MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
32
SHAHAR YO’LLARINI JIHOZLASHDA XALQARO TALABLAR
Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li,
talaba,
Ilmiy rahbar: X.R. Baynazarov
Andijon mashinasozlik instituti
Annotatsiya.
Shahar
yo‘llarini
jihozlashda
texnik
vositalardan
foydalanishning muhimligi: Xalqaro va milliy xavfsizlik standartlariga javob
beradigan yo‘l belgilari, signalizatsiya tizimlari, to‘siqlar, kameralar va yoritish
tizimlari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: quyosh paneli, energiya.
KIRISH.
Hozirgi paytda yo‘l-transport infratuzilmasini xalqaro standartlarga
muvofiq takomillashtirish ishlarini jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani
sababi ham shunda. Davlatimiz rahbarining qator farmon va qarorlari bilan ham yo‘l
infratuzilmasini kompleks takomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar va chora-tadbirlar
belgilab berilgan.
Xususan, Prezidentimizning 2022 yil 12 iyuldagi tegishli qarori bilan
tasdiqlangan 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va
ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Birgina
2023 yilning o‘tgan davrida 13 648 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, 14 271 dona
yaroqsiz holga kelganlari almashtirildi. Maktablar oldida 2278 dona tezlikni
cheklovchi yo‘l belgilari, 458 ta yo‘nalishlarda dastlabki, yo‘naltiruvchi va masofa
ko‘rsatuvchi yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatildi. 172 ta yangi svetofor obyektlari qurilib,
160 tasi rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 95 ta yangi piyodalar svetofori obyektlari
qurildi, 35 tasi rekonstruksiya qilingan holda, 301 km aholi punktlarida piyodalar
uchun trotuar va velosiped yo‘laklari barpo etildi.
ASOSIY QISM.
Shahar yo'llarini xalqaro talablarga mos ravishda jihozlash
zamonaviy shahar infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bugungi kunda
shaharlar o'sib borayotgan avtomobil harakati, aholining ko'payishi va transport
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
33
ehtiyojlarining ortishi bilan duch kelmoqda. Shu sababli, yo'llarni yuqori sifatli, xavfsiz
va samarali qilish maqsadida xalqaro standartlarga mos ravishda jihozlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro talablarga mos yo'l belgilar va chiziqlar, zamonaviy yoritish tizimlari,
yuqori sifatli yo'l qoplamalari va zamonaviy trafik boshqaruvi tizimlari shahar
transport infratuzilmasini yaxshilash va yo'l harakati xavfsizligini oshirishda muhim
rol o'ynaydi. Bundan tashqari, jamoat transporti va piyodalar uchun qulayliklar
yaratish, raqamli texnologiyalarni joriy etish shahar transport tizimini yanada samarali
qilish imkonini beradi.
Shahar yo'llarini xalqaro talablarga mos jihozlash uchun bir nechta muhim
omillarni hisobga olish kerak.
Yoritish tizimlari.
Zamonaviy LED yoritish tizimlarini joriy etish yo'llarning
ko'rinishini yaxshilaydi va tungi vaqtda xavfsizlikni oshiradi LED texnologiyasi
energiya samaradorligini oshiradi va texnik xizmat ko'rsatish xarajatlarini kamaytiradi
(1-rasm).
1-rasm. Quyosh panelli yoritish chiroqlari.
O’zbekiston Avtomobil yo’llarida yoritish tizimi mukammal holatda
ta’minlanmagan. Shu sababli YPX buzilishiga ham o’z tasirini ko’rsatmoqda. To’g’ri
bunday yo’lni yoritish tizimi ham tashkillashtirilgan faqatgina viloyat markazlari,
shahar yo’llari va ba’zi ko’chalari yo’llarini yoritish chiroqlari o’rnatilgan. Agar
viloyatlardan tumanlarga olib boruvchi yo’llarga e’tibor bersanggiz u yo’lda unda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
34
harakatlanish ham ancha qiyinchilik tug’diradi. Chunki qorong’uda yurish uchun yo’l
yoritish chiroqlari o’rnatilmagan.
Quyosh panelli yoritish chiroqlari o’rnatilgan hududlarda haydovchilarga katta
qulaylik ketiradi ya’ni harakatlanib ketayotgan yo’nalishida avtomobilining
chiroqlarini past darajada yoqqan holatda harakatlanadi bundan ko’rinib turadiki
boshqa avtomobil egalari ham shu tartibda harakatlanadi natijada haydovchilarning
ko’zlariga avtombil chiroqlari nuri tushmaydi.Buning najijasida transport vositasi
to’qnashuvi bilan bo’g’liq yo’l transport hodisalari soni kamayadi.
Ekologik
infratuzilma.
Yo‘llarda ekologik toza materiallar va
texnologiyalardan foydalanish nafaqat atrof-muhitni himoya qilish, balki shahar
infratuzilmasini yanada barqaror qilish uchun ham muhimdir.
Qayta ishlangan asfaltni yo‘llarda foydalanish mumkin, bu yo‘lning
mustahkamligini oshiradi va chiqindilarni kamaytiradi. Qayta ishlangan beton
aralashmalaridan foydalanish ham ekologik ta'sirni kamaytiradi.
Kaliforniyada porloq asfaltni (cool pavement) sinovdan o‘tkazish loyihasi
sinovdan o’tkazildi. Ushbu texnologiya yo‘l yuzasidagi haroratni kamaytiradi va
qulayroq shahar muhitini yaratadi (2-rasm).
2-rasm. Porloq asfalt (cool pavement)
Ushbu asfalt yo‘l yuzasida quyosh nurini aks ettirib, haroratni pasaytirishga
yordam beradi va shaharlarda issiqlik orollari ta'sirini kamaytiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
35
Quyosh nurlari va issiqlik ta'siridan asfaltning tez yorilishini kamaytiradi, bu
esa yo‘l qoplamasining umri uzayishiga olib keladi.
Niderlandiyada elektr transport vositalari uchun quvvat oluvchi yo‘llar (solar
roads) sinovdan o‘tkazildi. Bu yo‘llar quyosh panellari bilan yotqizilib, quyosh
energiyasini yig‘ib, elektr energiyasini hosil qiladi. Keyin ushbu elektr energiyasi
elektr transport vositalarini quvvatlantirish, shahar infratuzilmasini ta'minlash va hatto
umumiy elektr tarmog‘iga ulashish uchun ishlatish mumkin bo’ladi (3-rasm).
3-rasm. Quyosh panelli yo’llar (Solar roads)
Quvvat oluvchi yo‘llar kutilgan energiyani etkazib bera olishi uchun
mustahkam va bardoshli materiallardan yasalgan.
Ushbu texnologiya atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantiradi.
Niderlandiyaning ko‘plab shaharlarida bu texnologiyani sinovdan o‘tkazish
uchun tajribaviy loyihalar amalga oshirilmoqda, xususan Amsterdam va Rotterdam
shaharlarida.
Zamonaviy svetoforlar.
Zamonaviy svetoforlar-intellektual tizimlar yordamida
boshqariladigan, xavfsizlik va harakatchanlikni yaxshilashga mo'jallangan yangi
svetoforlar hisoblanadi. Ular tirbandliklarni kamaytirish va yo'l transportini tezroq
amalga oshirishga yordam beradi. Aqlli svetoforlar yo'l harakatini yanada xavfsiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
36
qiladi, chunki ular tirbandlikni kamaytirish orqali yo'l-transport hodisalarining oldini
oladi.
Transport harakatini to’g‘ri boshqarishda eng oddiy optimal yechimlarning biri
sifatida adaptiv svetoforlarni ko‘rsatish mumkin. Bu o‘z navbatida yo’l
infrastrukturasiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatib, avtomobillarni yo‘llarda doimiy
xavfsiz harakat bilan ta’minlanishini nazorat qila oladi. Adaptiv svetoforlar tuzilish
jihatdan detektor, kollektor, kontroller, operator va ma’lumotlar ba’zasidan iborat (4-
rasm).
4-rasm. Adaptiv svetoforlarning umumiy ko‘rinishi.
Mazkur svetofor detektorlar bilan jihozlangan bo’lib, detector yo‘l
qoplamasida joylashtiriladi va uning ustida transport vositasi turib qolsa, tirbandlik
vujudga kelayotganini avtomatik tarzda sezadi va unga biriktirilgan kollektor mavjud
ma’lumotni kontrollerga yuboradi. Bunda ma’lumotlar bir tizimdan boshqasiga
uzatiladi, kontrollerga kelgan ma’lumot asosida sodir bo‘layotgan harakat, boshqaruv
bazasiga yozib boriladi va bir vaqtning o‘zida tirbandlik yuzaga kelayotgan tomon
uchun svetoforning yashil chirog‘ini yoqishga buyruq beradi.
Agar detektorlar va kollektor ortiqcha tirbandliklarni sezmasa, harakat jadal
davom etsa, adaptiv svetofor odatiy svetoforlar rejimida ishlaydi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytsak Hozirgi paytda yo‘l-transport infratuzilmasini
xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, yo’llarda tirbandliklarni oldini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
37
olish,o’g’ir oqibatli avtohalokatlarni sonini kamaytirishga, harakat qatnashchilarini
yanada xavfsiz harakatlanishlarini taminlash uchun zamonaviy texnik vositalardan
foydalanish zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi” qonuni Toshkent,
2007-yil 2-oktabr, O‘RQ-117-son.
2. O‘z DSt 3052:2021 “Avtomobil yo‘llarini jihozlash va obodonlashtirish temirbeton
elementlari. Texnikaviy shartlar” O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti.
3. SHNQ 2.05.02-2007 «Avtomobil yo'llari» Toshkent, 2007 yil.
4.
Esonboyev B. M., Ismoilov S. F. (2023). "Shahar yo
‘
llarini jihozlashda me’yoriy
talablarga moslighini o
‘
rganish va tavsiyalar ishlab chiqish."
Oriental Journal of
Academic and Multidisciplinary Research, 1(3), 47-50.
5. I.S. Sodiqov, Sh.B. Axmedov, A.Gʻ. Yunusov Shahar yoʻl-transport tarmoqlarini
rejalashtirish .Darslik.. – T.: «Adast poligraf» nashriyoti, 2022 -y. – 116 bet.
6. A.Sh. Nasriddinov Yo‘l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari kitobi.
“Navro'z” nashriyoti, Toshkent, 2020
7-8. I.S.Sodiqov, X. O.Toqov. Avtomobil yo‘llarini obodonlashtirish va jihozlash. XT
“Rizayev M.X.”. 2019. 348 b.
9. I. Akbarov “Avtomobil yo‘llarini jihozlash” fanidan o‘quv–uslubiy qo‘llanma.
Namangan 2020
10. A.Q.O‘roqov “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” o‘quv qo‘llanma. 2013 yil,
Toshkent
9. Baynazarov, K., Xasanboy, S. (2024). Problems of Development of Transport and
Road Transport Infrastructure of Andijan City. American Journal of Traffic and
Transportation Engineering, 9(4), 63-66. https://doi.org/10.11648/j.ajtte.20240904.11
10. X.R.Baynazarov, Sh.A. To‘rayev, X.R. Sotvoldiyev, A.R. Nosirov /YO‘L-
TRANSPORT HODISALARINING YUZAGA KELISH SABABLARINI TAHLIL
QILISH/ “Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va ilm - fan taraqqiyoti
globallashuvida metrologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusidagi
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari – Andijon: AndMI nashri, 2024. 922 bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-25
Часть–2_ Май –2025
38
11. X.R.Baynazarov, Sh.A. To‘rayev, X.R. Sotvoldiyev, A.R. Nosirov /
HAYDOVCHILARGA BOG‘LIQ XOLDA SODIR ETILGAN YO‘L TRANSPORT
HODISALARI TAHLILI/ “Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va ilm - fan
taraqqiyoti globallashuvida metrologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari”
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari – Andijon: AndMI nashri,
2024. 926 bet