Authors

  • Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna
  • Umarova Dilafruz Anvarovna

Author Biographies

  • Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna

    Shahrisabz davlat pedagogika  instituti

    Boshlangich talim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

  • Umarova Dilafruz Anvarovna

    Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

    Assistent o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117802

Keywords:

mustaqil zamonaviy innovatsiya integratsiya fan bog'liq usul.

Abstract

Ushbu maqolada o‘quvchilarning integratsiyalashgan dars jarayoni orqali o'quvchilarning nutqini ostirish haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga zamonaviy metodlardan unumli foydalanish o'rgatuvchi va o'rganuvchi uchun samarali usullardan foydalanilgan. Bundan tashqari zamonaviy ta'limning boshqa maqsadi instegratsiya ta'limi  orqali rivojlanishi e'tirof etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

63

O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Boshlangich talim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna

E-mail:

gavhart67@gmail.com

Tel raqam:97-805-42-

Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

Assistent o'qituvchisi

Umarova Dilafruz Anvarovna

E-mail:

umarovadilaftuz@gmail.com

Annotatsiya:Ushbu maqolada o‘quvchilarning integratsiyalashgan dars

jarayoni orqali o'quvchilarning nutqini ostirish haqida fikr yuritilgan. Shu bilan birga

zamonaviy metodlardan unumli foydalanish o'rgatuvchi va o'rganuvchi uchun

samarali usullardan foydalanilgan. Bundan tashqari zamonaviy ta'limning boshqa

maqsadi instegratsiya ta'limi orqali rivojlanishi e'tirof etilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil, zamonaviy, innovatsiya, integratsiya, fan,bog'liq, usul.

Abstract: This article discusses the development of students' speech through an

integrated learning process. At the same time, the effective use of modern methods is

used, which is effective for both the teacher and the learner. In addition, another goal

of modern education is recognized as the development of integrated education.

Keywords: independent, modern, innovation, integration, science, related,

method.

Аннотация: В данной статье рассматривается развитие речи

учащихся посредством интегрированного процесса обучения. При этом

эффективно используются современные методы, что выгодно как для

преподавателя, так и для обучающегося. Кроме того, еще одной целью


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

64

современного образования признается развитие через интеграционное

образование.

Ключевые слова: независимый, современный, инновация, интеграция,

наука, связанный, метод.

KIRISH

Zamonaviy ta’lim jarayonining asosiy maqsadi – har tomonlama rivojlangan,

mustaqil

fikrlaydigan,

muammolarga

ijodiy

yondasha

oladigan

shaxsni

shakllantirishdan iborat. Bunday kompetensiyani shakllantirishda an’anaviy fanlararo

chegaralarni bartaraf etuvchi, tizimli va kontekstual yondashuvga asoslangan

integratsiyalashgan ta’lim muhim o‘rin tutadi.

Asosiy qism

Integratsiyalashgan ta’lim – bu fanlararo bog‘liqlik asosida bilimlarni yagona

tizimda o‘rgatishga yo‘naltirilgan yondashuvdir. U o‘quvchining olgan bilimlarini

hayotiy holatlar bilan bog‘lash, turli fanlar o‘rtasidagi aloqalarni anglash, tahlil qilish

va umumlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Integratsiyalashgan ta’lim nafaqat

bilim berishni, balki fikrlash madaniyatini shakllantirishni ham ko‘zda

tutadi.Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan yondashuv orqali bilim

berilgan o‘quvchilar an’anaviy o‘quvchilarga qaraganda muammolarni hal qilishda

mustaqil fikrlashga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bunda ikki o'quvchini o'zaro taqqoslash

orqali aniqlasa ham bo‘ladi. Masalan, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq

ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan

o‘tkazilgan monitoringda integratsiyalashgan metodlar qo‘llanilgan sinflarda mustaqil

ishlash, qaror qabul qilish va fikr bildirish ko‘nikmalari 18% ga yuqori natija

bergan.O‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi,

turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda

muomala madaniyati shakllanadi. Kattalar bilan qanday muloqotda bo‘lishi va qanday

suhbatlar qurishi rivojlantiradi. Muhimi, didaktik o‘yinlar jarayonida bolada o‘z

kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga, o‘z fikrlarini erkin bayon

qilishga o‘rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi. Masalan, “Suratdagi xatoni

top” o‘yinida bola suratni mustaqil kuzatadi. Xuddi shuningdek, “Bo‘lishi mumkin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

65

emas”, “Matndagi xatoni top” o‘yinlari, rebus, boshqotirma kabilar o‘quvchilarning

fikrlash jarayonini faollashtiradi va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.Mustaqil fikrlash –

bu o‘quvchining mustaqil ravishda axborotni tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish,

qaror qabul qilish va o‘z fikrini asoslab bera olish qobiliyatidir. Masalan, dars

jarayonida boshlang‘ich sinf o'quvchilariga "Bahor" faslining rasmini ko'rsatib bu

qaysi fasl nimalar tasvirlangan deb so'rash orqali nutqini ostirish ham maqsadga

muvofiq. O'quvchilar o'zi ko'rgan narsalarini mustaqil ayta olish qobiliyatiga ega

bo'ladi. Bu ko‘nikmalar zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun

zarurdir. Integratsiyalashgan ta’lim o‘quvchini turli fanlar doirasida fikr yuritishga,

o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashga, real hayotdagi muammolarga fanlararo

yondashuv orqali yechim topishga o‘rgatadi.Masalan tabiatshunoslik, o‘qish, husnixat

va matematika fanlari nutq o‘stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. I.G.Pestolotssi

ta‘kidlaganidek "......aql notinch sezgili idrok qilishdan aniq tushunchalarga

ko‘tariladigan manbadir". Bu tushunchalarni anglash esa nutq san'ati bilan birga

yuradi. Erkin tabiat tasvirlari bolada mantiq bilan birga ta‘sirchanlikni ham

rivojlantiradi. Har bir darsda nutq o‘stirish masalalari hal qilinadi. Bunda

o‘rganilayotgan materialning o‘ziga xosligi va nutq o‘stirish masalasini tanlashning

maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. O‘quvchchilar bunday darslarni juda yaxshi

ko'radilar. Ular ko‘p yangi kerakli tushunchalar beradi,tasavvurlarini tartibga

soladi,o‘quvchilar boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo‘lgan

holatlarni yaratadi. Bunday holatda bolalar o'rganilayotgan materialni yaxshiroq

o'zlashtiradilar. Bilimlar tizim holiga keladi va o‘quvchilar uchun juda zarur bo'lib

qoladi. O‘quvchilar ekologik muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va yechim

taklif qilishda mustaqil fikr yurita oladi. Yoki tarix va adabiyot fanlari orqali tarixiy

voqealarning tahlili asosida badiiy tafakkurni shakllantiradi. Pedagog olima O.

Jo‘raevaning fikricha, “integratsiyalashgan ta’lim modeli o‘quvchilarda tahliliy

fikrlashni, muloqot madaniyatini va muammoni ko‘ra olish qobiliyatini shakllantiradi”

(Jo‘raeva O., 2022). Shuningdek, D. Deweyning konstruktivistik ta’lim nazariyasida

ta’kidlanishicha, o‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, balki o‘z faoliyati davomida,

amaliyot orqali egallashi zarur. Bu esa bevosita integratsiyalashgan yondashuv bilan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

66

uyg‘unlashadi deb ta'kidlaydilar.Shu bilan birga Sharq allomalarimizning fikrlari ham

o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Masalan,

Ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar

chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va

mantiqning naqadar ahamiyati cheksizligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta ’lim

berish va ta ’lim olish, flkrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday

javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga

va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman... ” Forobiy “Fozil

odamlar shahri” asarida mudarrisning "so‘zlari aniq bo 'Isin, fikrini va aytmoqchi bo

‘Igan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin... Bilish va o'qishga muhabbati

bo‘Isin, o'rganmoqchi bo'lgan bilimini charchashni sezmasdan, osonlik bilan о

'zlashtira olsin ” deydi. Ikki kishining suhbatida bir birini bezdirib qo'ymasdan

muloqot qilishi zarur. Ravon nutq yaxshi muloqot Insonning yuzida. Bu

vatandoshimizning fikrlari orqali falsafa fani bilan birgalikda tarix va boshqa fanlarni

bog'lashi mumkin.O‘z o‘zidan O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish qachondan

boshlanadi degan savol tug'ilishi mumkin. Bunda o'quvchilar qolaversa, yosh bolalar

o‘z tengdoshlari va o'zidan katta bo'lgan insonlar bilan qilingan suhbatlar natijasida har

xil savollar tug'ilishi mumkin. Masalan,Boshlang‘ich sinf o'quvchilari maktabga

kelganda o'qituvchidan har xil savollar so'raydi."Ustoz nega quyosh kunduzi chiqib

kechasi chiqmaydi" "nega oy biz yurganimizda qo'shilib harakatlanadi" nega

tishlarimiz sinib tushadi" kabi savollarni beradi. Bu jarayonda o'qituvchi erinmasdan

javob bersa o'quvchilarning mustaqil fikrlashi yanada kengayadi. Shuningdek, bu kabi

savollarga o'qituvchi javob bermasa o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi pasayadi.

Integratsiyalashgan dars jarayonida keng imkoniyatlar mavjud. Bu jarayon orqali

o'quvchilar , mustaqil fikrlashga, kreativlikka, bilim samaradorligini oshirishga, nutqi

yaxshi rivojlanishiga turtki bo'ladi.

Xulosa

Integratsiyalashgan ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas tarkibiy

qismiga aylanib bormoqda. U o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini

shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Turli fanlararo aloqalarni o‘zaro


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

67

uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayoni yanada mazmunli, mantiqan to‘g‘rilangan va

hayotga yaqin bo‘ladi. Bu esa o‘quvchini tayyor bilim emas, balki bilimni mustaqil

izlash,

qayta

ishlash

va

xulosa

chiqarishga

yo‘naltiradi.

Tadqiqotlar va amaliy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, integratsiyalashgan ta’lim

vositasida ta’lim olayotgan o‘quvchilar aniq va mustaqil fikrlay oladi, muammolarga

ijodiy yondashadi va hayotiy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga tayyor

bo‘ladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida integratsiyalashgan yondashuvga asoslangan

metodikalarni keng joriy etish dolzarb va zarur hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Jo‘raeva O. *Integratsiyalashgan ta’lim orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini

shakllantirish*. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022.

2.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN

TEXNOLOGIYALARI."

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEUmarova,

3. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-

EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-

25.

4.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

IJTIMOIY

USTANOVKALARNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI."

TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.

5.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK

TA’LIM

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARNI

IJTIMOIY-HISSIY

RIVOJLANTIRISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH."

GOLDEN

BRAIN 1.30 (2023): 46-49.

6. Yusupova D.X. *Pedagogik texnologiyalar va integratsiyalashgan yondashuvlar*. –

Samarqand: SamDU, 2020.

7. Xodjayev A. *Ta’limda innovatsion texnologiyalar va ularning qo‘llanilishi*. –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

68

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sifatini oshirish va ilm-fan

sohasini rivojlantirishga oid” qarori. – 2020-yil 29-oktabr, PQ–4884-son.

9.Mavlonova R. *Pedagogik mahorat*. – Toshkent: TDPU, 2015.

10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. *Integratsiyalashgan ta’lim

bo‘yicha metodik qo‘llanma*. – Toshkent, 2021.

11.R.Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya

va integratsiya"Toshkent "Voris- nashriyot" 2013 O'quv qo'llanma.

12. Qodirova M. Bahodir qizi " O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda

zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish" maqolasi. "O'zbekiston 2030

strategiyasi inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari" jurnali

Most read articles by the same author(s)

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna, Umarova Dilafruz Anvarovna, O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Egamberdiyeva Saydana Shamsiddin qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Qiyomova Muxlisa, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Jo’rayeva Nozima O’tkir qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLAR INTEGRATSIYASINING NAZARIYASI VA AMALIYOTI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Abdumurotova Sarvinoz Hamza qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Shodmonova Maftuna Shokir qizi, MARKAZIY OSIYO VA MDH DAVLATLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

1 2 3 > >>