MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
33
BOSHLANG’ICH TAʼLIM FANLARINING OʻZARO
INTEGRATSIYASI
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yo'nalishi 4 bosqich talabasi
Abdullayeva Durdona Shaxzod qizi
E-mail:
murodovulashbek@gmail.com
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi
Assistent o'qituvchisi
Umarova Dilafruz Anvarovna
E-mail:
umarovadilaftuz@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim fanlarini o'zaro
integratsiya qilish haqida so'z borgan. Matematika fanlarning eng a‘losi ekanligi va
barcha fanlar shu fan orqali bog'lana olishi haqida urg'u berilgan. Bundan tashqari
fanlar integratsiyasi orqali o'quvchilarning nutqini o'ziga bolgan ishonchi, mustaqil
fikrlashi haqida ham so'z borgan. Shuningdek, integratsiyaning afzalliklari va
kamchiliklari borasida ham fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar : integratsiya, fanlararo, bog'liq,matematika, mavzu, bilim,
mustaqil fikr
Abstract: This article discusses the integration of auxiliary educational
subjects. The emphasis is on the best subject of mathematics and the fact that all
subjects can be connected through this subject. In addition, it is also discussed about
the development of students' self-confidence and independent thinking through the
integration of subjects. Integration, integration and its problems are also discussed.
Keywords: integration, interdisciplinary, related, mathematics, subject,
knowledge, independent thought
Аннотация: В статье рассматривается интеграция вспомогательных
учебных дисциплин. Основное внимание уделяется высшему уровню математики
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
34
и тому, как все науки могут быть связаны через него. Кроме того, он рассказал
о важности формирования у студентов уверенности в себе и
самостоятельного мышления посредством интеграции предметов. Также
обсуждаются интеграция, интеграция и ее проблемы.
Ключевые
слова: интеграция, междисциплинарный, связанный,
математика, предмет, знание, самостоятельное мышление
Kirish
Zamonaviy taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchini kompleks
fikrlashga, bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o‘rgatishdir. Ayniqsa, boshlangʻich
taʼlim bosqichi bolalarning dunyoqarashi, tafakkuri va xarakteri shakllanishida muhim
o‘rin tutadi. Shu bosqichda fanlar o‘rtasidagi aloqani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – taʼlim
samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Bu jarayonda fanlararo
integratsiya muhim metodik yondashuv sifatida e’tirof etiladi.
Asosiy qism
Fanlararo integratsiya – bu o‘quv jarayonida turli fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni
yo‘lga qo‘yish, bir fan doirasida boshqa fanlar mazmuni bilan uyg‘un holda bilim
berish demakdir. Bu yondashuv o‘quvchida yaxlit bilim tizimi, turli fanlarga umumiy
nuqtai nazardan yondashish ko‘nikmasini shakllantiradi. Fanlararo integratsiyaning
asosiy maqsadi ham mavjud.O‘quvchining bilimini bir yo‘nalishda emas, balki ko‘p
yo‘nalishda rivojlantirish; Fanlar orasidagi tabiiy bog‘liqlikni ochib berish; Bilimlarni
real hayotga tatbiq etish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiq. Integratsiyalashgan
dars va integratsiyalashgan ta'limda qolaversa, boshlangʻich taʼlim fanlarini
integratsiyalash imkoniyatlarini yaratish lozim. Boshlang‘ich taʼlimda quyidagi fanlar
o‘zaro integratsiyalashuv uchun katta salohiyatga ega: ona tili, matematika,
tabiatshunoslik, texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya va xalq og‘zaki
ijodi.
1. Ona tili + Matematika
Hikoya, sheʼr va topishmoqlar orqali matematik tushunchalarni singdirish va
raqamlar ishtirok etgan ertak va matnlar orqali sanash, taqqoslash, ifodalar bilan
ishlash. Misol: “Uchta qush daraxtda edi, ikkita uchib ketdi. Nechta qoldi?” – bu savol
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
35
nafaqat matematik hisob-kitob, balki tilni to‘g‘ri tushunishni ham o‘rgatadi.
2. Matematika + Tabiatshunoslik
Vaqt, fasllar, o‘simlik o‘sishi, ob-havo haqida kuzatishlar asosida grafiklar
tuzish, jadval tuzish. Havo nechi gradus isishi va sovushi ,og‘irlik, hajm, masofa kabi
o‘lchov tushunchalarini tabiat hodisalari orqali o‘rganish. Bundan tashqari masofani
o'lchashga qadamlardan foydalanish.
3. Ona tili + Tabiatshunoslik
Tabiat hodisalari haqida matnlar o‘qish, ularni tahlil qilish va yozma ifodalash.
"Ona tabiat" mavzusi yuzasidan matn o'qish va matn mavzusini izohlash.Fasllar,
hayvonlar, o‘simliklar hayoti haqida hikoyalar tuzish.
4. Texnologiya + Matematika
Geometrik shakllardan foydalanib buyumlar yasash. Kartondan geometrik
shakllar uchburchak to'rtburchak chizib qirqib olib va uni o'quvchilarga ko'rsatish
orqali shakllar farqini ham o'rganish.O‘lchash, taqqoslash, andoza bo‘yicha ishlash.
5. Musiqa + Matematika
Ritm, takt, metronom asosida sanash, vaqtni his qilish.
Ritmik sanash bilan ko‘paytirish jadvalini mustahkamlash.
6. Jismoniy tarbiya + Matematika
Masofa, vaqt, tezlik haqida mashqlar. Guruhlash, juftlikda ishlash, harakatli
o‘yinlarda sanash kabi mashqlarni qilish o'quvchilar bilimi yaxshi rivojlanadi. Ko'rinib
turganidek barcha fanlar bilan bir biriga bog'laydigan bu matematika fanidan. Shuning
uchun ham bu fan aniq fan hisoblanadi. O'z o'zidan integratsiyalashgan darslarning
afzallikari nimada degan savol vujudga keladi.Integratsiyaning afzalliklari
quyidagilardan iborat.
1. Yaxlit dunyoqarash – fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali o‘quvchi hayotni
yaxlit tushunadi. O'ziga bolgan ishonchini tobora ortib boradi.
2. Qiziqish ortadi – fanlar o‘zaro bog‘langanda o‘quvchilar darsga qiziqib
qatnashadilar.
3. Ijodkorlik rivojlanadi – fanlararo aloqalar ijodiy yondashuvni talab qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–4_ Май –2025
36
4. Ko‘nikmalar mustahkamlanadi – bir nechta yo‘nalishda bilimlar takroran
mustahkamlanadi.
Xulosa
Boshlangʻich taʼlim fanlarini integratsiyalash — bu o‘qitishning yangi darajasi
bo‘lib, o‘quvchini faqat faktlarni yodlash emas, balki fikrlash, tahlil qilish, muammoni
yechish va hayotiy bilimlarni qo‘llashga o‘rgatadi. Bunday yondashuv zamonaviy
o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos keladi va ularning ijtimoiy, madaniy va intellektual
salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchilar uchun bu – doimiy izlanish,
ijodiy yondashuv va didaktik mahoratni talab qiluvchi yo‘ldir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN
TEXNOLOGIYALARI."
MODERN
EDUCATIONAL
SYSTEM
AND
INNOVATIVE TEUmarova,
2. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-
EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF
TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment
Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-
25.
3.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA
IJTIMOIY
USTANOVKALARNI
RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI."
TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.
4.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK
TA’LIM
JARAYONIDA
O
‘QUVCHILARNI
IJTIMOIY-HISSIY
RIVOJLANTIRISH
METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH."
GOLDEN
BRAIN 1.30 (2023): 46-49
5.R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya
va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013.