar: I.B. Xudoynazarov

Annotatsiya: Ushbu maqolada XVII asrda Boburiylar va Usmoniylar

o‘rtasida shakllangan diplomatik aloqalar tarixiy manbalar asosida, xususan Sarı

Abdullohning “Düsturu’l-İnşâ” ( “Munshaot”) nomli asari doirasida tahlil etiladi.

Maqolada Shoh Jahon davrida yuzaga kelgan tashqi siyosiy muhit, ayniqsa

Safaviylar tahdidiga qarshi tuzilgan sunniy ittifoq g‘oyasi va bu yo‘ldagi diplomatik

muloqotlar o‘rganiladi. Boburiy hukmdorlarining Usmoniy sultonlariga yuborgan

maktublari, ularning mazmuni, uslubi va siyosiy maqsadlari asosida ikki imperiya

o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning murakkab, ammo strategik xarakteri yoritib

beriladi.

Kalit so‘zlar: Boburiylar, Usmoniylar, Shoh Jahon, Shoh Jahongir, Sarı

Abdulloh Efendi, Düsturu’l-İnşâ, diplomatik maktublar, Safaviylar, sunniy ittifoq,

Kandahor mojarosi, musulmon imperiyalari, XVII asr diplomatiyasi.

Boburiylar bilan Usmoniylar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar Humoyun

(1530–1556) davrida boshlangan deb hisoblanadi. Sari Abdullohning “Munshaot”

asarida Humoyun Shohning Seydi Ali Reis orqali Sulton Sulaymonga yuborgan

maktubi keltirilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning qanday kechganini

tushunishda eng muhim manbalardan biri bu — Sulton Murad IV davrida rais-ul-

kuttob lavozimida faoliyat yuritgan Sari Abdulloh Efendining Munshaot


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

394

majmuasidir. Ammo ushbu majmuaga o‘tishdan oldin, Boburiylar sulolasiga nom

bergan Bobur Shohning Usmoniylar haqidagi fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tish

o‘rinlidir. Bobur (1526–1530) o‘zining Boburnoma asarida Hindistonni zabt etishda

jangovar strategiyasini “Rumcha”, ya’ni Usmoniycha uslubda amalga oshirganini

aytadi

1

. Shuningdek, armiyasida otashli qurollar texnologiyasini yaxshi bilgan,

masalan, Usmoniylar fuqarosi bo‘lgan Mustafa Rumiy singari “tüfengendözlar”

(miltiqchilar) bo‘lganini qayd etadi. Boburnomada Mustafa Rumiy kabi Usmoniylar

fuqarosidan bo‘lgan shaxslarga minnatdorlik va ehtirom bilan to‘xtalinadi. Bu esa

ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevorga ega bo‘lganini ko‘rsatadi.

Biroq shuni aytish kerakki, Boburnomada davrning Usmoniy sultoniga biror aniq

ishora yo‘q. Balki bu holat har ikki davlat bir-birini hali yetarli darajada tanimasligi

bilan bog‘liqdir

2

.

Bobur ona tomonidan Chingizxon, ota tomonidan esa Amir Temur avlodidan

hisoblanadi. Bunday yuksak nasabga ega bo‘lgan Boburiy hukmdorlar o‘zlarini

Chingizxon va Temurning merosxo‘rlari deb bilishgan. Akbar Shoh (1556–1605)

Buxoro xoni Ubaydulloxonga yuborgan maktubida bir kuni Makka va Madinada

xutba o‘z nomidan o‘qilishini orzu qilganini bildirgan. Hatto Akbar Shohning o‘g‘li

— Salim Jahongir (1605–1627) o‘zining Jahongirnoma nomli xotiralarida

Usmoniylar ilgari Amir Temurga xiroj to‘lashganini eslatib, Temurning avlodlari

bo‘lgan Boburiylar Usmoniylardan ustun ekanini imoli tarzda bayon etgan.

Akbarshoh va uning o‘g‘li Jahongirning bu salbiy munosabatiga qaramay, Shoh

Jahon (1627–1657) davrida Boburiylar bilan Usmoniylar o‘zaro elchilar

almashganlari ma’lum. Jahongir saltanatining so‘nggi yillarida Boburiylarning

Safaviylarga qarshi Usmoniylar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga intilgani

kuzatiladi. Bu o‘zgarishda faqatgina Qandahor masalasi emas, balki Jahongirning

otasi Akbarshohning ta’siridan chiqib, o‘ziga xos siyosat yuritishga intilishi ham

muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Qandayki, Safaviylar tarafidan Bag‘dod

1

Casale, Giancarlo. Usmoniylarning kashfiyotlar davri, Oksford universiteti nashriyoti, 2010.

2

Abdurahmon Abdi Posho. Voqealar kitobi | Usmoniy tarixi (1648–1682), nashrga tayyorlovchi: Fahri Ç. Derin,

Istanbul: Çamlıca, 2008

.



background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

395

yo‘qotilgach, Usmoniylar davlatida sulton Murod IV kabi kuchli sulton paydo

bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday Qandahor qo‘ldan ketgach, Boburiylar davlatida ham

Shoh Jahon kabi hukmdor yetishib chiqdi. Albatta, Shoh Jahon yuritgan siyosatda

otasining so‘nggi yillaridagi voqealar katta ta’sir ko‘rsatgan. Sari Abdullohning

Munshaot asarida Jahongir bilan bog‘liq maktublarga ham o‘rin berilgan

3

.

“Düsturu’l-inshо” asarida Hindiston bilan bog‘liq maktublar. Salim

Jahongirning Usmoniylarga nisbatan salbiy munosabati Shoh Abbos tomonidan

Qandahorning Boburiylardan tortib olinishi ortidan o‘zgargan. Ushbu voqeadan avval

Safaviylar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish maqsadida Usmoniylardan uzoq turishni

ma’qul ko‘rgan Jahongir, Qandahorni boy bergach, Safaviylarga qarshi Usmoniylar

va O‘zbeklar bilan birgalikda sunniy ittifoq tuzishga uringan. Munshaot majmuasida

keltirilgan maktub aynan mana shu izlanishning mahsuli hisoblanadi. Salim Jahongir

tomonidan yuborilgan maktubda quyidagilar qayd etilgan: Buxoro xonining amakisi

Istanbulga kelgani, Shoh Abbosga qarshi harakat boshlanganligi, agar Hind diyori

tomon Safaviylar tomonidan biror tahdid yuz bersa, Usmoniylar va O‘zbeklar

yordamga kelishlari aytilgan. Shuningdek, maktubda: “Ilgari O‘zbek xonining o‘g‘li

bo‘lgan, hozirda esa Buxoro xoni bo‘lgan Bahodir Imomqulixonning amakisi bo‘lgan

Muhammadxon ikki oy Istanbulga kelgan”, deb yozilgan. Muhammadxon Makka

orqali Hindistonga yo‘l olmoqchi bo‘lgani ham tilga olingan

4

.

Jahongir va Shoh Abbos o‘rtasidagi yozishmalariga keladigan boʻlsak, Sari

Abdulloh Efendi o‘zining “Munshaot” majmuasida Boburiylar sultoni Salim Shoh

(ya’ni Jahongir) tomonidan Shoh Abbosga yuborilgan maktub va Shoh Abbosdan

kelgan javob maktubini ham keltiradi. Majmuada Qandahor Safaviylar qo‘liga

o‘tganidan keyin yozilgan qattiq ohangdagi maktublar o‘rin olgan. Jahongir,

Qandahorning Shoh Abbos tomonidan bosib olinishi tufayli juda g‘azablangan va

maktubida keskin uslubdan foydalangan. Shoh Abbos esa javobida “bunday nuqsonli

maktubning yuborilishi” (fors tilida: nerişten-i çonin nâme-i ayb-temâm) bilan

3

Arslantürk, H. Ahmet. “Nishonchi Feridun Ahmad Posho vakfiyasi va uning vakflari”, Trakya Universiteti Adabiyot

fakulteti jurnali, jild 2, son: 3 (yanvar 2012), b. 91–108.


4

Sarı Abdullah Efendi, Düsturü’l-İnşa, Beyazit kutubxonasi qo‘lyozmalar jamlanmasi, №5880, varaqlar 47a–48a.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

396

Jahongirning maktubi diplomatik odobga to‘g‘ri kelmasligini bildiradi

5

. Biroq, u

Jahongirni “turk sultonlarining faxri” deb ta’riflab, uni maqtashni ham unutmadi.

Xulosa qilib aytganda, Boburiylar va Usmoniylar o‘rtasidagi diplomatik

munosabatlar har doim ham barqaror va chuqur bo‘lmagan bo‘lsa-da, XVII asrga

kelib ayniqsa Shoh Jahon davrida bu aloqalarda sezilarli jonlanish kuzatilgan.

Safaviylar bilan raqobat, Kandahor mojarosi va musulmon dunyosida sunniy birlikka

bo‘lgan ehtiyoj ikki imperiyani bir-biriga yaqinlashtirdi. Shoh Jahongir va Shoh

Jahon tomonidan Usmoniy sultonlariga yuborilgan maktublar, ularning mazmuni va

siyosiy ruhiyati ikki tomon o‘rtasidagi strategik manfaatlar asosida shakllangan

murakkab diplomatik aloqalarni namoyon etadi. Sarı Abdulloh Efendining

“Düsturu’l-İnşâ” asarida keltirilgan rasmiy yozishmalar bu munosabatlarning tarixiy

manzara va ruhiyatini yoritib beradi. Umuman olganda, Boburiy-Usmoniy diplomatik

muloqotlari musulmon imperiyalarining o‘zaro siyosiy munosabatlari va geosiyosiy

manzara shakllanishida muhim o‘rin tutgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Abdurahmon Abdi Posho. Voqealar kitobi | Usmoniy tarixi (1648–1682),

nashrga tayyorlovchi: Fahri Ç. Derin, Istanbul: Çamlıca, 2008.

2.

Arslantürk, H. Ahmet. “Nishonchi Feridun Ahmad Posho vakfiyasi va uning

vakflari”, Trakya Universiteti Adabiyot fakulteti jurnali, jild 2, son: 3 (yanvar 2012),

b. 91–108.

3.

Asafiy Boburiy yozishmalari — Hümayun nomalari daftarlari, tartib raqami 6

(1115-yil Muharram boshlaridan — 1133-yil Sha’bon o‘rtalariga qadar), hujjat

raqami: 238.

4.

Bayram, Fatih. “Jahongirnoma sehrli olami: Turk va mo‘g‘ul boshqaruv

an’analarining Hindistonga aks etishi”, Turk tarixchiligining asrlik chinori Halil

İnalcikka bag‘ishlangan maqolalar to‘plami, muharrirlar: Mehmet Öz, Serhat Küçük,

Ankara: Turk madaniyatini tadqiq etish instituti, 2017, b. 83–92.

5

Annemarie Schimmel, The Empire of the Great Mughals: History, Art and Culture (London: Reaktion Books, 2010),

135-bet.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–8_Май –2025

397

5.

Bayram, Fatih. “Sarı Abdullohning Düstüru’l-İnşâsida keltirilgan sarkardalik

farmonlari”, Ilmiy tadqiqotlar: Inson va ijtimoiy fanlar jurnali, soni: 15 (2020 bahor),

b. 1–32.

6.

Casale, Giancarlo. Usmoniylarning kashfiyotlar davri, Oksford universiteti

nashriyoti, 2010.

7.

Hammer, Joseph von. “Deli va Istanbul saroylari o‘rtasidagi diplomatik

munosabatlar xususida eslatma (XVI–XVII asrlar)”, Buyuk Britaniya va Irlandiya

Qirollik Osiyo jamiyati ishlari, jild 2 (1830), b. 462–486.

8.

Farooqi, Naimur Rahman. Boburiy–Usmoniy munosabatlari: 1556–1748 yillar

orasidagi siyosiy va diplomatik aloqalar tadqiqi, Dehli: Idarah-i Adabiyat-i Delli,

1989.

9.

Feridun Ahmad Bey. Nuzhat al-Asfār wa’l-Akhyār dar Akbar-i Safari Sigetvār

(Sulton Sulaymonning oxirgi yurishi), nashrga tayyorlovchilar: H. Ahmet Aslantürk,

Günhan Börekçi, tahrir: Abdulqodir Ozcan, Istanbul: Zeytinburnu Belediyesi, 2012.

10.

Zahiriddin Muhammad Bobur. Voqealar (Boburning xotiralari), 2-jild, tarjima:

Reşit Rahmeti Arat, Ankara: Turk Tarixi Jamiyati, 1987.

11.

Annemarie Schimmel, The Empire of the Great Mughals: History, Art and

Culture (London: Reaktion Books, 2010), 135-bet.

12.

Sarı Abdullah Efendi, Düsturü’l-İnşa, Beyazit kutubxonasi qo‘lyozmalar

jamlanmasi, №5880, varaqlar 47a–48a.