MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
83
YOSH O’QITUVCHILARNING HUSHMUOMALALIGI, NAZOKATI,
DILKASHLKIGI VA PEDAGOGIK TAKTI
Sulxonova Madina Safarali qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich
ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi
Annontatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik nazokat haqida tushuncha,
pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari, o‘qituvchi nazokatida dilkashlik
va pedagogik takt haqida umumiy ma’lumotlar yoritilgan. Shuningdek, pedagogik
nazokat va odob-axloq tushunchalari, ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi
ahamiyati
hamda
o’qituvchi
shaxsining
ma’naviy-ma’rifiy
qiyofasini
shakllantirishdagi o’rni, ta’lim jarayonida pedagogik madaniyat va axloq
qadriyatlarning uyg’unligi haqida yoritilib ketilgan.
Kalit so’zlar:
o’qituvchi, pedagogik nazokat , o’quvchi, muloqot, axloq-
odob, dilkashlik, xushmuomalalik, pedagogik takt.
Аннотация:
В статье рассматривается понятие педагогического
такта, сущность и признаки педагогического такта, а также обшие
сведения о тактичности, сердечности и педагогическом такте учителя.
Освещены понятия педагогического этикета и этики, их значение в
современной системе образования и роль в формировании духовно-
педагогического облика педагога, гармонии педагогической культуры и
нравственных ценностей в образовательном процессе.
Ключевые слова:
учитель, педагогический такт, ученик, общение,
этика, радушие, вежливость, педагогический такт.
Abstract:
This article covers the concept of pedagogical politeness, the
essence and characteristics of pedagogical politeness, general information about
friendliness and pedagogical tact in teacher politeness. It also covers the concepts
of pedagogical politeness and etiquette, their importance in the modern education
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
84
system and their role in forming the spiritual and educational image of the teacher,
and the harmony of pedagogical culture and moral values in the educational
process.
Keywords:
teacher, pedagogical politeness, student, communication, ethics,
friendliness, politeness, pedagogical tact.
KIRISH
O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi
nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar
orasida olib boriladi. O‘zaro munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan
mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.
Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o‘quvchilardan iborat bo‘lgan,
sinf jamoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o‘z
munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar xatti-
harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy
metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy
an’ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va
mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining
zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo‘lgan pedagogik nazokat deb
atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Asosiy qism
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon
etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir.
Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil
qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi
barqaror
tasavvurlarida
mujassamlashgan
shaxsiy
insoniy
hislatlarining
yig‘indisidir. Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy
fazilatlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning
asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori
bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli yoshlarni tarbiyalab voyaga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
85
yetkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat
o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z
kasbining yetuk egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat
ma’lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham
jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. O‘qituvchi pedagogik
nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi,
o‘quvchilarning hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta
bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida
mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan
o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga
bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga
mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim
fazilatlardir. O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob
qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi,
nojo‘ya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda tarbiyaviy metodlarni
qo‘llaydi. Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy
ijodiy izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘ladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr
yurita oladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga
ma’lum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi
kerak. Bu narsa o‘quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o‘rganish,
tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o‘quvchilar hayotidagi turli
voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan
hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u
o‘quvchilar jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib
bo‘lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijada o‘qituvchi ta’lim tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazifalarni hal
etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi. Ijobiy natijalarga erishish
uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh o‘quvchi
“do‘st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o‘qituvchi pedagogik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
86
nazokat imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi lozim. O‘zaro ishonch
munosabatlari o‘rnatilgach, o‘quvchilar og‘ir damlarda o‘qituvchidan yordam
so‘rab murojaat qiladilar, o‘z mulohazalarini u bilan baham ko‘radilar. O‘zaro
ishonch norasmiy munosabatlarda ham o‘qituvchiga o‘quvchilarning ba’zan anglab
bo‘lmaydigan ichk i dunyosini ko‘rish imkoniyatini beradi. O‘qituvchining
pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar,
urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar
jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi
individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan
bo‘ladi. Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi
ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir
maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va
bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi.
Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik
nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini
moslashtirishi lozim:
emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida
o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan
holda qo‘llash;
bachkana qiliqlar,ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri
kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;
o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi
shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni
ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so’zlar
qo’llamaslik
dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan
psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z
holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
87
o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish
kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala
hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
Pedagogik nazokatni egallash malakalari
.Pedagogik nazokat pedagogik
mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o‘rgangan holda va o‘z
hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi.
O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, nazokat sirlarini o‘rganishda o‘quvchilar
bilan muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik
bilimlarga ega bo‘lishida, o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi.
Avvalo bu bilimlar o‘quvchilar yosh xususiyati psixologiyasini va bolalarning
individual xarakterini bilish bilan bog‘liq. Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda
axloqiy ma’noni kasb ettirish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o‘quvchi
ruhiyatiga ijobiy tarbiyaviy ta’sir etish yo‘llarini bilish o‘qituvchilarning kundalik
faoliyatiga aylanishi lozim:
o‘quvchilarni chin ko‘ngildan sevish, o‘z muhabbatini o‘zaro
munosabatda ko‘rsata olish;
o‘quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg‘ularni anglashga
harakat qilish, ko‘rish va kuzatish;
sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;
sinf jamoasi bilan o‘zaro hamkorlikni ta’lim-tarbiyaviy maqsadga
muvofiq yo‘lini tanlash;
o‘quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o‘z ichki hissiyotini
sezdirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish.
Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o‘qituvchiga
muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, o‘quvchilar bilan psixologik
kontaktga kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokatning
quyidagi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:
o‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida
muloqotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
88
sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o‘quvchilar bilan
haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;
o‘qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga
o‘tib, demokratik prinsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini
qo‘llaydi;
o‘quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida
o‘rgatadi.
Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotda qarama-
qarshilikka yo‘l qo‘ymasligi o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga yordam
beradi. Bizga ma’lumki, o‘qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va
sub’ektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to‘g‘ri munosabatda bo‘la
olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o‘quvchilarga holis niyatli,
yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg‘otishi kerak. Bu
holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir.
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lmish
dilkashlik
insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo‘lishga
intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o‘qituvchining o‘quvchilar va atrofidagi kishilar
bilan tez aloqa o‘rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi.
Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo‘lmaydi, ayniqsa yosh o‘qituvchilardan
psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab
qilinadi. Psixologlar o‘qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar
xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:
Birinchisi,
ekstravert
shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin,
osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi,
introvert
shaxslar: Ular faqat o‘z ichki olamiga beriluvchan,
atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, doimo ichki
xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o‘qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo‘lishini
ta’kidlaydilar. Biroq, ko‘pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
89
insonlar sifatida e’tirof etilganlar . O‘qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi,
uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini
rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Takt
so‘zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta’sir etish ma’nosini bildiradi
va o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy
kategoriya sifatida ta’riflanadi. O‘quvchilar bilan muloqot jarayonida ro‘y beradigan
eng og‘ir vaziyatlarda ham pedagogik takt o‘qituvchidan mutlaqo bosiqlikni,
suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt
– o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib,
o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish,
muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda
mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil
qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati ularning
yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab
qilinadi.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash
usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar
ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi,
yoki o‘qituvchining obro‘siga putur yetkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va darsdan tashqari
jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt
sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. O‘qituvchining taktik mahorati
birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar
tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy
soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida
pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi
uchun juda zarurdir.
XULOSA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–5_Май –2025
90
Umumiy qilib aytganda, pedagogik nazokat va odob-axloq bugungi ta’lim
tizimining poydevorlaridan biri bo’lib, o’qituvchining shaxsiy fazilatlari, muomala
madaniyati va axloqiy yondashuvi ta’lim jarayonining samaradorligiga bevosita
ta’sir qiladi. O’qituvchi har bir holatda o’zini tutish madaniyatini saqlab, o’quvchilar
uchun nafaqat bilim manbai, balki axloqiy ideal, hayotiy yo’l ko’rsatuvchi bo’lishi
lozim. Ta’lim sifatini oshirishda faqat bilim va texnologiyalargina emas, balki
o’qituvchining shaxsiy namunasi, odobi, muomalasi va axloqiy qiyofasi ham muhim
omil sanaladi. Shu bois, har bir pedagog o’zining ichki madaniyati va axloqiy
mezonlari ustida doimiy ishlashi, o’zini har tomonlama rivojlantirib borishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.Муаллим қалб меъмори. Ўқувқўлл.Т.:Ўқитув-чи,2001.
2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов,
Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISODMOLIYA”,2009.
3.XoliqovA. Pedagogik mahorat.–T.:IQTISOD-MOLIYA,2011.
4.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU,
2003.
Elеktrоn tа’lim rеsurslаri:
7.
9. tdpu-INTRANET.ped