MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
218
XXI ASRDA PEDAGOGIK FAOLIYAT VA PEDAGOGIK
QOBILIYATLAR
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti 3-bosqich talabalari
Abdurahmonova Mohichehra Mumin qizi
Abdinazarova Madina Eldor qizi
Qoryogʻdiyeva Mohinur Oybek qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada inson ijtimoiy hayotdagi faolligi uning
pedagogik faoliyatidagi oʻziga xosligi hamda oʻqituvchi pedagog shaxsiga lozim
boʻlgan qobiliyatlarning ish samaradorligiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.
Kalit soʻzlar. Pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyat xususiyatlari, qobiliyat,
umumiy va xususiy, tabiiy va maxsus insoniy qobiliyatlar, fan, sanʼat, amaliyot.
Kirish.
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sifatida taʼlim tizimining yanada
takomillashtirilishini hamda taʼlim samaradorligini eng yuqori choʻqqiga olib chiqish
deb ayta olamiz. Bu bevosita taʼlim xodimlarining kasbiy mahorati va pedagogik
qobiliyatga bogʻliqdir.
Eng avvalo, pedagogik faoliyat haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, faoliyat bu
faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, u oʻzining psixologik alomatlari
bilan xatti-harakatdan tafovutlanadi. Bundan pedagogik faoliyatni ajratib oladigan
boʻlsak, pedagogik faoliyatning maqsadi oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, jamiyat
tomonidan belgilanadi va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga
qaratilgan. Ushbu faoliyat avlodlarning oʻzaro ijtimoiy bogʻliq aloqalarni amalga
oshirishga yoshlarni tayyorlash insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini
egallashda foydalanishdan iborat.
Oʻqituvchi shaxsining pedagogik faoliyatida:
1. Oʻz-oʻziga ishonch, yaʼni ,, mening misolimda bilimdon, talabchan, haqiqiy
oʻqituvchini koʻrishsin".
2. Pedagogik taʼsir vositalariga ega boʻlishi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
219
3. Oʻquvchilarga , bolalar jamoasiga tayanishi;
4. Pedagogik faoliyat maqsadiga insonparvarlik strategiyasiga vositalarni
ijodiy oʻzgartirib faoliyat obyektiga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Kabi xususiyatlarni koʻrish mumkin.
Pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik qobiliyatning ham oʻrni va ahamiyati
yuksakdir.
Qobiliyat nima?
Qobiliyat - insonlarning bosh miya faoliyatiga bogʻliq boʻlib, murakkab
tuzilishga ega boʻlgan psixik sifatlar majmui. Qobiliyatni bir nechta turlarga ajratish
mumkin.
1. Tabiiy qobiliyat.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar.
Maxsus qobiliyatlar ham oʻz oʻrniga ikki turga boʻlinadi:
1. Umumiy qobiliyatlar
2. Xususiy qobiliyatlar.
Xususiy qobiliyatlar 3turga boʻlinadi:
1. Fan
2. Sanʼat
3. Amaliyot
Kimningdir qobiliyati ilmiy jihatdan bir qadar rivojlangan boʻlsa, yana
kimnikidir sanʼat jihatdan yuksaklangan boʻladi. Masalan , oʻzimiz ham bir koʻylakni
koʻrganimizda uni tikkan qiluvchining mahoratiga, qobiliyatiga qoyil qolamiz. Yana
boshqa koʻylakning kamchiligini koʻrganimizda unga oʻzimizcha baho beramiz.
Ammo bu degani koʻylakni chiroyli tikkan tikuvchi qobiliyatli, kamchilikli koʻylak
egasi qobiliyatsiz emas. Hammaning oʻz xususiy qobiliyati mavjuddir. Biror maʼlumot
yoki fan boʻyicha qobiliyati yaxshi oʻquvchi tez va oson oʻrganishi mumkin, lekin
shunga nisbatan qobiliyati yoʻq oʻquvchi ham tinimsiz mehnat evaziga qobiliyatni
oʻzida shakllantirishi mumkin. Shu oʻrinda bugungi pedagogik faoliyatda ham
pedagogik qobiliyatning oʻrni katta.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
220
Pedagogik qobiliyat - shaxsning pedagogik faoliyatga layoqati mavjudligi
demakdir. Pedagogik qobiliyatlar bir necha turga boʻlinadi.
1. Didaktik qobiliyatlar
2. Akademik qobiliyatlar
3. Perseptiv qobiliyatlar
4. Nutq qobiliyatlar
5. Tashkilotchilik qobiliyatlari
6. Avtoritar qobiliyatlar
7. Kommunikativ qobiliyatlar
Pedagoglik sohasini tanlagan har bir shaxs yuqoridagi pedagogik qobiliyatlarni
oʻzida bevosita shakllantirgan boʻlishi kerak. Quyida bir misolni koʻrib chiqamiz.
1. Matematika fani sohasida boʻlgan qobiliyatlar
2. Adabiyot va ona tili fanlariga oid qobiliyatlar
Xuddi shu ikki fan oʻrtasida bir qancha tafovutni kuzatish mumkin. Oʻz
hayotimizda uchratgan matematikani zoʻr bilgan odam odatda ona tili va adabiyot
faniga kelganda biroz oqsaydi yoki aksincha. Bu degani shu aniq fanga boʻlgan
qobiliyati rivojlangan ammo gumanitar fanlardagi qobiliyati orqada qolgan boʻlishi
mumkin. Bu deganiki, insonning ham narsaga qobiliyati bor, lekin qaysidir koʻproq
rivojlangan , qaysidir oddiy bilish jarayoniga aylanib qolgan. Yaʼniki, shu mavzuda
faqat maʼlumotlar bera oladi, ammo amaliy bajarishni muvaffaqiyatli amalga oshira
olmasligi ham mumkin.
Ammo pedagog shaxsiga pedqobiliyatning barcha turi mujassamlashgan
boʻlishi kerak, bolaga oʻquv materialini aniq yetkazib berishda didaktik, oʻquvchiga
faqat bir sohada emas balki uni atrofdagi barcha koʻrib turgan narsa va hodisalar haqida
yuzaki boʻlsa hamki maʼlumot berishda akademik, oʻquvchi shaxsini ham tashqi ham
ichki jihatdan idrok qila olish uchun perseptiv, bola shaxsini oʻtayotgan darsiga
qiziqtira olishi va oʻz fikrini bolalarga mimika va pantomimika yordamida ham aniq
yetkaza olish uchun nutq, tadbir va bayramlar, shuningdek ochiq darslarni chiroyli
saviyada oʻtkaza olish uchun tashkilotchilik, darslarda intizomni hamda qatʼiylikni
saqlash uchun avtoritar, ham oʻquvchi ham ota-onalar hamda oʻz kollektivi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
221
samarali muloqotni yoʻlga qoʻya olish uchun kommunikativlik qobiliyatni talab
qilinadi.
Xulosa.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, har bir pedagog oʻz faoliyatida mehr
muhabbat, sabr -toqat, kuzatuvchanlik, ijodkorlik va muloqot qobiliyatlariga ega
boʻlishi zarur. Mazkur qobiliyatlar oʻqituvchining oʻz kasbiga boʻlgan munosabatini
belgilab, taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Shunday ekan,
pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish ustida doimiy ishlash - har bir zamonaviy
oʻqituvchining asosiy modelidir.
Shu oʻrinda bizda pedagogik qobiliyatlar ustida ishlanmaganlik masalasi ham
bor. Agar oʻqituvchi pedagog oʻz ustida ishlamasa ish faoliyatida koʻp qiyinchiliklarga
uchraydi. Masalan, bugungi kunda joriy qilingan oʻqituvchilar uchun davlat
attestatsiyasi va oʻquvchilar uchun fan olimpiadalari ham aynan qobiliyatlar, yaxshi
faoliyatlar toʻqnashuvidir. Shuning uchun ham bugungi kunda yurish emas yugurish
kerak deymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. 1. Жураев Б. Т. Деятельность педагога по гуманизации учебно-
воспитательного процесса //Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI
в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. - 2017. - Т. 31.
2. Жураев Б. Т. Гуманизация дидактических отношений между учителем и
учащимся в педагогических идеях Востока //VIII Лазаревские чтения" Лики
традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс
базовых ценностей?". - 2018. - С. 120-122.
3. Жураев Б. Т. Социально-духовное развитие студентов //Россия-Узбекистан.
Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития. - 2019. - С. 22-23.
4. Жураев Б. SHARQDA PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAYDONGA KELISHI
VA
RIVOJLANISHI
//Ижтимоий-гуманитар
фанларнинг
долзарб
муаммолари/Актуальные проблемы социально -гуманитарных наук/Actual
Problems of Humanities and Social Sciences. - 2023. - Т. 3. - №. S/2. - С. 343350.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
222
5. Ходжаев Б. К., Жураев Б. Т. Повышение нравственно-эстетической культуры
слушателей института повышения квалификации работников народного
образования //Экономика и социум. - 2022. - №. 3-2 (94). - С. 1217-1222.
6. E. Gʼoziyev. Umumiy psixologiya. 1-kitob. Toshkent ,,Universitet" - 2002.