Authors

  • Ergasheva Mehrixon Rahmatulla qizi
  • Abdujalilova Muxtasar Yoqubjon qizi
  • Usmonov Farhodbek Faxriddinovich

Author Biographies

  • Ergasheva Mehrixon Rahmatulla qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi

  • Abdujalilova Muxtasar Yoqubjon qizi

    Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1-bosqich talabasi

  • Usmonov Farhodbek Faxriddinovich

    f.f.b.f.d..,dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118132

Keywords:

fonologiya fonema oppozitsiya neytralizatsiya distinktiv belgi fonologik tizim paradigmatik munosabatlar.

Abstract

Mazkur maqolada fonologik oppozitsiyalar tushunchasi, ularning turlari va fonologik tizimdagi o‘rni tahlil qilinadi. Fonologik oppozitsiya deganda, til tizimida ma’noni farqlovchi fonemalarning qarama-qarshiligi tushuniladi.  Maqolada N.S. Trubetskoy va boshqa fonologlarning nazariy qarashlari asosida oppozitsiyalar paradigmasi yoritiladi. Shuningdek, turkiy tillarda fonologik oppozitsiyalarning o‘ziga xos jihatlari misollar bilan tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

285

FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR

Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti o’zbek tili va adabiyoti

yo’nalishi 1-bosqich talabasi Ergasheva Mehrixon Rahmatulla qizi va

Abdujalilova Muxtasar Yoqubjon qizi va f.f.b.f.d..,dotsenti

Usmonov Farhodbek Faxriddinovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada fonologik oppozitsiyalar tushunchasi,

ularning turlari va fonologik tizimdagi o‘rni tahlil qilinadi. Fonologik oppozitsiya

deganda, til tizimida ma’noni farqlovchi fonemalarning qarama-qarshiligi

tushuniladi. Maqolada N.S. Trubetskoy va boshqa fonologlarning nazariy qarashlari

asosida oppozitsiyalar paradigmasi yoritiladi. Shuningdek, turkiy tillarda fonologik

oppozitsiyalarning o‘ziga xos jihatlari misollar bilan tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: fonologiya, fonema, oppozitsiya, neytralizatsiya, distinktiv belgi,

fonologik tizim, paradigmatik munosabatlar.

Annotation: This article analyzes the concept of phonological oppositions,

their types, and their role in the phonological system. A phonological opposition refers

to the contrast between phonemes that serve to distinguish meaning within a language

system. The article discusses the paradigm of oppositions based on the theoretical

views of N.S. Trubetzkoy and other phonologists. It also explores the specific features

of phonological oppositions in Turkic languages with relevant examples.

Keywords: phonology, phoneme, opposition, neutralization, distinctive feature,

phonological system, paradigmatic relations.

Аннотация:

В

данной

статье

рассматривается

понятие

фонологических оппозиций, их виды и роль в фонологической системе. Под

фонологической

оппозицией понимается противопоставление фонем,

различающее значение в языковой системе. В статье освещается парадигма

оппозиций на основе теоретических взглядов Н.С. Трубецкого и других

фонологов. Также анализируются особенности фонологических оппозиций в

тюркских языках с приведением примеров.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

286

Ключевые слова: фонология, фонема, оппозиция, нейтрализация,

дистинктивный признак, фонологическая система, парадигматические

отношения.

Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida

oʻzaro zidlanish hosil qilishidir. Masalan, “p”(jarangsiz) va “b” (jarangli) undoshlari

jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi. Bu ikki fonemaning

boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) – b (lab-lab), p (portlovchi) – b (portlovchi)

kabi. Demak, undosh fonemalarga xos boʻlgan uchta fonologik belgilar – artikulatsiya

oʻrni, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (soʻnggisi)

p-b oppozitsiyasiga asos boʻlgan. Shuning uchun u "birlik oppozitsiya" sanaladi. Ikki

va uch tomonlama farqlanuvchi tovushlar ham mavjud. Masalan, f va t undoshlari

artikulyatsiya o’rni va artikulyatsiya usuliga ko’ra farqlanadi ya’ni, “f” lab-tish “t” til

oldi va “f” sirg’aluvchi “t” portlovchi tovushlar hisoblanadi. Jarangli- jarangsizligiga

ko’ra esa ikkalasi ham bir turga mansub ya’ni, ikkalasi ham jarangsiz tovushlardir. Uch

tomonlama farqlanuvchi tovushlarga misol qilib “g” va “x” tovushlarini keltirishmiz

mumkin. Fonologik tizim va fonemalarning paradigmatik munosabatlari Sh.

Rahmatullayev tomonidan yoritilgan.

1

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, fonologik oppozitsiya turli til

tovushlarini qarama-qarshi qoʻyishga asoslanmaydi, chunki u muayyan bir tilning

struktural birligidir va shu tilning oʻzigagina xizmat qiladi. Qolaversa, fonologik

oppozitsiyalar hozirgi tilning strukturaviy birliklari sanaladi, ular tarixan oʻzgarib

turishi ham mumkin. Masalan, qadimgi turkiy va eski turkiy tillarda unli fonemalar

tilning yotiq gorizontal harakatiga koʻra old qator va orqa qator zidlanishlariga ega

boʻlgan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida esa bunday zidlanish oʻzining fonologik

xususiyatini yoʻqotgan. Demak, fonologik oppozitsiyalar til taraqqiyotining muayyan

bosqichiga nisbatan belgilanadi, ayni shu bosqichda bir fonema boshqa fonemaga bir

xil pozitsiyada qarama-qarshi qoʻyiladi: hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi „ i va u unlilari

soʻz boshida (ich va uch) yoki bir xil fonetik qurshovda (bir va bur, qish va qush) bir-

biriga qarama-qarshi qoʻyilgani kabi. Demak, “oppozitsiya" tushunchasi "fonema" va

1

Rahmatullayev, Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

287

„pozitsiya“tushunchalari bilan uzviy bogʻliqdir: fonemaning boʻlishi oppozitsiyaning

boʻlishini, oppozitsiyaning boʻlishi esa pozitsiyaning boʻlishini taqozo qiladi". O'zbek

tilidagi fonologik tizim va oppozitsiyalar haqida R.R. Sayfullayeva asarida ma'lumotlar

mavjud.

2

Fonologik oppozitsiyalar dialektikaning qarama-qarshiliklar birligi va kurashi,

inkorni inkor qonunlariga tayangan holda shakllanadi, ularning strukturaviy birlik

sifatidagi mohiyati ham shu qonunlarga asoslanadi. Har bir fonema fonologik birlik

yoki element deyiladi. Har bir til o‘zining fonologik sistemasiga ega bo‘lib, undagi har

bir fonemaning o‘z o‘rni va funksiyasi bor. Bir tildagi fonema ikkinchi tilda bo‘lishi

mumkin emas. Har bir fonema fonologik oppozitsiyaning a’zosi hisoblanadi.

Fonologik oppozitsiyalar tilning fonemik strukturasini tushunishga yordam beradi va

tilni o'rganishda muhim rol o'ynaydi. Ular yordamida so'zlar va ularning ma'nolari

o'rtasidagi farqlarni aniqlash mumkin.

Fonologik oppozitsiyalar nazariyasi N.S. Trubetskoy tomonidan asoslab

berilgan.

3

Trubetskoy, rus fonologiyasining asoschilaridan biri sifatida tanilgan va

uning ishlariga asoslanib, fonologik oppozitsiyalar nazariyasi rivojlangan. N. S.

Trubetskoy birinchi bo’lib rus tilida undoshlarning tembr belgisi (artikulyatsiya o’rni)

bo’yicha «kombinator neytralizatsiyasini chuqur va to’la yoritib bergan edi. Lekin bu

xildagi neytralizatsiyani boshqa tilshunoslar tadqiqotdan chetda qoldirib keldilar.

Fanning turli sohalarida ko’rinish pog’onasi (yoki aniq, konkret) va mavhum (abstrakt)

pog’ona farqlanadi. Tilning ifoda jihatida aniq pog’onaga fonetika, mavhum

pog’onaga fonologiya kiradi. Bu ikki pog’onada aniq talaffuz qilinuvchi nutq

tovushlari fonetik birliklar va fonema mavhum fonologik birlik sifatida qaraladi. Shu

sababli fonologiya nutq tovushlarining ramziy belgilar munosabati (oppozitsiya) bilan

bog’liqligi haqidagi tilshunoslik bo’limi deb hisoblanadi. Biror tilning fonologik

sistemasini ilmiy tadqiq etishda undagi oppozitsiyalarni turli ortiq kategoriyalar

(korrelyatsiya) va guruhlarga (oppozitsiyalarning turlari) ajratib, ulardagi

neytralizatsiya masalalariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Lekin fonologiya qanchalik

2

Sayfullayeva, R.R. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: fonetika-fonologiya. Toshkent: Fan va texnologiya, 2010.

3

Trubetskoy, N.S. Osnovy fonologii. Moskva: Nauka, 1960.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

288

mavhum bosqich bo’lmasin, undagi o’rganilayotgan mavzuning «aksi» fonetikaga,

tilning ma'lum davrdagi talaffuz normasiga tushib turadi. Bu orqali fonologiya faqat

talaffuz emas, balki orfografiya va grafika bilan ham bog`lanadi. Trubetskoy

fonemalarni tilning eng kichik ma'noli birliklari sifatida ko'radi. U fonemalar

o'rtasidagi oppozitsiyalarni tahlil qilib, ularning qanday qilib ma'no yaratishini

tushuntiradi. U o'zaro oppozitsiyalarni ikki turga bo'ladi: "absolyut" va "relativ"

oppozitsiyalar. Absolyut oppozitsiyalar bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan fonemalar

o'rtasida mavjud bo'lib, ular ma'no farqini yaratadi.

Fonologik oppozitsiyalar tasnifida tovushlarning artikulyatsion-akustik

xususiyatlari qanchalik aniq berilganligini nazardan chetda qoldirish xatoliklarni

keltirib chiqaradi. O’zbek tili undosh tovushlarning tasnifi turli tilshunoslar tomonidan

deyarli ancha to’g’ri berilgan. Lekin keyingi yillarda o’tkazilgan eksperimental-fonetik

tadqiqotda ba'zi masalalar xato va chalkashliklardan xoli emas. O’zbek adabiy tili

undosh fonemalarining A. Maxmudov tomonidan berilgan tasnifida ular artikulyatsiya

o’rniga ko’ra lab, alveolyar, til o’rta, til orqa, faringal atalgan. Bunda agar til o’rta va

til orqa undoshlari bo’lsa, til oldi undoshlari chetda artikulyatsiya o’rniga ko’ra, avvalo,

lab va til (lingval) undoshlari farqlanadi. Lab undoshlari o’z navbatida hosil bolish

o’rniga ko’ra deb ham yuritiladi. Bu klassifikatsiyaga boshqa tillardan yana

qo’shimchalar kiritilgan. Lekin o’zbek tili uchun yuqoridagilar kifoya. A. Maxmudov

til oldi undoshlari atamasini qo’llamaydi va t, d, s, z, sh, ch, j, n, l, r undoshlarini

«alveolyar» deb korsatadi. Bizningcha, til oldi alveolyar (yoki apikal) o’zbek tilida

barcha undoshlar uchun xos emas.

Ayrim fonologik kontekstlarda oppozitsiyalar o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin,

bu hodisa neytralizatsiya deb ataladi. Fonologik oppozitsiyalar va neytralizatsiya

hodisasi haqida chuqur tahlillar mavjud.

4

Masalan, rus tilidagi so‘z oxirida [b] va [p]

tovushlari bir xil — [p] tarzida talaffuz qilinadi: grob [grop]. Bu jarayon, odatda, tilning

fonologik tizimidagi murakkabliklarni soddalashtirishga yordam beradi va ayrim

fonemalarning o'zaro aloqasini o'zgartiradi. O'zbek tilida "p" va "b" fonemalari

4

Jakobson, R. Selected Phonological Studies. The Hague: Mouton, 1971.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

289

o'rtasidagi farq ba'zi hollarda neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan, so'z oxirida "p" va

"b" fonemalari bir xil talaffuz qilinishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, fonologik oppozitsiyalar nazariyasi tilshunoslik

sohasida Trubetskoyning merosi sifatida qabul qilinadi va uning g'oyalari hozirgi

kunda ham dolzarb bo'lib qolmoqda. Bu nazariya orqali tilning murakkab strukturasini

va uning ma'no yaratish jarayonini yaxshiroq tushunish mumkin. Fonologik

oppozitsiyalar, tilning asosiy mexanizmlarini o'rganishda muhim vosita sifatida xizmat

qiladi va bu sohadagi tadqiqotlar davom etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Rahmatullayev, Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

2.

Sayfullayeva, R.R. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: fonetika-fonologiya. Toshkent:

Fan va texnologiya, 2010.

3.

Trubetskoy, N.S. Osnovy fonologii. Moskva: Nauka, 1960

4.

Jakobson, R. Selected Phonological Studies. The Hague: Mouton, 1971.

5.

Crystal, D. A Dictionary of Linguistics and Phonetics. Blackwell Publishing,

2008.

Most read articles by the same author(s)

Usmonov Farhodbek Faxriddinovich, Ergasheva Muslimaxon Muxtarali qizi, Munduzova Gulsanam Dostonbek qizi, FONETIK USLUBIYATNING ASOSIY TAMOYILLARI VA ADABIY TILDAGI ROLI , Modern education and development: Vol. 24 No. 3 (2025)

Xamraqulova Guluzro Dilmuradovna, Karimova Dilobod Xalimovna, Ergasheva Mehrixon Rahmatulla qizi, “QUTADG’U BILIG” ASARINING O’QUVCHI TARBIYASIDAGI O’RNI , Modern education and development: Vol. 24 No. 3 (2025)