MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
386
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA”
ASARIDAGI ADABIY JANRLAR NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL VA
UNING TURKIYADA O’RGANILISHI
Obidova Ruxshona Vohid qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Turkiya tarixi yo‘nalishi
Turk-ingliz guruhi 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: I.B. Xudoynazarov
Annotatsiya:
Buyuk Turkiston mintaqasida islom madaniyati ta’sirida,
Temuriylar davrida shakllangan Xorazm turkchasining davomi sifatida rivojlangan
Chig‘atoy tilining eng qimmatli vakili — buyuk adib va tilshunos Alisher Navoiydir.
Undan keyin esa bu til va adabiyotga hissa qo‘shgan shaxs — Zahiriddin Muhammad
Bobur bo‘lib, uning “Boburnoma” asari adabiy janr nuqtayi nazaridan turlicha fikr
va talqinlarga sabab bo‘lgan. Ba’zilar ushbu asarni g‘arb tarixiy shaxslarining
asarlari bilan qiyoslaydi, boshqalar esa uni o‘ziga xos, yagona bir asar deb
hisoblaydi. Ushbu maqolada sifatli tadqiqot va tahlillar doirasida bayon asosidagi
adabiy janrlar o‘tmishdan to hozirgi kungacha o‘ziga xos uslub, shakl va mazmun
farqlari bilan rivojlanib kelgani tabiiy hol sifatida qaraladi. Shu bilan birga tarixiy
matnlar, xotira asarlari, voqea bayonlari va kundalik tarzidagi yozuvlar o‘zlariga
xos xususiyatlarga ega ekani haqida fikr yuritiladi.
Kalit soʻzlar: Boburnoma, adabiy janr, bayon asosidagi adabiy asarlar,
xotira, kundalik.
Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari “Boburnoma” 1519–1530 yillar
oralig‘ida bosqichma-bosqich yozilgan. 1509–1519 yillar orasidagi davrga oid qism
yo‘qolgan bo‘lgani sababli, asarning aynan qachon yozila boshlanganini aniqlash
mushkul. Oldingi yillarga oid qismlar keyinchalik xotira tarzida yozilgan bo‘lsa, 1519
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
387
yildan boshlab voqealar kunma-kun qayd etilgan va shu bilan Boburnoma “kundalik”
shakliga kirgan. Xotira tarzida yozilgan voqealarning batafsil bayoni Boburning
kuchli xotirasidan dalolat berishi mumkin, biroq bu qismlar ilgari tuzilgan
yozuvlardan foydalanilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Bobur Shoh tomonidan
Hindistonda bir turk davlati asos solingan va bu asar aynan uning tomonidan yozilgan
esdalik hamda tarixiy asardir. U Chig‘atoy turkchasida yozilgan. Boburnoma ko‘plab
tillarda bir necha bor chop etilgan. Shoir mavzuni sodda va zamonaviy uslubda bayon
etgan. Asar 1531 yilda nashr etilgan.
Turkiya turklari Boburnoma bilan ilk bor 1940-yillarda Reshit Rahmeti
Aratning tarjimasi orqali tanishganlar
1
. Aratning bu ishi G‘arb olimlari tomonidan bir
asr avval boshlangan tarjima va tadqiqot ishlarining yakuniy bo‘g‘inlaridan biridir.
O‘mer Faruq Akunning Diniy Islom Ensiklopediyasi uchun maxsus tayyorlagan
“Bobur” maqolasi juda boy ma’lumotlarga ega. Boburnomadagi so‘z boyligi
unsurlari tasnif qilinib, semantik (ma’nodoshlik) va madaniy tilshunoslik nuqtayi
nazaridan baholanishi, tarixiy (diaxronik) va zamonaviy (sinxronik) tahlillar orqali
solishtirilishi lozim.Chig‘atoy tili va adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan
Boburning asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularning
zamonaviy o‘zbek va uyg‘ur adabiy yozma tilining shakllanishiga ham ta’siri
bo‘lgani ma’lum. Shu bois tarixiy shaxslarning asarlari o‘tmishdan bugungi kungacha
yorituvchi tarixiy, adabiy, madaniy va ma’naviy qadriyat sifatida katta ahamiyatga
ega. Adabiy asarlar til, madaniyat, san’at va estetik qadriyatlarning rivojiga katta hissa
qo‘shadi va bu jihatlar keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar bilan alohida yoritilishi
mumkin. Chig‘atoy xoni davrida Movarounnahrdagi turk unsurlarining tili,
Temuriylar davrida shakllangan adabiy turkiy lahja asosida yaratilgan Markaziy
Osiyo turk adabiyotiga “Chig‘atoy adabiyoti” deb nom beriladi
2
.
Chigʻatoy turkchasi XV asrdan XX asrgacha bo‘lgan davrda butun Sharqiy
turklar tomonidan keng hududda yagona yozma til sifatida ishlatilgan va aynan shu
1
https://islamansiklopedisi.org.tr/baburname
2
Akün, O.F. 1991. “Boburnoma”, Islom Ansiklopediyasi, Turkiya Diyanat Jamg‘armasi Nashriyoti, 4-jild, 404–408-
betlar, Istanbul.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
388
tilda ko‘plab asarlar yaratilgan. Ushbu asarlardan biri — Boburshoh tomonidan
yozilgan xotiralar to‘plami — “Boburnoma” asaridir. “Boburnoma” Sharqiy
turkchadagi eng go‘zal nasriy (prozaik) asarlardan biri hisoblanadi. Bu asar turk
madaniyati va tarixining muhim manbasi bo‘lishi bilan birga, o‘sha davrdagi turk
tilining ham muazzam bir til yodgorligidir. “Boburnoma”ning nasriy asar ekanligi
sababli uning mazmun va bayon (uslub) boyligi orqali o‘z davrining til
xususiyatlarini, tovush va shakl tizimini, leksikasini (so‘z boyligini) aks ettirgani,
besh yuz yildan beri til madaniyatining saqlanishiga xizmat qilgani unutilmasligi
kerak. Chigʻatoy turkchasining adabiy til sifatida shakllanishida, xalq tilida yashab
qolishida, hozirgi kungacha ko‘plab xususiyatlarini yetkazib kelishida Boburning
asarlari, xuddi Alisher Navoiy kabi, katta ta’sir ko‘rsatgan. Eski turkiy adabiyotda
juda kam uchraydigan avtobiografik asar sifatida Boburnoma, oʻziga xosligi bilan
vaqt oʻtishi bilan yanada ahamiyatliroq boʻlib bormoqda. Ayniqsa, unda kamchiliklar,
zaifliklar, yetishmovchiliklarning samimiy tarzda bayon etilishi bugungi kunda xotira
(yoki esdalik) janrida asar yozmoqchi boʻlganlar uchun ham ibrat boʻla oladi.
Turkiy adabiyotdagi muhim muammolardan biri – xotira, biografiya va
avtobiografiya atamalarining ta’rifi, talqini borasida ba’zi tafovutlar, chalkashliklar
yoki umumiy yondashuvning yo‘qligidir. B. Altinova oʻzining “Kavram Kargaşası
Çerçevesinde Edebî Bir Tür Olarak ‘Hatıra’” nomli kitobida bu masalani batafsil
tushuntiradi. U quyidagicha deydi: “Xotira janridagi asarlarni tahlil qilishda eng katta
muammo – bu janrning aniq chegaralarini belgilab bo‘lmasligi tufayli, xotira
janrining xususiyatlariga ega bo‘lmagan asarlarning ham ‘xotira’ deb talqin
qilinishidir. Xotira janrining aniq xususiyatlarini belgilash uchun uni ko‘pincha
aralashtirib yuboriladigan biografiya, avtobiografiya, kundalik va sayohatnomalar
bilan solishtirib, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlab olish lozim bo‘ladi. Inson
hayotini bayon qiluvchi asar sifatida tariflanadigan ‘biografiya’ – fransuz tilidagi
‘biographie’ so‘zining turkchadagi muqobilidir. Ilgari ‘tarjimai hol’ deb atalgan bu
atama hozirda ‘hayot yo‘li’ ma’nosida qo‘llanadi
3
. Ahmet Kabakli biografiyalarni
3
Altınova, B. 2003. “Tushuncha chalkashligi doirasida adabiy janr sifatida ‘xotira’”. Turkbilig, 6-son: 3–12.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
389
san’at, ilm-fan, siyosat va boshqa sohalarda mashhur bo‘lgan insonlarning hayotini
hikoya qiluvchi asarlar sifatida ta’riflab, bu asarlarning uslub sifati ularning adabiy
qiymatini belgilashini ta’kidlaydi. S. Kemal Karaalioğlu esa biografiya asarlari
hayotda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hayoti va kurashlarini tasvirlab, ular
hayot uchun eng yaxshi namuna bo‘lishini aytadi
4
.”
“Turk Adabiyoti Ensiklopedisi”da ham qayd etilganidek, avtobiografiya
xotira janriga yaqin bo‘lib, ba’zan u bilan chambarchas bog‘liqdir. “Bir insonning o‘z
hayot hikoyasini o‘zi yozgan asar” sifatida ta’riflanadigan “avtobiografiya” – fransuz
tilidagi “autobiographie” so‘zining muqobilidir. Bugungi kunda “o‘z hayot yo‘li”
ma’nosida ishlatiladigan avtobiografiyani Mahmut Kemal İnal Sevük “bir kishining
o‘z tarjimai holini o‘zi yozishi” deb tariflaydi. Yuqoridagi ta’riflar asosida
“Boburnoma – bu xotira asarimi, biografiyami yoki avtobiografiyami?” degan
savolga javob topish lozim. Boburnoma: Avvalo avtobiografik asar bo‘lishiga
qaramay, mazmuni jihatidan adabiy janr sifatida ko‘p qirrali va o‘zgaruvchan
xususiyatga ega.bAsar xotira shaklida boshlanadi va davomida kundalik (diary)
janriga xos belgilarni ham o‘zida mujassam etadi. Boburning yurtdan-yurtga qilgan
sayohatlari va yurishlari chog‘ida boshidan kechirganlari, ko‘rganlarini hikoya qilgan
sahifalarda esa sayohatnoma janriga xos belgilar seziladi. Boburshoh bergan
ma’lumotlar tufayli asar geografiya, etnografiya, botanika, zoologiya va folklor
ansiklopediyasi darajasiga ko‘tariladi.
Tadqiqotchi Banu Altinovaning adabiy janrlar ichida xotira janrining
murakkabligini ta’kidlagani haqli ekanini Boburnoma orqali ko‘rish mumkin.
Boburning hayoti, safarlari, kuzatuvlari, qarashlari, his-tuyg‘ulari bilan bir qatorda
voqealarni bayon etishdagi uslubi ham bu asarning geografiya va tarix bilan
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bunday ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli asarlarga na o‘z
zamonida, na keyingi asrlarda ko‘p uchraydi. Xotira (ya’ni esdalik) janrining bu qadar
turlicha talqin qilinishining eng asosiy sababi – ta’riflarning asarlarga qarab
belgilanayotganidir. Induktiv yoki dedektiv yondashuvdagi ta’riflar chalkashliklarga
sabab bo‘lmoqda. Ammo “qaysi biri to‘g‘ri?” degan savol bizni batafsil ilmiy bahsga
4
Kaçalin, M.S. 2007. Orxon yozuvlari, Islom Ansiklopediyasi, 33-jild, 2-son, 390–393-betlar, Istanbul.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
390
olib kiradi. Xotira, biografiya, avtobiografiya tushunchalarining G‘arb adabiyotidagi
va Sharq adabiyotidagi talqinlari solishtirilib o‘rganilishi zarur. Tarixga, asrlar osha
o‘tmishga nazar solsak, Oʻrxon bitiklarida Bilga Xoqon va Kultegin Turk davlatini
barpo etish chog‘ida olib borgan urushlari, kurashlari bilan birga amalga oshirgan
ishlarini – ochni to‘ydirgan, yalang‘ochni kiyinganini aytadilar
5
. Buni ham xotira
asari, deb ayta olamiz. Unda keltirilgan nasihatlar, kelajak avlodga yozilgan vasiyatlar
bu bitiklarning ham ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli ekanini ko‘rsatadi. Xotira (esdalik)
janrining qiziqarli talqinlaridan birini ifodalayotgan holda, turk adabiyoti tarixining
muhim siymolaridan biri bo‘lgan Mehmet Kaplan quyidagicha deydi: “Eski turk
adabiyotida bu janrning hayratga sazovor istisnosi mavjud. Bu — Boburdir. Ammo
uning esdaliklari ham qilgan urushlarining qisqacha qaydlaridan iborat. Bobur
go‘yoki o‘zining voqeanavisi bo‘lib chiqqan. Uning asaridan shaxsiyati haqida juda
kam fikr olishimiz mumkin
6
”. Ya’ni Bobur o‘z shaxsini emas, voqealarni, atrof-
muhitni, zamon va sharoitlarni tasvirlab, ma’lumot berishni asosiy maqsad qilgan.
Uning o‘z xarakteri haqida bevosita aks etgan tafsilotlar juda kam. 19-asrda Tanzimat
davrida Ziyo Poshsha, 20-asr boshlarida esa Halid Ziyo hamda Huseyn Cahit
tomonidan yozilgan esdaliklar diqqatga sazovordir. Respublika davrida Halide Edib
Adivor, Yoqub Qadri, Yahyo Kamol Beyatli, Abdulhaq Shinasi Hisor, Yusuf Ziyo
Ortoch, Reshot Nuri Guntekin, Rafiq Halid Qoray kabi adiblarning esdaliklari
san’atga intilish bilan yozilgan adabiy xarakterdagi xotiralar sifatida tanilgan. Bundan
tashqari, urush yillarida yozilgan esdaliklar deyilganda Rauf Orbay, Qozim Karabekir
kabi arboblarning esdaliklari hamda ayrim davlat arboblari tomonidan yozilgan
xotiralar turk adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutadi
7
.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, Boburnoma nihoyatda sodda va
tushunarli tili hamda uslubi bilan ajralib turuvchi go‘zal bir adabiy asardir. U
faqatgina xotira yoki esdalik sifatida emas, balki XVI asrda mavjud bo‘lgan ko‘plab
hududlar, shaharlar, aholi punktlari, geografik xususiyatlar, me’moriy inshootlar,
5
Kaplan, M. 1966. “Xotiralar haqida”. Hisar jurnali, VI jild, 27-son: 9-bet.
6
Akün, O.F. 1991. “Boburnoma”, Islom Ansiklopediyasi, Turkiya Diyanat Jamg‘armasi Nashriyoti, 4-jild, 404–408-
betlar, Istanbul.
7
Kaplan, M. 1966. “Xotiralar haqida”. Hisar jurnali, VI jild, 27-son: 9-bet.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
391
odamlarning savdo-sotiq hayoti hamda tabiatdagi turli rollarini tasvirlagan asar
sifatida ham qadrlidir. Bobur o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan joylardagi tabiiy va geografik
muhitni chinakam kuzatuvchanlik va real yondashuv bilan aks ettirgan, atrofida
ko‘rgan har bir narsaga e’tibor bilan qaragan, borgan mamlakatlarining geografiyasi,
iqlimi, shaharlari, inshootlari, san’at yodgorliklari, boshqaruv shakllari, aholining urf-
odatlari, odamlarning fe’l-atvori, hatto o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida ham
kuzatuvlar olib borgan va yozib qoldirgan.
Boburnoma G‘arb ilm-fan va tafakkur olamida katta qoyil qolinish bilan tilga
olinadigan, avtobiografik janrning dunyo adabiyoti durdonalari qatorida e’tirof
etilgan asardir. Unda faqat voqealarning bayoni emas, balki chuqur kuzatuvlarga
asoslangan mulohazalar ham mavjud. Gaplashuv tiliga xos soddalik va tabiiylik
asarga alohida go‘zallik bag‘ishlagan. Bobur bezakli iboralar yoki ortiqcha so‘z
o‘yinlaridan qochgan — bu esa Boburnomani jozibali qilgan va uni asrlar osha
o‘quvchiga ham yaqinlashtirgan fazilatlardandir. Asarda ishlatilgan so‘z boyligi
shunchalik kengki, u orqali Chig‘atoy turkchasining so‘zligi tuzilishi mumkin. Bu til
nafaqat boy, balki ifoda kuchi yuqori va puxta ishlangan tildir. Boburnoma Chig‘atoy
adabiyotida nasrning durdona darajasiga ko‘tarilgan cho‘qqidir. Uslubiy jihatdan u
Navoiyning nasridan ancha ilg‘ordir deya olamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Aka, M. 2014. T.C. Fırat Universiteti Ijtimoiy fanlar instituti, Turk tili va
adabiyoti kafedrasi. Boburnomaning til xususiyatlari. Magistrlik dissertatsiyasi.
2014-yil.
2.
Akün, O.F. 1991. “Boburnoma”, Islom Ansiklopediyasi, Turkiya Diyanat
Jamg‘armasi Nashriyoti, 4-jild, 404–408-betlar, Istanbul.
3.
Altınova, B. 2003. “Tushuncha chalkashligi doirasida adabiy janr sifatida
‘xotira’”. Turkbilig, 6-son: 3–12.
4.
https://islamansiklopedisi.org.tr/baburname
5.
Arat, R. R. 2006. Bobur, Boburnoma; Tarjimachi: Reshit Rahmeti Arat,
Nashrga tayyorlovchi: Chetin Shan, Kabalcı nashriyoti, Istanbul.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–8_Май –2025
392
6.
Kaçalin, M.S. 2007. Orxon yozuvlari, Islom Ansiklopediyasi, 33-jild, 2-son,
390–393-betlar, Istanbul.
7.
Kaplan, M. 1966. “Xotiralar haqida”. Hisar jurnali, VI jild, 27-son: 9-bet.
8.
Yıldırım, A. Va Şimşek, H. 2008. Ijtimoiy fanlarda sifatli tadqiqot usullari,
Ankara: Seçkin nashriyoti.
9.
https://islamansiklopedisi.org.tr/baburname