Authors

  • Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi
  • Umarova Dilafruz Anvarovna

Author Biographies

  • Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

  • Umarova Dilafruz Anvarovna

    Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

    Assistent o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117800

Keywords:

integratsiya dars ta'lim fan usul platforma dastur bilim mustaqil tafakkur.

Abstract

Ushbu maqolada integratsiyalashgan dasturlar haqida uning ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritilgan. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish, fanlararo va mavzulararo  bir biriga bog'lashda har xil metodlar qo'llash borasida gap ketgan.Bundan tashqari, fanlarni o'zaro integratsiya qilish jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlashga, tafakkurini kengaytirishga yordam berishi bayon qilingan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

76

INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR.

INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING

SAMARADORLIGI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi

E-mail:

mahfuzaberdiyorova27@gmail.com

Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

Assistent o'qituvchisi

Umarova Dilafruz Anvarovna

E-mail: umarovadilaftuz@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada integratsiyalashgan dasturlar haqida uning

ijobiy va salbiy tomonlari haqida fikr yuritilgan. Integratsiyalashgan darslarning

samaradorligini oshirish uchun qanday usullardan foydalanish, fanlararo va

mavzulararo bir biriga bog'lashda har xil metodlar qo'llash borasida gap

ketgan.Bundan tashqari, fanlarni o'zaro integratsiya qilish jarayonida o'quvchilar

mustaqil fikrlashga, tafakkurini kengaytirishga yordam berishi bayon qilingan.

Kalit so’zlar: integratsiya, dars, ta'lim,fan, usul, platforma, dastur, bilim,

mustaqil, tafakkur.

Abstract. This article discusses integrated programs, their positive and

negative aspects. It discusses what methods to use to increase the effectiveness of

integrated lessons, and the use of various methods for connecting interdisciplinary and

inter-thematic subjects. In addition, it is stated that the process of integrating subjects

helps students to think independently and expand their thinking.

Keywords: integration, lesson, education, science, method, platform, program,

knowledge, independent, thinking.

Абстрактный. В данной статье рассматриваются интегрированные

программы, их плюсы и минусы. В нем обсуждается, какие методы следует


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

77

использовать для повышения эффективности интегрированных уроков, а

также использование различных методов для связи междисциплинарных и

междисциплинарных тем. Кроме того, подчеркивается, что процесс

интеграции предметов помогает учащимся мыслить самостоятельно и

расширять свое мышление.

Ключевые слова: интеграция, урок, образование, наука, метод,

платформа, программа, знание, самостоятельность, мышление.

Kirish

Zamonaviy jamiyatda har bir shaxsdan keng ko‘lamli bilim, malaka va

ko‘nikmalar talab etiladi. An’anaviy ta'lim tizimi ko‘pincha bilimlarni alohida fanlar

doirasida shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, integratsiyalashgan ta'lim yondashuvi

bilimlarni uyg‘un holda berish, o‘quvchilarning tizimli tafakkurini shakllantirishga

qaratilgan. Integratsiyalashgan dasturlar va darslar yordamida fanlararo bog‘liqlikni

ko‘rsatish, bilimlarning amaliy ahamiyatini oshirish va o‘quvchilarda real hayotiy

muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.

Asosiy qism

Integratsiya — bu turli bilim sohalarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, o‘quvchini ko‘p

qirrali va chuqur bilim olishiga imkon beradigan metodologik yondashuvdir. Bugungi

kunda dunyoning rivojlangan ta'lim tizimlarida integratsiyalashgan darslar

o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib

xizmat qilmoqda.

Integratsiya (lotincha

integratio –

tiklash,

toʻldirish,

integer –

butun soʻzidan)— bu suveren davlatlar oʻrtasida tovarlar, xizmatlar, moliya,

investitsiya, ishchi kuchi erkin harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil qilish

maqsadida birlashish jarayoni.Shu bilan birga fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro

aloqa jarayoni hisoblanadi.

Integratsiyalashgan dastur — bu ikki yoki undan ortiq fanlarni yagona maqsad

asosida birlashtirgan, o‘zaro bog‘liq bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni

shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv dasturidir. Bu yondashuv ta'lim jarayonida

o‘quvchilarda real hayotdagi murakkab vaziyatlarni yechish uchun zarur bo‘lgan ko‘p


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

78

tomonlama bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. O‘quvchilarning

o‘ziga bo'lgan ishonchi mustaqil fikrlashini oshirishga ham yetarli darajada xizmat

qiladi. Integratsiyalashgan dasturlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud ular

quyadigilar:

Fanlar o‘rtasidagi chegaralarni kamaytiradi; Bilimlarning amaliyotga tatbiq

etilishini osonlashtiradi; Mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantiradi; O‘quvchilarda

kompleks yondashuv asosida muammolarni hal qilish ko‘nikmasini shakllantiradi.

Integratsiyani ivojlantiruvchi shakllar ham yo‘q emas. Misol qiladigan bo'lsak,

Tematik integratsiya: Bir nechta fanlar bir umumiy mavzu atrofida

birlashtiriladi.Masalan, Boshlang‘ich sinflarning ona tili, o'qish, matematika fanlarini

oladigan bo'lsak, Matematik misollar javobi ostida ona tili yoki o'qish faniga oid

yashirin so‘z berilgan bo'ladi. Misolni yechish orqali o'quvchilar bu atamani topishadi.

Bu jarayon orqali o‘quvchilarning tafakkuri va so‘z boyligi ham oshadi.

Kontseptual integratsiya: Asosiy tushunchalar atrofida fanlar o‘zaro

bog‘lanadi.Bunda har xil fanlar orasida bitta mavzu emas, bitta tema orqali fanlarni

birlashtiradi.

Muammoli integratsiya: Muammoni hal qilish uchun turli fanlardan bilim va

usullar qo‘llaniladi. Biror bir muammo yuzasidan har xil fanlararni o'z o'rnida qo'llash

tushunildi.

Integratsiyalashgan dasturlar va integratsiyalashgan dars jarayonida

o'quvchilar zerikishi kuzatilmaydi.

Integratsiyalashgan dars — bu o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta

fanlar doirasidagi bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradigan, real hayotiy vaziyatlarga

asoslangan o‘quv faoliyati.

Uning tashkil etish usullari ham bor. Loyiha usuli: O‘quvchilar fanlararo

loyihalar ustida ishlaydi. Muammoli vaziyat yaratish: O‘quvchilarga real muammoni

yechish uchun bir nechta fanlardan bilimlarni qo‘llash topshiriladi.

Integratsiyalashgan seminarlar: Bir nechta fan o‘qituvchilari ishtirokida

seminar darslar tashkil etiladi. O'quvchi va o'qituvchi o'rtasida hamkorlikda amalga

oshiriladigan usul trening ham bo'la oladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

79

Rolli o‘yinlar va simulyatsiyalar: Fanlararo muammolar asosida rollar

taqsimlanadi va vaziyatlar hal qilinadi. Shu orqali integratsiyalashgan ta'lim samarali

o'tadi.

Integratsiyalashgan ta'lim samarali bo‘lishi uchun har bir ishtirokchi kreativ

bo'lishi har qanday muammoga yechim topa olishi lozim.

Integratsiyalashgan ta’lim va darsning asosiy tavsifiy xususiyatlari dars

jarayoning samarali otishi uchun asosiy imkon yaratib beradi.O‘ganilayotgan

materialning nazariy va ishlab chiqarish ta'limining sintezi;faoliyat sintezi; umumta'lim

fanlarning o'zaro sintezi;ikki yoki undan ortiq pedagog faoliyatining sintezi va

boshqalar.

Integrallashgan dars modelining o'ziga xos xususiyati shundaki,o'qish

davomida nazariy va amaliyot birga qo'shib o'qitiladi. Bunda birinchi navbatda 6

soatlik bitta mashg'ulot davomida maxsus texnologiya va ishlab chiqarish ta'limning

birgalikda qo'shib olib borilishi o'quvchilar bilimi uchun yaxshi samara beradi.

Mutaxassislar tomonidan integratsiyalashgan darsdan foydalanishning

quyidagi ijobiy natijalarini ajratishgan:

1.Oquvchilarning o'rganilayotgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit

qismi chuqur va mustahkam o'zlashtirishlari ta'minlandi.

2. O'quvchilarni faoliyatining turli tuman ko'rinish va shakllariga jalb qilish.

Faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual shakllarni maqbul tarzda birga

qo'shib olib borish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

3.Pedagog va o'quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar

yaratiladi, o'quv jarayonida hamkorlik, o'zaro yordam, ta'limning insonparvarlashuvi

namoyon bo'ladi.

4.Pedagog ta'limni tashkil etishning,komplekslashtirishning turli-tuman

shakllaridan,ularni o'quv kuni doirasida, o'quv jarayonida o'quvchilar faolligini

ta'minlaydigan va qollab quvvatlab turadigan shakllarga (masalan, guruhlarda dars

suhbat- ma'ruza-mustaqil ish )integratsiya qilish imkoniga ega bo'ladi.

5.O‘quvchilarni majburlab o'qitish yo'qoladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

80

6. Ta'limni haqiqiy differentsiyalash, o'quvchilarning yosh, aqliy, jismoniy

xususiyatlarini hisobga olish uchun shart sharoitlar yuzaga keladi.

7. O'quv kuning kaleydoskopga o'xshagan xususiyati yo'qoladi. Buning

natijasida esa o‘quvchilar va pedagoglar uchun darslarga tayyorgarlik

Integratsiyalashgan metamatika darsida-arifmetik materiallarni o'zlashtirishga

imkon beruvchi arifmetika,algebra va geometriya elementlari, shu bilan birga algebra

va Geometriya, mehnat ta'limi asoslarini o'rgatishga tayyorgarlik. Boshidan

integratsiyalashgan kurs tabiatshunoslik(tabiatshunoslik asoslari, geografiya).

Boshidan integratsiyalashgan yuqoridagi kursan tashqari quyidagi fanlar birikishi

mumkin:o'qish-rus tili, o'qish tabiatshunoslik o'qish tasviriy san'at o'qish musiqa

tabiatshunoslik matematika tabiatshunoslik mehnat ta'limi matematika mehnat ta'limi

matematika jismoniy tarbiya.

Integratsiya ta'lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari

bog'liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga

bog‘liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatishi kerak. Bu

maqsadni boshlang'ich maktab amalga oshirishi lozim. Integratsiya- predmetli bilimlar

chegarasida yangi tasavvurlarni qabul qilish vositasi hamdir.

Integratsiyalashgan dastur, ta'lim va integratsiyalashgan dars bilan birga

integratsi uchun foydalaniladigan zamonaviy platformalar ham asta sekinlik bilan

taraqqiy etib kelmoqda.

Integratsiya uchun foydalaniladigan zamonaviy platformalar quyidagilardan

iborat:

Mulesoft – Katta kompaniyalar uchun keng koʻlamli integratsiya yechimlarini

taqdim etuvchi platforma

..Zapier – Oson va tez integratsiyalar uchun iPaaS (Integration Platform as a

Service) yechimlari

.iPaaS platformalari – iPaaS platformalari integratsiyalarni tez va samarali

amalga oshirishga yordam beradi. Bundan bir necha yil oldin maktablarda informatika

o'qitilar edi. Hozirda esa bu fan Axborot texnologiyalari bo'lib o'zgardi bu ham albatta,

zamonaviy platformalar va ta'lim sohasining rivojlanishi e'tiborga olinmoqda. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

81

platformalar IT sohasining rivojlanishi uchun yaxshi samara beradi. Bundan

ko'zlangan aniq maqsad, vazifalarni belgilashdir. Fanlararo bog‘liqlikni mantiqan

asoslash; Metod va shakllarning xilma-xilligini ta’minlash; O‘quvchilarning yosh va

individual xususiyatlarini hisobga olish; Interfaol va amaliy mashg‘ulotlarga e'tibor

qaratish.

Samarali integratsiyalashgan ta'lim natijasida o‘quvchilarda chuqur bilim,

tizimli fikrlash, amaliyotga tayyorlik va ijtimoiy ko‘nikmalar shakllanadi

integratsiyalashgan dars jarayonida o'quvchilar bilan birgalikda turli xil metod va

usullardan foydalanish mumkin

Integratsiyalashgan darslarda quyidagi interfaol metodlar samarali hisoblanadi:

"Aqliy hujum" (brainstorming): G‘oyalarni tezda ishlab chiqish va tanlash.

"Debat" (munozara): Turli fanlar asosida fikr almashish. "Rol o‘ynash": Hayotiy

vaziyatlarni modellashtirish. "Klaster usuli": Asosiy tushunchalarni grafik tarzda

ifodalash. "Fishbone diagrammasi": Muammoni tahlil qilish va sabablari hamda

oqibatlarini aniqlash.

Bunday metodlar o‘quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, ularni mustaqil

fikrlashga undaydi va o‘z fikrini asoslab berishga o‘rgatadi.

Integratsiyalashgan darslarga har xil fanlar bilan o'zaro bog'lanadigan fanlarni

misol qilsak. Masalan,

1-misol: Adabiyot va tarix fanlari integratsiyasi

Dars mavzusi: “Amir Temur shaxsiyati adabiy manbalarda”

Dars davomida o‘quvchilar Amir Temur haqidagi tarixiy faktlarni va adabiy

asarlardagi badiiy tasvirlarni tahlil qilishadi. Bu esa tarixiy voqealarni estetik qabul

qilish va badiiy tafakkurni rivojlantiradi.

2-misol: Matematika va texnologiya fanlari integratsiyasi

Dars mavzusi: “Geometrik shakllar va dizayn”

O‘quvchilar geometrik shakllardan foydalangan holda amaliy buyumlar

loyihalashadi. Bu orqali ularda matematika bilimlaridan amaliy foydalanish

ko‘nikmasi shakllanadi.Har bir ishning ijobiy tomoni bilan birga salbiy tomonlari ham

uchrab turadi. Integratsiyalashgan dars jarayonida multimedia, televizor yetishmasligi,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

82

elektr energiyasining o'chib qolishi ham mumkin.Shu bilan birga har o‘qituvchilarning

yetarli tayyorgarlikka ega emasligi; Fanlar o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikni aniqlashdagi

qiyinchiliklar; Darslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt talab etilishi; Ta'lim

dasturlarining qat'iy chegaralanganligi ehtimoldan xoli emas.

Bunga asosiy yechimlar albatta topiladi. O‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv-

seminarlar va treninglar tashkil etish; Integratsiyalashgan ta'lim metodikalarini ishlab

chiqish va takomillashtirish; Ta'lim dasturlarini moslashtirish va integratsiyalashgan

o‘quv rejalarini joriy etish; Tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish.

Xulosa

Integratsiyalashgan ta'lim zamonaviy ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib,

o‘quvchilarda tizimli fikrlash, ijodiy yondashuv, tanqidiy tahlil va amaliy

ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilarning bilim

darajasi oshadi, ularning o‘zaro muloqot qilish, hamkorlikda ishlash va real

muammolarni hal etish qobiliyatlari shakllanadi.

Ta'limda integratsiyalashgan yondashuvni joriy etish o‘quvchilarning hayotga

tayyorlanishini ta'minlaydi va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlaydi.

9. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abdullayeva S. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari", Toshkent, 2020. 2.Karimov A.

"Integratsiyalashgan o‘qitish metodikasi", Samarqand, 2021. 3. Vygotskiy L.S.

"Pedagogik psixologiya", Moskva, 2005.

4. Dewey J. "Experience and Education", New York, 1938. UNESCO report on

education for sustainable development, 2020. Shodmonov Yo.G'. "Ta'limda

zamonaviy metodlar", Toshkent, 2019.

5. .R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya

va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013.

Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN

TEXNOLOGIYALARI."

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEUmarova,

6. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-

EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

83

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-

25.

7.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

IJTIMOIY

USTANOVKALARNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI."

TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.

8.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK

TA’LIM

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARNI

IJTIMOIY-HISSIY

RIVOJLANTIRISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH."

GOLDEN

BRAIN 1.30 (2023): 46-49.

Most read articles by the same author(s)

Muhammadiva Zarnigor Qahramon qizi, Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, SHARQ ALLOMALARNING ASARLARIDA MUDARISSLAR MEHNATI TO'G'RISIDA ILG'OR PEDAGOGIK FIKLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna, Umarova Dilafruz Anvarovna, O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Egamberdiyeva Saydana Shamsiddin qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Qiyomova Muxlisa, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Jo’rayeva Nozima O’tkir qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, Nurmaxmatov Lutfulla Abdurahmon o'g'li, MILLIY VA HARAKATLI O’YIN TURLARI, UNI TASHKIL QILISH VA O’TKAZISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI , Modern education and development: Vol. 26 No. 1 (2025)

Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLAR INTEGRATSIYASINING NAZARIYASI VA AMALIYOTI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Abdumurotova Sarvinoz Hamza qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

1 2 3 4 > >>