Authors

  • Sulxonova Madina Safarali qizi

Author Biography

  • Sulxonova Madina Safarali qizi

    Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti

    Boshlang’ich ta’lim

    yo’nalishi 4-kurs talabasi

    madinasulhonova@gmail.com          Telefon raqam: +9984804811

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117302

Keywords:

integratsiya ta’lim tarbiya maktab oila mahalla hamkorlik ijtimoiy tizim bola shaxsiyati.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida maktab, oila va mahalla o’rtasidagi integratsiyaning zaruriyati, shakllanishi omillari va samarali hamkorlik yo’llari tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining tarixiy ildizlari, mavjud holati, muammolari va istiqbollari yoritilib, “Oila-Maktab-Mahalla” konsepsiyasi asosida samarali hamkorlikni shakllantirish bo’yicha takliflar bildiriladi. Mavzuga oid ilmiy-nazariy qarashlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo’yicha takliflar keltiriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

83

MAKTAB, OILA VA MAHALLANING O’ZARO INTEGRATSIYASI

Sulxonova Madina Safarali qizi

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti

Boshlang’ich ta’lim

yo’nalishi 4-kurs talabasi

madinasulhonova@gmail.com

Telefon raqam: +9984804811

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida maktab, oila

va mahalla o’rtasidagi integratsiyaning zaruriyati, shakllanishi omillari va samarali

hamkorlik yo’llari tahlil qilinadi. Integratsiya jarayonining tarixiy ildizlari, mavjud

holati, muammolari va istiqbollari yoritilib, “Oila-Maktab-Mahalla” konsepsiyasi

asosida samarali hamkorlikni shakllantirish bo’yicha takliflar bildiriladi. Mavzuga oid

ilmiy-nazariy qarashlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo’yicha takliflar

keltiriladi.

Kalit so’zlar: integratsiya, ta’lim, tarbiya, maktab, oila, mahalla, hamkorlik,

ijtimoiy tizim, bola shaxsiyati.

Abstract: The article analyzes the socio-pedagogical foundations of

integration between school, family and neighborhood in the modern education and

upbringing system. The historical roots, current state, problems and prospects of the

integration process are highlighted, and proposals are made for the formation of

effective cooperation based on the concept of “Family-School-Neighborhood”.

Keywords: integration, education, upbringing, school, family, neighborhood,

cooperation, social system, child personality.

KIRISH

Yangi O’zbekiston sharoitida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash davlat

siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada asosiy e’tibor

ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni ijtimoiy institutlar bilan uyg’unlashtirish,

ya’ni maktab, oila va mahalla o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

84

Chunki bola tarbiyasi faqat maktab yoki faqat oila zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat

emas, balki jamiyatning har bir a’zosiga tegishli ijtimoiy vazifadir.

Ushbu integratsion yondashuvni chuqur anglash, uni amaliyotda to’g’ri yo’lga

qo’yish va tizimlashtirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Maktab,

oila va mahalla bir butun tizim sifatida ishlagan taqdirda, biz ijtimoiy jihatdan yetuk,

bilimli, ma’naviyatli avlodni voyaga yetkaza olamiz.

Tarixga nazar solsak, sharq pedagogikasida bola tarbiyasi har doim jamoaviy

xarakterga ega bo’lgan. Ota-onalar, ustozlar, mahalla oqsoqollari birgalikda harakat

qilgan. Jaded pedagogikasida ham “Tarbiya-jamiyatning ijtimoiy vazifasi” degan

g’oya ilgari surilgan. Ushbu tamoyillar bugungi kunda “Oila-Maktab-Mahalla”

konsepsiyasida yangi bosqichga ko’tarilmoqda.

Hozirgi zamonda esa bu yondashuv institutsional integratsiya, ya’ni mustaqil

faoliyat yurituvchi ijtimoiy institutlarning yagona tizimga birlashtirilishi orqali amalga

oshirilmoqda. Bu tizimda har bir institut o’z funksiyasini bajaradi, biroq ularning

faoliyati yagona maqsad – barkamol, shaxs tarbiyasi sari yo’naltiriladi.

Oila- har qanday shaxsning ilk tarbiyachisi, dastlabki ijtimoiy tajriba maktabi,

mehr-oqibat va qadriyatlar manbai hisoblanadi. Bolaning harakteri, fe’l-atvori,

dunyoqarishi aynan oilada shakllana boshlaydi. Psixologik tadqiqotlar shuni

ko’rsatadiki, bolaning kelgusidagi axloqiy qiyofasi, ijtimoiy moslashuvi, o’quvdagi

yutuqlari ko’p jihatdan oiladagi muhitga bog’liq. Ammo bugungi kunda ayrim

oilalarda:

Farzand tarbiyasiga befarqlik;

Migratsiya sababli bolalarning buvisiga yoki begonalarga topshirilishi;

Ajralishlar

va

ijtimoiy

muammolar

kuchayib

borayotganligi

kuzatilmoqda.

Shu sababli maktab va mahalla oilaga pedagogic-psixologik ko’mak berishi

kerak.

Maktab – faqat bilim beruvchi emas, balki bolaning ijtimoiylashuvi, shaxsiyati

shakllanishi, hayotga tayyorlanishi uchun eng muhim bosqichdir. Ammo maktab


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

85

yolg’iz bu yukni ko’tara olmaydi. O’quvchi maktabda olgan tarbiyani oilada qo’llay

olmasa, yoki mahalladagi muhit bunga zid bo’lsa – natija bo’lmaydi.

Maktabning vazifasi:

Bola shaxsiyatini sog’lom shakllantirish:

Ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish:

Oilaviy va mahalliy muhitni ta’lim jarayoniga jalb etish.

Zamonaviy maktablar endi faqat dars o’qitadigan joy emas, balki ijtimoiy

markazga aylanishi zarur.

Mahalla – milliy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar asosida bolani ijtimoiy

hayotga tayyorlaydigan, o’ziga xos nazorat tizmi. Mahallaning roli quyidagilardan

iborat:

Oila va maktabni birlashtiruvchi ko’prik bo’lish;

Tarbiyaviy muhit yaratish(bayramlar, tadbirlar, nazorat):

Ijtimoiy himoya va psixologik yordam.

Mahalla orqali oilaviy nizolar, bolalarning yolg’iz qolishi, ijtimoiy xavfli

holatlar oldini olish mumkin. Ammo hozirda ba’zi mahallalarda faollik yo’qolgan,

faqat hujjat yuritish darajasidagina qolmoqda.

“Oila-maktab-mahalla” konsepsiyasi asosida quyidagi amaliy modelni joriy

etish mumkin:

1.Yagona platforma – har bir bola uchun yagona electron portfel(oilaviy,

maktab va mahalliy ma’lumotlar):

2.Uch tomonlama maslahat kengashlari – har chorakda bola atrofidagi

muammolarni birgalikda muhokama qilish:

3. Mahalla-maktab psixologik guruhi – ijtimoiy xavfli holatlarga birgalikda

aralashish:

4. Maktabda “Mahalla burchagi” – mahalla tarixi, odob-axloq namunalarini

targ’ib qiluvchi makon:

5. Oila maktabi – ota-onalar uchun pedagogik savodxonlik mashg’ulotlari.

Mavjud muammolar va ularni hal qilish yo’llari:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

86

Ota-onalarning befarqligi – yechim:ota-onalar uchun majburiy tarbiyaviy

seminarlar:

Mahalla faollarining sustligi – yechim: faol oilalarni rag’batlantirish,

reyting tizimi;

Maktabdagi tashkiliy kamchiliklar – yechim:direktor o’rinbosarining

faqat integratsiyaga mas’ul lavozimini joriy qilish.

Maktab, oila va mahallaning o’zaro integratsiyasi – mustahkam fuqarolik

jamiyati asosidir. Bu tizim orqali biz:

Yoshlarda sog’lom dunyoqarash va ijtimoiy mas’uliyat hissini

shakllantiramiz;

Jamiyatda jinoyatchilik, axloqiy buzilishlar, beparvolik kabi illatlarni

kamaytiramiz:

Yagona maqsad sari harakat qiluvchi ijtimoiy mexanizmni yaratamiz.

Bu borada takliflar:

1.

Har bir hududda “Oila-Maktab-Mahalla” markazlarini ochish:

2.

Har bir maktabda mahalla bilan shartnoma asosida ishlovchi curator

tayinlash:

3.

“Yilning eng yaxshi hamkor mahallasi” tanlovini tashkil etish:

4.

Oila va mahallada faoliyatini ta’lim reytingiga kiritish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN

TEXNOLOGIYALARI."

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEUmarova,

2. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-

EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-

25.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–5_ Май –2025

87

3.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

IJTIMOIY

USTANOVKALARNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI."

TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.

4.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK

TA’LIM

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARNI

IJTIMOIY-HISSIY

RIVOJLANTIRISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH."

GOLDEN

BRAIN 1.30 (2023): 46-49.