Authors

  • Xalmatjanov Farxod Maxamatjanovich
  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o’g’li

Author Biographies

  • Xalmatjanov Farxod Maxamatjanovich

    Alfraganus universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi

  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o’g’li

    Alfraganus universiteti

    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

    munosabatlar yo ‘nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117535

Keywords:

Global Innovatsiya Texnologiyalar Resurs Raqobat Milliy innovatsiya Raqamli raqobatbardoshlik.

Abstract

Global iqtisodiyotda raqobatbardoshlik omillari mamlakatlarning davomli taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularni rivojlantirish orqali har bir davlat o'z o'rnini mustahkamlashi hamda xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

346

GLOBAL IQTISODIYOTDA RAQOBATBARDOSHLIKNING

INNOVATSION OMILLARI

Xalmatjanov Farxod Maxamatjanovich

Alfraganus universiteti

Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi

Abduraxmonov Shohruh Sherzod o’g’li

Alfraganus universiteti

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

munosabatlar yo ‘nalishi 1-bosqich talabasi

Anotatsiya:

Global

iqtisodiyotda

raqobatbardoshlik

omillari

mamlakatlarning davomli taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.

Ularni rivojlantirish orqali har bir davlat o'z o'rnini mustahkamlashi hamda xalqaro

maydonda muvaffaqiyat qozonishi mumkin.

Kalit so'zlar:

Global, Innovatsiya, Texnologiyalar, Resurs, Raqobat, Milliy

innovatsiya, Raqamli raqobatbardoshlik.

Kirish

Raqobat – ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari

o‘rtasidagi murakkab munosabatni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’yektlari iqtisodiy

manfaatlarning to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq

naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Iqtisodiyotda yuqori samarali

investitsiya strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish uzoq muddatli iqtisodiy

siyosatning asoslaridan biri bo‘lib, u kompaniyaning tashqi va ichki bozorda barqaror

mavqeini belgilaydi. Shu nuqtai nazardan, hozirgi vaqtda O‘zbekiston

Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalaridan biri,

mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Iqtisodiyot

raqobatbardoshligini oshirishning ajralmas shartlaridan biri, iqtisodiyotni

innovatsion yo‘l bilan rivojlantirish hisoblanadi. Zamonaviy rivojlanish bosqichida

bu kabi vazifalarni hal etishni innovatsion faoliyatni jonlantirishga yo‘naltirilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

347

sharoitlarni yaratmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Innovatsion iqtisodiyotni

qurishda sanoat korxonalari muhim rol o‘ynaydi, ular kelgusi iqtisodiyotni

shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy natijalarni yaratadi.

Asosiy qism:

Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida sanoat

korxonalari uchun innovatsiyaviy va texnologik taraqqiyotga erishish o‘ta muhimdir,

chunki faqat shu yo‘l orqali sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirish,

zamonaviy texnologik bazani yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab

chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, samaradorlik va mehnat

unumdorligin oshirish, shuningdek, ularning xalqaro hamda mahalliy

raqobatbardoshligini mustahkamlash mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni

sog'lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi uchun sharoit yaratish innovatsion faoliyatni

jonlantirish orqali amalga oshiriladi. Aynan shuning uchun, sanoat korxonalari

innovatsion faoliyatini jonlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, iqtisodiyotda

samarali tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning muhim omillaridan biridir.

Bundan tashqari sanoat korxonalarining innovatsion faolligi darajasini baholash va

ushbu innovatsion faoliyat asosida uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga

erishish va istiqbolda ularning barqaror daromad olishini ta‘minlashga qaratilgan

zamon bilan hamnafas milliy innovatsiya tizimini shakllantirish dolzarb masalalar

qatorida turadi.

Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi uchta omilga tayanadi:

Texnologiyani o’rganish va kashf qilish uchun zarur bo’lgan nomoddiy

infratuzilmani qamrab oladigan bilim;

Raqamli

texnologiyalarni

rivojlantirish

tempini

aniqlaydigan

texnologiya;

Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyani amalga oshirishga tayyorlik

darajasini o‘rganuvchi “Kelajakka tayyorlik”.

Masalan, Xitoy tadbirkorlik va innovatsiyalar uchun keng qamrovli

harakatni amalga oshirdi. Xitoy 2025 tashabbusi bilan u jahon yetakchisiga aylanishni

maqsad qilgan 10 ta asosiy sektorni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

348

davlatlar ham oʻzlarining raqamli kelajagi boʻyicha ulkan istiqbollarni

shakllantirdilar: Vetnam 2030-yilga borib oʻzining raqamli iqtisodiyoti YaIMning 30

foizini tashkil etishini istaydi, Vengriya esa 2030 yil oxiriga qadar Yevropaning

raqamli texnologiyalar boʻyicha yetakchi 10 ta davlatidan biriga aylanish maqsadini

belgilab oldi. Italiya raqamli tafovutni bartaraf etish, raqamli inklyuzivlikni

rag’batlantirish va fuqarolar o’rtasida raqamli ko’nikmalarni rivojlantirishni

kuchaytirish uchun yangi “Repubblica Digitale” dasturini boshladi.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning 2024 va 2025-yil uchun

iqtisodiy o‘sishi prognozini pasaytirdi. Bu haqda bankning aprel oyidagi

hisobotida ma’lum qilindi. Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti ikki

yilda mos ravishda 5,5 va 5,6 foizda bo‘ladi. 2023-yilda bu 6 foizni tashkil etgan.

Inflyatsiya darajasi esa 2024-yilda 10 foizni, bir yildan keyin esa 9,5 foizda bo‘lishi

kutilmoqda. O‘sish 2024-yilda sekinlashishi va 2025-yilda biroz ko‘tarilishi prognoz

qilinmoqda, chunki yuqori tartibga solinadigan narxlar uy xo‘jaliklarining

daromadlari o‘sishini cheklaydi va talabni kamaytiradi

. Prognozlarga ko‘ra o‘sish,

ayniqsa, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida zaiflashadi,

chunki

boshqariladigan narxlarning oshishi real ichki talabning o‘sishini cheklaydi. 2024-

yilda u 5,5 foizgacha sekinlashadi, keyin 2025-yilda 5,6 foizgacha ko‘tariladi.

1

Xulosa:

Global iqtisodiyotda raqobatbardoshlik omillari bir-biri bilan

chambarchas bog'liq bo'lgan murakkab tizimdir. Inson resurslari, innovatsiyalar,

iqtisodiy siyosatlar, xalqaro savdo va ijtimoiy barqarorlik kabi omillar muvaffaqiyatli

iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Mamlakatlar ushbu omillarni hisobga olib,

o'zlarini global raqobatda muvaffaqiyatli qilish uchun strategiyalar ishlab chiqishlari

zarurdir. O'zbekiston iqtisodiyotida raqobatbardoshlikni oshirish uchun ko'p

tomonlama yondashuv talab etiladi. Bularning barchasi birgalikda ishlaganda

mamlakatning iqtisodiy o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va xalqning farovonligini

oshiradi. Raqobatbardosh iqtisodiyot yaratishda davlatning roli katta bo'lishi bilan

birga, xususiy sektor ham faol ishtirok etishi zarur.

1

https//www.researchgate.net


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–2_Май –2025

349

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https//www.researchgate.net

2. https//www.Ziyonet.com