MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
37
BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN
TA'LIMDAN FOYDALANISH
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talbasi
Abdumurotova Sarvinoz Hamza qizi
:
abdumurotovasarvinoz07@gmail.com
Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi
Assistent o'qituvchisi
Umarova Dilafruz Anvarovna
E.mail:
umarovadilaftuz@gmail.com
Annotatsiya
.
Ushbu
maqolada
boshlang'ich
sinf
o'quvchilarini
integratsiyalashgan ta'limdagi bilim samaradorligini oshirishga yordam beradi.Bola
shaxsini har tomonlama madaniy rivojlantirish.insoniyat yaratgan barcha madaniy
boyliklarni bilishga asoslanadi.Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini
oshirish uchun qanday usullardan foydalanish,o'zaro bog'lashda har xil
metod,interfaol o'yinlarni qo'llash borasida gap ketgan.Qolaversa, fanlarni bog'lash
orqali o'quvchilarni kreativ fikrlashga, tafakkurini kengaytirishga yordam berishi
haqida yoritilgan.
Kalit so'zlar: integratsiya, dastur, bilim, ko'nikma, malaka , o'quvchi, dars,
ta'lim, fan, usul, metod.
Abstract. This article helps to increase the effectiveness of integrated
education of primary school students. The comprehensive cultural development of a
child's personality is based on knowledge of all the cultural wealth created by mankind.
It discusses what methods to use to increase the effectiveness of integrated lessons,
various methods of interconnection, and interactive games. In addition, it is described
how connecting subjects helps students think creatively and expand their thinking.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
38
Keywords: integration, program, knowledge, skills, competence, student,
lesson, education, science, method, method
Абстрактный.
Данная
статья
способствует
повышению
эффективности интегрированного обучения учащихся начальной школы.
Всестороннее культурное развитие личности ребенка основывается на
познании всех культурных ценностей, созданных человечеством. В статье
рассматриваются методы повышения эффективности интегрированных
уроков, различные способы взаимосвязи и интерактивные игры. Кроме того, в
нем подчеркивается, как объединение предметов помогает учащимся мыслить
творчески и расширять свое мышление.
Ключевые
слова: интеграция, программа, знания, умения,
компетенции, ученик, урок, образование, наука, метод, методика.
Kirish
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi islohotlar o‘quv jarayoniga yangicha
yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning
dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlashini shakllantirish va ularni hayotga
tayyorlash uchun integratsiyalashgan ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi.
Integratsiyalashgan yondashuv ta’lim sifatini oshirish, fanlararo bog‘liqlikni
ta’minlash va bilimlarni amaliyotga yo‘naltirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Asosiy qism
Integratsiyalashgan ta’lim bu – turli fanlar orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash
orqali o‘quvchilarga yaxlit bilim berish usulidir. Bu yondashuv konstruktivistik
pedagogika nazariyasiga asoslanadi, ya’ni o‘quvchi bilimni o‘z faoliyati orqali
o‘zlashtiradi. Integratsiyalashgan ta’limda o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga
undaydi, mavzular hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lab tushuntiriladi.
Integratsiya (lotincha integratio – tiklash, toʻldirish, integer – butun
soʻzidan)— degan ma'nolarni anglatadi.Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi
atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rustili,
musiqa va boshqa o‘quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
39
tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi.
Integratsiyalashgan ta’limning turlari:
1.Fanlararo integratsiya
2.Mavzulararo integratsiya.
Fanlararo integratsiya turli fanlar birlashtirish yoki bir-biriga bog'lanish
jarayoni hisoblanadi.Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar
qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi.Masalan, rus tili, onatili, matematika
fanlarini bog'lash orqali darslarni yanada qiziqarli qilib o'tishimiz mumkin.
Mavzulararo integratsiya bir nechta mavzular asosida integratsiya qilish
masalalari tushuniladi.Masalan, Mavzu:Tabiat . Bunda onatili fani bo'yicha diktantlar,
matnlar tuzdirishi mumkin.Tasviriy san'at fanidan tabiatga oid ko'rgazmalar chizishi
mumkin bu albata o'quvchi kreativligiga bog'liq. Tematik integratsiya – bir mavzu
doirasida bir nechta fanlardan bilimlar beriladi.
Kurrikulyar integratsiya – ta’lim mazmuni umumiy kompetensiyalar asosida
tuziladi.
Gorizontal integratsiya – bir sinf ichidagi fanlararo bog‘liqlik.
Vertikal integratsiya – turli sinflarda o‘rganilgan mavzularni o‘zaro
uyg‘unlashtirish.
Boshlang‘ich
sinflarda
integratsiyalashgan
ta’limning
afzalliklari.
1.O'quvchilarning o'rganilayotgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit qismi
chuqur va mustahkam o'zlashtirishlari ta'minlanadi.
2.O'quvchilarni faoliyatning turli-tuman ko'rinish va shakllariga jalb
qilish,faoliyatni tashkil etishning guruh va individual shakllarini maqbul tarzda birga
qo'shib olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
3.Pedagog va o'quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar
yaratiladi,o'quv jarayonida hamkorlik,o'zaro yordam,ta'limning insonparvarlashuvi
namoyon bo'ladi.
4.Peagog ta'limni tashkil etishning,turli-tuman shakllaridan,ularni o'quv kuni
doirasida, o'quv jarayonida o'quvchilar faolligini ta'minlaydigan va qo'llav-quvvatlab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
40
turadigan shakllarga (masalan, guruhlarda dars-suhbat-ma'ruza-mustaqil ish
integratsiya qilish imkoniga ega bo'ladi.
5.O'quvchilarni majburlab o'qitish yo'qoladi.
6.Bilimlar yaxlitligi – bolalar fanlarni ajratmasdan, hayotiy bilim sifatida qabul qiladi.
7.O‘rganish jarayoni mazmunli bo‘ladi – darslar o‘quvchining qiziqishiga moslashadi.
8.Ijodiy va tanqidiy fikrlash rivojlanadi – muammoli vaziyatlar yechimi ustida
ishlanadi.
9.O‘zaro
aloqadorlik
shakllanadi
–
fanlar
bir-birini
mustahkamlaydi.
10.Ko‘nikmalarning hayotga mosligi ortadi – bolalar bilimdan amalda foydalanadi.
Amaliy faoliyatda integratsiyalashgan ta’lim.
Amaliy faoliyatda integratsiyalashgan ta’lim — bu o‘quvchilarning nazariy
bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga yo‘naltirilgan, bir nechta fanlar o‘zaro
bog‘liq holda o‘rganiladigan ta’lim shaklidir. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar
bilimlarni
izchil,
mantiqiy
va
hayotga
yaqin
holatda
egallaydilar.
Ishlab chiqarish yoki kasbga yo‘naltirish: O‘quvchilar maktab bog‘i yoki kichik
ustaxonalarda ishlash orqali biologiya, texnologiya, mehnat va atrof-muhit fanlari bilan
tanishadi.
STEAM yondashuvi: Fan (Science), Texnologiya, Muhandislik (Engineering),
San’at (Arts) va Matematika fanlarining uyg‘unlashgan o‘qitilishi.
Afzalliklari:
Bilimlar yaxlitlashadi va real hayot bilan bog‘lanadi;
O‘quvchilar mustaqil fikrlashga o‘rganadi;
Fanlararo bog‘liqlik orqali motivatsiya oshadi;
Amaliy ko‘nikmalar shakllanadi.
Misol 1: “Bahor” mavzusida integratsiyalashgan dars.Bahor keldi
Bahor keldi, gullar ochdi,
Yashnab ketdi bog‘-u dachti.
Qaldirg‘ochlar qaytdi yurtga,
Quvonch to‘ldi har bir yurak.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
41
Bu bandda bahorning kelishi bilan tabiat uyg‘onib, go‘zallashgani tasvirlanadi.
Gullarning ochilishi, bog‘ va dalalarning yashnashi — bahorning asosiy belgilaridir.
Qaldirg‘ochlarning qaytishi esa mavsum o‘zgarishini bildiradi. Odamlarning qalbi
quvonchga to‘lishi esa bu go‘zallikning inson ruhiyatiga ijobiy ta’sirini ifodalaydi.
Ona tili fanidan bu she'rimizni tahlil qilib, o'quvchilarni lug'at boyliklarini
oshirish,nutq qobiliyatini shakllanturishga xizmat qiladi.
Misol 2: “Do‘kon” ssenariyli dars.
Do‘konda.
Bugun onam bilan bozorga bordik. Biz avval oziq-ovqat do‘koniga kirdik.
Do‘konda non, shakar, un, yog‘ va turli mahsulotlar bor edi. Onam ro‘yxat bo‘yicha
kerakli narsalarni oldilar. Men esa savatchani ushlab yurdim.So‘ngra biz kiyim-kechak
do‘koniga o‘tdik. U yerda yozgi futbolkalar, shapka va oyoq kiyimlari bor edi. Men
o‘zimga yoqqan ko‘k rangli futbolkani tanladim.Do‘konda odob saqlash kerak.
Navbatga turish, sotuvchi bilan muloyim gaplashish muhim. Onam har doim:
“Do‘konda tarbiyali bo‘l!” — deb aytadilar. Men buni yodimda saqlayman.
Bu matn asosida fanlar bilan o'zaro integratsiya qilishimiz mumkin.Matematika
bilan bog'lasak asosan bunda do'kondagi mahsulotlarni narxlarini bilib hisob kitob
qilish natijasida ularning matematik qobiliyatlarini ,tezkorligini va aniqligini
rivojlantirishimiz mumkin.Bundan tashaqari, ularning
iqtisodiy muloqotini
shakllantirib,kelajakdagi faoliyatiga po'ndament bo'lib xizmat qiladi.Texnologiya
fanidan esa mahsulotni etiketini yaratish yo'li orqali kasb-hunarga yo'naltiriladi.
Xulosa .
Integratsiyalashgan ta'lim zamonaviy ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib,
o‘quvchilarda tizimli fikrlash, ijodiy yondashuv, tanqidiy tahlil va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Integratsiyalashgan darslar orqali o‘quvchilarning bilim
darajasi oshadi, ularning o‘zaro muloqot qilish, hamkorlikda ishlash va real
muammolarni hal etish qobiliyatlari shakllanadi.
Ta'limda integratsiyalashgan yondashuvni joriy etish o‘quvchilarning hayotga
tayyorlanishini ta'minlaydi va ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
42
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdullayeva S. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari", Toshkent, 2020. 2.Karimov A.
"Integratsiyalashgan o‘qitish metodikasi", Samarqand, 2021. 3. Vygotskiy L.S.
"Pedagogik psixologiya", Moskva, 2005.
4. Dewey J. "Experience and Education", New York, 1938. UNESCO report on
education for sustainable development, 2020. Shodmonov Yo.G'. "Ta'limda
zamonaviy metodlar", Toshkent, 2019.
5. .R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya
va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013.
Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN
TEXNOLOGIYALARI."
MODERN
EDUCATIONAL
SYSTEM
AND
INNOVATIVE TEUmarova,
6. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-
EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF
TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment
Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-
25.
7.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA
IJTIMOIY
USTANOVKALARNI
RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI."
TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.
8.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK
TA’LIM
JARAYONIDA
O
‘QUVCHILARNI
IJTIMOIY-HISSIY
RIVOJLANTIRISH
METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH."
GOLDEN
BRAIN 1.30 (2023): 46-49.