MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
215
BOSHLANG’ICH TAʼLIM TABIIY FANLARIDA EKSKURSIYA
DARSLARINI TASHKIL QILISH
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi
Alimardonova Mo’tabar Xolmoʻminova
Shahrisabz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
talabalari
Abdurahmonova Mohichehra Mumin qizi
Qoryogʻdiyeva Mohinur Oybek qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarini
tashkil etish, tabiiy fan darslarida jonli burchaklar tashkil qilish, oʻquvchilarni amaliy
mashgʻulot ishlariga jalb qilish, turli maktab ichkarisi va maktab tashqarisiga
ekskursiyalarga olib chiqish, ekskursiyaga chiqish tartib va qoidalari bilan tanishtirish
hamda tabiiy fan oʻqituvchisining amaliy ishlari haqida maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar. Zamonaviy oʻqituvchi, yaxshi oʻqituvchi , zamonaviy taʼlim,
amaliy dars, ekskursiya, virtual ekskursiya, maktab ichida va maktab tashqarisiga
ekskursiyalar.
Bugungi kunning dolzarb masala va talablaridan biri sifatida yaxshi zamonaviy
oʻqituvchi imidjini yaratish deya aytish mumkin. Masalan, yaxshi oʻqituvchi boʻlish
mumkin, ammo zamonaviy oʻqituvchi boʻlish qiyin. Zamonaviy oʻqituvchi zamonaviy
taʼlimga mosdir. Zamonaviy oʻqituvchi yangi texnologiya va yangi amaliyot darslar
bilan qurollangan oʻqituvchidir.
Shu maqsadda 2020-yil ,, Milliy oʻquv dasturi", 2019-2020-yillarda STEAM
texnologiyasining joriy etilishi ham aynan Oʻzbekistonda zamonaviy oʻqituvchi va
zamonaviy darslarni shakllantirishni maqsad qilgan.
,,Milliy oʻquv dasturi"da faqat nazariyadan iborat boʻlgan darslar endi amaliy
darslar bilan almashtirilishi zarurligi haqida alohida fikr yuritilgan. Shu jumladan,
boshlangʻich sinflarda tabiiy fan darslarining joriy etilishi va bu darslarni tashkil qilish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
216
alohida oʻrin egallaydi. Tabiiy fan darslari boshqa fanlardan farqli oʻlaroq ham nazariy
ham amaliy darslarni teng shaklda olib borilishini talab qiladi. Tabiiy fan darslari yangi
koʻrgazmalar, yangi maʼlumotlar va yangi texnologiyalarsiz samarali natijaga erisha
olmaydi. Amaliy darslarni boshlangʻich sinf davridayoq boshlash maqsadga
muvofiqdir. Amaliy darslar oʻquvchilar bilimini mustahkamlaydi, darsni oʻquvchi
ongida singishini osonlashtiradi. Masalan, sinflarda tabiiy fan darslarida oʻsimliklar,
hayvonlar yoki tabiat bilan bogʻliq jonli burchaklar, tabiat qoʻynida ekskursiyalar,
muammoli vaziyatlar va ularning yechimlarini topish kabi amaliy ishlarni tashkil qilish
mumkin. Shu oʻrinda darslarda ekskursiyalar tashkil qilish muhim va eng qiyin
faoliyatdir.
Ekskursiya — bu o‘quvchilarni turli tabiiy muhitlarga olib borish orqali
o‘rganilayotgan fan bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadigan
ta'lim metodidir. Ekskursiyalar tabiiy fanlarda o‘quvchilarga nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etish, ekologik bilimlarni oshirish, tabiatni asrashga bo‘lgan
mas'uliyatni his qilish imkonini yaratadi. Ekskursiya o‘tkazishning asosiy maqsadi
o‘quvchilarning o‘zlariga yaqin tabiatni chuqurroq tushunib olishlarini ta'minlash va
ilmiy tafakkurlarini rivojlantirishdir.[1]
Ekskursiya darslarining bir necha texnologiyalari mavjuddir.
1. Ekskursiya haqida tushunchaga ega boʻlishi hamda ushbu ekskursiya amalga
oshiriladigan ishlar maqsadini aniqlab olish.
2. Oʻquvchilarga ekskursiya vaqtida nimalarga eʼtibor berishlari, masalan,
qanday ishlarni amalga oshirishlarini tushintirish va topshiriqlar berish. Masalan
oʻquvchilar oʻzlari bilgan oʻsimliklarni koʻrishlari va oʻsimlik turlarini sanashlari
mumkin.
3. Oʻquvchilarning koʻrgan narsalari haqida maʼlumotga ega boʻlishlari va
ularni sinfda muhokama qilishlari uchun oʻzlari bilan yon daftar yoki fotoapparatchalar
olishlarini eslatib oʻtush kerak.
4. Ekskursiyaga mos tarzda kiyinish va tegishli tashkilotlardan ruxsat olish.
Xuddi shu tarzda boshlangʻich sinflar uchun ekskursiya darslarini tashkil etish
mumkin.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–3_ Май –2025
217
Oʻz oʻrnida ekskursiyalarni maktab ichida oʻtkazish ham mumkin. Bu esa
boshlangʻich sinf oʻquvchilarining xavfsizligini yuqoriroq darajada taʼminlab beradi.
Masalan, sinfda virtual ekskursiyalarni tashkil etish. Monitor ekranidan mavzuga oid
oʻsimlik, hayvon yoki togʻ jinslari kabilarni koʻrsatish ularning muhiti, sharoiti bilan
oʻquvchilarni tanishtirish mumkin.
Xulosa.
Bugungi zamonning talabi sifatida ham amaliy ham nazariy darslarni teng
shaklda olib borish. Oʻqituvchining rolini nazariy darslarda ham kamaytirish,
oʻqituvchi faqat yoʻnaltiruvchi , rahbar boshqaruvchi sifatida ishtirok etishi
hisoblanadi. Boshlangʻich sinflarda ham koʻproq amaliy darslarni ayniqsa informatika,
tabiiy fanlarni koʻproq jonli tarzda oʻtkazish dars samarasini oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. . D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o'qitish
metodikasi Toshkent, "Barkamol fayz media" nashriyoti, 2018-yil.
2. M.Nuriddinova. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi" Toshkent, O'qituvchi 2005-
yil
3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik.
T; Cho'lpon NMIU 2012 y.
4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik. T;
Sharq NMIU 2011 y.