Authors

  • Abdinazarova Shahnoza Botir qizi
  • Umarova Dilafruz Anvarovna

Author Biographies

  • Abdinazarova Shahnoza Botir qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Boshlang'ich ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

  • Umarova Dilafruz Anvarovna

    E-mail:abdinazarovashahnoza70@gmail.com.

    Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

    Assistent o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117811

Keywords:

matematika ta'lim integratsiya yangilik qiziqish raqam fan yo‘nalish

Abstract

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda matematika fanini boshqa fanlar bilan integratsiya qilish jarayonida o’quvchilar bilimini shakllantirish va yangicha usullardan foydalanish haqida so‘z borgan.Matematika fani aniq fan hisoblanganligi va barcha fanlar bilan chambarchas bog'liqligi va shu bilan birga iqtisodiy bilimni rivojlantirish uchun ham matematika fanini bilishligi haqida fikr yuritilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

416

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI BOSHQA

FANLAR BILAN INTEGRATSIYALASH

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Boshlang'ich ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

Abdinazarova Shahnoza Botir qizi

E-mail:abdinazarovashahnoza70@gmail.com.

Boshlangich talim nazariyasi kafedrasi

Assistent o'qituvchisi

Umarova Dilafruz Anvarovna

E-mail:umarovadilaftuz@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda matematika fanini

boshqa fanlar bilan integratsiya qilish jarayonida o’quvchilar bilimini shakllantirish

va yangicha usullardan foydalanish haqida so‘z borgan.Matematika fani aniq fan

hisoblanganligi va barcha fanlar bilan chambarchas bog'liqligi va shu bilan birga

iqtisodiy bilimni rivojlantirish uchun ham matematika fanini bilishligi haqida fikr

yuritilgan

Kalit so‘zlar: matematika, ta'lim integratsiya,yangilik, qiziqish,raqam,fan,

yo‘nalish

Abstract: This article discusses the problem of monitoring and implementing

new methods of student knowledge in the process of integrating mathematics with other

subjects in middle school. Math.

Keywords: mathematics, education integration, innovation, speed, number,

science, direction

Аннотация: В статье рассматриваются вопросы мониторинга и новые

методы обучения учащихся в процессе интеграции математики с другими

предметами на уроках решения задач. Математика.

Ключевые слова: математика, интеграция образования, инновации,

скорость, числа, наука, направление


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

417

Kirish

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, integratsiyalashgan

darslar, tarmoq fanlararo aloqalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,

boshlangʻich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish,

ularni kompleks fikrlashga o‘rgatish, real hayotiy holatlarda bilimni qo‘llay olish

ko‘nikmasini shakllantirish uchun fanlararo integratsiya samarali vosita hisoblanadi.

Matematika fani esa bu jarayonning asosiy o‘qi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, hamma

fanlar matematika fan bilan chambarchas bog'liq.

Asosiy qism

Integratsiya — bu o‘zaro bog‘liq fanlar yoki yo‘nalishlar o‘rtasidagi aloqani

mustahkamlash, bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarda yaxlit tasavvurni

shakllantirish demakdir. Boshlang‘ich ta’limda bu yondashuv bolalarning yosh

xususiyatlari, psixologik ehtiyojlari va kognitiv rivojlanishiga to‘la mos keladi.

Integratsiyaning quyidagi turlari mavjud:

Mazmuniy integratsiya – fanlararo mavzular asosida bilimlarni birlashtirish;

Tarbiyaviy integratsiya – dars mazmuni orqali axloqiy va ijtimoiy tarbiyani

yo‘naltirish;

Amaliy

integratsiya

– real faoliyat orqali bilimlarni qo‘llash.

Matematika fani o‘z mohiyatiga ko‘ra aniq, tizimli va mantiqiy tafakkurni

rivojlantiradi. Uni boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘qitish orqali o‘quvchilar:

O‘rganilayotgan mavzuni chuqur tushunadilar;

Fanlararo bog‘liqlikni his qiladilar;

Hayotiy holatlarga nisbatan amaliy yondashuvni shakllantiradilar.

Matematika darsida she’rlar, topishmoqlar, maqollar orqali sonlar, shakllar va

o‘lchamlar haqida tasavvurlar kengaytiriladi. Masalan: “Beshta barmog‘im bor, har

biri – do‘stim” kabi ifodalar orqali son tushunchalari mustahkamlanadi.Matematik

o‘yinlar - bunday o‘yinlardan biri bolalar yaxshi ko‘radigan mozaika o‘yinidir. Bu

o‘yin jarayonida bolalar mozaika detallaridan ketma-ket har xil rangli naqshlar,

figuralar, tuzadilar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

418

Matematik ertaliklar - tashkil qilish uchun o‘yinlar bilan tanishish va ularni

mustaqil o‘tkazishdan foydalanish mumkin. Ba'zida ularni KVN shaklida, ermaklar

tariqasida o‘tkaziladi. Ertalik chorakda yoki yarim yilda hamma parallel sinflarda bir

marta o‘tkaziladi. Ikkinchi sinflar IV-chorak uchun ertalikdan birining rejasini

keltiramiz.

1.Mashg'ulot

maqsadini

aniqlovchi

shifrlangan

misollarni

yechish.

2."Kim to‘pqirroq, kim tezroq" o‘yinlari.

3.Tipik misollarni yechish.

4.She'riy masalalarni yechish.

5.Topishmoqlarni topish.

Matematika darsida she’rlar va ertaklar orqali boshlashi ham mumkin. Bunda

darsning istalgan qismi bo‘yicha har bir sinfdan 3-5 o‘quvchidan so‘raladi,javoblarga

berilgan ballar jamlanadi va oxirida g'oliblari e'lon qilinadi.Namuna sifatida "nol"

haqida ertakni keltirish mumkin. Qulaylik uchun ertaklar qismlarga bo‘linadi.

1.Juda qadim zamonlarda dengizlar va tog‘lardan narida Raqamiya mamlakati

bo‘lgan. Unda juda rostgo‘y insonlar yashashgan. Nolgina o‘zining dangasaligi va

yolg‘onchiligi bilan ajralib turgan.

2.Bir kuni sahrodan ancha narida qirolicha Arifmetika paydo bo‘lganligini va

Raqamiyaning barcha fuqarolarini o‘zida xizmat qilishga chaqirganligini hamma

biladi. Raqamiya bilan Arifmetika qirolligi orasida sahro bo‘lib, bu sahroni to‘rtta

daryo -Qo‘shish, Ayirish, Ko‘paytirish va Bo‘lish daryolari kesib o‘tardi. Arifmetika

qirolligiga qanday o‘tib borishi mumkin? Sonlar birlashishiga sahroni kesib o‘tishga

harakat qilishga axd qilishdi.

3.Ertalab vaqtli quyosh o‘z nurlarini yerga socha boshlashishi bilan sonlar

yo‘lga otlanishdi. Ular jaziramada uzoq yurishdi va qo‘shish darsiga o‘tib borishdi.

Sonlar suv ichish uchun daryoga o‘zlarini tashlashdi, ammo daryo ikkitadan boplib

turing va qo‘shiling, shunda ichishga suv beraman, dedi. Hamma daryo buyrug‘ini

bajardi. Daryo istagini tanlab nol ham bajardi. Ammo u bilan qo‘shilgan son norozi

bo‘ldi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

419

4. Ayirish daryosiga o‘tib borishdi. U ham suv uchun haq talab qildi. Ikkitadan bo‘lib

turish

va

katta

sondan

kichik

soni

ayirishni

talab

qildi.

5. Ko‘paytirish daryosi o‘zaro ko‘paytirishni talab qildi. Nol bilan juftlikda turgan son

umuman suv olmadi.

6. Bo‘lish daryosi oldida ham nol bilan juftlik turishni xohlamadi.

7. Qirolicha Arifmetika hamma sonlarni bu tanbal bilan kelishtirib qo‘ydi: U nolni

sonning yoniga shundaygina yozib qo‘yadigan bo‘ldi, bundan o‘sha son 10 marta ortdi.

Shundan keyin sonlar yaxshi yashab ketishdi. .

O‘quvchilarga berish mumkin bo‘lgan savollarni ba'zii namunalarini

keltiramiz.

1.Nega mamlakat Raqamiya deb ataladi? Nol soni nimani bildiradi?

2.Qirolicha Arifmetika matematikada nima bilan shug‘ullanadi? Sonlar raqamlardan

nimasi bilan farq qiladi?

3. Nol qo‘shilgan son nega norozi bo‘ladi.

4.Nega nol bilan juft tashkil qilgan son yo‘tqazib qo‘ydi?

5.Nega nol bilan turgan son daryodan suv ololmadi?

6.Nega bo‘lish daryosidan o‘tishga nol bilan sonlar juftlashishni xohlamadi? Shu kabi

bolalar bilimini va diqqatini tekshirish mumkin.

Integratsiyalashgan darslar 2 xil bo'ladi. Birinchisi, fanlararo integratsiya,

bitta mavzu orqali 2-3 ta fanni bir biri bilan bog'lash. Ikkinchisi, mavzulararo

integratsiya, bir mavzu yuzasidan turli fanlarni bog'lash.Shu jihatdan fanlararo

integratsiya qilishga quyidagilarni keltiramiz.

1.Matematika tabiatshunoslik.

O‘simliklarning o‘sish bosqichlarini o‘lchash, harorat o‘zgarishini grafikda

ifodalash, yil fasllaridagi o‘zgarishlarni solishtirish orqali matematika va

tabiatshunoslik bog‘lanadi.Masalan: haftalik harorat o‘zgarishiga doir jadval tuzish va

undan matematik xulosa chiqarish. Ob havo ma'lumotlarini berish

2. Texnologiya (mehnat taʼlimi):


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

420

Qo‘l mehnatida geometrik shakllarni yaratish, o‘lchamlar asosida ishlash,

simmetriyani aniqlash orqali amaliy mashg‘ulotlar bajariladi.Masalan: kvadrat,

uchburchak shakllarda kesilgan kartonlardan turli figuralar yasash.

3. Matematika-musiqa.

Ritmik sanash, taktlar orqali vaqt o‘lchovi bilan bog‘liq matematik

tushunchalar singdiriladi. Masalan: ¾ yoki 4/4 o‘lchovli musiqalarda zarb sanash

orqali kasr tushunchasi berilishi mumkin.Bundan tashqari matematik raqamlarga oid

qòshiqlar ham bor bunga misol qilib Sardor Mamadaliyevning "Raqamlar" qo'shig'ini

keltirishimiz mumkin.

Raqamlar bir kuni jam bo’ldi,

Birdan tortib to’qqizga qadar.

Eng birinchi bo’lib bir keldi,

Eng so’nggida to’qqiz darbadar.

Nolni taklif qilmadilar ham,

Uni raqam bilmadilar ham.

Maqtandilar rosa o’zaro,

Kelib chiqdi oxir mojaro.

Bir raqamlar boshiman, derdi,

To’qqiz zo’rdek ko’ksini kerdi.

Yetti esa sirliman, derdi.

Olti undan qolishmas edi.

Sakkiz, besh, to’rt, ikki hamda uch,

Maqtandilar ne so’z bo’lsa duch.

Xullas kalom, eng kichik bo’lib,

Ikkidan ham teng kichik bo’lib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

421

Bir sharmanda sharmisor bo’ldi,

Barcha raqam ustidan kuldi.

Shu payt nogoh nol kelib qoldi,

Bir uni shart yoniga oldi.

Shu yo’l bilan o’nga aylandi,

Va ayovsiz jangga shaylandi.

Hamma nolni yoniga tortdi,

Uning qadri, qimmati ortdi.

To’qqiz mahkam ushladi nolni –

To’qson bo’ldi, ko’ring bu holni.

Shunday qilib, nol talash bo’ldi,

Raqamlarga qiymat bosh bo’ldi.

Shoyad manzur sizga bu qissa,

Ushbu erur qissadan hissa:

Kamsitmang hech cho’pni, xasni ham,

Toshu kesak, baland, pastni ham.

Yetti emas, ming o’ylab so’ng deng,

Nol bo’lmasa, ming ham birga teng.

Bu qo'shiqni o'quvchilarga televezor orqali ko‘rsatish yaxshi samara beradi.

5. Jismoniy tarbiya- matematika

Harakatli o‘yinlar orqali sanash, tezlikni hisoblash, masofani o‘lchash, guruhga

bo‘lish kabi faoliyatlar bajariladi.Masalan: “Har 3 qadamda to‘xtab, raqam aytish”

o‘yini orqali sanash va ko‘paytirish mashqlari o‘rganiladi. Integratsiyaning afzalliklari

O‘quvchilarning fanga qiziqishi oshadi. Fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali yaxlit

dunyoqarash shakllanadi.

Real

hayotdagi

muammolarni

hal

qilish

ko‘nikmasi

rivojlanadi.

Matematik tushunchalar mustahkamlanadi va amaliyotga tatbiq qilinadi. Amaliy

tavsiyalar o‘qituvchilar uchun.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

422

1.Dars rejasini tuzishda fanlararo bog‘liqlikni oldindan belgilash;

2. Darslarda o‘yin, hikoya, amaliy mashg‘ulotlarga keng o‘rin berish;

3. Ko‘rgazmali qurollar, jadval, grafik, tabiat namunalaridan foydalanish;

4. Guruhlarda ishlash orqali muloqot va hamkorlik ko‘nikmasini

rivojlantirish.

Xulosa.

Boshlangʻich sinflarda matematika fanini boshqa fanlar bilan integratsiyalash

– bu faqatgina darslarni rang-barang qilish emas, balki o‘quvchilarning intellektual,

mantiqiy va ijtimoiy rivojiga xizmat qiluvchi muhim didaktik yondashuvdir. Har bir

o‘qituvchi bu imkoniyatlardan samarali foydalansa, o‘quvchilar bilim olish jarayonida

nafaqat raqamlarni, balki hayotni anglashni ham o‘rganadilar..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.Abdullayeva S. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari", Toshkent, 2020. 2.R.

Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya va

integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013. 3.M. Sattarov

"Matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuv" "Zamonaviy dunyo

ta'limi:yangi davr muammolari-yangi yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy

anjuman materiallari 2024-yil 17-may.

4. Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN

TEXNOLOGIYALARI."

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEUmarova,

5. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-

EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-

25.

6.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

IJTIMOIY

USTANOVKALARNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI."

TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

423

7.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK

TA’LIM

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARNI

IJTIMOIY-HISSIY

RIVOJLANTIRISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH."

GOLDEN

BRAIN 1.30 (2023): 46-49.

Most read articles by the same author(s)

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna, Umarova Dilafruz Anvarovna, O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Egamberdiyeva Saydana Shamsiddin qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Qiyomova Muxlisa, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Jo’rayeva Nozima O’tkir qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLAR INTEGRATSIYASINING NAZARIYASI VA AMALIYOTI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Abdumurotova Sarvinoz Hamza qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Shodmonova Maftuna Shokir qizi, MARKAZIY OSIYO VA MDH DAVLATLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

1 2 3 > >>