Authors

  • Irodaxon Agzamova
  • Shahnoza Muxtarova

Author Biographies

  • Irodaxon Agzamova

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

  • Shahnoza Muxtarova

    Oʻqituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117142

Keywords:

Portlovchi undoshlar qorishiq undoshlar fonologiya oʻzbek tili artikulyatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi portlovchi va qorishiq undosh tovushlarning fonologik xususiyatlari, ularning tasnifi, talaffuzi va fonematik ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Har ikki turkum undoshlarga xos fonetik va fonologik jihatlar tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

70

HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA PORTLOVCHI VA QORISHIQ

UNDOSHLARNING FONOLOGIK TAVSIFI

Irodaxon Agzamova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili

va adabiyoti yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Oʻqituvchi: Shahnoza Muxtarova

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi portlovchi va

qorishiq undosh tovushlarning fonologik xususiyatlari, ularning tasnifi, talaffuzi va

fonematik ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Har ikki turkum undoshlarga xos fonetik va

fonologik jihatlar tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar. Portlovchi undoshlar, qorishiq undoshlar, fonologiya, oʻzbek tili,

artikulyatsiya.

Kirish.

Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush

qurilishining strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonuniyatlarini,

tilning eng mayda, maʼno bildirmaydigan birliklari — boʻgʻinlar, fonemalarning

tuzilishi va amalda qoʻllanishini oʻrganuvchi boʻlimi.

Undosh tovushlarning fonologik xususiyatlariga yuzlab ishdan avval undosh

tovushlarga toʻxtalsak.

Undosh tovushlar — ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab

paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar.

Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un

paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farqli

Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga

ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lotincha: consonans — undosh tovush)

deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi oʻzbek

adabiy tilida Undosh tovushlar soni 24 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk

tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani

tashkil etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

71

Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning

ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra;3) hosil

boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga)

koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 24 ta [b, v, g, d, j (jyuri), j (joʻja),

y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h] Undosh tovushlar misolida koʻrib

chiqish mumkin.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga

boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng, l, r) tarkibida shovqinga nisbatan

ovoz ustunlik qiladi. Sh o v qinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz

qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki

qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz

undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g, d, z, y) shovqinga ovoz

qoʻshilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh) faqat shovqinning

oʻzidan iborat boʻladi.

Hosil boʻlish usuliga koʻra, Undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; portlovchilar —

nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi

natijasida hosil boʻladigan p, b, t, d, k, g kabi undoshlar; sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari

birbiriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil

boʻladigan v, f, z, s, j, sh, x, gʻ kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori

milkka tegibtegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush

bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil

boʻlgan ch(t+sh), j(d+j), s(t+s) tovushlaridir.

Undosh tovushlarning tasnifi va talaffuzi bo‘yicha o‘tkazilgan

tadqiqotlar ularning tilshunoslikdq qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Undosh tovushlarning aniq va to‘g‘ri talaffuzi, til o‘rganish jarayonining

samaradorligini oshiradi. Buning uchun til o‘rgatishda maxsus metodologiyalar va

usullarni qo‘llash zarur.

Portlovchi undoshlar (shuningdek ploziv undoshlar yoki eksploziv undoshlar )

– okklyuziv undoshlar, ularning artikulyatsiyasi paytida yumshoq tanglay pardasi

ko’tariladi va havo og’iz bo’shlig’iga o’tadi (burun undoshlaridan farqli o’laroq) va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

72

to’siqning ochilishi keskin sodir bo’ladi va portlashga o’xshaydi ( affrikatlardan farqli

o’laroq). Portlovchi undoshlar dunyo tillarida eng keng tarqalgan tovushlar. Barcha

tillarda portlovchi tovushlar mavjud va kamida [p], [t], [k] tovushlari mavjud bo’ladi.

Asosiy portlovchi tovushlar

P / b – lablab (bilabial)

T / d – til oldi (koronal)

C / ɟ - til o’rta (palatal)

K / g – til orqa (velar)

Q / ɢ - chuqur til orqa (uvular)

ʡ - faringal portlovchi

ʔ - to’xtash tovushi (glottal portlovchi)

Sirg‘aluvchi tovushlar talaffuz qilinganda nutq a’zolari havo oqimi, yo‘lini

to‘sadi-yu, lekin orada qolgan kichik tirqishdan havo sirg‘alib chiqadi, natijada

sirg‘aluvchi tovushlar hosil bo‘ladi. Qorishiq undoshining ya’ni ch undoshining

qorishi deb atalishiga sabab shuki, u tarixan ikki tovushning ( t va sh) birikivudan

iborat bo‘lib, biri portlovchi va biri sirg‘aluvchi tovushni o‘z ichiga oladi. Demak, u

nutq a’zolarining bir yerda paydo bo‘lgan, ajratilmay aytiladigan tovushni bildiradi.

Xulosa.

Portlovchi va qorishiq undoshlar oʻzbek adabiy tili fonologik

tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ularning fonetik va fonologik

xususiyatlarini tahlil qilish orqali til tovushlarining tuzilishi, ularning nutqdagi oʻrni

chuqurroq anglash mumkin boʻladi. Bu tovushlar soʻz maʼnosini farqlashda faol

ishtirok etadi va fonematik tizimning barqarorligiga xizmat qiladi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; 2.Reformatskiy A. A., Vvedeniye v

yazikovedeniye, M., 1998.

3.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Portlovchi_undosh_tovushlar

4.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Undosh_tovushlar

5.Tursunov, S. Fonologiya masalalari. – Toshkent: Fan, 1985. – 215 b.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–7_ Май –2025

73

6. Joʻrayev, N. N. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2006. – 256 b.

7Gʻulomov A., Tojiyev M. O‘zbek tili fonetikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 203

b.