MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
87
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA TIL UNDOSHLARINING
FONOLOGIK TAVSIFI
Mirzavaliyeva Xonzodabegim Zoir qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalish 1-bosqich talabasi
mirzavaliyevaxonzoda@gmail.com
Ilmiy rahbar: Shahnoza Muxtarova
Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi til undoshlari
fonologik jihatdan tahlil qilinadi. Til undoshlarining qanday hosil boʻlishi , bir biridan
qanday farqlanishi va soʻzlarda qanday vazifa bajarishi tushuntiriladi. Shuningdek,
ularning boshqa tovushlar bilan qanday munosabatda bo‘lishi va til tizimidagi o‘rni
ko‘rib chiqiladi.
Kalit soʻzlar: til undoshlari, oppozitsiya, fonetika, fonologiya, fonema
Abstract: This article analyzes the phonological features of consonants in the
modern Uzbek literary language. It explains how consonants are formed, how they
differ from each other, and what functions they perform in words. It also examines their
relationship with other sounds and their place in the language system.
Keywords:consonants, opposition, phonetics, phonology, phoneme
Аннотация: В статье анализируются фонологические аспекты
согласных звуков в современном узбекском литературном языке. В нем
объясняется, как образуются согласные, чем они отличаются друг от друга и
какую функцию играют в словах. Также изучается, как они взаимодействуют с
другими звуками и их место в языковой системе.
Ключевые слова: согласные, оппозиция, фонетика, фонология, фонема
Kirish.
Fonologiya termini tilshunoslikda XIX asr oxirida yosh
grammatikachilar (mladogrammatiklar) maktabining fonetik qonunlariga javoban,
nutq tovushlarining artikulyatsion fiziologik-akustik (fizik) tomonidan funksional
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
88
(lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan paydo bo‘ldi. Garchi fonologiya termini
ko‘pchilik tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa-da, ammo bu termin ostida o‘rganilishi
lozim bo‘lgan ob’ekt masalasida bir xillik kuzatilmadi. Tilshunoslarning juda ko‘p
qismi fonologiya termini ostida nutq tovushlarining funksional tomonini, ayrimlari,
aksincha, a.rtikulyatsion-akustik tomonini tushunadilar. Har ikki holatda ham
fonologiya fonetikaga qarama-karshi qo‘yiladi. Xususan, F.de Sossyur shunday deydi:
"Tovushlar fiziologiyasi ko‘p hollarda fonetika deyiladi." Bu termin, bizningcha,
nomuvofiq ko‘rinadi. Biz buni fonologiya termini bilan almashtiramiz, chunki fonetika
azaldan tovushlar evolyutsiyasi haqidagi ta’limot bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qolaverishi kerak. Fonetika tarixiy fandir: u voqealarni, o‘zgarishlarni tahlil etadi,
zamonda harakat qiladi; fonologiya zamondan tashqaridir, chunki artikulyatsiya
mexanizmi doimo o‘ziga o‘zi o‘xshashligicha qolaveradi.
Jahon tilshunosligida fonologiya tilshunoslikiing alohida bo‘limi sifatida
fonema va ularning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha deb e’tirof etildi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, fonologiya fonemalar haqidagi ta’limot sifatida
yosh grammatikachilarning fonetikani ijtimoiy fanlar qatoriga emas, balki tabiiy fanlar
qatoriga qo‘shish konsepsiyasiga qarshi yuzaga keldi. Bunday sharoitda an’anaviy
fonetikaga yangi yaratilgan fonologiyaning qarama-karshi qo‘yilishi, so‘zsiz, ijobiy
hodisa bo‘ldi. Ammo keyinchalik bir qator tilshunoslar, xususan, daniyalik tilshunos
L.Yelmslev va boshqa strukturalizm vakillari asarlarida fonetikadan fonologiyani
farqlash shu darajaga yetdiki, ular bir-biridan tamoman ajralgan (fonetika tabiiy fanlar,
fonologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradigan) ikki sohaga aylanib qoldi. Natijada
fonologiyaning birligi bo‘lgan fonema o‘zining ob’ektiv reallikdagi material asosidan
ajratib qo‘yilgan.
O'zbek tili fonologiyasi ham tilshunoslikning muhim sohalaridan biridir.
Fonologiya (fono... va ...logiya) — tilshunoslikning til tovush qurilishining
strukturaviy (tuzilmaviy) va funksional (vazifaviy) qonunyatlarini, tilning eng mayda,
ma’no bildirmaydigan birliklari — bo‘g‘inlar, fonemalarning tuzilishi va amalda
qo‘llanishini o‘rganuvchi bo‘limidir. Fonologiyaning fonetikadan farqi shundaki,
uning diqqat markazida fizik hodisa sifatidagi tovushlarning o‘zini emas, balki
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
89
ularning nutqda yanada murakkabroq ma’noli birliklar — morfemalar, so‘zlarning
tarkibiy qismi sifatida bajaradigan vazifasini o‘rganish turadi. Shu tufayli
fonologiyaning ba’zan funksional fonetika deb ham ataydilar. Rus-chex tilshunosi N.
S. Trubeskoyning aniqlashicha, Fonologiya bilan fonetika o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat shundan iboratki, har qanday fonologik tavsifning ibtidosi ma’no
farqlovchi tovushiy ziddiyatlarni aniqlashdir; fonetik tavsif esa boshlang‘ich nuqta va
moddiy asos sifatida qabul qilinadi. Fonologiyaning asosiy birligi — fonema, asosiy
tadqiqot ob’yekti — fonemalarning zidlanishlari (oppozisiyalari) bo‘lib, bu
oppozisiyalar bir butun holda tilning fonologik tizimini hosil qiladi. Undan tashqari,
hozirgi oʻzbek adabiy tilida til undoshlari ham alohida fonologik birlik sifatida ajralib
turadi. Til undoshlari — talaffuz jarayonida til ishtirokida hosil qilinadigan undosh
tovushlar hisoblanadi. Ular til orqa, til oʻrta yoki til oldi bilan ogʻiz boʻshligʻining turli
nuqtalarida hosil boʻladigan tovushlardir. O‘zbek tilida quyidagi til undoshlari mavjud:
Til undoshlari: t-d, s-z, ch-dj, sh-j, k-g, x-g, q, n, r, y, ng, l;
Va, ular ogʻiz boʻshligʻining turli nuqtalarida hosil boʻlishiga koʻra quyidagi
guruhlarga boʻlinadi:
a) til oldi undoshlari: t-d, s-z, ch-dj, sh-j, r-n;
b) til o'rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: k-g, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, x, g;
f) tilning yonida paydo boʻladigan undosh: l.
Fonemalarning asosiy, korrelyativ belgilari farqlovchi belgilar sanaladi.
Masalan, p fonemasining jarangsizlik, b fonemasining jaranglilik belgilari shu
fonemalarning farqlovchi belgilaridir. Chunki mazkur fonemalarning boshqa barcha
belgilari umumiy.
Endi undoshlarning fonologik tavsifiga toʻxtalsak. Fonologik tavsif — bu
tilning tovush tizimlarini, ya’ni fonemalar va ularning o‘zaro munosabatlarini
o‘rganadigan ta’rifdir. U tilning fonologik birliklarini, ularning kombinatsiyalanish
qoidalarini, urg‘u, intonatsiya va fonetik o‘zgarishlarni tavsiflaydi. Bunda fonologik
oppozisiyalar muhim hisoblanadi. Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–7_ Май –2025
90
farqlanish belgisi asosida oʻzaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, „p“ (jarangsiz) va
„b“ (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi:
p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) – b (lab-lab),
p (portlovchi) – b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonemalarga xos boʻlgan uchta
fonologik belgilar – artikulatsiya oʻrni, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik
belgilaridan faqat bittasi (soʻnggisi) p-b oppozitsiyasiga asos boʻlgan. Shuning uchun
u "birlik oppozitsiya" sanaladi. Quyidagi misol orqali til undoshlar oppozitsiyasini
koʻrishimiz mumkin. Bu yerda til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari berilgan: (t-
k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-gʻ) + (n- ng).
Xulosa .
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi til undoshlari fonologik tizimning asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi va ular tilning tovush tizimini shakllantirishda muhim
rol o‘ynaydi. Til undoshlari o‘zaro farqlanib, ma’no hosil qilishda qatnashadi va turli
fonetik jarayonlarga uchraydi. Shu bilan birga, ular tilning fonologik strukturasi va
uning ifodasini barqarorlashtiradi yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI :
1.H.R.Zokirova. "O‘ZBEK TILI MORFONOLOGIYASI" / Oʻquv-uslubiy qo'llanma.
Andijon–2016.
2. Hasanboy Jamolхonov. "HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI". Darslik. Toshkent-
2013
3.https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Mill
iy%20Ensiklopediyasi%20-%20F%20harfi.pdf
4.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fonologik_oppozitsiya
5.https://uz.m.wikipedia.org/w/index.php?title=Fonologiya&wprov=rarw1