Authors

  • Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li
  • X. Baynazarov

Author Biographies

  • Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li

    talaba,

  • X. Baynazarov

    Andijon mashinasozlik instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85616

Keywords:

Yo’l belgilari yo’l chiziqlari yo’l to’siqlar.

Abstract

Avtomobil yo’llaridagi yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlari bilan jihozlash va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

27

HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA TEXNIK

VOSITALARNI AHAMIYATI

Sobirov Ravshan Rahimjon o’g’li,

talaba,

Ilmiy rahbar: X. Baynazarov

Andijon mashinasozlik instituti

Annotatsiya. A

vtomobil yo’llaridagi yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l

to’siqlari

bilan jihozlash va ularga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumotlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Yo’l belgilari, yo’l chiziqlari, yo’l to’siqlar.

KIRISH

. Avtomobil yo'llarida harakat xavfsizligini ta'minlashda harakatni

boshqarishning texnik vositalari juda muhimdir. Ular yo'l-transport hodisalarining

oldini olish, avtomobillarni tartibli va samarali ravishda harakatlanishini ta'minlash

uchun zarur bo'lgan vositalardir.

Texnik vositalar orqali harakatni boshqarish yo'l belgilari, svetoforlar, yo'l

chizgilar, hamda signalizatsiya tizimlarini o'z ichiga oladi. Bu vositalar yo'lovchilar va

haydovchilarning xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish, transport vositalarining

xavfsizligini oshirish va yo'l harakatida tartibni saqlash uchun ishlatiladi.

Bu bosqichda, harakat xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadlari va texnik

vositalarning ahamiyati haqida batafsilroq ma'lumotlarni keltirib o'tish muhimdir. Har

bir texnik vositaning qanday ishlashi, ularning samaradorligi va haydovchilar va

yo'lovchilarga qanday yordam berishi haqida tahlil qilish kerak. Shu bilan birga,

harakatni boshqarishning texnik vositalarini doimiy ravishda yangilab borish va

ularning zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasini ta'minlash ham muhim

ahamiyatga ega.

Ushbu kirish qismi orqali, harakat xavfsizligini ta'minlashda texnik

vositalarning muhimligini yoritib, asosiy mavzuga kirish mumkin. Shu bilan birga,

harakat xavfsizligini oshirish uchun yangi texnologiyalar va yangiliklarning qanday

qo'llanilishi haqida misollar keltirishingiz mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

28

ASOSIY QISM.

Avtomobil yo’llarida va shaxar ko’chalarida yo’l belgilarini,

yo’l chiziqlarini, yo’l to’siqlarini va transport xamda piyoda svetoforlarini o’rnatish

GOST 23457-86talablariga javob berishi kerak. O’zbekiston Respublikasi xududida

foydalanishdagi yetti guruhdagi: ogohlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, buyuruvchi,

axborot-ko’rsatuvchi, servis, qo’shimcha axborot yo’l belgilari Venada 1968 yil qabul

qilingan yo’l belgilari Konvensiyasiga va bu Konvensiyani to’ldiruvchi Jenevadagi

1971 yil Yevropa Kelishuvi talablariga to’liq mos keladi.

Avtomobil yo’llarida yo’l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o’rnatilishi kerak:

kursatuvchi (axborot-kursatuvchi); imtiyoz; Servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi;

buyuruvchi; ta’qiqlovchi. O’rnatiladigan yo’l belgilarining umumiy soni yo’lda iloji

boricha kam bo’lishi kerak. Xar bir o’rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta’qiqlovchi

yo’l belgilari asoslangan bo’lishi shart va yo’l sharoiti yomonlashganligi oqibatida

ko’rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va

ta’qiqlovchi belgilar ko’pchilik xollarda vaktincha o’rnatilib, ma’lum yo’l sharoiti

yaxshilangandan so’ng olib tashlanishi kerak. Shuningdek, mavsumga qarab

o’rnatiladigan yo’l belgilarini xam vaqt o’tishi bilan tezda olib tashlash kerak. Yo’l

belgilarini shunday o’rnatish kerakki, ularni kunning yorug vaqtida ko’rish masofasi

150 m dan kam bo’lmasligi kerak. Xaydovchiga u yoki bu uchastkada o’rnatilgan

belgini ko’rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki

undan katta qiymatiga teng bo’lishi kerak. Bu xolatda yangi ko’rilayotgan yo’llar

uchun tezlik xisobiy tezlikdan 70% olinsa, foydalanayotgan yo’llarda esa transport

vositalarining 85 % tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi.

Xarakatning tartibini belgilovchi yo’l belgi chiziqlariga yo’lning qatnov

qismiga, to’siqlarga va boshqa yo’l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar va

xar xil belgilar kiradi. Avtomobil yo’llarida xarakatni tashkil qilishning samarali

usullaridan biri yo’l belgi chiziqlarini ishlatishdir. Yo’l belgi chiziqlarini ishlatish yo’l-

transport xodisalari sonining 30-50% kamayishiga olib keladi. Ishlatilish vazifasi

bo’yicha yo’l belgi chiziqlari yo’l belgilariga ko’pincha mos keladi.

Yo’l belgi chiziqlari ikki guruxga bo’linadi:

1. Gorizontal.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

29

2. Vertikal.

Gorizontal yo’l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo’llarda

tushiriladi (1-rasm).

1-rasm. Yotiq chiziqlar

Gorizontal belgi chiziqlari birinchi yo’l chiziqlari guruxiga kirib, jami 23 xil

bo’ladi.

Vertikal yo’l belgi chiziqlari turli tayanchlarni, ko’prik, yo’l o’tkazgichlarning

to’siqlarini, tunellarning devorlarini, yo’l to’siqlarining yon tomonlarini, xavfli

joylarda o’rnatilgan xavfsizlik orolchalarini belgilashda ishlatiladi (2-rasm).

2-rasm.Tik chiziqlar

Vertikal belgi chiziqlari ikkinchi yo’l belgi chiziqlar guruxiga kirib, jami 7 xil

bo’lali.

Termoplastlar bilan belgilangan yo’l belgi chiziqlarining qalinligi 6 mm dan

oshmasligi kerak. Tishlashish koeffisiyenti esa xo’l xolatida

𝜑

=0,4 dan kam

bo’lmasligi lozim. Termoplastlarga ko’yiladigan asosiy talab darz ketmaslik, issikda

erib ketmaslik va ok rangli bulish, nur qaytarish xususiyati. Kraskalar bilan belgilangan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

30

yo’l belgi chizig’i tez yedirilib ketmasligi zarur. Yo’l belgi chiziqlarining rangi oq,

qora va sariq rangda bo’ladi.

Avtomobil yo’llarida yo’l to’siqlari transport vositalarining, piyodalarning

xarakatini tartibga solish va yo’l-transport xodisalarining oldini olish xamda ularning

og’irlik darajasini pasaytirish uchun o’rnatiladi (3-rasm).

3-rasm.Yo’l to’siqlari

Yo’l to’siqlari qo’llanish sharoitlariga qarab ikki guruxga bo’linadi. Birinchi

guruxga «baryer» konstruksiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo’lmagan) va

Devorsimon («parapet» shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo’lmagan) yo’l to’siqlari

kiradi. Bu guruxdagi to’siqlar transport vositalarini yo’l poyida, ko’priklarda, yo’l

o’tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan xarakatlanayotgan

transport vositalari to’qnashuvining oldini olish xamda yo’l mintaqasida joylashgan

xar xil predmentlarga (yoritgich, ko’prik tayanchlari, daraxtlar va x.k.) kelib urilishidan

saqlash uchun o’rnatiladi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytsak Bugungi kundagi mamlakatimizda tirbandlik

asosiy muammo bolib kelmoqda.Tirbandlik ortidan havoni ham ifloslanish darajasi

ortib bormoqda,bularni bartaraf etishni birgina yechimi bir tomonlama palasalar sonini

6va undan ortiqqa ko’paytirish,jamoat transportini ko’paytirish,iloji boricha shaxsiy

transportni shahar ichida kamaytirish va vesiped yo’laklarini ko’paytirish insonlarni

velosiped orqali ishga borib kelishlarini tadbiq qilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Isamuhamedova, D.U., M.K. Mirzayev "Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi" O'quv

qo'llanma. Toshkent-2015 y (12-13 b.).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

31

2. SHNQ 2.05.02-07 // Avtomobil yo'llari // Toshkent - 2008.

3. K.X.Azizov Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari. Toshkent - 2009 yil

9. Baynazarov, K., Xasanboy, S. (2024). Problems of Development of Transport and

Road Transport Infrastructure of Andijan City. American Journal of Traffic and

Transportation Engineering, 9(4), 63-66. https://doi.org/10.11648/j.ajtte.20240904.11

10. X.R.Baynazarov, Sh.A. To‘rayev, X.R. Sotvoldiyev, A.R. Nosirov /YO‘L-

TRANSPORT HODISALARINING YUZAGA KELISH SABABLARINI TAHLIL

QILISH/ “Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va ilm - fan taraqqiyoti

globallashuvida metrologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari” mavzusidagi

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari – Andijon: AndMI nashri, 2024. 922 bet

11. X.R.Baynazarov, Sh.A. To‘rayev, X.R. Sotvoldiyev, A.R. Nosirov /

HAYDOVCHILARGA BOG‘LIQ XOLDA SODIR ETILGAN YO‘L TRANSPORT

HODISALARI TAHLILI/ “Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari va ilm - fan

taraqqiyoti globallashuvida metrologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari”

mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari – Andijon: AndMI nashri,

2024. 926 bet

12. Baynazarov Xayrullo Rahimovich, Sotvoldiev Xasanboy Rasuljon oʼgʼli, Erkinov

Asrorbek Abdurashid O’g’li / ANDIJON SHAHRIDA HAYDOVCHILAR

ISHTIROKIDA YÒL-TRANSPORT HODISALARI TAHLIL / JOURNAL OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH

Vol. 7 No. 5

(2024)

, 98-101 bet

13. Baynazarov Xayrullo Rahimovich, Sotvoldiev Xasanboy Rasuljon oʼgʼli, Erkinov

Asrorbek Abdurashid O’g’li / YO’L-TRANSPORT HODISALARINING YUZAGA

KELISH SABABLARINI TAHLIL QILISH / JOURNAL OF INNOVATIONS IN

SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH

Vol. 7 No. 5 (2024)

, 107-113 bet